07.12.2011 yildagi 242-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat hududidagi transport vositalarining majburiy texnik koʻrigini tashkil etish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomini tasdiqlash haqida”gi 54-sonli qaror ijrosini taʼminlash hamda viloyat hududidagi transport vositalarining majburiy texnik koʻrigini tashkil etish maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Toshkent viloyati hududida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasining joylardagi boʻlim va boʻlinmalari tomonidan transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish ishlarini amalga oshirish tashkillashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilishida quyidagi davriylikka rioya etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tijorat asosida yoʻlovchilar tashish uchun foydalaniladigan yengil avtomobillar, avtobuslar va oʻtiriladigan joylar soni 8 ta va undan ortiq boʻlgan (haydovchilarning oʻrnidan tashqari) avtomobillar, odamlarni muntazam tashish uchun jihozlangan yuk avtomobillari, yirik gabaritli, ogʻir vaznli va xavfli yuklarni tashish uchun maxsus transport vositalari va ularga tirkamalar — 1 yilda 2-marta, shundan birinchisi 2012-yil 1-martdan 30-iyungacha, ikkinchisi 1-sentabrdan 31-oktabrgacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ishlab chiqarilganligiga besh yildan koʻp boʻlmagan (ishlab chiqarilgan yili ham shu jumlaga kiradi) transport vositalari (mazkur bandning “a” kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalardan tashqari) — ikki yilda bir marta;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) ishlab chiqarilgan yilini hisobga olgan holda ishlab chiqarilganligiga besh yildan ortiq boʻlgan, shuningdek ishlab chiqarilgan vaqti aniqlanmagan transport vositalari (mazkur bandning “a” kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalardan tashqari) — bir yilda bir marta;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) tirkamalar koʻrikka transport-vositasi-shatakchisi uchun belgilangan muddatlarda takdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatida roʻyxatdan oʻtkazilgan kundan boshlab ulardan foydalanishning birinchi yili mobaynida transport vositalari texnik koʻrikdan oʻtkazilmaydi (mazkur bandning “a” kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalar bundan mustasno).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslarga qarashli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi 2012-yilda 1-martdan 30-iyunga qadar, jismoniy shaxslarga qarashli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi 1-yanvardan 31-avgustga qadar oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi (A.Mullajonov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasining shahar va tuman boʻlim, boʻlinmalari bilan birgalikda 2012-yilning 1-fevral kunigacha yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish jadvalini ishlab chiqsin va tuman, shahar hokimliklariga taqdim etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik koʻrik jadvaliga transport vositalari roʻyxatga olingan yuridik va jismoniy shaxslar, ularga tegishli transport vositalari soni va majburiy texnik koʻrik oʻtkazish muddati kiritilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Shahar va tuman hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish yuzasidan tegishli qarorlarni qabul qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yilning 25-yanvar kuniga qadar yoʻllarda harakat xavfsizligini taʼminlash komissiyalari bilan hamkorlikda, yuridik shaxslar rahbarlarini jalb etgan holda transport vositalarini majburiy texnik koʻrikka tayyorlash va uni oʻtkazish chora-tadbirlarini ishlab chiqsin va ularni amalga oshirilishi ustidan nazorat oʻrnatsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish ishlarining samaradorligini oshirish maqsadida yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasining shahar va tuman boʻlim, boʻlinmalari, mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimlari vakillari va yuridik shaxslarning muhandis texnik xodimlaridan iborat ishchi guruhlar tuzsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasining shahar va tuman boʻlim, boʻlinmalari bilan birgalikda faoliyati tugatilgan yuridik shaxslar tasarrufida boʻlgan transport vositalari, tirkamalar, yarim tirkamalarni aniqlash va ularni oʻrnatilgan tartibda hisobdan chiqarish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasining shahar va tuman boʻlim, boʻlinmalari hamda ichki ishlar boʻlimining boshqa xizmat xodimlari va keng jamoatchilik vakillari bilan hamkorlikda jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan avtomototransport vositalarning toʻliq majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 28-fevraldagi “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida yoʻlovchilar tashish xavfsizligini taʼminlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 294-sonli, Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida Avtomobil transportida yoʻlovchilar va bagaj tashish qoidalarini hamda Avtobuslarda yoʻlovchilar tashish xavfsizligini taʼminlashga doir talablarini tasdiqlash haqida” 482-sonli qarorlari ijrosini taʼminlash, yoʻlovchilarga samarali transport xizmati koʻrsatish va ularning xavfsizligini taʼminlash maqsadida viloyatdagi barcha tijorat asosida yoʻlovchi tashish faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslar tasarrufidagi, ishlab chiqarilgan yil 2000-yilgacha boʻlgan avtobus va kichik avtobuslarning (Angren va Olmaliq shaharlari, Piskent, Boʻka hamda Ohangaron tumanlarida mavjud boʻlgan, ishlab chiqarilgan yilidan qatʼi nazar, barcha turdagi avtobus va mikroavtobuslarning) majburiy texnik koʻrigi Olmaliq shahridagi 1-sonli Diagnostika tarmogʻida oʻtkazilishi tashkillashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish jadvali asosida avtobus va kichik avtobuslarni majburiy texnik koʻrikka tayyorlash va taqdim etish yuridik shaxslar rahbarlari hamda jismoniy shaxslar tomonidan taʼminlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Viloyat hokimligining Yoʻlovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish Departamenti (E.Azizov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi va uning joylardagi boʻlim, boʻlinmalari bilan birgalikda transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish ishlarini tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻrnatilgan tartibda majburiy texnik koʻrikdan oʻtmagan avtobus va kichik avtobuslardan foydalanish taqiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Yuridik shaxslar rahbarlari majburiy texnik koʻrik boshlanishidan kamida 10 kun oldin viloyat IIB YHX boshqarmasining roʻyxatlash va imtihon olish boʻlimi hamda tumanlararo roʻyxatlash va imtihon olish boʻlinmalariga (RIB, TRIB) ulardagi mavjud transport vositalari haqidagi dalolatnomani taqqoslash uchun taqdim etsinlar va ularga texnik koʻrik uchun belgilangan toʻlovlarni oʻz vaqtida toʻlashni taʼminlash lozimligi koʻrsatib oʻtilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Agrosugʻurta” Davlat aksiyadorlik kompaniyasining Toshkent viloyati direksiyasi (O.Fayziyev) va viloyat hududida faoliyat koʻrsatayotgan boshqa sugʻurta tashkilotlariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi va uning joylardagi boʻlinmalari bilan hamkorlikda majburiy transport vositasi sugʻurtasi toʻlovlarini undirish choralarini koʻrish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “Toshkent haqiqati” va “Tashkentskaya pravda” gazetalari bosh muharririyati (U.Abdushoxidov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qaror ijrosini toʻliq taʼminlash va uni keng ommaga yetkazish maqsadida ushbu qarorni “Toshkent haqiqati” va “Tashkentskaya pravda” gazetalarida rasman chop etsin va joylardagi hokimliklarning rasmiy nashrlari orqali transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish yuzasidan qabul qilingan qarorlar, majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi va yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash borasidagi maqsadli tadbirlar targʻib qilib borilishini nazoratga olsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qaror rasman eʼlon qilinganidan soʻng oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Viloyat hokimining 2010-yil 30-dekabrdagi “Viloyat hududidagi transport vositalarini majburiy texnik koʻrigini tashkil etish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida”gi 292-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari S. Ilxamov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim R. XOLMATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 7-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
242-son