13.01.2012 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2314
Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.03.2019
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, 5-6-son, 82-modda), Fuqarolik kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-songa ilova, 11-12-son), “Rieltorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-yil, 51-son, 480-modda), O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 24-noyabrdagi PF-1009-son “Yerdan foydalanish samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi Farmoni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi 11-12-son, 301-modda), O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 29-noyabrdagi 575-son “Yerdan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 1995-yil 11-apreldagi 126-son “Savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi obyektlarini ular joylashgan yer maydonlari bilan birgalikda hamda yer maydonlarini meros qilib qoldirish sharti bilan umrbod egalik qilish uchun xususiy mulk sifatida sotish tartibi to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining to‘plami, 1995-yil, 4-son, 15-modda) qarorlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi qaror qiladi:
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksi, Fuqarolik kodeksi, “Rieltorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 24-noyabrdagi PF–1009-son “Yerdan foydalanish samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 29-noyabrdagi 575-son “Yerdan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 1995-yil 11-apreldagi 126-son “Savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi obyektlarini ular joylashgan yer maydonlari bilan birgalikda hamda yer maydonlarini meros qilib qoldirish sharti bilan umrbod egalik qilish uchun xususiy mulk sifatida sotish tartibi to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq yakka tartibda uy-joy qurish (dehqon xo‘jaligini yuritish) uchun yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini realizatsiya qilish bo‘yicha ochiq auksion savdolarini tashkil etish va o‘tkazish tartibini belgilaydi.
12. Hududiy boshqarma auksion savdosi o‘tkazilishidan kamida o‘ttiz kun oldin ushbu Nizomning 14-bandiga muvofiq o‘zining Internet tarmog‘idagi veb-saytida yer uchastkasiga bo‘lgan huquqning auksion savdosiga qo‘yilganligi to‘g‘risida xabarnomani belgilangan tartibda joylashtiradi.
21. Auksion savdosini o‘tkazish to‘g‘risidagi xabarnomada ko‘rsatilgan qabul qilish muddati tugagandan keyin kelib tushgan yoki ushbu Nizomning 19-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar to‘liq taqdim etilmagan taqdirda, ular savdo tashkilotchisi tomonidan qabul qilinmaydi.
44. Yer uchastkasiga bo‘lgan huquq uchun to‘lovlar xaridor tomonidan mazkur Nizomning 43-bandida ko‘rsatilgan muddatlar doirasida shartnomada ko‘rsatilgan muddat va shartlarda amalga oshiriladi. Bunda, auksion savdosi g‘olibi tomonidan auksion savdosida qatnashish uchun to‘langan zakalat puli yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni realizatsiya qilish narxi to‘lanishida hisobga olinadi va bu haqda shartnomada ko‘rsatiladi.