24.12.2010 yildagi 314-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI QONUNCHILIK PALATASI VA SENATINING “TOSHKENT VILOYATINING OHANGARON SHAHRI VA OHANGARON TUMANI HUDUDLARINI BIRLASHTIRISH HAMDA OHANGARON SHAHRINI TUMAN BOʻYSUNUVIDAGI SHAHARLAR TURKUMIGA KIRITISH TOʻGʻRISIDA”GI QARORLARINI AMALGA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining “Toshkent viloyatining Ohangaron shahri va Ohangaron tumani hududlarini birlashtirish hamda Ohangaron shahrini tuman boʻysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritish toʻgʻrisida” 2010-yil 30-noyabrdagi 219–II-sonli va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining “Toshkent viloyatining Ohangaron shahri va Ohangaron tumani hududlarini birlashtirish hamda Ohangaron shahrini tuman boʻysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritish toʻgʻrisida” 2010-yil 4-dekabrdagi 137–II-sonli qarorlarining amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Toshkent viloyatining Ohangaron shahri va Ohangaron tumani hududlarini birlashtirish hamda Ohangaron shahrini tuman boʻysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritish bilan bogʻliq tashkiliy masalalarni hal etish boʻyicha Respublika komissiyasi 1-ilovaga* muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Respublika komissiyasi (Gʻ.I.Ibragimov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda Toshkent viloyatining Ohangaron shahri va Ohangaron tumani hududlarini birlashtirish hamda Ohangaron shahrini tuman boʻysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritish bilan bogʻliq zarur tashkiliy-texnik tadbirlar kompleksini ishlab chiqish va amalga oshirishni taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki hafta muddatda Toshkent viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Ohangaron tumani davlat boshqaruvi organlari hududiy boʻlinmalari xodimlarining cheklangan umumiy sonini, tuzilmasi va mehnatga haq toʻlash fondlarini aniqlashga doir tashkiliy masalalarni hal etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Toshkent viloyati hokimligi bilan birgalikda Ohangaron tumani budjetining va ijtimoiy — iqtisodiy rivojlantirishning prognoz parametrlarini belgilasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati hokimligi bilan birgalikda tashkiliy davrda iqtisodiyot tarmoqlarining aniq, barqaror va bir maromda ishlashini, shuningdek yuzaga keladigan ijtimoiy masalalarning oʻz vaqtida hal etilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Toshkent viloyati Ohangaron tumani hokimligi boshqaruv apparati xodimlarining cheklangan umumiy soni 21 nafardan iborat boʻlgan tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Toshkent viloyati hokimligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda Toshkent viloyati Ohangaron shahrini viloyat boʻysunuvidagi shaharlar turkumidan tuman boʻysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritilishi munosabati bilan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hududiy boʻlinmalari tugatilishi va ular sonining qisqarishi natijasida boʻshab qolayotgan shaxslarni ishga joylashtirish chora-tadbirlarini koʻrsin, zaruriyat boʻlganda ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tadbirlari amalga oshirilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Ohangaron tumanini yanada ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha tadbirlar kompleksini ishlab chiqsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi Toshkent viloyati Ohangaron tumanining maʼmuriy hududi kengayishi munosabati bilan statistika koʻrsatkichlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi Toshkent viloyati Ohangaron tumanining maʼmuriy hududi kengayishi munosabati bilan yer hisobotlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Toshkent viloyatining Ohangaron shahri va Ohangaron tumani hududlarining birlashtirilishi hamda Ohangaron shahrining tuman boʻysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritilishi munosabati bilan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ohangaron shahar va Ohangaron tumani ichki ishlar boʻlimlari xodimlarining shtatdagi soni, Ohangaron tumani ichki ishlar boʻlimiga berilgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ohangaron shahar va Ohangaron tumanida faoliyat koʻrsatayotgan fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari va davlat notarial idoralari ularga tartib raqami berilgan holda hamda sud ijrochilari Ohangaron shahar va Ohangaron tuman boʻlimlari xodimlarining shtatdagi soni, sud ijrochilari Ohangaron tuman boʻlimiga berilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida saqlab qolinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda Ohangaron shahar va Ohangaron tumani prokuraturasi, shu jumladan Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boʻlimlari xodimlarining shtatdagi sonini Toshkent viloyati Ohangaron tumanining tegishli boʻlinmalarga berish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Gʻ.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 24-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
314-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 24-dekabrdagi 314-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati Ohangaron tumani hokimligi apparati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuzilmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 52-son, 518-modda)