17.07.2008 yildagi 551-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DAVLAT DAROMADIGA OʻTKAZILADIGAN MOL-MULKLARNI SAQLASh VA SAVDOSINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 16-maydagi “Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni olib qoʻyish, sotish yoki yoʻq qilib tashlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi 97-sonli qarorining ijrosini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 16-maydagi “Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni olib qoʻyish, sotish yoki yoʻq qilib tashlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi 97-sonli qarori ijro uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qarorga asosan quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mol-mulkni sotish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish yuzasidan shartnomalar belgilangan savdo tashkilotlari bilan Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyati moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamentining hududiy boshqarmalari tomonidan tuzilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mol-mulkni sotish xizmatlari koʻrsatish yuzasidan shartnomaning amal qilish muddatini uzaytirishda mazkur shartnoma shartlariga rioya etish va mol-mulkni sotish tartibi buzilishiga yoʻl qoʻyilmaganligi ham hisobga olinishi belgilab qoʻyilganligi inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulklarni sotish ilovadagi* roʻyxatga muvofiq tanlab olingan savdo tashkilotlari tomonidan amalga oshirilishi belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Zaxiralarni shakllantirish uchun zarur boʻlgan oziq-ovqat tovarlari pulli asosda “Toshkent oziq-ovqat zaxirasi” davlat unitar korxonasiga berilsin va uning ixtisoslashtirilgan omborxonalarida saqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Savdo, xizmat koʻrsatish sohasi va xalq isteʼmol mollari ishlab chiqarish departamenti (R.A. Abdumajitov). “Toshkent oziq-ovqat zaxirasi” davlat unitar korxonasi (R.A. Rasulov): Saqlashga olingan oziq-ovqat tovarlarini Toshkent shahar hokimining qaroriga koʻra, tovarlarning saqlanish muddatlaridan va bozordagi ehtiyojdan kelib chiqqan holda sotilishi taʼminlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Iqtisodiyot bosh boshqarmasi (Z.N. Toʻychiyev), Moliya bosh boshqarmasi (M.M. Mirmaxmudov), “Toshkent oziq-ovqat zaxirasi” davlat unitar korxonasi (R.A. Rasulov): Pulli asosda olinadigan zaxiralarni shakllantirish uchun zarur boʻlgan va davlat daromadiga oʻtkaziladigan oziq-ovqat tovarlari uchun toʻlov “Toshkent oziq-ovqat zaxirasi” davlat unitar korxonasi mablagʻlari hisobidan, zarur hollarda qaytarish sharti bilan Toshkent shahar hokimiyatining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan amalga oshirilishi koʻzda tutilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Zaxiralarni shakllantirish uchun zarur boʻlgan oziq-ovqat tovarlarini sotish va saqlash Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 28-may kuni 1816-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan “Zaxiralarni shakllantirish uchun zarur boʻlgan oziq-ovqat tovarlarini sotish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomini tasdiqlash haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi hamda Iqtisodiyot vazirligining qarori asosida amalga oshirilishi belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari B.I. Toxirov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim A. TOʻXTAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 17-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
551-son