Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining
Qarori
“TOShBOZORTAYYORLOVSAVDO” UYuShMASI TIZIMIDAGI BOZORLAR BALANSIDAGI BARChA AVTOTOʻXTASh JOYLARIDA “KOʻRSATILAYOTGAN XIZMAT UChUN” UNDIRILADIGAN TOʻLOVLARNING YaNGI MIQDORLARI TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2021-yil 4-iyundagi 390/41-6-sonli “Toshkent shahar mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ tusdagi qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2008-yil 26-dekabrdagi “Toshkent shahridagi bozorlarida savdo qiluvchi shaxslardan undiriladigan bir marotabalik kundalik joy va xizmat haqi toʻlovlarining yangi miqdorlarini joriy etish toʻgʻrisida”gi 162/3-18-sonli qarorining 2-bandida berilgan topshiriqning ijrosini taʼminlash maqsadida, “Toshbozortayyorlovsavdo” uyushmasi tizimidagi bozorlar balansidagi barcha avtotoʻxtash joylarining har bir kirish va chiqish joyiga soatbay ishlaydigan elektron shlagbaumlar oʻrnatilishini inobatga olib, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddasiga asosan xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi qaror qiladi:
1. 2010-yil 1-yanvardan boshlab, “Toshbozortayyorlovsavdo” uyushmasi tizimidagi bozorlar balansidagi barcha avtotoʻxtash joylarida “koʻrsatilayotgan xizmat uchun” undiriladigan toʻlovlarning yangi miqdorlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin va joriy etilsin:
2. Savdo, xizmat koʻrsatish sohasi va xalq isteʼmol mollari ishlab chiqarish departamenti va “Toshbozortayyorlovsavdo” uyushmasi bozorlar maʼmuriyatiga birgalikda avtotoʻxtash joylarida koʻrsatiladigan xizmatlar uchun undiriladigan toʻlovlarning yangi miqdorlarini joriy etish boʻyicha belgilangan tartibda zarur tashkiliy choralar koʻrish topshirilsin.
3. Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2008-yil 26-dekabrdagi Toshkent shahar hududidagi bozorlarda savdo qiluvchi shaxslardan undiriladngan bir marotabalik kundalik joy va xizmat haqi toʻlovlarining yangi miqdorlarini joriy etish toʻgʻrisida”gi 162/3-18-sonli qarorining 4-ilovasi 7-bandi 2010-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. “Toshbozortayyorlovsavdo” uyushmasi tizimidagi bozorlar balansidagi barcha avtotoʻxtash joylarida “koʻrsatilayotgan xizmat uchun” undiriladigan toʻlovlarning miqdorlari 2010-yil 1-yanvardan boshlab eng kam oylik ish haqi miqdorining oʻzgarishiga qarab mutanosib ravishda oʻzgarib borishi belgilab qoʻyilsin.
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilgan Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining mahalliy budjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi zimmasiga yuklatilsin.
Xalq deputatlari shahar Kengashining raisi A. TOʻXTAYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 7-noyabr,
200/3-23-son
Xalq deputatlari shahar Kengashining 2009-yil 7-noyabrdagi 200/3-23-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
“Toshbozortayyorlovsavdo” uyushmasi tizimidagi bozorlar balansidagi avtotoʻxtash joylarida “koʻrsatilayotgan xizmat uchun” undiriladigan toʻlovlari
miqdori
|
Koʻrsatiladigan xizmatlar turi |
Olinadigan toʻlov miqdori (soʻm xisobida) |
| 1 .Avtomashinalar toʻxtaydigan joyda turish uchun har bir avtomashinadan: | |
| yengil avtomobillar uchun: | |
| a) 1 soatgacha | 500 |
| b) 2 soatgacha | 1000 |
| s) 3 soatgacha | 1500 |
| d) 4 soatgacha | 2000 |
| e) 4 soat va undan ortiq vaqt uchun: | 2500 |
| yuk avtomobillar uchun: | |
| a) 1 soatgacha | 1000 |
| b) 2 soatgacha | 1500 |
| s) 3 soatgacha | 2000 |
| d) 4 soatgacha | 2500 |
| e) 4 soat va undan ortiq vaqt uchun: | 3500 |
| avtobuslar uchun: | |
| a) 1 soatgacha | 2000 |
| b) 2 soatgacha | 3000 |
| s) 3 soatgacha | 4000 |
| d) 4 soatgacha | 8000 |
| e) 4 soat va undan ortiq vakt uchun: | 12000 |