1-ILOVA
2-ILOVA
| T/r | Tadbirlarning tarkibi va nomi | Ijro etish muddati | Masʼul ijrochilar |
|
I. Tayyorgarlik davri (2011-yil aprel-may) | |||
|
1.1. Saylov qonunchiligining asosiy qoidalarini saylov jarayoni ishtirokchilariga tushuntirish, aholining elektoral madaniyatini oshirish boʻyicha ishlarni tashkil qilish | |||
| 1. | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining “Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tayyorlash va oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarorini qabul qilish hamda ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish, ushbu masala boʻyicha jurnalistlar uchun brifing tashkil qilish | 2011-yil 5-aprelgacha | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Devoni |
| 2. | Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Mahalla” jamgʻarmasining viloyat boʻlinmalari, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari va ommaviy axborot vositalarining vakillari ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi komissiyasining kengaytirilgan majlisini oʻtkazish | 2011-yil 7-aprelgacha | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi komissiyasi (bundan buyon Senat Kengashi komissiyasi deb ataladi), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Mahalla” jamgʻarmasi, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Kamolot” ijtimoiy harakati |
| 3. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazish masalalari boʻyicha majlislarini oʻtkazish | 2011-yil 10-aprelgacha | Senat Kengashi komissiyasi, Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi hamda Senat Devoni |
| 4. | Markaziy va mahalliy matbuotda, radio hamda televideniyeda senatorlar va Oliy Majlis deputatlari, yetakchi olimlar, ekspertlar va amaliyotchi xodimlarning quyidagi masalalarni tushuntirishga yoʻnaltirilgan chiqishlarini tashkil qilish, fuqarolik jamiyati institutlari (fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari) vakillari ishtirokida konferensiyalar, davra suhbatlari hamda seminarlar oʻtkazish: – “Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining asosiy qoidalari; – fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishning asosiy prinsiplari va vazifalari; – saylovni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida fuqarolarni keng xabardor qilish borasida fuqarolik jamiyati institutlarining roli va ahamiyati |
2011-yil aprel-may | Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi hamda Senat Devoni, Milliy teleradiokompaniya, Fuqarolik jamiyatini oʻrganish instituti, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti, Toshkent davlat yuridik instituti, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, “Mahalla” jamgʻarmasi, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Kamolot” ijtimoiy harakati |
| 5. | Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari hamda manfaatdor tashkilotlar vakillari bilan (alohida reja boʻyicha) quyidagi masalalar yuzasidan seminar-treninglar oʻtkazish: — saylovga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish; — komissiyalar va ishchi guruhlar tuzish, shuningdek ularning ishini tashkil etish mexanizmlarini ishlab chiqish |
2011-yil aprel | Senat Kengashi komissiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Mahalla” jamgʻarmasi, Fuqarolik jamiyatini oʻrganish instituti |
| 6. | Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari qoidalarini ochib berishga qaratilgan bir qator maqolalar tayyorlash va chop etish, telekoʻrsatuvlar namoyish etish, ishlarning boshqa shakllari va uslublaridan foydalanish, bu saylovning ochiqligi va transparentlikni taʼminlash | 2011-yil aprel — iyun | Senat Kengashi komissiyasi, Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi, Milliy teleradiokompaniya, Fuqarolik jamiyatini oʻrganish instituti, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti, Toshkent davlat yuridik instituti, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi |
|
1.2. Saylovga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazishni normativ, uslubiy va tashkiliy jihatdan taʼminlash | |||
| 7. | Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari sayloviga tayyorgarlik koʻrish hamda uni oʻtkazish tartibini belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va tasdiqlash | 2011-yil aprel — may | Senat Kengashi komissiyasi, Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti, Toshkent davlat yuridik instituti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari, “Mahalla” jamgʻarmasi |
| 8. | Quyidagilarni nashr etish hamda fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi komissiyalar va fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazish boʻyicha ishchi guruhlarga joʻnatish: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining, “Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Prezident Islom Karimovning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻshma majlislaridagi “Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish — ustuvor maqsadimizdir” hamda “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” mavzuyidagi maʼruzalari matnidan iborat broshyuralar; fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazish prinsiplarini ochib berishga, mahalla faoliyatini samarali tashkil etishga qaratilgan axborot broshyuralari va kitoblar |
2011-yil may | Senat Kengashi komissiyasi, Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi, Vazirlar Mahkamasi, Fuqarolik jamiyatini oʻrganish instituti, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti, Toshkent davlat yuridik instituti, “Mahalla” jamgʻarmasi |
|
II. Saylovning asosiy bosqichi (saylovni tashkil etish, fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi komissiyalarni, fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazish boʻyicha ishchi guruhlarni tuzish, fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini oʻtkazish uchun fuqarolar yigʻinini (vakillar yigʻilishini) chaqirish) | |||
| 9. | Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi komissiyalarni tuzish (“Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 9-moddasi) | 2011-yil 10-aprelgacha | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari |
| 10. | Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazish boʻyicha ishchi guruhlarni tuzish (“Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 11-moddasi) | 2011-yil 15-aprelgacha | Shaharcha, qishloq, ovul fuqarolar yigʻinlari, shahar, shaharcha, qishloq va ovuldagi mahallalar |
| 11. | Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi komissiyalar, fuqarolar yigʻini raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazish boʻyicha ishchi guruhlar aʼzolari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati institutlari vakillari bilan saylov qonunchiligiga rioya etish, saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish ishlarini tashkil etish masalalari boʻyicha respublika hamda mintaqaviy seminar-majlislar tashkil etish va oʻtkazish | 2011-yil 25-aprelgacha | Senat Kengashi komissiyasi, Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi |
| 12. | Hovlilar, uylar, koʻchalar, mahallalar, mavzelar va dahalar vakillarining yigʻilishlarini oʻtkazishda ishchi guruhlarga koʻmaklashish boʻyicha chora-tadbirlar majmuini amalga oshirish (“Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasi) | 2011-yil 20-aprelgacha | Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat, tuman va shahar komissiyalari |
| 13. | Tuman va shaharlarda fuqarolar yigʻinlarida saylovni tashkil etish hamda oʻtkazish boʻyicha jadvallar tayyorlash | 2011-yil 25-aprelgacha | Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat, tuman va shahar komissiyalari |
| 14. | Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlar koʻrsatish va nomzodlar boʻyicha hujjatlarni tuman yoki shahar hokimi bilan kelishish uchun tegishli tuman yoki shahar komissiyasiga topshirish (“Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasi) | Saylovdan kechi bilan oʻn kun oldin | Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazish boʻyicha ishchi guruhlar |
| 15. | Fuqarolar yigʻinini oʻtkazish joyi toʻgʻrisida fuqarolarni xabardor qilish (“Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 12-moddasi) | Fuqarolar yigʻinini (vakillar yigʻilishini) oʻtkazishdan kamida besh kun oldin | Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazish boʻyicha ishchi guruhlar |
| 16. | Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini oʻtkazish uchun fuqarolar yigʻinini (vakillar yigʻilishini) chaqirish (“Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 13-moddasi) Fuqarolar yigʻinining ishtirokchilarini roʻyxatga olish (“Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 12-moddasi) |
Alohida jadval boʻyicha | Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazish boʻyicha ishchi guruhlar |
|
III. Saylovning yakunlovchi bosqichi (fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazish jarayonida fuqarolar tomonidan bildirilgan takliflar va mulohazalar toʻgʻrisidagi axborotni umumlashtirish) | |||
| 17. | Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovining borishi toʻgʻrisida axborot tayyorlash va uni Senat Kengashining komissiyasiga taqdim etish | 2011-yil 15-may, 1, 15 va 25-iyun | Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat, tuman va shahar komissiyalari |
| 18. | Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovining yakunlarini chiqarish (“Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddasi) | 2011-yil 10-iyulgacha | Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi tuman va shahar komissiyalari |
| 19. | Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovi yakunlarini umumlashtirish, ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashiga koʻrib chiqish uchun taqdim etish | 2011-yil 15-iyulgacha | Senat Kengashi komissiyasi, Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi |
| 20. | Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovi yakunlarini ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish, jurnalistlar uchun brifing tashkil etish | 2011-yil 25-iyulgacha | Senat Kengashi komissiyasi, Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi |
| 21. | Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari takroriy saylovini oʻtkazish (“Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 27-moddasi) | bir oylik muddatdan kechiktirmay | Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazish boʻyicha ishchi guruhlar |
| 22. | Aholini koʻproq tashvishlantirib turgan masalalarni aniqlash, fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazish davrida fuqarolar tomonidan bildirilgan takliflar va mulohazalar toʻgʻrisidagi maʼlumotni umumlashtirish | 2011-yil 1 va 31-iyun | Senat Kengashi komissiyasi, Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat va Toshkent shahar komissiyalari bilan birgalikda |
|
IV. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini shakllantirish bosqichi | |||
| 23. | Fuqarolar yigʻini kengashini shakllantirish, fuqarolar yigʻini faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha komissiyalarni, shuningdek fuqarolar yigʻini taftish komissiyasini va maʼmuriy komissiyasini saylash uchun zarur tashkiliy-texnik sharoitlarni yaratish (“Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 29-moddasi) | 2011-yil 15-iyulgacha | Senat Kengashi komissiyasi, Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat, tuman va shahar komissiyalari bilan birgalikda |
| 24. | Yangi saylangan raislar (oqsoqollar) va ularning maslahatchilari uchun fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini tartibga soladigan amaldagi qonun hujjatlarining asosiy qoidalarini yetkazish, kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish, mamlakatni modernizatsiya qilish va yangilashda mahallaning roli va ahamiyatini tushuntirish boʻyicha konferensiyalar, davra suhbatlari hamda seminarlarni tashkil etish� | Alohida jadval boʻyicha | Oliy Majlis Senati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Fuqarolik jamiyatini oʻrganish instituti, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi, Toshkent davlat yuridik instituti |
3-ILOVA
| Sobirov Ilgizar Matyoqubovich | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi |
|
Komissiya raisining oʻrinbosarlari | ||
| Azimov Rustam Sodiqovich | — | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari (kelishuvga muvofiq) |
| Akbarova Farida Shorahimovna | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi (kelishuvga muvofiq) |
|
Komissiya aʼzolari | ||
| Artikova Svetlana Baymirzayevna | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi raisi |
| Ahmedov Anvar Akmalovich | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi, Respublika “Mahalla” xayriya jamgʻarmasi raisi |
| Boqiboyev Erkin Joʻrayevich | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi raisining oʻrinbosari, Oʻzbekiston faxriylarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi raisi |
| Saidov Akmal Xolmatovich | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi raisi (kelishuvga muvofiq) |
| Saliyev Olim Adilovich | — | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni bosh konsultanti (kelishuvga muvofiq) |
| Xidoyatov Gʻayrat Botirovich | — | Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri oʻrinbosari |
| Boboyev Abdurahmon Boboyevich | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Devonining Nazorat-axborot boʻlimi mudiri |
| Gʻaniyev Bahodir Muxtorovich | — | Oʻzbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati raisi |
| Hazratqulov Mamatqul | — | Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi direktori |
| Norboyeva Tanzila Kamolovna | — | Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi |
| Abdukarimov Gʻolibjon Ozodovich | — | Fuqarolik jamiyatini oʻrganish instituti direktori vazifasini bajaruvchi |
| Mirzayev Gʻulom Abdirayimovich | — | Respublika Maʼnaviyat targʻibot markazi rahbari |
| Xoʻjayev Alisher Joʻraqulovich | — | Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi |