Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021 13.04.2009 yildagi PQ-1096-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ONA VA BOLA SALOMATLIGINI MUHOFAZA QILISh, SOG‘LOM AVLODNI ShAKLLANTIRIShGA DOIR QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Homiladorlarga tibbiy yordam ko‘rsatish hamda ona va bola salomatligini muhofaza qilish tizimini rivojlantirish va mustahkamlash, har bir viloyat markazi va yirik shaharlarda sog‘lom bola tug‘ilishi va tarbiyalanishi uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlovchi perinatal va skrining markazlari tashkil etish borasidagi umumdavlat chora-tadbirlarini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlarni yanada kuchaytirish va ularning samaradorligini oshirish, shuningdek tibbiyot muassasalari hamda jamoat tashkilotlari tomonidan keng chora-tadbirlar kompleksini, shu jumladan oilada va jamiyatda reproduktiv salomatlikni mustahkamlash, jismoniy va ma’naviy barkamol avlodni shakllantirish yuzasidan tushuntirish tadbirlarini bajarish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qayd qilib o‘tilsinki, butun respublika miqyosida aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, ona va bola salomatligini muhofaza qilish, sog‘lom avlod tug‘ilishi hamda tarbiyalanishini yaxshilash bo‘yicha erishilgan katta ijobiy siljishlar bilan bir qatorda, ishlarning ushbu muhim yo‘nalishida jiddiy kamchiliklar mavjud va ayrim viloyatlar hokimliklari, tibbiyot va boshqa muassasalar rahbarlari tomonidan unga yetarli darajada e’tibor berilmayapti.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 1-avgustdagi PQ-2221-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2014-y., 32-son, 397-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Hukumat komissiyasi (Sh.M. Mirziyoyev) manfaatdor vazirliklar, idoralar va tegishli tuzilmalarni jalb etgan holda bir oy muddatda, eng avvalo, uzoq tumanlarda homilador ayollarga tibbiy yordam ko‘rsatish muassasalari, onalik va bolalikni muhofaza qilish, skrining markazlari ro‘yxatini belgilasin hamda ularning moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash, zamonaviy tashxis qo‘yish va davolash uskunalari, zarur reagentlar va vositalar bilan to‘liq jihozlash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqsin. Ushbu vazifani amalga oshirish uchun xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlarning imtiyozli kreditlari hamda grantlari jalb etilishi ta’minlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Hukumat komissiyasi (Sh.M. Mirziyoyev) ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
onalik va bolalikni muhofaza qilish tizimi muassasalari (homilador ayollarga tibbiy yordam ko‘rsatish muassasalari, perinatal va skrining markazlari, ayollar reproduktiv salomatligi markazi va boshqalar) faoliyatini chuqur tahlil qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu muassasalarga rahbarlik qiluvchi mansabdor shaxslarni attestatsiyadan o‘tkazsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur muassasalar kadrlari tarkibini ayniqsa tug‘ilish, ona va bola o‘limi darajasi yuqori bo‘lgan tumanlarda malakali mutaxassislar — akusher-ginekologlar, neonatologlar va pediatrlar bilan mustahkamlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiyot xodimlarining ona va bola salomatligini muhofaza qilish masalalari bo‘yicha malakasini tizimli ravishda oshirish dasturini ishlab chiqsin va qabul qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha darajalardagi Xotin-qizlar qo‘mitalarining ona va bola salomatligini muhofaza qilish masalalari bo‘yicha profilaktika-tushuntirish ishlarini olib borish yuzasidan faoliyatini tanqidiy o‘rganib chiqsin hamda Xotin-qizlar qo‘mitalari raislari — viloyat, shahar va tumanlar hokimlari o‘rinbosarlarining umumdavlat ahamiyatiga ega bo‘lgan ushbu vazifani hal etishdagi ishlarini faollashtirish va shaxsiy javobgarligini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, viloyat, shahar va tumanlar hokimliklari, “Sog‘lom avlod uchun” va “Mahalla” jamg‘armalari, boshqa jamoatchilik tashkilotlari bilan birgalikda:
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-martdagi PF-6188-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turar joylarda, mahallalarda va o‘quv muassasalarida sog‘lom oilani shakllantirish muammolari, “Sog‘lom ona-sog‘lom bola” maqsadli vazifasini amalga oshirishning asl mohiyatini, ona va bola salomatligini muhofaza qilish, sog‘lom avlod tug‘ilishi va tarbiyalanishi bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning nechog‘lik ahamiyatga ega ekanligini aholiga tushuntirish va ularning ongiga yetkazish bo‘yicha tizimli ravishda oyliklar o‘tkazsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiyot muassasalarining, ayniqsa qishloq joylarda, reproduktiv salomatlik, ona va bola salomatligini muhofaza qilish masalalarida oilalardagi bilimlar va tibbiy madaniyatni oshirish bo‘yicha profilaktika-tushuntirish ishlarini olib borish yuzasidan ishlarini kuchaytirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olib boriladigan tushuntirish va profilaktika ishlariga mahalla qo‘mitalari va boshqa jamoat tuzilmalarining keng jalb etilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 13-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-1096-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 16-son, 199-modda; 2014-y., 32-son, 397-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son)