OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IChKI IShLAR VAZIRLIGINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IChKI IShLAR VAZIRLIGINING
Qarori
AVTOMOTOTRANSPORT VOSITALARINI XATLASh, BOShQA ShAXSGA BERIShNI TAQIQLASh VA TAQIQNI OLIB TAShLASh, ShUNINGDEK AVTOMOTOTRANSPORT VOSITALARINI XATLASh VA BOShQA ShAXSGA BERIShNI TAQIQLASh TOʻGʻRISIDAGI MAʼLUMOTLARNING HUJJATLAShTIRILGAN BANKINI ShAKLLANTIRISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 29-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1589-1]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 30-sentabrdagi 19-mh-sonli “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1589-3, 30.09.2022-y.) asosan 2022-yil 1-oktabrdan davlat reyestridan chiqariladi.
Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-255-son “Adliya organlari va muassasalari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010-yil 12-avgustdagi 138-II-son hamda 2010-yil 29-avgustdagi 97-II-son “Fargʻona viloyati Oxunboboyev tumanining nomini oʻzgartirish toʻgʻrisida”gi, 2010-yil 3-noyabrdagi 182-II-son va 2010-yil 4-dekabrdagi 133-II-son “Toshkent shahar Sobir Raximov tumanining nomini oʻzgartirish toʻgʻrisida”gi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 7-martdagi 38-son “Avtomototransport vositalarini sotib olish, ulardan foydalanish va ularni boshqa shaxsga berishni tartibga solishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 10-son, 77-modda), 2010-yil 2-iyundagi 104-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida notariat institutini yanada takomillashtirish choralari toʻgʻrisida” 2010-yil 5-maydagi PF-4216-son Farmonini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 22-son, 175-modda), 2010-yil 24-sentabrdagi 213-son “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining “Toshkent viloyatining Zangiota va Toshkent tumanlarini birlashtirish hamda Toshkent viloyatining Zangiota, Qibray tumanlari va Toshkent shahrining Hamza tumani hududlarini qisman oʻzgartirish toʻgʻrisida”gi qarorlarini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi, 2010-yil 24-dekabrdagi 311-son “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining “Andijon viloyatining Asaka shahri va Asaka tumani hududlarini birlashtirish hamda Asaka shahrini tuman boʻysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritish toʻgʻrisida”gi qarorlarini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi, 312-son “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining “Surxondaryo viloyatining Bandixon tumanini tugatib, uning hududini Qiziriq tumaniga birlashtirish toʻgʻrisida”gi qarorlarini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi, 313-son “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining “Toshkent viloyatining Yangiyoʻl shahri va Yangiyoʻl tumani hududlarini birlashtirish hamda Yangiyoʻl shahrini tuman boʻysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritish toʻgʻrisida”gi qarorlarini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi va 314-son “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining “Toshkent viloyatining Ohangaron shahri va Ohangaron tumani hududlarini birlashtirish hamda Ohangaron shahrini tuman boʻysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritish toʻgʻrisida”gi qarorlarini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi qarorlariga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Ichki ishlar vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Ichki ishlar vazirligining 2006-yil 27-iyundagi 15, 5-son qarori bilan tasdiqlangan Avtomototransport vositalarini xatlash, boshqa shaxsga berishni taqiqlash va taqiqni olib tashlash, shuningdek avtomototransport vositalarini xatlash va boshqa shaxsga berishni taqiqlash toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning hujjatlashtirilgan bankini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 1589, 2006-yil 4-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 27-son, 253-modda) ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
*Ilova rus tilida berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Adliya vaziri R. MUHITDINOV
Toshkent sh.,
2011-yil 31-may,
23-son
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
Toshkent sh.,
2011-yil 31-may,
3-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 26-son, 278-modda)