OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKINI BOSHQARISH DAVLAT QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BOSH PROKURATURASI HUZURIDAGI SOLIQ, VALYUTAGA OID JINOYATLARGA VA JINOIY DAROMADLARNI LEGALLASHTIRISHGA QARSHI KURASHISH DEPARTAMENTINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BOSH PROKURATURASI HUZURIDAGI SOLIQ, VALYUTAGA OID JINOYATLARGA VA JINOIY DAROMADLARNI LEGALLASHTIRISHGA QARSHI KURASHISH DEPARTAMENTINING
Qarori
Oldingi tahrirga qarang.
RIELTORLIK TASHKILOTLARI UCHUN JINOIY FAOLIYATDAN OLINGAN DAROMADLARNI LEGALLASHTIRISHGA, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga QARSHI KURASHISH BOʻYICHA ICHKI NAZORAT QOIDALARINI TASDIQLASH HAQIDA
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 14-martdagi 01/10-10/53, 12-sonli qarori (roʻyxat raqami 2257-3, 02.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2019-y., 10/19/2257-3/2867-son)
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 24-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2257]
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-y., 9-son, 160-modda), Qonunga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti qaror qiladilar:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2014-yil 18-martdagi 01/27–26/10, 8-sonli qarori (roʻyxat raqami 2257-1, 18.04.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 16-son, 186-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
1. Rieltorlik tashkilotlari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat Qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 14-martdagi 01/10-10/53, 12-sonli qarori (roʻyxat raqami 2257-3, 02.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2019-y., 10/19/2257-3/2867-son)
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi raisi v.b. A. ABDUXAKIMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 8-avgust,
01/19-18/04-son
Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshligʻi v.b. B. ZILYAYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 8-avgust,
27-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2011-yil 8-avgustdagi 01/19-18/04, 27-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Rieltorlik tashkilotlari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat
QOIDALARI
(ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 14-martdagi 01/10-10/53, 12-sonli qarori (roʻyxat raqami 2257-3, 02.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2019-y., 10/19/2257-3/2867-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 43-son, 451-modda) muvofiq rieltorlik tashkilotlari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish maqsadida ichki nazoratni tashkil etish va amalga oshirish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 14-martdagi 01/10-10/53, 12-sonli qarori (roʻyxat raqami 2257-3, 02.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2019-y., 10/19/2257-3/2867-son)
Keyingi tahrirga qarang.
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllangan:
benefitsiar mulkdor — pirovard natijada mulk huquqiga ega boʻladigan yoki mijozni aniq nazorat qiladigan jismoniy shaxs, shu jumladan, uning manfaatlari yoʻlida pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiya amalga oshirilayotgan yuridik shaxs;
ichki nazorat — maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalarni aniqlash boʻyicha rieltorlik tashkilotlarining faoliyati;
Oldingi tahrirga qarang.
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlar — Jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish boʻyicha moliyaviy choralarni ishlab chiqish guruhining (FATF) rasmiy bayonotlarida xalqaro moliyaviy tizimga xavf tugʻdiruvchi hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish tizimlarida strategik kamchiliklari mavjud deb belgilangan davlatlar va hududlar;
(1-band Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2014-yil 18-martdagi 01/27–26/10, 8-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2257-1, 18.04.2014-y.) asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2014-y., 16-son, 186-modda)
mijozni identifikatsiyalash — mijozni lozim darajada tekshirish maqsadida, ular topshirgan hujjatlar asosida rieltorlik tashkilotlari tomonidan mijozlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni aniqlash;
benefitsiar mulkdorni identifikatsiyalash — rieltorlik tashkilotlari tomonidan qonun hujjatlari bilan belgilangan taʼsis hujjatlari (ustav va (yoki) taʼsis shartnomasi, nizom) asosida mulk va boshqaruv tuzilmasini oʻrganish orqali yuridik shaxs boʻlgan mijozning mulkdori yoki uni nazorat qiluvchi shaxsni aniqlash;
Keyingi tahrirga qarang.
mijoz — koʻchmas mulk obyektlariga va ularga boʻlgan huquqlarga doir bitimlar tuzish bilan bogʻliq xizmatlarni koʻrsatish toʻgʻrisida ogʻzaki yoki yozma ravishda shartnoma tuzmoqchi boʻlgan jismoniy yoki yuridik shaxs;
mijozni lozim darajada tekshirish — mijozning va qaysi shaxslar nomidan ish koʻrayotgan boʻlsa, oʻsha shaxslarning shaxsini hamda vakolatlarini tekshirish, taʼsis hujjatlari asosida mulk va boshqaruv tuzilishini oʻrganish orqali benefitsiar mulkdorni identifikatsiyalash, mijoz tomonidan amalga oshiriladigan amaliy ish munosabatlari va operatsiyalarni, ularning bunday mijoz va uning faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga muvofiqligini tekshirish maqsadida doimiy asosda oʻrganish;
xabar qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalar — ichki nazoratni oʻtkazish davomida rieltorlik tashkilotlari tomonidan shubhali deb topilgan sodir etilayotgan va tayyorlanayotgan pul mablagʻlari va boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar;
Oldingi tahrirga qarang.
shubhali operatsiya — pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq, tayyorlash, sodir etish jarayonida boʻlgan yoki sodir etib boʻlingan, mazkur Qoidalarda belgilangan mezonlardan kelib chiqib, rieltorlik tashkilotlarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va (yoki) ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadida amalga oshirilganligi toʻgʻrisida shubha paydo boʻlgan operatsiya;
(1-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 14-martdagi 01/10-10/53, 12-sonli qarori (roʻyxat raqami 2257-3, 02.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2019-y., 10/19/2257-3/2867-son)
Oldingi tahrirga qarang.
tavakkalchilik — mijozlar tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadida operatsiyalarni amalga oshirish tavakkalchiligi;
(1-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 14-martdagi 01/10-10/53, 12-sonli qarori (roʻyxat raqami 2257-3, 02.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2019-y., 10/19/2257-3/2867-son)
Oldingi tahrirga qarang.
maxsus vakolatli davlat organi — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti;
(1-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2018-yil 21-iyundagi 01/19-10/28, 22-sonli qarori (roʻyxat raqami 2257-2, 14.07.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 10/18/2257-2/1509-son — 2018-yil 17-oktabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
yuqori mansabdor shaxslar — chet davlatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, maʼmuriy yoki sud organida yoxud xalqaro tashkilotda doimiy, vaqtincha yoki maxsus vakolat boʻyicha tayinlanadigan yoki saylanadigan, tashkiliy-boshqaruv funksiyalarni bajaradigan va yuridik ahamiyatga ega boʻlgan harakatlarni amalga oshirishga vakolat berilgan shaxslar;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
operatsiyalarni toʻxtatib turish — mijozning topshiriqnomalari ijrosini toʻxtatib turish;
terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxs — terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan yoxud ishtirok etishda gumon qilinayotgan, terrorchilik faoliyatini amalga oshirayotgan yoxud amalga oshirishda gumon qilinayotgan tashkilotning bevosita yoki bilvosita mulkdori boʻlgan yoxud uni nazorat qilayotgan jismoniy yoki yuridik shaxs, shuningdek terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan yoxud ishtirok etishda gumon qilinayotgan jismoniy shaxsning yoxud tashkilotning mulkidagi yoki nazorati ostidagi yuridik shaxs;
ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxs — Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan tan olingan, ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishini oldini olishga qaratilgan BMT Xavfsizlik Kengashining rezolyutsiyalari hamda boshqa xalqaro-huquqiy hujjatlari bilan belgilangan jismoniy yoki yuridik shaxs;
Roʻyxat — terrorizmga, ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishga qarshi kurashishni amalga oshiruvchi davlat organlari va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa vakolatli organlaridan taqdim etilayotgan maʼlumotlar, shuningdek, chet davlatlarning vakolatli organlari va xalqaro tashkilotlaridan rasmiy kanallar orqali taqdim etilayotgan maʼlumotlar asosida maxsus vakolatli davlat organi tomonidan tuzilgan terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslarning roʻyxati.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2018-yil 21-iyundagi 01/19-10/28, 22-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2257-2, 14.07.2018-y.) asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 10/18/2257-2/1509-son — 2018-yil 17-oktabridan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish — yadroviy, kimyoviy, biologik va boshqa turdagi ommaviy qirgʻin qurolini, bunday qurolni yaratishda foydalanilishi mumkinligi ayon boʻlgan materiallarni hamda uskunalarni yaratish, ishlab chiqarish, olish, toʻplash, saqlash, oʻtkazish, foydalanish maqsadida har qanday mablagʻ-vositalarni, resurslarni berish yoki yigʻish, boshqa xizmatlar koʻrsatish;
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 14-martdagi 01/10-10/53, 12-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2257-3, 02.04.2019-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2019-y., 10/19/2257-3/2867-son)
Keyingi tahrirga qarang.
2. Rieltorlik tashkilotlarida ichki nazoratning maqsadi quyidagilardan iborat:
Oldingi tahrirga qarang.
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga yoʻnaltirilgan koʻchmas mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni samarali aniqlash va oldini olish;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2018-yil 21-iyundagi 01/19-10/28, 22-sonli qarori (roʻyxat raqami 2257-2, 14.07.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 10/18/2257-2/1509-son — 2018-yil 17-oktabridan kuchga kiradi)
rieltorlik tashkilotlarini qasddan yoki qasddan boʻlmagan jinoiy faoliyatga jalb qilinishiga yoʻl qoʻymaslik;
Oldingi tahrirga qarang.
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga oid tavakkalchiliklarni aniqlash, ularni baholash, hujjatlashtirish va kamaytirish;
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 14-martdagi 01/10-10/53, 12-sonli qarori (roʻyxat raqami 2257-3, 02.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2019-y., 10/19/2257-3/2867-son)
Oldingi tahrirga qarang.
rieltorlik tashkilotlari tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari hamda koʻchmas mulk oldi-sotdisi bilan bogʻliq operatsiyalarni rasmiylashtirish va amalga oshirish bilan bogʻliq boshqa hujjatlar talablariga qatʼiy rioya qilinishini taʼminlash.
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 14-martdagi 01/10-10/53, 12-sonli qarori (roʻyxat raqami 2257-3, 02.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2019-y., 10/19/2257-3/2867-son)
Keyingi tahrirga qarang.
3. Rieltorlik tashkilotlarida ichki nazoratning vazifalari quyidagilardan iborat:
qonun hujjatlari va mazkur Qoidalarga muvofiq mijozlarni lozim darajada tekshirish choralarini amalga oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
benefitsiar mulkdorlarni identifikatsiyalash, ularning shaxsini tekshirish va koʻchmas mulk oldi-sotdisi faoliyatini amalga oshirishda foydalaniladigan pul mablagʻlari va boshqa mol-mulkning kelib chiqishini aniqlash boʻyicha mumkin boʻlgan chora-tadbirlar qoʻllash;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2018-yil 21-iyundagi 01/19-10/28, 22-sonli qarori (roʻyxat raqami 2257-2, 14.07.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 10/18/2257-2/1509-son — 2018-yil 17-oktabridan kuchga kiradi)
mazkur Qoidalarning 21-bandida belgilangan mezonlar asosida shubhali operatsiyalarni aniqlash;
Oldingi tahrirga qarang.
ichki nazoratni amalga oshirish davomida aniqlangan va xabar qilinishi lozim boʻlgan shubhali operatsiyalar haqidagi axborotlar (hujjatlar)ni maxsus vakolatli davlat organiga oʻz vaqtida taqdim etish;
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2018-yil 21-iyundagi 01/19-10/28, 22-sonli qarori (roʻyxat raqami 2257-2, 14.07.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 10/18/2257-2/1509-son — 2018-yil 17-oktabridan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Roʻyxatga kiritilgan shaxslar ishtirokidagi koʻchmas mulk oldi-sotdisi boʻyicha operatsiyalarni hamda boshqa bitimlarni toʻxtatib turish va toʻxtatib turilgan kunning oʻzida bunday operatsiyalar haqida maxsus vakolatli davlat organini xabardor qilishi;
(3-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2018-yil 21-iyundagi 01/19-10/28, 22-sonli qarori (roʻyxat raqami 2257-2, 14.07.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 10/18/2257-2/1509-son — 2018-yil 17-oktabridan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq boʻlgan maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlash;
(3-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 14-martdagi 01/10-10/53, 12-sonli qarori (roʻyxat raqami 2257-3, 02.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2019-y., 10/19/2257-3/2867-son)
koʻchmas mulk oldi-sotdisi bilan bogʻliq faoliyat toʻgʻrisidagi axborotni, shuningdek identifikatsiyalash maʼlumotlarini va mijozlarni lozim darajada tekshirishga doir materiallarning qonun hujjatlarida belgilangan muddatlar mobaynida saqlanishini taʼminlash;
Keyingi tahrirga qarang.
rieltorlik tashkilotlari rahbariyatini tegishli qarorlar qabul qilish uchun zarur boʻlgan ishonchli axborot va materiallar bilan tezkor va muntazam taʼminlab borish;
shubhali operatsiyalarning amalga oshirilishi yoki amalga oshirishga urinishlar, shubhali operatsiyalarni amalga oshirgan mijozlar bilan bogʻliq shaxslar (rahbarlar, taʼsischilar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasini shakllantirish, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq bunday axborotni davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro ayirboshlash;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
soʻrovnomalar boʻyicha mijozlar bazasidan terrorchilik faoliyatini moliyalashtirish va (yoki) ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish bilan bogʻliq boʻlgan shaxslarni aniqlash.
(3-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 14-martdagi 01/10-10/53, 12-sonli qarori (roʻyxat raqami 2257-3, 02.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2019-y., 10/19/2257-3/2867-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
rieltorlik tashkilotlari faoliyati doirasida tavakkalchiliklarni aniqlash, baholash, hujjatlashtirish va kamaytirish boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni koʻrish;
(3-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2018-yil 21-iyundagi 01/19-10/28, 22-sonli qarori (roʻyxat raqami 2257-2, 14.07.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 10/18/2257-2/1509-son — 2018-yil 17-oktabridan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
“yuqori mansabdor shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari amalga oshirayotgan operatsiyalarini chuqur monitoring qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
Roʻyxat bilan solishtirish orqali operatsiya ishtirokchilari orasida terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslarni aniqlash.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2018-yil 21-iyundagi 01/19-10/28, 22-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2257-2, 14.07.2018-y.) asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 10/18/2257-2/1509-son — 2018-yil 17-oktabridan kuchga kiradi)
II. Ichki nazorat tizimini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
4. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish uchun ichki nazoratini tashkil etish maqsadida rieltorlik tashkilotlarda ushbu Qoidalarga rioya etilishi uchun rahbarning buyrugʻi bilan masʼul shaxs (keyingi oʻrinlarda masʼul shaxs deb yuritiladi) tayinlanadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 14-martdagi 01/10-10/53, 12-sonli qarori (roʻyxat raqami 2257-3, 02.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2019-y., 10/19/2257-3/2867-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Rieltorlik tashkilotlarining ichki nazorat tizimi ularning faoliyat koʻrsatish xususiyatlari, faoliyatining asosiy yoʻnalishlari, mijozlar va ularning operatsiyalari bilan bogʻliq mijozlar bazasi va tavakkalchilik darajasini hisobga olgan holda tashkil etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Rieltorlik tashkilotlari har yili yanvar oyining 10-sanasidan kechiktirmasdan tayinlangan masʼul shaxs haqidagi maʼlumotni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi) taqdim etishlari shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Masʼul shaxs oʻzgargan taqdirda, bu haqda rieltorlik tashkiloti besh ish kuni mobaynida Agentlikni xabardor qilishi lozim.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 14-martdagi 01/10-10/53, 12-sonli qarori (roʻyxat raqami 2257-3, 02.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2019-y., 10/19/2257-3/2867-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Agentlik har yili yanvar oyining 20-sanasidan kechiktirmay rieltorlik tashkilotlarining masʼul shaxslari haqida maʼlumotlarni maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etadi. Hisobot yili davomida masʼul shaxslar oʻzgargan taqdirda, bu haqda Agentlik rieltorlik tashkilotlardan oʻzgarishlar haqida tasdiqlovchi hujjatlar olgan kunidan boshlab besh ish kuni mobaynida qoʻshimcha ravishda maxsus vakolatli davlat organini xabardor qiladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 14-martdagi 01/10-10/53, 12-sonli qarori (roʻyxat raqami 2257-3, 02.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2019-y., 10/19/2257-3/2867-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish maqsadida masʼul shaxs quyidagi vazifalarni bajaradi:
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 14-martdagi 01/10-10/53, 12-sonli qarori (roʻyxat raqami 2257-3, 02.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2019-y., 10/19/2257-3/2867-son)
mazkur Qoidalarga muvofiq ichki nazoratni va mijozlarni lozim darajada tekshirishni joriy etishni va amalga oshirishni tashkillashtiradi;
rieltorlik tashkiloti faoliyatiga xos jihatlaridan kelib chiqib, ichki nazoratni amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va rahbariyatga tasdiqlashga kiritadi;
Oldingi tahrirga qarang.
mijozlarning ichki nazoratni amalga oshirish davomida aniqlangan shubhali operatsiyalari va xatti-harakatlari toʻgʻrisidagi xabarlarning maxsus vakolatli davlat organiga oʻz vaqtida yuborilishini, shuningdek maxsus vakolatli davlat organining qoʻshimcha axborot taqdim etish toʻgʻrisidagi soʻrovlarining bajarilishini taʼminlaydi;
(8-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2018-yil 21-iyundagi 01/19-10/28, 22-sonli qarori (roʻyxat raqami 2257-2, 14.07.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 10/18/2257-2/1509-son — 2018-yil 17-oktabridan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
ichki nazorat tizimini tashkil etish boʻyicha va Agentlik, maxsus vakolatli davlat organining vakolatli vakillari, shuningdek tashkilotning ichki audit xizmati xodimlari va tashqi auditorlar tomonidan olib borilgan tekshiruvlar davomida rieltorlik tashkiloti faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha monitoringni amalga oshiradi;
(8-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 14-martdagi 01/10-10/53, 12-sonli qarori (roʻyxat raqami 2257-3, 02.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2019-y., 10/19/2257-3/2867-son)
mazkur Qoidalar ichki nazorat dasturlarini amalga oshirish jarayonining maxfiyligini taʼminlaydi.
9. Masʼul shaxs ichki nazoratni amalga oshirishda quyidagi huquqlarga ega:
oʻz tashkilotining rahbarlari va xodimlaridan ichki nazoratni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan tashkiliy-boshqaruv, buxgalteriya va boshqa hujjatlarni talab qilib olish;
ichki nazoratni amalga oshirish maqsadida olingan hujjatlardan nusxa koʻchirish, tashkilotning elektron maʼlumotlar bazalari, mahalliy hisoblash tarmoqlari va avtomatlashtirilgan kompyuter tizimlaridagi fayllar va boshqa yozuvlardan nusxalar olish;
xabar qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalarga nisbatan kelgusidagi xatti-harakatlar boʻyicha rahbariyatga takliflar kiritish (shu jumladan, mijoz yoki operatsiya toʻgʻrisida qoʻshimcha axborot olish yoki mavjud axborotni tekshirish maqsadida oʻtkazilayotgan operatsiyani toʻxtatish boʻyicha).
10. Masʼul shaxs ichki nazoratni amalga oshirishda quyidagilarga majburdir:
ichki nazoratni amalga oshirish davomida olingan hujjatlarning saqlanishi va qaytarilishini taʼminlash;
mijozlarni lozim darajada tekshirishni amalga oshirish;
benefitsiar mulkdorlarni identifikatsiyalash chora-tadbirlarini koʻrish;
Oldingi tahrirga qarang.
shubhali operatsiyalar aniqlanganda, belgilangan tartibda maxsus vakolatli davlat organiga maʼlumot berish;
(10-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2018-yil 21-iyundagi 01/19-10/28, 22-sonli qarori (roʻyxat raqami 2257-2, 14.07.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 10/18/2257-2/1509-son — 2018-yil 17-oktabridan kuchga kiradi)
olingan maʼlumotning maxfiyligiga rioya qilish;
mijozlardan ish munosabatlarining maqsadi va koʻzlangan xususiyati, shuningdek zarur hollarda pul mablagʻlarining kelib chiqish manbai toʻgʻrisida soʻrash;
mijozni lozim darajada tekshirish materiallariga qoʻshib qoʻyiladigan yaqqol iqtisodiy mohiyatga ega boʻlmagan, mijozning taʼsis hujjatlarida yoki davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi guvohnomasida nazarda tutilgan maqsad va faoliyat turlariga toʻgʻri kelmaydigan barcha operatsiyalar boʻyicha lozim darajada tekshirish natijalari va xulosalarini yozma ravishda qayd etish;
identifikatsiyalashni yakunlash imkoni boʻlmaganda yoki lozim darajada tekshirish natijalariga koʻra, mijoz bilan amaliy ish munosabatlarini oʻrnatish maqsadga muvofiq emasligini koʻrsatib turadigan maʼlumotlar olinganda, mijoz bilan bitim tuzishni rad etish.
Oldingi tahrirga qarang.
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish boʻyicha oʻz tavakkalchiliklarini aniqlash va baholash boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni koʻrish, ushbu tavakkalchiliklarni hujjatlashtirish va ularni kamaytirish chora-tadbirlarini koʻrish.
(10-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 14-martdagi 01/10-10/53, 12-sonli qarori (roʻyxat raqami 2257-3, 02.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2019-y., 10/19/2257-3/2867-son)
Masʼul shaxs qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Operatsiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar zarurat tugʻilgan taqdirda operatsiya tafsilotlarini qayta tiklash mumkin boʻlgan tarzda rasmiylashtirilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Xodimlarning soʻnggi yangiliklarga, jumladan, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishning, terrorizmni moliyalashtirishning va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishning zamonaviy usullari, uslublari va yoʻnalishlari haqidagi axborotga ega boʻlishlarini taʼminlash hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish borasidagi qonun hujjatlari va majburiyatlarning barcha jihatlarini aniq tushuntirib berish maqsadida rieltorlik tashkilotlari Agentlik bilan kelishilgan holda masʼul xodimlarni doimiy ravishda qayta tayyorgarlikdan oʻtkazishlari shart.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 14-martdagi 01/10-10/53, 12-sonli qarori (roʻyxat raqami 2257-3, 02.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2019-y., 10/19/2257-3/2867-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Rieltorlik tashkilotlari har yili 1-fevralgacha jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashishga oid faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotni Agentlikka taqdim etadilar.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 14-martdagi 01/10-10/53, 12-sonli qarori (roʻyxat raqami 2257-3, 02.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2019-y., 10/19/2257-3/2867-son)
III. Mijozlarning tegishli tekshiruvi
Oldingi tahrirga qarang.
14. Rieltorlik tashkilotlari:
ish munosabatlari oʻrnatilganda;
koʻchmas mulk oldi-sotdisi bitimlarini amalga oshirish boʻyicha xizmatlar koʻrsatilganda;
eng kam oylik ish haqi miqdorining 500 baravari miqdoridan ortiq boʻlgan bir martalik operatsiyalar amalga oshirilganda;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
olib borilayotgan operatsiyalarning jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadlariga aloqador ekanligiga har qanday shubha mavjud boʻlganda;
(14-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 14-martdagi 01/10-10/53, 12-sonli qarori (roʻyxat raqami 2257-3, 02.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2019-y., 10/19/2257-3/2867-son)
identifikatsiyalash uchun avval olingan maʼlumotlarning asliyligi va ishonchliligiga shubhalar mavjud boʻlganda mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlar koʻradilar.
Mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlar sotuvchi hamda sotib oluvchiga nisbatan, shuningdek avvaldan mavjud boʻlgan mijozlarga nisbatan ham oʻtkazilishi lozim.
Agarda operatsiyaning taraflaridan biri jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlarda yoxud offshor hududlarda doimiy yashayotgan, turgan yoki roʻyxatga olingan shaxs boʻlganda rieltorlik tashkilotlar mijozlarni lozim darajada tekshirishning kuchaytirilgan chora-tadbirlarini koʻrishlari lozim.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2014-yil 18-martdagi 01/27–26/10, 8-sonli qarori (roʻyxat raqami 2257-1, 18.04.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 16-son, 186-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
141. Mijozni lozim darajada tekshirishning kuchaytirilgan chora-tadbirlariga quyidagilar kiradi:
mijoz haqida qoʻshimcha maʼlumotlar (faoliyat turi, aktivlar miqdori, ochiq maʼlumotlar bazasi orqali olish mumkin boʻlgan maʼlumot va boshqalar) olish va mijoz yoki benefitsiar mulkdor boʻyicha maʼlumotlarni yanada tezroq yangilab borish;
mijozdan uning pul mablagʻlari manbalari yoki moliyaviy holatining manbasi haqida maʼlumot olish;
rejalashtirilgan yoki oʻtkazilgan operatsiyalarning sabablari toʻgʻrisida maʼlumotlar olish;
qoʻshimcha tekshirishni talab qiladigan operatsiyalar (bitimlar) xususiyatini aniqlash hamda tekshirishlarning soni va ketma-ketligini oshirish yoʻli bilan ish munosabatlarining kuchaytirilgan monitoringini amalga oshirish.
(141-band Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2014-yil 18-martdagi 01/27–26/10, 8-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2257-1, 18.04.2014-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2014-y., 16-son, 186-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
142. Mijozni lozim darajada tekshirish boʻyicha koʻriladigan chora-tadbirlar quyidagilarni oʻz ichiga olishi shart:
tegishli hujjatlar asosida mijozning va u qaysi shaxslar nomidan ish koʻrayotgan boʻlsa, oʻsha shaxslarning shaxsini hamda vakolatlarini tekshirish;
mijozning benefitsiar mulkdorini identifikatsiyalash;
mijoz tomonidan amalga oshiriladigan amaliy ish munosabatlari va operatsiyalarni ularning bunday mijoz va uning faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga muvofiqligini tekshirish maqsadida doimiy asosda oʻrganish oʻtkazish.
Mijozni lozim darajada tekshirish boʻyicha yuqorida koʻrsatib oʻtilgan choralarni koʻrish bilan birga, mijoz yoki benefitsiar mulkdor sifatida qatnashayotgan yuqori mansabdor shaxslarga nisbatan rieltorlik tashkilotlari:
yuqori mansabdor shaxsning mavqeyi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tekshirish va oʻtkazilayotgan operatsiyadagi pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulkni manbalarini aniqlash boʻyicha oqilona choralarni koʻrishi;
yuqori mansabdor shaxs bilan amaliy ish munosabatlariga faqatgina rieltorlik tashkilotlarining rahbariyati ruxsati bilan kirishishi;
amaliy ish munosabatlarini monitoring qilib borishi lozim.
(142-band Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2018-yil 21-iyundagi 01/19-10/28, 22-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2257-2, 14.07.2018-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 10/18/2257-2/1509-son — 2018-yil 17-oktabridan kuchga kiradi)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Mijozlarni lozim darajada tekshirish, koʻchmas mulk oldi-sotdisi boʻyicha operatsiyalarni amalga oshirish paytidagi barcha bosqichlarda olib borilishi lozim.
Binefitsar mulkdorni aniqlash uchun rieltorlik tashkiloti mijoz boshqa mijoz nomidan harakat qilayotganligini aniqlashi kerak va undan keyin mijoz kimning nomidan ish koʻrayotgan boʻlsa, uni identifikatsiyalash hamda shaxsini lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrishi shart.
Mijoz yoki benefitsiar mulkdorni identifikatsiyalash bilan bir qatorda ularning qonun hujjatlariga muvofiq taqdim etiladigan hujjatlaridan foydalangan holda ularning operatsiyalarni amalga oshirishga boʻlgan vakolatlari tekshirilishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Mijoz — jismoniy shaxsni identifikatsiyalash uning shaxsini tasdiqlovchi hujjati (pasport yoki unga tenglashtirilgan hujjat) asosida amalga oshiriladi. Agar jismoniy shaxs yakka tartibdagi tadbirkor boʻlsa, uning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomasi ham oʻrganilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Mijoz — yuridik shaxsni identifikatsiyalashda davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomani, tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan yeri, rahbarlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, shuningdek taʼsis hujjatlarida koʻrsatilgan boshqa maʼlumotlar tekshirilishi lozim.
Mijoz yuridik shaxsni yanada batafsilroq oʻrganish uchun:
mijozning taʼsis hujjatlari (roʻyxatdan oʻtkazilgan barcha oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar bilan) va mijozning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi hujjatlarning rasmiylashtirilishiga;
mijozning boshqaruv organlarining tuzilishi va ularning vakolatlariga;
mijozning roʻyxatdan oʻtkazilgan ustav fondining (kapitalining) miqdoriga;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa kerakli maʼlumotlarga alohida eʼtibor berilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Rieltorlik tashkilotlari mijoz tomonidan taqdim etilayotgan axborotni:
davlat organlari va boshqa tashkilotlardan mijoz haqida olingan maʼlumotlardan foydalanish;
mijozning ishchanlik obroʻsi toʻgʻrisidagi axborotni toʻplash;
boshqa erkin foydalanish mumkin boʻlgan axborot manbalari orqali tekshirishga majburdir.
Mijozlarni lozim darajada tekshirish uchun kerak boʻlgan identifikatsiya va boshqa maʼlumotlar kamida bir yilda bir marta yangilanib turilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Yuridik va jismoniy shaxslarni identifikatsiyalash jarayonida benefitsiar mulkdorlarni identifikatsiyalash boʻyicha, shu jumladan, mijoz mol-mulkining tuzilishini oʻrganish yoʻli bilan, asoslangan va zarur chora-tadbirlar qoʻllanishi lozim.
20. Rieltorlik tashkilotlari mijozlar tomonidan identifikatsiyalash uchun zarur boʻlgan hujjatlar taqdim etilmagan taqdirda, ularga operatsiyalarni amalga oshirishda rad javobini beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
III1. Tavakkalchilik darajasini aniqlash va baholash
Oldingi tahrirga qarang.
201. Rieltorlik faoliyatini amalga oshirayotgan tashkilot mijozlar tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadida operatsiyalarni amalga oshirilishida tavakkalchilik darajasini (bundan buyon matnda tavakkalchilik darajasi deb yuritiladi) aniqlash, baholash va kamaytirish chora-tadbirlarini koʻrishi shart.
(201-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 14-martdagi 01/10-10/53, 12-sonli qarori (roʻyxat raqami 2257-3, 02.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2019-y., 10/19/2257-3/2867-son)
Tavakkalchilik darajasi mijoz taqdim etgan axborot asosida, amalga oshiradigan operatsiyalar turlari, mazkur Qoidalarda belgilangan mezonlar, mijozni lozim tarzda tekshirish natijalari hamda boshqa kerakli maʼlumotlarni hisobga olgan holda masʼul xodim tomonidan har yili aniqlanadi va baholanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tavakkalchiliklarni baholash natijalari yozma ravishda rasmiylashtirilishi hamda maxsus vakolatli davlat organi yoki Agentlikka taqdim etilishi lozim.
(201-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 14-martdagi 01/10-10/53, 12-sonli qarori (roʻyxat raqami 2257-3, 02.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2019-y., 10/19/2257-3/2867-son)
202. Tavakkalchilikning yuqori darajasi toifasiga rieltorlik tashkiloti avvaldan quyidagi mezonlarga ega boʻlgan mijozlarni tegishli deb topish va ularga nisbatan kuchaytirilgan eʼtiborni qaratishi lozim:
Oldingi tahrirga qarang.
Roʻyxatga kiritilgan shaxslar yoxud Roʻyxatga kiritilgan shaxsning nazoratidagi shaxslar yoki Roʻyxatga kiritilgan tashkilotning bevosita yoxud bilvosita mulkdori yoki nazorat qiluvchi shaxslar;
(202-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2018-yil 21-iyundagi 01/19-10/28, 22-sonli qarori (roʻyxat raqami 2257-2, 14.07.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 10/18/2257-2/1509-son — 2018-yil 17-oktabridan kuchga kiradi)
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatda yoxud offshor hududda doimiy yashayotgan, turgan yoki roʻyxatga olingan shaxslar;
norezidentlar;
joylashgan joyi taʼsis yoki roʻyxatga olish hujjatlarida koʻrsatilgan maʼlumotlardagi manzilga toʻgʻri kelmaydigan tashkilotlar va yakka tartibdagi tadbirkorlar;
faoliyat davri moliyaviy yilning bir choragidan oshmaydigan tashkilotlar va yakka tartibdagi tadbirkorlar;
haqiqiy egasi ushbu bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida koʻrsatilgan shaxs boʻlgan tashkilotlar;
muntazam ravishda (ketma-ketligi uch oy mobaynida ikki martadan ortiq) shubhali operatsiyalarni amalga oshirayotgan mijozlar;
Oldingi tahrirga qarang.
yuqori mansabdor shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari;
(202-band Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2018-yil 21-iyundagi 01/19-10/28, 22-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2257-2, 14.07.2018-y.) asosan toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 10/18/2257-2/1509-son — 2018-yil 17-oktabridan kuchga kiradi)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
masʼul xodimda asosli shubha uygʻotadigan moliyaviy operatsiyalarni amalga oshiruvchi boshqa shaxslar.
203. Mijoz tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalarning tavsifi oʻzgarishiga qarab, rieltorlik tashkiloti zarur boʻlganda u bilan ishlash boʻyicha tavakkalchilik darajasini qayta koʻrib chiqishi lozim.
Rieltorlik tashkilotlari barcha murakkab, gʻayrioddiy yirik operatsiyalarga, shuningdek aniq iqtisodiy yoki qonuniy maqsadga ega boʻlmagan operatsiyalarni amalga oshirishning gʻayrioddiy sxemalariga kuchaytirilgan eʼtibor qaratilishi kerak.
Amalga oshirilgan chora-tadbirlar haqida maʼlumot rieltorlik tashkiloti rahbariyatiga taqdim etilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
204. Rieltorlik tashkiloti jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish yoki ommaviy qirgʻin tarqatishni moliyalashtirish maqsadida texnologik yutuqlardan foydalanilishiga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha chora-tadbirlarni koʻrishlari kerak. Bu maqsadlarda rieltorlik tashkiloti:
(204-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2018-yil 21-iyundagi 01/19-10/28, 22-sonli qarori (roʻyxat raqami 2257-2, 14.07.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 10/18/2257-2/1509-son — 2018-yil 17-oktabridan kuchga kiradi)
xizmatlarning yangi turlari va yangi ish amaliyoti ishlab chiqilishi;
yangi hamda amaldagi xizmat turlarida yangi yoki rivojlanayotgan texnologiyalardan foydalanish natijasida vujudga kelishi mumkin boʻlgan tavakkalchilik darajasini aniqlash va baholashlari lozim.
Bunday tavakkalchilikning baholanishi xizmatlarning yangi turlari, yangi ish amaliyotining ishga tushirilishi yoxud yangi yoki rivojlanayotgan texnologiyalarni foydalanishga tushirishdan avval oʻtkazilishi lozim.
Rieltorlik tashkiloti bunday tavakkalchiliklarni monitoring qilish va ularni kamaytirish uchun tegishli chora-tadbirlarni koʻrishlari zarur.
(III1 bob Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2014-yil 18-martdagi 01/27–26/10, 8-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2257-1, 18.04.2014-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2014-y., 16-son, 186-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
IV. Xabar qilinishi lozim boʻlgan shubhali operatsiyalarni aniqlashning mezonlari va tartibi
21. Quyidagi hollarda koʻchmas mulk oldi-sotdisi bilan bogʻliq operatsiya shubhali deb topilishi mumkin:
mijoz tomonidan zarurat tufayli soʻralayotgan, shu jumladan, ishonch bildiruvchi (agar mijoz ishonchli vakil sifatida ish yuritayotgan boʻlsa) haqidagi maʼlumotlarni taqdim etishning sababsiz rad etilishi;
mijozning amalga oshirilayotgan bitimga nisbatan maxfiylik masalalari bilan ortiqcha tashvishlanishi;
mijozning xizmat koʻrsatishning foydaliroq shartlariga nisbatan eʼtiborsiz boʻlishi, shuningdek mijoz tomonidan ayni turdagi xizmatlar koʻrsatishdagi oddiy toʻlovdan farq qiladigan yuqori mukofotning taklif qilinishi;
mijozning operatsiyalari yaqqol iqtisodiy mohiyatga ega boʻlmaganligi, mijozning taʼsis hujjatlarida yoki davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi guvohnomasida nazarda tutilgan maqsad va faoliyati turlariga toʻgʻri kelmasligi;
bitimga mijoz faoliyatiga toʻgʻri kelmaydigan qoʻshimchalar va oʻzgarishlar kiritilishi;
operatsiyani amalga oshirishda mijoz talabi bilan qilayotgan asoslanmagan shoshma-shosharlik;
mijoz tomonidan avval kelishilgan operatsiyaga (bitimga) bevosita uning amalga oshirilishidan oldin koʻproq, ayniqsa, pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk harakati yoʻnalishiga taalluqli oʻzgartirishlar kiritilishi;
mijoz haqidagi maʼlumotning mavjud emasligi, shuningdek koʻrsatilgan bogʻlanish maʼlumotlari, xususan, pochta va elektron manzili, telefon raqamlari va elektron kanal maʼlumotlari boʻyicha mijoz bilan aloqa oʻrnatish imkoniyatining yoʻqligi;
maʼlumotlar va hujjatlar taqdim etilishining mijoz tomonidan asossiz kechiktirilishi yoki mijoz tomonidan tekshirib boʻlmaydigan maʼlumotning taqdim etilishi;
mijoz tomonidan bitim ishtirokchilari haqida bila turib yolgʻon axborot va notoʻgʻri maʼlumotlarning taqdim etilishi;
Oldingi tahrirga qarang.
(21-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2014-yil 18-martdagi 01/27–26/10, 8-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2257-1, 18.04.2014-y.) asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2014-y., 16-son, 186-modda)
amalga oshirish maqsadi qonun hujjatlari bilan oʻrnatilgan nazorat jarayonlaridan bosh tortish deyishga asos boʻladigan operatsiyalar yoki bitimlarning koʻp marotaba yuritilganligining aniqlanishi;
Keyingi tahrirga qarang.
mijozning oldi-sotdi shartnomasida koʻchmas mulkning bahosini haqiqiy bahosidan oshirib koʻrsatish xohishi;
mijozning shartnoma boʻyicha bozor amaliyotidan oʻzgacha va nostandart hamda qiyin boʻlgan toʻlov sxemasi orqali hisob-kitob qilish taklifi;
mijoz tomonidan qasddan koʻchmas mulk obyekti uchun hisob-kitoblarni amalga oshirishda, birja (yarmarka)larning hisob-kitob-kliring palatalarida mavjud yakka tartibdagi foydalanuvchilar raqamlaridagi yigʻilib qolgan legitim mablagʻlardan foydalanilishi;
davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab, yangi tashkil boʻlganiga 3 oy boʻlmagan yuridik shaxs tomonidan operatsiya amalga oshirilgan kunda eng kam ish haqining 1000 baravaridan oshiq boʻlgan bahoda koʻchmas mulk sotib olinganda;
Keyingi tahrirga qarang.
koʻchmas mulk oldi-sotdisi shartnomasida koʻrsatilgan oluvchi va sotuvchi yuridik shaxslar bir-biriga oʻzaro aloqador boʻlsa (taʼsischilari, rahbarlari, roʻyxatdan oʻtgan manzillari bitta boʻlsa va h.k.);
identifikatsiyalashni yakunlashning imkoni boʻlmasligi yoki lozim darajada tekshirish natijalariga koʻra, mijoz bilan amaliy ish munosabatlarini oʻrnatish maqsadga muvofiq emasligini koʻrsatib turadigan maʼlumotlarning olinishi.
Keyingi tahrirga qarang.
22. Operatsiyani shubhali deb tan olish har bir aniq holatda ushbu Qoidalar bilan oʻrnatilgan shubhalilik mezonlaridan foydalangan holda oʻtkaziladigan kompleks tahlil asosida, shuningdek mijoz shaxsi, uning obroʻsi, amaliy ish munosabatlarining xususiyati, bitimning asoslari, maqsadlari, hajmi va turi, uni amalga oshirish usuli bilan hamda shubhali operatsiyani toʻgʻri aniqlash uchun ahamiyatli boʻlgan boshqa holatlar asosida aniqlanadigan tavakkalchilik xavfiga bogʻliq ravishda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
23. Rieltorlik tashkilotlari operatsiyalarni amalga oshirishda ularning ishtirokchilari identifikatsiya maʼlumotlarini Roʻyxat bilan solishtirishlari shart.
Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar kechiktirilmasdan va oldindan xabar qilinmasdan toʻxtatilishi lozim, agarda:
mijoz yoki operatsiya qatnashchilaridan birining barcha identifikatsiya maʼlumotlari Roʻyxatga kiritilgan shaxsning maʼlumotlari bilan toʻliq mos kelsa;
operatsiya qatnashchilaridan biri Roʻyxatga kiritilgan shaxs nomidan yoki uning topshirigʻiga binoan faoliyat koʻrsatayotgan boʻlsa;
operatsiyani amalga oshirishda foydalanayotgan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk toʻliq yoki qisman Roʻyxatga kiritilgan shaxsga tegishli boʻlsa;
operatsiya qatnashchisi boʻlgan yuridik shaxs Roʻyxatga kiritilgan jismoniy yoki yuridik shaxsning mulkida yoki nazorat ostida boʻlsa.
Roʻyxatga kiritilgan shaxsning operatsiyasi toʻxtatib turilganda rieltorlik tashkiloti maxsus vakolatli davlat organiga bu haqida xabar yuborishi lozim.
Rieltorlik tashkilotlari toʻxtatilgan operatsiyani oʻtkazishni tiklashni Terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar roʻyxatiga kiritilgan shaxslarning operatsiyalarini toʻxtatib turish, pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay toʻxtatib qoʻyish, ishga solmay toʻxtatib qoʻyilgan mol-mulkidan foydalanishga ruxsat berish va operatsiyalarini tiklash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda (roʻyxat raqami 2833, 2016-yil 11-oktabr) belgilangan tartibda amalga oshiradi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2018-yil 21-iyundagi 01/19-10/28, 22-sonli qarori (roʻyxat raqami 2257-2, 14.07.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 10/18/2257-2/1509-son — 2018-yil 17-oktabridan kuchga kiradi)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
231. Operatsiyaning taraflaridan biri jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatda doimiy yashayotgan, turgan yoki roʻyxatga olingan shaxs boʻlsa, bunday operatsiya maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilinishi kerak.
(231-band Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2018-yil 21-iyundagi 01/19-10/28, 22-sonli qarori (roʻyxat raqami 2257-2, 14.07.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 10/18/2257-2/1509-son — 2018-yil 17-oktabridan kuchga kiradi)
24. Mijozning operatsiyasi shubhali deb topilgandan soʻng, masʼul shaxs mijozga nisbatan kelgusidagi xatti-harakatlar haqida qaror qabul qiladi, jumladan:
Oldingi tahrirga qarang.
shubhali operatsiya toʻgʻrisida maxsus vakolatli davlat organiga xabar berish haqida;
(24-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2018-yil 21-iyundagi 01/19-10/28, 22-sonli qarori (roʻyxat raqami 2257-2, 14.07.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 10/18/2257-2/1509-son — 2018-yil 17-oktabridan kuchga kiradi)
mijoz bilan operatsiya oʻtkazishga alohida eʼtibor qaratish haqida;
qonun hujjatlari yoki u bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq mijoz bilan munosabatlarni toʻxtatish haqida.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
25. Shubhali operatsiyalar haqidagi maʼlumotlar rieltorlik tashkilotlari tomonidan maxsus vakolatli davlat organiga shubhali operatsiyalar deb topilgan paytdan eʼtiboran bir ish kunidan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan shaklda beriladi.
(25-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2018-yil 21-iyundagi 01/19-10/28, 22-sonli qarori (roʻyxat raqami 2257-2, 14.07.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 10/18/2257-2/1509-son — 2018-yil 17-oktabridan kuchga kiradi)
Keyingi tahrirga qarang.
Shubhali operatsiyalarga taalluqli har bir maʼlumot haqidagi axborot masʼul shaxs tomonidan qogʻoz va (yoki) elektron koʻrinishda yuritiladigan maxsus jurnallarga kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
26. Rieltorlik tashkilotlari tegishli operatsiyadan shubhani tasdiqlovchi yoki olib tashlovchi har qanday maʼlumotni maxsus vakolatli davlat organiga kechiktirmay topshirishlari zarur.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2018-yil 21-iyundagi 01/19-10/28, 22-sonli qarori (roʻyxat raqami 2257-2, 14.07.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 10/18/2257-2/1509-son — 2018-yil 17-oktabridan kuchga kiradi)
V. Ichki nazoratni amalga oshirish natijasida olingan axborot va hujjatlarni rasmiylashtirish, saqlash, maxfiyligini taʼminlash
Oldingi tahrirga qarang.
27. Maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalar boʻyicha qonun hujjatlariga va mazkur Qoidalarga muvofiq quyidagilar rasmiylashtiriladi:
(27-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2018-yil 21-iyundagi 01/19-10/28, 22-sonli qarori (roʻyxat raqami 2257-2, 14.07.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 10/18/2257-2/1509-son — 2018-yil 17-oktabridan kuchga kiradi)
Keyingi tahrirga qarang.
operatsiya turi va uni amalga oshirishning asoslari;
operatsiyani amalga oshirish sanasi va summasi;
operatsiyani amalga oshiruvchi jismoniy yoki yuridik shaxsni indentifikatsiyalash uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar;
operatsiyani topshirigʻi boʻyicha va nomidan amalga oshirilayotgan jismoniy yoki yuridik shaxsni indentifikatsiyalash uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar;
ushbu shaxs nomidan operatsiyani amalga oshiruvchi jismoniy yoki yuridik shaxsning vakilini (ishonchli vakilini) indentifikatsiyalash uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar;
pul mablagʻlari va boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar boʻyicha qabul qiluvchi va uning vakilini indentifikatsiyalash uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar.
28. Rieltorlik tashkilotlari koʻchmas mulk bilan bogʻliq operatsiyalar toʻgʻrisidagi axborotni, shuningdek mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha identifikatsiyalash materiallarini va maʼlumotlarini shu jumladan, ish yozishmalarini qonun hujjatlarida belgilangan, lekin operatsiya amalga oshirilganidan yoki mijoz bilan munosabatlar toʻxtatilganidan keyin besh yildan kam boʻlmagan muddatlar mobaynida saqlashlari shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
29. Rieltorlik tashkilotlari jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq boʻlgan axborotdan erkin foydalanishni cheklaydilar, uning tarqalib ketmasligini taʼminlaydilar hamda yuridik va jismoniy shaxslarga, ularning operatsiyalari haqida maxsus vakolatli davlat organiga maʼlumot berilganligi toʻgʻrisida axborot berishga haqli emaslar.
(29-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 14-martdagi 01/10-10/53, 12-sonli qarori (roʻyxat raqami 2257-3, 02.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2019-y., 10/19/2257-3/2867-son)
Rieltorlik tashkilotlari ichki nazorat funksiyalarini amalga oshirish jarayonida olingan axborotni oʻz xodimlari tomonidan oshkor qilmaslikni (shaxsiy maqsadlari yoxud uchinchi shaxslar manfaatlari uchun foydalanilmasligini) taʼminlaydilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
291. Masʼul xodimning faoliyatida foydalanilgan barcha hujjatlar (Agentlik va maxsus vakolatli davlat organi bilan yozishmalari, shu jumladan yuborilgan xabarlarning qogʻozdagi va elektron nusxalari, mijozlarning qogʻozdagi va elektron anketalari, jurnallar va h.k.)dan foydalanilishini cheklash maqsadida, bunday hujjatlar va ularning roʻyxati bevosita maxsus jihozlangan xonada yoki yonmaydigan va muhrlanadigan seyfda ushbu xodim tomonidan saqlanishi lozim.
(291-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 14-martdagi 01/10-10/53, 12-sonli qarori (roʻyxat raqami 2257-3, 02.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2019-y., 10/19/2257-3/2867-son)
292. Hujjatlarning elektron shakllari dasturiy usulda arxivlashtirilishi, elektron axborot tashuvchi uskunalarga yozib qoʻyilishi hamda masʼul xodim tomonidan ularning roʻyxati bilan birgalikda yonmaydigan va muhrlanadigan seyfda saqlanishi zarur.
(291-292-bandlar Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2014-yil 18-martdagi 01/27–26/10, 8-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2257-1, 18.04.2014-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2014-y., 16-son, 186-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
VI. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
30. Mazkur Qoidalar talablariga rioya etilishi ustidan monitoring va nazorat Agentlik tomonidan maxsus vakolatli davlat organi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 14-martdagi 01/10-10/53, 12-sonli qarori (roʻyxat raqami 2257-3, 02.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2019-y., 10/19/2257-3/2867-son)
Oldingi tahrirga qarang.
31. Mazkur Qoidalar, shuningdek jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha boshqa hujjatlar rieltorlik tashkilotlarining barcha xodimlariga yetkazilishi lozim.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 14-martdagi 01/10-10/53, 12-sonli qarori (roʻyxat raqami 2257-3, 02.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2019-y., 10/19/2257-3/2867-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
32. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonun hujjatlari buzilganligi hollarini yashirishda, shuningdek mazkur Qoidalar talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 14-martdagi 01/10-10/53, 12-sonli qarori (roʻyxat raqami 2257-3, 02.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2019-y., 10/19/2257-3/2867-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 34-35-son, 357-modda; 2014-y., 16-son, 186-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 10/18/2257-2/1509-son, 02.04.2019-y., 10/19/2257-3/2867-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.06.2021-y., 10/21/2257-4/0568-son, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son; 25.07.2022-y., 10/22/2257-5/0664-son; 18.03.2023-y., 10/23/2257-6/0156-son; 19.05.2026-y., 10/26/2257-7/0499-son)