Hujjat kuchini yo‘qotgan 12.01.2018 11.04.2008 yildagi 71-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 12.01.2018
Hujjat 05.05.2008 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi davlat veterinariya bosh boshqarmasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BOZORLARDA SUT VA SUT MAHSULOTLARINI VETERINARIYA-SANITARIYA EKSPERTIZASIDAN OʻTKAZISh QOIDALARINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda texnik hujjat deb topilgan. 2008-yil 25-aprel 20-15-115/11-son]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qoʻmitasining 2018-yil 12-yanvardagi 5-sonli “Bozorlarda sut va sut mahsulotlarini veterinariya-sanitariya ekspertizasidan oʻtkazish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Veterinariya toʻgʻrisida”gi, “Davlat sanitariya nazorati toʻgʻrisida”gi, “Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi tugʻrisida”gi va “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunlari talablarini bajarish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 21-dekabrdagi 03-38-144-sonli Bayoniga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bozorlarda sut va sut mahsulotlarini veterinariya-sanitariya ekspertizasidan oʻtkazish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur hujjat Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab 10 kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur Qoidalar tasdiqlanishi munosabati bilan SSSR Qishloq xoʻjaligi vazirligining Veterinariya bosh boshqarmasi tomonidan 1976-yil 1-iyulda tasdiqlangan va SSSR Sogʻliqni saqlash vazirligi Sanitariya-epidemiologiya bosh boshqarmasi bilan kelishilgan “Bozorlarda sut va sut mahsulotlarini veterinariya-sanitariya ekspertizasidan oʻtkazish Qoidalari” va 2003-yil 23-sentabrda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat Veterinariya inspektori tomonidan tasdiqlangan, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi bilan kelishilgan “Bozorlarda sut va sut mahsulotlarini veterinariya-sanitariya ekspertizasidan oʻtkazish qoidalari” Oʻzbekiston Respublikasida qoʻllanilmasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilishni oʻz zimmamda qoldiraman.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshliq v.v.b. M.YUSUPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 11-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Davlat sanitariya Bosh boshqarmasining 2008-yil 11-apreldagi 71-sonli buyrugʻi bilan
“TASDIQLANGAN”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bozorlarda sut va sut mahsulotlarini veterinariya-sanitariya ekspertizasidan oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoidalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining “Veterinariya toʻgʻrisida”gi, “Davlat sanitariya nazorati toʻgʻrisida”gi, “Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi toʻgʻrisida”gi va “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunlariga muvofiq, bozorlarda sut va sut mahsulotlarini veterinariya-sanitariya ekspertizasidan oʻtkazish talablarini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy holatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Qoidalar bozorlarda sut va sut mahsulotlarini sotuvchilar, shuningdek bozorlardagi veterinariya-sanitariya ekspertizasi laboratoriyasi veterinariya mutaxassislari uchun qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bozorlarda veterinariya-sanitariya ekspertizasi laboratoriyalarida veterinariya-sanitariya ekspertizasidan oʻtgan sut va sut mahsulotlari sotishga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Bozorlarda sut va sut mahsulotlarini sotishda sanitariya va veterinariya qoidalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Bozorlarda xoʻjalikni hayvonlarning yuqumli kasalliklaridan sogʻlomligini tasdiqlovchi veterinariya vrachi (feldsheri) tomonidan bir oy muddatga berilgan maʼlumotnoma (1-ilova) bilan sotish uchun keltirilgan sut va sut mahsulotlari bozorlardagi veterinariya-sanitariya ekspertizasi laboratoriyalarida veterinariya-sanitariya ekspertizasidan oʻtkazilib, bozor maʼmuriyati tomonidan belgilangan sanitariya-gigiyena qoidalari talablariga javob beradigan savdo joylarida ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagi holatlarda sotilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) kuydirgi, qorason, quturish, paratuberkulyoz, tuberkulyoz, brutsellyoz, oqsil, chechak, yomon sifatli kataral isitma, leptospiroz, salmonellyoz boʻyicha nosogʻlom xoʻjaliklardan (shu jumladan aholi xoʻjaligidan), fermadan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) kasal va brutsellyoz yoki tuberkulyozga tekshirganda ijobiy reaksiya beruvchi hayvonlardan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) leykoz, elin aktinomikozi va nekrobakteriozi, mastit, gastroenterit va endometrit bilan kasallangan hayvonlardan olingan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) neytrallovchi va konservatsiyalovchi moddalar qoʻshilgan, sutga xos boʻlmagan hidi (neft mahsulotlarining, piyoz, sarimsoqpiyoz va boshqalar), oʻsimliklar va hayvonlarni himoya qilishdagi kimyoviy vositalar, antibiotiklar qoldigʻi mavjud boʻlgan, shuningdek fizik-kimyoviy koʻrsatkichlari (zichligi, kislotaliligi, yogʻliligi) va bakteriyalar bilan ifloslanishi boʻyicha belgilangan talablarga javob bermaydigan sut;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) qalbakilashtirilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sutga — suv, kraxmal, soda va boshqa qoʻshimchalar qoʻshilganda va yogʻi olinganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
smetana, qaymoq va slivkaga — tvorog, kraxmal, un va kefir aralashtirilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sariq yogʻga — sut, tvorog, hayvon yogʻi, pishloq, qaynatilgan kartoshka va oʻsimlik yogʻlarini aralashtirilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tvorogga — yogurt, qatiq (varensa), suzma va qurt qoʻshilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa sut mahsulotlariga — kraxmal, un, soda va hokazolar qoʻshilganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) Sigirlar tuqqandan keyin birinchi 7 kuni va laktatsiya davrining oxirgi 7 kunida sogʻib olingan sutni (ogʻiz sutini).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Birinchi bor sotishga keltirilgan sut, smetana, slivka va qaymoq 100 foiz hollarda bakterial ifloslanishga, kislotalikka, yogʻlilik darajasiga, shuningdek brutsellyozga (halqali reaksiya) tekshiriladi. Muntazam sotilganda esa yogʻlilik darajasiga, bakterial ifloslanishga va brutsellyozga (halqali reaksiya) bir oyda bir marta tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Brutsellyozga ijobiy yoki shubhali reaksiya bergan sut, slivka va qaymoqlarni sotishga ruxsat etilmaydi. Bu haqda mahsulot ishlab chiqarilgan tuman (shahar) davlat veterinariya inspektoriga zudlik bilan veterinariya-sanitariya ekspertizasi laboratoriyasi tomonidan xabar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Alohida idishlarda keltirilgan sut mahsulotlarining barchasi veterinariya-sanitariya ekspertizasidan oʻtkazilishi shart. Veterinariya-sanitariya ekspertizasidan oʻtkazish uchun mahsulotning turli qatlamlaridan quyidagi miqdorlarda namuna olinadi: sut — 250 ml;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
smetana, qaymoq va slivka — 50 g;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sariyogʻ — 30 g;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qatiq, yogurt va boshqa sut mahsulotlari — 50 ml;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurt —10 — 15 dona.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sut, smetana, slivka va qaymoqdan namuna olishdan oldin mahsulot kurakcha bilan obdon aralashtiriladi. Sutning fizik-kimyoviy va organoleptik koʻrsatkichlarini tekshirish oʻrtacha namunasi 20° S +2° S haroratga yetkazilgandan soʻng oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Sut, smetana, slivka va qaymoq namuna olingandan keyin darhol organoleptik tekshiriladi va kechi bilan 1 soat ichida tozaligi, zichligi va kislotaliligi aniqlanadi. Yilning issiq kunlarida sut, smetana, slivka va qaymoq sotishga chiqarilgandan soʻng 2 soatdan keyin xaridorning iltimosiga koʻra kislotalik darajasi takroran tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Sotishga keltirilgan sut va sut mahsulotlaridan namuna olish vaqtida mahsulot keltirilgan idishlarning sanitariya holati aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sut va sut mahsulotlari solinib keltiriladigan idishlar oziq-ovqat mahsulotlari saqlashga ruxsat etilgan materiallardan tayyorlangan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruhlangan va iflos idishlarda bozorga keltirilgan sut va sut mahsulotlari sotilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Bir muncha murakkab tekshirishlar (zaharli kimyoviy moddalarga va h.k.) talab etilganda, sut va sut mahsulotlarining namunalari veterinariya laboratoriyasiga joʻnatiladi. Laboratoriyaga tekshirish uchun joʻnatiladigan namunalar shisha idishlarga solingan, zichlab berkitilgan va muhrlangan boʻlishi shart. Idishga mahsulotning nomi, namuna olingan vaqti va sana yozilgan yorliq yopishtiriladi, unga namuna olish dalolatnomasi ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agarda sutning olingan namunalarini joʻnatish choʻziladigan boʻlsa, u holda namunalar 4°S haroratda saqlanadi va tubandagi moddalarning biri bilan konservatsiya qilinadi (100 ml sutga): formalin — 1-2 tomchi, vodorod peroksidi — 2-3 tomchi, kaliy xromatning 10 foizli eritmasi — 1 ml. Tekshirish natijalari olingunga qadar sut va sut mahsulotlarini sotishga ruxsat etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Bozorlarda sut va sut mahsulotlarini sotuvchilarda shaxsiy sanitariya- tibbiyot daftarchalari boʻlishi va ular tomonidan ushbu mahsulotlar bilan savdo qilishda sanitariya qoidalariga rioya etilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sut (sut mahsulotlari) solingan idishlarda veterinariya-sanitariya ekspertiza xulosasi (2-ilova) boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Bozorlarda tozaligi boʻyicha ikkinchi guruhdan past boʻlmagan, bakteriyali ifloslanishi esa II sinfdan past boʻlmagan sigir (qoʻy, echki, tuya) sutini sotishga qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biya suti — tozaligi boʻyicha birinchi guruhdan va bakteriyali ifloslanishi II sinfdan past boʻlmagan holda sotishga qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyalarida sut va sut mahsulotlarini veterinariya-sanitariya ekspertizasi natijalari tegishli jurnalda (3-ilova) qayd qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Sutni veterinariya-sanitariya ekspertizasidan oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Sifatli sigir suti — tashqi koʻrinishi va konsistensiyasiga koʻra bir jinsli, rangi oqdan och sariqqacha, choʻkma va aralashmalarsiz boʻlgan suyuqlik. Taʼmi va hidi — sut uchun maxsus, oʻtkir seziladigan yot taʼm va hidlarsiz. Yogʻliligi kamida 3,2 %. Zichligi 1,027 — 1,035 g/sm3, kislotaliligi Terner darajasi (°T) 16 — 20 boʻlishi kerak. Kislotaligi 16°T dan kam boʻlgan sut, kislotaligi pastligining sababi aniqlangunga qadar, sotishga qoʻyilmaydi. Agarda sut namunasidagi kislotlikning pasayishiga ozuqa omili sabab boʻlgan boʻlsa, unda kislotaliligi 14°T gacha, shuningdek yogʻli darajasi 3,2% dan past boʻlsa istisno tariqasida koʻk yorliq bilan sotuvga qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Sifatli qoʻy suti — taʼmi va hidi boʻyicha sigir sutiga yaqin, biroq qoʻy suti uchun xos boʻlgan hidga ega. Rangi sargʻish oq tusda. Konsistensiyasi bir jinsli, aralashma va choʻkmalarsiz, yogʻ miqdori kamida 5%, tozaligi etalon boʻyicha ikkinchi guruhdan past boʻlmagan, zichligi 1,034 —1,038 g/sm3. Kislotaliligi 24°T dan koʻp boʻlmagan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Sifatli echki suti — taʼmi va hidi boʻyicha sigir sutiga yaqin, biroq echkiga xos boʻlgan hidga ega boʻladi. Rangi oq. Yogʻliligi kamida 4,4 %, zichligi 1,027 — 1,038 g/sm3. Kislotaliligi 15°T dan koʻp boʻlmagan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Sifatli tuya suti — tashqi koʻrinishi va konsistensiyasi boʻyicha bir jinsli oqdan och sariqqacha rangdagi, choʻkma va aralashmalarsiz suyuqlik. Taʼmi va hidi — shirinroq taʼmli, yangi sutga xos boʻlmagan oʻtkir seziladigan yot taʼm va hidlarsiz. Yogʻliligi kamida 4,2 %. Kislotaliligi 17°T dan ziyod boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Sifatli biya suti — shirinroq, ozroq taxir taʼmli, oʻziga xos hidli, yangi sogʻib olingan sutga oʻxshamagan taʼm va hidlarsiz boʻlishi kerak. Rangi oq-koʻkish tusda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yogʻliligi kamida 1%. Zichligi 1,029 — 1,033 g/sm3. Kislotaliligi 7°T dan ortiq boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Sutni tekshirish usullari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Organoleptik tekshirish — organoleptik tekshirish bilan sutning rangi, taʼmi, hidi va konsistensiyasi aniqlanadi. Taʼmini koʻrish faqat sut qaynatilgandan soʻng oʻtkaziladi. Sutning rangi oq shisha silindrda chiroq nurida, hidi va taʼmi esa — sezgi organlari orqali, konsistensiyasi sutni toʻkgandan soʻng silindr devorida qolgan iziga qarab aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Zichligini aniqlash — Zichlik sut laktodensimetri yordamida aniqlanadi. Laktodensimetr oldindan obdon aralashtirilib (koʻpiksiz), 250 ml miqdoridagi harorati 20 +5° S boʻlgan sut toʻldirilgan shisha silindrga tushiriladi. Zichlikni aniqlashda laktodensimetr silindr devoriga tegmasligi shart. Laktodensimetr tushirilgach, 1-2 daqiqa oʻtgandan soʻng, harakatsiz holatdagi laktodensimetrni shkala koʻrsatkichi olinadi. Laktodensimetr boʻyicha sutning zichligi butun boʻlaklarda, harorati esa — 0,5° S aniqlikkacha hisoblanadi. Sutning zichligi laktodensimetrining koʻrsatkichi boʻyicha jadvalga asosan (4 - ilova) aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-jadvalda sutning zichligi laktodensimetr darajasida ifodalangan boʻlib, bu zichlikning ming martaga koʻpaytirilib boʻlaklangan qismidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masalan. Sutning zichligi y = 1,0265 g/sm boʻlsa laktodensimetr koʻrsatgichi 26,5° ga toʻgʻri keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jadvaldan foydalanganda sanalgan sonlar darajaga aylantiriladi, buning uchun chap ustunda zichlikning darajadagi qiymati, ustunlarning yuqori qatorida sanash oʻtkazilgan haroratlar koʻrsatilgan. Liniyalar kesishgan joyda sutning 20°S dagi zichligi ifodalangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masalan; Sutning harorati 18° S, zichligi 1,0305 g/sm3. Zichlikni (g/sm3) darajaga oʻtkazamiz: 1,0305 g/sm3 30,5° ga toʻgʻri keladi. Jadval boʻyicha 30,5 ° qiymati T = 18° da laktodensimetrning 30° zichligiga toʻgʻri keladi (s1 =1,030 g/sm ).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Kislotalikni aniqlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kislotalik titrometrik usul bilan aniqlanadi va Terner darajasida hisoblanadi. Kislotalikning darajasi deb oʻyuvchi natriy (detsinormal) 0,1n eritmasining 100 ml sut yoki 100 g mahsulotni neytrallash uchun sarflangan millilitrdagi miqdoriga aytiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kislotalikni aniqlash uchun 150 — 200 ml sigʻimdagi konussimon kolbaga 10 ml sut, 20 ml distillangan suv (yoki yangi qaynatilgan va xona haroratigacha sovutilgan) quyiladi va fenolftaleinning 1 % li spirtli eritmasidan 3 tomchi qoʻshiladi. Kolbadagi suyuqlik obdon aralashtiriladi, soʻngra byuretkadan kolbaga ishqorning 0,1n eritmasi, bir daqiqa davomida yoʻqolmaydigan, och pushti rang (etalon bilan solishtiriladi) paydo boʻlguncha tomchilatib qoʻshiladi. Titrlash uchun sarflangan ishqor detsinormal eritmasining millitrdagi miqdorini 10 ga koʻpaytirilgan qiymati titrlanayotgan sutni kislotalik darajasini koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayrim hollarda sutning kislotaliligini distillangan suv qoʻshmasdan aniqlashga ruxsat etiladi, biroq bunda olingan kislotalik koʻrsatkichi 2° ga kamaytirilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rangning nazorat etalonini tayyorlash uchun 150 — 200 ml sigʻimdagi kolbaga pipetka bilan 10 ml sut, 20 ml suv va 1 ml 2,5 % li kobalt sulfat eritmasi (100 ml sigʻimdagi oʻlchov kolbasiga 2,5 gr kobalt sulfat solinadi va belgigacha distillangan suv quyiladi) oʻlchab solinadi. Kobalt sulfatning saqlanish muddati 6 oy. Nazorat etaloni bir kun davomida ish uchun yaroqli hisoblanadi. Etalonning saqlanish muddatini uzaytirish uchun unga bir tomchi formalin qoʻshilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Yogʻ miqdorini aniqlash — toza sut jiromeriga (yogʻ oʻlchagichga), boʻgʻzini namlamasdan, 10 ml sulfat kislotasi (zichligi 1,81—1,82) quyiladi, ustiga ohista pipetka bilan uchini jiromer boʻgʻziga tirab, burchak ostida 10,77 ml sut qoʻshiladi (pipetkadagi sutning sathi boʻlakchaning pastki sathi bilan belgilanadi). Pipetkadan sutni puflashga yoʻl qoʻyilmaydi. Soʻngra jiromerga 1 ml izoamil spirti (zichligi 0,810 — 0,813) qoʻshiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jiromer quruq rezina tiqin bilan, boʻgʻziga tiqinning yarmidan koʻproq qismi tiqiladi, soʻngra jiromer 4-5-marta oqsil moddalarning toʻliq erib bir tekisda aralashishigacha qadar toʻntariladi, shundan soʻng 5 daqiqa 65 + 2°S haroratdagi suv hammomiga uni tiqinini pastga qaratib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jiromerlarni hammomdan chiqarib sut tsentrifugasining patronlariga (stakanlariga) tiqinini markazga qaratib, bir-biriga qarama-qarshi simmetrik holda joylashtiriladi. Jiromerlar toq miqdorda boʻlsa muvozanatni saqlash uchun, tsentrifugaga suv bilan toʻldirilgan jiromer qoʻyiladi. Sentrifuganing qopqogʻi yopilib 5 daqiqa davomida bir daqiqada 1000-marta aylanish tezligida tsentrifugada aylantiriladi. Soʻngra har bir jiromer tsentrifugadan olinadi va rezina tiqinini harakatlantirib jiromerdagi yogʻ ustunini shkalali trubkada boʻlishiga erishiladi. Soʻngra jiromerlar takroran tiqini pastga qaratilib 65±2° S haroratdagi suv hammomiga qoʻyiladi. 5 daqiqadan soʻng jiromerlar hammomdan chiqariladi va darhol yogʻ miqdori hisoblanadi. Buning uchun jiromer toʻntarilgan tik holatda ushlanadi, yogʻ chegarasi koʻz sathida boʻlishi shart. Tiqinni yuqoriga va pastga harakatlantirgan holda yogʻ ustunining pastki chegarasini jiromer shkalasining butun boʻlagiga oʻrnatiladi va undan yogʻ ustuni yuzasining pastki sathigacha boʻlaklar miqdori hisoblanadi. Yogʻ va kislota boʻlinmalarining chegarasi aniq, yogʻ ustuni esa tiniq boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jiromerning koʻrsatkichi sutdagi yogʻning foizdagi miqdoriga toʻgʻri keladi. Sut jiromeri shkalasining 10 ta mayda boʻlaklari mahsulotdagi 1 foiz yogʻga toʻgʻri keladi. Yogʻni hisoblash jiromerning bitta mayda boʻlagigacha aniqlikda oʻtkaziladi. Parallel aniqlashlar oʻrtasidagi farq 0,1 % yogʻdan oshmasligi shart. Ikki parallel aniqlashdagi oʻrtacha arifmetik koʻrsatgich eng soʻnggi natija sifatida qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻylar sutidagi yogʻ miqdorini aniqlash uchun oʻlchash chegarasi 0 dan 10 gacha boʻlgan jiromer qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Analizlar oʻtkazilishida texnika xavfsizligiga rioya etish zarur. Sulfat kislotasini eritishda idish devoridan uni asta-sekin oz-ozdan suvga quyiladi (suvni kislotaga quyish mumkin emas), bunda kolbadagi suyuqlik aylana harakat bilan aralashtirilib boriladi. Jiromerlarni toʻntarish paytida roʻmolcha yoki sochiq bilan oʻrash kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Sutning tozaligini aniqlash — sutning tozalik darajasini aniqlash uchun oʻlchov krujkasiga 250 ml yaxshilab aralashtirilgan sut solinadi va “Rekord” asbobining paxta yoki flanel filtri boʻlgan filtrlash idishidan oʻtkaziladi. Filtrlash jarayonini tezlashtirish uchun sutni 35 — 40° S haroratgacha qizdirish tavsiya etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sutni filtrlash tugagandan soʻng filtr qogʻoz varagʻiga, yaxshisi pergament qogʻozga joylanadi va havoda changdan himoyalangan holda quritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi guruh: filtrda mexanik aralashma boʻlakchalari yoʻq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkinchi guruh: filtrda ayrim mexanik aralashma boʻlakchalari bor.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uchinchi guruh: filtrda mayda va yirik mexanik aralashma boʻlakchalari (qil tuk tolalari, yem-xashak parchalari, qum donalari) sezilarli darajada bor.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Sutni bakteriologik tekshirish — tezkor reduktaza probasi uchun probirkaga 10 ml sut solinadi, uni suv hammomida 38 — 40° S gacha isitiladi va metilen koʻkining ishchi eritmasidan 1 ml qoʻshiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Probirkalar steril rezina tiqinlar bilan yopiladi, obdon aralashtiriladi va 38^Yu°S haroratdagi suv hammomiga takroran qoʻyiladi (hammomdagi suv sathi probirkadagi sut sathidan yuqori boʻlishi shart).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtgan vaqt davomida sutning rangsizlanishi boʻyicha bakteriologik ifloslanishi va jadval boʻyicha sutning sinfi aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat uchun sutning xuddi shunday namunasi, faqat metilen koʻkisiz, probirkaga quyiladi, namuna quyilgandan soʻng 10 daqiqa va bir soatdan keyin koʻzdan kechiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rangsizlanishi tezligi‎ Bir ml sutdagi bakteriyalar miqdori‎ Sutning sinfi va uni baholash‎
10 daqiqadan kam‎ 20 mlntadan koʻp‎ 4, juda yomon‎
10 daqiqadan bir soatgacha‎ 20 mlntagacha‎ 3, yomon‎
1 soatdan 3 soatgacha‎ 4 mlntagacha‎ 2, qoniqarli‎
3 soatdan ziyod‎ 500 mingtagacha‎ 1, yaxshi‎
‎ ‎ ‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*Izoh. Metilen koʻkining toʻyingan spirtli eritmasini tayyorlash uchun undan 10 gr olinadi va 100 ml 96° etil spirti bilan aralashtiriladi. Eritma 24 soat termostatga 37°S haroratga qoʻyiladi, soʻngra filtrlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Metilen koʻkining ishchi eritmasini tayyorlash uchun metilen koʻkining toʻyingan eritmasidan 5 ml olinadi va unga 195 ml distillangan suv qoʻshiladi, soʻngra ushbu eritma 10 barobar eritiladi yaʼni 2,5 % li 1 ml eritmaga 9 ml distillangan suv qoʻshiladi. Eritma proba qoʻyishdan oldin tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Sut mahsulotlarini veterinariya-sanitariya ekspertizasidan oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Smetana (quyuq qaymoq) — sifatli smetana nordon sut mahsuloti boʻlib, normal pasterizatsiyalangan slivkani sutni ivituvchi bakteriyalarning toza kulturasi bilan ivitish orqali tayyorlanadi va bevosita oziq-ovqat uchun ishlatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toza, mayin, nordon sut taʼmi va hidiga ega, yot, oʻtkir seziladigan, smetanaga xos boʻlmagan taʼm va hidlarsiz.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsistensiyasi va tashqi koʻrinishi — bir jinsli, yetarlicha quyuqlikda, yogʻ va oqsil (tvorog) zarrachalarisiz, silliq koʻrinishda boʻladi. Rangi butun massasi boʻyicha bir tekisda oqdan och sariqqacha, yot ranglarsiz. Yogʻ miqdori kamida 25%. Kislotaliligi 60—100°T atrofida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Slivka (suyuq qaymoq) — pasterizatsiya qilingan qaymogʻi olinmagan sigir sutini separatsiyalash orqali olinadi. Sifatli slivkaning taʼmi va hidi ushbu mahsulotga xos, yot taʼm va hidlarsiz, taʼmi biroz shirinroq. Konsistensiyasi va tashqi koʻrinishi — bir jinsli, yogʻ donalari va kazein parchalarisiz. Rangi sargʻish tovlanuvchi oq, yogʻ miqdori 20 % yuqori, kislotaligi 17 — 19°T.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Qaymoq — sigir sutini separatsiyalash orqali olingan yogʻliligi yuqori miqdorda boʻlgan pasterizatsiyalangan slivka.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sifatli qaymoq mayin, ushbu mahsulotga xos boʻlgan taʼmli va hidli, yot va qaymoqqa xos boʻlmagan taʼm va hidlarsiz. Konsistensiyasi va tashqi koʻrinishi — bir jinsli, quyuqligi meʼyorida, yogʻ va oqsil (tvorog) zarralarisiz, silliq koʻrinishda. Rangi butun massa boʻyicha bir xildagi oqdan och sariqqacha boʻlib, yot ranglarsiz, yogʻ miqdori kamida 50 %, kislotaligi 18°T dan ziyod emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Smetana, slivka va qaymoqni organoleptik tekshirishda tvorog aralashmasi yoʻqligiga, yogʻ miqdoriga, kraxmal aralashmasiga va kislotaliligiga tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Smetana, slivka va qaymoqning yogʻ miqdorini tekshirish — quyuq smetana, qaymoq tekshirishdan oldin ozroq qizdirib eritiladi. Toza sariyogʻ jiromeriga 5 g smetana yoki slivka oʻlchab solinadi, yogʻ oʻlchagich qiyshaytirib devori boʻylab 5 ml suv qoʻshiladi (qaymoq 2,5 gr oʻlchab olinadi va 7,5 ml suv qoʻshiladi), 10 ml sulfat kislotasi (zichligi 1,81-1,82) va 1 ml izoamil spirti qoʻshiladi. Keyingi aniqlashlar 23-bandida koʻrsatilgani kabi oʻtkaziladi. Sariyogʻ jiromeri shkalasining ikki boʻlagi hajmi smetana va slivkani tekshirganda 1% ga toʻgʻri keladi, qaymoqni tekshirganda esa 2 % ga toʻgʻri keladi (yogʻ oʻlchagich koʻrsatkichi 2 ga koʻpaytiriladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Smetana, slivka va qaymoqni kislotalikka tekshirish — sigʻimi 100 — 250 ml boʻlgan konussimon kolbaga 20 ml (slivka uchun) yoki 30—40 ml (smetana va qaymoq uchun) distillangan suv, pipetka bilan 10 ml slivkadan (smetana va qaymoqdan 5 gr) qoʻshiladi, obdon aralashtiriladi va 3 tomchi fenolftaleinning 1 % li spirtli eritmasi solinadi. Aralashma oʻyuvchi natriyning 0,1 n eritmasi bilan, nazorat etalon rangiga mos kelguncha, 1-2 daqiqa davomida yoʻqolmaydigan, och pushti rangga boʻyalgunga qadar titrlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Etalon rangni tayyorlash uchun kolbaga 20 ml distillangan suv solinadi, pipetka bilan 10 ml slivka (smetana va qaymoq 5 g) qoʻshiladi, obdon aralashtiriladi va kobalt sulfatning 2,5 % li eritmasidan 1 ml qoʻshiladi, agarda mahsulotning yogʻliligi 20% dan yuqori boʻlsa, unda kobalt sulfat eritmasidan 2 ml qoʻshiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 ml slivka yoki 5 g smetanani (qaymoqni) neytrallash uchun sarflangan oʻyuvchi natriy (kaliy) 0,1 n eritmasining miqdori muvofiq ravishda 10 yoki 20 ga koʻpaytiriladi. Hosil boʻlgan son mahsulot kislotaliligini Terner darajasidagi ifodasidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Tvorog — taʼmi va hidi nordon, toza, mayin, yot taʼm va hidlarsiz. Konsistensiyasi va tashqi koʻrinishi—sochiluvchan va donador boʻlmagan bir jinsli massa. Rangi tvorogning butun massasi boʻyicha oqdan och-sariqqacha va yot ranglarsiz. Kislotaliligi 240T. Yogʻ miqdori 18 % gacha. Namligi 65 % dan 80 % gacha.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tvorog organoleptik va kislotalikka, yogʻ, namlik miqdoriga va soda aralashmasiga tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Tvorogni kislotalikka tekshirish — chinni havonchaga 5 gr mahsulot solinib obdon aralashtiriladi va pestik bilan eziladi. Soʻngra oz-ozdan 50 ml distillangan suv (35—40°S), fenolftaleinning 1 % li spirtli eritmasidan 3 tomchi qoʻshiladi va 0,1 n oʻyuvchi natriy (kaliy) eritmasi bilan 1-2 daqiqa davomida yoʻqolmaydigan och-pushti rang paydo boʻlgunga qadar titrlanadi. Kislotalik (Terner darajasida) 5 g mahsulotni neytrallash uchun sarflangan 0,1 n oʻyuvchi natriy (kaliy) eritmasining 20-ga koʻpaytirilgan miqdoriga teng.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Tvorogdagi yogʻ miqdorini aniqlash — tekshirish 23-bandidagi singari oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Tvorogdagi namlikni aniqlash — ikki usulda aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) shisha tayoqchali chinni laboratoriya piyolasi va oldindan yuvilgan hamda qizdirilgan 20 — 25 gr qumni 102 — 105°S haroratdagi quritish shkafiga 1 soat muddatga qoʻyiladi. Qum solingan va shisha tayoqchali laboratoriya piyolasini sovutmasdan tarozida turgan uchoyoqqa qoʻyiladi, 0,01 gr aniqlikda oʻlchanadi va idishga 5 gr mahsulot oʻlchab solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*Izoh. Uchoyoq (uchlari qayrilgan sim oyoqli chinni uchburchak) tarozining chap likopchasiga joylashgan, balandligi 60 mm atrofida boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahsulot oʻlchab boʻlingandan keyin obdon va ehtiyotkorlik bilan (talafot boʻlmasligi uchun) shisha tayoqcha yordamida qum bilan aralashtiriladi. Soʻngra laboratoriya piyolasi 160— 165°S haroratli quritgich shkafiga joylanadi. 20 daqiqadan keyin mahsulot solingan laboratoriya piyolasi olinadi, darhol sovutmasdan tarozining chap likopchasida turgan uchoyoqqa qoʻyiladi va tezda oʻlchanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahsulotdagi namlik (A) foizda quyidagi formula bilan hisoblab chiqariladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V — uchoyoq, qum, shisha tayoqcha va mahsulot solingan laboratoriya piyolasining quritishdan oldingi ogʻirligi, gr;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
S — uchoyoq, qum, shisha tayoqcha va mahsulot solingan laboratoriya piyolasining quritilgandan keyingi ogʻirligi, gr;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-tortilgan mahsulot miqdori, gr.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parallel tekshirishlar orasidagi farq 0,2 % dan koʻp boʻlmasligi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) quruq alyumin stakanchaga (qopqoqsiz), uning tubini va 0,5 sm pastki qismini yopuvchi aylana pergament qoʻyiladi. Stakanda 5 dan 8 grammgacha suvsizlangan eritilgan yogʻ yoki parafin va 5 gr, xatosi 0,01 gr dan ziyod boʻlmagan, sinalayotgan mahsulot oʻlchab olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus metall tutqich yoki qisqich yordamida alyuminiy stakan ehtiyotkorlik bilan qizdiriladi, ohista va bir tekisda koʻpiklashishga va sachrashga yoʻl qoʻyilmasdan qaynatib turiladi. Qizdirish stakan ustida tutib turilgan sovuq koʻzgu yoki soat oynasining terlashi toʻxtashiga qadar amalga oshiriladi. Suv bugʻlanishining oxirgi davrining belgisi koʻpiklashish va charsillashning tugashi hamda yengil qoʻngʻir tusga kirishi boʻlib hisoblanadi. Stakan quritilgandan soʻng toza, silliq metall plastinkaga qoʻyib sovutiladi va tortib koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Namlikning massa ulushi (W) foizda quyidagi formula bilan hisoblab chiqariladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mo — suvsizlangan eritilgan yogʻ yoki parafin, pergament solingan stakan massasi, gr;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
m — suvsizlangan eritilgan yogʻ yoki parafin, pergament va mahsulot oʻlchanmasi solingan stakanning qizdirishdan oldingi boʻlgan massasi, gr;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
m1 — suvsizlangan eritilgan yogʻ yoki parafin, pergament va mahsulot oʻlchanmasi solingan stakanning namlik yoʻqotilgandan keyingi massasi, gr;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parallel tekshirishlar orasidagi farq 0,5% dan koʻp boʻlmasligi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Suzma — taʼmi va hidi nordon sut kabi, toza, mayin, yot taʼm va hidlarsiz. Konsistensiya va tashqi koʻrinishi sochiluvchan va donador boʻlmagan bir xildagi massa. Rangi suzmaning butun massasi boʻyicha oqdan och-sargʻishgacha va yot ranglarsiz. Kislotlilik 270°T dan yuqori emas. Yogʻ miqdori noldan 12 foizgacha. Namlikning miqdori 65 % dan 80 % gacha.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suzma organoleptik va kislotalikka, yogʻ miqdoriga, namlikka va soda aralashmasiga tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Suzmani kislotalikka tekshirish — tekshirish 32-bandidagi singari oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Suzmaning namligini aniqlash — tekshirish 34-bandidagi singari oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Suzmaning yogʻliligini aniqlash — tekshirish 23-bandidagi singari oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Suzmadagi qalbakiliklarni aniqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) soda aralashmasiga — chinni laboratoriya piyolasiga 3—5 gramm suzma tortib olinadi va shuncha miqdorda rozol kislotasining 0,2 % li spirtli eritmasi qoʻshiladi hamda shisha tayoqcha bilan obdon aralashtiriladi. Soda mavjud boʻlsa laboratoriya piyolasidagi suzma pushti-qizil rangga boʻyaladi, soda mavjud boʻlmasa toʻq sariq rangga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) kraxmal, un aralashmasiga — chinni laboratoriya piyolasiga 5 gr yaxshilab aralashtirilgan suzma tortib olinadi va unga 2-3 tomchi Lyugol eritmasi qoʻshiladi hamda shisha tayoqcha bilan obdon aralashtiriladi. 1-2 daqiqadan soʻng koʻk rangning paydo boʻlishi tekshirilayotgan namunada kraxmal yoki un borligini koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Qurt — taʼmi va hidi nordon sutga xos toza, yaxshi sifatli mahsulotga xos boʻlmagan yot taʼm va hidlarsiz.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsistensiyasi va tashqi koʻrinishi — turli formadagi bir xil, zich massa. Rangi qurtning butun massasi boʻyicha oqdan och sargʻishgacha va yot alomatlarsiz. Kislotaliligi 260° T dan 600°T gacha. Yogʻ miqdori noldan 9% gacha.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kurt organoleptik va soda, kraxmal, un bor-yoʻqligiga, kislotalik va yogʻ miqdoriga tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Qurtni kislotalikka tekshirish — 32-bandidagi singari oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Qurtdagi qabakilikni aniqlash — tekshirish 39-bandidagi singari oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Qurtdagi yogʻ miqdorini aniqlash — tekshirish 23-bandidagi singari oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Nordon (ivitilgan) sut mahsulotlari: qatiq (varenets), ryajenka va yogurt — sifatli nordon sut mahsulotlarning taʼmi va hidi nordon sut kabi toza, yot taʼm va hidlarsiz.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsistensiyasi va tashqi koʻrinishi — quyuqlashgan yetarli darajada zich, yaltiroq, turgʻun, gaz hosil boʻlmaydi va mahsulot yuzasida koʻp zardob ajralmaydi. Ryajenka uchun quyqasi choʻziluvchan, yogurt, qatiq kabi konsistensiyasi bir xil boʻlib, smetanani eslatadi, sut qaymogʻi mavjud boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qatiq va ryajenka rangi sutsimon — oq yoki oq-sariq, yogurt rangi sutsimon oq. Yogʻlilik darajasi yogurt uchun kamida 6%, qatiq uchun noldan 9% gacha.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kislotalik darajasi qatiq uchun 80 — 130°T, ryajenka uchun 85— 150°T, yogurt uchun 80—140°T.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qatiq, ryajenka, yogurt va boshqa nordon sut mahsulotlari organoleptik, kislotalik va yogʻ miqdoriga tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Nordon sut mahsulotlaridagi yogʻ miqdorini aniqlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toza sut jiromeriga 11 gr sut mahsuloti tortib olinadi, 10 ml sulfat kislotasi (zichligi 1,81-1,82) va 1 ml izoamil spirti (zichligi 0,810 - 0,813) qoʻyiladi. Soʻngra yogʻ miqdori 23-bandida koʻrsatilgan usulda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jiromer shkalasida sanalgan koʻrsatgich 2,2 ga koʻpaytiriladi. Olingan son 100 ml mahsulotdagi yogʻ miqdorini grammdagi ifodasidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Nordon sut mahsulotlarining kislotaligini aniqlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sigʻimi 100—250 ml boʻlgan konussimon kolbaga 20 ml distillangan suv solinadi, pipetka bilan 10 ml sut mahsuloti qoʻshiladi. Pipetkadagi qoldiq mahsulot kolbadagi suv bilan yuviladi. Kolbadagi suyuqlik obdon aralashtiriladi, fenolftaleinning 1% li spirtli eritmasidan 3 tomchi qoʻshiladi va oʻyuvchi natriyning (kaliyning) 0,1 n eritmasi bilan, 1 daqiqa davomida yoʻqolmaydigan och-pushti rang hosil boʻlgunga qadar, titrlanadi. Hisoblash 22-bandida koʻrsatilgan usulda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Sariyogʻ — taʼmi va hidi ushbu turdagi yogʻga xos boʻlib, begona taʼm va oʻtkir hidlarsiz. Konsistensiyasi va tashqi koʻrinishi— zich, bir xil. Kesma yuzasi kuchsiz yaltiroq, kamdan-kam oʻta mayda suv tomchilari boʻlishiga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rangi oqdan och-sariqqacha. Yogʻlilik darajasi kamida 78%. Namligi 20 % dan koʻp emas. Shoʻr yogʻda osh tuzining miqdori 1,5% dan koʻp emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Eritilgan (kuydirilgan) yogʻ — taʼmi va hidi toza, ushbu turdagi yogʻga xos, oʻtkir seziluvchi yot taʼm va hidlarsiz.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsistensiyasi va tashqi koʻrinishi — yumshoq, donador. Eritilgan holda yogʻ tiniq, choʻkmalarsiz boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rangi oqdan och-sariqqacha, barcha massa boʻyicha bir xil. Namlik 1% dan ziyod emas. Yogʻliligi kamida 98%.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yogʻ organoleptik tekshiriladi, yogʻ miqdori, osh tuzining konsentratsiyasi, namlik va aralashmalar mavjudligi aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Sariyogʻda yogʻ miqdorini aniqlash — ikki usulda aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tuzlangan sariyogʻdagi yogʻ miqdori quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
X2=100-(V+S+S2) 2 bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V — yogʻdagi namlik miqdori, %;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
S — yogʻdagi yogʻsizlantirilgan quruq modda miqdori, %;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
S2 — tuzlangan yogʻdagi tuz miqdori, %.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) toza sariyogʻ- jiromerga 2,5 gr yogʻ tortib olinadi, 7,5 ml distillangan suv, 10 ml sulfat kislota (zichligi 1,78 - 1,79) va 1 ml izoamil spirti (zichligi 0,810— 0,813) qoʻshiladi. Soʻngra yogʻ miqdorini aniqlash 28-bandida koʻrsatilgan usulda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jiromer shkalasida ajralgan yogʻ hisoblanib 2 ga koʻpaytirilgan miqdori foizdagi yogʻ miqdorini koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Sariyogʻdagi namlikni aniqlash — texnokimyoviy tarozida quruq alyumin stakanga 5 gr yogʻ tortib olinadi va uni sekin, bir tekisda qaynaguniga qadar qizdiriladi. Qaynash vaqtida yogʻning sachrashiga yoʻl qoʻyilmaydi. Yogʻ yuzasidagi koʻpikning gʻoyib boʻlishi, oʻziga xos chirsillashning yoʻqligi va stakandagi choʻkmaning och-qoʻngʻir tusga kirishiga qarab suv bugʻlanishining tugaganligi aniqlanadi. Namlik qochirilgandan soʻng stakan sovitiladi, tortiladi va namlik miqdori quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V — namlik, %;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
S — yogʻ solingan stakanning qizdirishdan oldingi massasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O — yogʻ solingan stakanning namlik qochirilgandan keyingi massasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5 — oʻlchab olingan yogʻ miqdori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Sariyogʻda osh tuzini aniqlash — stakanga 5 gr yogʻ tortib olinadi, 40—50°S haroratgacha isitilgan 50 ml suv qoʻshilib obdon aralashtiriladi va yogʻ tepaga koʻtarilguncha tindiriladi. Yogʻning qotgan qatlami pipetka bilan teshilib 10 ml suyuqlik tortib olinib konussimon kolbaga solinadi. Soʻngra unga kaliy xromatning 10 % li eritmasidan 0,5 ml qoʻshiladi va 0,1 n kumush nitrat bilan chayqatilib, shisha tayoqcha bilan yirik boʻlakchalar maydalanadi va barqaror, och-qizil gʻisht rangiga kirgunga qadar titrlanadi. 10 ml suyuqlikni titrlash uchun sarflangan 0,1 n kumush nitratning milliltrdagi miqdori mavjud tuz foizini ifodalaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*Izoh. Titrlashga sarflangan 0,1 n kumush nitratning 1 ml miqdori natriy xloridning 0,01 gr ga toʻgʻri keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Brinza va pishloq — taʼmi va hidi ushbu turdagi mahsulot uchun xos, yot taʼm va hidlarsiz, yogʻliligi quruq moddada 40-50 % dan kam, namlik miqdori 52 % dan, osh tuzining miqdori 7 % dan ziyod boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Brinza va pishloq organoleptik tekshiriladi, yogʻ, osh tuzi va namlik miqdori aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Brinza va pishloqda yogʻ miqdorini aniqlash — toza sut jiromeriga 2 gr brinza solinadi va suyuqlikning sathi jiromer boʻgʻzining asosidan 4—6 ml pastda boʻlguncha 19 ml sulfat kislotasi (zichligi 1,50— 1,55) quyiladi. Soʻngra 1 ml izoamil spirti qoʻshiladi. Jiromer quruq rezina tiqin bilan berkitiladi va u oqsil moddalari toʻliq eriguniga qadar chayqatilib 70—75°S haroratgacha qizdirilgan suv hammomiga qoʻyiladi. Yogʻ miqdorini aniqlash 23-bandida koʻrsatilgani singari oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Brinza va pishloqning namligini aniqlash — 34-bandida bayon qilingan tarzda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Brinza va pishloqdagi osh tuzi — ikki usul bilan aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 5 gr mahsulot sigʻimi 100 ml boʻlgan tumshuqli stakanga solinib ustiga, 50 ml 90°S haroratgacha qizdirilgan distillangan suv quyiladi. Mahsulot shisha tayoqcha bilan yaxshilab eziladi va stankandagi suyuqlik miqdoriy jihatdan, 70—80°S haroratgacha qizdirilgan distillangan suv vositasida, sigʻimi 100 ml boʻlgan oʻlchov kolbasiga quyiladi. Oʻlchov kolbasi ichidagi modda 20°S gacha sovitiladi, soʻngra belgigacha distillangan suv quyilib, yaxshilab aralashtiriladi va toza, quruq kolbaga filtrlanadi. Agarda filtrat loyqa boʻlsa, u oʻlchov kolbasiga qaytarib quyiladi va filtrlash takrorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shundan keyin konussimon kolbaga pipetka bilan 50 ml filtrat solinib ustiga, kaliy xromatning 10 % li eritmasidan 5—8 tomchi qoʻshiladi. Kolbadagi filtrat chayqatilgan holda shisha tayoqcha bilan choʻkmadagi yirik boʻlaklar maydalanadi va barqaror och-qizil gʻisht rangiga kirgunga qadar kumush nitratning 2,9 % li eritmasi (2,906 gr kumush nitrat 100ml distillangan suvda eritiladi) titrlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Natriy xloridning massa ulushi (X2) foizda quyidagi formula bilan hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bunda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V — kumush nitrat eritmasining 50 ml filtratni titrlashga sarflangan miqdori ml hisobida. Uning 1 ml miqdoriga 0,01 gr natriy xloridga toʻgʻri keladi; t— mahsulotning tortib olingan massasi, gr.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
m — mahsulotning tortib olingan massasi, gr.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tekshirishning eng soʻnggi natijasi sifatida ikki parallel aniqlashlarning oʻrtacha arifmetik natijasi qabul qilinadi, bunda aniqlashlar oʻrtasidagi yoʻl qoʻyiladigan farq 0,2 % dan oshmasligi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) chinni tigelga (kosaga) 2-3 gr mahsulot solinadi va quritish shkafida (haroratni asta-sekin 120—140°S gacha koʻtargan holda) toʻq-kul rang choʻkma hosil boʻlgunga qadar quritiladi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olingan massa shisha tayoqcha yordamida ehtiyotkorlik bilan maydalanadi va 80—90°S gacha qizdirilgan 4-5 qism suv bilan aralashtiriladi. Soʻngra suyuq qismi qogʻoz filtr orqali konussimon kolbaga filtrlanadi. Filtratning kumush nitrat bilan reaksiyasi tugagunga qadar tigeldagi va filtrdagi qoldiq suv bilan (70—80°S haroratdagi) yuviladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buning uchun probirkadagi filtratning katta boʻlmagan porsiyasi 1-2 tomchi nitrat kislotasi bilan nordonlashtiriladi va kumush nitrat eritmasidan 1-2 tomchi qoʻshiladi. Keyingi tekshirishlar 51-bandida koʻrsatilgani singari oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Qimiz — sogʻlom biyalarning sutidan texnologik meʼyorlar va qoidalarga rioya qilingan holda tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sifatli qimiz quyidagi talablarga javob berishi shart. Taʼmi va hidi toza, tabiiy qimizga xos, yot taʼm va hidlarsiz; kuchsiz qimiz uchun shirinroq taʼmli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsistensiyasi suyuq, bir jinsli, gazlangan, koʻpiklanuvchan. Rangi oq-sutsimon, yogʻligi kamida 1 %, kislotaliligi kuchsiz qimizda (etilish davri 5-6 soat) 60—80°T, oʻrtacha qimizda (etilish davri 1 sutka) 80—100°T va kuchli qimizda (etilish davri 2 sutka) 101—120°T.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimizdagi alkogol miqdori kuchsizida 1 %, oʻrtachasida 1,5 %, kuchlisida 3 %. Qimizning kislotalik va yogʻlilik darajasi 22 va 23-bandlarida koʻrsatilgani singari tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Sifatli qimizda zaharli kimyoviy moddalar, antibiotiklar, patogen mikroorganizmlar boʻlmaydi. Ichak tayoqchalarining titri kamida 0,3 boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Sut va sut mahsulotlarini qoʻshimcha tekshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Sut namunasini peroksidazaga tekshirish. Sut qizdirilib yoki qaynatilib unga xom sut qoʻshilganligini aniqlash uchun peroksidaza mavjudligiga tekshiriladi. Buning uchun 5 ml tekshirilayotgan sut solingan probirkaga kaliy yodidli kraxmaldan 5 tomchi va vodorod peroksididan 5 tomchi qoʻshiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Obdon chayqatilgandan soʻng xom sut namunasi toʻq-zangori rangga kiradi, qizdirilgan (80°S) yoki qaynatilgan sut namunasining rangi oʻzgarmasdan qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Kaliy yodidli kraxmal eritmasini tayyorlash uchun 3 g (0,05 g gacha aniqlikda) kraxmal olinadi va kamroq miqdordagi sovuq suvda bir xil massa hosil boʻlgunga qadar eritiladi. Alohida kolbada 100 ml suv qaynashga qadar qizdiriladi va u eritilgan kraxmalga toʻxtovsiz aralashtirgan holda, donalar paydo boʻlishiga yoʻl qoʻymasdan quyiladi va qaynashga qadar qizdiriladi. Sovitilgandan soʻng kraxmal eritmasiga 3 g kaliy yod, kristallar eriguncha aralashtirilgan holda qoʻshiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Vodorod peroksidining 0,5 % li eritmasini tayyorlash uchun konsentrlangan eritma olinadi va undagi vodorod peroksidining miqdoriga qarab (yorligʻida koʻrsatilgan) kerakli konsentratsiyagacha oldindan qaynatilgan va sovitilgan suvda eritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*Izoh: eritma turgʻun emas va uni kam miqdorda tayyorlab, qorongʻi, salqin joyda saqlash zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Reduktazaga proba qoʻyish—bu arbitraj hollarda oʻtkaziladi. Buning uchun probirkaga 1 ml metilen zangorisi ishchi eritmasidan va 20 ml tekshirilayotgan sutdan quyiladi, tiqin bilan berkitiladi, probirkalarni uch marta asta-sekin toʻntarish yoʻli bilan aralashtiriladi va suv harorati 38°S boʻlgan reduktaznikka qoʻyiladi. Reduktaznik boʻlmagan taqdirda 38—40°S haroratdagi suv hammomidan foydalanish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reduktaznik yoki suv hammomidagi suv sathi sut solingan probirkalarni botirgandan soʻng pirobirkadagi suyuqlik sathigacha yetkazilishi yoki biroz yuqori boʻlishi va butun tekshirish davomida uning harorati 38—40°S atrofida saqlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Probirkalar reduktaznikka botirilishi bilan tekshirishlar boshlangan hisoblanadi. Rangning oʻzgarishi analiz boshlangandan soʻng 20 daqiqa, 2 soat va 5 soatu 30 daqiqa oʻtgandan keyin qayd qilindi. Sutning rangsizlanishi (rangning yoʻqolishi) tekshirishgning tamom boʻlganligini bildiradi, bunda probirkaning yuqorisida yoki pastida uncha katta boʻlmagan xalqasimon rangli qatlam (taxminan 1 sm atrofida) eʼtiborga olinmaydi. Ushbu probirkalar chayqatilganda sutning boʻyalishi paydo boʻlsa, u ham hisobga olinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sutning rangsizlanish vaqtiga qarab uning sifatlilik darajasi belgilanadi va reduktaza ishlab chiqaruvchi mikroorganizmlar miqdori boʻyicha bakteriologik ifloslanishi aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Rangsizlanish tezligi‎

1 ml sutdagi bakteriyalar miqdori‎

Sutning sinfi va uni baholash‎

5 soatu 30 daqiqadan ortiq‎ 500 mingdan kam‎ I, yaxshi‎
2 soatdan koʻp 5 soatu 30 daqiqagacha‎ 500 mingdan 4 mlngacha‎ II, qoniqarli‎
20 daqiqadan koʻp 2 soatgacha‎ 4 mlndan 20 mlngacha‎ III, yomon‎
20 daqiqa va undan kam‎ 20mln va undan koʻp‎ IV, juda yomon‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*Izoh: metilen koʻkining toʻyingan spirtli va ishchi eritmalarini tayyorlash 25 bandning izohida koʻrsatilgan. Metilen koʻkining ishchi eritmasini fiksanaldan tayyorlash, ampulaning ichidagi modda 200 ml hajmdagi oʻlchov kolbasiga solinadi va belgiga qadar distillangan suv quyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Sutni stafilakokk toksini mavjudligiga tekshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bakteriologik probirkalarga har bir tekshirilayotgan sutdan 2 mldan quyiladi, nazorat uchun— bitta probirkaga 2 ml fiziologik eritma quyiladi. Hamma probirkalarga 5% li natriy tsitrat eritmasi bilan eritilgan quyon eritrotsitlaridan bir tomchidan qoʻshiladi, obdon chayqatiladi va 1 soat 37°S haroratdagi termostatga qoʻyiladi, shundan soʻng xona haroratida 1 soat saqlanadi, soʻngra 10 daqiqa davomida bir daqiqada 1000 aylanish tezlikda tsentrifugalanadi va reaksiya hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijobiy reaksiyada (toksin mavjud boʻlsa) eritrotsitlar lizisga uchraydi va sut ustuni bir tekisda qizil rangga boʻyaladi. Agarda sut tekshirish paytida ivib qolsa, bunday namunalar hisobga olinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Salbiy reaksiyada (toksin mavjud emas) sinalayotgan sut namunasi ostida eritrotsitlar choʻkib sut oq rangda qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat probirkasida eritrotsitlar probirka tubiga choʻkadi, ularning ustidagi fiziologik eritma esa boʻyalmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ijobiy reaksiya bergan sut namunasi maxsus antitoksik stafilakokk zardobi bilan takroran tekshiriladi. Buning uchun ikkita probirka olinadi, har biriga 2 ml dan sinalayotgan sutdan solinadi, birinchisiga 1 tomchi quyon eritrotsitlari qoʻshiladi, ikkinchisiga 1 tomchi quyon eritrotsitlari va koʻrsatilgan zardobdan 2 AB (antitoksik birlik) qoʻshiladi. Namunalar 1 soat mobaynida 37°S lik termostatga va soʻngra 1 soat mobaynida xona haroratiga qoʻyiladi va 10 daqiqa davomida bir daqiqada 1000 aylanish tezlikda tsentrifugalanadi va natija soʻnggi marta hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agarda zardobsiz probirkada gemoliz boʻlsa, zardobli probirkada esa gemoliz boʻlmasa va eritrotsitlar ustidagi sut ustuni oqligicha qolsa, reaksiya maxsus deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikki probirkada xam gemoliz boʻlsa reaksiya nomaxsus deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*Izoh: eritrotsitlarni olish uchun 5 % li natriy tsitrat eritmasi solingan probirkaga quyon qulogʻidan qon olinadi (1 qism eritma 4 qism qonga). Olingan qon tsentrifugalanadi, plazmasi soʻrib tashlanadi, eritrotsitlar esa fiziologik eritma bilan tsentrifugada uch marta yuviladi. Soʻngra hamma eritrotsitlar fiziologik eritma bilan 1:2 nisbatda aralashtiriladi va sovuqxonada 3 — 5°S haroratda saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agarda quritilgan zardob 1 ml da 60 AB saqlasa, unda ampulaga 3 ml fiziologik eritma qoʻshiladi, 80 AB saqlasa— 4 ml (bunday aralashmaning 0,1 ml da 2 AB mavjud). Nativ (quritilmagan) zardobdan fiziologik eritma bilan aralashtirilmasdan 2 AB qoʻshiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Tvorog va smetanani stafilokokk toksiniga tekshirish — tvorog va smetanadagi stafilakokk toksinini aniqlash uchun avvalo ularning Terner boʻyicha kislotalik darajasi aniqlanadi. Soʻngra hamma sigʻimi 20—25 ml boʻlgan shisha bankachaga 5 gr smetana yoki tvorog solinib ustiga 10 ml fiziologik eritma qoʻshiladi va shisha tayoqcha bilan obdon eziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agarda namuna kislotaligi 100°T gacha boʻlsa, unda kislotani neytrallash uchun oʻyuvchi natriyning normal eritmasidan 3 ml qoʻshiladi. Kislotalik 100°T dan yuqori boʻlsa oʻyuvchi natriyning normal eritmasidan 0,5 ml qoʻshiladi. Soʻngra tvorog yoki smetana suspenziyasi 10 daqiqa davomida bir daqiqada 2000 aylanish tezlikda tsentrifugalanadi. Choʻkma ustidagi suyuqlik soʻrib olinib, har bir namunadan 2 ml dan bakteriologik probirkaga quyiladi va fiziologik eritmaga aralashtirilgan quyon eritrotsitlaridan 1 tomchi qoʻshiladi. Keyingi tekshirishlar, tsentrifugalashdan tashqari (tsentrifugalash oʻtkazilmaydi), shuningdek reaksiya natijasini hisobga olish sutni tekshirishdagi singari amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Stafilakokk toksinining mavjudligini tekshirish usuli sut va sut mahsulotlarida, koʻp hollarda toksinning tarkibiy qismi boʻlgan, stafilakokk enterotoksini mavjudligini bilvosita koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Ijobiy maxsus gemoliz reaksiyasini beradigan sut, tvorog, smetana namunalarida toksindan tashqari 1,6 milliard patogen stafilakokklar mavjud boʻladi. Bunday mahsulotlar oziq-ovqat uchun yaroqsizdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64. Sut, slivka va qaymoqni halqali reaksiya bilan brutsellyozga tekshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Diametri 5—8 mm boʻlgan probirkaga 1 ml sut va 1 tomchi rangli brutsellyoz antigeni (gematoksilin bilan boʻyalgan brutsellalar suzpenziyasi) quyiladi va uni 40—45 daqiqaga 37°S haroratli termostatga qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suyuqlikning yuqori qatlamida koʻk rangli halqaning paydo boʻlishi ijobiy reaksiyani ifodalaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suyuqlikning yuqori qatlamida kuchsiz koʻk rangli halqaning paydo boʻlishi shubhali reaksiyani ifodalaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Salbiy reaksiya— hech qanaqa oʻzgarish paydo boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Slivka va qaymoqni brutsellyozga tekshirishdan oldin Terner darajasi boʻyicha kislotalikka tekshiriladi, ruxsat etilgan kislotalik 18—25°T. Slivka va qaymoqning ortiqcha kislotaligi 1 ml slivka va qaymoqqa 1-2 tomchidan natriy bikarbonatning toʻyingan eritmasini qoʻshish bilan neytrallanadi. Slivka va qaymoq natriy xloridning 1% li steril eritmasi bilan yoki sogʻlom sigir suti bilan (oldindan halqali reaksiya bilan tekshirilib) 1:1 aralashtirilib tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buning uchun probirkaga pipetka bilan 5 ml slivka yoki qaymoq quyiladi va 5 ml natriy xloridning 1% li eritmasi yoki sut bilan aralashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reaksiyani qoʻyish: probirkaga natriy xloridning 1%li eritmasidan 1 ml yoki sogʻlom sigirning sutidan 1 ml solinadi, soʻngra aralashtirilgan (1:1) slivka yoki qaymoqdan 1 ml quyiladi va halqali reaksiya uchun anitigendan 2 tomchi qoʻshiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shundan soʻng antigenni bir tekisda tarqalishi uchun probirka chayqatiladi va bir soat davomida 37-38°S haroratli suv hammomi yoki termostatda saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijobiy reaksiya aralashtirilgan slivka yoki qaymoq ustunining yuqori qismida aniq ifodalangan koʻk halqaning paydo boʻlishi bilan xarakterlanadi (qolgan qismi oqligicha qoladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Salbiy reaksiyada probirkaning yuqori qismida oq halqaning paydo boʻlishi, aralashtirilgan slivka yoki qaymoq ustuni esa bir tekisda koʻk rangga boʻyaladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65. Qoʻshimchalari boʻlmagan yogʻdagi yogʻsizlantirilgan quruq modda miqdorini aniqlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yogʻdagi yogʻsizlantirilgan quruq modda miqdori undagi namlik miqdori aniqlangandan keyin topiladi (namlik miidori 34-bandida koʻrsatilgani singari aniqlanadi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alyuminiy stakanga shisha tayoqcha qoʻyiladi va tortiladi. Stakanga tekshiriladigan yogʻdan oʻlchab (0,01 grammgacha aniqlikda) olinadi: sariyogʻdan 10 g yoki eritilgan yogʻdan 20 g.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Namlik miqdori aniqlangandan keyingi alyuminiy stakandagi qoldiq yogʻ erigunga qadar asta-sekin qizdiriladi, 50 ml benzin yoki etil efir quyiladi, aralashma tayoqcha bilan obdon aralashtiriladi va choʻkmaning choʻkishi uchun 3—5 daqiqaga tinch quyiladi. Benzin yuzasida suzib yuruvchi, idish tubiga choʻkmaydigan zarralar namlikning toʻliq bugʻlanmaganligini koʻrsatadi. Bunday hollarda yogʻsizlantirilgan quruq modda miqdorini aniqlash takrorlanishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Choʻkma choʻktirilgandan soʻng benzin-yogʻ aralashmasi ehtiyotkorlik bilan (choʻkmani qoʻzgʻatmasdan), stakanda 1-2 ml benzin-yogʻ aralashmasidan qoldirgan holda, toʻkiladi. Choʻkmaga benzin bilan ishlov berish 3-marta takrorlanadi. Stakandagi qoldiq soʻrib ketuvchi shkafda spirtovkaning kuchsiz olovida yoki elektr plitkasida benzin toʻliq uchib ketguncha qizdiriladi, bu holat shisha tayoqcha bilan qoʻzgʻatilganda choʻkmaning sochiluvchan boʻlishidan aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Stakan ichidagi choʻkmasi bilan xona haroratigacha sovitiladi va oʻlchanadi. Qoʻshimchalarsiz yogʻdagi yogʻsizlantirilgan quruq modda miqdori (So) foizda quyidagi formula bilan hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bunda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Do — shisha tayoqchali boʻsh stakanning massasi, g;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
D — shisha tayoqchali stakan va oʻlchangan yogʻ massasi, g;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
D1 — benzin — yogʻ eritmasini kyetkazgandan soʻng stakanning yogʻsizlantirilgan quruq modda bilan massasi, g.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuzlangan yogʻdagi yogʻsizlantirilgan quruq moddaning miqdori (So1) foizda quyidagi formula bilan hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
S01 = S o - V, bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
So — tuzlangan yogʻdagi yogʻsizlantirilgan quruq modda miqdori (tuz bilan birgalikda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V — 55 bandda koʻrsatilgani singari aniqlangan tuz miqdori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Sut va sut mahsulotlaridagi qalbakilashtirishni aniqlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66 Sutga suv qoʻshilganligi quruq yogʻsizlantirilgan modda foizining kamayishi boʻyicha (8 % dan kam) aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67. Sut va sut mahsulotlaridagi soda aralashmasi 3—5 ml tekshirilayotgan sutga shuncha miqdorda rozoli kislotasining 0,2 % li spirtli eritmasidan qoʻshish yoʻli bilan aniqlanadi. Soda mavjud boʻlsa probirka ichidagi suyuqlik och-qizil, soda mavjud boʻlmasa— toʻq-sariq rangga boʻyaladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68. Rozol kislotasi topilmasa 3 — 5 tomchi fenolrot eritmasi (0,1 ml fenolrot, 20 ml 96% li etil spirti va 80 ml distillangan suv) yoki 5 tomchi 0,04% li bromtimolblauning spirtli eritmasi olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
69. Soda aralashmasi boʻlmaganda sut fenolrot bilan toʻq-sariq yoki qizil-sariq rangga, soda saqlovchi mahsulot esa yorqin-qizil, alvon yoki toʻq-qizil rangga kiradi. Fenolrot reaktivi rozol kislotasiga qaraganda bir muncha tejamli va saqlashda turgʻun.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bromtimolblau qoʻshilganda sodali mahsulot toʻq-yashil, yashil-koʻk yoki koʻk rangga, sodasiz— sariq yoki yashil rangga boʻyaladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70. Sut, smetana, slivka, qaymoqni kraxmal bilan qalbakilashtirilganligini 5 ml yaxshilab aralashtirilgan sut (smetana, slivka, qaymoq) solingan probirkaga 2-3 tomchi lyugol eritmasi qoʻshish yoʻli bilan aniqlanadi. Probirkadagi aralashma obdon chayqatiladi. 1-2 daqiqadan keyin koʻk rangning paydo boʻlishi tekshirilayotgan namunada kraxmal borligini koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Smetana, slivka va qaymoq uchun boshqa usulni ham qoʻllash mumkin. Predmet oynasiga smetanadan (slivka, qaymoq) unchalik katta boʻlmagan tomchi tomiziladi, uni yopuvchi oyna bilan yopiladi, uning ostiga 1 tomchi yodning spirtli eritmasi yuboriladi. Preparat mikroskop ostida tekshirilganda kraxmal donalari koʻk rangga boʻyalganligi yaxshi koʻrinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71. Smetana, slivka va qaymoqda tvorog aralashmasini aniqlash. Stakandagi issiq suvga (66 — 75° S) bir choy qoshiq smetana, slivka yoki qaymoq aralashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agarda mahsulotga tvorog qoʻshilgan boʻlsa, unda mahsulot stakan tubiga choʻkadi. Toza smetana, slivka yoki qaymoq choʻkmaga tushmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
72. Sariyogʻni oʻsimlik yogʻlari, pishloq yoki tvorog bilan qalbakilashtirilganligini aniqlash. Probirka yoki stakanchaga bir xil miqdorda olingan tekshirilayotgan yogʻ, rezorsinning benzoldagi toʻyingan eritmasi va kuchli (konsentrlangan) nitrat kislotasi (zichligi 1,38) aralashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Namunada oʻsimlik yogʻlari bor boʻlsa binafsha rang paydo boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sariyogʻdagi pishloq va tvorog aralashmasi 73-bandida koʻrsatilgani singari aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
73. Sut va sut mahsulotlarining sifatini tekshirish “Klever” , “Laktan” va boshqa laboratoriya asboblari yordamida tekshirish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎Shtamp joyi

‎‎MAʼLUMOTNOMA

‎‎Berildi____________________________________________________________

(egasining nomi va manzili)‎‎

__________________________________________________shu haqdakim, mazkur‎‎

(bozorning nomi)‎‎

Sut________________________________________________________________‎‎

(xom, pasterizatsiya qilingan, qaynatilgan)‎‎

_________________________________________________xoʻjaliqdan olingan
‎‎___________________________________________________________________

‎(‎yuqumli kasalliklar boʻyicha sogʻlomligi)

‎‎Sigirlar quyidagi kasalliklarga tekshirilgan___________________________

‎‎(sana, usul va natija)

Maʼlumotnoma 200__ yil “___”________________ gacha amal qiladi.‎‎
‎‎Veterinariya vrachi (feldsheri)________________________________________

(imzo va toʻliq nomini ‎‎

___________________________________________________________________‎‎

‎‎lavozimi, familiyasi va otasining ismi)

‎‎M.Oʻ.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-ILOVA

3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎VETERINARIYA-SANITARIYA EKSPERTIZA LABORATORIYASIDA
‎SUT VA SUT MAHSULOTLARINI VETERINARIYA-SANITARIYA
‎EKSPERTIZASINI HISOBGA OLISh JURNALI

‎‎___________________bozorida

Ekspertiza №‎ Egasining familiyasi, ismi‎ Egasining manzili‎ Yogʻ, kg‎ Sut‎‎ Smetana‎‎ Qaymoq Slivka‎‎ Tvorog‎‎ Qatiq va boshqa nordon sut va nordon‎
1‎ 2‎ 3‎ 4‎ 5‎ 6‎ 7‎ 8‎ 9‎ 10‎

11‎

12‎

13‎

‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Tekshirish natijalari‎‎

Xulosa va vrach imzosi Izoh
organoleptik baholash kislotalik oʻT zichligi gramm / m3 yogʻliligi % mexanik ifloslanish namlik, quruq qoldiq‎ boshqa tekshirishlar‎
14‎ 15‎ 16‎

17‎

18‎ 19‎ 20‎

21‎

22‎

‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎TURLI HARORATLARDA SUTNING ZIChLIGINI QAYTA HISOBLASh JADVALI

‎‎

‎‏Zichlik Laktodensimetr, darajasi

Sutning harorati, °S‎‎

‎‏‎‏Zichlik Laktodensimetr, darajasi

15‎ 16‎ 17‎ 18‎ 19‎ 20‎ 21‎ 22‎ 23‎ 24‎ 25‎

20°S haroratga oʻtkazilgan zichlik (laktodensimetr darajasida)

1‎ 2‎ 3‎ 4‎ 5‎ 6‎ 7‎ 8‎ 9‎ 10‎ 11‎ 12‎ 13‎
25,0‎ 24,0‎ 24,2‎ 24,4‎ 24,6‎ 24,8‎ 25,0‎ 25,2‎ 25,4‎ 25,6‎ 25,8‎ 26,0‎ 25,0‎
25,5‎ 24,5‎ 24,7‎ 24,9‎ 25,1‎ 25,3‎ 25,5‎ 25,7‎ 25,9‎ 26,1‎ 26,3‎ 26,5‎ 25,5‎
26,0‎ 25,0‎ 25,2‎ 25,4‎ 25,6‎ 25,8‎ 26,0‎ 26,2‎ 26,4‎ 26,6‎ 26,8‎ 27,0‎ 26,0‎
26,5‎ 25,4‎ 25,6‎ 25,8‎ 26,0‎ 26,3‎ 26,5‎ 26,7‎ 26,9‎ 27,1‎ 27,3‎ 27,5‎ 26,5‎
27,0‎ 25,9‎ 26,1‎ 26,3‎ 26,5‎ 26,8‎ 27,0‎ 27,2‎ 27,5‎ 27,7‎ 27,9‎ 28,1‎ 27,0‎
27,5‎ 26,3‎ 26,6‎ 26,8‎ 27,0‎ 27,3‎ 27,5‎ 27,7‎ 28,0‎ 28,2‎ 28,4‎ 29,6‎ 27,5‎
28,0‎ 26,5‎ 27,0‎ 27,3‎ 27,5‎ 27,8‎ 28,0‎ 28,2‎ 28,5‎ 28,7‎ 29,0‎ 29,2‎ 28,0‎
28,5‎ 27,3‎ 27,5‎ 27,8‎ 28,0‎ 28,3‎ 28,5‎ 28,7‎ 29,0‎ 29,2‎ 29,5‎ 29,7‎ 28,5‎
29,0‎ 27,8‎ 28,0‎ 28,3‎ 28,5‎ 28,8‎ 29,0‎ 29,2‎ 29,5‎ 29,7‎ 30,0‎ 30,2‎ 29,0‎
29,5‎ 28,5‎ 28,5‎ 28,8‎ 29,0‎ 29,3‎ 29,5‎ 29,7‎ 30,5‎ 30,2‎ 30,5‎ 30,7‎ 29,5‎
30,0 28,8 29,0 29,3 29,5 29,8 30,0 30,2 30,5 30,7 31,0 31,2 30,0
30,5 29,3 29,5 29,8 30,0 30,3 30,5 30,7 31,0 31,2 31,5 31,7 30,5
31,0 29,8 30,1 30,3 30,5 30,8 31,0 31,2 31,5 31,7 32,0 32,2 31,0
31,5 30,2 30,5 30,7 31,0 31,3 31,5 31,7 32,0 32,2 32,5 32,7 31,5
32,0 30,7 31,0 31,2 31,5 31,8 32,0 32,3 32,5 32,8 33,0 33,3 32,0
32,5 31,5 31,5 31,7 32,0 32,3 32,5 32,8 33,0 33,3 33,5 33,7 32,5
33,0 31,7 32,0 32,2 32,5 32,8 33,0 33,3 33,5 33,8 34,1 34,3 33,0
33,5 32,2 32,5 32,7 33,0 33,3 33,5 33,8 33,9 34,3 34,6 34,7 33,5
34,0 32,7 33,0 33,2 33,5 33,8 34,0 34,3 34,4 34,8 35,1 35,3 34,0
34,5 33,2 33,5 33,7 34,0 34,2 34,5 34,8 34,9 35,3 35,6 35,7 34,5
35,0 33,7 34,0 34,2 34,5 34,7 35,0 35,3 35,5 35,8 36,1 36,3 35,0
35,5 34,2 34,‎4 34,7 35,0 35,2 35,5 35,8 36,0 36,2 36,5 36,7 35,5
36,0 34,7 34,9 35,2 35,6 35,7 36,0 36,2 36,5 36,7 37,0 37,3 36,0