05.02.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1896
O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasining qarori, 05.02.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1896
Кучга кириш санаси
15.02.2009
Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.04.2012
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasining “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., № 2, 54-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-iyundagi 105-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 23-son, 182-modda) muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi qaror qiladi:
Mazkur Yo‘riqnoma “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to‘g‘risidagi” O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 2-son, 54-modda) muvofiq investor tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektning ustav kapitalidagi ovoz huquqiga ega bo‘lgan 35 foizdan ortiq aksiyalarini, ulushlarini olishda monopoliyaga qarshi qonun hujjatlariga rioya qilinishi ustidan nazorat qilish tartibini belgilaydi.