Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.10.2013 05.04.2012 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2350
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining qarori, 05.04.2012 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2350
Кучга кириш санаси
15.04.2012
Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.10.2013
Hujjat 15.04.2012 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MONOPOLIYADAN ChIQARISh VA RAQOBATNI RIVOJLANTIRISh DAVLAT QOʻMITASINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik yurituvchi subyekt ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish ustidan nazorat qilish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 5-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2350]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2013-yil 20-sentabrdagi 01/19-26/18-sonli “Xoʻjalik yurituvchi subyekt ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish ustidan nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2350-1, 30.09.2013-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 1-son, 5-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-iyundagi 105-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 23-son, 182-modda) muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Xoʻjalik yurituvchi subyekt ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish ustidan nazorat qilish tartibi toʻgʻrisida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasining 2008-yil 29-dekabrdagi 17-son “Xoʻjalik yurituvchi subyektning 35 foizdan ortiq aksiyalari, ulushlarini olish ustidan nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1896, 2009-yil 5-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-yil, 6-son, 62-modda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2010-yil 25-iyundagi 7-son “Xoʻjalik yurituvchi subyektning 35 foizdan ortiq aksiyalari, ulushlarini olish ustidan nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1896-1, 2010-yil 8-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-yil, 26-27-son, 227-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rais v. b. U. TURDIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil 2-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2012-yil 2-martdagi 5-sonli qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik yurituvchi subyekt ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish ustidan nazorat qilish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 1-son, 5-modda) muvofiq, xoʻjalik yurituvchi subyekt ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) (keyingi oʻrinlarda aksiyalar (ulushlar) deb yuritiladi) olish ustidan nazorat qilish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investor — aksiyalarni (ulushlarni) oʻz nomidan va oʻz hisobidan oluvchi yuridik va jismoniy shaxslar yoki yakka tartibdagi tadbirkor, shuningdek aksiyalarni (ulushlarni) olayotgan shaxslar guruhi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksiyalarni (ulushlarni) olish — investorga aksiyalarning (ulushlarning) tegishli foiziga egalik qilish, foydalanish, tasarruf etish huquqini beradigan oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya va boshqa bitimlarni tuzish, shuningdek aksiyalar (ulushlar) bilan boshqa xoʻjalik yurituvchi subyekt ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik yurituvchi subyekt — ustav fondi (ustav kapitali) aksiyadorlarning (ishtirokchilarning) aksiyalariga (ulushlariga) boʻlingan, tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) ishlab chiqarish, olish va realizatsiya qilish faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxs.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Nizom quyidagilarga nisbatan tatbiq etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksiyalarni (ulushlarni) olishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksiyalar (ulushlar) bilan boshqa xoʻjalik yurituvchi subyekt ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) toʻlashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshimcha aksiyalarni chiqarish yoʻli bilan aksiyadorlik jamiyati yoki ulushlarni oshirish yoʻli bilan masʼuliyati cheklangan yoki qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) birlamchi miqdori oʻzgartirilganda investor aksiyalari (ulushlari) paketining koʻpayishiga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur Nizom quyidagilarga nisbatan tatbiq etilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik yurituvchi subyektni tashkil etishda uning muassislariga, bundan moliya-sanoat guruhlarini, xolding kompaniyalarini tashkil etish hollari mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik yurituvchi subyekt oʻz aksiyalarini (ulushlarini) olganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan amalga oshiriladigan bitimlar, agar bu bitimlarni tuzish paytida tegishli bitimda ishtirok etayotgan shaxslar aktivlarining jami balans qiymati yoki oxirgi kalendar yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olgan jami tushumi eng kam ish haqining yuz ming baravari miqdoridan ortiq boʻlmagan hollarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksiyadorlik jamiyati oʻz ustav fondining (ustav kapitalining) miqdorini saqlab qolgan holda boshqa tashkiliy-huquqiy shaklga oʻzgartirilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksiyalar (ulushlar) ishonchli boshqaruvga berilganda, shuningdek aksiyalar (ulushlar) keyinchalik qayta sotish maqsadida investitsiya vositachilari tomonidan olinganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalar (ulushlar) xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq olinganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit va boshqa moliya tashkilotlari ishtirokchilar boʻlgan ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olishga doir bitimlarda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Aksiyalarni (ulushlarni) olishga doir bitimlarni tuzish jarayonida raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishi ustidan nazorat, agar bu bitimlarni tuzish paytida tegishli bitimda ishtirok etayotgan shaxslar aktivlarining jami balans qiymati yoki oxirgi kalendar yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olgan jami tushumi eng kam ish haqining yuz ming baravari miqdoridan ortiq boʻlsa yoxud bitim ishtirokchilaridan biri ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyekt boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi yoki uning tegishli hududiy organlarining (bundan keyingi oʻrinlarda monopoliyaga qarshi organ deb yuritiladi) oldindan roziligini olish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II bob. Shaxslar guruhi deb eʼtirof etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Yagona (umumiy) iqtisodiy manfaatga ega boʻlgan hamda “Raqobat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasida nazarda tutilgan shartlarga javob beradigan shaxslar yigʻindisi shaxslar guruhi deb eʼtirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Monopoliyaga qarshi organ yuridik va jismoniy shaxslarni shaxslar guruhi deb eʼtirof etish uchun zarur boʻlgan quyidagi axborotlarni soʻrab olishga haqlidir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investorlarning taʼsis hujjatlarida investorning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) hammuassislarining ulushlari haqida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investorning xoʻjalik yurituvchi subyekt taʼsis hujjatlaridagi, shuningdek investor muassislarining ushbu xoʻjalik yurituvchi subyektdagi ulushlari haqida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investorning, shuningdek uning muassislarining boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) moliyaviy aktivlarga (aksiya va ulushlarga) egalik qilish qismiga doir investitsiyaviy faoliyati haqida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik yurituvchi subyekt va (yoki) investorning tovarlarni ishlab chiqarish, olish va realizatsiya qilishga, xizmatlar koʻrsatishga doir asosiy faoliyat turlari hamda ularning muayyan tovar bozoridagi ulushi haqida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandda nazarda tutilgan axborotlar investor tomonidan taqdim etiladi. Agar investorda ushbu axborotlar mavjud boʻlmasa, monopoliyaga qarshi organ tomonidan bunday axborotga ega boʻlgan boshqa shaxslardan soʻrab olinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III bob. Aksiyalarni (ulushlarni) olish boʻyicha oldindan rozilik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Aksiyadorlik jamiyatining aksiyalarini olish boʻyicha bitimlarni amalga oshirish uchun monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olish investor tasarruf etish huquqini oladigan quyidagi hollarda zarur boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻttiz besh va undan ortiq foizini tasarruf etish huquqini oladi, bunda ushbu olishga qadar u mazkur aksiyadorlik jamiyati ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni tasarruf etmagan yoki oʻttiz besh foizdan kamini tasarruf etgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ellik foizidan ortigʻini tasarruf etish huquqini oladi, bunda ushbu olishga qadar u mazkur aksiyadorlik jamiyati ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarning kamida oʻttiz besh foizini va koʻpi bilan ellik foizini tasarruf etgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetmish besh foizidan ortigʻini tasarruf etish huquqini oladi, bunda ushbu olishga qadar u mazkur aksiyadorlik jamiyati ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarning kamida ellik foizini va koʻpi bilan yetmish besh foizini tasarruf etgan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Masʼuliyati cheklangan yoki qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarni olish boʻyicha bitimlarni amalga oshirish uchun monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olish investor tasarruf etish huquqini oladigan quyidagi hollarda zarur boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ellik foizidan ortigʻini tasarruf etish huquqini oladi, bunda ushbu olishga qadar u mazkur jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarning koʻpi bilan ellik foizini tasarruf etgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ulushlarning uchdan ikki qismidan ortigʻini tasarruf etish huquqini oladi, bunda ushbu olishga qadar u mazkur jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarning kamida ellik foizini va koʻpi bilan uchdan ikki qismini tasarruf etgan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻttiz besh foizdan ellik foizgacha, ellik foizdan yetmish besh foizgacha va yetmish besh va undan ortiq foiz hajmdagi aksiyalarni, shuningdek ellik foizdan uchdan ikki qismigacha va uchdan ikki qismi hamda undan ortiq hajmdagi ulushlarni olishda monopoliyaga qarshi organning roziligini olish talab etilmaydi, mazkur Nizomning 7 va 8-bandlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Investor tomonidan aksiyalarni (ulushlarni) olish uchun oldindan rozilik shunday bitim tuzilguniga qadar olingan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Investor tomonidan aksiyalarni (ulushlarni) olishga rozilik berish masalasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlari respublika tovar bozorlarida aylanadigan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning aksiyalarini (ulushlarini) olishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika tovar bozorlarida ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning davlat reyestriga kiritilgan xoʻjalik yurituvchi subyekt aksiyalarini (ulushlarini) olishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy monopoliya subyektlarining aksiyalarini (ulushlarini) olishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksiyalarni (ulushlarni) olishda, agar xoʻjalik yurituvchi subyekt hamda investor yoki shaxslar guruhi hisoblangan investorlar turli hududlarda joylashgan taqdirda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet ellik investorlar tomonidan aksiyalarni (ulushlarni) olishda koʻrib chiqiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining hududiy organlari tomonidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlari mahalliy tovar bozorlarida aylanadigan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning aksiyalarini (ulushlarini) olishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy tovar bozorlarida ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning davlat reyestriga kiritilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar aksiyalarini (ulushlarini) olishda koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Qimmatli qogʻozlar savdosining tashkilotchilari qimmatli qogʻozlar savdosini tashkillashtirish qoidalariga koʻra quyidagilarga majburdirlar, bundan qimmatli qogʻozlar egalari yoki qimmatli qogʻozlarga mulkiy huquq egalari mustasno:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investorni mazkur Nizomda nazarda tutilgan tartibga rioya qilishi zarurligi toʻgʻrisida xabardor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻttiz besh va undan ortiq foiz aksiyalarni oladigan bir martalik bitimlarni roʻyxatga olishda investorda monopoliyaga qarshi organning oldindan olinadigan roziligi mavjudligini tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investor tomonidan monopoliyaga qarshi organning oldindan olinadigan roziligi taqdim qilinmaganda, ushbu bandning uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan bitimni roʻyxatga olishni rad etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Aksiyalar boʻyicha bitimlarni roʻyxatga oluvchi depozitariylar quyidagilarga majburdirlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxatga olishni amalga oshiruvchi depozitariy tomonidan investorning aksiyalarni olish huquqini hisobga olish va tasdiqlashni amalga oshirishda, investorning oʻttiz besh va undan ortiq foiz aksiyalarga egalik qilishiga olib keladigan bir yoki bir nechta bitimlarni (bitimni) roʻyxatga olishda, investorda monopoliyaga qarshi organning oldindan olinadigan roziligi mavjudligini tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investor tomonidan monopoliyaga qarshi organning oldindan olinadigan roziligi taqdim qilinmagan taqdirda, mazkur bandning ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan bitimni roʻyxatga olishni rad etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi investor tomonidan mazkur Nizomda nazarda tutilgan miqdorda aksiyalarni olish tartibi ustidan nazoratni amalga oshirish uchun har yili 15-martdan kech boʻlmagan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasiga oʻttiz besh va undan ortiq foizga ega boʻlgan shaxslar roʻyxatini elektron shaklda taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Depozitariylar raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining buzilish alomatlari yoki faktlari koʻrib chiqilayotganda monopoliyaga qarshi organning yozma soʻroviga asosan mijozlarning depo hisobvaraqlari boʻyicha maʼlumotlarni taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Monopoliyaga qarshi organ aksiyalarni (ulushlarni) olishda raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirish uchun yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organlarda taʼsis hujjatlariga kiritilgan investorning xoʻjalik yurituvchi subyekt ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ishtirok etish ulushining koʻpayishi bilan bogʻliq oʻzgartirish va qoʻshimchalarni roʻyxatga olishni xatlovdan oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV bob. Oldindan rozilik berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Investor aksiyalarni (ulushlarni) olayotganda monopoliyaga qarshi organga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitim tuzishga oldindan rozilik berish toʻgʻrisidagi arizani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs uchun — barcha oʻzgartishlar hisobga olingan taʼsis hujjatlarining koʻchirma nusxalarini yoki jismoniy shaxs uchun — arizachining pasportiga oid maʼlumotlarni (hujjatning seriyasi va raqami, berilgan sanasi va joyi, hujjatni bergan organ);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza bergan kundan oldingi ikki yil mobaynida yoxud agar faoliyat ikki yildan kamroq muddatni tashkil etsa, investor tomonidan faoliyat amalga oshirilgan muddat mobaynida olib borilgan faoliyat turlari, ishlab chiqargan va realizatsiya qilgan tovar turlarining nomlari hamda ularning hajmlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻtgan ikki kalendar yilga doir moliyaviy (1 va 2-shakl) va statistika hisobotini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxslar guruhining tarkibi toʻgʻrisidagi, bu shaxslarning ushbu guruhga kirish asoslari koʻrsatilgan maʼlumotlarni va aksiyalarni (ulushlarni) olish boʻyicha koʻrib chiqilayotgan bitimga taalluqli boshqa axborotni taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Agar obyektiv sabablarga koʻra xorijiy investor moliyaviy va statistika hisobotini taqdim qila olmasa, bitim ushbu hujjatlar boʻlmagan taqdirda ham kelishiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Bitimni tuzishga oldindan rozilik olish uchun arizada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatilishi zarur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik yurituvchi subyektning nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investor sotib olayotgan aksiyalarning (ulushlarning) miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuzilayotgan bitimning maqsadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investor va xoʻjalik yurituvchi subyektning saylab qoʻyiladigan va ijro etuvchi organlari tarkibiga kiradigan shaxslar roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investor va uni aksiyadorlarining (ishtirokchilarining) boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ishtiroki toʻgʻrisida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandda nazarda tutilgan maʼlumotlardan birortasi boʻlmagan taqdirda, investor bu haqda monopoliyaga qarshi organni yozma ravishda xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Amalga oshirilayotgan bitimning raqobatni cheklashga taʼsir koʻrsatuvchi faktlarini oʻrganish uchun monopoliyaga qarshi organ koʻrib chiqilayotgan bitimga doir qoʻshimcha maʼlumotlarni bevosita ularga egalik qiluvchi shaxslardan soʻrab olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Monopoliyaga qarshi organ, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitimlar tuzishga oldindan rozilik berish toʻgʻrisidagi arizaning qanoatlantirilishi tovar bozorida tegishli xoʻjalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining ustun mavqei yuzaga kelishiga yoki kuchayishiga va (yoki) raqobatning cheklanishiga olib kelishi mumkin boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqishda ularda bayon etilgan axborotning ishonchsizligi yoki yolgʻonligi aniqlansa, investorga aksiyalarning (ulushlarning) olinishiga oldindan rozilik berishni rad etishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Tovar bozorlarida xoʻjalik yurituvchi subyekt va investorning ustun mavqei monopoliyaga qarshi organ tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik yurituvchi subyekt va investorning maʼlum bir tovar bozoridagi ulushlari yigʻindisi ularning yakka ulushlarining summasi sifatida, shuningdek xoʻjalik yurituvchi subyekt va investor aksiyalariga (ulushlariga) egalik qilayotgan boshqa yuridik shaxslar ulushlari sifatida qaraladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Investor tomonidan aksiyalarning (ulushlarning) olinishiga rozilik berish masalasi monopoliyaga qarshi organ rahbarining buyrugʻi bilan uning xodimlaridan tuziladigan maxsus komissiya tomonidan koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Maxsus komissiya koʻrib chiqish natijalari boʻyicha ariza olingan paytdan boshlab oʻn kalendar kundan kechiktirmay, aksiyalarni (ulushlarni) olishga oldindan rozilik berish yoki rozilik berishni rad etish toʻgʻrisida qaror chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyalarning (ulushlarning) ayni bir turkumini olishga oldindan rozilik olish uchun shaxslar yoki shaxslar guruhlari bir vaqtning oʻzida murojaat etgan taqdirda monopoliyaga qarshi organning qarori arizachilarga ayni bir kunda yetkaziladi. Zarur hollarda, agar monopoliyaga qarshi organda bitim raqobatning cheklanishiga olib keladi yoki olib kelishi mumkin, shu jumladan tovar bozorida ustun mavqening vujudga kelishi yoxud kuchayishi orqali raqobatning cheklanishiga olib keladi yoki olib kelishi mumkin deb taxmin qilish uchun asoslar paydo boʻlsa, arizani koʻrib chiqish muddati bir oydan koʻp boʻlmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror maxsus komissiya raisi va uning aʼzolari tomonidan ikki nusxada imzolanadi hamda gerbli muhr bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus komissiya tomonidan koʻrib chiqish natijalari boʻyicha qabul qilingan qaror investorga qaror qabul qilingan kuni yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yozma soʻrov boʻlgan hollarda, manfaatdor tomonlarga qarorning nusxasi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyalarni (ulushlarni) olish boʻyicha bitim ushbu bitimni tuzishga rozilik berish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan paytdan boshlab bir yil mobaynida tuzilishi shart. Ushbu muddatda bitim tuzilmagan taqdirda qaror oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Zarurat boʻlganda, maxsus komissiya majlisiga aksiyalarning (ulushlarning) olinishiga rozilik soʻrab monopoliyaga qarshi organga murojaat qilgan shaxslar (ularning vakillari ishonchnoma asosida), shuningdek ushbu bitimni tuzishdan manfaatdor boʻlgan boshqa shaxslar ham taklif qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Monopoliyaga qarshi organ bitimlarni tuzishga oldindan rozilik berishga va buni raqobatni taʼminlashga qaratilgan talablarni bajarishga bogʻliq qilib qoʻyishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bitimlarning tuzilishi tovar bozorida tegishli xoʻjalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining ustun mavqei yuzaga kelishiga yoki kuchayishiga va (yoki) raqobatning cheklanishiga olib kelishi mumkin boʻlgan taqdirda, bu bitimlarni tuzish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan yuridik va (yoki) jismoniy shaxslar monopoliyaga qarshi organning talabiga koʻra raqobatning zarur shart-sharoitlarini tiklash chora-tadbirlarini koʻrishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Monopoliyaga qarshi organ tovar bozorida hatto xoʻjalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining ustun mavqei yuzaga kelishi yoki kuchayishi va (yoki) raqobatning cheklanishi, noxush oqibatlar yuz berishi mumkin boʻlgan taqdirda ham, agar aksiyalarni (ulushlarni) olish boʻyicha bitimlar tuzish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan yuridik va (yoki) jismoniy shaxslar bitimlari isteʼmolchilarga sezilarli darajada naf keltirishini isbotlab bersa, bitimlar tuzish uchun oldindan rozilik berish haqidagi arizani qanoatlantirishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Monopoliyaga qarshi organning aksiyalarning olinishiga oldindan rozilik berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarori aksiyalarni olish boʻyicha bitimni roʻyxatga olishni rad etish uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Investor mazkur Nizomning 7 va 8-bandlarida nazarda tutilgan miqdorlarda aksiyalarni (ulushlarni) olish uchun bir tomonlama bitimlarni (meros) tuzishda, ushbu bitimga asosan tegishli huquqqa ega boʻlgan kundan boshlab oʻn besh kalendar kun mobaynida monopoliyaga qarshi organni xabardor qilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur xabarnomada:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik yurituvchi subyektning nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
egalik qilinayotgan aksiyalarning (ulushlarning) miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa aksiyalarga (ulushlarga) egalik qilishi toʻgʻrisidagi maʼlumot koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V bob. Aksiyalarni (ulushlarni) olish tartibini buzish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Investor tomonidan aksiyalarga (ulushlarga) monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olmasdan egalik qilish hollari aniqlanganda, qonun hujjatlariga muvofiq investorga nisbatan raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzilganlik haqidagi ish qoʻzgʻatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzilganlik haqidagi ish monopoliyaga qarshi organning maxsus komissiyasi tomonidan koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus komissiya tomonidan aksiyalarni (ulushlarni) olish tartibi buzilganlik haqidagi masala koʻrib chiqilayotganda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazining vakili ekspert sifatida taklif etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus komissiya ishni mazmunan koʻrib chiqish natijalari boʻyicha quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksiyalarga (ulushlarga) egalik qilishni rad etish toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksiyalarga (ulushlarga) egalik qilishga rozilik berish toʻgʻrisida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyalarga (ulushlarga) egalik qilishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda, investorga dastlabki holatni tiklash va raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzishni toʻxtatish toʻgʻrisida koʻrsatma beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Maxsus komissiya qabul qilingan qarordan qatʼi nazar, aksiyalarni (ulushlarni) monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olmasdan olganligi uchun investorga raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq jarima soladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Monopoliyaga qarshi organning qoʻzgʻatilgan ishni koʻrish natijalari boʻyicha qabul qilgan qarori investorga, shuningdek manfaatdor tomonlarga qaror qabul qilingan kundan soʻng uch kalendar kundan kechiktirmay yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Monopoliyaga qarshi organning qarori asosida berilgan koʻrsatma unda belgilangan muddatlarda ijro etilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi organning oldindan berilgan roziligisiz sodir etilgan, xoʻjalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining ustun mavqei yuzaga kelishiga yoki kuchayishiga va (yoki) raqobatning cheklanishiga olib keladigan bitimlar monopoliyaga qarshi organning daʼvosi asosida sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Investor monopoliyaga qarshi organning qaroridan (koʻrsatmasidan) norozi boʻlgan taqdirda, qarorni butunlay yoki qisman haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi ariza bilan sudga yoxud qarorni (koʻrsatmani) bekor qilish yoki oʻzgartirish toʻgʻrisidagi ariza bilan yuqori turuvchi monopoliyaga qarshi organga murojaat qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI bob. Yakuniy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktori v. v. b. A. OBIDOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil 1-mart
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 14-son, 161-modda)