Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2011-yil 16-martda qabul qilingan
Senat tomonidan 2011-yil 25-martda maʼqullangan
Senat tomonidan 2011-yil 25-martda maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Sudlar toʻgʻrisida”gi 924-XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrda qabul qilingan 162-II-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 1-2, 10-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 6, 249-modda, № 7, 324-modda; 2009-yil, № 12, 470-modda) 37-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudi qonun bilan uning vakolatlari doirasiga berilgan fuqarolik ishlarini va maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqadi”.
Keyingi tahrirga qarang.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2013-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 11, 23-moddalar, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2006-yil, № 6, 261-modda; 2007-yil, № 4, 166-modda, № 6, 248, 249-moddalar, № 9, 422-modda, № 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 177, 187-moddalar, № 9, 482, 484, 487-moddalar, № 12, 636, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 136-modda, № 9, 335-modda, № 12, 469, 470-moddalar; 2010-yil, № 6, 231-modda, № 9, 334, 336, 337, 342-moddalar, № 12, 477-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 272-moddaning ikkinchi qismidagi “advokatlar malaka komissiyasiga” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 412-moddaning beshinchi qismidagi “advokatlar malaka komissiyasiga” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda) quyidagi qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 242-moddaning 1-bandi “fuqarolik ishlari boʻyicha sudlar” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
2) quyidagi mazmundagi 2454-modda bilan toʻldirilsin:
“2454-modda. Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlar
Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlar fuqarolik ishlarining muhokamasi chogʻida maʼmuriy huquqbuzarliklarni aniqlagan hollarda ushbu Kodeksning 180 va 181-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqadi”;
3) 315-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Fuqarolik ishlari boʻyicha sudning maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha qarori ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksida belgilangan tartibda shikoyat qilinadi”;
4) 317-modda quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Fuqarolik ishlari boʻyicha sudning maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha qarori ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksida belgilangan tartibda protest keltiriladi”.
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustda qabul qilingan 477-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, 9-songa ilova; 2001-yil, № 1-2, 11-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 8, 367-modda; 2008-yil, № 4, 185-modda; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 332-modda; 2010-yil, № 6, 231-modda, № 9, 335-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 166-modda:
ikkinchi qismining ikkinchi jumlasi chiqarib tashlansin;
uchinchi qismining uchinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ayni bir vaqtda sud xususiy ajrim chiqaradi, ushbu ajrim tegishincha yuqori turuvchi prokurorga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasiga yuboriladi”;
quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Sud majlisida tartibni buzgan yoki sudga nisbatan boshqacha tarzda hurmatsizlik qilgan shaxs sud tomonidan maʼmuriy javobgarlikka tortilishi mumkin”;
2) 174-moddaning oltinchi qismidagi “advokatlar malaka komissiyasiga” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 2382-modda quyidagi mazmundagi 5-band bilan toʻldirilsin:
“5) agar fuqarolardan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzlarni undirish haqidagi talab arz qilingan boʻlsa”;
4) 337-moddaning uchinchi qismidagi “advokatlar malaka komissiyasiga” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustda qabul qilingan 478-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Xoʻjalik protsessual kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 234-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 2001-yil, № 1-2, 11-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 7, 373-modda; 2007-yil, № 8, 367-modda; 2008-yil, № 9, 490-modda, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 1, 1-modda; 2010-yil, № 6, 231-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 24-modda birinchi qismining 12 va 13-bandlaridagi “tekshiruv vazifalarini amalga oshiruvchi davlat organlari” va “tekshiruv vazifalarini amalga oshiruvchi organlar” degan soʻzlar “nazorat qiluvchi organlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 36-moddaning uchinchi qismi “Daʼvo” degan soʻzdan keyin “yoki ariza” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
3) 55-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Tashkilotlar va fuqarolarga nisbatan huquqiy taʼsir choralarini (bundan buyon matnda huquqiy taʼsir choralari deb yuritiladi) qoʻllash toʻgʻrisidagi ishlar koʻrib chiqilayotganda, huquqiy taʼsir choralarini qoʻllash uchun asos boʻlgan holatlarni isbotlash majburiyati nazorat qiluvchi organ zimmasiga yuklatiladi”;
4) 103-modda:
1-bandining ruscha matnidagi “v gosudarstvenniy budjet” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi 11-band bilan toʻldirilsin:
“11) kommunal xizmatlar va aloqa xizmatlari toʻlovlari boʻyicha qarzdorlikni undirish toʻgʻrisida tasdiqlovchi hujjatlarga asoslangan talab qoʻyilsa”;
5) II boʻlim quyidagi mazmundagi 203-bob bilan toʻldirilsin:
“203-bob. Huquqiy taʼsir choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish
15511-modda. Huquqiy taʼsir choralarini qoʻllash toʻgʻrisida murojaat qilish huquqi
Huquqiy taʼsir choralarini qoʻllash toʻgʻrisida arizalar bilan xoʻjalik sudlariga nazorat qiluvchi organlar murojaat qilishga haqli.
15512-modda. Huquqiy taʼsir choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish
Huquqiy taʼsir choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi ishlar ushbu Kodeksda nazarda tutilgan qoidalar asosida, ushbu bobda belgilangan oʻziga xos xususiyatlar hisobga olingan holda koʻrib chiqiladi.
15513-modda. Huquqiy taʼsir choralari
Huquqiy taʼsir choralari quyidagilardan iborat:
faoliyatni tugatish;
atrof tabiiy muhitga zararli taʼsir koʻrsatayotgan obyektlar faoliyatini tugatish va (yoki) qayta ixtisoslashtirish;
faoliyatni cheklash, toʻxtatib turish va taqiqlash, bundan favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va salomatligi uchun boshqa real xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bogʻliq holda faoliyatni oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga cheklash, toʻxtatib turish hollari mustasno;
banklardagi hisobvaraqlar boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib qoʻyish, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
moliyaviy jazo choralarini qoʻllash, bundan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar toʻlash muddatini oʻtkazib yuborganlik uchun penya hisoblab chiqarish, shuningdek tashkilot yoki fuqaroning sodir etilgan huquqbuzarlikdagi aybiga iqror boʻlganligi va moliyaviy jazo choralari summalarini ixtiyoriy ravishda toʻlaganligi hollari mustasno;
tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bilan shugʻullanish uchun litsenziyalarning (ruxsatnomalarning) amal qilishini oʻn ish kunidan koʻp boʻlgan muddatga toʻxtatib turish yoki ularning amal qilishini tugatish va litsenziyalarni (ruxsatnomalarni) bekor qilish, bundan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan beriladigan litsenziyalar (ruxsatnomalar) mustasno.
Xoʻjalik sudi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqiy taʼsir choralarini ham qoʻllashi mumkin.
15514-modda. Huquqiy taʼsir chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi arizaning shakli va mazmuni
Huquqiy taʼsir chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi ariza xoʻjalik sudiga yozma shaklda beriladi va arizachi yoki uning vakili tomonidan imzolanadi.
Huquqiy taʼsir chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi arizada quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:
1) ariza berilayotgan xoʻjalik sudining nomi;
2) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning nomi va ularning pochta manzillari;
3) huquqbuzarlik faktini aniqlagan nazorat qiluvchi organning nomi;
4) arizada qoʻyilgan talabga asos boʻlgan holatlar;
5) arizada qoʻyilgan talabning asoslarini tasdiqlovchi dalillar;
6) xoʻjalik sudiga murojaat qilishga asos boʻlgan tashkilot yoki fuqaroning harakatlari (harakatsizligi) uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar;
7) arizachining talabi;
8) nizoni javobgar bilan sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibiga rioya etilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, agar bu shu toifadagi nizolar uchun qonunda nazarda tutilgan boʻlsa;
9) ilova qilinayotgan hujjatlar roʻyxati.
Qonun hujjatlariga muvofiq huquqiy taʼsir chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi arizada boshqa maʼlumotlar ham koʻrsatilishi mumkin.
Ushbu moddada, shuningdek ushbu Kodeksning 15515-moddasida nazarda tutilgan talablarni buzgan holda berilgan huquqiy taʼsir chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi ariza ushbu Kodeksning 118-moddasida nazarda tutilgan qoidalar boʻyicha arizachiga qaytariladi.
15515-modda. Huquqiy taʼsir chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi arizaga ilova qilinadigan hujjatlar
Huquqiy taʼsir chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi arizaga, ushbu Kodeks 114-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlardan tashqari, quyidagilar ilova qilinadi:
1) faoliyatni tugatish, atrof tabiiy muhitga zararli taʼsir koʻrsatayotgan obyektlar faoliyatini tugatish va (yoki) qayta ixtisoslashtirish toʻgʻrisidagi arizaga — taʼsis hujjatlarining va davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomaning tegishli tarzda tasdiqlangan koʻchirma nusxalari; tashkilot yoki fuqaro tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar talablarining faoliyatni tugatish, atrof tabiiy muhitga zararli taʼsir koʻrsatayotgan obyektlar faoliyatini tugatish va (yoki) qayta ixtisoslashtirish uchun asos boʻladigan tarzda buzilganligini tasdiqlovchi dalillar;
2) faoliyatni cheklash, toʻxtatib turish va taqiqlash toʻgʻrisidagi arizaga — taʼsis hujjatlarining va davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomaning tegishli tarzda tasdiqlangan koʻchirma nusxalari; tashkilot yoki fuqaro tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar talablarining faoliyatni cheklash, toʻxtatib turish va taqiqlash uchun asos boʻladigan tarzda buzilganligini tasdiqlovchi dalillar;
3) banklardagi hisobvaraqlar boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib qoʻyish toʻgʻrisidagi arizaga — soliq toʻlovchi tomonidan soliq tekshiruvini oʻtkazishga toʻsqinlik qilinganligini yoki soliq toʻlovchi daromadlar olish uchun foydalanayotgan yoxud soliq solish obyektini saqlash bilan bogʻliq hududni, binolarni, shu jumladan joylarni tekshirish uchun davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxslarini kiritish rad etilganligini tasdiqlovchi dalil;
4) moliyaviy jazo choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi arizaga — tekshirish oʻtkazilishiga asos boʻlgan hujjatlar (nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi maxsus vakolatli organning qarori, bunday qaror olish qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan hollar bundan mustasno; agar tekshirish jinoyat ishi doirasida oʻtkazilsa, tergov organining (surishtiruv organining) qarori; tekshirish oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyruq; tekshirish oʻtkazish rejasi va hokazo); tekshirish natijalari boʻyicha tuzilgan dalolatnoma yoki boshqa hujjat va unga ilova qilinadigan hujjatlar; tekshirish materiallarini koʻrib chiqish bayonnomasi va qaror, agar ularni tuzish yoki qabul qilish qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boʻlsa; qarorning koʻchirma nusxasi javobgarga topshirilganligi yoki yuborilganligi dalili;
5) tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bilan shugʻullanish uchun litsenziyalarning (ruxsatnomalarning) amal qilishini oʻn ish kunidan koʻp boʻlgan muddatga toʻxtatib turish yoki ularning amal qilishini tugatish va litsenziyalarni (ruxsatnomalarni) bekor qilish toʻgʻrisidagi arizaga — litsenziyaning (ruxsatnomaning) va litsenziya shartnomasining tegishli tarzda tasdiqlangan koʻchirma nusxalari; tashkilot yoki fuqaro tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar talablarining va litsenziya shartnomasi shartlarining litsenziyaning (ruxsatnomaning) amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish va (yoki) litsenziyani (ruxsatnomani) bekor qilish uchun asos boʻladigan tarzda buzilganligini tasdiqlovchi dalil.
15516-modda. Huquqiy taʼsir chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi ish boʻyicha xabarnomalar va chaqiruvlar
Xoʻjalik sudi ishda ishtirok etuvchi shaxslarni sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida ushbu Kodeksda belgilangan tartibda xabardor qiladi. Bunda sud arizachining zimmasiga javobgarni sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida xabardor qilish majburiyatini yuklashga haqli. Sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilingan mazkur shaxslarning kelmaganligi, agar sud ularning kelishini majburiy deb topmagan boʻlsa, ishni koʻrib chiqish uchun toʻsqinlik qilmaydi.
Protsessning boshqa ishtirokchilari ushbu Kodeksda belgilangan tartibda xabardor qilinadi va sudga chaqiriladi.
15517-modda. Huquqiy taʼsir chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi ish boʻyicha sud muhokamasi
Huquqiy taʼsir chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi ish ishni sudda koʻrishga tayyorlash toʻgʻrisidagi ajrim chiqarilgan kundan boshlab oʻn besh kundan ortiq boʻlmagan muddatda koʻrib chiqilishi kerak, ariza xoʻjalik sudiga kelib tushganidan keyin kamida bir oydan soʻng koʻriladigan moliyaviy jazo choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi ishlar bundan mustasno.
Huquqiy taʼsir chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi ish koʻrib chiqilayotganda xoʻjalik sudi sud majlisida: huquqbuzarlik hodisasi boʻlgan-boʻlmaganligini va uning sodir etilganligi faktini; tekshirish uchun va tekshirish natijalari boʻyicha dalolatnoma yoki boshqa hujjat tuzish uchun asoslar va nazorat qiluvchi organning vakolatlari bor-yoʻqligini; mazkur huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun qonun hujjatlarida javobgarlik nazarda tutilgan-tutilmaganligini va huquqiy taʼsir chorasini qoʻllash uchun asoslar bor-yoʻqligini aniqlaydi.
Moliyaviy jazo choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi ish koʻrib chiqilayotganda xoʻjalik sudi moliyaviy jazo choralari summasining hisob-kitobi qanchalik toʻgʻriligini ham tekshiradi.
Huquqiy taʼsir chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi ish boʻyicha kelishuv bitimi tuzilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
15518-modda. Huquqiy taʼsir chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi ish boʻyicha xoʻjalik sudining hal qiluv qarori
Huquqiy taʼsir chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi ish boʻyicha hal qiluv qarori xoʻjalik sudi tomonidan ushbu Kodeksning 18-bobida belgilangan qoidalar asosida qabul qilinadi.
Ishni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha xoʻjalik sudi huquqiy taʼsir chorasini qoʻllash yoki arz qilingan talabni qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisida hal qiluv qarori qabul qiladi.
Huquqiy taʼsir chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi arz qilingan talab qanoatlantirilgan taqdirda, xoʻjalik sudi hal qiluv qarorining xulosa qismida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
1) huquqiy taʼsir chorasi qoʻllanilgan shaxsning nomi;
2) huquqiy taʼsir chorasini qoʻllash uchun asos boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar;
3) qoʻllanilgan huquqiy taʼsir chorasining turi, moliyaviy jazo chorasi qoʻllanilgan taqdirda esa uning miqdori; zimmasiga moliyaviy jazo chorasi summasini undirish yuklatilgan nazorat qiluvchi organning nomi;
4) faoliyat cheklanadigan, toʻxtatib turiladigan va taqiqlanadigan muddat; litsenziyaning (ruxsatnomaning) amal qilishi toʻxtatib turiladigan muddat; amal qilishi toʻxtatib turilgan yoki tugatilgan litsenziyaning (ruxsatnomaning), shuningdek bekor qilingan litsenziyaning (ruxsatnomaning) nomi, raqami, berilgan sanasi va boshqa rekvizitlari haqidagi hamda litsenziyani (ruxsatnomani) bergan organ toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; faoliyat qanday shartlar bajarilguniga qadar cheklanayotganligi, toʻxtatib turilayotganligi va taqiqlanayotganligi; banklardagi hisobvaraqlar boʻyicha operatsiyalar qanday shartlar bajarilguniga qadar toʻxtatib qoʻyilganligi.
Xoʻjalik sudining huquqiy taʼsir chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi ish boʻyicha hal qiluv qarori, agar apellatsiya shikoyati (protesti) berilmagan boʻlsa, u qabul qilinganidan keyin oʻn kun oʻtgach qonuniy kuchga kiradi.
Apellatsiya shikoyati (protesti) berilgan taqdirda xoʻjalik sudining hal qiluv qarori, agar u bekor qilinmagan boʻlsa, apellatsiya instansiyasi sudining qarori qabul qilingan kundan eʼtiboran qonuniy kuchga kiradi.
Huquqiy taʼsir chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi ish boʻyicha hal qiluv qarorining koʻchirma nusxasi hal qiluv qarori qabul qilinganidan keyin uch ish kuni ichida xoʻjalik sudi tomonidan ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuboriladi”;
6) 158-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Xoʻjalik sudining huquqiy taʼsir chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi ish boʻyicha hal qiluv qarori ustidan apellatsiya shikoyati (protesti) hal qiluv qarori qabul qilinganidan keyin oʻn kun ichida beriladi”;
7) 167-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Xoʻjalik sudining huquqiy taʼsir chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi ish boʻyicha hal qiluv qarori ustidan berilgan apellatsiya shikoyati (protesti) xoʻjalik sudiga kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn besh kun ichida koʻrib chiqiladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 25-mayda qabul qilingan “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi 69-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 5-6, 140-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 3, 119-modda, № 9, 494-modda, № 10, 536-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 12, 472-modda; 2010-yil, № 9, 336-modda, № 12, 465-modda) 401-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda tadbirkorlik subyektlariga nisbatan ularning faoliyatini cheklovchi choralar qoʻllaniladi. Bunda tadbirkorlik subyektlariga nisbatan quyidagi huquqiy taʼsir choralari faqat sud tartibida qoʻllaniladi:
faoliyatni tugatish;
atrof tabiiy muhitga zararli taʼsir koʻrsatayotgan obyektlar faoliyatini tugatish va (yoki) qayta ixtisoslashtirish;
faoliyatni cheklash, toʻxtatib turish va taqiqlash, bundan favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va salomatligi uchun boshqa real xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bogʻliq holda faoliyatni oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga cheklash, toʻxtatib turish hollari mustasno;
banklardagi hisobvaraqlar boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib qoʻyish, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
moliyaviy jazo choralarini qoʻllash, bundan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar toʻlash muddatini oʻtkazib yuborganlik uchun penya hisoblab chiqarish, shuningdek tashkilot yoki fuqaroning sodir etilgan huquqbuzarlikdagi aybiga iqror boʻlganligi va moliyaviy jazo choralari summalarini ixtiyoriy ravishda toʻlaganligi hollari mustasno;
huquqbuzarlik predmetlarini davlat daromadiga oʻtkazish;
tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bilan shugʻullanish uchun litsenziyalarning (ruxsatnomalarning) amal qilishini oʻn ish kunidan koʻp boʻlgan muddatga toʻxtatib turish yoki ularning amal qilishini tugatish va litsenziyalarni (ruxsatnomalarni) bekor qilish, bundan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan beriladigan litsenziyalar (ruxsatnomalar) mustasno”.
7-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 21-aprel,
OʻRQ-288-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 16-son, 162-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.07.2021-y., 03/21/703/0723-son)