Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi
Oʻzbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar Davlat qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi
Oʻzbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar Davlat qoʻmitasining
Qarori
NEFT VA GAZ KONLARINING QIDIRUV IShLARI, QUDUQLARNI BURGʻULASh, SINASh VA IShGA TUShIRIShDAGI TEXNOLOGIK JARAYoNLAR USTIDAN NAZORAT QILISh TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 6-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1285-1]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 26-sentabrdagi 11-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3459, 26.09.2023-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 27-avgustdagi PQ-1396-son “Geologiya-razvedka ishlarini tashkil etish va olib borish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 35-36-son, 301-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 11-maydagi 131-son “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tuzilmasini yanada takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 19-son, 191-modda) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi qaror qiladilar:
1. Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi, Oʻzbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasining 2003-yil 15-oktabrdagi 01-637, 01/07-899, 01-1137-son qarori (roʻyxat raqami 1285, 2003-yil 31-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-yil, 19-20-son) bilan tasdiqlangan Neft va gaz konlarini qidiruv ishlari, quduqlarni burgʻulash, sinash va ishga tushirishdagi texnologik jarayonlar ustidan nazorat qilish toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
“Sanoatgeokontexnazorat” DI boshligʻi B. GULYAMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 2-dekabr,
271-son
Oʻzdavneftgazinspeksiya boshligʻi Sh. MAXMUDOV
Toshkent sh.,
2011-yil 2-dekabr,
01/09-1462-son
Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi raisi v.b. I. TURAMURATOV
Toshkent sh.,
2011-yil 2-dekabr,
01/2445-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 1-son, 12-modda)