OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BOSH PROKURATURASI HUZURIDAGI SOLIQ, VALYUTAGA OID JINOYATLARGA VA JINOIY DAROMADLARNI LEGALLASHTIRISHGA QARSHI KURASHISH DEPARTAMENTINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BOSH PROKURATURASI HUZURIDAGI SOLIQ, VALYUTAGA OID JINOYATLARGA VA JINOIY DAROMADLARNI LEGALLASHTIRISHGA QARSHI KURASHISH DEPARTAMENTINING
Qarori
Oldingi tahrirga qarang.
LIZING XIZMATLARI KOʻRSATUVCHI TASHKILOTLARDA JINOIY FAOLIYATDAN OLINGAN DAROMADLARNI LEGALLASHTIRISHGA, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga QARSHI KURASHISH BOʻYICHA ICHKI NAZORAT QOIDALARINI TASDIQLASH HAQIDA
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021-yil 10-iyundagi 33-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 7-iyundagi 17-sonli qarori (roʻyxat raqami 2265-2, 17.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.06.2021-y., 10/21/2265-2/0569-son; 26.06.2021-y., 10/21/2265-3/0602-son)
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 22-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2265]
Oʻzbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 43-son, 451-modda) Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti qaror qiladilar:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Lizing xizmatlari koʻrsatuvchi tashkilotlarda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021-yil 10-iyundagi 33-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 7-iyundagi 17-sonli qarori (roʻyxat raqami 2265-2, 17.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.06.2021-y., 10/21/2265-2/0569-son)
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 25-avgust,
56-son
Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshligʻi v.b. B. ZILYAYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 25-avgust,
28-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2011-yil 25-avgustdagi 56, 28-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Lizing xizmatlari koʻrsatuvchi tashkilotlarda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat
QOIDALARI
(ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021-yil 10-iyundagi 33-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 7-iyundagi 17-sonli qarori (roʻyxat raqami 2265-2, 17.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.06.2021-y., 10/21/2265-2/0569-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining “Lizing toʻgʻrisida”gi, “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq, lizing xizmatlari koʻrsatuvchi tashkilotlarda (bundan buyon matnda lizing beruvchilar deb yuritiladi) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish maqsadida ichki nazoratni tashkil etish va amalga oshirish tartibini belgilaydi.
(muqaddimaning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021-yil 10-iyundagi 33-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 7-iyundagi 17-sonli qarori (roʻyxat raqami 2265-2, 17.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.06.2021-y., 10/21/2265-2/0569-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Qoidalar talablari lizing beruvchilarga tatbiq qilinadi, tijorat banklari va mikrokredit tashkilotlari bundan mustasno.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2015-yil 7-apreldagi 27, 9-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2265-1, 14.04.2015-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 15-son, 187-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllangan:
benefitsiar mulkdor — pirovard natijada mulk huquqiga ega boʻlgan yoki mijozni haqiqiy nazorat qiluvchi jismoniy shaxs yoxud mijoz tomonidan, uning manfaatlari yoʻlida pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyani amalga oshirayotgan yuridik shaxs;
ichki nazorat — lizing beruvchilarning maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalarni aniqlash boʻyicha faoliyat;
Oldingi tahrirga qarang.
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlar — Jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish boʻyicha moliyaviy choralarni ishlab chiqish guruhining (FATF) rasmiy bayonotlarida xalqaro moliyaviy tizimga xavf tugʻdiruvchi hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish tizimlarida strategik kamchiliklari mavjud deb belgilangan davlatlar va hududlar;
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021-yil 10-iyundagi 33-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 7-iyundagi 17-sonli qarori (roʻyxat raqami 2265-2, 17.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.06.2021-y., 10/21/2265-2/0569-son)
mijozni identifikatsiyalash — lizing beruvchilar tomonidan mijozni lozim darajada tekshirish maqsadida, ular topshirgan hujjatlar asosida mijozlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni aniqlash;
Oldingi tahrirga qarang.
mijoz — qonun hujjatlari talablariga muvofiq lizing shartnomasiga binoan lizing obyektini oʻz egaligiga va foydalanishiga oluvchi shaxs (lizingga oluvchi);
(1-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2015-yil 7-apreldagi 27, 9-sonli qarori (roʻyxat raqami 2265-1, 14.04.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 15-son, 187-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
mijozni lozim darajada tekshirish — mijozning va qaysi shaxslar nomidan ish koʻrayotgan boʻlsa, oʻsha shaxslarning shaxsini hamda vakolatlarini tekshirish, taʼsis hujjatlari asosida mulk va boshqaruv tuzilishini oʻrganish orqali benefitsiar mulkdorni identifikatsiyalash, shuningdek mijoz tomonidan amalga oshiriladigan amaliy ish munosabatlari va operatsiyalarni, ularning bunday mijoz va uning faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga muvofiqligini tekshirish maqsadida doimiy asosda oʻrganish;
xabar qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalar — ichki nazoratni oʻtkazish davomida lizing beruvchilar tomonidan shubhali deb topilgan, sodir etilayotgan va tayyorlanayotgan pul mablagʻlari va boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar;
Oldingi tahrirga qarang.
shubhali operatsiya — pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq tayyorlash, sodir etish jarayonida boʻlgan yoki sodir etib boʻlingan, mazkur Qoidalarning amalga oshirilishida lizing beruvchida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish yoki terrorizmni moliyalashtirish yoxud ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadida amalga oshirilganligi toʻgʻrisida shubha paydo boʻlgan operatsiya;
(1-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021-yil 10-iyundagi 33-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 7-iyundagi 17-sonli qarori (roʻyxat raqami 2265-2, 17.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.06.2021-y., 10/21/2265-2/0569-son)
Oldingi tahrirga qarang.
maxsus vakolatli davlat organi — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti;
(1-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021-yil 10-iyundagi 33-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 7-iyundagi 17-sonli qarori (roʻyxat raqami 2265-2, 17.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.06.2021-y., 10/21/2265-2/0569-son)
Oldingi tahrirga qarang.
offshor hudud — imtiyozli soliq rejimini taqdim qiluvchi va (yoki) moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishda ular haqidagi maʼlumotlarni oshkor etmaslikni va taqdim qilmaslikni koʻzda tutuvchi davlatlar va hududlar;
Oldingi tahrirga qarang.
tavakkalchilik — mijozlar tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadida operatsiyalarni amalga oshirish tavakkalchiligi.
(1-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021-yil 10-iyundagi 33-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 7-iyundagi 17-sonli qarori (roʻyxat raqami 2265-2, 17.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.06.2021-y., 10/21/2265-2/0569-son)
Oldingi tahrirga qarang.
pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkni ishga solmay toʻxtatib qoʻyish — pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkni oʻtkazishni, konversiyalashni, tasarruf etishni yoxud koʻchirishni taqiqlash;
terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxs — terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan yoxud ishtirok etishda gumon qilinayotgan, terrorchilik faoliyatini amalga oshirayotgan yoxud amalga oshirishda gumon qilinayotgan tashkilotning bevosita yoki bilvosita mulkdori boʻlgan yoxud uni nazorat qilayotgan jismoniy yoki yuridik shaxs, shuningdek terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan yoxud ishtirok etishda gumon qilinayotgan jismoniy shaxsning yoxud tashkilotning mulkidagi yoki nazorati ostidagi yuridik shaxs;
ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxs — Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan tan olingan, ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishning oldini olishga qaratilgan BMT Xavfsizlik Kengashining rezolyutsiyalari hamda boshqa xalqaro-huquqiy hujjatlari bilan belgilangan jismoniy yoki yuridik shaxs;
Roʻyxat — terrorizmga, ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishga qarshi kurashishni amalga oshiruvchi davlat organlari va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa vakolatli organlaridan taqdim etilayotgan maʼlumotlar, shuningdek chet davlatlarning vakolatli organlari va xalqaro tashkilotlaridan rasmiy kanallar orqali taqdim etilayotgan maʼlumotlar asosida maxsus vakolatli davlat organi tomonidan tuzilgan terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar roʻyxati;
operatsiyani toʻxtatib turish — mijozning pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalari boʻyicha, shuningdek yuridik ahamiyatga ega boʻlgan boshqa harakatlarni bajarish toʻgʻrisidagi topshiriqnomalari ijrosini toʻxtatib turish;
yuqori mansabdor shaxslar — chet davlatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, maʼmuriy yoki sud organida, shu jumladan harbiy tuzilmalarida, yoxud xalqaro tashkilotda doimiy, vaqtincha yoki maxsus vakolat boʻyicha tayinlanadigan yoki saylanadigan, tashkiliy-boshqaruv vazifalarini bajaruvchi va yuridik ahamiyatga ega boʻlgan harakatlarni sodir etishga vakolatli shaxslar, shuningdek chet davlat korxonalarining yuqori martabali rahbarlari, chet davlatning taniqli siyosatchilari va siyosiy partiyalarining taniqli aʼzolari (shu jumladan sobiq);
yuqori mansabdor shaxslarga yaqin boʻlgan shaxslar — yuqori mansabdor shaxslarga ijtimoiy va kasbiy jihatdan bevosita bogʻliq boʻlgan jismoniy shaxslar;
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021-yil 10-iyundagi 33-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 7-iyundagi 17-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2265-2, 17.06.2021-y.) asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.06.2021-y., 10/21/2265-2/0569-son)
Oldingi tahrirga qarang.
yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmasi — chet davlatning qonun hujjatlariga muvofiq yuridik shaxs tashkil etmagan holda tashkil etilgan va oʻz ishtirokchilarining (paychilarning, ishonch bildiruvchilarning yoki boshqa shaxslarning) yoxud boshqa benefitsiarlarning manfaatlarini koʻzlab daromad (foyda) olishga qaratilgan faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega boʻlgan tashkiliy tuzilmadir (fondlar, sherikliklar, shirkatlar, trastlar, jamoaviy investitsiyalar va (yoki) ishonchli boshqaruvning boshqa shakllari).
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 26-iyundagi 40, 31-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2265-3, 26.06.2021-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2265-3/0602-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Lizing beruvchilar ichki nazoratining maqsadi quyidagilardan iborat:
Oldingi tahrirga qarang.
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga yoʻnaltirilgan pul mablagʻlari va boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni samarali aniqlash va oldini olish;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021-yil 10-iyundagi 33-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 7-iyundagi 17-sonli qarori (roʻyxat raqami 2265-2, 17.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.06.2021-y., 10/21/2265-2/0569-son)
lizing beruvchilarning qasddan yoki qasddan boʻlmagan jinoiy faoliyatga jalb qilinishiga yoʻl qoʻymaslik;
Oldingi tahrirga qarang.
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish tavakkalchiliklarini aniqlash, baholash, hujjatlar bilan qayd etish va kamaytirish;
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021-yil 10-iyundagi 33-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 7-iyundagi 17-sonli qarori (roʻyxat raqami 2265-2, 17.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.06.2021-y., 10/21/2265-2/0569-son)
Oldingi tahrirga qarang.
lizing beruvchilar tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga, shuningdek lizing faoliyatini amalga oshirishda ichki hujjatlarga qatʼiy rioya qilinishini taʼminlash.
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021-yil 10-iyundagi 33-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 7-iyundagi 17-sonli qarori (roʻyxat raqami 2265-2, 17.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.06.2021-y., 10/21/2265-2/0569-son)
Keyingi tahrirga qarang.
3. Lizing beruvchilar ichki nazoratining vazifalari quyidagilardan iborat:
qonun hujjatlari va mazkur Qoidalarga muvofiq mijozlarni lozim darajada tekshirish choralarini amalga oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
benefitsiar mulkdorlarni identifikatsiyalash, ularning shaxsini tekshirish va lizing faoliyatini amalga oshirishda foydalaniladigan pul mablagʻlari va boshqa mol-mulkning kelib chiqishini aniqlash boʻyicha mumkin boʻlgan chora-tadbirlar qoʻllash;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021-yil 10-iyundagi 33-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 7-iyundagi 17-sonli qarori (roʻyxat raqami 2265-2, 17.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.06.2021-y., 10/21/2265-2/0569-son)
mazkur Qoidalarning 20-bandida belgilangan mezonlar asosida shubhali operatsiyalarni aniqlash;
Oldingi tahrirga qarang.
ichki nazoratni amalga oshirish davomida aniqlangan va xabar qilinishi lozim boʻlgan shubhali operatsiyalar haqidagi axborotlar (hujjatlar)ni maxsus vakolatli davlat organiga oʻz vaqtida taqdim etish;
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021-yil 10-iyundagi 33-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 7-iyundagi 17-sonli qarori (roʻyxat raqami 2265-2, 17.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.06.2021-y., 10/21/2265-2/0569-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Roʻyxatga kiritilgan shaxslarning operatsiyasini toʻxtatib turish va (yoki) pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay toʻxtatib qoʻyish;
(3-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021-yil 10-iyundagi 33-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 7-iyundagi 17-sonli qarori (roʻyxat raqami 2265-2, 17.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.06.2021-y., 10/21/2265-2/0569-son)
Oldingi tahrirga qarang.
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq boʻlgan maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlash;
(3-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021-yil 10-iyundagi 33-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 7-iyundagi 17-sonli qarori (roʻyxat raqami 2265-2, 17.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.06.2021-y., 10/21/2265-2/0569-son)
lizing faoliyati toʻgʻrisidagi axborotni, shuningdek identifikatsiyalash maʼlumotlarini va mijozlarni lozim darajada tekshirishga doir materiallarni qonun hujjatlarida belgilangan muddatlar mobaynida saqlanishini taʼminlash;
Keyingi tahrirga qarang.
lizing beruvchilar rahbariyatini tegishli qarorlar qabul qilish uchun zarur boʻlgan ishonchli axborot va materiallar bilan tezkor va muntazam taʼminlab borish;
shubhali operatsiyalarning amalga oshirilganligi yoki amalga oshirishga urinishlar haqidagi, shubhali operatsiyalarni amalga oshirgan mijozlar bilan bogʻliq shaxslar (rahbarlar, taʼsischilar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasini yaratish, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq bunday axborotni davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro ayirboshlash;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
soʻrovlar boʻyicha mijozlar bazasidan terrorizmni moliyalashtirishga yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga aloqador shaxslarni aniqlash;
(3-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021-yil 10-iyundagi 33-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 7-iyundagi 17-sonli qarori (roʻyxat raqami 2265-2, 17.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.06.2021-y., 10/21/2265-2/0569-son)
Oldingi tahrirga qarang.
lizing beruvchi faoliyati doirasida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish tavakkalchiliklarini aniqlash, baholash, hujjatlar bilan qayd etish va kamaytirish boʻyicha tegishli choralarni koʻrish;
(3-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021-yil 10-iyundagi 33-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 7-iyundagi 17-sonli qarori (roʻyxat raqami 2265-2, 17.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.06.2021-y., 10/21/2265-2/0569-son)
Oldingi tahrirga qarang.
yuqori mansabdor shaxslar, ularning oila aʼzolari va yuqori mansabdor shaxslarga yaqin shaxslarning amalga oshirayotgan operatsiyalarini chuqur monitoring qilish;
Roʻyxat bilan solishtirish orqali operatsiya ishtirokchilari orasida terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslarni aniqlash.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021-yil 10-iyundagi 33-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 7-iyundagi 17-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2265-2, 17.06.2021-y.) asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.06.2021-y., 10/21/2265-2/0569-son)
II. Ichki nazorat tizimini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
4. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish uchun ichki nazoratni tashkil etish maqsadida lizing beruvchilar mazkur Qoidalarga rioya etilishi uchun masʼul shaxs tayinlanadi (keyingi oʻrinlarda masʼul shaxs deb yuritiladi).
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021-yil 10-iyundagi 33-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 7-iyundagi 17-sonli qarori (roʻyxat raqami 2265-2, 17.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.06.2021-y., 10/21/2265-2/0569-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Masʼul shaxs lizing beruvchining buyrugʻi bilan tayinlanadi va buyruq nusxasi buyruq qabul qilingan kundan boshlab besh kun ichida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Masʼul shaxsga quyidagi malaka talablari qoʻyiladi:
oliy maʼlumotga va tashkilotda 2 yildan kam boʻlmagan ish tajribasiga (texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar lavozimlaridagi ish tajribasidan tashqari) ega boʻlish, oliy maʼlumotga ega boʻlmaganda esa tashkilotda uch yildan kam boʻlmagan ish tajribasiga (texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar lavozimlaridagi ish tajribasidan tashqari) ega boʻlish;
tashkilot ishining oʻziga xos xususiyatini bilish.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Lizing beruvchilarning ichki nazorat tizimi ularning faoliyat koʻrsatish xususiyatlari, faoliyatining asosiy yoʻnalishlari, mijozlar va ularning operatsiyalari bilan bogʻliq mijozlar bazasi va tavakkalchilik darajasini hisobga olgan holda tashkil etiladi.
6. Lizing beruvchilar har yili yanvar oyining 10-sanasidan kechiktirmay tayinlangan masʼul shaxs haqidagi maʼlumotni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etishlari shart.
Masʼul shaxs oʻzgargan taqdirda, bu haqda, lizing beruvchi besh ish kuni mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligini xabardor qilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili yanvar oyining 20-sanasidan kechiktirmay lizing beruvchi tashkilotlarning masʼul shaxslari haqidagi maʼlumotlarni maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etadi.
Hisobot yili davomida masʼul shaxslar oʻzgargan taqdirda, bu haqda, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi lizing beruvchilardan oʻzgarishlar haqida tasdiqlovchi hujjatlar olingan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida qoʻshimcha ravishda maxsus vakolatli davlat organini xabardor qiladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021-yil 10-iyundagi 33-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 7-iyundagi 17-sonli qarori (roʻyxat raqami 2265-2, 17.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.06.2021-y., 10/21/2265-2/0569-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish maqsadida masʼul shaxs quyidagi funksiyalarni bajaradi:
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021-yil 10-iyundagi 33-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 7-iyundagi 17-sonli qarori (roʻyxat raqami 2265-2, 17.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.06.2021-y., 10/21/2265-2/0569-son)
mazkur Qoidalarga muvofiq ichki nazoratni va mijozlarni lozim darajada tekshirishni joriy etishni va amalga oshirishni tashkillashtiradi;
lizing beruvchining faoliyatiga xos jihatlaridan kelib chiqib, ichki nazoratni amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va rahbariyatga tasdiqlashga kiritadi (tasdiqlaydi);
Oldingi tahrirga qarang.
mijozlarning ichki nazoratni amalga oshirish davomida aniqlangan shubhali operatsiyalari va xatti-harakatlari toʻgʻrisidagi xabarlarni maxsus vakolatli davlat organiga oʻz vaqtida yuborilishini, shuningdek, maxsus vakolatli davlat organining axborot taqdim etish toʻgʻrisidagi soʻrovlarining bajarilishini taʼminlaydi;
(8-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021-yil 10-iyundagi 33-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 7-iyundagi 17-sonli qarori (roʻyxat raqami 2265-2, 17.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.06.2021-y., 10/21/2265-2/0569-son)
mazkur Qoidalar va ichki nazorat dasturlarini amalga oshirish jarayonining maxfiyligini taʼminlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
ichki nazorat tizimini tashkil etish va oʻrnatilgan tartibda monitoring va nazorat oʻtkazilishi davomida lizing beruvchi faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha monitoringni amalga oshiradi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2015-yil 7-apreldagi 27, 9-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2265-1, 14.04.2015-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 15-son, 187-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
81. Masʼul shaxs lavozimiga tayinlangan shaxs xalqaro standartlarni hamda Oʻzbekiston Respublikasining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha qonunchiligini bilishi lozim.
(81-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 26-iyundagi 40, 31-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2265-3, 26.06.2021-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2265-3/0602-son)
Keyingi tahrirga qarang.
9. Masʼul shaxs ichki nazoratni amalga oshirishda quyidagi huquqlarga ega:
oʻz tashkilotining rahbarlari va xodimlaridan ichki nazoratni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan tashkiliy-boshqaruv, buxgalteriya va boshqa hujjatlarni talab qilib olish;
ichki nazoratni amalga oshirish maqsadida olingan hujjatlardan nusxa koʻchirish, tashkilotning elektron maʼlumotlar bazalari, mahalliy hisoblash tarmoqlari va avtomatlashtirilgan kompyuter tizimlaridagi fayllar va boshqa yozuvlardan nusxalar olish;
xabar qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalarga nisbatan kelgusidagi xatti-harakatlar boʻyicha rahbariyatga takliflar kiritish (shu jumladan, mijoz yoki operatsiya toʻgʻrisida qoʻshimcha axborot olish yoki mavjud axborotni tekshirish maqsadida oʻtkazilayotgan operatsiyani toʻxtatish boʻyicha);
qonunga muvofiq boshqa harakatlarni amalga oshirish.
10. Masʼul shaxs ichki nazoratni amalga oshirishda quyidagilarga majburdir:
Oldingi tahrirga qarang.
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish boʻyicha oʻz tavakkalchiliklarini aniqlash va baholash boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni koʻrish, ushbu tavakkalchiliklarni hujjatlashtirish va ularni kamaytirish choralarni koʻrish;
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021-yil 10-iyundagi 33-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 7-iyundagi 17-sonli qarori (roʻyxat raqami 2265-2, 17.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.06.2021-y., 10/21/2265-2/0569-son)
ichki nazoratni amalga oshirish davomida olingan hujjatlarning saqlanishi va qaytarilishini taʼminlash;
mijozlarni lozim darajada tekshirishni amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
benefitsiar mulkdorlarni identifikatsiyalash va ularning shaxsini tekshirish boʻyicha mumkin boʻlgan choralarni koʻrish;
(10-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 26-iyundagi 40, 31-sonli qarori (roʻyxat raqami 2265-3, 26.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2265-3/0602-son)
Oldingi tahrirga qarang.
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha oʻquv tadbirlarida qatnashish va oʻquv tadbirlarida olingan maʼlumotlarni lizing beruvchilar xodimlariga yetkazish;
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 26-iyundagi 40, 31-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2265-3, 26.06.2021-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2265-3/0602-son)
Oldingi tahrirga qarang.
shubhali operatsiyalar aniqlanganda, belgilangan tartibda maxsus vakolatli davlat organiga maʼlumot berish;
(10-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021-yil 10-iyundagi 33-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 7-iyundagi 17-sonli qarori (roʻyxat raqami 2265-2, 17.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.06.2021-y., 10/21/2265-2/0569-son)
olingan maʼlumotning maxfiyligiga rioya qilish;
mijozlardan ish munosabatlarining maqsadi va koʻzlangan xususiyati, shuningdek zarur hollarda pul mablagʻlarining kelib chiqish manbai toʻgʻrisida soʻrash;
mijozni lozim darajada tekshirish materiallariga qoʻshib qoʻyiladigan yaqqol iqtisodiy mohiyatga ega boʻlmagan, mijozning taʼsis hujjatlarida yoki davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi guvohnomasida nazarda tutilgan maqsad va faoliyat turlariga toʻgʻri kelmaydigan barcha operatsiyalar boʻyicha lozim darajada tekshirish natijalari va xulosalarini yozma ravishda qayd etish;
identifikatsiyalashni yakunlash imkoni boʻlmaganda yoki lozim darajada tekshirish natijalariga koʻra, mijoz bilan amaliy ish munosabatlarini oʻrnatish maqsadga muvofiq emasligini koʻrsatib turadigan maʼlumotlar olinganda, mijoz bilan bitim tuzishni rad etish;
Masʼul shaxs qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar va mijozlarni lozim darajada tekshirishga doir axborot, zarurat tugʻilgan taqdirda, operatsiya tafsilotlarini qayta tiklash va axborotdan maxsus vakolatli davlat organi foydalanishi mumkin boʻlgan tarzda rasmiylashtirilishi lozim.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 26-iyundagi 40, 31-sonli qarori (roʻyxat raqami 2265-3, 26.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2265-3/0602-son)
Oldingi tahrirga qarang.
12. Masʼul shaxslarni oʻqitish va malakasini oshirish xodimlarning soʻnggi yangiliklarga, jumladan, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishning, terrorizmni moliyalashtirishning va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishning zamonaviy usullari, uslublari va yoʻnalishlari haqidagi axborotga ega boʻlishlarini taʼminlash hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish borasidagi qonunchilik hujjatlari va majburiyatlarning barcha jihatlarini aniq tushuntirib berish maqsadida muntazam ravishda bir yilda kamida bir marta maxsus vakolatli davlat organi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan hamkorlikda oʻtkaziladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021-yil 10-iyundagi 33-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 7-iyundagi 17-sonli qarori (roʻyxat raqami 2265-2, 17.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.06.2021-y., 10/21/2265-2/0569-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
121. Lizing beruvchilar mazkur Qoidalar talablaridan kelib chiqqan holda, quyidagilarni aks etgan ichki qoidalarni ishlab chiqishlari lozim:
tavakkalchiliklarni aniqlash, baholash, monitoring qilish, kamaytirish va hujjatlashtirishga doir choralarni amalga oshirish tartibi;
mijozlarni va ularning benefitsiar mulkdorlarini lozim darajada tekshirish, shuningdek mijozlar operatsiyalarining muntazam nazoratini amalga oshirish qoidalari;
kerakli axborotni rasmiylashtirish va uning maxfiyligini taʼminlash tartibi;
shubhali operatsiyalarni aniqlash tartibi, shuningdek bunday operatsiyalar toʻgʻrisidagi xabarlarni tayyorlash va maxsus vakolatli davlat organiga yuborish tartibi;
kadrlarni tayyorlash va oʻqitishga qoʻyiladigan malakaviy talablar;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadida texnologik yutuqlardan foydalanilishining oldini olishga qaratilgan choralar;
yuqori mansabdor shaxslar, ularning oila aʼzolari va yuqori mansabdor shaxslarga yaqin shaxslar bilan amaliy ish munosabatlariga kirishish va ular tomonidan amalga oshirilayotgan operatsiyalarni chuqur monitoring qilish tartibi;
yuqori tavakkalchilik darajasi toifasiga kiritilgan mijozlarning hisobini yuritish va monitoring qilish hamda bunday mijozlar operatsiyalarini monitoring qilish tartibi;
qonunchilik hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa qoidalar.
(121-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021-yil 10-iyundagi 33-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 7-iyundagi 17-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2265-2, 17.06.2021-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.06.2021-y., 10/21/2265-2/0569-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
122. Masʼul xodimlarining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishning, terrorizmni moliyalashtirishning va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishning zamonaviy usullari, uslublari va yoʻnalishlari haqidagi axborotga ega boʻlishlarini taʼminlash, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish borasidagi qonunchilik va majburiyatlarning barcha jihatlarini aniq tushuntirib berish lizing beruvchilar muntazam ravishda xodimlarni qayta tayyorgarlikdan oʻtkazishlari shart.
(122-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 26-iyundagi 40, 31-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2265-3, 26.06.2021-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2265-3/0602-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
III. Mijozlarning lozim darajada tekshiruvi
13. Lizing beruvchilar mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi:
amaliy ish munosabatlari oʻrnatilganda;
Oldingi tahrirga qarang.
operatsiya amalga oshirish kunidagi bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravari miqdoridan ortiq boʻlgan bir martalik operatsiyalar amalga oshirilganda;
(13-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021-yil 10-iyundagi 33-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 7-iyundagi 17-sonli qarori (roʻyxat raqami 2265-2, 17.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.06.2021-y., 10/21/2265-2/0569-son)
Oldingi tahrirga qarang.
olib borilayotgan operatsiyalarning jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadlariga aloqador ekanligiga har qanday shubha yuzaga kelganida;
(13-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021-yil 10-iyundagi 33-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 7-iyundagi 17-sonli qarori (roʻyxat raqami 2265-2, 17.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.06.2021-y., 10/21/2265-2/0569-son)
identifikatsiyalash uchun avval olingan maʼlumotlarning asliyligi va ishonchliligiga shubha tugʻilganda mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlarni koʻradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
131. Agarda operatsiyaning taraflaridan biri jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlarda yoxud offshor hududlarda doimiy yashayotgan, turgan yoki roʻyxatga olingan, shuningdek tavakkalchilikning yuqori darajasi toifasiga kiritilgan shaxs boʻlganda lizing beruvchilar mijozlarni lozim darajada tekshirishning kuchaytirilgan chora-tadbirlarni koʻrishlari lozim.
(131-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021-yil 10-iyundagi 33-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 7-iyundagi 17-sonli qarori (roʻyxat raqami 2265-2, 17.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.06.2021-y., 10/21/2265-2/0569-son)
132. Mijozni lozim darajada tekshirishning kuchaytirilgan chora-tadbirlariga quyidagilar kiradi:
mijoz haqida qoʻshimcha maʼlumotlar (faoliyat turi, aktivlar miqdori, ochiq maʼlumotlar bazasi orqali olinishi mumkin boʻlgan maʼlumot va boshqalar) olish va mijoz yoki benefitsiar mulkdor boʻyicha maʼlumotlarni yanada tezroq yangilab borish;
mijozdan uning pul mablagʻlari manbasi yoki moliyaviy holatining manbasi haqida maʼlumot olish;
lizing shartnomasini yoki avval tuzilgan lizing shartnomalarini tuzish sabablari toʻgʻrisida maʼlumotlar olish;
tuzilgan lizing shartnomalari tahlili orqali mijoz bilan ish munosabatlarining monitoringini amalga oshirish.
(131 va 132-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2015-yil 7-apreldagi 27, 9-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2265-1, 14.04.2015-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2015-y., 15-son, 187-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
133. Mijozni lozim darajada tekshirish boʻyicha koʻriladigan chora-tadbirlar quyidagilarni oʻz ichiga olishi shart:
tegishli hujjatlar asosida mijozning va qaysi shaxslar nomidan ish koʻrayotgan boʻlsa, oʻsha shaxslarning shaxsini hamda vakolatlarini tekshirishni;
taʼsis hujjatlari asosida mulk va boshqaruv tuzilishini oʻrganish orqali mulkdorni yoki yuridik shaxs boʻlgan mijozni nazorat qiluvchi shaxsni identifikatsiyalashni;
mijoz tomonidan amalga oshiriladigan amaliy ish munosabatlari va pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni ularning bunday mijoz va uning faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga muvofiqligini tekshirish maqsadida, doimiy asosda oʻrganishni.
Agar mijozning benefitsiar mulkdorini identifikatsiyalash imkoni boʻlmasa, lizing beruvchilar mijozning rahbarini identifikatsiyalashi lozim.
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga aloqasi borligi haqida asoslantirilgan shubhalar mavjud boʻlgan mijozga mijozni lozim darajada tekshirish boʻyicha choralar amalga oshirayotganligi oshkor boʻlishi mumkin boʻlgan hollarda, ushbu mijozga nisbatan mijozni lozim darajada tekshirish boʻyicha choralar amalga oshirmasdan maxsus vakolatli davlat organga shubhali operatsiya haqida xabar yuborilishiga yoʻl qoʻyiladi.
(133-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 26-iyundagi 40, 31-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2265-3, 26.06.2021-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2265-3/0602-son)
14. Mijozlarni lozim darajada tekshirish lizing faoliyati amalga oshirilishining barcha bosqichlarida olib borilishi lozim.
Binefitsar mulkdorni aniqlash maqsadida lizing beruvchi mijoz boshqa mijoz nomidan harakat qilayotganligini aniqlashi kerak va undan keyin mijoz kimning nomidan ish koʻrayotgan boʻlsa, uni identifikatsiyalash hamda shaxsini lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrishi shart.
Mijoz yoki benefitsiar mulkdorni identifikatsiyalash bilan bir qatorda ularning qonun hujjatlariga muvofiq taqdim etiladigan hujjatlaridan foydalangan holda ularning operatsiyalarni amalga oshirishga boʻlgan vakolatlari tekshirilishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
15. Mijoz va uning vakilini identifikatsiyalash quyidagi hujjatlar asosida amalga oshiriladi:
(15-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021-yil 10-iyundagi 33-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 7-iyundagi 17-sonli qarori (roʻyxat raqami 2265-2, 17.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.06.2021-y., 10/21/2265-2/0569-son)
Oldingi tahrirga qarang.
mijoz va uning vakilining shaxsini tasdiqlovchi hujjati (pasport yoki unga tenglashtirilgan hujjat);
(15-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021-yil 10-iyundagi 33-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 7-iyundagi 17-sonli qarori (roʻyxat raqami 2265-2, 17.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.06.2021-y., 10/21/2265-2/0569-son)
Keyingi tahrirga qarang.
davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi tegishli hujjatlar, tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan yeri, rahbarlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shuningdek taʼsis hujjatlarida koʻrsatilgan maʼlumotlar.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2015-yil 7-apreldagi 27, 9-sonli qarori (roʻyxat raqami 2265-1, 14.04.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 15-son, 187-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
16. Mijozni yanada batafsilroq oʻrganish maqsadida quyidagilarga alohida eʼtibor qaratish lozim:
mijozning taʼsis hujjatlari (roʻyxatdan oʻtkazilgan barcha oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar bilan) va mijozning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi hujjatlarning rasmiylashtirilishiga;
mijozning boshqaruv organlarining tuzilmasi va ularning vakolatlariga;
mijozning roʻyxatdan oʻtkazilgan ustav fondining (kapitalining) miqdoriga;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa kerakli maʼlumotlarga.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2015-yil 7-apreldagi 27, 9-sonli qarori (roʻyxat raqami 2265-1, 14.04.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 15-son, 187-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
17. Lizing beruvchilar mijoz tomonidan taqdim etilayotgan axborotni:
davlat organlari va boshqa tashkilotlardan mijoz haqida olingan maʼlumotlardan foydalanish;
mijozning avvalgi lizing beruvchi bilan boʻlgan oʻzaro munosabatlarini oʻrganish;
mijozning ishchanlik obroʻsi toʻgʻrisidagi axborotni toʻplash;
boshqa erkin foydalanishi mumkin boʻlgan axborot manbalari orqali tekshirishga majburdir.
Mijozlarni lozim darajada tekshirish uchun kerak boʻlgan identifikatsiya va boshqa maʼlumotlar, lizing beruvchilar tomonidan kamida bir yilda bir marta yangilanib turishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
18. Mijozni identifikatsiyalash jarayonida lizing beruvchilar benefitsiar mulkdorlarni identifikatsiyalash boʻyicha, shu jumladan, mijoz mol-mulkining tuzilishini oʻrganish yoʻli bilan asoslangan va zarur chora-tadbirlarni qoʻllashi lozim.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2015-yil 7-apreldagi 27, 9-sonli qarori (roʻyxat raqami 2265-1, 14.04.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 15-son, 187-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
181. Operatsiya ishtirokchisi yoki benefitsiar mulkdor sifatida qatnashayotgan yuqori mansabdor shaxslar, ularning yaqin qarindoshlari va yuqori mansabdor shaxslarga yaqin shaxslarga nisbatan lizing beruvchilar:
yuqori mansabdor shaxsning mavqeyi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tekshirish va oʻtkazilayotgan operatsiyadagi pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulkni manbalarini aniqlash boʻyicha tegishli choralarni koʻrish;
yuqori mansabdor shaxs bilan amaliy ish munosabatlariga faqatgina tashkilotlarining rahbariyati ruxsati bilan kirishishi (yoki davom ettirilishi);
amaliy ish munosabatlarini monitoring qilib borishi lozim.
(181-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021-yil 10-iyundagi 33-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 7-iyundagi 17-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2265-2, 17.06.2021-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.06.2021-y., 10/21/2265-2/0569-son)
19. Lizing beruvchilar mijozlar tomonidan identifikatsiyalash uchun zarur boʻlgan hujjatlar taqdim etilmagan taqdirda, ularga operatsiyalarni amalga oshirishda rad javobini beradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
III1. Tavakkalchilik darajasini aniqlash va baholash
Oldingi tahrirga qarang.
191. Lizing beruvchi mijozlar tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadida operatsiyalarni amalga oshirishda tavakkalchilik darajasini (keyingi oʻrinlarda tavakkalchilik darajasi deb yuritiladi) aniqlash, baholash va kamaytirish chora-tadbirlarini koʻrishi shart.
(191-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021-yil 10-iyundagi 33-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 7-iyundagi 17-sonli qarori (roʻyxat raqami 2265-2, 17.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.06.2021-y., 10/21/2265-2/0569-son)
Tavakkalchilik darajasi mijoz taqdim etgan axborot asosida, amalga oshiradigan operatsiyalar turlari, mazkur Qoidalarda belgilangan mezonlar, mijozni lozim tarzda tekshirish natijalarini hisobga olgan holda masʼul shaxs tomonidan har yili aniqlanadi va baholanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tavakkalchiliklarni baholash natijalari yozma ravishda rasmiylashtirilishi va maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etilishi lozim.
(191-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021-yil 10-iyundagi 33-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 7-iyundagi 17-sonli qarori (roʻyxat raqami 2265-2, 17.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.06.2021-y., 10/21/2265-2/0569-son)
192. Lizing beruvchi avvaldan quyidagi mezonlarga javob beruvchi mijozlarni tavakkalchilikning yuqori darajasi toifasiga tegishli deb topishi va ularga nisbatan kuchaytirilgan eʼtiborni qaratishi lozim:
Oldingi tahrirga qarang.
Roʻyxatga kiritilgan shaxslar yoxud Roʻyxatga kiritilgan shaxsning egaligi yoki nazoratidagi tashkilotlar, yoki Roʻyxatga kiritilgan tashkilotning bevosita yoxud bilvosita mulkdori yoki nazorat qiluvchi shaxslar;
(192-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021-yil 10-iyundagi 33-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 7-iyundagi 17-sonli qarori (roʻyxat raqami 2265-2, 17.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.06.2021-y., 10/21/2265-2/0569-son)
Oldingi tahrirga qarang.
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatda yoxud offshor hududda doimiy yashayotgan, turgan yoki roʻyxatga olingan shaxslar;
(192-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021-yil 10-iyundagi 33-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 7-iyundagi 17-sonli qarori (roʻyxat raqami 2265-2, 17.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.06.2021-y., 10/21/2265-2/0569-son)
norezidentlar;
haqiqatda joylashgan joyi taʼsis yoki roʻyxatga olish hujjatlarida koʻrsatilgan maʼlumotlardagi manzilga toʻgʻri kelmaydigan mijozlar;
haqiqiy egasi ushbu bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida koʻrsatilgan shaxs boʻlgan mijozlar;
muntazam ravishda (ketma-ketligi uch oy mobaynida ikki martadan ortiq) shubhali operatsiyalarni amalga oshirayotgan mijozlar;
Oldingi tahrirga qarang.
yuqori mansabdor shaxslar, ularning yaqin qarindoshlari va yuqori mansabdor shaxslarga yaqin shaxslar;
(192-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021-yil 10-iyundagi 33-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 7-iyundagi 17-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2265-2, 17.06.2021-y.) asosan sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.06.2021-y., 10/21/2265-2/0569-son)
masʼul shaxsda asosli shubha uygʻotadigan moliyaviy operatsiyalarni amalga oshiruvchi boshqa shaxslar.
193. Mijoz tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalarning tavsifi oʻzgarishiga qarab, lizing beruvchi zarur boʻlganda u bilan ishlash boʻyicha tavakkalchilik darajasini qayta koʻrib chiqishi lozim.
Lizing beruvchi barcha murakkab, gʻayrioddiy yirik operatsiyalarga, shuningdek aniq iqtisodiy yoki qonuniy maqsadga ega boʻlmagan operatsiyalarni amalga oshirishning gʻayrioddiy sxemalariga kuchaytirilgan eʼtibor qaratishi kerak.
Amalga oshirilgan chora-tadbirlar haqida maʼlumot lizing beruvchining rahbariyatiga taqdim etilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
194. Lizing beruvchi jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadida texnologik yutuqlardan foydalanilishiga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha chora-tadbirlarni koʻrishi kerak. Bu maqsadlarda lizing beruvchi:
(194-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021-yil 10-iyundagi 33-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 7-iyundagi 17-sonli qarori (roʻyxat raqami 2265-2, 17.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.06.2021-y., 10/21/2265-2/0569-son)
xizmatlarning yangi turlari va yangi ish amaliyoti ishlab chiqilishi;
yangi hamda amaldagi xizmat turlarida yangi yoki rivojlanayotgan texnologiyalardan foydalanish natijasida vujudga kelishi mumkin boʻlgan tavakkalchilik darajasini aniqlashi va baholashi lozim.
Bunday tavakkalchilikning baholanishi xizmatlarning yangi turlari, yangi ish amaliyotining ishga tushirilishi yoxud yangi yoki rivojlanayotgan texnologiyalarni foydalanishga tushirishdan avval oʻtkazilishi lozim.
Lizing beruvchi bunday tavakkalchilikni monitoring qilish va ularni pasaytirish boʻyicha tegishli choralarni koʻrishi lozim.
(III1 bob Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2015-yil 7-apreldagi 27, 9-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2265-1, 14.04.2015-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2015-y., 15-son, 187-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
195. Chet el lizing beruvchilarining alohida boʻlinmalari (agar mavjud boʻlganda) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish borasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirishda ular joylashgan mamlakat talablariga rioya qilishlari lozim, mazkur talablar Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari talablaridan farq qilgan taqdirda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro standartlarni qoʻllashi lozim.
Lizing beruvchilar oʻzlarining xorijdagi alohida boʻlinmalaridan mazkur ajratilgan boʻlinmalar joylashgan mamlakat qonun hujjatlaridagi taqiqlar tufayli jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha tegishli tadbirlarni amalga oshirish mumkin boʻlmagan holatlar toʻgʻrisida lizing beruvchi bosh ofisini xabardor qilishni talab qilishga majburdir. Oʻz navbatida, lizing beruvchilar bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va maxsus vakolatli davlat organiga xabar berishi shart.
Lizing beruvchilar oʻzlarining chet eldagi alohida boʻlinmalari agarda ular joylashgan mamlakatning qonun hujjatlarida lizing beruvchining ichki qoidalariga nisbatan yengilroq ichki nazorat choralari belgilangan boʻlsa, ular jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish borasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirishda lizing beruvchining ichki qoidalariga rioya qilishlari kerak.
(195-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021-yil 10-iyundagi 33-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 7-iyundagi 17-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2265-2, 17.06.2021-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.06.2021-y., 10/21/2265-2/0569-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
196. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi yiliga kamida bir marta, shuningdek jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik oʻzgarishi munosabati bilan lizing beruvchilar faoliyatida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan tavakkalchilik darajasini oʻrganadi.
(196-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 26-iyundagi 40, 31-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2265-3, 26.06.2021-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2265-3/0602-son)
Keyingi tahrirga qarang.
IV. Xabar qilinishi lozim boʻlgan shubhali operatsiyalarni aniqlashning mezonlari va tartibi
20. Quyidagi hollarda pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiya shubhali deb topilishi mumkin:
mijoz tomonidan zarurat tufayli soʻralayotgan, shu jumladan, ishonch bildiruvchi (agar mijoz ishonchli vakil sifatida ish yuritayotgan boʻlsa) haqidagi maʼlumotlarni taqdim etishning sababsiz rad etilishi;
mijozning amalga oshirilayotgan bitishuvga nisbatan maxfiylik masalalari bilan ortiqcha tashvishlanishi;
mijozning xizmat koʻrsatishning foydaliroq shartlariga nisbatan eʼtiborsiz boʻlishi, shuningdek mijoz tomonidan ayni turdagi xizmatlar koʻrsatishdagi oddiy toʻlovdan farq qiladigan yuqori mukofotning taklif qilinishi;
mijozning operatsiyalari yaqqol iqtisodiy mohiyatga ega boʻlmaganligi, mijozning taʼsis hujjatlarida yoki davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi guvohnomasida nazarda tutilgan maqsad va faoliyati turlariga toʻgʻri kelmasligi;
bitimga mijoz faoliyatiga toʻgʻri kelmaydigan qoʻshimchalar va oʻzgarishlar kiritilishi;
operatsiyani amalga oshirishda mijoz qattiq turib olgan asoslanmagan shoshma-shosharlik;
mijoz tomonidan avval kelishilgan operatsiyaga (bitimga) bevosita uni amalga oshirilishidan oldin koʻproq, ayniqsa, pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk harakati yoʻnalishiga taalluqli oʻzgartirishlar kiritilishi;
mijoz haqidagi maʼlumotning mavjud emasligi, shuningdek koʻrsatilgan bogʻlanish maʼlumotlari, xususan, pochta va elektron manzili, telefon raqamlari va elektron kanal maʼlumotlari boʻyicha mijoz bilan aloqa oʻrnatish imkoniyatining yoʻqligi;
maʼlumotlar va hujjatlar taqdim etilishini mijoz tomonidan asossiz kechiktirilishi yoki mijoz tomonidan tekshirib boʻlmaydigan maʼlumotning taqdim etilishi;
mijoz tomonidan bitim ishtirokchilari haqida bila turib yolgʻon axborot va notoʻgʻri maʼlumotlarning taqdim etilishi;
Oldingi tahrirga qarang.
operatsiya bajarilgan kunda bazaviy hisoblash miqdorining 1000 baravaridan yuqori summada boʻlgan qaytariladigan shakldagi lizing operatsiyalari amalga oshirilsa;
(20-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021-yil 10-iyundagi 33-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 7-iyundagi 17-sonli qarori (roʻyxat raqami 2265-2, 17.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.06.2021-y., 10/21/2265-2/0569-son)
mulk yoki asbob-uskuna bilan bogʻliq katta miqdordagi lizing operatsiyalarining narxlari bozor konyunkturasidan oʻzgacha boʻlganda yoki bu operatsiyalar bajarilishidan manfaat koʻzlansa;
lizing toʻlovlarini asossiz ravishda oshib ketishi;
lizing oluvchilar tomonidan lizing toʻlovlarini toʻliq yoki qisqa muddat ichida (uch oydan oshmagan holda) toʻlanishi hamda ushbu pul mablagʻlarining kelib chiqish manbalari nomaʼlum boʻlganda;
lizing shartnoma shartlaridagi majburiyatlar hamda toʻlovlar, uchinchi shaxslar tomonidan amalga oshirilishi koʻzda tutilgan boʻlsa;
Oldingi tahrirga qarang.
(20-bandning oʻn yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2015-yil 7-apreldagi 27, 9-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2265-1, 14.04.2015-y.) asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2015-y., 15-son, 187-modda)
amalga oshirish maqsadi qonun hujjatlari bilan oʻrnatilgan nazorat jarayonlaridan bosh tortish deyishga asos boʻladigan operatsiyalar yoki bitishuvlarning koʻp marotaba yuritilganligining aniqlanishi;
Keyingi tahrirga qarang.
identifikatsiyalashni yakunlashning imkoni boʻlmasligi yoki lozim darajada tekshirish natijalariga koʻra, mijoz bilan amaliy ish munosabatlarini oʻrnatish maqsadga muvofiq emasligini koʻrsatib turadigan maʼlumotlarning olinishi.
21. Operatsiyani shubhali deb tan olish har bir aniq holatda ushbu Qoidalar bilan oʻrnatilgan shubhalilik mezonlaridan foydalangan holda oʻtkaziladigan kompleks tahlil asosida, shuningdek mijoz shaxsi, uning obroʻsi, amaliy ish munosabatlarining xususiyati, bitimning asoslari, maqsadlari, hajmi va turi, uni amalga oshirish usuli bilan hamda shubhali operatsiyani toʻgʻri aniqlash uchun ahamiyatli boʻlgan boshqa holatlar asosida aniqlanadigan tavakkalchilik xavfiga bogʻliq ravishda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
22. Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar kechiktirilmasdan va oldindan xabar qilinmasdan toʻxtatilishi va (yoki) pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkni ishga solmay toʻxtatib qoʻyilishi hamda maxsus vakolatli davlat organiga xabar yuborilishi lozim, agarda:
mijoz yoki operatsiya qatnashchilaridan birining barcha identifikatsiya maʼlumotlari Roʻyxatga kiritilgan shaxsning maʼlumotlari bilan toʻliq mos kelsa;
operatsiya qatnashchilaridan biri Roʻyxatga kiritilgan shaxs nomidan yoki uning topshirigʻiga binoan faoliyat koʻrsatayotgan boʻlsa;
operatsiyani amalga oshirishda foydalanayotgan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk toʻliq yoki qisman Roʻyxatga kiritilgan shaxsga tegishli boʻlsa;
operatsiya qatnashchisi boʻlgan yuridik shaxs Roʻyxatga kiritilgan jismoniy yoki yuridik shaxsning mulkida yoki nazorat ostida boʻlsa.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Lizing beruvchilar toʻxtatilgan operatsiyani oʻtkazishni tiklashni Terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar roʻyxatiga kiritilgan shaxslarning operatsiyalarini toʻxtatib turish, pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay toʻxtatib qoʻyish, ishga solmay toʻxtatib qoʻyilgan mol-mulkidan foydalanishga ruxsat berish va operatsiyalarini tiklash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda (roʻyxat raqami 2833, 2016-yil 11-oktabr) belgilangan tartibda amalga oshiradi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021-yil 10-iyundagi 33-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 7-iyundagi 17-sonli qarori (roʻyxat raqami 2265-2, 17.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.06.2021-y., 10/21/2265-2/0569-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
221. Operatsiyaning taraflaridan biri jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatda doimiy yashayotgan, turgan yoki roʻyxatga olingan shaxs boʻlsa, bunday operatsiya ham maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilinishi kerak.
(221-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021-yil 10-iyundagi 33-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 7-iyundagi 17-sonli qarori (roʻyxat raqami 2265-2, 17.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.06.2021-y., 10/21/2265-2/0569-son)
23. Mijozning operatsiyasi shubhali deb topilgandan soʻng, masʼul shaxs mijozga nisbatan kelgusidagi xatti-harakatlar haqida qaror qabul qiladi, jumladan:
Oldingi tahrirga qarang.
shubhali operatsiya toʻgʻrisida maxsus vakolatli davlat organiga xabar berish haqida;
(23-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021-yil 10-iyundagi 33-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 7-iyundagi 17-sonli qarori (roʻyxat raqami 2265-2, 17.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.06.2021-y., 10/21/2265-2/0569-son)
mijoz bilan operatsiya oʻtkazishga alohida eʼtibor qaratish haqida;
qonun hujjatlari yoki u bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq mijoz bilan munosabatlarni toʻxtatish haqida.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
24. Shubhali operatsiyalar haqidagi maʼlumotlar lizing beruvchilar tomonidan maxsus vakolatli davlat organiga shubhali operatsiyalar deb topilgan paytdan eʼtiboran bir ish kunidan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan shaklda beriladi.
(24-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021-yil 10-iyundagi 33-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 7-iyundagi 17-sonli qarori (roʻyxat raqami 2265-2, 17.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.06.2021-y., 10/21/2265-2/0569-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Shubhali operatsiyalarga taalluqli har bir maʼlumot haqida axborot masʼul shaxs tomonidan qogʻoz va (yoki) elektron koʻrinishda yuritiladigan maxsus jurnallarga kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
25. Lizing beruvchilar tegishli operatsiyadan shubhani tasdiqlovchi yoki olib tashlovchi har qanday maʼlumotni maxsus vakolatli davlat organiga kechiktirmay topshirishlari zarur.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021-yil 10-iyundagi 33-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 7-iyundagi 17-sonli qarori (roʻyxat raqami 2265-2, 17.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.06.2021-y., 10/21/2265-2/0569-son)
Oldingi tahrirga qarang.
251. Ichki qoidalar bilan shubhali operatsiyalarni qoʻshimcha mezonlari va alomatlari belgilanishi mumkin.
Tashkilotlar maxsus vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladigan va tavsiyaviy xarakterga ega boʻlgan uslubiy qoʻllanmalar asosida shubhali operatsiyalarni dastlabki aniqlash indikatorlari tizimini yoʻlga qoʻyishlari mumkin.
(251-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 26-iyundagi 40, 31-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2265-3, 26.06.2021-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2265-3/0602-son)
Keyingi tahrirga qarang.
V. Ichki nazoratni amalga oshirish natijasida olingan axborot va hujjatlarni rasmiylashtirish, saqlash, maxfiyligini taʼminlash
Oldingi tahrirga qarang.
26. Maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalar boʻyicha qonun hujjatlariga va mazkur Qoidalarga muvofiq quyidagilar rasmiylashtiriladi:
(26-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021-yil 10-iyundagi 33-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 7-iyundagi 17-sonli qarori (roʻyxat raqami 2265-2, 17.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.06.2021-y., 10/21/2265-2/0569-son)
Keyingi tahrirga qarang.
operatsiya turi va uni amalga oshirishning asoslari;
operatsiyani amalga oshirish sanasi va summasi;
Oldingi tahrirga qarang.
operatsiyani amalga oshiruvchi mijozni indentifikatsiyalash uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar;
(26-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2015-yil 7-apreldagi 27, 9-sonli qarori (roʻyxat raqami 2265-1, 14.04.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 15-son, 187-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
operatsiyani topshirigʻi boʻyicha va nomidan amalga oshirilayotgan mijozni indentifikatsiyalash uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar;
(26-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2015-yil 7-apreldagi 27, 9-sonli qarori (roʻyxat raqami 2265-1, 14.04.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 15-son, 187-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
ushbu shaxs nomidan operatsiyani amalga oshiruvchi mijozning vakilini (ishonchli vakilini) indentifikatsiyalash uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar;
(26-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2015-yil 7-apreldagi 27, 9-sonli qarori (roʻyxat raqami 2265-1, 14.04.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 15-son, 187-modda)
pul mablagʻlari va boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar boʻyicha qabul qiluvchi va uning vakilini indentifikatsiyalash uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar.
27. Lizing beruvchilar pul mablagʻlari va boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar toʻgʻrisidagi axborotni, shuningdek mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha identifikatsiyalash maʼlumotlari hamda materiallarini shu jumladan, ish yozishmalarini qonun hujjatlarida belgilangan, lekin operatsiya amalga oshirilganidan yoki mijoz bilan munosabatlar toʻxtatilganidan keyin besh yildan kam boʻlmagan muddatlar mobaynida saqlashlari shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Operatsiyalar toʻgʻrisidagi axborot, zarurat tugʻilgan taqdirda, operatsiya tafsilotlarini qayta tiklash mumkin boʻlgan tarzda rasmiylashtirilishi lozim.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021-yil 10-iyundagi 33-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 7-iyundagi 17-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2265-2, 17.06.2021-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.06.2021-y., 10/21/2265-2/0569-son)
Oldingi tahrirga qarang.
28. Lizing beruvchilar jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq axborotdan erkin foydalanishni cheklaydilar, uning tarqalib ketmasligini taʼminlaydilar hamda bundan manfaatdor boʻlgan boshqa jismoniy va yuridik shaxslarni maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etilgan ularning operatsiyalari toʻgʻrisidagi xabarlarni taqdim etish haqida xabardor qilishga haqli emaslar.
(28-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021-yil 10-iyundagi 33-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 7-iyundagi 17-sonli qarori (roʻyxat raqami 2265-2, 17.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.06.2021-y., 10/21/2265-2/0569-son)
Lizing beruvchilar ichki nazorat funksiyalarini amalga oshirish jarayonida olingan axborotni oʻz xodimlari tomonidan oshkor qilmaslikni (shaxsiy maqsadlari yoxud uchinchi shaxslar manfaatlari uchun foydalanilmasligini) taʼminlaydilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
281. Masʼul shaxsning faoliyatida foydalanilgan barcha hujjatlar (ichki nazoratni amalga oshirish bilan bogʻliq yozishmalar, shu jumladan, maxsus vakolatli davlat organiga yuborilgan xabarlarning qogʻozdagi va elektron nusxalari, mijozlarning qogʻozdagi va elektron anketalari, maxsus jurnallar va h.k.) dan foydalanilishini cheklash maqsadida, bunday hujjatlar va ularning roʻyxati bevosita maxsus jihozlangan xonada yoki yonmaydigan va muhrlanadigan seyfda ushbu shaxs tomonidan saqlanishi lozim.
(281-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021-yil 10-iyundagi 33-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 7-iyundagi 17-sonli qarori (roʻyxat raqami 2265-2, 17.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.06.2021-y., 10/21/2265-2/0569-son)
282. Hujjatlarning elektron shakllari dasturiy usulda arxivlashtirilishi, elektron axborot tashuvchi uskunalarga yozib qoʻyilishi hamda masʼul shaxs tomonidan ularning roʻyxati bilan birgalikda yonmaydigan va muhrlanadigan seyfda saqlanishi zarur.
(281-282-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2015-yil 7-apreldagi 27, 9-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2265-1, 14.04.2015-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2015-y., 15-son, 187-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
283. Mijozlarni lozim darajada tekshirish natijasida olingan maʼlumotlar ahamiyati va tavakkalchiliklardan kelib chiqqan holda hamda mijoz maʼlumotlarida oʻzgarishlar boʻlganda, biroq mijoz tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirishni va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishni amalga oshirish tavakkalchiligi lizing beruvchilar tomonidan yuqori baholanganda yiliga kamida bir marotaba, boshqa hollarda ikki yilda kamida bir marotaba yangilanishi lozim.
(283-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 26-iyundagi 40, 31-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2265-3, 26.06.2021-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2265-3/0602-son)
VI. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
29. Mazkur Qoidalar talablariga lizing beruvchilar tomonidan rioya etilishi ustidan monitoring va nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan maxsus vakolatli davlat organi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021-yil 10-iyundagi 33-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 7-iyundagi 17-sonli qarori (roʻyxat raqami 2265-2, 17.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.06.2021-y., 10/21/2265-2/0569-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Qoidalar bilan belgilangan talablar yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmalariga ham qoʻllaniladi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 26-iyundagi 40, 31-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2265-3, 26.06.2021-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/2265-3/0602-son)
Oldingi tahrirga qarang.
291. Lizing beruvchi ichki va tashqi vaziyatlarning oʻzgarishini inobatga olgan holda, lizing beruvchining ichki nazorat tizimini doimiy ravishda monitoring qilib boradi va samaradorligini baholab boradi, shuningdek zarur holda samarali ishlashini taʼminlash uchun uning faoliyatini kuchaytiradi.
Lizing beruvchida ichki audit xizmati mavjud boʻlganda, ichki nazorat faoliyati samaradorligini monitoringi ichki audit xizmati tomonidan amalga oshiriladi.
(291-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021-yil 10-iyundagi 33-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 7-iyundagi 17-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2265-2, 17.06.2021-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.06.2021-y., 10/21/2265-2/0569-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
30. Mazkur Qoidalar, shuningdek jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha boshqa hujjatlar lizing beruvchilarning barcha xodimlariga yetkazilishi lozim.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021-yil 10-iyundagi 33-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 7-iyundagi 17-sonli qarori (roʻyxat raqami 2265-2, 17.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.06.2021-y., 10/21/2265-2/0569-son)
Oldingi tahrirga qarang.
31. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonun hujjatlari buzilganligi hollarini yashirishda, shuningdek mazkur Qoidalar talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021-yil 10-iyundagi 33-son va Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 7-iyundagi 17-sonli qarori (roʻyxat raqami 2265-2, 17.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.06.2021-y., 10/21/2265-2/0569-son)
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 38-son, 394-modda; 2015-y., 15-son, 187-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.06.2021-y., 10/21/2265-2/0569-son; 26.06.2021-y., 10/21/2265-3/0602-son, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son; 07.11.2024-y., 10/24/2265-4/0898-son; 17.06.2021-y., 14.02.2026-y., 10/26/2265-5/0139-son; 26.05.2026-y., 10/26/2265-6/0530-son)