Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.07.2017 08.06.2011 yildagi 165-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.07.2017
Hujjat 14.11.2016 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-iyuldagi 494-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi toʻgʻrisidagi yangilangan Nizomni tasdiqlash va geologiya sohasi xodimlarini ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Geologiya-qidiruv ishlarini tashkil etish va olib borish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 27-avgustdagi PQ-1396-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Gʻ.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 8-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
165-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-iyundagi 165-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Davlat geologiya qoʻmitasi deb ataladi) davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat geologiya qoʻmitasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Davlat geologiya qoʻmitasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga hamda mazkur Nizomga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Davlat geologiya qoʻmitasi oʻz faoliyatini davlat va xoʻjalik boshqaruvining boshqa organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Davlat geologiya qoʻmitasi yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga hamda blankalarga, shuningdek banklarda qonun hujjatlariga muvofiq ochiladigan hisob raqamlariga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Davlat geologiya qoʻmitasining vazifalari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar Davlat geologiya qoʻmitasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer osti boyliklarini geologik oʻrganish, ulardan foydalanish va ularni muhofaza qilish, mineral-xomashyo bazasini takroriy ishlab chiqarish sohasida yagona davlat siyosatini roʻyobga chiqarish, kon munosabatlari sohasida davlat boshqaruvini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarni mintaqaviy geologik oʻrganish yuzasidan kompleks tadqiqotlar sifatli amalga oshirilishini taʼminlash hamda foydali qazilmalar zaxiralarini prognozlashtirishning zamonaviy texnologiyalarini va ilgʻor usullarini keng qoʻllagan holda davlat geologik suratga olishlarini tizimli asosda olib borish asosida geologik axborotlarning xolisonaligini va ishonchliligini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat geologiya qoʻmitasi korxonalari tomonidan bajariladigan gidromineral resurslar, qattiq noruda foydali qazilmalar, qora va kamyob metallar, kamyob yer elementlari, foydali qazilmalarning yangi (noanʼanaviy) turlari konlarini qidirib topish, baholash va razvedka qilish samaradorligini oshirishni taʼminlovchi geologiya-qidiruv ishlarini sifatli prognoz qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
prognoz qilishning ilgʻor metodlaridan foydalangan holda yer osti boyliklari toʻgʻrisidagi geologik va boshqa axborotlarni chuqur ilmiy tahlil qilish, foydali qazilmalar konlarini (uglevodorodlardan tashqari) qidirish va baholash natijalari asosida mineral xomashyo bazasini rivojlantirish va takror hosil qilishning uzoq muddatli (3 yildan ortiq davrga), oʻrta muddatli (3 yilgacha boʻlgan davrga) hamda har yilgi davlat dasturlarini respublikaning kon-metallurgiya kombinatlari bilan birgalikda shakllantirish, shuningdek ularning amalga oshirilishini taʼminlash;
(5-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 9-noyabrdagi 383-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 45-son, 525-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
geologiya-qidiruv ishlari samadorligini baholash va tarmoqning yakuniy natijalariga — yer osti boyliklari hamda gidromineral resurslar, qattiq noruda foydali qazilmalar, qora va kamyob metallar, kamyob yer elementlarining sanoat zaxiralarini koʻpaytirish toʻgʻrisidagi boshqa axborotlarning toʻliqligi va sifati bilan bogʻliq holda ragʻbatlantirish asosida geologiya-qidiruv ishlarini moliyalashtirishning zamonaviy metodlarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasarrufidagi tashkilotlarni tubdan modernizatsiya qilish va texnik jihatdan qayta jihozlash, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu sohadagi ilgʻor tajribadan foydalangan holda geologiya tarmogʻi uchun kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashni tizimli asosda amalga oshirish, shuningdek respublikaning oliy va oʻrta taʼlim muassasalarida kadrlar tayyorlash yoʻnalishlari boʻyicha takliflar kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Davlat geologiya qoʻmitasi oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston hududining geologik jihatdan oʻrganilganligini tahlil qiladi, bunda mintaqaviy geologik tadqiqotlarni va amaldagi kartografik asoslarning davlat tomonidan geologik suratga olishlarning yangi materiallari, boshqa tadqiqotlar natijalari bilan yangilanganlik darajasini hisobga oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va tashkilotlar bilan birgalikda mineral-xomashyo bazasidan foydalanish, ularni yanada kengaytirish, mustahkamlash va sifat jihatidan yaxshilash, ulardan oqilona va kompleks foydalanish strategiyasi hamda ushbu maqsadlar uchun zarur boʻlgan davlat investitsiyalari va boshqa investitsiyalar hajmlari haqida takliflar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikani iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish prognozlarini ishlab chiqishda, respublikaning mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish va takroriy ishlab chiqarish, yer osti boyliklarini muhofaza qilish davlat dasturlarini, yer osti boyliklarini geologik oʻrganish va muhofaza qilish xalqaro dasturlarini ishlab chiqishda va amalga oshirishda oʻz vakolatlari doirasida qatnashadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kon-metallurgiya kombinatlari bilan birgalikda, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishgan holda uzoq muddatli (3 yildan ortiq davrga) va oʻrta muddatli (3 yilgacha boʻlgan davrga) mineral xomashyo bazasini rivojlantirish va takror hosil qilishning davlat dasturlarini ishlab chiqadi hamda tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
(6-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 9-noyabrdagi 383-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 45-son, 525-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mineral xomashyo bazasini rivojlantirish va takror hosil qilishning uzoq muddatli va oʻrta muddatli davlat dasturlarini amalga oshirish doirasida Davlat geologiya qoʻmitasi tizimi boʻyicha mineral xomashyo bazasini rivojlantirish va takror hosil qilishning har yilgi davlat dasturlarini Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishgan holda ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
(6-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 9-noyabrdagi 383-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 45-son, 525-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mineral xomashyo bazasini rivojlantirish va takror hosil qilishning uzoq muddatli, oʻrta muddatli va har yilgi davlat dasturlarini ishlab chiqishda vakolatli organlar va manfaatdor tashkilotlar bilan kelishgan holda gidromineral resurslar, qattiq noruda foydali qazilmalar, qora va kamyob metallar, kamyob yer elementlari zaxiralarini koʻpaytirish boʻyicha davlat buyurtmasi loyihalari shakllantirilishini taʼminlaydi;
(6-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 9-noyabrdagi 383-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 45-son, 525-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tizimli asosda zamonaviy ilmtalab texnologiyalar va asbob-uskunalarni geologiya-qidiruv ishlariga joriy etishni amalga oshiradi, shuningdek Davlat geologiya qoʻmitasi tasarrufidagi korxonalar va tashkilotlarni modernizatsiya qilish hamda texnik jihatdan qayta jihozlash boʻyicha oʻz vaqtida chora-tadbirlar koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fundamental va amaliy ilm-fanning ilgʻor yutuqlari asosida yer osti boyliklarini geologik oʻrganish va mineral resurslardan foydalanish sohasida mavzuli, tajriba-konstruktorlik ishlari, konlar va kon jinslarining texnologik tadqiqotlari, shuningdek boshqa ishlarning ustuvor yoʻnalishlarini ilmiy asoslaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika hududlarini kompleks ravishda mintaqaviy oʻrganish, turli masshtablarda davlat tomonidan geologik suratga olishlar natijalari, geofizik, geokimyoviy, geoekologik, aerokosmofotogeologik, gidrogeologik, muhandislik-geologik tadqiqotlar hamda ixtisoslashtirilgan jadal izlash ishlari asosida qattiq foydali qazilmalar (shu jumladan noyob va rangli metallar, uran), yer osti chuchuk va mineral suvlarning istiqbolli konlari hududlarini aniqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
geologiya-qidiruv ishlarini oʻtkazish amaliyotiga yangi metodlar va texnologiyalarni, shu jumladan masofadan amalga oshiriladigan metodlar va texnologiyalarni joriy etishni taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika hududini mintaqaviy geologik oʻrganish, geoekologik ishlarni bajarish, davlat tomonidan geologik suratga olish, ixtisoslashtirilgan jadal izlash ishlari, gidromineral resurslar, qattiq noruda foydali qazilmalar, qora va kamyob metallar, kamyob yer elementlari, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari boʻyicha kompleks tadqiqotlar oʻtkazish yuzasidan davlat buyurtmalarini tasarrufidagi korxonalar va tashkilotlar oʻrtasida joylashtiradi, ularni bajarishni davlat budjeti mablagʻlari va boshqa mablagʻlar hisobiga moliyalashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat budjeti mablagʻlari hisobiga yer osti boyliklarini geologik oʻrganish ishlarini amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan yer osti boyliklarini geologik oʻrganish ishlarini loyihalash va yuritish sohasidagi norma va qoidalarni oʻz vakolatlari doirasida ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mineral xomashyo bazasini rivojlantirish va takror hosil qilishning tasdiqlangan davlat dasturlariga muvofiq yer osti boyliklarini geologik oʻrganish ishlarini muvofiqlashtiradi va amalga oshiradi;
(6-bandning oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 9-noyabrdagi 383-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 45-son, 525-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer osti boyliklarini geologik oʻrganish ishlari olib borilishini, gidromineral resurslar, qattiq noruda foydali qazilmalar, qora va kamyob metallar, kamyob yer elementlari zaxiralarini koʻpaytirish va respublikaning moddiy-xomashyo bazasi shakllantirilishi, mustahkamlanishi va kengaytirilishi boʻyicha (uglevodorod xomashyo, noyob va rangli metallar, urandan tashqari) hamda respublika hududini geologik oʻrganish sohasidagi boshqa ishlar boʻyicha topshiriqlarning bajarilishini taʼminlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat geologiya qoʻmitasi tizimi boʻyicha mineral xomashyo bazasini rivojlantirish va takror hosil qilishning har yilgi dasturlari, gidromineral resurslar, qattiq noruda foydali qazilmalar, qora va kamyob metallar, kamyob yer elementlari zaxiralarini koʻpaytirish boʻyicha topshiriqlar bajarilishining har choraklik monitoringini amalga oshiradi;
(6-bandning oʻn oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 9-noyabrdagi 383-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 45-son, 525-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston hududining geologik-ekologik tadqiqotlari dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolati doirasida yer osti boyliklari uchastkalaridan foydalanish huquqiga berilgan litsenziyalarda belgilangan shartlarga, yer osti boyliklarini geologik oʻrganish ishlarini loyihalash sohasidagi norma va qoidalarga yer osti boyliklaridan foydalanuvchilar tomonidan rioya etilishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasarrufidagi korxonalarga yer osti boyliklarini geologik oʻrganish ishlarini amalga oshirish uchun ajratiladigan davlat mablagʻlaridan foydalanilishini nazorat qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik tavakkalchiligi sharoitlarida geologik oʻrganish, foydali qazilmalarni qazib olish, texnogen mineral hosilalardan foydalanish, foydali qazilmalarni qazib olish bilan bogʻliq boʻlmagan yer osti inshootlari qurish va ulardan foydalanish uchun yer osti uchastkalaridan foydalanish (chiqindilarni saqlash va koʻmish maqsadida yer osti inshootlari qurish va ulardan foydalanish huquqi uchun litsenziyalardan tashqari), qoʻriqlanadigan geologik obyektlar hosilalaridan foydalanish hamda tovlanadigan tosh xomashyo, paleontologik qoldiqlar namunalarini va boshqa geologik kolleksiya materiallarini toʻplash huquqini beruvchi litsenziyalarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda beradi;
(6-bandning yigirmanchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 9-noyabrdagi 383-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 45-son, 525-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasarrufidagi korxonalar uchun davlat budjeti mablagʻlari hisobiga geologik oʻrganish uchun yer osti boyliklari uchastkalaridan foydalanish huquqi paydo boʻlishining asosi hisoblanadigan yer osti boyliklarini geologik oʻrganishga doir loyiha-smeta hujjatlarini oʻz vakolatlari doirasida tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda, foydalanish uchun berilgan yer osti boyliklari uchastkalarining davlat hisobini yuritadi, yer osti boyliklari uchastkalaridan foydalanish huquqini va yer osti boyliklarini geologik oʻrganish ishlarining davlat hisobini yuritish huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat geologiya qoʻmitasi tizimi boʻyicha davlat mablagʻlari hisobiga olingan yer osti boyliklari toʻgʻrisidagi geologik va boshqa axborotlarga mulkdor huquqi va majburiyatlarini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ham davlat mablagʻlari hisobiga, ham yer osti boyliklaridan foydalanuvchilarning oʻz mablagʻlari hisobiga oʻtkazilgan geologiya-qidiruv ishlari natijasida olingan geologik va foydali qazilmalarning barcha turlari boʻyicha yer osti boyliklari toʻgʻrisidagi boshqa axborotlarni hisobga oladi, saqlaydi va tizimlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer osti boyliklarini geologik oʻrganish ishlarini olib borish yuzasidan loyiha-smeta hujjatlari ekspertizasini tashkil etadi va uning amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi va “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasining keng tarqalgan foydali qazilmalari roʻyxatini aniqlaydi hamda uni tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer osti boyliklari toʻgʻrisidagi geologik va boshqa axborotlarning davlat fondini, geologik tosh materiallar davlat fondini yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydali qazilmalarning istiqboli konlarini aniqlash mumkin boʻlgan konlar va yer osti boyliklari uchastkalari davlat reyestrini (oʻz vakolatlari doirasida), foydali qazilmalar zaxiralari davlat balansini, konlarning, foydali qazilmalar va texnogen mineral hosilalar namoyon boʻlishi davlat kadastrini, davlat suv (yer osti suvlari) kadastrini, yuqori darajada tabiiy xavfli zonalar (xavfli geologik jarayonlar paydo boʻladigan zonalar) davlat kadastrini yuritadi, shuningdek muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar davlat kadastriga binoan chuchuk yer osti suvlari konlarining shakllanish zonalari boʻyicha maʼlumotlarni tuzadi va taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan oʻzaro hamkorlikda yer osti boyliklari davlat monitoringi, shu jumladan yer osti suvlari monitoringi amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
togʻli hududlarda xavfli geologik jarayonlar (koʻchki, oʻpirilish, choʻkish, suffoziylar, karstlar)ni oʻrganish, shuningdek ularning hosil boʻlishi va rivojlanishini kuzatish ishlarini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshni davlatlarning geologiya xizmatlari bilan birgalikda transchegara hududlar doirasida radioaktiv va toksik elementlar bilan ifloslanish oʻchoqlarini aniqlash va oʻrganish ishlarini amalga oshiradi, qoʻshni hududlarning ekologik holatiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan alohida xavfli zonalar va uchastkalarni aks ettirgan holda geologiya xaritalari va atlaslarini tuzadi hamda ularni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, manfaatdor vazirliklar va idoralarga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar va idoralar bilan birgalikda suv resurslaridan (yer osti suvlaridan) foydalanish hamda hududlarni texnogen va xavfli geologik jarayonlar taʼsiridan himoya qilish sxemalarini ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
geologiya va mineralogiya obyektlari qoʻriqlanishi, shuningdek yer osti suvlarining ifloslanish va qurib qolishdan qoʻriqlanishi yuzasidan nazoratni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv quduqlari burgʻulashga ruxsatnoma va suvdan (yer osti suvlaridan) maxsus foydalanishga ruxsatnoma berilishini kelishadi;
(6-bandning oʻttiz toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 8-oktabrdagi 276-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 41-son, 550-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika hududining shoʻrlanishiga va choʻlga aylanishiga taʼsir koʻrsatuvchi mintaqaviy ekzogen geologik jarayonlarni oʻrganadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kelgusida sanoat va xoʻjalik qurilishi obyektlarini joylashtirish uchun muhandislik-geologiya, gidrogeologiya va ekologiya-geologiya asoslashlarini tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilayotgan va rekonstruksiya qilinayotgan yirik sanoat va qishloq xoʻjaligi obyektlarining atrof muhitga taʼsirini baholash ishlarida oʻz vakolatlari doirasida qatnashadi;
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning oʻttiz sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 2-noyabrdagi 294-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2011-y., 45-46-son, 470-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning oʻttiz toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 2-noyabrdagi 294-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2011-y., 45-46-son, 470-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer osti boyliklari uchastkalaridan foydalanish huquqini berish yuzasidan ochiq savdolar tashkil etilishi va oʻtkazilishiga vazirliklar va idoralar bilan birgalikda materiallar tayyorlaydi va ularda qatnashadi, yer osti boyliklari uchastkalaridan foydalanish bilan bogʻliq investitsiya loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslashlari ishlab chiqilishida qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda yer osti boyliklarini geologik oʻrganish, ulardan foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasida tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish strategiyasi toʻgʻrisida takliflar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy investitsiyalarni jalb etish ishlarini olib boradi, xorijiy investorlar bilan toʻgʻridan toʻgʻrimuzokaralar oʻtkazadi va ularga yer osti boyliklari uchastkalaridan foydalanish huquqini berish toʻgʻrisida (oʻz vakolatlari doirasida) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat geologiya qoʻmitasi vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi, konferensiyalar, simpoziumlar, koʻrgazmalar tashkil qiladi, xalqaro tashkilotlar, boshqa mamlakatlarning geologiya xizmatlari bilan belgilangan tartibda aloqalar oʻrnatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro tashkilotlardagi aʼzoligidan hamda yer osti boyliklarini geologik oʻrganish, ulardan foydalanish va ularni muhofaza qilish, mineral-xomashyo potensialini takroriy ishlab chiqarish va rivojlantirish sohasida xalqaro shartnomalarda ishtirok etishidan kelib chiquvchi majburiyatlar bajarilishini tashkil etishda va ularning muvofiqlashtirilishida qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika mineral-xomashyo bazasining holati toʻgʻrisidagi axborot tizimlari faoliyat koʻrsatishi va rivojlanishini taʼminlaydi, yer osti boyliklarini geologik oʻrganish, ulardan foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasida noshirlik faoliyatini belgilangan tartibda amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda geologiya-qidiruv ishlariga (mineral-xomashyo bazasini takroriy ishlab chiqarishga) xarajatlarni qoplash stavkalari miqdorlarini, geologiya-qidiruv ishlarini moliyalashtirish va ularga kreditlar ajratish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekstremal sharoitlarda (suvsizlik, baland togʻli, yer osti va boshqa sharoitlarda) ishlarni olib borish uchun qoʻshimcha haq miqdorlarini belgilash yuzasidan takliflarni asoslaydi va ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasarrufidagi korxonalar va tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish ishlarini muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
geologiya sohasi uchun kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlarini muntazam amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa funksiyalarni bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Davlat geologiya qoʻmitasi oʻziga yuklangan vazifalarni hamda oʻz funksiyalarini bevosita, shuningdek oʻziga qarashli korxonalar va ilmiy-tadqiqot institutlari orqali hal etadi va bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Davlat geologiya qoʻmitasining huquqlari va javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Davlat geologiya qoʻmitasi oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan, tashkilotlardan oʻz vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun zarur boʻlgan materiallar va maʼlumotlarni belgilangan tartibda soʻrash va olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatlari doirasida yer osti boyliklari uchastkalaridan foydalanish huquqini berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda tashkilotlar bilan kelishuv boʻyicha geologiya materiallari ekspertizasini oʻtkazish uchun ularning mutaxassislarini jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda yer osti boyliklari uchastkalaridan foydalanish huquqini cheklash, toʻxtatib turish va toʻxtatish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer osti boyliklarini geologik oʻrganish, ulardan foydalanish va ularni muhofaza qilish masalalari boʻyicha idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalarni belgilangan tartibda tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zaruriyat boʻlganda, normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish uchun olimlar, tarmoq mutaxassislaridan vaqtinchalik ishchi guruhlar tashkil qilish, shartnoma asosida ushbu ishga boshqa vazirliklar va idoralarning mutaxassislari va ekspertlarini jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat budjeti mablagʻlari va boshqa manbalar hisobiga olingan yer osti boyliklari toʻgʻrisidagi geologik va boshqa axborotlarni belgilangan tartibda shartnoma asosida realizatsiya qilish (berish, almashtirish, sotish);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat geologiya qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Davlat geologiya qoʻmitasi oʻz vakolatlari doirasida vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlashga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat geologiya qoʻmitasi, zarur hollarda, boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qoʻshma qarorlar hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar chiqarishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Davlat geologiya qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Davlat geologiya qoʻmitasiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tasdiqlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan rais boshchilik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raisning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan bir nafar oʻrinbosari boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat geologiya qoʻmitasi raisi moddiy, maishiy, transport va tibbiy xizmat koʻrsatish shart-sharoitlari boʻyicha vazirga, uning oʻrinbosari esa — vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11.Davlat geologiya qoʻmitasi raisi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat geologiya qoʻmitasi faoliyatiga rahbarlik qiladi hamda Davlat geologiya qoʻmitasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zaruriyat boʻlganda, xodimlarning belgilangan umumiy soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida Davlat geologiya qoʻmitasi markaziy apparati tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat geologiya qoʻmitasi markaziy apparatining shtatlar jadvalini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat geologiya qoʻmitasi markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizomlarni, Davlat geologiya qoʻmitasi tizimiga kiruvchi davlat korxonalari ustavlarini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat geologiya qoʻmitasi tasarrufidagi davlat korxonalarini qayta tashkil etish yoki tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat geologiya qoʻmitasi markaziy apparati xodimlarini, Davlat geologiya qoʻmitasi tizimiga kiruvchi korxonalar, ilmiy-tadqiqot institutlari rahbarlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Davlat geologiya qoʻmitasida rais (hayʼat raisi), uning oʻrinbosari, shuningdek Davlat geologiya qoʻmitasi faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini muvofiqlashtiruvchi uning tarkibiy boʻlinmalari rahbarlaridan iborat tarkibda hayʼat tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hayʼatning aʼzolari soni va shaxsiy tarkibi Davlat geologiya qoʻmitasi raisining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hayʼat quyidagilar bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat geologiya qoʻmitasi faoliyatining yer osti boyliklarini geologik oʻrganish, ulardan foydalanish va ularni muhofaza qilish, mineral-xomashyo bazasini takroriy ishlab chiqarish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishni davom ettirish, kon munosabatlari sohasida davlat boshqaruvini amalga oshirish, foydali qazilmalar konlarini qidirish va razvedka qilish samaradorligini oshirishni taʼminlovchi geologiya-qidiruv ishlarini sifatli prognoz qilish, shuningdek prognozlashtirishning ilgʻor usullardan foydalangan holda yer osti boyliklari toʻgʻrisidagi geologik va boshqa axborotlarni chuqur ilmiy tahlil qilish asosida mineral xomashyo bazasini rivojlantirish va takror hosil qilishning uzoq muddatli, oʻrta muddatli hamda har yilgi davlat dasturlarini shakllantirish boʻyicha ushbu Nizomda belgilangan asosiy yoʻnalishlarini tayyorlash va amalga oshirish;
(12-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 9-noyabrdagi 383-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 45-son, 525-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya qoʻmitasi nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qoʻyish, tayyorlash va qayta tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish boʻyicha ijro intizomini mustahkamlash, ularning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlash uchun Davlat geologiya qoʻmitasi rahbarlari va xodimlarining shaxsiy javobgarligini oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hayʼat Davlat geologiya qoʻmitasi vakolatiga taalluqli boshqa masalalarni ham koʻrib chiqish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hayʼat majlisiga Davlat geologiya qoʻmitasi vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha boshqa vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va tashkilotlar rahbarlari taklif etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hayʼat uning majlisida tarkibining yarmidan koʻpi qatnashgan taqdirda vakolatli boʻladi. Koʻrib chiqilayotgan masalalar boʻyicha qarorlar oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hayʼat qarorlari Qoʻmitaning qarorlari va raisning buyruqlari bilan amalga oshiriladi. Rais va hayʼat aʼzolari oʻrtasida kelishmovchiliklar paydo boʻlgan taqdirda rais paydo boʻlgan kelishmovchiliklar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hayʼat aʼzolari ham oʻz fikr-mulohazalarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga maʼlum qilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hayʼat faoliyati tartibi uning hayʼat tasdiqlaydigan reglamentida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Yer osti boyliklarini geologik oʻrganish bilan bogʻliq eng muhim yoʻnalishlarni, ishlar natijalarini va boshqa masalalarni koʻrib chiqish uchun Davlat geologiya qoʻmitasi huzurida yuqori malakali mutaxassislardan ilmiy-texnika kengashi tashkil etiladi. Ilmiy-texnika kengashi tarkibi va uning toʻgʻrisidagi nizom hayʼat tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Davlat geologiya qoʻmitasi apparati taʼminoti davlat budjeti mablagʻlari, tasarrufidagi davlat korxonalari ajratmalari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Davlat geologiya qoʻmitasini qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-iyundagi 165-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan qarorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2007-yil 5-fevraldagi 26-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 2-3-son, 8-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 7-iyundagi PQ-649-son qarori) 2007-yil 19-iyuldagi 147-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 7-son, 40-modda) ilovaning 3-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash boʻyicha qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2010-yil 5-iyundagi 108-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 6-son, 27-modda) ilovaning 57-bandi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 22-23-son, 235-modda; 45-46-son, 470-modda; 2013-y., 41-son, 550-modda; 2016-y., 45-son, 525-modda)