Toshkent shahar hokimining
Qarori
TOShKENT ShAHRIDAGI DAVLAT KOʻChMAS MULKIDAN FOYDALANGANLIK UChUN 2011 YILDA QOʻLLANILADIGAN IJARA TOʻLOVINING ENG KAM STAVKALARI HAQIDA
Mazkur qaror Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2021-yil 4-iyundagi 390/41-6-sonli “Toshkent shahar mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ tusdagi qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Moliya va Iqtisod vazirliklari bilan kelishilgan 2010-yil 24-dekabrdagi 01/16-18/14, 2-1-7/7-1403 va SB/08-01-32-14/606-sonli ijara toʻlovining eng kam stavkalari Toshkent shahar hokimligining kapital qurilish, kommunal xoʻjaligi, obodonlashtirish sanoat va tadbirkorlik masalalari boʻyicha majmuasi tomonidan oʻrganib chiqilganligini inobatga olib, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 8-apreldagi “davlat mulkini ijaraga berish toʻgʻrisida” gi 102-sonli qarorining 3-bandi va “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 24-moddasiga muvofiq qaror qilaman:
1. Toshkent shahridagi davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun 2011-yilning 1-yanvaridan qoʻllaniladigan ijara toʻlovining eng kam stavkalari 1-ilovaga, ijara haqini hisoblash tartibi 2-ilovaga, ijara haqini hisoblash davlat obyektlariga qoʻshimcha koeffitsiyent qoʻllaniladigan Toshkent shahrining markaziy qatnov koʻchalari roʻyxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. “Toshkent shahar davlat mulkini ijaraga berish markazi” davlat korxonasi (A.A. Akromov): Ijara haqi qiymatini belgilashda 1-ilovada koʻrsatilgan koʻchmas mulk uchun qoʻllaniladigan eng kam stavkalaridan tayanch sifatida foydalanilsin.
2.1 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 24-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi 2011-yil asosiy makroiqtisodiy koʻrsatgichlari va davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-1449-sonli qaroriga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 8-apreldagi 102-sonli “Davlat mulkini ijaraga berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining 3-1 bandiga muvofiq:
Budjet tashkilotlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalar shartlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlariga asosan Davlat mulki hisoblangan bino va inshootlarda joylashgan Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalar doirasida faoliyatini amalga oshirayotgan guruhlar uchun ijara haqi, qonunchilikda koʻrsatilgan holatlardan tashqari, “nol” stavkasi boʻyicha belgilanadi”.
3. Belgilab qoʻyilgan, Davlat mulkini balansida saqlovchilarning mansabdor shaxslari ularning tasarrufida boʻlgan foydalanilayotgan davlat mulki toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “Toshkent shahar davlat mulkini ijaraga berish markazi” davlat korxonasiga oʻz vaqtida, toʻliq va ishonchli berilishi uchun shaxsan javob beradilar.
4. Mazkur qaror Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi sessiyasiga tasdiqlash uchun kiritilsin.
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Toshkent shahar hokimining birinchi oʻrinbosari Z.J. Usmonov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim A. TOʻXTAYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 11-yanvar,
26-son
Toshkent shahar hokimining 2011-yil 11-yanvardagi 26-sonli qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Toshkent shahrida davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun 2011-yilda qoʻllaniladigan ijara toʻlovining eng kam stavkalari
| № | Faoliyat turi kodi (XTUT) | Ijarachilarning faoliyat turi | Bir yillik eng kam stavkasi 1 kv.m/soʻm |
|
Sanoat | |||
| 1. | 13 100 | Kimyo sanoati | 1 900 |
| 2. | 13 300 | Neftkimyo sanoati | 1 900 |
| 3. | 14 100 | Mashinasozlik | 1 746 |
| 4. | 14 200 | Stanoklar yasash va asbobsozlik sanoati | 1 926 |
| 5. | 14 300 | Hisoblash texnika vositalari sanoati | 4 444 |
| 6. | 14 400 | Traktor va qishloq xoʻjaligi mashinasozligi | 1 513 |
| 7. | 14 500 | Qurilish, yoʻl va kommunal mashinasozligi | 1 634 |
| 8. | 14 600 | Yengil, oziq-ovqat sanoati uchun va maishiy asboblar mashinasozligi | 1 326 |
| 9. | 14 710 | Sanitar-texnik va gaz jihozlarini va mahsulotlarini ishlab chiqarish | 1 920 |
| 10. | 14 800 | Metall konstruksiyalari va jihozlarini ishlab chiqarish | 1 926 |
| 11. | 14 900 | Mashina va jihozlarni taʼmirlash | 3 375 |
| 12. | 14 780 | Mashinasozlikning boshqa tarmoqlari | 1 920 |
|
Oʻrmonchilik, yogʻochni qayta ishlash va sellyuloza-qogʻoz sanoati | |||
| 13. | 15 100 | Yogʻoch tayyorlash sanoati | 1 962 |
| 14. | 15 200 | Yogʻochni qayta ishlash sanoati | 1 962 |
| 15. | 15 300 | Sellyuloza-qogʻoz sanoati | 1 962 |
| 16. | 16 100 | Qurilish materiallari soni | 1 728 |
|
Yengil sanoat | |||
| 17. | 17 100 | Toʻqimachilik sanoati | 2 069 |
| 18. | 17 200 | Tikuvchilik sanoati | 2 069 |
| 19. | 17 300 | Teri, moʻyna va poyabzal sanoati | 2 069 |
| 20. | 17 900 | Yengil sanoatning boshqa ishlab chiqarish tarmoqlari | 2 069 |
|
Oziq-ovqat sanoati | |||
| 21. | 18 100 | Oziq-ovqat taʼmi sanoati (baliq, goʻsht, yogʻ-pishloq va sut sanoatidan tashqari) | 2 058 |
| 22. | 18 200 | Goʻsht va sut sanoati | 2 058 |
| 23. | 18 300 | Baliqchilik sanoati | 2 058 |
| 24. | 19 200 | Un-yorma sanoati | 2 033 |
| 25. | 19 220 | Kombikorm sanoati | 1 851 |
| 26. | 19 700 | Oziq-ovqat sanoatining boshqa tarmoqlari | 2 058 |
|
Sanoatning boshqa turlari | |||
| 27. | 19 300 | Tibbiyot asboblari sanoati | 2 046 |
| 28. | 19 400 | Poligrafiya sanoati | 6 818 |
| 29. | 19 740 | Kimyoviy tozalash, boʻyash, kirni va boshqa gazlama mahsulotlarini yuvish va qayta ishlash | 2 046 |
|
Qishloq xoʻjaligi | |||
| 30. | 21 100 | Oʻsimlikshunoslik(jumladan issiqxona xoʻjaligi) 1 ga | 1 303 640 |
| 31. | 21 200 | Chorvachilik | 1 338 |
| 32. | 21 300 | Baliq yetishtirish | 1 338 |
| 33. | 22 200 | Veterinariya xizmati | 4 630 |
|
Transport va aloqa | |||
| 34. | 51 121 | Transport infrastrukturasi (avtopark, taksopark, avtomobillar toʻxtash joyi, garajlar, avtomobillar yuvish shoxobchalari) | 4 796 |
| 35. | 52 100 | Pochta aloqasi | 4 322 |
| 36. | 52 200 | Kuryer aloqasi | 5 865 |
| 37. | 52 300 | Elektro-radio-uyali va peyjing aloqasi | 10 392 |
|
Qurilish va qurilish materiallari | |||
| 38. | 60 000 | Qurilish | 3 396 |
| 39. | 60 000 | Loyiha, loyiha-qidiruv tashkilotlari | 3 601 |
|
Savdo va umumiy ovqatlanish | |||
| 40. | 71 100 | Ulgurji savdo | 7 409 |
| 41. | 71 200 | Chakana savdo | 11 627 |
| 42. | 71 300 | Umumiy ovqatlanish | 8 026 |
| 43. | 71 200 | Kitob doʻkonlari | 1 090 |
| 44. | 71 400 | Madaniy- maishiy maqsadlarda va xoʻjalik maqsadlarida ishlatiladigan buyumlarni ijaraga berish | 8 026 |
| 45. | 71 500 | Xalq isteʼmoli mollari savdosida vositachilik qilish | 8 026 |
| 46. | 80 000 | Moddiy- texnika taʼminoti va savdosi | 8 026 |
| 47. | 82 000 | Informatsion-hisoblash boʻyicha xizmatlar koʻrsatish | 8 129 |
| 48. | 82 100 | Internet va kompyuter tarmogʻi boʻyicha xizmatlar koʻrsatish | 8 540 |
| 49. | 84 300 | Reklama, vakillik koʻrsatish | 6 071 |
| 50. | 84 400 | Auditorlik faoliyati | 7 614 |
| 51. | 84 500 | Marketing tadqiqoti, tijorat, moliya va boshqaruv masalalari boʻyicha maslahat xizmatlari | 6 071 |
| 52. | 87 100 | Tahririyat va nashriyotlar | 4 116 |
| 53. | 87 300 | Metallalom va ikkilamchi xomashyoni yigʻish va tayyorlash | 4 622 |
| 54. | 90 100 | Uy-joy xoʻjaligi (XUJMSh obyektlari) | 4 447 |
| 55. | 90 220 | Mehmonxona xoʻjaligi | 8 232 |
| 56. | 90 300 | Aholiga maishiy xizmat koʻrsatishning | 5 453 |
| 57. | 90 300 | Sartaroshxona, suratxona, modalar atelyesi | 6 976 |
| 58. | 90 300 | Hammomlar | 13 080 |
| 59. | | Saunalar | 26 160 |
|
Sogʻliqni saqlash, jismoniy tarbiya va ijtimoiy taʼminot | |||
| 60. | 91 510 | Sogʻliqni saqlash | 4 630 |
| 61. | 91 600 | Dam olish va turizm | 5 865 |
| 62. | 91 611 | Madaniy koʻngil ochar markazlar | 6 976 |
| 63. | 91 700 | Jismoniy tarbiya va sport | 2 984 |
| 64. | 71 212 | Dorixona muassasalari, optika va tibbiyot jihozlari savdo doʻkonlari | 7 408 |
|
Taʼlim | |||
| 65. | 92 200 | Ishchi va boshqa xizmatchilarni tayyorlash va malakasini oshirish | 5 145 |
| 66. | 92310 | Umumtaʼlim bolalar maktabi (nodavlat taʼlim muassasalari uchun) | 2 264 |
| 67. | | Taʼlim oʻquv muassasalarida umumiy ovqatlanishni tashkillashtirish (oshxona, zal va yordamchi xonalari bilan birga) | 4013 |
| 68. | 92 400 | Maktabgacha taʼlim (nodavlat taʼlim muassasalari uchun) | 2 264 |
| 69. | 93000 | Madaniyat va sanʼat | 10 598 |
| 70. | 93132 | Koʻrgazmalar | 6278 |
| 71. | 93620 | Kinostudiyalar va ovoz yozish studiyalari | 19254 |
| 72. | 95 000 | Ilm-fan va ilm-fan xizmatlari | 3601 |
|
Moliya-kredit faoliyati | |||
| 73. | 96 000 | Moliya, kredit (sugʻurtalash va auditorlik faoliyatidan tashqari) nafaqa taʼminoti | 8129 |
| 74. | 96100 | Bank faoliyati | 12 142 |
|
Faoliyatning boshqa turlari | |||
| 75. | 96200 | Sugʻurtalash | 8129 |
| 76. | 97820 | Advokatlar kollegiyasi va huquqiy maslahatxonalari | 4622 |
| 77. | 98 000 | Jamoat birlashmalari | 2 264 |
| 78. | 80 200 | Omborxonalar | 6 174 |
| 79. | * * | Davlat mulkini davlat tashkilotlariga ofis uchun ijaraga berish | 3 601 |
| 80. | | Mulkni tijorat tashkilotlariga ofis uchun ijaraga berish | 12 862 |
| 81 | | Avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalari | 7 674 |
| 82 | | Yer va tuproq xususiyatlari tadqiqot laboratoriyalari | 3 601 |
*Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 11-noyabrdagi 02/12-57-sonli topshirigʻiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa Bazirligi savdo boshqarmasining tarkibiy boʻlinmalariga yopiq harbiy shaharchalar va uzoq manzillarda joylashgan garnizonlarda davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun qoʻllaniladigan ijara toʻlovining eng kam stavkalari 50 foizga kamaytiriladi.
**Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 24-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatgichlari va davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisidagi PQ-1449-sonli qaroriga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 8-apreldagi 102-sonli “Davlat mulkini ijaraga berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori quyidagi mazmundagi 3-1 bandi bilan toʻldirilgan:
Budjet tashkilotlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalar shartlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlariga asosan Davlat mulki hisoblangan bino va inshootlarda joylashgan Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalar doirasida faoliyatini amalga oshirayotgan xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari, qoʻshma loyihalarni amalga oshirayotgan guruhlar uchun ijara haqi, qonunchilikda koʻrsatilgan hujjatlardan tashqari, nol stavkasi boʻyicha belgilanadi.
Toshkent shahar Davlat mulkini ijaraga berish markazi direktori A.A. AKRAMOV
Toshkent shahar hokimining 2011-yil 11-yanvardagi 26-sonli qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Ijara haqini hisoblash
tartibi
Ijara haqi stavkalariga qoʻllaniladigan oshiruvchi koeffitsiyentlar:
1. Hududiy zonalar koeffitsiyenti — Kz. (Toshkent shahar hokimining 2010-yil 25-yanvardagi 41-sonli qarorida belgilangan chegaralarga asosan)
| 1-zona —1.0 | 6- zona — 2.66 | 11- zona — 3.73 |
| 2- zona — 1.22 | 7- zona — 2.80 | 12- zona — 3.93 |
| 3- zona — 1.73 | 8- zona — 2.95 | 13- zona — 4.11 |
| 4- zona — 1.88 | 9- zona — 3.24 | 14- zona — 4.37 |
| 5- zona — 2.12 | 10- zona — 3.49 | |
2. Binoning joylashuvi va qurilish turiga koʻra qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar:
2.1 Binoning qurilish turi boʻyicha (Kq):
alohida turgan bino — 1.0
binoning ichki qismida joylashgan va taqab qurilgan — 0,8
yarim yertoʻla, yertoʻla — 0.6
cherdak, bolxona — 0.5
2.2. Tutashgan hududdan foydalanish koeffitsiyenti (Kh):
yer maydoni mavjud boʻlganda — 0.3
2.3. Tijorat maqsadida foydalanishda qulayligi (Kt):
metpo stansiyasidan 200 metr radius atrofida — 0.7
asosiy qatnov koʻchalarida joylashgani — 0.6 (3-ilovaga muvofiq)
ikkinchi darajali qatnov koʻchalarida joylashgan — 0.5
Binolar va inshootlar boʻyicha ijara toʻlovini (ijara toʻlovining tayanch stavkasi) hisoblab chiqishi quyidagi tarzda aniqlanadi:
Ts = Es x Kz x (Kq + Kh + Ko)
bunda: Ts — bir yilga 1 kv.m uchun ijara toʻlovining tayanch stavkasi;
Es — 1-ilovaga muvofiq korxonaning faoliyat turiga koʻra bir yilga l kv.m uchun eng kam stavka.
Toshkent shahar hokimligi Binolardan foydalanish departamenti tasarrufidagi obyektlar boʻyicha Departament va ijarachi oʻrtasida tuziladigan ikki tomonlama shartnomalarda, maʼmuriy binolar fondini taʼmirlash uchun, ijara toʻlovidan qoʻshimcha 30 foiz miqdorida toʻlovlar kiritiladi.
Toshkent shahar Davlat mulkini ijaraga berish markazi direktori A.A. AKRAMOV
Toshkent shahar hokimining 2011-yil 11-yanvardagi 26-sonli qaroriga
3-ILOVA
3-ILOVA
Toshkent shahridagi markaziy koʻchalar
roʻyxati
| Katta Xirmontepa koʻchasi | Kichik halqa yoʻli koʻchasi | Sodiq Azimov koʻchasi |
| A.Xoʻjayev koʻchasi | Qorasaroy koʻchasi | Beshyogʻoch koʻchasi |
| Abdurauf Fitrat koʻchasi | Qorasuv koʻchasi | Talabalar koʻchasi |
| Amir Temur shoh koʻchasi | Lokomotiv koʻchasi | Taraqqiyot koʻchasi |
| Asaka koʻchasi | Lutfiy koʻchasi | Taras Shevchenko koʻchasi |
| Afrosiyob koʻchasi | Mannon Uygʻur koʻchasi | Temur Malik koʻchasi |
| Ahmad Donish koʻchasi | Mirzo Ulugʻbek koʻchasi | Turkiston koʻchasi |
| Aeroport hududi | Muhammad Yusuf koʻchasi | Oʻzbekiston shoh koʻchasi |
| Olmazor koʻchasi | Matbuotchilar koʻchasi | Shayxontohur koʻchasi |
| Beruniy koʻchasi | Yangi Yunusobod koʻchasi | Usta Shirin koʻchasi |
| Shimoliy Olmazor koʻchasi | Mirza Haydar koʻchasi | Shoʻrtepa koʻchasi |
| Bobur koʻchasi | Mirobod koʻchasi | Fargʻona yoʻli koʻchasi |
| Bogʻishamol koʻchasi | Muqimiy koʻchasi | Forobiy koʻchasi |
| Bodomzor yoʻli koʻchasi | Yangishahar koʻchasi | Farhod koʻchasi |
| Bunyodkor shoh koʻchasi | Mustaqillik maydoni | Furqat koʻchasi |
| Buxoro koʻchasi | Mustaqillik shox koʻchasi | Xurshid koʻchasi |
| Buyuk ipak yoʻli koʻchasi | Muxtor Ashrafiy koʻchasi | A.Chexov koʻchasi |
| Buyuk Turon koʻchasi | Navoiy koʻchasi | Chilonzor koʻchasi |
| Gavhar koʻchasi | Nazarbek koʻchasi | Chimkent yoʻli |
| Iftixor koʻchasi | Nukus koʻchasi | Choshtepa koʻchasi |
| Sebzor koʻchasi | Oybek koʻchasi | Choʻponota koʻchasi |
| Darxon koʻchasi | Oqqoʻrgʻon koʻchasi | Rashidov koʻchasi |
| Zargarlik koʻchasi � | Oqtepa maydoni | Shastri koʻchasi |
| Zarqaynar koʻchasi | Osiyo koʻchasi | Shahrisabz koʻchasi |
| Beshqayragʻoch koʻchasi | Otaturk koʻchasi | Shota Rustaveli koʻchasi |
| Zulfiyaxonim koʻchasi | Parkent koʻchasi | Yunus Rajabiy koʻchasi |
| Istiqbol koʻchasi | Sagʻbon koʻchasi | Yangi Sergeli koʻchasi |
| Istiqlol koʻchasi | Ziyo koʻchasi | Yahyo Gʻulomov koʻchasi |
| Qatortol koʻchasi | Samarqand Darvoza koʻchasi | Katta Xirmontepa koʻchasi |
Toshkent shahar Davlat mulkini ijaraga berish markazi direktori A.A. AKRAMOV