Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining
Qarori
TOʻGʻRIDAN-TOʻGʻRI XUSUSIY XORIJIY INVESTITSIYaLARNI JALB QILUVChI KORXONALAR UChUN SOLIQ IMTIYOZLARINI QOʻLLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 11-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2312]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Iqtisodiyot vazirligining 2016-yil 9-avgustdagi 61, 2016-24 va 121-sonli “Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qiluvchi korxonalar uchun soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2822, 26.08.2016-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 52 (I)-son), Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 232-modda) 7-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 11-apreldagi PF-3594-son “Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-yil, 15-16-son, 109-modda) muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Iqtisodiyot vazirligi qaror qiladilar:
1. Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qiluvchi korxonalar uchun soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Iqtisodiyot vazirligining 2005-yil 3-avgustdagi 61, 2005-40 va 60-son “Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalar uchun soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1524, 2005-yil 28-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 47-48-son, 359-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 12-dekabr,
80-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 12-dekabr,
2011-34-son
Iqtisodiyot vaziri G. SAIDOVA
Toshkent sh.,
2011-yil 12-dekabr,
14-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Iqtisodiyot vazirligining 2011-yil 12-dekabrdagi 80, 2011-34, 14-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qiluvchi korxonalar uchun soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 52 (I)-son) va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 11-apreldagi PF-3594-son “Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-yil, 15-16-son, 109-modda) muvofiq, toʻgʻridan toʻgʻrixususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etadigan korxonalar uchun soliqlar va Respublika yoʻl jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar boʻyicha imtiyozlarni qoʻllash tartibini belgilaydi.
I. Umumiy qoidalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq, mazkur Nizomning 1-ilovasida koʻrsatilgan tarmoqqa mansublik tasnif koʻrsatkichiga (XXTUT kodi) taalluqli boʻlgan mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan toʻgʻridan toʻgʻrixususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etuvchi korxonalar quyidagilarni toʻlashdan ozod etiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻini;
mol-mulk soligʻini;
obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻini;
yagona soliq toʻlovini;
Respublika yoʻl jamgʻarmasiga majburiy ajratmalarni.
2. Tarmoqqa mansublik tasnif koʻrsatkichiga (XXTUT kodi) taalluqli boʻlgan mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalarga hisobot yili yakuniga koʻra tarmoqqa mansublik tasnif koʻrsatkichiga (XXTUT kodi) taalluqli boʻlgan mahsulot ishlab chiqarishdan tushumning ulushi realizatsiyaning umumiy hajmida 60 foizdan kam boʻlmagan korxonalar kiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Mazkur Nizomning 1-bandida koʻrsatilgan imtiyozlar mazkur Nizomning 1-ilovasida koʻrsatilgan tarmoqqa mansublik tasnif koʻrsatkichiga (XXTUT kodi) taalluqli boʻlgan mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan butun korxonaga tatbiq etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Mazkur Nizomning 10, 14 va 15-bandlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining alohida qarorlari bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 11-apreldagi “Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-3594-son Farmonining 1-bandi birinchi xatboshisi bilan nazarda tutilgan imtiyozlar tatbiq etilgan korxonalarga ham tatbiq etiladi.
5. Mazkur Nizomning 1-bandida koʻrsatilgan soliq imtiyozlari:
a) toʻgʻridan toʻgʻrixususiy xorijiy investitsiyalarning hajmi quyidagilarga teng (ekvivalent) boʻlganda taqdim etiladi:
300 ming AQSh dollaridan 3 million AQSh dollarigacha — 3 yil muddatga;
3 milliondan ortiq AQSh dollaridan 10 million AQSh dollarigacha — 5 yil muddatga;
10 million AQSh dollaridan ortiq boʻlganda — 7 yil muddatga;
b) quyidagi shartlar asosida qoʻllaniladi:
mazkur korxonalarni ortiqcha ishchi kuchi boʻlgan mintaqalar — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Jizzax, Qashqadaryo, Sirdaryo, Surxondaryo, Xorazm viloyatlarida, shuningdek Navoiy, Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarining qishloq aholi punktlarida joylashtirish;
xorijiy investorlar tomonidan toʻgʻridan toʻgʻrixususiy xorijiy investitsiyalarni Oʻzbekiston Respublikasining kafolati berilmagan holda amalga oshirish;
korxonaning ustav kapitalida xorijiy ishtirokchilarning ulushi kamida 50 foizni tashkil etishi lozim;
korxonalar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan keyin toʻgʻridan toʻgʻrixususiy xorijiy investitsiyalarni kiritish;
xorijiy investitsiyalarni erkin almashtiriladigan valyuta yoki yangi zamonaviy texnologik uskuna tarzida qoʻyish;
mazkur imtiyozlarning qoʻllanilishi muddati davomida imtiyozlardan olingan daromadni korxonani yanada rivojlantirish maqsadida qayta investitsiyalashga yoʻnaltirish;
Keyingi tahrirga qarang.
v) keyingi qonun hujjatlarida investitsiyalash shart-sharoitlari yomonlashgan taqdirda qancha muddatga berilgan boʻlsa, ana shu muddat mobaynida amal qiladi.
II. Soliqlar va Respublika yoʻl jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar boʻyicha imtiyozlarni qoʻllash
6. Mazkur Nizomning 1-bandida koʻrsatilgan imtiyozlarning taqdim etilishi uchun belgilangan mezonlarga muvofiq keladigan korxonalar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanadan boshlab soliqlar va Respublika yoʻl jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar toʻlashdan ozod etiladi.
Agar korxona mazkur Nizomning 1-bandida koʻrsatilgan imtiyozlarni taqdim etish uchun belgilangan mezonlarga ushbu korxona barpo etilgandan (davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan) keyingi davrlarda muvofiq kelsa, ushbu korxona imtiyozlarni taqdim etish uchun belgilangan mezonlarga muvofiqligini tasdiqlovchi holatlar yuzaga kelgan sanadan boshlab imtiyozni qoʻllash huquqiga ega boʻladi. Bunda, imtiyozdan foydalanish muddatini hisoblash imtiyozni qoʻllash uchun korxona belgilangan mezonlarga muvofiq keladigan holatlar yuzaga kelgan sanadan boshlab boshlanadi, biroq imtiyozlarni qoʻllash boshlangan sanadan boshlab yetti yildan koʻp boʻlmagan muddatga.
7. Imtiyozga doir huquq faqat qonun hujjatlari bilan belgilangan muddatlarda ustav kapitallarini (fondlarni) shakllantirgan korxonalarga taqdim etiladi. Bunda korxona mazkur Nizomning 1-bandida koʻrsatilgan imtiyozlarni oʻz ustav kapitalini (fondini) shakllantirishi lozim boʻlgan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan davr uchun qoʻllash huquqiga ega boʻladi.
Oʻz ustav kapitallarini (fondlarini) qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda shakllantirmagan korxonalarda, qonun hujjatlari bilan belgilangan muddatlarda oʻz ustav kapitallarini (jamgʻarmalarini) shakllantirmagan, chet el investitsiyalari qatnashgan korxonalardan soliqlarni undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 1144, 2002-yil 27-may) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-yil, 10-son) muvofiq imtiyozlar taqdim etilgan soliqlar va Respublika yoʻl jamgʻarmasiga majburiy ajratmalarni toʻliq miqdorda va faoliyatning butun davri uchun imtiyozlarni qoʻllamasdan toʻlash boʻyicha majburiyatlar yuzaga keladi.
8. Soliqlar va Respublika yoʻl jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar boʻyicha imtiyozlarni taqdim etish natijasida olingan daromad, ularni qoʻllash muddati mobaynida, korxonani yanada rivojlantirish maqsadida takroriy investitsiyalashga yoʻnaltiriladi. Bunda takroriy investitsiyalash deganda taqdim etilgan imtiyozlar natijasida olingan daromadni muassislar oʻrtasida taqsimlamasdan korxonani rivojlantirishga yoʻnaltirish tushuniladi. Taqdim etilgan imtiyozlar natijasida olingan daromad deganda soliq solishdan ozod qilish natijasida mablagʻlarning boʻshashi hisobiga olinadigan iqtisodiy naf (korxona tasarrufida qoladigan foydaning koʻpayishi) tushuniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Agar korxona hisobot yili yakuni boʻyicha mazkur Nizomning 1-ilovasida koʻrsatilgan tarmoqqa mansublik tasnif koʻrsatkichiga (XXTUT kodi) taalluqli boʻlgan mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashmasa, u ushbu hisobot davri uchun mazkur Nizomda belgilangan imtiyozlarni qoʻllamagan holda soliq va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Korxona mazkur Nizomning 1-bandida koʻrsatilgan imtiyozlarni taqdim etish uchun belgilangan talablariga mos kelmay qolish faktlari aniqlanganda, korxona belgilangan talablarga mos kelmagan davr uchun soliqlar va majburiy ajratmalar umumbelgilangan tartibda, amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan moliyaviy sanksiyalarni qoʻllagan holda toʻlanadi.
Bunda, agar mazkur Nizomning 1-bandida koʻrsatilgan imtiyozlardan foydalanuvchi korxonada imtiyozlarni qoʻllash davrida kiritilgan toʻgʻridan toʻgʻrixususiy investitsiyalar summasi kamaymagan holda xorijiy investorning ulushi korxonaning ustav fondida 50 foizdan kamaysa, shuningdek Nizomda belgilangan boshqa talablarga muvofiqligi saqlansa, bunday korxonalar uchun imtiyozlarning amal qilishi saqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Korxonalarga taqdim etilgan imtiyozlarni rasmiylashtirish va buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi Yuridik shaxslarga soliqlar, bojxona va majburiy toʻlovlarni budjetga toʻlash boʻyicha berilgan imtiyozlarni rasmiylashtirish va buxgalterlik hisobida aks ettirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 1463, 2005-yil 2-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-yil, 14-son, 105-modda) bilan tartibga solinadi.
11. Xorijiy investor tomonidan imtiyozlarning amal qilish muddati mobaynida foydani repatriatsiya qilish va kapitalni olib chiqib ketish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda foydani repatriatsiya qilish va kapitalni xorijiy investor tomonidan olib chiqib ketish faqat foydani repatriatsiya qilish va xorijiy investor tomonidan kapitalni olib chiqib ketishdan oldingi davr uchun taqdim qilingan imtiyozlar summasi budjetga qoplanganidan keyingina amalga oshiriladi.
Imtiyozlar olgan korxonaning faoliyati ular taqdim etilgan muddat tugashidan keyin bir yildan kamroq vaqtda tugatilgan taqdirda foydani repatriatsiya qilish va xorijiy investorning kapitalini xorijga olib chiqib ketish faqat budjetga taqdim etilgan imtiyozlarning summalari qoplanganidan keyingina amalga oshiriladi.
III. Soliqlar va Respublika yoʻl jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar boʻyicha imtiyozlarni taqdim etish
12. Mazkur Nizomning 1-bandida koʻrsatilgan imtiyozlardan foydalanish huquqini tasdiqlash uchun korxona roʻyxatdan oʻtkazilgan joydagi davlat soliq xizmati organini yozma ravishda imtiyozlarni qoʻllash sanasi boshlanishi haqida mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda xabardor qiladi:
adliya organlari tomonidan berilgan, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonani davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida guvohnomaning nusxasi;
investitsiyalar Oʻzbekiston Respublikasining kafolatini taqdim etmasdan amalga oshirilayotganligi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining tasdiqnomasi.
Yangi tashkil etilayotgan korxona, yuqorida aytilgan hujjatlarga qoʻshimcha tarzda, yil mobaynida korxonani roʻyxatdan oʻtkazgan adliya organining uning toʻliq shakllantirilgan ustav kapitali (fondi) va korxonaning ustav kapitalida (fondida) xorijiy investorning ulushi toʻgʻrisida tasdiqnoma taqdim etadi.
13. Davlat soliq xizmati organlari taqdim etilgan hujjatlar oʻrganilgandan keyin mazkur Nizomning 1-bandida koʻrsatilgan imtiyozlar tatbiq etiladigan korxonani imtiyozlarga ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar reyestriga kiritib, unda korxonaning nomi, imtiyozli davr muddati va imtiyozlar summasini koʻrsatadi.
14. Mazkur Nizomning 1-bandida koʻrsatilgan imtiyozlar tatbiq etiladigan korxonalar, hisobot yili yakuni boʻyicha soliq hisobotini taqdim etish bilan bir vaqtda, davlat soliq xizmati organlariga mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda Soliqlar va Respublika yoʻl jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar boʻyicha tatbiq etilgan imtiyozlar summasi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani taqdim etadi.
15. Mazkur Nizomning 1-bandida koʻrsatilgan imtiyozlarni qoʻllash huquqi yoʻqotilgan taqdirda korxona soliq davri mobaynida roʻyxatdan oʻtgan joydagi davlat soliq xizmati organini mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shaklda imtiyoz huquqi yoʻqotilgan sana toʻgʻrisida yozma ravishda xabardor qiladi.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Imtiyozlarga ega boʻlgan korxonalar yigʻma reyestrini yuritadi va har yili uni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga, hisobot yilidan keyingi yilning 15-apreligacha boʻlgan muddatda taqdim etadi.
IV. Yakuniy qoidalar
17. Soliq toʻlovchilar taqdim etilgan imtiyozlarni hisobga olgan holda soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻgʻri hisoblab chiqarish uchun javobgar boʻladi.
18. Mazkur Nizomda nazarda tutilgan imtiyozlarning toʻgʻri qoʻllanishi ustidan nazoratni davlat soliq xizmati organlari qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.
19. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri R. GULYAMOV
2011-yil 9-dekabr
Davlat statistika qoʻmitasi raisi B. TOʻRAYEV
2011-yil 9-dekabr
Savdo-sanoat palatasi raisi A. ShAYXOV
2011-yil 9-dekabr
Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qiluvchi korxonalar uchun soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
1-ILOVA
Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qiluvchi korxonalarga taqdim etiladigan imtiyozlar tatbiq etiladigan iqtisodiyot tarmoqlarining
ROʻYXATI
1. Radioelektron sanoati buyumlari hamda kompyuter va hisoblash texnikasiga butlovchi buyumlarni ishlab chiqarish.
XXTUT:
14322 — elektr oʻlchov priborlarini ishlab chiqarish (elektron oʻlchov priborlari qismida);
14323 — radio oʻlchov priborlarini ishlab chiqarish;
14331 — hisoblash texnikalari va ularga ehtiyot qismlarini ishlab chiqarish;
14750 — radiosanoat;
14760 — aloqa vositalari sanoati;
14771 — elektronika sanoati (maxsus texnologik uskunalarni ishlab chiqarish kirmaydi);
14772 — maxsus texnologik uskunalarini ishlab chiqarish (nazorat-sinov uskunalari qoʻshilgan holda).
2. Yengil sanoat.
Tayyor ip gazlama va jun gazlamalarni ishlab chiqarish.
XXTUT:
17116 — ip gazlama sanoati (qisman, chunki mazkur kod yigirilgan ip, iplar, momiq, texnik gazlamalar ishlab chiqarishni ham oʻz ichiga oladi);
17121 — jun sanoati (aholi buyurtmalari boʻyicha gilamlar va gilam mahsulotlari ishlab chiqarishni qoʻshmagan holda) — (qisman, chunki mazkur kod yigirilgan jun, adyol, gilamlar va gilam buyumlarini ishlab chiqarishni ham oʻz ichiga oladi).
Tayyor tikuvchilik, trikotaj, paypoq mahsulotlari va toʻqimachilik galantereyasini ishlab chiqarish.
XXTUT:
17141 — toʻqimachilik attorlik mollarini ishlab chiqarish (aholi buyurtmasini qoʻshmagan holda);
17151 — trikotaj buyumlarini ishlab chiqarish (aholi buyurtmasini qoʻshmagan holda);
17210 — tikuvchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish (aholi buyurtmasini qoʻshmagan holda).
Terini qayta ishlash.
XXTUT:
17310 — tabiiy charm ishlab chiqarish.
Poyabzal ishlab chiqarish.
XXTUT:
17371 — poyabzal ishlab chiqarish (aholi buyurtmasini qoʻshmagan holda).
Tayyor charm-galantereya buyumlarini ishlab chiqarish.
XXTUT:
17341 — tabiiy va sunʼiy charmdan yoʻl uchun va galantereya (attorlik) buyumlarini ishlab chiqarish;
17361 — moʻynalar va moʻyna buyumlarini ishlab chiqarish (aholi buyurtmasini qoʻshmagan holda) — (charmdan kiyim-kechak ishlab chiqarish qismida).
3. Ipakchilik sanoati.
Shoyi gazlamalar va ipakdan tayyor buyumlar ishlab chiqarish.
XXTUT:
17131 — ipakchilik sanoati (qisman, chunki mazkur kod yigirilgan ipak, shoyi iplar va hokazolarni ishlab chiqarishni ham oʻz ichiga oladi).
Bundan tashqari, mazkur guruhga 17141, 17151, 17210 kodlari shoyi buyumlar qismida kiritilishi mumkin.
4. Qurilish materiallari sanoati.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 24-martdagi PF-3586-son Farmoni 1a-ilovasida koʻrsatilgan yangi turlarni ishlab chiqarish.
XXTUT:
12170 — oʻtga chidamli mahsulotlar ishlab chiqarish (oʻtga chidamli mineral tolali plitalar qismida);
13142 — polimer materiallardan plyonkalar, quvurlar va listlar ishlab chiqarish;
15230 — yogʻoch-taxtadan va yogʻoch plitalardan qurilish detallarini ishlab chiqarish;
15250 — fanera ishlab chiqarish;
16120 — asbotsement buyumlari ishlab chiqarish;
16162 — qurilishbop sopol ishlab chiqarish;
16170 — polimer xomashyosidan qurilish materiallari va buyumlari ishlab chiqarish;
16212 — tabiiy toshdan qoplovchi materiallari ishlab chiqarish;
16222 — sunʼiy gʻovakli toʻldiruvchilar ishlab chiqarish va tabiiylarini qayta ishlash;
16232 — ohak, gips va boshqa mahalliy bogʻlovchi materiallar va ulardan mahsulotlar ishlab chiqarish;
16240 — issiqlik izolatsiyasi materiallari sanoati;
16271 — tovar beton va qurilish qorishmasini ishlab chiqarish;
16273 — boshqa qurilish materiallarini ishlab chiqarish.
5. Parranda goʻshti va tuxumni sanoat usulida ishlab chiqarish.
XXTUT:
21241 — tuxum ishlab chiqaruvchi parrandachilik;
21242 — goʻsht ishlab chiqaruvchi parrandachilik;
21243 — parrandachilik birlashmalari (goʻsht-tuxum).
6. Oziq-ovqat sanoati.
Mahalliy xomashyodan ishlab chiqariladigan tayyor oziq-ovqat mahsuloti qismida.
XXTUT:
18111 — shakar sanoati;
18113 — non ishlab chiqarish sanoati;
18114 — qandolatchilik sanoati;
18115 — makaron sanoati;
18121 — yogʻ-moy sanoati (yuvuvchi vositalarini ishlab chiqarishdan tashqari);
18151 — meva-sabzavot sanoati (meva-sabzavot konservalarini ishlab chiqarishlarsiz);
18152 — meva-sabzavot konservalarini ishlab chiqarish;
18191 — oziq-ovqat konsentratlarini ishlab chiqarish (tayyor mahsulot qismida).
7. Goʻsht va sut mahsulotlarining tayyor turlarini, pishloq va sariyogʻ ishlab chiqarish.
XXTUT:
18211 — goʻsht sanoati (yelimjelatin sanoatisiz);
18221 — yogʻ-pishloq, pishloq va sut sanoati (sut konservalarini ishlab chiqarishsiz);
18222 — sut konservalarini ishlab chiqarish.
8. Kimyo-farmatsevtika sanoati.
Dori-darmon vositalarini ishlab chiqarish.
XXTUT:
19310 — kimyo-dorivorlik (farmatsevtika) sanoati.
Sintetik kir yuvish vositalari, maishiy kimyo tovarlarini ishlab chiqarish.
XXTUT:
13190 — maishiy kimyo sanoati;
18122 — sovun va yuvuvchi vositalarini ishlab chiqarish (kimyoviy modifikatsiyalangan mahsulot qismida).
Keyingi tahrirga qarang.
Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qiluvchi korxonalar uchun soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
2-ILOVA
Izoh: mazkur xabarnoma soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organiga ikki nusxada taqdim etiladi. Davlat soliq xizmati organi xabarnomaning bir nusxasiga qabul qilinganligi haqida belgi qoʻyadi va ikkinchi nusxasini keyingi kundan kechiktirmay arizachiga qaytaradi.
Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qiluvchi korxonalar uchun soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
3-ILOVA
Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qiluvchi korxonalar uchun soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
4-ILOVA
Izoh: mazkur xabarnoma soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organiga ikki nusxada taqdim etiladi. Davlat soliq xizmati organi xabarnomaning bir nusxasiga qabul qilinganligi haqida belgi qoʻyadi va ikkinchi nusxasini keyingi kundan kechiktirmay arizachiga qaytaradi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 2-son, 22-modda, 48-49-son, 554-modda)