Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.06.2021 01.05.2010 yildagi 250-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.06.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahriga Oʻzbekiston Respublikasining boshqa hududlaridan kelgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining vaqtincha qayddan oʻtish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2021-yil 4-iyundagi 390/41-6-sonli “Toshkent shahar mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ tusdagi qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunning 25-moddasini qoʻllab, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 26-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasida pasport tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-2240-sonli Farmoni talablarini samarali bajarish, Toshkent shahriga Respublikaning boshqa hududlaridan kelgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining vaqtincha qayddan oʻtish jarayonlarini tartibga solish maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tuman hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman hokimi raisligida aʼzolari — tuman Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi, tuman prokurori, tuman Milliy xavfsizlik xizmati (kelishilgan holda), tuman “Mahalla” jamgʻarmasi raisidan iborat tarkibda, tuman IIB XChK va FB boshligʻi kotibligida Toshkent shahriga Respublikaning boshqa hududlaridan kelgan va vaqtincha qayddan oʻtish istagini bildirgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining murojaatlarini koʻrib chiquvchi maxsus komissiyalar tuzilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tuman hokimlari huzurida tuzilgan maxsus komissiyaning asosiy vazifalari va vakolatlari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahriga Respublikaning boshqa hududlaridan kelgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining vaqtincha qayddan oʻtish haqidagi murojaatlarini koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bu toifadagi murojaatlarni koʻrib chiqishda “Fuqarolarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni talablariga qatiy amal qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mavjud koʻp qavatli hamda yakka tartibdagi uylarda vaqtincha roʻyxatdan oʻtgan fuqarolarning vaqtincha roʻyxatdan oʻtganlik holatini muntazam tahlil qilib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahriga Respublikaning boshqa hududlaridan kelgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining vaqtincha qayddan oʻtish haqidagi murojaatlari boʻyicha ruxsat berish yoki rad etish haqida xulosalar qabul qilish va xulosani Komissiya kotibi orqali fuqarolarga yetkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bu toifadagi murojaatlarni koʻrib chiqishda lozim topilganda, tegishli idoralardan zarur boshqa maʼlumot va hujjatlarni talab qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaatlar yuzasidan qabul qilingan oʻz qarorlari ijrosini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatlari doirasida pasport tizimi bilan bogʻliq boshqa vazifalarni bajarish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tuman hokimlari, tuman IIB boshliqlari, IIB Xorijga chiqish-kirish va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi (A. Agzamov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilab qoʻyilsinki, Toshkent shahriga xorijiy davlatlardan kelgan va vaqtincha qayddan oʻtish istagini bildirgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, xorijiy davlat fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 26-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasida pasport tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-2240-sonli Farmoni 1-ilovasining 34-bandida belgilangan holatlar boʻyicha fuqarolarning murojaatlari mazkur komissiyada koʻrilmaydi va bunday murojaatlar amaldagi tartib boʻyicha davom ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Maxsus komissiya raislari (Tuman hokimlari) va kotiblari (tuman IIB XChK va FB boshliqlari):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.1. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra fuqarolarning vaqtincha roʻyxatga qayd etish haqidagi murojaatlari Komissiya kotibi tomonidan qabul qilinib, hujjatlarning qonuniyligi oʻrganilib, oʻrnatilgan tartibda Komissiya yigʻilishida koʻrib chiqish uchun taqdim etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.2. Komissiyaning yigʻilishlari ariza va murojaatlarning hajmiga qarab, haftada kamida ikki marotaba oʻtkazilishi tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Komissiyada fuqarolarining vaqtincha qayddan oʻtish haqidagi murojaatlarini oʻz vaqtida va qonuniy koʻrib chiqilishi yuzasidan masʼuliyat tuman hokimlari va tuman IIB boshliqlari zimmalariga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Toshkent shahar hokimining birinchi oʻrinbosari R.J. Usmonov va Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻi Q.U. Nakibov zimmalariga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim A. TOʻXTAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 1-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
250-son