Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 30.05.2011 yildagi PQ-1542-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011 — 2015 YILLARDA YoLG‘IZ KEKSALAR, PENSIONER VA NOGIRONLARNI IJTIMOIY HIMOYA QILIShNI YaNADA KUChAYTIRISh BO‘YIChA QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yolg‘iz keksalar, pensioner va nogironlarni manzilli ijtimoiy himoya qilish, ularning turmush darajasi va hayot sifatini oshirish, ularni ijtimoiy ta’minlash tizimini takomillashtirish, shuningdek, tibbiy-ijtimoiy muassasalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2011 — 2015-yillarda yolg‘iz keksalar, pensioner va nogironlarni ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar Dasturi 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. Unda quyidagilar nazarda tutiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*1-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yolg‘iz keksalar, pensioner va nogironlarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatishning me’yoriy-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yolg‘iz keksalar, pensioner va nogironlarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish, ularga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar turlarini kengaytirish va sifatini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yolg‘iz keksalar, pensioner va nogironlarni aniq maqsadli davolash va sog‘lomlashtirishni takomillashtirish, tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya choralarini va gerontologiya yordamini kuchaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yolg‘iz keksalar, pensioner va nogironlarning uy-joy va maishiy sharoitlarini yanada yaxshilash, tibbiy-ijtimoiy muassasalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar — mutasaddi ijrochilar 2011 — 2015-yillarda yolg‘iz keksalar, pensioner va nogironlarni ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar Dasturida ko‘zda tutilgan tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasining 2012 — 2015-yillarga mo‘ljallangan Davlat budjetini shakllantirishda 2011 — 2015-yillarda yolg‘iz keksalar, pensioner va nogironlarni ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar Dasturi tadbirlarini amalga oshirishni moliyalash uchun zarur mablag‘larni, ushbu maqsadlarga ijrochilar hamda homiylar mablag‘larini keng jalb qilishni hisobga olgan holda, nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan hamkorlikda har yili Investitsiya dasturini shakllantirishda yolg‘iz keksalar, pensioner va nogironlar uchun tibbiy-ijtimoiy muassasalarning qurilishi va rekonstruksiya qilinishiga zarur mablag‘larni budjet mablag‘lari hisobidan har yili ajratiladigan kapital qo‘yilmalarning markazlashtirilgan limitlari doirasida moliyalashning prognoz hajmiga binoan 2-ilovaga* muvofiq nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*2-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi 2-ilovada nazarda tutilgan obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlari ekspertizasini hamda qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishi ustidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini belgilangan tartibda ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan hamkorlikda 2011 — 2015-yillarda yolg‘iz keksalar, pensioner va nogironlarni ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar Dasturi tadbirlarini amalga oshirishni nazarda tutuvchi sohalar bo‘yicha va hududiy dasturlarni belgilangan parametrlarga muvofiq ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturning mazkur qaror bilan tasdiqlangan tadbirlarini o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish bo‘yicha ishlarning muvofiqlashtirilishini ta’minlasin, uning bajarilishi va yolg‘iz keksalar, pensioner va nogironlarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish chora-tadbirlarining aniq natijalarini muntazam ko‘rib chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har chorakda Vazirlar Mahkamasiga 2011 — 2015-yillarda yolg‘iz keksalar, pensioner va nogironlarni ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar Dasturida belgilangan tadbirlar bajarilishining borishi va natijalari haqida tahliliy axborot kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 30-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-1542-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 22-23-son, 229-modda)