Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.09.2019 28.05.2008 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1816
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining qarori, 28.05.2008 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1816
Кучга кириш санаси
07.06.2008
Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.09.2019
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI

ZAXIRALARNI ShAKLLANTIRISh UChUN ZARUR BOʻLGAN OZIQ-OVQAT TOVARLARINI SOTISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 28-mayda 1816-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 10-sentabrdagi 393-mh-sonli “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1816-1, 10.09.2019-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni olib qoʻyish, sotish yoki yoʻq qilib tashlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2004-yil 25-martdagi 140-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 12-son, 144-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Iqtisodiyot vazirligi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Zaxiralarni shakllantirish uchun zarur boʻlgan oziq-ovqat tovarlarini sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Adliya vaziri R. MUHITDINOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,

2008-yil 28-may,

7-son

Davlat bojxona qoʻmitasining raisi S. NOSIROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 28-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
01-02/22-40-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot vaziri B. XODJAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 28-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53-son

Adliya vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligining 2008-yil 28-maydagi 7, 01-02/22-40, 53-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zaxiralarni shakllantirish uchun zarur boʻlgan oziq-ovqat tovarlarini sotish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni olib qoʻyish, sotish yoki yoʻq qilib tashlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2004-yil 25-martdagi 140-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 12-son, 144-modda) muvofiq zaxiralarni shakllantirish uchun zarur boʻlgan va davlat daromadiga oʻtkaziladigan oziq-ovqat tovarlarini sotish mexanizmini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Zaxiralarni shakllantirish uchun zarur boʻlgan va davlat daromadiga oʻtkaziladigan oziq-ovqat tovarlari (bundan buyon matnda oziq-ovqat tovarlari deb yuritiladi) pulli asosda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga beriladi hamda savdo tashkilotlarining ixtisoslashtirilgan omborxonalarida saqlanadi. Ushbu tovarlar faqat Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari qaroriga koʻra sotiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olingan oziq-ovqat tovarlaridan savdo chegirmasini chiqarib tashlagan holda tushgan toʻlov Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining budjetdan tashqari manbai hisobidan amalga oshiriladi. Pul mablagʻlari sud ijrochilarining tegishli boʻlimlaridagi maxsus hisob raqamiga oziq-ovqat tovarlari savdo tashkilotlari tomonidan olingan kundan boshlab oʻn kundan kechiktirmay ijro hujjatining tartib raqami va sanasi koʻrsatilgan holda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari har oyda, mazkur Nizomning ilovasida keltirilgan roʻyxatdan kelib chiqib, Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamentining hududiy boshqarmalariga yuboriladigan oziq-ovqat tovarlari nomenklaturasini tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Oziq-ovqat tovarlarini sotish shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oziq-ovqat tovarlarini sotish bilan faqat Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamentining hududiy boshqarmalari bilan oziq-ovqatni sotish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish shartnomalarini tuzgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari qarori bilan tanlov asosida belgilangan savdo tashkilotlari shugʻullanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Savdo tashkilotlari tomonidan oziq-ovqat tovarlarini sotish tovarlarning saqlanish muddatlaridan va bozordagi ehtiyojdan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari qarorlari narxlarning asossiz oʻsishini oldini olish, shuningdek aholini vujudga kelayotgan (oʻsayotgan) isteʼmolini qoniqtirish maqsadida oziq-ovqat bozorlarida (dehqon bozorlarida) oziq-ovqatning asosiy turlariga shakllanadigan chakana narxlarni oʻrganish va tahlili asosida qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tez buziladigan oziq-ovqat tovarlarini sotish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 25-martdagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni olib qoʻyish, sotish yoki yoʻq qilib tashlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 12-son, 144-modda) 38-bandi bilan belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Oziq-ovqat tovarlarini saqlash va sotish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oziq-ovqat tovarlari ijro ishini yurituvchi sud ijrochilari tomonidan ixtisoslashtirilgan omborxonalarga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari vakillari ishtirokida qabul qilish-topshirish dalolatnomasi asosida ilova qilinadigan yukxati bilan birgalikda saqlash uchun topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oziq-ovqat tovarlari roʻyxatga olish dalolatnomasida yoki qabul qilish-topshirish dalolatnomasida nazarda tutilgan tartib raqamlari, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq boshqa maʼlumotlar koʻrsatilgan holda muvofiqlik sertifikatlari (majburiy sertifikatlanishi shart boʻlgan tovarlar boʻyicha) va savdo tashkilotining tovar yorliqlari bilan taʼminlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oziq-ovqat tovarlari tegishli mahsulot turiga qarab normativ hujjatlar talablariga muvofiq saqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari saqlash uchun topshirilgan oziq-ovqat tovarlarining hajmini qabul qilish-topshirish dalolatnomasi asosida koʻrib chiqadi. Koʻrib chiqish natijasiga koʻra hamda tovarlarning saqlanish muddatlaridan va bozordagi ehtiyojdan kelib chiqib, oziq-ovqat tovarlarini sotish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan oziq-ovqat tovarlarini sotish toʻgʻrisida qaror qabul qilingandan soʻng mazkur qarorning nusxasi bunday tovarlar saqlanishi uchun topshirilgan tegishli savdo tashkilotiga ijro uchun yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oziq-ovqat tovarlarini sotish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 3-son, 27-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oziq-ovqat tovarlari sotilishidan tushadigan tushim savdo tashkilotlari tomonidan uch kun muddat ichida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining maxsus hisob raqamiga savdo chegirmasini chiqarib tashlagan holda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tushgan summani oʻtkazish muddati kechiktirilgan taqdirda savdo tashkiloti kechiktirilgan har bir kun uchun toʻlanadigan summaning 0,5 foizi miqdorida davlat budjeti daromadiga penya toʻlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oziq-ovqat tovarlarini sotadigan savdo tashkilotlari har oyning 10 sanasigacha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga sotish uchun olingan oziq-ovqat tovarlarining miqdori (hajmi), narxi va qoldigʻi koʻrsatilgan oziq-ovqat tovarlarining sotilishi holati toʻgʻrisidagi maʼlumotni berib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur Nizom talablarini buzganlikda aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat mulki qoʻmitasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vaziri R. AZIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 28-may

Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi raisi D. MUSAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 28-may
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zaxiralarni shakllantirish uchun zarur boʻlgan oziq-ovqat tovarlarini sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zaxiralarni shakllantirish uchun zarur boʻlgan oziq-ovqat tovarlarining
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Goʻsht
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Shakar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Un

4. Krupa, shu jumladan guruch
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Makaron mahsulotlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻsimlik yogʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Choy
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Hayvon yogʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Margarin
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Bolalar va parhez taomi
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 22-23-son, 209-modda)