20.07.2009 yildagi 150-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatda 2009-2013-yillarda aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, sogʻlom bola tugʻilishi, jismoniy va maʼnaviy barkamol avlodni voyaga yetkazish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari dasturi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash, sogʻlom bola tugʻilishi va uni tarbiyalash uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, jismoniy va maʼnaviy yosh avlodni voyaga yetkazish maqsadida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 13-apreldagi “Ona va bola salomatligini muhofaza qilish, sogʻlom avlodni shakllantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-1096-son hamda 2009-yil 1-iyuldagi “2009 — 2013-yillarda aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, sogʻlom bola tugʻilishi, jismoniy va maʼnaviy barkamol avlodni voyaga yetkazish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari Dasturi toʻgʻrisida”gi PQ-1144-son qarorlari ijrosini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 1-iyuldagi “2009 — 2013-yillarda aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, sogʻlom bola tugʻilishi, jismoniy va maʼnaviy barkamol avlodni voyaga yetkazish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari Dasturi toʻgʻrisida”gi PQ-1144-son qarori ijro uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Viloyatda 2009 — 2013-yillarda aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, sogʻlom bola tugʻilishi, jismoniy va maʼnaviy barkamol avlodni voyaga yetkazish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish va samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari Dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin hamda Dastur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash tizimini takomillashtirish, sogʻlom bola tugʻilishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tugʻruqqa yordam koʻrsatish, onalik va bolalikni muhofaza qilish muassasalari hamda onalar va bolalarga tibbiy yordam koʻrsatuvchi sogʻliqni saqlash birlamchi boʻgʻini muassasalarining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi oʻrtasida sogʻlom bola tugʻilishi va ularni tarbiyalash, yoshlarda sogʻlom va ahil oila qurishga, sogʻlom turmush tarzini olib borishga intilishni shakllantirish boʻyicha tushuntirish ishlarini kuchaytirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar va oʻsmirlarni jismoniy jihatdan bekamu koʻst kamol toptirish, jismonan baquvvat va maʼnan barkamol yosh avlodni shakllantirish uchun zarur shart-sharoitlarni taʼminlashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
onalik va bolalikni muhofaza qilish sohasida faoliyat koʻrsatayotgan tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish, onalar va bolalarga koʻrsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yaxshilashga yoʻnaltirilganligi eʼtirof etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Toshkent viloyati hokimining 2009-yil 20-apreldagi 95-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan viloyat komissiyasi zimmasiga Dastur bajarilishi monitoringi va uni tashkil qilish vazifasi yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shahar va tumanlarda hokimlar boshchiligida tegishli hududiy komissiyalar tuzilsin, ularning zimmasiga Dasturda koʻzda tutilgan tadbirlar viloyat hududlarida toʻliq hajmda va belgilangan muddatlarda soʻzsiz bajarilishini taʼminlash uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Viloyat komissiyasi raisi oʻrinbosari S. Abdullayev:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir hafta muddatda tegishli viloyat davlat boshqaruvi organlari, shahar va tuman hokimliklari tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlari bilan birgalikda aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, sogʻlom bola tugʻilishi, jismoniy va barkamol avlodni voyaga yetkazish boʻyicha hududiy hamda tarmoq dasturlari ishlab chiqilishi va qabul qilinishi taʼminlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturdagi tadbirlar toʻliq va oʻz vaqtida bajarilishi boʻyicha hududiy davlat boshqaruv organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari darajasidagi ishlarning muvofiqlashtirilishi tashkil qilinsin, Dasturga kiritilgan tadbirlarning amalga oshirilishi ustidan tizimli nazorat oʻrnatsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har chorak yakunlari boʻyicha tasdiqlangan tadbirlar Dasturining bajarilishi toʻgʻrisida viloyat hokimiga axborot berib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Viloyat Sogʻliqni saqlash boshqarmasi (A. Axmedov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir hafta muddatda, ayniqsa viloyatning olis hududlarida, fertil yoshidagi ayollarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish va sogʻlomlashtirish sifatini oshirish boʻyicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqib, tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki hafta muddatda, xususan tugʻilish, onalar va chaqaloqlar oʻlimi yuqori darajada boʻlgan hududlarda akusher-ginekologlar, neonatologlar, pediatrlar, bolalar ginekologlari bilan taʼminlanganlik holatini tahlil qilsin va tegishli takliflar tayyorlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlanishi, onalar va bolalar salomatligi muhofaza qilinishini taʼminlash borasidagi ish natijalariga koʻra har yili shahar va tuman sogʻliqni saqlash organi rahbarlari va mutaxassislarini attestatsiyadan oʻtkazilishini tashkil qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Viloyat Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Mahalla” jamgʻarmasi (R. Sheraliyev), “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati kengashi (Sh. Qoʻchqorov) viloyat boʻlimlari birgalikda ikki hafta muddatda viloyat aholisi orasida, ayniqsa xotin-qizlar va nikohdan oʻtuvchi yoshlar orasida sogʻlom oila qurish, sogʻlom bolalar tugʻish va tarbiyalash masalalari yuzasidan tizimli asosda tushuntirish ishlarini tashkil qilish boʻyicha aniq chora-tadbirlar qoʻshma tadbirini ishlab chiqib, tasdiq uchun kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Viloyat hokimi matbuot kotibi (R. Aripov) Dasturning maqsad va vazifalari keng koʻlamda tushuntirib borilishini, uning amalga oshirilishi, tadbirlar Dasturida nazarda tutilgan tugʻuruqqa yordam koʻrsatish muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlash, onalar va bolalar salomatligi muhofaza qilinishini, jismonan sogʻlom hamda maʼnan barkamol yosh avlodning tugʻilishi va tarbiyalanishini taʼminlash borasidagi chora-tadbirlarning amalga oshirilishiga tegishli boshqaruv organlari va ularning hududiy boʻlinmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlarining aniq hissasi muntazam yoritib borilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilishni oʻz zimmamda qoldiraman.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim R. XOLMATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 20-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
150-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati hokimining 2009-yil 20-iyuldagi 150-sonli qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatda 2009 — 2013-yillarda aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, sogʻlom bola tugʻilishi, jismoniy va maʼnaviy barkamol avlodni voyaga yetkazish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish va samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r‎ Belgilangan chora-tadbirlar‎ Bajarish muddati‎ Ijro uchun masʼullar‎ Kutilayotgan natija‎
‎‎I. Aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash tizimini takomillashtirish, sogʻlom bola tugʻilishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish
1‎ Fertil yoshidagi ayollarni va albatta oʻsmir qizlarni tizimli ravishda sifatli tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni davom ettirish (ayniqsa uzoq va chekka hududlarda)‎ Doimo‎ Shahar va tuman hokimliklari, Sogʻliqni saqlash boshqarmasi‎ Oʻsmir qizlar va TYoA oʻrtasida turli kasalliklarni aniqlash va sogʻlomlashtirish, sogʻlom onalikka tayyorlash‎
2‎ Nikohdan oʻtuvchi yoshlarni toʻliq tibbiy koʻrikdan oʻtkazish va aniqlangan kasalliklarni davolashni davom ettirish‎ Doimo‎ Shahar va tuman hokimliklari, Sogʻliqni saqlash boshqarmasi‎ Sogʻlom oilani shakllantirish, tugʻma nogiron bolalar tugʻilishini oldini olish‎
3‎ Fertil yoshidagi ayollarni zamonaviy kontratseptiv vositalar bilan keng qamrab olish‎ 2009 — 2013-yillar‎ Shahar va tuman hokimliklari, Sogʻliqni saqlash boshqarmasi‎ Istalmagan homiladorlikni oldini olish, sogʻlom oilani shakllantirish‎
4‎ Birlamchi tibbiyot muassasalarida homilador ayollarga yordam berish ishlarini takomillashtirish (antenatal yordam)‎ Doimo‎ Shahar va tuman hokimliklari, Sogʻliqni saqlash boshqarmasi‎ Onalarga sifatli yordam va maslahat berish yoʻli bilan sogʻlom bola tugʻilishi va tugʻruqni asoratsiz oʻtishini taʼminlash.‎
5‎ “Reproduktiv salomatlikni muhofaza qilish”, “Samarali perinatal yordam”, “Birlamchi chaqaloqlar reanimatsiyasi”, “Koʻkrak suti bilan boqishni qoʻllab-quvvatlash”, “Bolalar oʻsishi va rivojlanishi”, “Statsionarda bolalarga yordam koʻrsatish” dasturlari asosida barcha birlamchi tibbiyot muassasalarida, tugʻruq komplekslarida zamonaviy texnologiyalarni kiritish‎ 2009-2010-yillar‎ Shahar va tuman hokimliklari, Sogʻliqni saqlash boshqarmasi‎ Onalar, goʻdaklar, bolalar oʻlimini hamda patologik tugʻruqlar koʻrsatkichlarini kamaytirish.‎
6‎ Vaksinalar, bir marotaba ishlatiluvchi shpritslar xamda ularni utilizatsiya qilish uchun konteynerlar bilan taʼminlash yoʻli orqali bolalarni emlash ishlarini davom ettirish‎ Doimo‎ Sogʻliqni saqlash boshqarmasi‎ Viloyatda epidemiologik barqarorlikni saqlash. Bolalar orasida yuqumli kasalliklarni kamaytirish va oldini olish. ‎
7‎ Shahar va tumanlardagi va ayniqsa chekka hududlardagi tibbiyot muassasalariga viloyat mutaxassislari tomonidan amaliy va konsultativ yordam berish‎ Doimo‎ Viloyat tibbiyot muassasalari‎ Onalar, bolalar va oʻsmirlar kasallanish koʻrsatkichlarini kamaytirish‎
‎‎II. Tugʻruqqa yordam koʻrsatish, onalik va bolalikni muhofaza qilish muassasalari hamda onalar va bolalarga tibbiy yordam koʻrsatuvchi sogʻliqni saqlash birlamchi boʻgʻini muassasalarining moddiy texnika bazasini yanada mustahkamlash
8‎ “Salomatlik-2” loyihasi doirasida shahar va tumanlardagi birlamchi tibbiyot muassasalarini (197 QVP) tibbiy asbob-uskunalar bilan taʼminlashni davom ettirish‎ 2009-2010-yillar‎ Viloyat hokimligi, Sogʻliqni saqlash boshqarmasi‎ Birlamchi tibbiyot muassasalarida aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy yordamning sifatini yaxshilash.‎
9‎ Viloyat koʻp tarmoqli bolalar shifoxonasini zamonaviy tibbiy
‎asbob-uskuna va apparaturalar bilan jihozlash‎
2009 — 2013-yillar‎ Sogʻliqni saqlash boshqarmasi‎ Bolalarga koʻrsatiladigan ixtisoslashgan tibbiy yordamning sifatini yaxshilash. Bolalar orasida kasallanish va oʻlim holatlarini kamaytirish.‎
10‎ Viloyat tugʻruq kompleksi qoshida perinatal markaz tashkil qilish va yuqori texnologiyali tibbiy asbob-uskunalar hamda malakali mutaxassislar bilan taʼminlash‎ 2009 — 2012-yillar‎ Viloyat hokimligi, Sogʻliqni saqlash boshqarmasi‎ Homilador ayollar, onalar va chaqaloqlarga koʻrsatiladigan ixtisoslashgan perinatal yordam sifatini yaxshilash.‎
11‎ Yuqori xavfga kiruvchi homilador ayollarni hamda yangi tugʻilgan chaqaloqlarni skrining tekshiruvidan oʻtkazish hamda fenilketonuriya, mukovissedoz kasalligi aniqlangan goʻdaklarni maxsus oziq - ovqatlar, dori-darmonlar bilan taʼminlash‎ 2009 — 2011-yillar‎ Sogʻliqni saqlash boshqarmasi, “Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmasi viloyat boʻlimi‎ Tugʻma nogironlik bilan tugʻilmaslikni oldini olish.‎
12‎ Viloyat tibbiyot muassasalarini QVP lariga biriktirish ‎ Doimo‎ Sogʻliqni saqlash boshqarmasi‎ Qishloq aholisiga tibbiy yordam koʻrsatish sifatini yaxshilash.‎
13‎ Hududlardagi tibbiyot muassasalarida tibbiy asbob-uskunalarini texnik taʼmirlash boʻyicha xizmatni takomillashtirish ‎ 2010-2011-yillar‎ Sogʻliqni saqlash, Moliya boshqarmalari Yuqori texnologiyali tibbiy apparatlar va tibbiy asbob-uskunalarni tinimsiz ishlashini taʼminlash.‎
14‎ Har yili “Eng yaxshi QVP”, “Eng yaxshi oila poliklinikasi”, “ Eng yaxshi umumiy amaliyot shifokori”, “Eng yaxshi patronaj hamshira” deb nomlangan musobaqalarni oʻtkazib borish ‎ Doimo‎ Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Mahalla” jamgʻarmasi, Sogʻliqni saqlash boshqarmasi‎ Aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatning sifatini yaxshilash.‎
‎‎III. Aholi oʻrtasida sogʻlom bolalar tugʻilishi va ularni tarbiyalash, yoshlarda sogʻlom va ahil oila qurishga, sogʻlom turmush tarzini olib borishga intilishni shakllantirish boʻyicha tushuntirish ishlarini kuchaytirish
15‎ Sogʻlom oilani shakllantirish, sogʻlom bola tugʻilishi va uni tarbiyalash boʻyicha tuman va shahar tibbiyot xodimlari tomonidan targʻibot ishlarini olib borish‎ Doimo‎ Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Mahalla” jamgʻarmasi, Sogʻliqni saqlash boshqarmasi‎ Onalik va bolalikni muhofaza qilish borasida aholini tibbiy madaniyatini oshirish.‎
16‎ Mahallalarda, oʻquv muassasalari va boshqa tashkilotlardagi aholi orasida
‎Nikohdan oʻtuvchi yoshlarning albatta tibbiy koʻrikdan oʻtkazish
‎Tugʻruqlar orasidagi maqbul muddatlar, xamda sogʻlom bola tugʻilishi uchun eng optimal yosh
‎Istalmagan homiladorlikni, hamda qarindosh-urugʻlar oʻrtasidagi nikohlarni oldini olish boʻyicha targʻibot ishlarini keng koʻlamda olib borish ‎
Doimo‎ Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Mahalla” jamgʻarmasi, Sogʻliqni saqlash boshqarmasi�� Sogʻlom turmush tarzi va sogʻlom oila masalalari boʻyicha aholini bilimini oshirish‎
17‎ Viloyatdagi barcha tugʻruq muassasalarida yosh onalarni “ Goʻdaklarni toʻgʻri parvarish qilish” koʻnikmalariga oʻrgatish‎ 2009 — 2013-yillar‎ Sogʻliqni saqlash boshqarmasi, “Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmasi viloyat boʻlimi‎ Yosh onalarni bolalarni toʻgʻri parvarish qilish boʻyicha bilimlarini oshirish‎
18‎ Oʻrta maktablar uchun oʻquvchilari “Sogʻlom turmush tarzi asoslari” va akademik litseylar, kolledjlar oliy oʻquv yurtlari talabalari uchun “Sogʻlom avlod va sogʻlom oila asoslari” oʻquv kurslarini olib borish‎ 2009-2010-yillar‎ Xalq taʼlimi, Oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi va Sogʻliqni saqlash boshqarmalari, Xotin-qizlar qoʻmitasi, Sogʻlom avlod uchun jamgʻarmasi‎ Oʻquvchilar va yoshlarni sogʻlom turmush tarzi va reproduktiv salomatlik boʻyicha bilimlarini oshirish‎
19‎ Sogʻlom oilani barpo qilish borasida erta va qarindosh-urugʻlar oʻrtasidagi nikohlarini oldini olish boʻyicha FHDY xodimlari tomonidan nikohdan oʻtuvchi yoshlarga maslahatlar berish‎ 2009 — 2013-yillar‎ FHDY boʻlimlari, Xotin-qizlar qoʻmitasi,“Mahalla” jamgʻarmasi, Sogʻliqni saqlash boshqarmasi‎ Sogʻlom oila barpo qilish boʻyicha yoshlarni bilim darajasini oshirish va turmushga tayyorlash‎
20‎ Markaziy va hududiy ommaviy axborot vositalarida (gazeta, radio, televideniye) sogʻlom oilani shakllantirish, onalar , bolalar va oʻsmirlar sogʻligʻini muhofaza qilish masalalarini doimiy rubrikasini tashkil qilish‎ Doimo‎ Ommaviy axborot vositalari, Xotin-qizlar qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash boshqarmasi‎ Onalar, bolalar va oʻsmirlar salomatligini muhofaza qilish boʻyicha ahol�ni bilim darajasini oshirish‎
21‎ “Sogʻlom ona—sogʻlom farzand”, “Bexatar onalik”, “Sogʻlom ota va ona—sogʻlom oila asoschilari” yoʻnalishlarida mutaxassislar ishtirokida radioeshittirishlar, telekoʻrsatuvlar uyushtirish‎ Doimo‎ Viloyat hokimligi, Sogʻliqni saqlash boshqarmasi‎ Aholini tibbiy madaniyatini oshirish‎
22‎ Reproduktiv salomatlikni muhofaza qilish masalalari boʻyicha Sogʻliqni saqlash boshqarmasi veb-saytlarini takomillashtirish‎ 2009-yil III-IV choraklar‎ Sogʻliqni saqlash boshqarmasi‎ Tibbiyot xodimlari va aholi reproduktiv salomatlik masalalari boʻyicha axborot olish imkoniyatlarini kengaytirish‎
IV. Bolalar va oʻsmirlarni jismoniy jihatdan bekamu koʻst hamda uygʻun kamol toptirish, jismonan baquvvat va maʼnan barkamol yosh avlodni shakllantirish uchun zarur shart-sharoitlarni taʼminlash ‎‎
23‎ —Aholini temir bilan boyitilgan un hamda yodlangan tuz bilan taʼminlash
‎—Aholi oʻrtasidagi maqsadli guruhlar orasida hayot uchun zarur boʻlgan mikronutreitlar bilan sapplementatsiya oʻtkazish yoʻllari bilan aholi ovqatlanishini yaxshilash strategiyasini amalga oshirish ‎
2009 — 2013-yillar‎ Sogʻliqni saqlash boshqarmasi‎ Aholi oʻrtasida mikronutreitlar yetishmovchiligini oldini olish Vaznning koʻpligi va yetishmovchiligini oldini olish‎
24‎ Bogʻcha va maktablarda maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar oʻrtasida oʻsish va rivojlanish monitoringini olib borish‎ Doimo‎ Sogʻliqni saqlash boshqarmasi‎ Bolalarni oʻsish va rivojlanishdan orqada qolishini vaqtida aniqlash va oldini olish‎
25‎ Bolalar va oʻsmirlarni jismoniy tarbiya bilan aktiv shugʻullanishga, sport seksiyalariga qatnashishga jalb qilish‎ Doimo‎ Xalq taʼlimi, Oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi va Sogʻliqni saqlash boshqarmalari, Xotin-qizlar qoʻmitasi, Bolalar sportini rivojlantirish, “Sogʻlom avlod uchun”, “Mahalla” jamgʻarmalari‎ Bolalarni jismoniy va maʼnaviy rivojlanishiga erishish.
V. Onalik va bolalikni muhofaza qilish sohasida faoliyat koʻrsatayotgan tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish, onalar va bolalarga koʻrsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yaxshilash‎‎
26‎ “Onalik va bolalikni muhofaza qilish” loyihasi doirasida shahar va tumanlardagi pediatrlar, akusher-ginekologlar, neonatologlar, umumiy amaliyot shifokorlari, doyalar va hamshiralarni samarali texnologiya va davolash amaliyotlari boʻyicha malakalarini oshirib borish‎ 2009-2010-yillar‎ Sogʻliqni saqlash boshqarmasi‎ Mutaxassislarni malakasini oshirish, Ayollar va bolalarga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini yaxshilash
27‎ Patronaj hamshiralarini oʻqitish yoʻli bilan, birlamchi tibbiyot muassasalarida homilador ayollar, bolalar va yangi tugʻilgan chaqaloqlarga koʻrsatiladigan patronaj ishlarini mustahkamlash‎ 2009-2010-yillar‎ Sogʻliqni saqlash boshqarmasi‎ Onalar, bolalar va yangi tugʻilgan chaqaloqlar orasida turli xildagi kasalliklarni oldini olishda patronaj hamshiralarining rolini oshirish
28‎ Sogʻligʻida muammolari boʻlgan bolalar va oʻsmirlarni psixokorreksiya va reabilitatsiya qilish masalalari boʻyicha mutaxassislarni malakasini oshirish‎ 2009-2010-yillar‎ Sogʻliqni saqlash boshqarmasi, Voyaga etmaganlar boʻyicha komissiya, IIB, Xotin - qizlar qoʻmitasi‎ B�lalar va oʻsmirlarni jamiyatda toʻlaqonli reabilitatsiya qilish uchun zarur shart- sharoitlarni yaratish
29‎ Aholini reproduktiv salomatligini mustahkamlash, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilinishini taʼminlash borasida hududiy sogʻliqni saqlash organlarining rahbarlari, onalik va bolalikni muhofaza qilish boʻyicha rahbar mutaxassislar va reproduktiv markazlari mutaxassislarini attestatsiyadan oʻtkazishni tashkil qilish‎ Xar yili‎ Sogʻliqni saqlash boshqarmasi‎ Tibbiyot mutaxassislarini malakasini oshirish
30‎ Reproduktiv salomatlik asoslari, sogʻlom oila qurish, erta va qarindosh-urugʻlar oʻrtasidagi nikohlarini oldini olish, onalar, bolalar va oʻsmirlar sogʻligʻiga taʼsir qiluvchi omillar borasida FHDY xodimlari, diniy arboblar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari doimiy xabardorligini oshirib borish‎ 2009 — 2013-yillar‎ Sogʻliqni saqlash boshqarmasi, ommaviy axborot vositalari, FHDY boʻlimlari‎ Mutaxassislar malakasini oshirish. Aholi orasida targʻibot ishlarini kuchaytirish
31‎ Viloyat yetakchi mutaxassislari ishtirokida onalar, bolalar va oʻsmirlar salomatligini mustahkamlash borasida seminarlar va konferensiyalar oʻtkazish‎ 2009 — 2013-yillar‎ Sogʻliqni saqlash boshqarmasi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmasi‎ Mutaxassislar mala-kasini oshirish, onalar va bolalarga tibbiy xizmat koʻrsatish sifatini yaxshilash‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“TASDIQLANGAN”
Toshkent viloyati hokimi R. Xolmatov
20.06.2009-yil
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyatida aholi reproduktiv salomatligini mustahkamlash, ona va bola salomatligini muhofaza qilish, har tomonlama barkamol avlodni hayotga keltirish va shakllantirish maqsadida jamoatchilikni tibbiy madaniyati va savodxonlik darajasini oshirishga qaratilgan keng koʻlamli axborot-targʻibot ishlarini olib borish boʻyicha chora-tadbirlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r Chora-tadbirlar nomi‎ Bajarish muddati‎ Bajarish uchun masʼullar
‎‎
1‎ Xotin-qizlar qoʻmitasi, mahalliy tibbiy muassasalar, fuqarolar yigʻini, korxona, tashkilot va muassasalar bilan kelishilgan holda aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, har tomonlama barkamol avlodni hayotga keltirish va shakllantirish masalalari boʻyicha amalga oshiriladigan axborot-targʻibot ishlarining oylik va yillik rejalarini tasdiqlash.‎ 2009-yil iyun‎ Sogʻliqni saqlash boshqarmasi, ‎“Mahalla” jamgʻarmasi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, jamoat tashkilotlari‎
2‎ Mahallalarda aholining tibbiy madaniyatini oshirish maqsadida sogʻlom turmush tarzini targʻib etuvchi mutaxassislardan iborat maxsus guruhlar tuzib, aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, har tomonlama barkamol avlodni hayotga keltirish va shakllantirishga qaratilgan uchrashuv, davra suhbatlari, muloqot va seminarlar oʻtrazish.‎ 2009-yil 3-chorak‎ Sogʻliqni saqlash boshqarmasi, “Mahalla” jamgʻarmasi. “Skrining” markazi, “Sogʻlom avlod uchun “ xayriya jamgʻarmasi. Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Kamolot” YIH‎
3‎ Oilaning ijtimoiy- maʼnaviy ahvolini oʻrganish hamda kam taʼminlangan, tibbiy yordamga muhtoj aholi, xotin-qizlar, yoshlarni aniqlash va ularni sogʻlomlashtirishdagi moddiy-maʼnaviy tadbirlar samaradorligini oshirish natijalari yuzasidan monitoring olib borish.‎ 2009-yil har chorakda bir marta‎ Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish boshqarmasi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Mahalla” jamgʻarmasi.‎
4‎ Fertil yoshidagi ayollarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish yoʻli bilan reproduktiv salomatligini muhofaza qilish ishlari samaradorligini oshirish. Bunda borish qiyin boʻlgan joylarda, sogʻliqni saqlash tizimining “Koʻchma vrachlik brigadalari” va tibbiy ijtimoiy patronaj brigadalari yordamida aholining chuqurlashtirilgan tibbiy koʻriklarini tashkil etish.‎ 2009-2010-yillar reja asosida‎ Sogʻliqni saqlash boshqarmasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish boshqarmasi. “Mahalla” jamgʻarmasi “Sogʻlom avlod uchun” xayriya jamgʻarmasi‎
5‎ Aholining keng qatlamlari, ayniqsa xotin-qizlar oʻrtasida turli yuqumli kasalliklarning tarqalishi profilaktikasi boʻyicha fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlar orqali keng tushuntirish ishlari va davra suhbatlari oʻtkazish.‎ 2009-yil har oyda‎ Sogʻliqni saqlash boshqarmasi, “Mahalla” jamgʻarmasi, Xotin-qizlar qoʻmitasi‎
6‎ Nosogʻlom turmush tarzini kechiruvchi oilalar vujudga kelishini, giyohvandlik moddalarini isteʼmol qilishni, fohishabozlik yoʻliga kirish kabi salbiy holatlarni oldini olish maqsadida malakali mutaxassislar ishtirokida hayotiy misollar, hujjatli filmlar, roliklar va koʻrgazmali materiallar asosida seminar-treninglar tashkil etish.‎ 2009-yil har chorakda bir marta‎ Sogʻliqni saqlash boshqarmasi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Mahalla” jamgʻarmasi, Ichki ishlar boshqarmasi, “Kamolot” YIH, “Skrining” markazi, “Sogʻlom avlod uchun” xayriya jamgʻarmasi‎
7‎ “Mahalla” jamgʻarmasi xodimlari va mahalla faollarining sogʻlom turmush tarzini targʻib etish borasidagi bilimlarini oshirish boʻyicha tegishli mutaxassislar ishtirokida oʻquv-seminar mashgʻulotlari oʻtkazish.‎ 2009-yil har chorakda‎ “Mahalla” jamgʻarmasi. Sogʻliqni saqlash boshqarmasi, Reproduktiv markazi, Maʼnaviyat targʻibot markazi‎
8‎ Joylardagi fuqarolar yigʻinlarida chet davlatlarda ishlab kelgan fuqarolarni roʻyxatga olish, ular bilan mutaxassislar ishtirokida suhbatlar oʻtkazish va fuqarolarning oʻz salomatligi hamda oilasining salomatligiga masʼuliyat hissini oshirish maqsadida tibbiy koʻrikdan oʻtishiga jalb etish.‎ 2009-yil yil davomida‎ Sogʻliqni saqlash boshqarmasi, Ichki ishlar boshqarmasi, “Mahalla” jamgʻarmasi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Kamolot” YIH‎
9‎ Fuqarolar yigʻinlari, korxona, tashkilot va muassasalarda haftaning bir kunini “Salomatlik” kuni deb belgilash va shu kuni tibbiyot xodimlari tomonidan aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, har tomonlama barkamol avlodni hayotga keltirish va shakllantirish masalalariga bagʻishlangan muloqotlar, seminarlar, davra suhbatlari, uchrashuvlar hamda marafonlar tashkil qilish.‎ 2009-yil haftaning har juma kuni ‎ Sogʻliqni saqlash boshqarmasi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Skrining” markazi, “Sogʻlom avlod uchun” xayriya jamgʻarmasi, “Mahalla” jamgʻarmasi, “Kamolot” YIH‎
10‎ Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga murojaat etganlar aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, barkamol avlodni hayotga keltirish va shakllantirish masalalari boʻyicha zarur maʼlumotga ega boʻlish uchun fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari huzurida salomatlik maʼrifat burchaklarini tashkil etish va ularni zarur axborot materiallari bilan taʼminlash.‎ 2009-yil iyun-avgust‎ “Mahalla” jamgʻarmasi, Sogʻliqni saqlash boshqarmasi, Xotin-qizlar qoʻmitasi‎
11‎ “Sogʻlom ona—sogʻlom bola” hara�atini mazmun mohiyatini keng ommalashtirish, aholi reproduktiv salomatligini mustahkamlash, har tomonlama barkamol avlodni hayotga keltirish va shakllantirishda jamoatchilikning tibbiy madaniyati va savodxonlik darajasini oshirish:
‎—mahalla fuqarolar yigʻini qoshida maslahatchi, mahalla hamshirasi, xotin-qizlar kengashi, mahalla faol ayollari, koʻchaboshilaridan iborat targʻibot ishlarini olib boruvchi guruhlar tashkil etish, ushbu guruhni mazkur mavzularda aholi oʻrtasida targʻibot ishlari olib borish uchun tayyorlash;
‎—mahalla aholisi oʻrtasida istalmagan homiladorlikni oldini olish, yosh va katta yoshdagi ayollar oʻrtasidagi homiladorlikni asorati, homiladorlik va tugʻruqlarning oraligʻini uzaytirish, qarindosh-urugʻlar oʻrtasidagi nikohlarning salbiy oqibati, nikohdan oldin tibbiy koʻrikdan oʻtishining zaruriyati mavzusida muloqotlar, uchrashuvlar, seminarlar uyushtirish;
‎—birlamchi tibbiyot muassasalarida (poliklinika, QVP, MTSh) yosh ota-onalarning, ayniqsa qishloqlardagi oilalarning homiladorlik, tugʻruq, bolani chaqaloqlik davrida parvarish qilish, koʻkrak suti bilan boqish, onaning toʻgʻri ovqatlanishi, otaning bola tarbiyasida oʻrni masalalari boʻyicha bilim darajalarini oshirish maqsadida “Yosh ota-onalar maktabi”ni tashkil etish;
‎—uzoq va borish qiyin boʻlgan joylarda yashaydigan oilalarga tibbiy-ijtimoiy patronaj yordamini koʻrsatish. ‎
2009-yil reja asosida‎ Xotin-qizlar qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash boshqarmasi, “Mahalla” jamgʻarmasi, “Oila” IAM, “Sogʻlom avlod uchun” xayriya jamgʻarmasi; “Skrinning” markazi, “Ekosan” jamgʻarmasi, Maʼnaviy targʻibot markazi‎
12‎ Joylardagi nikohlanuvchi shaxslarni nikohgacha tibbiy koʻrikdan oʻtkazish hamda FHDY organlari va fuqarolar yigʻinlari tarkibidagi xotin-qizlar bilan ishlash komissiyalarining ishini qayta koʻrib chiqib, tizimli ishni yoʻlga qoʻyish, nazorat qilish. Oʻrta-maxsus kasb-hunar taʼlimi muassasalarida “Yosh oila quruvchilar” maktablarini tashkil etish.‎ 2009-yil iyun oyida‎ Sogʻliqni saqlash boshqarmasi, Adliya boshqarmasi, Oʻrta maxsus kasb-hunar t�ʼlimi boshqarmasi Musulmonlar idorasi viloyat vakilligi, “Oila” IAM, “Mahalla jamgʻarmasi”, “Kamolot” YIH‎
13‎ Reproduktiv salomatlik v sogʻlom avlodni shakllantirish, sogʻlom turmush tarzi masalalari boʻyicha “Boʻlajak kelin-kuyovlarga”, “Yosh ota-onalarga”, “Ona sutining ahamiyati” “Kamqonlik haqida nimalarni bilasiz”, “Men baxtli ona boʻlaman” mavzularida tayyorlangan informatsion materiallarni bukletlar, qoʻllanmalar, plakatlar, broshyuralarni aholiga tarqatish‎ 2009-yil sentyabr — noyabr‎ Sogʻliqni saqlash boshqarmasi, “Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmasi, “Oila” IAM, “Mahalla” jamgʻarmasi‎
14‎ Ayollarni salomatligini mustahkamlash, sogʻlom avlod tugʻilish va tarbiyalanishi masalalarida mahalliy jamoatchilikning rolini oshirish:
‎fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan oilalarni qonuniy nikohdan oʻtkazishga erishish;
‎fuqarolar yigʻinlari tarkibidagi xotin-qizlar bilan ishlash komissiyalari oʻrtasida oilaviy taʼlim, bexatar onalik, reproduktiv salomatlik masalalari boʻyicha “Fuqarolar yigʻinlari tarkibidagi eng faol xotin-qizlar bilan ishlash komissiyasi raisi” koʻrik tanlovini oʻtkazish ‎
2009-yil 3-chorak‎ Xotin-qizlar qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash boshqarmasi musulmonlar idorasi viloyat vakilligi, “Oila” IAM, “Mahalla” jamgʻarmasi, “Sogʻlom avlod uchun” xayriya jamgʻarmasi viloyat vakilligi, “Oila” IAM “Mahalla” jamgʻarmasi, “Sogʻlom avlod uchun” xayriya jamgʻarmasi‎
15‎ Bolalar tarbiyasida ota-onalar masʼuliyati, koʻnikmalari va bilim darajasini oshirish maqsadida quyidagi tarbiyaviy-maʼrifiy loyihalarini amalga oshirish. Bunda:
‎“Oilaviy taʼlim” dasturini Angren shahar, Boʻka, Qibray, Zangiota hamda Ohangaron tumanlarida bajarilishini oʻrganish hamda reproduktiv salomatlik, bexatar onalik, OIV/OITSni oldini olish ‎
2009-yil ishlab chiqilgan reja asosida‎ Xotin-qizlar qoʻmitasi, Sogʻlikni saqlash boshqarmasi, “Oila” IAM, “Mahalla” jamgʻarmasi, va “Sogʻlom avlod uchun” xayriya jamgʻarmasi‎
16‎ Ayollar va bolalar oʻrtasida ommaviy jismoniy tarbiya va sport harakatining ommaviyligining taʼminlash maqsadida;
‎uy bekalari va oilalar oʻrtasida turli sport oʻyinlari boʻyicha mahallalararo, tuman, shahar va viloyat miqyosida musobaqalarni tashkil etish;
‎muassasa va tashkilotlar oʻrtasida sportning har xil turlari boʻyicha ayollar musobaqalarini oʻtkazish va gʻoliblarni taqdirlash ‎
2009-yil 3-chorak‎ Xotin-qizlar qoʻmitasi, Madaniyat va sport ishlari boshqarmasi, “Mahalla” jamgʻarmasi, “Kamolot” YIH, Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi ‎
17‎ Viloyatning “Toshkent haqiqati”, “Tashkentskaya pravda” gazetalarida aholining tibbiy madaniyatini oshirish, sogʻlom oilalarni shakllantirish borasida maqolalar chop etib borish.‎ 2009-yil sentyabr — noyabr‎ “Toshkent haqiqati”, “Tashkentskaya pravda” gazetasi muharririyati‎
18‎ Oilalarni ijtimoiy-maʼnaviy muhitiga tahdid solayotgan, xotin-qizlar orasida uchrayotgan turli noxush holatlarning (onalar oʻlimi, bolalar oʻlimi, nikohdan ajralish va b.q) sabablarini hududiy hokimliklar qoshida komissiya tuzib, kompleks tarzda oʻrganish, ularni bartaraf etish boʻyicha amaliy choralar belgilash‎ 2009-yil har oyda‎ Sogʻliqni saqlash boshqarmasi, Musulmonlar idorasi viloyat vakilligi, “Oila” IAM, “Mahalla” jamgʻarmasi, “Sogʻlom avlod uchun” xayriya jamgʻarmasi. Maʼnaviyat targʻibot markazi, xotin-qizlar qoʻmitasi, “Kamolot” YIX ‎
II.Taʼlim muassasalarida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar‎‎
19‎ Yoshlarning bolalikdan oʻz salomatligiga masʼuliyatini oshirish maqsadida:
‎1 — 4 sinf oʻquvchilari uchun “Salomatlik asoslari” darslari;
5 — 9 sinf oʻquvchilari uchun “Sogʻlom avlod asoslari” darslari:
Litsey, kollej oʻquvchilari uchun 16 soatlik “Sogʻlom avlod asoslari va oila” kurslarini maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan shaxslar tomonidan oʻqitilishini taʼminlash.
‎Oʻqitilgan dars sifatini tuzilgan maxsus soʻrovnomalar orqali oʻrganib borish hamda oʻqituvchilarga metodik qoʻllanmalar tarqatish;
Oʻquv muassasalarida tibbiy kabinetlarni tiklash va ularni zarur asbob-uskunalar, axborot materiallari va shtat birliklari hamda mutaxassislar bilan taʼminlash.
Oʻquvchi va talabalar uchun sogʻlom turmush tarzini shakllantirish boʻyicha koʻrgazmali qurollar (plakatlar, bukletlar) tayyorlash va joylarga yetkazish ‎
2009-2010-yillar oʻquv yili davrida‎ Xalq taʼlimi boshqarmasi, Oʻrta maxsus taʼlim boshqarmasi, Matbuot va axborot agentligi ‎
20‎ Yoshlarni maktab yoshidan hayotga tayyorlash, ular ongiga reproduktiv salomatlik va oilani shakllantirish gʻoyalarini sindirish maqsadida:
‎Talabalar oʻrtasida reproduktiv salomatlik va sogʻlom oilani shakllantirish masalalari boʻyicha savol-javob kechalari, viktorinalar, konkurslar, uchrashuvlar, maxsus soʻrovnomalar oʻtkazib turish;
Yoshlar oʻrtasida ayrim kasalliklar boʻyicha nikohdan oldin tibbiy koʻrikdan oʻtishining mohiyati toʻgʻrisida maʼlumot berish ‎
2009-2010-yillar oʻquv yili davrida‎ Oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi boshqarmasi, Xalq taʼlimi boshqarmasi Sogʻliqni saqlash boshqarmasi Matbuot va axborot agentligi “Skrining” markazi, “Kamolot” YIX “Sogʻlom avlod uchun” xayriya jamgʻarmasi, Xotin-qizlar qoʻmitasi‎
21‎ Oliy oʻquv yurtlarida reproduktiv salomatlik va sogʻlom oilani shakllantirish, sogʻlom turmush tarzi, “Sogʻlom ona — sogʻlom bola” harakatini mazmun-mohiyatini talabalar ongiga kiritish axborot targʻibot markazlarini tashkil etish. Bunda sogʻlom oilani shakllantirish, sogʻlom oila asoslari mavzusida psixolog, tibbiyot xodimlari, huquqshunoslar bilan davra suhbatlari, savol-javob kechalari va boshqa turli sport tadbirlarini tashkil etish‎ 2009-2010-yillar oʻquv yili davrida ‎ ToshDAU, Angkren Davlat pedagogika instituti, Sogʻliqni saqlash boshqarmasi, Matbuot va axborot agentligi, “Skrining” markazi, “Kamolot” YIH. “Sogʻlom avlod uchun xayriya jamgʻarmasi‎
22‎ “Sogʻlom ona — sogʻlom bola” harakatining mazmun-mohiyatini keng ommalashtirish maqsadida oylik tashkil etish. Bunda eng yaxshi insho, maqola, rasmlar tanlovi, viktorinalar, sahna koʻrinishlari kabi turli koʻrik tanlovlar oʻtkazish, targʻibot -tashviqot ishlarini amalga oshirish.‎ 2009-yil oʻquv yili davrida‎ Xalq taʼlim boshqarmasi, Sogʻliq saqlash boshqarmasi, “Skrining” markazi, “Kamolot” YIH, “Sogʻlom avlod uchun” xayriya jamgʻarma.‎
23‎ Taʼlim muassasalarida “Biz sogʻlom turmush tarzini tanlaymiz” shiorida tanlovlar majmui:
‎1 — 4 sinf oʻquvchilari oʻrtasida rasmlar tanlovi;
5 — 7 sinflar oʻrtasida insholar tanlovi;
8 — 9 sinflar oʻrtasida “Giyoxvandlik va OITS — umr zavoli” koʻrik tanlovini oʻtkazish.
‎Taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida shou-konsertlar va viktorinalar tashkil etish. ‎
2009-yil iyun — avgust‎ Xalq taʼlimi boshqarmasi, Sogʻliq saqlash boshqarmasi, Reproduktiv markazi, “Kamolot” YIH,‎
III. Harbiy xizmatni oʻtayotgan yoshlar oʻrtasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar‎‎
24‎ Harbiy qismlarda xizmat qilayotgan yoshlar oʻrtasida uchrashuvi davra suhbatlari viktorinalari seminarlar orqali;
‎reproduktiv salomatlik va sogʻlom oilani shakllantirish;
sogʻlom turmush tarzini yuritish;
nikohdan oldin tibbiy koʻrikdan oʻtishning mohiyati;
giyohvandlik va OIV/OITSni profilaktikasi;
jinsiy yoʻl orqali yukadigan kasalliklar mavzusida bilim saviyalarini oshirish yuzasidan targʻibot ishlarini olib borish.‎
2009-yil iyun — avgust‎ Sogʻliqni saqlash boshqarmasi reproduktiv markazi, Xotin-qizlar qoʻmitasi‎
25‎ Harbiy kismlarda xizmat kilayotgan yoshlar oʻrtasida reproduktiv salomatlik va sogʻlom oilani shakllantirish, sogʻlom turmush tarzini yuritish, giyohvandlik va OIV/OITS�i profilaktikasi mavzusida videoroliklar koʻrsatish, informatsion materiallar tarqatish.‎ 2009-yil‎ Sogʻliqni saqlash boshqarmasi, Xotin-qizlar qoʻmitasi‎
IV. Diniy idoralar tomonidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar‎‎
26‎ Imom-xatiblar tomonidan juma namozlarida Qurʼondan keltirilgan Suralar orqali:
erkaklarning oilasi oldidagi burch va vazifalari;
chaqaloqning koʻkrak suti bilan boqishning afzalligi;
istalmagan homiladorlikni oldini olish;
tugʻruqlar oraligʻi 3-4 yil saqlash zaruriyati toʻgʻrisida targʻibot ishlarini olib borish ‎
2009-yil reja asosida muntazam‎ Musulmonlar idorasi viloyat vakilligi, Sogʻliqni saqlash boshqarmasi, Maʼnaviyat targʻibot markazi, “Oila” IAM, “Kamolot” YIH‎
V. Ommaviy axborot vositalari tomonidan amalga oshiriladigan axborot-targʻibot ishlari‎‎
27‎ Ommaviy axborot vositalari orqali aholi reproduktiv salomatligini mustahkamlash, xar tomonlama barkamol avlodni hayotga keltirish va shakllantirish, “Sogʻlom ona — sogʻlom bola” harakatini mazmun-mohiyatini ommalashtirish maqsadida jamoatchilikni tibbiy madaniyatni va savodxonlik darajasini oshirishga qaratilayotgan keng koʻlamli axborot-targʻibot ishlarini olib borish guruhlarini tashkil etish‎ 2009-yil reja asosida‎ Sogʻliqni saqlash boshqarmasi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, Maʼnaviyat targʻ�bot markazi‎