11.07.2011 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2243
“O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 29-30-son, 277-modda), O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 19-martdagi PF-3864-son “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish va mustahkamlashga oid chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 12-son, 105-modda), O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-dekabrdagi PQ-1251-son “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 52-son, 562-modda) va 2011-yil 30-maydagi PQ-1542–son “2011-2015-yillarda yolg‘iz keksalar, pensioner va nogironlarni ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 22-23 son, 229-modda) qarorlari, shuningdek, o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz fuqarolarga uyda ijtimoiy yordam ko‘rsatishga doir amalga oshirilayotgan ishlarning sifatini oshirish va takomillashtirish maqsadida buyuraman:
Mazkur Nizom “O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 29-30-son, 277-modda), O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 19-martdagi PF-3864-son “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish va mustahkamlashga oid chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 12-son, 105-modda), O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-dekabrdagi PQ-1251-son “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 52-son, 562-modda) va 2011-yil 30-maydagi PQ-1542–son “2011-2015-yillarda yolg‘iz keksalar, pensioner va nogironlarni ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlariga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 22-23 son, 229-modda) muvofiq o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz fuqarolarga uyda ijtimoiy yordam ko‘rsatishni amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2015-yil 3-martdagi 4-B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2243-1, 16.03.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 11-son, 129-modda)
8. Mazkur Nizomning 5-bandida ko‘rsatilgan yolg‘iz fuqarolarning shaxsiy ro‘yxatlari tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari tomonidan fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari ishtirokida aniqlanib ro‘yxatga olinadi va tuman (shahar) hokimlari tomonidan tasdiqlanadi.
21. Smeta xarajatlarida ijtimoiy yordam ko‘rsatish xizmati faoliyatini amalga oshirish uchun ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, mazkur Nizomning 17-bandida ko‘rsatilgan kanselyariya jihozlari va boshqa inventarlarga bo‘lgan ish beruvchilarning ajratmalari hamda o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz pensionerlar uchun qonunchilikda belgilangan tartibda va miqdorlarda eng zarur mollarni xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlar ko‘zda tutiladi.