Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 06.08.2009 yildagi 223-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
HAJ MAVSUMIDA YaNGI A(H1N1) GRIPPINING RESPUBLIKA HUDUDIGA KIRIB KELIShI VA TARQALIShINING OLDINI OLIShGA QARATILGAN ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tarqatayotgan maʼlumotlarga koʻra, yangi A(H1N1) grippi Shimoliy va Janubiy Amerika, Yevropa, Avstraliya hamda Osiyodagi 150 dan ortiq mamlakatlarda qayd etilgan. Mazkur kasallikka chalingan bemorlar soni qariyb 200 ming nafarga yaqinlashib, ular orasida oʻlim holatlari qayd etilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi gripp boʻyicha vujudga kelgan vaziyat Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya, deb eʼlon qilindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jahonda epidemik vaziyatning murakkablashganligi, yangi A(H1N1) grippining chetdan respublikamizga kirib kelishi xavfi mavjudligini, xususan, Saudiya Arabistonida 595 nafar kishida mazkur virus aniqlanganligini inobatga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi aholisi, Haj mavsumida ziyoratchilar sogʻligʻini muhofaza qilish hamda mazkur kasallik tarqalishining oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Haj mavsumida yangi A(H1N1) grippining respublika hududiga kirib kelishi va tarqalishining oldini olish boʻyicha komissiya tarkibi 1-ilovaga, tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari raisligida tegishli vazirliklar hamda idoralarning tarkibiy boʻlinmalari vakillaridan iborat tarkibda hududiy komissiyalar tuzilishi belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Komissiyaga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda turli yuqumli kasalliklar, xususan yangi A (H1N1) grippining chetdan kirib kelishi va tarqalishining oldini olish boʻyicha haj mavsumida amalga oshiriladigan tadbirlarni muvofiqlashtirish hamda ularning oʻz vaqtida, toʻlaqonli bajarilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
haj mavsumida yangi A (H1N1) grippining respublika hududiga kirib kelishi va tarqalishining oldini olishga qaratilgan zarur chora-tadbirlarni belgilash vazifasi topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ziyoratchilarni safarga ketishdan oldin, Haj mavsumida va respublikaga kelgan vaqtida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish, tibbiy xizmat koʻrsatish, turli yuqumli kasalliklar, jumladan yangi A (H1N1) grippi kasalligiga qarshi zarur profilaktik choralarni koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Haj mavsumida yangi A(H1N1) grippining respublika hududiga kirib kelishi va tarqalishining oldini olish boʻyicha tegishli targʻibot-tashviqot materiallarini tayyorlash va mazkur yoʻnalishdagi ishlarni yuqori saviyada tashkil etish vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Saudiya Arabistonidagi epidemiologik vaziyat haqida tegishli vazirliklar va idoralar bilan oʻzaro axborot almashinuvini taʼminlash yuzasidan zarur chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita Oʻzbekiston musulmonlar idorasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda Haj mavsumida guruh rahbarlari va ziyoratchilar bilan oʻtkaziladigan mashgʻulotlarda yangi A(H1N1) grippi virusidan saqlanish boʻyicha tushuntirish va targʻibot-tashviqot ishlarini amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston musulmonlari idorasining ziyoratchilar uchun zarur boʻlgan yangi A(H1N1) grippining oldini oluvchi dori-darmonlar, dezinfeksiyalovchi va profilaktik vositalarni xarid qilishga sarflanadigan xarajatlarning idora tomonidan qoplanishi toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi ziyoratchilar kuzatiladigan va kutib olinadigan aeroportlarning sanitariya- nazorat punktlarida zarur shart-sharoitlarni yaratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va Oʻzbekiston Milliy axborot agentligiga yuqumli kasalliklar, jumladan yangi A (H1N1) grippining chetdan kirib kelishi hamda tarqalishining oldini olish boʻyicha reja asosida mutaxassislarning ommaviy axborot vositalarida muntazam chiqishlarini uyushtirib borishi tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.Qosimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 6-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
223-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 6-avgustdagi 223-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Haj mavsumida yangi A(H1N1) grippining respublika hududiga kirib kelishi va tarqalishining oldini olish boʻyicha komissiya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.‎ Ikramov A.I.‎ —‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri, komissiya raisi‎
2.‎ Yusupov O.O.‎ —‎‎ Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi vazifasini bajaruvchi, komissiya raisi oʻrinbosari‎
3.‎ Niyazmatov B.I.‎ —‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari, davlat bosh sanitariya vrachi, komissiya raisi oʻrinbosari‎
4.‎ Karomatov H.S.‎ —‎ Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari‎
5.‎ Qoʻldoshev A.X.‎ —‎ Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari‎
6.‎ Abdulazizov X.M.‎ —‎ Favqulodda vaziyatlar vaziri oʻrinbosari‎
7.‎ Ahmedov A.A.‎ —‎ “Mahalla” jamgʻarmasi raisi
8.‎ Nosirov S.X.‎ —‎ Davlat bojxona qoʻmitasi raisi‎
9.‎ Palvonov E.M.‎ —‎ “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi bosh direktorining birinchi oʻrinbosari‎
10.‎ Musabayev E.I.‎ —‎ Respublika virusologiya ilmiy-tekshirish instituti direktori‎
11.‎ Rahimov R.A.‎ —‎ Respublika gripp markazi direktori‎
12.‎ Solihboyeva U.S.‎ —‎ “Dori-darmon” kompaniyasi raisi‎
13.‎ Alimov M.A.‎ —‎ “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi davlat sanitariya-epidemiologiya markazi bosh vrachi‎
14.‎ Alimov U.T.‎ —‎ Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy‎
15.‎ ‎‎Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 6-avgustdagi 223-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Haj mavsumida yangi A (H1N1) grippining respublika hududiga kirib kelishi va tarqalishining oldini olish chora-tadbirlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
REJASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Tadbirlar nomi‎

Bajarish muddati‎ Bajarishga masʼul vazirliklar va idoralar‎
I. Tashkiliy-amaliy ishlar
1.‎

Ziyoratchilar orasida sogʻlom epidemiologik holatni taʼminlash uchun zarur dori-darmonlar, dezinfeksiyalovchi va profilaktik vositalar roʻyxatini tayyorlash, Oʻzbekiston musulmonlari idorasiga taqdim etish‎

2009-avgust‎ Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari‎
2.‎ Yangi A (H1N1) grippiga qarshi tegishli dori-darmonlar va dezinfeksiyalovchi moddalar zaxirasini yaratish ishlarini amalga oshirish‎ 2009-yil sentyabr‎ Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi‎
3.‎ Ziyoratchilarga tibbiy xizmat koʻrsatuvchi shifokorlar guruhini hamda tegishli aeroportlardagi sanitariya nazorati punktlarini yetarli darajada elektron yoki simobli termometrlar bilan taʼminlash‎ 2009-yil sentyabr‎ Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi‎
4.‎ Ziyoratchilarni kuzatib boruvchi tibbiy xodimlarning yangi A (H1N1) grippining profilaktikasi, tashxisi va davolash usullari boʻyicha bilim va malakasini oshirishga qaratilgan oʻquv-seminarlar tashkil et�sh‎ 2009-yil oktyabr‎ Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari‎
5.‎ Ziyoratchilarda shaxsiy himoya vositalari (respiratorlar va doka-niqoblar) boʻlishi va ulardan toʻgʻri foydalanishlari ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatish‎ Haj mavsumi davomida‎ Oʻzbekiston musulmonlari idorasi‎, Sogʻliqni saqlash vazirligi
6.‎ Ziyoratchilarning salomatligi toʻgʻrisida maʼlumotlar olish uchun kuzatib boruvchilar bilan diplomatik korpuslar orqali kundalik tezkor aloqani yoʻlga qoʻyish‎ Haj mavsumi davomida‎ Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi‎
II. Davolash va profilaktika tadbirlari
7.‎

Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining tavsiyalari va qabul qiluvchi davlatning qonunchiligiga muvofiq Saudiya Arabistoniga borishga tibbiy moneʼligi boʻlmagan ziyoratchilarni dastlabki tibbiy koʻrikdan oʻtkazish‎

2009-yil avgust oyidan boshlab maxsus ishlab chiqilgan jadval asosida‎ Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi‎
8.‎

Ziyoratchilar orasida immuniteti zaif (surunkali kasalliklar bilan ogʻrigan, qandli diabet, yurak, buyrak, jigar kasalliklari va hokazo) shaxslarni aniqlash hamda Haj safari davomida ularni maxsus nazorat ostiga olish‎

2009-yil Tibbiy koʻrik va Haj mavsumi davomida‎ Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari‎
9.‎ Haj safariga boruvchilar va ularni kuzatib boruvchi shaxslarning kamida 50 foizini davolashga yetadigan grippga qarshi (Tamiflyu yoki Relenza) dori vositalari zaxirasini yaratish‎ 2009-yil sentyabr‎ Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari‎
10.‎ Barcha Haj safariga boruvchi ziyoratchilar va ularni kuzatib boruvchilarni mavsumiy grippga qarshi emlashni taʼminlash‎ 2009-yil sentyabr-oktyabr‎ Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari‎
11.‎ Haj mavsumida kasallikka chalinganlarga sifatli tibbiy yordam koʻrsatilishini taʼminlashga koʻmaklashish‎ Haj mavsumi davomida‎ Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi‎
12.‎ Hajdan qaytayotgan ziyoratchilar orasida yuqumli kasallikka chalinishda shubha qilingan shaxslarni joylashtirish uchun shifoxona oʻrinlarini hozirlash‎ 2009-yil noyabr‎ Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari‎
13.‎ Haj mavsumida Saudiya Arabistonida oʻzbekistonlik fuqarolar joylashgan mehmonxona va palata shaharchasida epidemiologik holat boʻyicha doimiy nazoratni yoʻlga qoʻyish‎ Haj mavsumi davomida‎ Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi‎
14.‎ Ziyoratchilarga tibbiy xizmat koʻrsatuvchi shifokorlar guruhi tomonidan ziyoratchilar sogʻligʻini kundalik tarzda kuzatib borish va ular orasida profilatik tadbirlar doimiy tartibda amalga oshirilishini tashkil etish‎ Haj mavsumi davomida‎ Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari‎
15.‎ Saudiya Arabistonidan qaytayotgan ziyoratchilar kutib olinadigan aeroportlarda ularni sanitariya nazorati punktida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish, termometriya va zarur hollarda maxsus laboratoriya tekshiruvlarini tashkil etish‎ 2009-yil noyabr-dekabr‎ Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi‎
III. Targʻibot va tashviqot ishlari
16.‎ Tibbiyot xodimlari uchun yangi A(H1N1) grippi virusi bilan kasallanishning oldini olish, davolash yuzasidan maxsus yoʻriqnoma ishlab chiqish‎ 2009-yil avgust‎ Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari‎
17.‎ Haj safariga borayotgan har bir ziyoratchini yangi A(H1N1)grippi haqidagi maʼlumotlar hamda undan himoyalanish borasida amal qilinishi zarur boʻlgan talablar aks etgan eslatmalar bilan taʼminlash‎ 2009-yil avgust‎ Sogʻliqni saqlash vazirligi‎
18.‎ Respublika davolash-profilaktika muassasalari-ning malakali mutaxassislarini jalb etgan holda joylarda ziyoratga boradigan fuqarolar bilan targʻibot-tashviqot ishlarini hamda mavzuga oid seminar-treninglar tash�il etish‎ 2009-yil sentyabr-oktyabr‎ Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari‎
19.‎ Barcha turdagi ommaviy axborot vositalari orqali yangiA(H1N1) grippi, uning klinik belgilari, diagnostikasi, davolash usullari hamda muhofazasiga bagʻishlangan tushuntirish va targʻibot-tashviqot ishlarini tashkil etish‎ Doimiy‎ Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi‎
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 32-33-son, 361-modda)