Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING AYRIM HUJJATLARIGA OʻZGARTISHLAR KIRITISH, SHUNINGDEK BAʼZILARINI OʻZ KUCHINI YOʻQOTGAN DEB HISOBLASH TOʻGʻRISIDA
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2012 — 2015-yillarda respublika oziq-ovqat sanoatini boshqarishni tashkil etishni yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 31-oktabrdagi PQ-1633-son qaroriga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 1-ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi hujjatlari 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 14-dekabr,
PF-4391-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 14-dekabrdagi PF-4391-son Farmoniga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritiladigan oʻzgartishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika iqtisodiyotining charm-poyabzal tarmogʻini boshqarish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2000-yil 23-fevraldagi PF-2552-son Farmoni 3-bandining beshinchi xatboshidagi “Oʻzgoʻshtsutsanoati” uyushmasi” soʻzlari “Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Chigit yetkazib berish mexanizmini hamda oʻsimlik yogʻi va yogʻ-moy mahsulotlari sotishni tartibga solish toʻgʻrisida” 2006-yil 31-maydagi PQ-360-son qarorida:
1-bandning birinchi xatboshi va 6-bandning birinchi xatboshidagi “Yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasi” soʻzlari “Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
9-bandning uchinchi xatboshidagi “Yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasi” soʻzlari “Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2007-yil 12-martdagi PQ-601-son qarorining 3-ilovasidagi “Mutasaddilik qilinadigan vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari” boʻlimidagi “Oʻzgoʻshtsutsanoati” uyushmasi” soʻzlari “Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin hamda “Yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2007 — 2011-yillardagi davrda yogʻ-moy sanoati korxonalarini modernizatsiya qilish va texnikaviy qayta jihozlash dasturi toʻgʻrisida” 2007-yil 12-iyundagi PQ-651-son qarorida:
2-bandning oltinchi xatboshidagi “Yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasi” soʻzlari “Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3 va 7-bandlardagi “Yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasi” soʻzlari “Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xoʻjaliklarida chorva mollar koʻpaytirishni ragʻbatlantirishni kuchaytirish hamda chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2008-yil 21-apreldagi PQ-842-son qarori 5-bandining beshinchi xatboshidagi “Yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasi” soʻzlari “Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qoʻqon shahrining arxitektura qiyofasi va shahar infratuzilmasini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 15-dekabrdagi PQ-1239-son qarori ilovasida:
“Masʼul ijrochilar” ustunining 117-pozitsiyasidagi “Yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasi” soʻzlari “Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
118-pozitsiyasidagi “Yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoati” soʻzlari “Oziq-ovqat sanoati korxonalari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikaning yogʻ-moy tarmogʻini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 7-sentabrdagi PQ-1401-son qarori 2-bandi beshinchi xatboshi, 7-bandi birinchi xatboshi va 10-bandi birinchi xatboshilaridagi “Yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasi” soʻzlari “Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2011 — 2015-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi sanoatini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisida” 2010-yil 15-dekabrdagi PQ-1442-son qarorida:
a) 2-ilovaning III boʻlimida:
“Yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasi” soʻzlari “Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
172-pozitsiyada “Yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasi” soʻzlari “Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 4-ilovaning III boʻlimidagi “Yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasi” soʻzlari “Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2011 — 2015-yillarda infratuzilmani, transport va kommunikatsiya qurilishini rivojlantirishni jadallashtirish toʻgʻrisida” 2010-yil 21-dekabrdagi PQ-1446-son qarorining 3-ilovasidagi “Yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasi” soʻzlari “Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
10. “2011 — 2013-yillarda sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulot, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni yanada chuqurlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 29-avgustdagi PQ-1590-son qarori 1-ilovasining III boʻlimida “Oʻzgoʻshtsutsanoati” uyushmasi” soʻzlari “Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin hamda “Yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 14-dekabrdagi PF-4391-son Farmoniga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan baʼzi hujjatlari
roʻyxati
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston goʻsht va sut sanoati davlat-aksionerlik uyushmasi (“Oʻzgoʻshtsutsanoat”)ni tashkil qilish toʻgʻrisida” 1993-yil 3-apreldagi PF-588-son Farmoni.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoatini boshqarishni tashkil etishni yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2006-yil 30-maydagi PQ-359-son qarori.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasining ijro etuvchi tuzilmasini qisman oʻzgartirish toʻgʻrisida” 2006-yil 20-iyundagi PQ-382-son qarori.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 50-son, 512-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2018-y., 06/18/5329/0846-son; 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son, 14.07.2018-y., 06/18/5477/1505-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)