24.08.2009 yildagi 177-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
HAJ MAVSUMIDA YaNGI A(N1N1) GRIPPINING VILOYaT HUDUDIGA KIRIB KELIShI VA TARQALIShINING OLDINI OLIShGA QARATILGAN ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tarqatayotgan maʼlumotlarga koʻra, yangi A(N1N1) grippi Shimoliy va Janubiy Amerika, Evropa, Avstraliya hamda Osiyodagi 150 dan ortiq mamlakatlarda qayd etilgan. Mazkur kasallikka chalingan bemorlar soni qariyb 200 ming nafarga yaqinlashib, ular orasida oʻlim holatlari qayd etilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi gripp boʻyicha vujudga kelgan vaziyat Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya, deb eʼlon qilindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jahonda epidemik vaziyatning murakkablashganligi, yangi A(N1N1) grippining chetdan viloyat xududiga kirib kelishi xavfi mavjudligini, xususan, Saudiya Arabistonida 595 nafar kishida mazkur virus aniqlanganligini inobatga olgan holda viloyat aholisi, Haj mavsumiga ziyoratchilar sogʻligʻini muhofaza qilish hamda mazkur kasallik tarqalishining oldini olish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 6-avgust “Haj mavsumida yangi A(N1N1) grippining respublika hududiga kirib kelishi va tarqalishining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Haj mavsumini yangi A(N1N1) grippining viloyat hududiga kirib kelishi va tarqalishining oldini olish boʻyicha komissiya tarkibi 1-ilovaga, tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shahar va tuman hokimlari raisligida, tegishli boshqarma va korxonalarning boʻlinmalari rahbarlaridan iborat hududiy komissiyalar tuzilishi belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Komissiyaga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli boshqarma va tashkilotlar bilan birgaliqda turli yuqumli kasalliklar, xususan yangi A(N1N1) grippining chetdan kirib kelishi va tarqalishining oldini olish boʻyicha Haj mavsumida amalga oshiriladigan tadbirlarni muvofiqlashtirish hamda ularning oʻz vaqtida, toʻlaqonli bajarilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
haj mavsumida yangi A(N1N1) grippining viloyat hududiga kirib kelishi va tarqalishining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash vazifasi topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Viloyat Sogʻliqni saqlash boshqarmasi (A. Axmedov)ga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ziyoratchilarni safarga ketishdan oldin, Haj mavsumida va viloyatga kelgan vaqtida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish, tibbiy xizmat koʻrsatish, turli yuqumli kasalliklar, jumladan yangi A(N1N1) grippi kasalligiga qarshi zarur profilaktik choralarni koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Haj mavsumida yangi A(N1N1) grippining viloyat hududiga kirib kelishi va tarqalishining oldini olish boʻyicha tegishli targʻibot-tashviqot materiallarini tayyorlash va mazkur yoʻnalishdagi ishlarni yuqori saviyada tashkil etish vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston musulmonlar idorasining ziyoratchilar uchun zarur boʻlgan yangi A(N1N1) grippining oldini oluvchi dori-darmonlar, dezinfeksiyalovchi va profilaktik vositalarni xarid qilishga sarflanadigan xarajatlarning idora tomonidan qoplanishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Viloyat Imom xatibi (Q. Tursunov), shahar va tuman hokimliklari bilan birgalikda Haj mavsumida guruh rahbarlari va ziyoratchilar bilan oʻtkaziladigan mashgʻulotlarda yangi A(N1N1) grippi virusidan saqlanish boʻyicha tushuntirish va targʻibot-tashviqot ishlarini amalga oshirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Toshkent xaqiqati” va “Tashkentskaya pravda” gazetalari muharririyati (U. Abdushoxidov)ga yuqumli kasalliklar, jumladan yangi A(N1N1) grippining chetdan kirib kelishi hamda tarqalishining oldini olish boʻyicha viloyat roʻznomalarida chop etilishi tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish viloyat hokimining oʻrinbosari S. Abdullayev zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim R. XOLMATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 24-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
177-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat hokimining 2009-yil 24-avgustdagi 177-sonli qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Haj mavsumini yangi A(N1N1) grippining viloyat hududiga kirib kelishi va tarqalishining oldini olish boʻyicha komissiya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.‎ S. Abdullayev‎ — Viloyat hokimining oʻrinbosari, komissiya raisi‎
2‎. A. Axmedov‎ — Viloyat Sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi, komissiya raisining oʻrinbosari ‎
3‎. Q. Tursunov‎ — Viloyat Imom xatibi, komissiya raisi oʻrinbosari‎
4‎. B. Almatov‎ — Viloyat Sanitariya va epidemiologiya nazorati markazi rahbari ‎
5‎. S. Qurbonqulov‎ — Viloyat hokimining Maʼnaviy va marifiy masalalar boʻyicha yordamchisi ‎
6‎. Y. Yoqubxonov‎ — Viloyat Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo boshqarmasi boshligʻi v.b. ‎
7‎. R. Ashirmatov‎ — Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari ‎
8‎. S. Gʻulomov‎ — Viloyat Davlat bojxona boshqarmasi boshligʻi‎
9‎. B. Baratov‎ — Viloyat Favqulotda vaziyatlar boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari ‎
10‎. R. Sheraliyev‎ — “Mahalla” hayriya jamgʻarmasi viloyat boʻlimi boshligʻi‎
11‎. Lavozimiga koʻra‎ — Viloyat “Dori-darmon” birlashmasi rahbari‎
12‎. Lavozimiga koʻra‎ — Shahar va tuman hokimlari‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat hokimining 2009-yil 24-avgustdagi 177-sonli qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Haj mavsumida yangi A(N1N1) grippining viloyat hududiga kirib kelishi va tarqalishining oldini olish chora-tadbirlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
REJASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
№‎ Tadbirlar nomi‎ Bajarish muddati‎ Bajarishga maʼsul boshqarma va tashkilotlar‎

I. Tashkiliy-amaliy ishlar‎‎

1‎. Ziyoratchilar orasida sogʻlom epidemiologik holatni taʼminlash uchun zarur dori-darmonlar, dezinfeksiyalovchi va profilaktik vositalar roʻyxatini tayyorlash, Oʻzbekiston musulmonlar idorasiga taqdim etish.‎ 2009-yil avgust‎ Viloyat Sogʻliqni saqlash boshqarmasi, shahar va tuman hokimliklari‎
2.‎ Yangi A(N1N1) grippiga qarshi tegishli dori-darmonlar va dezinfeksiyalovchi moddalar zahirasini yaratish ishlarini amalga oshirish.‎ 2009-yil sentyabr‎ Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasining viloyat vakilligi, Sogʻliqni saqlash boshqarmasi‎
3‎. Ziyoratchilarga tibbiiy xizmat koʻrsatuvchi shifokorlar guruhini xamda tegishli aeroportlardagi sanitariya nazorati punktlari va yetarli darajada elektron yoki simobli termometrlar bilan taʼminlash‎ 2009-yil sentyabr‎ Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasining viloyat vakilligi, Sogʻliqni saqlash boshqarmasi‎
4‎. Ziyoratchilarni kuzatib boruvchi tibbiy xodimlarni yangi A(N1N1) grippining profilaktikasi, tashxisi va davolash usullari boʻyicha bilim va malakasini oshirshga qaratilgan oʻquv-seminarlar tashkil etish‎ 2009-yil oktyabr‎ Viloyat Sogʻliqni saqlash boshqarmasi, shahar va tuman hokimliklari‎
5‎. Ziyoratchilarda shaxsiy ximoya vositalari (respiratorlar va doka niqoblar) boʻlishi va ulardan toʻgʻri foydalanishlari ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatish‎ Haj mavsumi‎ Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlaridorasining viloyat vakilligi, Sogʻliqni saqlash boshqarmasi‎
II. Davolash va profilaktika tadbirlari‎‎
6.‎ Jahon Sogʻliqni saqlash tashkilotining tavsiyalari va qabul qiluvchi davlatning konunchiligiga muvofiq Saudiya Arabistoniga borishga tibbiy moneʼligi boʻlmagan ziyoratchilarni dastlabki tibbiy koʻrikdan oʻtkazish‎ 2009-yil avgust oyidan boshlab maxsus ishlab chiqilgan jadval asosida‎ Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasining viloyat vakilligi, Sogʻliqni saqlash boshqarmasi‎
7‎. Ziyoratchilar orasida immuniteti zaif (surunkali kasalliklari bilan ogʻrigan, qandli diabet, yurak, buyrak, jigar kasalliklari va hakozo) shaxslarni aniqlash xamda Haj safari davomida ularni maxsus nazorat ostiga olish‎ 2009-yil Tibbiy koʻrik va Haj mavsumi davomida‎ Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasining viloyat vakilligi, Sogʻliqni saqlash boshqarmasi‎
8‎. Haj safariga boruvchilar va ularni kuzatib boruvchi shaxslarning kamida 50 foizini davolashga etadigan grippga qarshi (Tamiflyu yoki Relenza) dori vositalari zaxirasini yaratish‎ 2009-yil sentyabr‎ Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasining viloyat vakilligi, Sogʻliqni saqlash boshqarmasi‎
9‎. Barcha Haj safariga boruvchi ziyoratchilar va ularni kuzatib boruvchilarni mavsumiy grippga karshi emlashni taʼminlash.‎ 2009-yil sentyabr-oktyabr‎ Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasining viloyat vakilligi. Sogʻliqni saqlash boshqarmasi, shahar va tuman hokimliklari‎
10.‎ Haj mavsumida kasallikka chalinganlarga sifatli tibbiy yordam koʻrsatilishini taʼminlashga koʻmaklashish‎ Haj mavsumi davomida‎ Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasining viloyat vakilligi‎
11.‎ Hajdan qaytayotgan ziyoratchilar orasida yuqumli kasalikka chalinishda shubxa qilingan shaxslarni joylashtirish uchun shifoxona oʻrinlarini hozirlash‎ 2009-yil noyabr‎ Viloyat Sogʻliqni saqlash boshqarmasi, shahar va tuman hokimliklari‎
12‎. Saudiya Arabistonidan qaytayotgan ziyoratchilar kutib olinadigan aeroportlarda ularni sanitariya nazorati punktida tibbiy kurikdan oʻtkazish, termometriya va zarur hollarda maxsus laboratoriya tekshiruvlarini tashkil etish ‎ 2009-yil noyabr-dekabr‎ Viloyat Sogʻliqni saqlash boshqarmasi‎
III. Targʻibot va tashvikot ishlari‎‎
13.‎ Tibbiyot xodimlari uchun yangi A(N1N1) grippi virusi bilan kasallanishni oldini olish, davolash yuzasidan maxsus yoʻriqnoma ishlab chiqish‎ 2009-yil avgust ‎ Viloyat Sogʻliqni saqlash boshqarmasi, shahar va tuman hokimliklari‎
14.‎ Haj safariga borayetgan har ziyoratchini A(N1N1) grippi hakidagi maʼlumotlar xamda undan himoyalanish borasida amalkilinishi zarur boʻlgan talablar aks etgan eslatmalar bilan taʼminlash‎ 2009-yil avgust ‎ Viloyat Sogʻliqni saqlash boshqarmasi‎
15.‎ Respublika davolash - profilaktika muassasalarining malakali mutaxasislarini jalb etgan holda joylarda ziyoratga boradigan fuqoarolar bilan targʻibot-tashviqot ishlarini xamda mavzuga oid seminar-treninglar tashkil etish‎ 2009-yil sentyabr-oktyabr ‎ Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasining viloyat vakilligi. Sogʻliqni saqlash boshqarmasi, shahar va tuman hokimliklari‎