Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.12.2011 30.05.2006 yildagi PQ-359-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.12.2011
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YoGʻ-MOY VA OZIQ-OVQAT SANOATINI BOShQARIShNI TAShKIL ETIShNI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 14-dekabrdagi PF-4391-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikaning yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoatini boshqarishni yanada takomillashtirish, soha korxonalarini modernizatsiyalash va texnik qayta jihozlash uchun toʻgʻridan toʻgʻrixorijiy investitsiyalarni keng jalb etish, ishlab chiqariladigan mahsulotni sotishning bozor mexanizmlarini rivojlantirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Yogʻmoytamakisanoat” va “Oziqovqatsanoat” uyushmalari muassislarining umumiy majlisi tomonidan mazkur uyushmalarni birlashtirish hamda Yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasini tashkil etish toʻgʻrisida qaror chiqarilgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasi muassislarining 1-ilovaga* muvofiq tarkibiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasi faoliyatining asosiy vazifalari va yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoati mahsulotlari ichki hamda tashqi bozorlarining marketing tadqiqotlarini oʻtkazish, sohani rivojlantirishning oʻrta va uzoq muddatli dasturlarini ilgʻor xalqaro tajribani hisobga olgan holda ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoati korxonalariga ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va texnik qayta jihozlashda, ushbu maqsadlarga xorijiy investitsiyalarni keng jalb etishda, mahsulotning raqobatbardoshligini oshirish va eksport hajmlarini kengaytirishda koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yogʻ-moy sanoati korxonalarining chigit ishlab chiqaruvchilar bilan, jumladan, chigitni qabul qilish, qatʼiy hisobga olish hamda ularning sifati ustidan taʼsirchan nazorat oʻrnatish masalalarida oʻzaro munosabatlarni izchillik bilan takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soha korxonalari tomonidan paxta yogʻi chiqishining belgilangan meʼyorlariga rioya etilishi, shuningdek, ishlab chiqariladigan mahsulotni sotishda tegishli tartibga amal qilinishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soha korxonalariga axborot xizmatlarini koʻrsatish, kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasining tashkiliy tuzilmasi 2-ilovaga* muvofiq maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxona va tashkilotlar Uyushmaga erkin aʼzo boʻlish hamda uning tarkibidan chiqish huquqiga egadirlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uyushma oʻz tarkibiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlarning ixtiyoriy ajratmalari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobiga faoliyat yuritadi.
(3-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 20-iyundagi 382-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 25-26-son, 229-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasi bir oy muddatda muassislar umumiy yigʻilishini oʻtkazsin, oʻz nizomini tasdiqlasin hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi bir oy muddatda aksiz soligʻi olinadigan mahsulot ishlab chiqaradigan tamaki sanoati korxonalari faoliyatini tartibga solish va muvofiqlashtirish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasi ijroiya apparati Toshkent shahar, Nukus koʻchasi, 73“a”-uy manzilida joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Uyushmani aloqa, shu jumladan hukumat aloqa vositalari bilan taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yogʻmoytamakisanoat” yogʻ-moy va tamaki sanoati korxonalari uyushmasini tashkil etish va uning faoliyati masalalari toʻgʻrisida” 1994-yil 26-sentabrdagi 482-sonli va “Oziqovqatsanoat” qandolatchilik, choy va pivo-alkogolsiz ichimliklar sanoati korxonalari uyushmasini tashkil etish va uning faoliyati toʻgʻrisida” 1994-yil 26-sentabrdagi 483-sonli qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2006-yil 30-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-359-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 22-son, 189-modda, 25-26-son, 229-modda; 2011-y., 50-son, 512-modda)