Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 12.06.2007 yildagi PQ-651-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007 — 2011 YILLARDAGI DAVRDA YoG‘-MOY SANOATI KORXONALARINI MODERNIZATSIYA QILISh VA TEXNIKAVIY QAYTA JIHOZLASh DASTURI TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yog‘-moy sanoatini yanada jadal rivojlantirish, tarmoq korxonalariga zamonaviy texnologik uskunalarni tatbiq etish va shu asosda texnik chigitni chuqur, samarali qayta ishlashni, sifatli, raqobatbardosh, eksportga yo‘naltirilgan va import o‘rnini bosadigan mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar 2007 — 2011-yillardagi davrda yog‘-moy sanoati korxonalarini modernizatsiya qilish va texnikaviy qayta jihozlash Dasturining eng muhim vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yog‘-moy mahsulotlari sifatini yaxshilash va raqobatbardoshligini oshirish, uni eksportga yetkazib berishni ko‘paytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talab-ehtiyoji barqaror yuqori bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarish hajmlarini kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki va tashqi bozorlarda xaridorgir bo‘lgan yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishni o‘zlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yog‘-moy sanoati mahsulotlari ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va xarajatlarini kamaytirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Yog‘-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqilgan 2007 — 2011-yillardagi davrda yog‘-moy sanoati korxonalarini modernizatsiya qilish va texnikaviy qayta jihozlash Dasturi ma’qullansin. U quyidagilarni o‘z ichiga olgan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yog‘-moy sanoati korxonalarini modernizatsiya qilish va texnikaviy qayta jihozlash Dasturini amalga oshirish, asosiy turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishning maqsadli prognoz parametrlari 1, 2 va 2a-ilovalarga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yog‘-moy sanoati korxonalari tomonidan talab-ehtiyoji yuqori bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish hamda yangi turdagi raqobatbardosh, eksportga yo‘naltirilgan va import o‘rnini bosadigan mahsulot ishlab chiqarishni o‘zlashtirish hajmlari 3-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yog‘-moy sanoati korxonalarini modernizatsiya qilish va texnikaviy qayta jihozlash bo‘yicha investitsiya loyihalari ro‘yxati 4-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yog‘-moy sanoati korxonalarini modernizatsiya qilish va texnikaviy qayta jihozlashga investitsiyalarning texnologik tuzilmasi 5-ilovaga* muvofiq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi raisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga 2007 — 2011-yillardagi davrda yog‘-moy sanoati korxonalarini modernizatsiya qilish va texnikaviy qayta jihozlash Dasturiga kiritilgan maqsadli prognoz ko‘rsatkichlariga to‘liq hajmda va belgilangan muddatlarda erishish hamda loyihalarning amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha shaxsiy javobgarlik yuklansin.
(2-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 14-dekabrdagi PF-4391-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 50-son, 512-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi manfaatdor vazirliklar, idoralar va tijorat banklari bilan birgalikda asosiy turdagi yog‘-moy mahsulotlari ishlab chiqarishning maqsadli parametrlari so‘zsiz bajarilishi uchun loyiha hujjatlarining o‘z vaqtida ishlab chiqilishi, kelishib olinishi va belgilangan tartibda tasdiqlanishini, shuningdek mazkur qarorning 4-ilovasiga kiritilgan investitsiya loyihalarining bajarilishini ta’minlasin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 14-dekabrdagi PF-4391-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 50-son, 512-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi har yili Investitsiya dasturini shakllantiriщda belgilangan tartibda unga 2007 — 2011-yillardagi davrda yog‘-moy sanoati korxonalarini modernizatsiya qilish va texnikaviy qayta jihozlash Dasturida ko‘zda tutilgan investitsiya loyihalari, birinchi navbatda yangi turdagi mahsulotlarni o‘zlashtirish, eksport hajmlarini oshirish va import o‘rnini bosadigan mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirishni nazarda tutgan holda, kiritilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Respublikada ishlab chiqarilmaydigan va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tasdiqlangan ro‘yxati bo‘yicha atir sovun ishlab chiqarish uchun olib kelinadigan xomashyo hamda ishlatiladigan materiallar 2007 — 2011-yillardagi davrda bojxona to‘lovlari (QQS va bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) to‘lashdan ozod etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Yog‘-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda fermer xo‘jaliklari bilan yog‘-moy korxonalari o‘rtasida moyli ekinlar mahsuloti ishlab chiqarish hajmining kamida 50 foizi ushbu korxonalar tomonidan avans bilan ta’minlanishini nazarda tutuvchi shartnomalar tuzish hisobiga paxtadan boshqa moyli ekinlar maydonini, shu jumladan lalmi yerlarda kengaytirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xalqaro moliya institutlari, tashkilotlari hamda donor mamlakatlar bilan hamkorlik qilish, yirik va strategik muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari bo‘yicha idoralararo kengashga (R.S. Azimov) O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasining qo‘shma taqdimnomasi bo‘yicha, 2007 — 2011-yillardagi davrda yog‘-moy sanoati korxonalarini modernizatsiya qilish va texnikaviy qayta jihozlash Dasturiga, eksport qilishga mo‘ljallangan va import o‘rnini bosadigan zamonaviy turdagi yog‘-moy mahsulotlari ishlab chiqariladigan korxonalar tashkil etishga oid yangi investitsiya loyihalari kiritilishini nazarda tutgan holda, aniqlik va qo‘shimchalar kiritishga ruxsat berilsin.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 14-dekabrdagi PF-4391-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 50-son, 512-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 12-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-651-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 24-son, 249-modda; 2009-y., 42-son, 449-modda; 2011-y., 50-son, 512-modda)