Toshkent shahar hokimining
Qarori
Toshkent shahar hokimining ayrim qarorlariga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
Mazkur qaror Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2021-yil 4-iyundagi 390/41-6-sonli “Toshkent shahar mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ tusdagi qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-iyuldagi “Nooziq-ovqat isteʼmol tovarlari bilan savdo qilishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 330-sonli qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek Toshkent shahar hokimligining Iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha majmuasi, Savdo, xizmat koʻrsatish sohasi va xalq isteʼmol mollari ishlab chiqarish departamenti hamda Moliya bosh boshqarmasining murojaatini inobatga olib qaror qilaman:
1. 2010-yil 1-sentabrdan boshlab quyidagilar:
1.1. “Oʼrikzor ihtisoslashgan bozori” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar uchun undiriladigan toʻlovlar hamda ijara haqi miqdorlari 1-ilovaga muvofiq;
1.2. “Sergeli ihtisoslashgan bozori” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar uchun undiriladigan toʻlovlar hamda ijara haqi miqdorlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Savdo, xizmat koʻrsatish sohasi va xalq isteʼmol mollari ishlab chiqarish departamenti (R.A. Abdumajitov), Toshkent shahar Davlat Soliq boshqarmasi (Sh.N. Raximov), Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish bosh boshqarmasi Toshkent shahar boʻlimi (U. Musurmonov), “Oʼrikzor ihtisoslashgan bozori” masʼuliyati cheklangan jamiyati (T. Urinbayev), “Sergeli ihtisoslashgan bozori” masʼuliyati cheklangan jamiyati (N.M. Temirov), Joylarda koʻrsatiladigan xizmatlar uchun undiriladigan toʻlovlar hamda ijara haqining yangi miqdorlarini joriy etish boʻyicha belgilangan tartibda zarur tashkiliy tadbirlar oʻtkazilishi taʼminlansin.
3. Toshkent shahar hokimining 2010-yil 12-martdagi “Oʼrikzor ihtisoslashgan bozori” masʼuliyati cheklangan jamiyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 135-sonli qarorining 7-bandi hamda 2010-yil 26-mart “Sergeli ihtisoslashgan bozori” masʼuliyati cheklangan jamiyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 165-sonli qarorining 6-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qaror xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi tasdigʻiga kiritilsin.
5. Mazkur qarorning ijrosini taʼminlash Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari F.T. Ziyayev zimmasiga yuklatilsin.
Hokim A. TOʻXTAYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 28-avgust,
539-son
Toshkent shahar hokimining 2010-yil 28-avgustdagi 539-sonli qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
“Oʼrikzor ihtisoslashgan bozori” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar uchun undiriladigan toʻlovlar hamda ijara haqi
MIQDORLARI*
|
№ |
Koʻrsatiladigan xizmatlar turlari |
Toʻlov miqdori (soʻm hisobida) |
| 1. | Turgʻun savdo shoxobchalaridan olinadigan ijara haqi (1 kv.m uchun bir oylik toʻlov) | |
| 1.1. | Oziq-ovqat mahsulotlari doʻkonlari uchun | |
| | 21 kv.m gacha boʻlgan doʻkonlardan | 47000 |
| | doʻkonlardagi 21 kv.m dan ortiq hajmdagi omborxona sifatida foydalanilayotgan qismidan | 15000 |
| 1.2. | Kiyim-kechak mahsulotlari doʻkonlari uchun | 41000 |
| 1.3. | Qurilish va maishiy texnika mahsulotlari doʻkonlari uchun | |
| | bozorning markazidagi xaridorgir qismida joylashgan doʻkonlar | 47000 |
| | bozorning chekka qismida joylashgan xaridorlar kam boʻlgan doʻkonlar | 34800 |
| 1.4. | Musodara qilingan mahsulotlar savdosi uchun doʻkonlar uchun | 16000 |
| 1.5. | Taxta-yogʻoch mahsulotlari shoxobchasida joylashgan doʻkonlar uchun | 10000 |
| 1.6. | Taxta-yogʻoch mahsulotlari shoxobchasida milliy hunarmandchilik mahsulotlar doʻkonlari uchun | 8000 |
| 1.7. | Boʻz-suv qurilish mollari shoxobchasida joylashgan doʻkonlar uchun | 3000 |
| 1.8. | Temir mahsulotlari bozori shoxobchasida joylashgan doʻkonlar uchun | 3000 |
| 1.9. | Gilamlar olami shoxobchasida joylashgan doʻkonlar uchun | 8000 |
| 1.10. | Koʻkcha-oqtepasi qurilish mollari shoxobchasida joylashgan doʻkonlar uchun | 8000 |
| 1.11. | Koʻkcha-oqtepasi shoxobchasida joylashgan oziq-ovqat va xoʻjalik mahsulotlari doʻkonlari uchun | |
| | bozorning markazidagi xaridorgir qismida joylashgan doʻkonlar | 10000 |
| | bozorning chekka qismida joylashgan xaridorlar kam boʻlgan doʻkonlar | 8000 |
| 2. | Konteynyerlar va omborxonalarni ijaraga berishdan olinadigan ijara haqi (1 oylik toʻlov) | |
| 2.1. | 40 fut hajmdagi qurilish va maishiy texnika mahsulotlari konteynyerlari uchun | |
| | bozorning markaziga yaqin xaridorgir qismida joylashgan konteynyerlar uchun | 709500 |
| | bozorning chekka qismida joylashgan xaridorlar kam boʻlgan konteynyerlar uchun | 250000 |
| 2.2. | 20 fut hajmdagi qurilish va maishiy texnika mahsulotlari konteynyerlari uchun | |
| | bozorning markaziga yaqin xaridorgir qismida joylashgan konteynyerlar uchun | 505500 |
| | bozorning chekka qismida joylashgan xaridorlar kam boʻlgan konteynyerlar uchun | 150000 |
| 2.3. | 5 fut hajmdagi qurilish va maishiy texnika mahsulotlari konteynyerlari uchun | 126500 |
| 2.4. | 20 fut hajmdagi oziq-ovqat va xoʻjalik mahsulotlari konteynyerlari uchun | 408000 |
| 2.5. | Temir mahsulotlari shoxobchasida joylashgan qurilish mahsulotlari omborxonalari uchun | 50000 |
| 2.6. | Boʻz-suv qurilish mollari shoxobchasida joylashgan qurilish mahsulotlari omborxonalari uchun | 50000 |
| 2.7. | Gilamlar olami shoxobchasida joylashgan gilam mahsulotlari omborxonalari uchun | 200000 |
| 2.8. | Qurilish, xoʻjalik va maishiy texnika mahsulotlari omborxonalari uchun (1 kv.m uchun bir oylik toʻlov) | 22600 |
| 2.9. | Koʻkcha-oqtepasi qurilish mollari shoxobchasida joylashgan omborxonalar uchun (1 kv.m uchun bir oylik toʻlov) | 2700 |
| 2.10. | Koʻkcha-oqtepasi qurilish mollari shoxobchasida joylashgan avval foydalanishda boʻlgan qurilish mahsulotlari bilan savdo qilish konteynyerlari uchun | 30000 |
| 3. | Umumiy ovqatlanish shoxobchalarini ijaraga berishdan olinadigan ijara haqi (1 kv.m uchun bir oylik toʻlov) | |
| 3.1. | Umumiy ovqatlanish shoxobchalari | 58500 |
| 3.2. | Umumiy ovqatlanish shoxobchalariga tutash shiyponlar uchun | 8000 |
| 3.3. | Koʻkcha-oqtepasi shoxobchasida joylashgan umumiy ovqatlanish shoxobchalari uchun | 8000 |
| 3.4. | Gilamlar olami shoxobchasida joylashgan umumiy ovqatlanish shoxobchalari uchun | 7000 |
| 4. | Milliy choyxonalar uchun (1 ta choyxona majmuasi uchun) | 1650000 |
| 5. | Boʻz-suv qurilish mollari bozori shoxobchasida 1-martalik patta toʻlovi (1 kunga) | 1000 |
| 6. | Bank-kassa xizmatlari uchun doʻkonlarni ijaraga berishdan olinadigan ijara haqi (1 kv.m uchun bir oylik toʻlov) | |
| 6.1. | OAIT Ipak Yoʻli bankining Oʻrikzor filiali uchun | 7000 |
| 6.2. | Mini banklar uchun | 20000 |
| 6.3. | Valyuta ayirboshlash shoxobchalari uchun | 47000 |
| 6.4. | Jamgʻarma kassalar uchun | 41000 |
| 6.5. | Taxta bozori shoxobchasidagi mini bank uchun | 15000 |
| 6.6. | Koʻkcha-oqtepasi bozori shoxobchasida joylashgan mini bank | 20000 |
| 7. | Boshqa turdagi xizmat koʻrsatish shoxobchalarini ijaraga berishdan olinadigan ijara haqi (1 kv.m uchun bir oylik toʻlov) | |
| 7.1. | Sartaroshxona | 20000 |
| 7.2. | Dorixona | 20000 |
| 7.3. | Ofis | 20000 |
| 7.4. | “Paynet” xizmati (2x2 hajmdagi har bir shoxobcha uchun oylik toʻlov) | 100000 |
| 7.5. | Kalit yasash shoxobchasi (2x2 hajmdagi har bir shoxobcha uchun oylik toʻlov) | 75000 |
| 7.6. | Tibbiy yordam koʻrsatish xizmati | 1500 |
| 7.7. | Taxta-yogʻoch mahsulotlari shoxobchasida terak sotish maydonida savdo uchun | 2000 |
| 7.8. | T�xta-yogʻoch mahsulotlari shoxobchasida joylashgan usti yopiq joyda (naves ostida) savdo qilganlik uchun | 9000 |
| 7.9. | Gilamlar olami shoxobchasida joylashgan usti yopiq joyda (naves ostida) savdo qilganlik uchun | 4000 |
| 7.10. | Boʻz-suv qurilish mollari shoxobchasida joylashgan usti yopiq joyda (naves ostida) savdo qilganlik uchun | 2000 |
| 7.11. | Boʻz-suv qurilish mollari shoxobchasida joylashgan angarda savdo qilganlik uchun | 1000 |
| 7.12. | Temir mahsulotlari shoxobchasida joylashgan usti yopiq joyda (naves ostida) va stellajlarda savdo qilganlik uchun | 3000 |
| 7.13. | Mavsumiy salqin ichimliklar va muzqaymoq savdosi uchun | 20000 |
| 7.14. | Boshqa turdagi xizmatlar koʻrsatish shoxobchalari uchun | 8000 |
| 8. | 1 dona yuk tashish aravachasini ijaraga berish (1 kunga) | 10000 |
| 9. | Hojatxona xizmatidan bir marta foydalanganlik uchun | 400 |
| 10. | Bozor telefonidan bir marta foydalanganlik uchun | 200 |
| 11. | Radiouzel orqali eʼlonlar berish uchun (uch marotaba eʼlon berganlik uchun) | 500 |
| 12. | Radiouzel orqali 1-marta tabrik eʼlon qilish (musiqasi bilan) | 1000 |
| 13. | Radiouzel orqali 1-marta reklama roligini qoʻyish | 500 |
| 14. | Buyumlarni bir kecha saqlash uchun 50x50x100 sm oʻlchamdagi 1 oʻrin uchun | 1000 |
| 15. | Bozor hudu�ida oʻrnatilgan reklama uskunalaridan foydalanganlik uchun ijara haqi (1 kv.m uchun bir oylik toʻlov) | |
| 15.1. | Tashqi reklama uskunalari uchun | 6000 |
| 15.2. | Ichki reklama uskunalari uchun | 5000 |
| 15.3. | Bozor hududida simpling oʻtkazish, 1 kishi uchun | 2500 |
| 15.4. | Bozorda 1 dona stol qoʻyib simpling oʻtkazish uchun (1 kunga) | 4000 |
| 16. | Transport vositalarining yuk ortish va tushirish uchun bozor hududiga kirib-chiqish uchun toʻlov (bozorning barcha shoxobchalariga tatbiq etiladi) | |
| | yengil turdagi avtomobillar uchun | 2000 |
| | yuk avtomobillari uchun (Zil, Gaz-53 va boshqalar) | 4000 |
| | ogʻir yuk avtomobillari uchun (Kamaz) | 6000 |
Izoh*: koʻrsatilgan miqdorlar 1-qavatda joylashgan bino va inshootlar uchun belgilangan boʻlib, 2-qavatda va yertoʻla qismida joylashgan bino va inshootlar uchun koʻrsatilgan miqdorlarning 50 foizi qoʻllaniladi.
Toshkent shahar hokimining 2010-yil 28-avgustdagi 539-sonli qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
“Sergeli ihtisoslashgan bozori” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar uchun undiriladigan toʻlovlar hamda ijara
MIQDORLARI
| № | Koʻrsatiladigan xizmatlar turlari | Toʻlov miqdori (soʻm hisobida) |
|
1. |
Avtotransport vositalarini sotish joylari xizmatidan foydalanganlik uchun har bir avtomobildan (1 kunga): | |
|
Seshanba—juma kunlari | ||
| 1.1. | Yengil avtomobillar uchun | 2500 |
| 1.2. | Yuk avtomobillari uchun | 5000 |
| 1.3. | Ogʻir yuk avtomobillari uchun | 20000 |
|
Juma kuni soat 17-00 dan Yakshanba kuni soat 17-00 gacha | ||
| 1.4. | Usti yopiq sotish joylari | 15000 |
| 1.5. | Ochiq sotish joylari | 13000 |
| 2. | Bozorda joylashgan avtomobillarni roʻyxatdan oʻtkazish boʻlimiga hujjatlarni rasmiylashtirishga kirish uchun 1-martalik toʻlov | 5000 |
| 3. | Angar hududida isteʼmolda boʻlgan ehtiyot qismlar bilan savdo qilish uchun 1-martalik toʻlov (3x2 kv.m xajmdagi har bir savdo oʻrni uchun) | 2000 |
| 4. | Isteʼmolda boʻlgan avtoshinalar savdosiga ixtisoslashtirilgan joylarda savdo qilganlik uchun 1-martalik toʻlov (3x2 kv.m hajmdagi har bir savdo oʻrni uchun) | 2000 |
| 5. | Isteʼmolda boʻlgan avtomobil ehtiyot qismlari savdosiga ixtisoslashtirilgan joylarda savdo qilganlik uchun 1-martalik toʻlov (3x2 kv.m hajmdagi har bir savdo oʻrni uchu�) | 2000 |
| 6. | Isteʼmolda boʻlgan avtotransport vositalarining kuzov qismlari savdosiga ixtisoslashtirilgan joylarda savdo qilganlik uchun 1-martalik toʻlov (3x2 kv.m.hajmdagi har bir savdo oʻrni uchun) | 2000 |
| 7. | Bozorga kirib-chiqish uchun har bir avtotransport vositasidan (1 kunga): | |
| 7.1. | Seshanba — juma kunlari | 2000 |
| 7.2. | Shanba — yakshanba kunlari | 3000 |
| 8. | Xususiy doʻkonlar oldiga avtomobillar ehtiyot qismlarini chiqarib, doʻkon tashqarisidagi bozor hududidan foydalanganlik uchun 1 kunlik toʻlov (1,2x2 kv.m hajmdagi joy uchun) | 2000 |
| 9. | Xususiy doʻkonlar oldiga avtoshinalarni chiqarib, doʻkon tashqarisidagi bozor hududidan foydalanganlik uchun 1 kunlik toʻlov (1,2x2 kv.m hajmdagi joy uchun) | 3000 |
| 10. | Bozor hududida payshanbadan - jumaga oʻtar kechasi oʻtkaziladigan ulgurji savdo uchun 1-martalik toʻlov (3x2 kv.m hajmdagi har bir savdo oʻrni uchun) | 5000 |
| 11. | Joylarni ijaraga berishdan olinadigan ijara (1 kv.m uchun bir oylik toʻlov): | |
| 11.1. | Kapital qurilgan doʻkonlar uchun | 13000 |
| 11.2. | Kapital qurilgan omborxonalar uchun | 6500 |
| 11.3. | Ehtiyot qismlar shiyponining oʻrta yoʻlagidagi maydonchalarda joylashgan turgʻun savdo shoxobchalari uchun | 44000 |
| 11.4. | Yengil turdagi doʻkonlar uchun (Akfa) | 20000 |
| 12. | Konteynyerlarni ijaraga berishdan olinadigan ijara haqi (1 oylik toʻlov) | |
| 12.1. | 40 tonnalik bitta konteyner uchun | 240000 |
| 12.2. | 20 tonnalik bitta konteyner uchun | 120000 |
| 12.3. | Avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish konteynyerlari uchun (1 kv.m uchun 1 oylik toʻlov) | 10000 |
| 12.4. | Ustaxona (tokar stanoklari) sifatida foydalanayotgan konteynyerlar uchun (1 kv.m uchun 1 oylik toʻlov) | 6000 |
| 13. | Boshqa turdagi shoxobchalarni ijaraga berishdan olinadigan ijara (1 kv.m. uchun bir oylik toʻlovi) | 6000 |
| 13.1. | “Paynet” xizmati (bir oylik toʻlov) | 60000 |
| 13.2. | Bank kassa shoxobchalari | 25000 |
| 13.3. | Davlat notariusi | 15000 |
| 13.4. | Ofis maydonlari | 25000 |
| 13.5. | Maishiy xizmat koʻrsatish xonalari | 10000 |
| 13.6. | Dorixona | 20000 |
| 13.7. | Avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish shoxobchasi | 10000 |
| 13.8. | Umumiy ovqatlanish shoxobchalarini ijaraga berishdan olinadigan ijara (1 kv.m uchun bir kunlik toʻlov) | 10000 |
| 14. | Mavsumiy salqin ichimliklar va muzqaymoqlar savdosi uchun 1 kunga (2x2 kv.m hajmdagi joy uchun) | 4000 |
| 15. | Kalit yasash shoxobchasi (1x2 kv.m ga teng boʻlgan joy) uchun 1 kunga | 2000 |
| 16. | 1 dona yuk tashish aravachasini ijaraga berish (1 kunga) | 8000 |
| 17. | Hojatxona xizmatlaridan bir marta foydalanish uchun toʻlov | 300 |
| 18. | Bozorda tashkil qilingan yuvinish xonasidan 1-martalik foydalanish uchun toʻlov | 1000 |
| 19. | Bozor telefonidan bir marotaba foydalanganlik uchun | 200 |
| 20. | Radiouzel orqali eʼlonlar berish uchun (uch marotaba eʼlon berish uchun) | 300 |
| 21. | Radio tarmogʻi orqali 1-marta tabrik eʼlon qilish (musiqasi bilan) | 1000 |
| 22. | Radiouzel orqali 1-marta reklama roligini qoʻyish | 500 |
| 23. | Avtomobillarni yuvish (1 dona avtomobil uchun) | 4000 |
| 24. | Kanselyariya mollari savdosi uchun ixtisoslashtirilgan joylardan foydalanganlik uchun (1,2x2 kv.m hajmdagi har bir savdo oʻrni uchun) | 3000 |