Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 15.03.1994 yildagi PF-789-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA MULKNI DAVLAT TASARRUFIDAN ChIQARISh VA XUSUSIYLAShTIRISh JARAYoNINI YaNADA RIVOJLANTIRIShNING USTUVOR YO‘NALIShLARI TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mulkni izchillik bilan davlat tasarrufidan chiqarish na xususiylashtirishni ta’minlash, shu asosda ijtimoiy sohaga yo‘naltirilgan ko‘p tarmoqli bozor iqtisodiyotini shakllantirish, davlatga daxldor bo‘lmagan sohaning rolini kuchaytirish va raqobat muhitni vujudga keltirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilab qo‘yilsinki, quyidagilar mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonining ustuvor yo‘nalishlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho qog‘ozlar bozorini rivojlantirish va ochiq usuldagi aksionerlik jamiyatlarini tashkil etish bilan bir vaqtda davlatga tegishli aksiyalar ulushini qisqartirish orqali aholini iqtisodiy islohotlar jarayoniga keng jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ko‘chmas mulk bozorini, birinchi navbatda savdo, maishiy, kommunal xizmat ko‘rsatish obyektlarini va tugallanmay qolgan qurilish inshootlarini tanlov asosida sotish yo‘li bilan shunday bozorni shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ulgurji savdo korxonalarini xususiylashtirish jarayoniga jalb etish orqali ishlab chiqarish vositalari bozorini vujudga keltirish, shuningdek tovar-xomashyo birjalari tizimini rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkib topgan ishlab chiqarish va boshqaruv tuzilmalari yakka hokimligini tugatish, xususiylashtirish cheklab qo‘yiladigan korxonalar sonini kamaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tendyerlar va kimoshdi savdolarini, sarmoyalarga oid savdolarni o‘tkazish, shuningdek mol-mulkni to‘g‘ridan to‘g‘ri sotish yo‘li bilan respublika iqtisodiyotiga xorijiy sarmoyalarni jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalarni xususiylashtirilgandan keyin davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni ta’minlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Davlat o‘z ulushini saqlab qoladigan ochiq usuldagi aksionerlik jamiyatlarining nizomdagi mablag‘ini jamlash chog‘ida asosan aksiyalarning kuyidagi qismlari ko‘zda tutilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— davlatga tegishli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— mehnat jamoasiga tegishli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— xorijiy sherikka tegishli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— fond birjalarida va qimmatbaho qog‘ozlar bozorida, shu jumladan chet ellarda erkin sotish uchun mo‘ljallangan qismi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish borasidagi harakatlari rejasi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasining Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasiga quyidagi huquqlar berilsin:
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 19-iyuldagi PF-3626-sonli Farmoni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 28-29-son, 204-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z vakolati doirasida korxonalar hamda tashkilotlarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish shakllarini belgilash, zarur normativ hujjatlarni va xususiylashtirish komissiyalari tuzish tartibini ishlab chiqish hamda tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat mulki jamg‘armasi va idoralarga qarashli xo‘jalik hisobidagi bo‘linmalar orqali fond birjalarining, sarmoya banklari va jamg‘armalarining muassisi hamda ishtirokchisi bo‘lish;
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 21-fevraldagi PF-4424-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 8-9-son, 77-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlatga tegishli bo‘lgan 1994-yilgi dividend (daromad)dan tashkil etiladigan aksionerlik jamiyatlarini rivojlantirish va texnika bilan qayta qurollantirish uchun foydalanish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki hafta muddat ichida yuqorida ko‘rsatilgan ustuvor yo‘nalishlarga asoslanib Respublikada mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga oid davlat dasturini puxta ishlab chiqib, tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddat ichida O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarini ushbu Farmonga muvofiq holga keltirsin, amaldagi qonunlarni o‘zgartirish va to‘ldirish bo‘yicha belgilangan tartibda takliflar kiritsin, respublika vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining mazkur Farmonga zid bo‘lgan hujjatlari qayta ko‘rib chiqilishi va bekor qilinishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1994-yil 15-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-789-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-y., 3-son, 87-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 28-29-son, 204-modda; 2012-y., 8-9-son, 77-modda)