OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI BOSh DIREKTORINING
buyrugʻi
ELEKTRON HISOBLASh MAShINALARI UChUN DASTURLARNI RASMIY ROʻYXATDAN OʻTKAZISh UChUN TALABNOMANI VA MAʼLUMOTLAR BAZALARINI RASMIY ROʻYXATDAN OʻTKAZISh UChUN TALABNOMANI TUZISh, TOPShIRISh VA KOʻRIB ChIQISh QOIDALARIGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 30-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1402-1]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 29-maydagi 7-mh-sonli “Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va maʼlumotlar bazasini rasmiy roʻyxatdan oʻtkazish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3436, 30.05.2023-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-iyundagi 166-son “Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 22-23-son, 236-modda) ijrosini taʼminlash maqsadida buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi direktorining 2004-yil 18-avgustdagi 45-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1402, 2004-yil 6-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 36-son, 402-modda) bilan tasdiqlangan Elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlarni rasmiy roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnomani va maʼlumotlar bazalarini rasmiy roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnomani tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalariga ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Ushbu buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Bosh direktor A. XODJAYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 26-avgust,
37-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 40-son, 426-modda)