Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.07.2017 08.06.2011 yildagi 165-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.07.2017
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-iyuldagi 494-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi to‘g‘risidagi yangilangan Nizomni tasdiqlash va geologiya sohasi xodimlarini rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Geologiya-qidiruv ishlarini tashkil etish va olib borish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2010-yil 27-avgustdagi PQ-1396-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari G‘.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 8-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
165-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-iyundagi 165-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda Davlat geologiya qo‘mitasi deb ataladi) davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat geologiya qo‘mitasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Davlat geologiya qo‘mitasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga hamda mazkur Nizomga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Davlat geologiya qo‘mitasi o‘z faoliyatini davlat va xo‘jalik boshqaruvining boshqa organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Davlat geologiya qo‘mitasi yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga hamda blankalarga, shuningdek banklarda qonun hujjatlariga muvofiq ochiladigan hisob raqamlariga ega bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Davlat geologiya qo‘mitasining vazifalari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar Davlat geologiya qo‘mitasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer osti boyliklarini geologik o‘rganish, ulardan foydalanish va ularni muhofaza qilish, mineral-xomashyo bazasini takroriy ishlab chiqarish sohasida yagona davlat siyosatini ro‘yobga chiqarish, kon munosabatlari sohasida davlat boshqaruvini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarni mintaqaviy geologik o‘rganish yuzasidan kompleks tadqiqotlar sifatli amalga oshirilishini ta’minlash hamda foydali qazilmalar zaxiralarini prognozlashtirishning zamonaviy texnologiyalarini va ilg‘or usullarini keng qo‘llagan holda davlat geologik suratga olishlarini tizimli asosda olib borish asosida geologik axborotlarning xolisonaligini va ishonchliligini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat geologiya qo‘mitasi korxonalari tomonidan bajariladigan gidromineral resurslar, qattiq noruda foydali qazilmalar, qora va kamyob metallar, kamyob yer elementlari, foydali qazilmalarning yangi (noan’anaviy) turlari konlarini qidirib topish, baholash va razvedka qilish samaradorligini oshirishni ta’minlovchi geologiya-qidiruv ishlarini sifatli prognoz qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
prognoz qilishning ilg‘or metodlaridan foydalangan holda yer osti boyliklari to‘g‘risidagi geologik va boshqa axborotlarni chuqur ilmiy tahlil qilish, foydali qazilmalar konlarini (uglevodorodlardan tashqari) qidirish va baholash natijalari asosida mineral xomashyo bazasini rivojlantirish va takror hosil qilishning uzoq muddatli (3 yildan ortiq davrga), o‘rta muddatli (3 yilgacha bo‘lgan davrga) hamda har yilgi davlat dasturlarini respublikaning kon-metallurgiya kombinatlari bilan birgalikda shakllantirish, shuningdek ularning amalga oshirilishini ta’minlash;
(5-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 9-noyabrdagi 383-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 45-son, 525-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
geologiya-qidiruv ishlari samadorligini baholash va tarmoqning yakuniy natijalariga — yer osti boyliklari hamda gidromineral resurslar, qattiq noruda foydali qazilmalar, qora va kamyob metallar, kamyob yer elementlarining sanoat zaxiralarini ko‘paytirish to‘g‘risidagi boshqa axborotlarning to‘liqligi va sifati bilan bog‘liq holda rag‘batlantirish asosida geologiya-qidiruv ishlarini moliyalashtirishning zamonaviy metodlarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasarrufidagi tashkilotlarni tubdan modernizatsiya qilish va texnik jihatdan qayta jihozlash, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu sohadagi ilg‘or tajribadan foydalangan holda geologiya tarmog‘i uchun kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashni tizimli asosda amalga oshirish, shuningdek respublikaning oliy va o‘rta ta’lim muassasalarida kadrlar tayyorlash yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Davlat geologiya qo‘mitasi o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston hududining geologik jihatdan o‘rganilganligini tahlil qiladi, bunda mintaqaviy geologik tadqiqotlarni va amaldagi kartografik asoslarning davlat tomonidan geologik suratga olishlarning yangi materiallari, boshqa tadqiqotlar natijalari bilan yangilanganlik darajasini hisobga oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va tashkilotlar bilan birgalikda mineral-xomashyo bazasidan foydalanish, ularni yanada kengaytirish, mustahkamlash va sifat jihatidan yaxshilash, ulardan oqilona va kompleks foydalanish strategiyasi hamda ushbu maqsadlar uchun zarur bo‘lgan davlat investitsiyalari va boshqa investitsiyalar hajmlari haqida takliflar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikani iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish prognozlarini ishlab chiqishda, respublikaning mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish va takroriy ishlab chiqarish, yer osti boyliklarini muhofaza qilish davlat dasturlarini, yer osti boyliklarini geologik o‘rganish va muhofaza qilish xalqaro dasturlarini ishlab chiqishda va amalga oshirishda o‘z vakolatlari doirasida qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kon-metallurgiya kombinatlari bilan birgalikda, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishgan holda uzoq muddatli (3 yildan ortiq davrga) va o‘rta muddatli (3 yilgacha bo‘lgan davrga) mineral xomashyo bazasini rivojlantirish va takror hosil qilishning davlat dasturlarini ishlab chiqadi hamda tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
(6-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 9-noyabrdagi 383-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 45-son, 525-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mineral xomashyo bazasini rivojlantirish va takror hosil qilishning uzoq muddatli va o‘rta muddatli davlat dasturlarini amalga oshirish doirasida Davlat geologiya qo‘mitasi tizimi bo‘yicha mineral xomashyo bazasini rivojlantirish va takror hosil qilishning har yilgi davlat dasturlarini O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishgan holda ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
(6-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 9-noyabrdagi 383-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 45-son, 525-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mineral xomashyo bazasini rivojlantirish va takror hosil qilishning uzoq muddatli, o‘rta muddatli va har yilgi davlat dasturlarini ishlab chiqishda vakolatli organlar va manfaatdor tashkilotlar bilan kelishgan holda gidromineral resurslar, qattiq noruda foydali qazilmalar, qora va kamyob metallar, kamyob yer elementlari zaxiralarini ko‘paytirish bo‘yicha davlat buyurtmasi loyihalari shakllantirilishini ta’minlaydi;
(6-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 9-noyabrdagi 383-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 45-son, 525-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tizimli asosda zamonaviy ilmtalab texnologiyalar va asbob-uskunalarni geologiya-qidiruv ishlariga joriy etishni amalga oshiradi, shuningdek Davlat geologiya qo‘mitasi tasarrufidagi korxonalar va tashkilotlarni modernizatsiya qilish hamda texnik jihatdan qayta jihozlash bo‘yicha o‘z vaqtida chora-tadbirlar ko‘radi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fundamental va amaliy ilm-fanning ilg‘or yutuqlari asosida yer osti boyliklarini geologik o‘rganish va mineral resurslardan foydalanish sohasida mavzuli, tajriba-konstruktorlik ishlari, konlar va kon jinslarining texnologik tadqiqotlari, shuningdek boshqa ishlarning ustuvor yo‘nalishlarini ilmiy asoslaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika hududlarini kompleks ravishda mintaqaviy o‘rganish, turli masshtablarda davlat tomonidan geologik suratga olishlar natijalari, geofizik, geokimyoviy, geoekologik, aerokosmofotogeologik, gidrogeologik, muhandislik-geologik tadqiqotlar hamda ixtisoslashtirilgan jadal izlash ishlari asosida qattiq foydali qazilmalar (shu jumladan noyob va rangli metallar, uran), yer osti chuchuk va mineral suvlarning istiqbolli konlari hududlarini aniqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
geologiya-qidiruv ishlarini o‘tkazish amaliyotiga yangi metodlar va texnologiyalarni, shu jumladan masofadan amalga oshiriladigan metodlar va texnologiyalarni joriy etishni ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika hududini mintaqaviy geologik o‘rganish, geoekologik ishlarni bajarish, davlat tomonidan geologik suratga olish, ixtisoslashtirilgan jadal izlash ishlari, gidromineral resurslar, qattiq noruda foydali qazilmalar, qora va kamyob metallar, kamyob yer elementlari, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari bo‘yicha kompleks tadqiqotlar o‘tkazish yuzasidan davlat buyurtmalarini tasarrufidagi korxonalar va tashkilotlar o‘rtasida joylashtiradi, ularni bajarishni davlat budjeti mablag‘lari va boshqa mablag‘lar hisobiga moliyalashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat budjeti mablag‘lari hisobiga yer osti boyliklarini geologik o‘rganish ishlarini amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan yer osti boyliklarini geologik o‘rganish ishlarini loyihalash va yuritish sohasidagi norma va qoidalarni o‘z vakolatlari doirasida ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mineral xomashyo bazasini rivojlantirish va takror hosil qilishning tasdiqlangan davlat dasturlariga muvofiq yer osti boyliklarini geologik o‘rganish ishlarini muvofiqlashtiradi va amalga oshiradi;
(6-bandning o‘n to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 9-noyabrdagi 383-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 45-son, 525-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer osti boyliklarini geologik o‘rganish ishlari olib borilishini, gidromineral resurslar, qattiq noruda foydali qazilmalar, qora va kamyob metallar, kamyob yer elementlari zaxiralarini ko‘paytirish va respublikaning moddiy-xomashyo bazasi shakllantirilishi, mustahkamlanishi va kengaytirilishi bo‘yicha (uglevodorod xomashyo, noyob va rangli metallar, urandan tashqari) hamda respublika hududini geologik o‘rganish sohasidagi boshqa ishlar bo‘yicha topshiriqlarning bajarilishini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat geologiya qo‘mitasi tizimi bo‘yicha mineral xomashyo bazasini rivojlantirish va takror hosil qilishning har yilgi dasturlari, gidromineral resurslar, qattiq noruda foydali qazilmalar, qora va kamyob metallar, kamyob yer elementlari zaxiralarini ko‘paytirish bo‘yicha topshiriqlar bajarilishining har choraklik monitoringini amalga oshiradi;
(6-bandning o‘n oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 9-noyabrdagi 383-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 45-son, 525-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston hududining geologik-ekologik tadqiqotlari dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z vakolati doirasida yer osti boyliklari uchastkalaridan foydalanish huquqiga berilgan litsenziyalarda belgilangan shartlarga, yer osti boyliklarini geologik o‘rganish ishlarini loyihalash sohasidagi norma va qoidalarga yer osti boyliklaridan foydalanuvchilar tomonidan rioya etilishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasarrufidagi korxonalarga yer osti boyliklarini geologik o‘rganish ishlarini amalga oshirish uchun ajratiladigan davlat mablag‘laridan foydalanilishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik tavakkalchiligi sharoitlarida geologik o‘rganish, foydali qazilmalarni qazib olish, texnogen mineral hosilalardan foydalanish, foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlari qurish va ulardan foydalanish uchun yer osti uchastkalaridan foydalanish (chiqindilarni saqlash va ko‘mish maqsadida yer osti inshootlari qurish va ulardan foydalanish huquqi uchun litsenziyalardan tashqari), qo‘riqlanadigan geologik obyektlar hosilalaridan foydalanish hamda tovlanadigan tosh xomashyo, paleontologik qoldiqlar namunalarini va boshqa geologik kolleksiya materiallarini to‘plash huquqini beruvchi litsenziyalarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda beradi;
(6-bandning yigirmanchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 9-noyabrdagi 383-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 45-son, 525-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasarrufidagi korxonalar uchun davlat budjeti mablag‘lari hisobiga geologik o‘rganish uchun yer osti boyliklari uchastkalaridan foydalanish huquqi paydo bo‘lishining asosi hisoblanadigan yer osti boyliklarini geologik o‘rganishga doir loyiha-smeta hujjatlarini o‘z vakolatlari doirasida tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda, foydalanish uchun berilgan yer osti boyliklari uchastkalarining davlat hisobini yuritadi, yer osti boyliklari uchastkalaridan foydalanish huquqini va yer osti boyliklarini geologik o‘rganish ishlarining davlat hisobini yuritish huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat geologiya qo‘mitasi tizimi bo‘yicha davlat mablag‘lari hisobiga olingan yer osti boyliklari to‘g‘risidagi geologik va boshqa axborotlarga mulkdor huquqi va majburiyatlarini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ham davlat mablag‘lari hisobiga, ham yer osti boyliklaridan foydalanuvchilarning o‘z mablag‘lari hisobiga o‘tkazilgan geologiya-qidiruv ishlari natijasida olingan geologik va foydali qazilmalarning barcha turlari bo‘yicha yer osti boyliklari to‘g‘risidagi boshqa axborotlarni hisobga oladi, saqlaydi va tizimlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer osti boyliklarini geologik o‘rganish ishlarini olib borish yuzasidan loyiha-smeta hujjatlari ekspertizasini tashkil etadi va uning amalga oshirilishini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi va “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasining keng tarqalgan foydali qazilmalari ro‘yxatini aniqlaydi hamda uni tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer osti boyliklari to‘g‘risidagi geologik va boshqa axborotlarning davlat fondini, geologik tosh materiallar davlat fondini yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydali qazilmalarning istiqboli konlarini aniqlash mumkin bo‘lgan konlar va yer osti boyliklari uchastkalari davlat reyestrini (o‘z vakolatlari doirasida), foydali qazilmalar zaxiralari davlat balansini, konlarning, foydali qazilmalar va texnogen mineral hosilalar namoyon bo‘lishi davlat kadastrini, davlat suv (yer osti suvlari) kadastrini, yuqori darajada tabiiy xavfli zonalar (xavfli geologik jarayonlar paydo bo‘ladigan zonalar) davlat kadastrini yuritadi, shuningdek muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar davlat kadastriga binoan chuchuk yer osti suvlari konlarining shakllanish zonalari bo‘yicha ma’lumotlarni tuzadi va taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan o‘zaro hamkorlikda yer osti boyliklari davlat monitoringi, shu jumladan yer osti suvlari monitoringi amalga oshirilishini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tog‘li hududlarda xavfli geologik jarayonlar (ko‘chki, o‘pirilish, cho‘kish, suffoziylar, karstlar)ni o‘rganish, shuningdek ularning hosil bo‘lishi va rivojlanishini kuzatish ishlarini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qo‘shni davlatlarning geologiya xizmatlari bilan birgalikda transchegara hududlar doirasida radioaktiv va toksik elementlar bilan ifloslanish o‘choqlarini aniqlash va o‘rganish ishlarini amalga oshiradi, qo‘shni hududlarning ekologik holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan alohida xavfli zonalar va uchastkalarni aks ettirgan holda geologiya xaritalari va atlaslarini tuzadi hamda ularni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, manfaatdor vazirliklar va idoralarga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar va idoralar bilan birgalikda suv resurslaridan (yer osti suvlaridan) foydalanish hamda hududlarni texnogen va xavfli geologik jarayonlar ta’siridan himoya qilish sxemalarini ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
geologiya va mineralogiya obyektlari qo‘riqlanishi, shuningdek yer osti suvlarining ifloslanish va qurib qolishdan qo‘riqlanishi yuzasidan nazoratni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv quduqlari burg‘ulashga ruxsatnoma va suvdan (yer osti suvlaridan) maxsus foydalanishga ruxsatnoma berilishini kelishadi;
(6-bandning o‘ttiz to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 8-oktabrdagi 276-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 41-son, 550-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika hududining sho‘rlanishiga va cho‘lga aylanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi mintaqaviy ekzogen geologik jarayonlarni o‘rganadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kelgusida sanoat va xo‘jalik qurilishi obyektlarini joylashtirish uchun muhandislik-geologiya, gidrogeologiya va ekologiya-geologiya asoslashlarini tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilayotgan va rekonstruksiya qilinayotgan yirik sanoat va qishloq xo‘jaligi obyektlarining atrof muhitga ta’sirini baholash ishlarida o‘z vakolatlari doirasida qatnashadi;
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning o‘ttiz sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 2-noyabrdagi 294-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2011-y., 45-46-son, 470-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning o‘ttiz to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 2-noyabrdagi 294-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2011-y., 45-46-son, 470-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer osti boyliklari uchastkalaridan foydalanish huquqini berish yuzasidan ochiq savdolar tashkil etilishi va o‘tkazilishiga vazirliklar va idoralar bilan birgalikda materiallar tayyorlaydi va ularda qatnashadi, yer osti boyliklari uchastkalaridan foydalanish bilan bog‘liq investitsiya loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslashlari ishlab chiqilishida qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda yer osti boyliklarini geologik o‘rganish, ulardan foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasida tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish strategiyasi to‘g‘risida takliflar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy investitsiyalarni jalb etish ishlarini olib boradi, xorijiy investorlar bilan to‘g‘ridan to‘g‘rimuzokaralar o‘tkazadi va ularga yer osti boyliklari uchastkalaridan foydalanish huquqini berish to‘g‘risida (o‘z vakolatlari doirasida) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat geologiya qo‘mitasi vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi, konferensiyalar, simpoziumlar, ko‘rgazmalar tashkil qiladi, xalqaro tashkilotlar, boshqa mamlakatlarning geologiya xizmatlari bilan belgilangan tartibda aloqalar o‘rnatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro tashkilotlardagi a’zoligidan hamda yer osti boyliklarini geologik o‘rganish, ulardan foydalanish va ularni muhofaza qilish, mineral-xomashyo potensialini takroriy ishlab chiqarish va rivojlantirish sohasida xalqaro shartnomalarda ishtirok etishidan kelib chiquvchi majburiyatlar bajarilishini tashkil etishda va ularning muvofiqlashtirilishida qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika mineral-xomashyo bazasining holati to‘g‘risidagi axborot tizimlari faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishini ta’minlaydi, yer osti boyliklarini geologik o‘rganish, ulardan foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasida noshirlik faoliyatini belgilangan tartibda amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda geologiya-qidiruv ishlariga (mineral-xomashyo bazasini takroriy ishlab chiqarishga) xarajatlarni qoplash stavkalari miqdorlarini, geologiya-qidiruv ishlarini moliyalashtirish va ularga kreditlar ajratish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekstremal sharoitlarda (suvsizlik, baland tog‘li, yer osti va boshqa sharoitlarda) ishlarni olib borish uchun qo‘shimcha haq miqdorlarini belgilash yuzasidan takliflarni asoslaydi va ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasarrufidagi korxonalar va tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish ishlarini muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
geologiya sohasi uchun kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlarini muntazam amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa funksiyalarni bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Davlat geologiya qo‘mitasi o‘ziga yuklangan vazifalarni hamda o‘z funksiyalarini bevosita, shuningdek o‘ziga qarashli korxonalar va ilmiy-tadqiqot institutlari orqali hal etadi va bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Davlat geologiya qo‘mitasining huquqlari va javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Davlat geologiya qo‘mitasi o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlaridan, tashkilotlardan o‘z vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun zarur bo‘lgan materiallar va ma’lumotlarni belgilangan tartibda so‘rash va olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z vakolatlari doirasida yer osti boyliklari uchastkalaridan foydalanish huquqini berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda tashkilotlar bilan kelishuv bo‘yicha geologiya materiallari ekspertizasini o‘tkazish uchun ularning mutaxassislarini jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda yer osti boyliklari uchastkalaridan foydalanish huquqini cheklash, to‘xtatib turish va to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer osti boyliklarini geologik o‘rganish, ulardan foydalanish va ularni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalarni belgilangan tartibda tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zaruriyat bo‘lganda, normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish uchun olimlar, tarmoq mutaxassislaridan vaqtinchalik ishchi guruhlar tashkil qilish, shartnoma asosida ushbu ishga boshqa vazirliklar va idoralarning mutaxassislari va ekspertlarini jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat budjeti mablag‘lari va boshqa manbalar hisobiga olingan yer osti boyliklari to‘g‘risidagi geologik va boshqa axborotlarni belgilangan tartibda shartnoma asosida realizatsiya qilish (berish, almashtirish, sotish);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat geologiya qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Davlat geologiya qo‘mitasi o‘z vakolatlari doirasida vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlashga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat geologiya qo‘mitasi, zarur hollarda, boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qo‘shma qarorlar hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar chiqarishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Davlat geologiya qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Davlat geologiya qo‘mitasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tasdiqlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan rais boshchilik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raisning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan bir nafar o‘rinbosari bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat geologiya qo‘mitasi raisi moddiy, maishiy, transport va tibbiy xizmat ko‘rsatish shart-sharoitlari bo‘yicha vazirga, uning o‘rinbosari esa — vazir o‘rinbosariga tenglashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11.Davlat geologiya qo‘mitasi raisi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat geologiya qo‘mitasi faoliyatiga rahbarlik qiladi hamda Davlat geologiya qo‘mitasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zaruriyat bo‘lganda, xodimlarning belgilangan umumiy soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida Davlat geologiya qo‘mitasi markaziy apparati tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat geologiya qo‘mitasi markaziy apparatining shtatlar jadvalini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat geologiya qo‘mitasi markaziy apparatining tarkibiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomlarni, Davlat geologiya qo‘mitasi tizimiga kiruvchi davlat korxonalari ustavlarini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat geologiya qo‘mitasi tasarrufidagi davlat korxonalarini qayta tashkil etish yoki tugatish to‘g‘risida qaror qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat geologiya qo‘mitasi markaziy apparati xodimlarini, Davlat geologiya qo‘mitasi tizimiga kiruvchi korxonalar, ilmiy-tadqiqot institutlari rahbarlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Davlat geologiya qo‘mitasida rais (hay’at raisi), uning o‘rinbosari, shuningdek Davlat geologiya qo‘mitasi faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini muvofiqlashtiruvchi uning tarkibiy bo‘linmalari rahbarlaridan iborat tarkibda hay’at tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hay’atning a’zolari soni va shaxsiy tarkibi Davlat geologiya qo‘mitasi raisining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hay’at quyidagilar bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat geologiya qo‘mitasi faoliyatining yer osti boyliklarini geologik o‘rganish, ulardan foydalanish va ularni muhofaza qilish, mineral-xomashyo bazasini takroriy ishlab chiqarish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishni davom ettirish, kon munosabatlari sohasida davlat boshqaruvini amalga oshirish, foydali qazilmalar konlarini qidirish va razvedka qilish samaradorligini oshirishni ta’minlovchi geologiya-qidiruv ishlarini sifatli prognoz qilish, shuningdek prognozlashtirishning ilg‘or usullardan foydalangan holda yer osti boyliklari to‘g‘risidagi geologik va boshqa axborotlarni chuqur ilmiy tahlil qilish asosida mineral xomashyo bazasini rivojlantirish va takror hosil qilishning uzoq muddatli, o‘rta muddatli hamda har yilgi davlat dasturlarini shakllantirish bo‘yicha ushbu Nizomda belgilangan asosiy yo‘nalishlarini tayyorlash va amalga oshirish;
(12-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 9-noyabrdagi 383-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 45-son, 525-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya qo‘mitasi nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish, tayyorlash va qayta tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha ijro intizomini mustahkamlash, ularning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash uchun Davlat geologiya qo‘mitasi rahbarlari va xodimlarining shaxsiy javobgarligini oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hay’at Davlat geologiya qo‘mitasi vakolatiga taalluqli boshqa masalalarni ham ko‘rib chiqish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hay’at majlisiga Davlat geologiya qo‘mitasi vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha boshqa vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va tashkilotlar rahbarlari taklif etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hay’at uning majlisida tarkibining yarmidan ko‘pi qatnashgan taqdirda vakolatli bo‘ladi. Ko‘rib chiqilayotgan masalalar bo‘yicha qarorlar oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hay’at qarorlari Qo‘mitaning qarorlari va raisning buyruqlari bilan amalga oshiriladi. Rais va hay’at a’zolari o‘rtasida kelishmovchiliklar paydo bo‘lgan taqdirda rais paydo bo‘lgan kelishmovchiliklar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hay’at a’zolari ham o‘z fikr-mulohazalarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ma’lum qilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hay’at faoliyati tartibi uning hay’at tasdiqlaydigan reglamentida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Yer osti boyliklarini geologik o‘rganish bilan bog‘liq eng muhim yo‘nalishlarni, ishlar natijalarini va boshqa masalalarni ko‘rib chiqish uchun Davlat geologiya qo‘mitasi huzurida yuqori malakali mutaxassislardan ilmiy-texnika kengashi tashkil etiladi. Ilmiy-texnika kengashi tarkibi va uning to‘g‘risidagi nizom hay’at tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Davlat geologiya qo‘mitasi apparati ta’minoti davlat budjeti mablag‘lari, tasarrufidagi davlat korxonalari ajratmalari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Davlat geologiya qo‘mitasini qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-iyundagi 165-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan qarorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RO‘YXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2007-yil 5-fevraldagi 26-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 2-3-son, 8-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 7-iyundagi PQ-649-son qarori) 2007-yil 19-iyuldagi 147-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 7-son, 40-modda) ilovaning 3-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash bo‘yicha qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2010-yil 5-iyundagi 108-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 6-son, 27-modda) ilovaning 57-bandi.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 22-23-son, 235-modda; 45-46-son, 470-modda; 2013-y., 41-son, 550-modda; 2016-y., 45-son, 525-modda)