25.11.2011 yildagi 9-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 29.07.2016 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi PLENUMIning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT CHEGARASINI KESIB OʻTISH TARTIBINI BUZISHGA OID ISHLAR BOʻYICHA SUD AMALIYOTI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasini kesib oʻtish tartibini buzishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyotida masalalar kelib chiqqanligi munosabati bilan hamda mazkur toifadagi ishlarni koʻrib chiqishda sudlar tomonidan yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 17-moddasiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 28-moddasiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi Oʻzbekiston Respublikasiga erkin kelish va undan chiqib ketish huquqiga ega boʻlib, qonunda belgilangan cheklashlar bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasini kesib oʻtish tartibi quyidagilar bilan tartibga solinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1999-yil 20-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi toʻgʻrisida”gi Qonun (bundan buyon — Qonun);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 6-yanvardagi 8-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elga chiqishi va Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishi Tartibi” (bundan buyon — fuqarolar kirish-chiqish Tartibi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 21-noyabrdagi 408-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasiga keligilari va Oʻzbekiston Respublikasidan ketishlari Tartibi” (bundan buyon — xorijiy fuqarolar kirish-chiqish Tartibi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 29-iyuldagi 13-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Sudlarga tushuntirilsinki, JK ning 223-moddasida nazarda tutilgan jinoiy javobgarlik shaxs chet elga chiqish yoki Oʻzbekiston Respublikasiga kirish yoxud Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasini kesib oʻtish yuzasidan belgilangan tartibni faqat qasddan buzgan hollardagina kelib chiqadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxs tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasini kesib oʻtish tartibining ehtiyotsizlik oqibatida (masalan, oriyentirni yoʻqotish oqibatida), noilojlikdan (masalan, tabiiy ofat yoki texnogen xususiyatga ega hodisa, zoʻrlik ishlatish yoki zoʻrlik ishlatish bilan tahdid etish oqibatida) yoki shaxsning erkiga bogʻliq boʻlmagan hollarda (masalan, uning ojiz ahvoldaligidan foydalangan holda) buzilishi mazkur jinoyat tarkibini tashkil etmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Siyosiy boshpana huquqidan foydalanish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasini kesib oʻtish tartibini buzgan holda Oʻzbekiston Respublikasiga kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar JK 223-moddasi bilan jinoiy javobgarlikka tortilmaydilar.
(2-bandning ikkinchi-uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 29-iyuldagi 13-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Jinoyat kodeksi 223-moddasining birinchi qismi dispozitsiyasiga koʻra, mazkur jinoyat qonunga xilof ravishda chet elga chiqish, qonunga xilof ravishda Oʻzbekiston Respublikasiga kirish yoki qonunga xilof ravishda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasidan oʻtishda ifodalangan bir yoki bir necha harakatlar koʻrinishida sodir etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunga xilof ravishda chet elga chiqish, qonunga xilof ravishda Oʻzbekiston Respublikasiga kirish deganda, jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasining belgilangan oʻtkazish punktlari orqali (Qonunning 12-moddasi), biroq belgilangan hujjatlarsiz yoki Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli davlat organlari tomonidan beriladigan tegishli ruxsatnomasiz kesib oʻtilishi tushunilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunga xilof ravishda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasidan oʻtish deganda, jumladan, haqiqiy hujjatlar va kirish-chiqishga ruxsatnoma bor-yoʻqligidan qatʼi nazar, uning belgilangan oʻtkazish punktlaridan tashqari joydan kesib oʻtilishi tushunilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasiga kirish uchun quyidagi hujjatlar asos boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun — amaldagi pasport (diplomatik pasport), pasportning amal qilish muddati chet elda oʻtgan, u yaroqsiz boʻlib qolgan yoki yoʻqotilgan, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa (familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilish sanasi oʻzgargan) hollarda — Oʻzbekiston Respublikasiga qaytish sertifikati va fuqarolar kirish-chiqish Tartibi V boʻlimida nazarda tutilgan boshqa hujjatlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar uchun — amaldagi milliy pasport (diplomatik pasport), shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjat, Oʻzbekiston Respublikasiga kirish uchun (kirish, tranzit) viza va xorijiy fuqarolar kirish-chiqish Tartibi II boʻlimida nazarda tutilgan boshqa hujjatlar.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 29-iyuldagi 13-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish uchun quyidagi hujjatlar asos boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun — amaldagi pasport (diplomatik pasport), unda chet elga chiqish uchun ruxsatnoma yozuvi stikeri (bundan buyon-stiker) mavjudligi, chet el davlatiga kirish vizasi (Oʻzbekiston Respublikasin ing xalqaro shartnomalariga muvofiq ularga kirish uchun kirish vizalari rasmiylashtirilishi talab etilmaydigan xorijiy davlatlar bundan mustasno), amaldagi yoʻl hujjati (chipta), bojxona organi mansabdor shaxsi belgisi qoʻyilgan bojxona deklaratsiyasi va fuqarolar kirish-chiqish Tartibi I, II boʻlimlarida nazarda tutilgan boshqa hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar uchun — amaldagi milliy pasport (diplomatik pasport), shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjat, Oʻzbekiston Respublikasiga kirish-chiqish uchun viza, amaldagi yoʻl hujjati (chipta), bojxona organi mansabdor shaxsi belgisi qoʻyilgan bojxona deklaratsiyasi va xorijiy fuqarolar kirish-chiqish Tartibi I, III boʻlimlarida nazarda tutilgan boshqa hujjatlar.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 29-iyuldagi 13-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qonunchilikka koʻra, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq kirish-chiqish uchun vizasiz rejim oʻrnatilgan xorijiy davlatlarga Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari chiqishi uchun stiker rasmiylashtirilishi talab etilmaydi (fuqarolar kirish-chiqish Tartibi I boʻlimi 2-bandi). Biroq normativ-huquqiy hujjatlarda muayyan toifadagi fuqarolarning (masalan, harbiy xizmatchilar, davlat siri boʻlgan maʼlumotlardan xabardor shaxslar va h.k.larning) chet elga chiqishi uchun xorijiy davlat bilan vizasiz rejim mavjudligidan qatʼiy nazar, boshqacha tartib belgilanishi mumkin (fuqarolar kirish-chiqish Tartibi I boʻlimi 3-bandi, III boʻlimi “a” bandi). Binobarin, mazkur toifadagi shaxslarning stiker rasmiylashtirilishi talab etilmaydigan xorijiy davlatlarga maxsus ruxsatsiz chiqishi ularning JK ning 223-moddasi bilan jinoiy javobgarlikka tortilishiga sabab boʻladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 29-iyuldagi 13-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Fuqarolar kirish-chiqish Tartibi I boʻlimi 7-bandiga muvofiq JK 223-moddasi boʻyicha javobgarlik faqat stiker rasmiylashtirilmagan holda yoki amal qilish muddati oʻtgan stiker bilan Oʻzbekiston Respublikasidan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq ularga kirish uchun kirish vizalari talab etilmaydigan har qanday xorijiy davlatdan boshqa, kirish vizasi rasmiylashtirilishi talab etiladigan xorijiy davlatga kirgan hollarda kelib chiqadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, fuqarolar kirish chiqish Tartibida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijiy davlat hududida boʻlishi muddati chegarasi belgilanmaganligi sababli, ularning xorijiy davlat hududida Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida belgilangan muddatlardan ortiq boʻlishlari maʼmuriy (MJTK 226-moddasi) yoki jinoiy (JK 223-moddasi) javobgarlikka tortish uchun asos boʻlmaydi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 29-iyuldagi 13-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Jinoyat kodeksining 223-moddasida nazarda tutilgan jinoyat Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi chizigʻi kesib oʻtilgan paytdan boshlab, Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlarida esa — chegara nazoratidan oʻtilgan paytdan boshlab tugallangan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Sudlarga tushuntirilsinki, agar jinoyat Davlat chegarasini yorib oʻtish yoʻli bilan sodir etilgan boʻlsa, shaxsning harakatlari JK 223-moddasi ikkinchi qismining “a” bandi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim. Bunda yorib oʻtish deganda, jumladan, qoʻriqlanadigan Davlat chegarasini chegara postiga yoki chegarachilar naryadiga hujum qilish, chegara qoʻshinlarining qonuniy faoliyatiga boshqacha faol qarshilik koʻrsatish (masalan, Davlat chegarasi rejimi talablariga ochiqdan-ochiq boʻysunmaslik, oʻzining xizmat vazifasini bajarishdan voz kechishga majbur qilish), Davlat chegarasini qoʻriqlashga doir texnik vositalarni nobud qilish yoki ularga shikast yetkazish va h.k. yoʻli bilan kesib oʻtishda ifodalangan harakatlar tushunilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar Davlat chegarasini yorib oʻtish paytida aybdor tomonidan Davlat chegarasini qoʻriqlovchi shaxs badaniga qasddan ogʻir shikast yetkazilgan yoki u qasddan oʻldirilgan boʻlsa, qilmish JK ning 223-moddasi va tegishlicha JK ning 104, 97-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlar majmui boʻyicha kvalifikatsiya qilinishi lozim. Bunday holatlarda qasddan badanga yengil yoki oʻrtacha ogʻirlikdagi tan jarohati, shuningdek mulkiy ziyon yetkazilishi JK ning 223-moddasi ikkinchi qismi dispozitsiyasi bilan qamrab olinadi va tegishlicha JK ning 105, 109 va 173-moddalari bilan qoʻshimcha kvalifikatsiya qilinishini talab etmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, JK 223-moddasi ikkinchi qismining “g” bandida nazarda tutilgan jinoyat subyekti boʻlib, faqat xorijiy mamlakatlarga chiqishi maxsus kelishuvni talab qiladigan mansabdor shaxslar boʻla oladilar (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 5-martdagi PQ 2142-sonli qarorining 1 va 2-bandlari).
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 29-iyuldagi 13-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Agar shaxs qonunga xilof ravishda chet elga chiqish, qonunga xilof ravishda Oʻzbekiston Respublikasiga kirish yoki qonunga xilof ravishda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasidan oʻtish paytida boshqa jinoyatlar (hujjatlarni qalbakilashtirish, qalbaki hujjatlardan foydalanish, kontrabanda, giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilish, bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish va boshqalar) sodir etgan boʻlsa, aybdorning harakatlari sodir etilgan jinoyatlar majmui boʻyicha kvalifikatsiya qilinishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chegarachilar naryadi tarkibida boʻlgan shaxs tomonidan chegara xizmatini oʻtash qoidalarini buzish, agar bu qilmish qonunga xilof ravishda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasidan oʻtishga olib kelgan boʻlsa, JK ning 294-moddasi ikkinchi qismi “a” bandi bilan kvalifikatsiya qilinadi va JK ning 223-moddasi bilan qoʻshimcha kvalifikatsiya qilinishini talab etmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Jinoyat kodeksi 223-moddasi dispozitsiyasi blanket norma boʻlganligi tufayli, shaxsni jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish toʻgʻrisidagi qarorda dastlabki tergov organlari shaxs tomonidan chet elga chiqish, Oʻzbekiston Respublikasiga kirish, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasidan oʻtish tartibini belgilovchi aynan qaysi normativ-huquqiy hujjat talabi buzilganligini aniq koʻrsatishlari shart. Sud hukmida ham mazkur jinoyatni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxsning harakatlarida JK ning 223-moddasida nazarda tutilgan belgilardan qaysi biri mavjudligi aniq koʻrsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastlabki tergov organlari va sudlar tomonidan jinoyat-protsessual qonuni (JPK 419-moddasi) talablariga rioya etilmasligi ish boʻyicha chiqarilgan sud qarorlari bekor qilinishiga va ishning qoʻshimcha tergov yuritish uchun qaytarilishiga sabab boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Qonunga xilof ravishda chet elga chiqish, qonunga xilof ravishda Oʻzbekiston Respublikasiga kirish, qonunga xilof ravishda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasidan oʻtishga doir ishlarni koʻrish vaqtida sudlar, ehtiyotsizlik oqibatida Davlat chegarasini kesib oʻtish tartibi buzilishiga yoʻl qoʻygan shaxslarning noqonuniy sudlanishi hollarini istisno etish maqsadida, aybdorning harakatlari xususiyatini sinchkovlik bilan aniqlashlari zarur. Ish boʻyicha shaxs qonunga xilof ravishda jinoiy javobgarlikka tortilganligi fakti aniqlangan holda sud bunga tegishli munosabat bildirib, jinoyat ishini yuritishga masʼul davlat organlari mansabdor shaxslariga nisbatan xususiy ajrim chiqarishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur toifaga doir har bir ish boʻyicha aybdor shaxsga nisbatan adolatli, qilmishga mutanosib jazo belgilash maqsadida sudlar, shuningdek jinoyatning sodir etilishi motivini, moddiy zarar yetkazilgan-yetkazilmaganligini, yetkazilgan moddiy zarar miqdorini aniqlashlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha Oliy sudi, jinoyat ishlari boʻyicha viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar qonunga xilof ravishda chet elga chiqish, qonunga xilof ravishda Oʻzbekiston Respublikasiga kirish, qonunga xilof ravishda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasidan oʻtishga doir ishlarni koʻrish boʻyicha sud amaliyotini vaqti-vaqti bilan umumlashtirishlari, bu toifadagi ishlar boʻyicha sud qarorlari qonuniyligi va asosliligini chuqur tekshirishlari, yoʻl qoʻyilgan moddiy va protsessual qonun buzilishlarini oʻz vaqtida bartaraf etishlari lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy sud raisi B. MUSTAFAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi V. NAZAROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 25-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-son