O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish Davlat INSPEKSIYASI BOSHLIG‘INING
buyrug‘i
MEVA-SABZAVOT MAHSULOTLARI YETISHTIRISH XODIMLARI UCHUN ISHLAR XAVFSIZLIGI QOIDALARINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 4-aprelda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2213]
Oldingi tahrirga qarang.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2017-yil 20-iyundagi 58-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2213-2, 14.07.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 28-son, 676-modda)
1. Meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish xodimlari uchun ishlar xavfsizligi qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Boshliq B. GULYAMOV
Toshkent sh,
2011-yil 1-mart,
56-son
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2011-yil 1-martdagi 56-son buyrug‘iga
ILOVA
ILOVA
Meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish xodimlari uchun ishlar xavfsizligi
QOIDALARI
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son “Mehnatni muhofaza qilishga doir me’yoriy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish va ishlab chiqish to‘g‘risida”gi hamda 2010-yil 20-iyuldagi 153-son “Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish xodimlari uchun ishlar xavfsizligi tartibini belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2017-yil 20-iyundagi 58-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2213-2, 14.07.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 28-son, 676-modda)
I bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Qoidalar meva-sabzavot mahsulotlari yetishtiruvchi barcha tashkilotlarga (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) taalluqlidir.
2. Mazkur Qoidalar meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish maydonlarini, inshootlarini, saqlash omborxonalarini loyihalash, qurish va qayta qurishda, texnik jihozlash va qayta jihozlashda, agrotexnik tadbirlarni bajarishda va texnologik jarayonlarni amalga oshirishda hamda uskunalardan foydalanishda hisobga olinishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Mazkur Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, shaharsozlik normalari va qoidalari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablari bajarilishi shart ekanligini istisno etmaydi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining 2025-yil 18-iyundagi 12-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2213-5, 07.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.07.2025-y., 10/25/2213-5/0571-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga rioya etilishi ustidan, shu jumladan noqulay va alohida mehnat sharoitlarida ishlaganlik uchun xodimlarga imtiyozlar va kompensatsiyalar berilishi yuzasidan davlat nazorati mehnatni muhofaza qilish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi hamda qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Mehnatni muhofaza qilish holatini o‘rganish, ish beruvchilarning jamoa shartnomalari va kelishuvlarida nazarda tutilgan mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha majburiyatlari bajarilishi ustidan nazorat kasaba uyushmalariga va xodimlarning boshqa vakillik organlari, shuningdek mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakil etilgan shaxs tomonidan amalga oshiriladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2017-yil 20-iyundagi 58-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2213-2, 14.07.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 28-son, 676-modda)
II bob. Xavfsizlik bo‘yicha umumiy talablar
1-§. Mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining 2025-yil 18-iyundagi 12-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2213-5, 07.07.2025-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.07.2025-y., 10/25/2213-5/0571-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining 2025-yil 18-iyundagi 12-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2213-5, 07.07.2025-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.07.2025-y., 10/25/2213-5/0571-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Tashkilotlarda quyidagi asosiy hujjatlar ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi lozim:
mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish ishlarini yaxshilash, sanitariya-sog‘lomlashtirish bo‘yicha qoidalarni o‘z ichiga olgan jamoa shartnomasi;
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-sentabrdagi 263-sonli qarori bilan tasdiqlangan Ish o‘rinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq yuritiladigan ish joyining mehnat sharoitlari xaritasi;
mehnatni muhofaza qilish xizmatining choraklik ish rejalari;
xodimlar va muhandis-texnik xodimlarni o‘qitish, yo‘l-yo‘riq berish va bilimlarini sinovdan o‘tkazish dasturlari;
mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha nazorat yuritish jurnali (uch bosqichli nazorat);
xodimlarga yong‘inga qarshi yo‘l-yo‘riq berish va yong‘in-texnikaviy minimum mashg‘ulotlarini o‘tkazish dasturi;
har bir kasb va ish turlari uchun mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘riqnomalar.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2017-yil 20-iyundagi 58-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2213-2, 14.07.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 28-son, 676-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
8. “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 12-moddasiga muvofiq ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi, xodimlarining soni ellik kishi va undan ortiq bo‘lgan har bir tashkilotda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini ta’minlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha tegishli tayyorgarlikka ega bo‘lgan mutaxassis lavozimi joriy etiladi. Ellikta va undan ortiq transport vositasi mavjud bo‘lgan tashkilotda yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ham tashkil etiladi yoki yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha mutaxassis lavozimi joriy etiladi
Xodimlarining soni ellik nafardan kam bo‘lgan tashkilotda mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassis lavozimini joriy etish to‘g‘risidagi qaror ish beruvchi tomonidan mazkur tashkilot faoliyatining o‘ziga xos xususiyati hisobga olingan holda qabul qilinadi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2017-yil 20-iyundagi 58-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2213-2, 14.07.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 28-son, 676-modda)
9. Mehnatni muhofaza qilish xizmatining mutaxassislari lavozim yo‘riqnomasiga binoan ularning majburiyatlari jumlasiga kiritilmagan boshqa ishlarni bajarishga jalb qilinishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Tashkilotlarda mehnat faoliyati bilan bog‘liq ravishda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-son qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining 2021-yil 14-dekabrdagi 25/YUB-14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2213-4, 24.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.12.2021-y., 10/21/2213-4/1192-son)
2-§. Xodimlarni o‘qitish, bilimlarini sinovdan o‘tkazish va ularga yo‘l-yo‘riq berishni tashkil etish
11. Tashkilotning barcha mutaxassis xodimlari, o‘z kasblari va ish turlari bo‘yicha belgilangan tartibda o‘qishlari, bilimlari sinovdan o‘tkazilishi va barcha xodimlari yo‘l-yo‘riqlar olishlari lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining 2025-yil 18-iyundagi 12-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2213-5, 07.07.2025-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.07.2025-y., 10/25/2213-5/0571-son)
Oldingi tahrirga qarang.
13. Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘riqnomalar ishlab chiqiladi hamda tashkilot xodimlarini va ish joylarini ushbu yo‘riqnomalar bilan ta’minlash tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining 2025-yil 18-iyundagi 12-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2213-5, 07.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.07.2025-y., 10/25/2213-5/0571-son)
3-§. Xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari
Oldingi tahrirga qarang.
14. Tashkilotlar GOST 17.2.3.02-2014 bo‘yicha xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari, ularning tavsifi, yuzaga kelish manbalari, xodimlarga ta’sir qilish xususiyatlari va salomatlik uchun xavflilik darajasi va kelgusidagi oqibatlari to‘g‘risida to‘liq va xolisona ma’lumotga ega bo‘lishi lozim.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining 2025-yil 18-iyundagi 12-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2213-5, 07.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.07.2025-y., 10/25/2213-5/0571-son)
15. Ish joylaridagi ishlab chiqarish muhiti hamda mehnat jarayonining xavfli va zararli omillari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ishlab chiqarish muhitining fizik, kimyoviy, radiologik, mikrobiologik va mikroiqlim o‘lchovi natijalari, shuningdek mehnatning og‘ir sharoitlari attestatsiya qilish orqali belgilanishi lozim.
16. Yangi zararli moddalar yoki xavfli va zararli omillar paydo bo‘lishiga olib keladigan agrotexnik tadbirlar va texnologik jarayonlar o‘zgarishlarida yoki yangi ishlab chiqarish uskunalarini joriy qilishda xavfli va zararli omillar to‘g‘risidagi ma’lumotlarga tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi lozim.
4-§. O‘ta xavfli kasblar va ishlar ro‘yxati
17. Tashkilot o‘ta xavfli sharoitda bajariladigan ishlar ro‘yxatiga ega bo‘lishi lozim. Ro‘yxatga xavfli moddalar (kimyoviy preparatlar, pestitsidlar, mineral o‘g‘itlar) bilan bajariladigan ishlar, balandlikda, ifloslangan havo va suv muhitida, yuqori harorat va namlik sharoitida bajariladigan ishlar, bug‘ va suv isitish qozonlari, yuk ko‘tarish mexanizmlari, bosim ostida ishlaydigan sig‘imlar, elektr uskunalarga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq ishlar va amaldagi tarmoq ro‘yxatlariga muvofiq boshqa ishlar kiritilishi shart.
18. Barcha xodimlar o‘ta xavfli ishlarni bajarish topshirig‘ini olishdan oldin, mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘l-yo‘riq olishi va ishlarni bajarish usullarini o‘zlashtirib olishi shart.
19. O‘ta xavfli ishlarni bajarish faqat belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan naryad-ruxsatnomaga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
20. Tashkilot rahbariyati o‘ta xavfli ishlarni rejalashtirishda, tashkillashtirishda va xavfsiz bajarishda belgilangan talablarga muvofiq amalga oshirilishiga to‘la javobgardirlar.
5-§. Jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalarini qo‘llash
21. Xodimlarni xavfli va zararli ishlab chiqarish muhiti omillaridan himoya qilish belgilangan me’yoriy hujjatlar (standartlar va me’yorlar) talablariga muvofiq jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanish orqali ta’minlanishi lozim.
22. Jamoaviy himoya qilish vositalariga quyidagilar kiradi:
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining havo muhitini me’yorlashtirish vositalari (shamollatish va havo tozalash, isitish, havo haroratini, namligini bir xil me’yorda saqlash va boshqalar);
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining yorug‘ligini normallashtirish vositalari (yoritish asboblari, yorug‘likdan himoya qilish moslamalari va boshqalar);
shovqindan, tebranishdan, elektr va statik toklar urishidan hamda uskunalar yuzasini yuqori darajadagi haroratdan himoya qilish vositalari;
mexanik va kimyoviy omillarning ta’siridan himoya qilish vositalari.
23. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari xonadagi barcha xodimlarga ta’sir qilganda qo‘llanishi shart va tashkilotni qurish yoki rekonstruksiya qilish loyihalariga kiritilishi lozim.
24. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarini ruxsat etilgan miqdorgacha kamaytirish imkonini bermagan hollarda yakka tartibdagi himoya vositalari qo‘llanishi lozim. Bunday hollarda yakka tartibdagi himoya vositalarisiz xodimlarning ishga jalb qilinishi taqiqlanadi.
25. Yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanadigan xodimlar ularni qo‘llash himoya xususiyatlari va amal qilish muddati to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lishi lozim.
26. Tashkilotda quyidagilar ta’minlanishi shart:
yakka tartibdagi himoya vositalarining zarur miqdori va nomenklaturasi;
himoya vositalarini qo‘llash, ulardan to‘g‘ri foydalanish ustidan doimiy nazorat amalga oshirilishi;
himoya vositalarining samaradorligi va sozligi tekshirilishi;
yakka tartibdagi himoya vositalaridan xavfli va zaharli moddalar muhitida foydalanilganda ularni degazatsiya va dezinfeksiya qilinishi (bir marta qo‘llaniladigan himoya vositalari bundan mustasno).
6-§. Kasbiy tanlov
27. Tashkilotlarda tanlov o‘tkazilishi lozim bo‘lgan kasblar va mutaxassisliklar ro‘yxati bo‘lishi lozim.
28. Xodimlar, ishlab chiqarish uchastkalarining rahbarlari tegishli ma’lumotga va ish tajribasiga ega bo‘lishi kerak.
29. Bosim ostida ishlovchi uskunalar va xavfi yuqori bo‘lgan ishlarda xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar maxsus kurslarda tayyorgarlikdan o‘tgan va tegishli guvohnomaga ega bo‘lishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
30. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-iyuldagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarning mehnatidan foydalanilishi taqiqlangan og‘ir ishlarning hamda zararli yoki xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarning ro‘yxatiga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 30-31-son, 355-modda) muvofiq o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar zararli va noqulay mehnat sharoiti mavjud ishlarga qabul qilinmasligi lozim.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining 2025-yil 18-iyundagi 12-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2213-5, 07.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.07.2025-y., 10/25/2213-5/0571-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining 2019-yil 5-dekabrdagi 25/YUB-46-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2213-3, 27.12.2019-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2019-y., 10/19/2213-3/4236-son)
7-§. Xodimlarning salomatligini nazorat qilish
Oldingi tahrirga qarang.
32. Tashkilotlarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) asosida amalga oshirilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
33. Tashkilot rahbariyati, kasaba uyushmasi qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining hududiy boshqarmalari yoki tuman (shahar) bo‘linmalari bilan birgalikda har yili dastlabki (mehnat shartnomasini tuzayotganda) va davriy (mehnat faoliyati davomida) majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tishi lozim bo‘lgan xodimlarning ro‘yxatini tuzishi hamda xodimlarning tibbiy ko‘rikdan o‘tishini ta’minlashi zarur.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining 2025-yil 18-iyundagi 12-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2213-5, 07.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.07.2025-y., 10/25/2213-5/0571-son)
34. Tibbiy ko‘riklar tashkilotga tibbiyot xizmati ko‘rsatuvchi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan, agar ular bo‘lmagan taqdirda tashkilot joylashgan joydagi hududiy davolash-profilaktika muassasasi tomonidan o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
35. Ish beruvchi majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan yoxud majburiy tibbiy ko‘rik natijalariga ko‘ra tibbiy komissiyalar tomonidan berilgan tavsiyalarni bajarishdan bo‘yin tovlagan shaxslarni ishdan chetlashtirishi shart.
(35-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining 2025-yil 18-iyundagi 12-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2213-5, 07.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.07.2025-y., 10/25/2213-5/0571-son)
Oldingi tahrirga qarang.
351. Tashkilot rahbariyati o‘z xodimlarining majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘z vaqtida o‘tishi uchun va majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan shaxslarni ishga qo‘yish natijasida fuqarolarning sog‘lig‘iga yetkazilgan zararli oqibatlar uchun javobgar bo‘ladilar.
352. Xodimlarni sog‘lig‘ining holati tufayli ularga ruxsat etilmagan ishlarga qo‘yish taqiqlanadi.
(351-352-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2014-yil 7-avgustdagi 109-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2213-1, 15.08.2014-y.) asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2014-y., 33-son, 428-modda)
8-§. Tashkilot maydonlariga bo‘lgan xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
36. Tashkilot maydonlari joylashuvi SHNQ 2.09.17-21 “Sanoat korxonalarining bosh rejalarini loyihalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga mos bo‘lishi kerak.
(36-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining 2025-yil 18-iyundagi 12-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2213-5, 07.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.07.2025-y., 10/25/2213-5/0571-son)
37. Tashkilotda transport vositalarini va piyodalarni tashkilot hududida harakatlanish chizmasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
38. Transport vositalari va tashkilot hududida piyodalarning harakati chizmasi tashkilotga kirish va chiqish, hamda ish uchastkalari va maydonlarining ko‘rinarli joylariga osib qo‘yilishi kerak.
39. Tashkilot maydonlari ko‘kalamzorlashtirilgan va sug‘orish tarmoqlari va inshootlari bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
40. Tashkilot maydonidagi o‘tish joylari mustahkam yopqichlar, suv oqib ketadigan inshootlar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
41. Yilning yoz vaqtida meva-sabzavot omborxonalari yo‘lkalariga va o‘tish joylariga suv sepilgan, qishda qordan tozalanib, qum sepilgan bo‘lishi kerak.
9-§. Bino va inshootlarga bo‘lgan xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
42. Meva-sabzavot omborxonalari binolari va inshootlari SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda ma’muriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalari talabiga mos kelishi kerak.
(42-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining 2025-yil 18-iyundagi 12-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2213-5, 07.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.07.2025-y., 10/25/2213-5/0571-son)
Oldingi tahrirga qarang.
43. Ma’muriy binolar va xonalar SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda ma’muriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalari talabiga mos kelishi lozim.
(43-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining 2025-yil 18-iyundagi 12-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2213-5, 07.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.07.2025-y., 10/25/2213-5/0571-son)
44. Meva-sabzavot omborxonalari va yordamchi xonalarning (harorati, nisbiy namligi, havoning harakatlanish tezligi va boshqalar) mikroiqlimi GOST 12.1.005-88 talabiga javob berishi kerak.
45. Meva-sabzavot omborxonalariga transport vositalarining kirish joylari darvozalar va signal asbob-uskunalari bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim.
46. Darvoza tavaqalari yopiq va ochiq holatda turishini ta’minlovchi maxsus moslamalar mustahkam o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
47. Transport vositalari tashkilotga kirishi uchun darvoza eni transport vositasining eni miqdoridan oshiq bo‘lishi kerak.
48. Darvozalar balandligi transport vositasining balandligidan kamida 0,2 m dan baland bo‘lishi lozim.
49. Barcha tashkilotlarda binolar va inshootlardan foydalanish va holatini muntazam kuzatish tashkil etilgan bo‘lishi lozim.
50. Barcha binolar va inshootlari bir yilda ikki martadan (bahor va kuzda) kam bo‘lmagan holda tashkilot rahbari tayinlagan komissiya tomonidan texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi lozim. Ko‘rik xulosalari ulardan topilgan nuqsonlarni bartaraf etish bo‘yicha tadbirlar va muddati ko‘rsatilgan dalolatnomalar orqali rasmiylashtirilishi lozim.
51. Xodimlar uchun xavf tug‘diruvchi halokat tusidagi buzilishlar tezda bartaraf etilishi kerak. Halokat bartaraf etilguncha xavfli hududlarda xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar xavfsiz joyga ko‘chirilishi kerak.
10-§. Shamollatish va isitish tizimiga qo‘yiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
52. Shamollatish va isitish SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talabiga muvofiq bo‘lishi lozim.
(52-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining 2025-yil 18-iyundagi 12-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2213-5, 07.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.07.2025-y., 10/25/2213-5/0571-son)
53. Oqimli shamollatishlarni tashqi havo tizimidan olish yerdan kamida 2 m balandlikda bajarilishi kerak. Tashkilot bo‘yicha isitish va havo almashtirish qurilmalarining texnik holati va nazorati bo‘yicha javobgarlik bosh muhandis xizmatiga yoki tashkilot bo‘yicha buyruq bilan tayinlangan shaxsga, uchastkalar, omborxonalar, laboratoriyalar va tashkilotning alohida obyektlari bo‘yicha javobgarlik esa ana shu bo‘linmalarning boshliqlariga yuklatiladi.
54. Yong‘in yoki portlash xavfi bo‘lgan moddalarni so‘rib oluvchi mahalliy havo almashtirish tizimlari, havo almashtirgichga metall yoki qattiq jismlar tushishining oldni olish maqsadida himoya to‘rlari yoki magnit tutib qolgichlar bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
55. Havo tortish moslamalarining kameralari faqat yonmaydigan materialdan bajarilishi lozim. Portlovchi yoki yonuvchi changni tortib oluvchi havo quvurlari, ularni vaqti-vaqti bilan tozalab turish uchun mo‘ljallangan moslamalarga (lyuklar, yechiluvchi birlashmalarga) ega bo‘lishi lozim.
56. Havo almashtirish kameralarida har qanday uskunalarni, materiallarni va asboblarni saqlash qat’iyan man etiladi. Bu kameralar doimo qulflangan bo‘lishi lozim.
57. Xonadagi gazlar, bug‘lar, suyuqliklar va changni yonib yoki portlab ketishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan quvurlar, havo quvurlari, isitish — havo almashtirish uskunalarining qizigan yuzasi yonmaydigan material bilan xavfsiz haroratga qadar qoplangan bo‘lishi lozim.
58. Chang chiqaruvchi siklondan kamida 2 m masofada eshik va derazalar bo‘lmasligi lozim.
59. Havo almashtirish kameralari, siklonlar, filtrlar, havo quvurlari yonuvchi chang va ishlab chiqarish chiqindilaridan tozalab turilishi lozim.
60. Havo almashtirish kameralari yonmaydigan materiallardan bajarilishi lozim.
61. Qozonxonalar, kalorifer qurilmalari va mahalliy isitish asboblari isitish mavsumi oldidan tekshirib ko‘rilishi va ta’mirlanishi lozim. Nosoz pechkalar va isitish qurilmalaridan foydalanish taqiqlanadi.
62. O‘tish joylarida joylashgan isitish jihozlari ruxsat etilgan o‘tish yo‘laklarining enini kamaytirmasligi lozim.
63. Meva-sabzavot saqlash omborxonalarida havo harorati saqlanayotgan mahsulotlar me’yoriy hujjatlarida belgilangan me’yorlarda, issiqxonalarda yetishtirilayotgan mahsulot uchun optimal haroratda bo‘lishi lozim.
64. Xodimlarning isinishi uchun xonalarda havo harorati 22°C dan kam bo‘lmasligi lozim.
65. Isinish xonalarigacha bo‘lgan masofa binolarda joylashgan ish joylaridan 75 m dan, bino tashqarisidagi ish joylaridan esa 150 m dan ko‘p bo‘lmasligi lozim.
11-§. Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimiga qo‘yiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
66. Suv bilan ta’minlash va kanalizatsiya tizimi SHNQ 2.04.01-22 “Binolarning ichki suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish” shaharsozlik normalari va qoidalari talabiga mos kelishi kerak.
(66-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining 2025-yil 18-iyundagi 12-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2213-5, 07.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.07.2025-y., 10/25/2213-5/0571-son)
67. Sug‘oriladigan bog‘, tokzor va ekin maydonlariga sug‘orish uchun suv kelish ariqlari (kanallari) bo‘lishi va chiqarish oqova suvlari tashqi kanallarga yetib kelguncha zararli moddalardan tozalanishi lozim.
68. Tozalangandan so‘ng suvdagi zararli moddalarning tarkibi ruxsat etilgan konsentratsiyadan oshib ketishi mumkin emas.
69. Ichimlik suvidan foydalanish uchun ichimlik suvi quvuriga ulangan favvorachalar bo‘lishi kerak. Ichimlik suvi quvurlari yo‘q bo‘lganda maxsus idishlarda qaynatilgan suv bo‘lishi lozim.
70. Ish joyidan suv ichish qurilmasigacha bo‘lgan masofa 75 m dan oshmasligi lozim.
71. Ichimlik suvining harorati 8 °C dan 20 °C gacha bo‘lishi lozim.
12-§. Yoritishga qo‘yiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
72. Tashkilot maydonida, ishlab chiqarish va yordamchi binolar va xonalarda tabiiy va sun’iy yoritishlar SHNQ 2.01.05-24 “Tabiiy va sun’iy yoritish” shaharsozlik normalari va qoidalari talabiga mos kelishi lozim.
(72-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining 2025-yil 18-iyundagi 12-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2213-5, 07.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.07.2025-y., 10/25/2213-5/0571-son)
73. Avariya yoritish tarmoqlariga elektr energiya iste’molchilarining ulanishi taqiqlanadi. Avariya yoritishlarni sozligi kamida chorakda bir marta tekshirilishi lozim.
74. Yorug‘ tushuvchi oynalarni yilda ikki martadan kam bo‘lmagan holda va zarurat bo‘lganda tozalash lozim.
75. Yorug‘lik tushadigan deraza va eshiklarni begona predmetlar (uskuna, tayyor mahsulot va boshqalar) to‘sib qo‘yishiga ruxsat etilmaydi.
76. Sun’iy yoritishda ikki tizim ishlatiladi: umumiy va birlashgan (umumiy mahalliy bilan birgalikda). Birgina mahalliy yoritishni qo‘llash taqiqlanadi.
77. Barcha turdagi omborxonalarda portlash bo‘yicha xavfli gaz va changlar konsentratsiyasi yig‘ilib qolish ehtimoli bo‘lsa, elektr yoritish tizimi portlashdan himoyalangan holda bajarilishi lozim.
78. Yuqori xavfli xonalarda kuchlanishi 36 V dan yuqori bo‘lmagan ko‘chma elektr yoritqichlar ishlatilishi kerak. O‘ta xavfli xonalarda, xonalardan tashqari, hamda uskunalar va inshootlar (bunkerlar, silososlar, quduqlar, bug‘lantirish kameralari, tunnellar va boshqalar) ichki sirtini yoritish uchun ko‘chma elektr yoritqichlarning kuchlanishi 12 V dan oshmasligi lozim. Barcha ko‘chma yoritqichlar himoyalanish darajasi 1R54 dan kam bo‘lmagan va metall himoyalanish to‘ri hamda shisha qalpoq bilan uskunalangan bo‘lishi lozim.
13-§. Mehnat va dam olish yuzasidan talablar
79. Dalalarda mehnat qilayotgan ishchilar tushlik qilishlari va dam olishlari uchun dala shiyponlari bo‘lib, ularda yetarli shart-sharoitlar yaratilgan bo‘lishi lozim.
Yozni issiq kunlari havo harorati 40 °C dan yuqori, qish oylari —30 °C dan past bo‘lgan vaqtlarda ochiq dala maydonlarida ishlash tavsiya etilmaydi.
III bob. Meva-sabzavot yetishtirish va saqlash jarayonlariga qo‘yiladigan talablar
1-§. Ishlab chiqarish jarayonlariga qo‘yiladigan umumiy talablar
80. Meva-sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarish va tayyorlash, tashish jarayonlarini tashkil etishda agrotexnik talablar, sug‘orish bo‘yicha talablar, texnologik yo‘riqnomalar, standartlar va boshqa me’yoriy hujjatlar talablariga amal qilinishi lozim.
81. Meva-sabzavot mahsulotlarini ekishdan oldin ularning urug‘larini, nihol va ko‘chatlarini standartlar talablari asosida tanlash, unib chiqish darajasini aniqlash lozim.
82. Ko‘chat xolida ekiladigan meva-sabzavotlar ko‘chatlarini tayyorlashda agrotexnik talablarga rioya qilinishi, parnik va issiqxonalarda yetishtirilayotgan ko‘chatlarni sovuqdan va issiqdan asrash choralarini ko‘rish, parnik va issiqxonalarning harorati va namligi nazorat qilib turilishi lozim.
83. Ko‘chatlar ekishga tayyor bo‘lgan holda, kechiktirmasdan tayyorlangan maydonlarga ekilishi lozim. Sabzavotlar urug‘lari sepiladigan yoki ko‘chatlari ekiladigan maydonlar yumshatilgan, jo‘yaklar olingan va begona o‘tlardan tozalangan bo‘lishi lozim. Ekilgan ko‘chatlarni mavjud tavsiyalar asosida sug‘orish, atrofini yumshatish va kerakli o‘g‘itlar berilishi lozim.
84. Meva-sabzavotlarni texnologik hujjatlarda belgilangan tartibda agrotexnik tadbirlar o‘tkazilishi, shu jumladan oziqlantirilishi lozim.
85. Meva-sabzavot yetishtirish va saqlash jarayonlarining xavfsizligiga quyidagi talablarni amalga oshirish orqali erishiladi:
ishlab chiqarish uskunalariga xizmat ko‘rsatish tartibidagi texnologik jarayonlarni (ish turlarini) amalga oshirish, shuningdek ish usullari va me’yorlariga amal qilish;
belgilangan talablarga javob beruvchi va ishlovchilar uchun har jihatdan qulay bo‘lgan ishlab chiqarish vositalarini qo‘llash;
meva-sabzavot yetishtirish va ularni saqlash maydonlarini tayyorlash;
ishlovchilarga zararli ta’sir ko‘rsatmaydigan xom ashyo va yarim tayyor mahsulotlarni, butlovchi materiallarni qo‘llash (ushbu talabni bajarishning imkoni bo‘lmagan taqdirda ishlab chiqarish jarayonining xavfsizligini va xodimlarning himoyasini ta’minlovchi choralar ko‘rilishi shart);
shikastlanish va kasb kasalliklari manbai bo‘lmagan ishlab chiqarish uskunalarini qo‘llash;
ishonchli va o‘rnatilgan tartibda muntazam ravishda tekshirib turiluvchi nazorat-o‘lchov asboblarini, avariyaga qarshi qurilmalarni, ma’lumotni qabul qilish, qayta ishlash va uzatish vositalarini qo‘llash;
ishlab chiqarish jarayonlarini va avariyaga qarshi tizimlarni boshqarish uchun elektron hisoblash texnikasi va mikroprotsessorlarni qo‘llash;
xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining tarqalishini cheklovchi vositalarni qo‘llash;
uskunalarni to‘g‘ri joylashtirish va ish joylarini to‘g‘ri tashkil etish;
jismoniy va asabiy zo‘riqishlarni cheklash maqsadida inson va mashina (uskuna) o‘rtasidagi vazifalarni taqsimlash;
xom ashyo va yarim tayyor mahsulotlarni, tayyor mahsulotlarni va ishlab chiqarish chiqindilarini saqlash va transport vositalarida tashishning xavfsiz usullarini qo‘llash;
xodimlarni malakasiga qarab tanlab olish, o‘qitish va ularning mehnat xavfsizligi bo‘yicha bilim va malakalarini tekshirish;
xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining xususiyatiga mos keluvchi himoyalash vositalarini qo‘llash;
yong‘in va portlashning oldini olish bo‘yicha va yong‘inga qarshi texnik va tashkiliy tadbirlarni amalga oshirish;
texnikalar yordamida va zaharli ximikatlar bilan ishlar bajarilayotgan paytda xavfli zonalarni belgilash;
normativ texnik, loyihaviy — konstruktorlik hujjatlariga xavfsizlik talablarini kiritish, ushbu talablarga, shuningdek tegishli xavfsizlik qoidalari va mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha boshqa hujjatlarning talablariga rioya qilish;
xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining o‘lchanuvchi parametrlarini nazorat qilish vositalarini qo‘llash;
har bir ish joyida belgilangan tartib, ishlab chiqarish, agrotexnik tadbirlarni to‘g‘ri bajarish, texnologik va mehnat intizomiga rioya qilish bilan ta’minlanishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
86. GOST 12.1.033-81 talablariga muvofiq ishlab chiqarish jarayonlari yong‘in va portlash xavfsizligiga javob berishi shart.
(86-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining 2025-yil 18-iyundagi 12-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2213-5, 07.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.07.2025-y., 10/25/2213-5/0571-son)
87. Meva-sabzavot yetishtirish va saqlash jarayonlarini tashkil etishda atrof muhitning (havo, tuproq, suv havzalari) ifloslanishiga va zararli omillarining tegishli standart va normativ hujjatlarda belgilab qo‘yilgan chegaraviy yo‘l qo‘yiladigan me’yorlardan ortiq darajada tarqalishiga olib kelmasligi shart.
2-§. Zararkunandalar va turli kasalliklarga qarshi ishlatiladigan pestitsid va dori vositalarini tashish, saqlash va ishlatishda amal qilinishi lozim bo‘lgan talablar
88. Pestitsidlar GOST 14189 bo‘yicha va zararli kimyoviy vositalar me’yoriy hujjatlarga muvofiq yaxshi yopiladigan idishlarda, xavfsizlik talablariga rioya qilingan holda tashilishi lozim. Qattiq idishlar quruq, toza va qopqog‘i yoki tiqinlari idishni yaxshi yopilishini ta’minlashi lozim. Pestitsid va ximikatlar ko‘tarish uchun bandlari bor bo‘lgan yog‘ochdan yasalgan yoki to‘qilgan korzinalarda shisha idishlarda tashiladi. Shisha idishlar atrofi yong‘inga qarshi suyuqlik bilan ishlov berilgan payrahalar bilan to‘ldiriladi. Quruq dori vositalari polietiliyen, qog‘oz yoki matodan tikilgan qoplarda tashilishi mumkin. Bunda qoplar og‘zi yopishtirilgan, tikilgan yoki bog‘langan bo‘lishi lozim.
89. Suyuq holdagi kimyoviy vositalar avtotsisternalar, sisternalar, bochkalar, kanistrlarda tashilishi va saqlanishi mumkin. Dori vositalari saqlanadigan idishlar ushbu dori vositasiga nisbatan inert bo‘lishi lozim. Kimyoviy dori vositalari solingan idish yorliqlarida mahsulot nomi, ishlab chiqargan korxona nomi, standart nomeri, ishlab chiqarilgan sana, og‘irligi va “Ehtiyot bo‘ling, zaharli!” yozuvlari va bosh suyagi bilan kesishgan suyaklar rasmi bo‘lishi lozim. Preparatlarni yonish, portlash xususiyatlari bo‘lganda “Xavfli yonilg‘i!” yozuvlari, hamda idishda preparatni ishlatish bo‘yicha yo‘riqnoma bo‘lishi lozim. Namlikka o‘ch preparatlar solingan idishlarda “Namlikdan asrang!” degan yozuvi bo‘lishi lozim. Kimyoviy mahsulotlar tashuvchi sisternalar qora rangda bo‘lib yon tomonlari o‘rtasida eni 500 mm lik sariq yo‘li bo‘lishi va unda qora rangda “Xavfli, sirka kislotasi!”, “Kuyishdan saqlaning!” yozuvlari bo‘lishi lozim.
90. Kimyoviy preparatlar, zaharli ximikatlar alohida oqim-so‘ruvchi ventilyatsiyasi bor omborxonalarda saqlanadi.
91. Agrotexnik tadbirlarni o‘tkazishda xavfsizlikni ta’minlash uchun:
xodimlarni zararli ta’sir ko‘rsatuvchi xom ashyo, materiallar ishlab chiqarish chiqindilari bilan bevosita aloqasini bartaraf qilinishi;
xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari yuzaga kelishi bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlar va operatsiyalarni bunday omillar bo‘lmagan yoki ular yo‘l qo‘yiluvchi chegaralarda bo‘lgan jarayonlar va operatsiyalar bilan almashtirish;
xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari mavjud bo‘lgan taqdirda agrotexnik tadbirlarni va operatsiyalarni kompleks mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirishni, ularni masofadan turib boshqarish usulini qo‘llash;
himoyalash vositalarini qo‘llash;
meva-sabzavot yetishtirish jarayonini boshqarish va nazorat qilishni ta’minlovchi tizimlarni ishlab chiqish;
avariya sodir bo‘lgan hollarda xavfli va zararli omillarni yuzaga kelishining oldini olish bo‘yicha choralar ko‘rish;
zararli ishlab chiqarish omillarining manbai bo‘lgan chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketilishi, zararsizlantirilishi va ko‘mib tashlanishini ta’minlash;
GOST 12.4.026 talablari bo‘yicha xabar beruvchi ranglarni va xavfsizlik belgilaridan foydalanish;
jismoniy va asabiy — ruhiy kasallanishni oldini olish maqsadida oqilona mehnat va dam olishni optimal rejimlarini qo‘llash;
ob-havoning salbiy ta’sirlaridan himoya qilish.
92. Meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish, tayyorlash ochiq maydonlarda, issiqxonalarda, saqlash soz omborxonalarda soz nazorat-o‘lchash asboblari, himoya to‘siqlari, texnologik asbob va uskunalar, transport vositalari mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshirilishi lozim.
93. Agrotexnik ishlarga qo‘yiladigan talablar tegishli hujjatlarda bayon etilgan bo‘lishi shart.
94. Agrotexnik tadbirlar qat’iy ravishda tegishli hujjatga muvofiq olib borilishi lozim.
95. Ishlash paytida zararli nurlanishlar yuzaga keluvchi ishlab chiqarish uskunalari ishlovchilarni ushbu nurlanishlardan himoyalovchi moslamaga ega bo‘lishi shart.
96. Meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish va saqlash jarayonida xavfli va zararli omillariga ega bo‘lgan oraliq moddalar hosil bo‘lsa, ishlovchilarga oldindan o‘zini bexatar tutish qoidalari haqida ma’lum qilinishi, ular ushbu moddalar bilan ishlash bo‘yicha o‘qitilishi va tegishli himoya vositalari bilan ta’minlanishi lozim.
97. Yangi o‘g‘itlar, ximikatlar va pestitsidlarni qo‘llashga belgilangan tartibda tasdiqlangan me’yoriy hujjatlar va yo‘riqnomalar mavjud bo‘lganda ruxsat etiladi.
3-§. Yong‘in va portlash xavfsizligiga qo‘yiladigan talablar
98. Meva-sabzavot yetishtirish tarmog‘ida tashkilotlarning yong‘in xavfsizligini ta’minlashda ushbu Qoidalar va boshqa normativ hujjatlarga rioya qilinishi lozim.
99. Tashkilotlarning bo‘limlari, omborxonalari va laboratoriyalari uchun yong‘in xavfsizligi yo‘riqnomalari ishlab chiqilgan bo‘lishi va ko‘rinarli joylarda bo‘lishi shart.
100. Tashkilotlar va tarkibiy bo‘linmalarda yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha javobgarlik shaxsan ularning rahbarlari, ijaraga berilgan hollarda esa ijarachilarning zimmasiga yuklatiladi.
101. Alohida hududlar, binolar, inshootlar, xonalar, omborxonalar, uchastkalar, texnologik uskunalar va jarayonlar, muhandislik uskunalari, elektr tarmoqlari va boshqalar uchun yong‘in xavfsizligi uchun javobgarlikni tashkilot rahbari belgilaydi.
102. Tashkilot xodimlarini yong‘inning oldini olish bo‘yicha ishlarga jalb etish maqsadida ko‘ngilli yong‘in o‘chiruvchilar va yong‘in o‘chirish-texnik komissiyalari tuzilishi lozim.
103. Bino va inshootlardan foydalanish jarayonida barcha yong‘inga qarshi himoya vositalarining sozligi ta’minlanishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
104. Binolarning tutunga qarshi himoyasi SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talabiga muvofiq bajarilishi lozim. Bunda tutunga qarshi himoya moslamalarining uskunalari (tutun tortib oluvchi klapanlar, zaslonkalar, havo bosimini yuzaga keltiruvchi va tutun tortib oluvchi ventilyatorlar) odatda yong‘in sodir bo‘lganda avtomatik ravishda ishga tushishi lozim.
(104-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining 2025-yil 18-iyundagi 12-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2213-5, 07.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.07.2025-y., 10/25/2213-5/0571-son)
105. Yong‘in haqida xabar beruvchi tizim amaldagi normativ hujjatlarga muvofiq bajarilishi lozim.
106. Avtomatik yong‘in o‘chirish va yong‘indan xabar berish tizimlari normativ hujjatlar talablariga muvofiq nazarda tutilgan bo‘lishi lozim.
107. Yong‘in o‘chirish transport vositalari va motopompalari yong‘in-texnik jihozlar bilan butlangan, yonilg‘i bilan ta’minlangan va soz holatda bo‘lishi lozim. Yong‘in o‘chirish texnikasidan o‘zga maqsadlarda foydalanish taqiqlanadi.
108. Xonalardan, qavatlardan va binolardan qutqaruv chiqish yo‘llarining soni va kengligi ular orqali olib chiqiluvchi odamlarning eng ko‘p soniga va odamlar bo‘lishi mumkin bo‘lgan joydan (ish joyidan) eng yaqin chiqish joyigacha bo‘lgan masofaga bog‘liq ravishda aniqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
109. Ochiq alanga qo‘llanuvchi ishlar “Payvandlash va boshqa olovli ishlar bajarilayotgan paytdagi yong‘in xavfsizligi qoidalari” va SHNQ 3.01.02-23 “Qurilishda xavfsizlik texnikasi” shaharsozlik normalari va qoidalari talabiga rioya qilingan holda bajarilishi lozim.
(109-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining 2025-yil 18-iyundagi 12-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2213-5, 07.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.07.2025-y., 10/25/2213-5/0571-son)
110. Ishga qabul qilinayotgan barcha shaxslar birlamchi yong‘inga qarshi yo‘riqdan o‘tishlari shart. Yong‘inga qarshi yo‘riqdan o‘tmagan shaxslar ishga qo‘yilmaydi.
111. Birlamchi yong‘inga qarshi yo‘riq o‘tkazish uchun zarur ko‘rgazmali qurollar (plakatlar, chizmalar, maketlar va boshqalar), shuningdek tashkilotda mavjud bo‘lgan birlamchi o‘t o‘chirish vositalari, yong‘inga qarshi jihozlari va aloqa vositalari bilan jihozlangan maxsus xona ajratilgan bo‘lishi lozim. Xodimlar bilan yong‘inga qarshi yo‘riq xavfsizlik texnikasi bo‘yicha yo‘riq bilan bir paytda o‘tkazilishi mumkin.
112. Tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlangan yong‘inga qarshi kurashish o‘quv dasturi bo‘yicha o‘quv mashqlari maxsus jihozlangan sinflardan tashqari bevosita sexlarda, ishlab chiqarish uchastkalarida, laboratoriyalarda ham o‘tkazilishi mumkin. O‘quv mashg‘ulotlari yakuni bo‘yicha xodimlarning bilimi tekshirilishi lozim.
113. Tashkilotlarning hududi doimo toza tutilishi lozim. Barcha yonish xavfi mavjud ishlab chiqarish chiqindilari muntazam ravishda olib chiqib ketilishi lozim.
114. Chiqish eshiklari uskunalar va boshqa jihozlar bilan to‘sib qo‘yilmasligi shart.
115. Meva va sabzavot yetishtirilayotgan maydonlarda ochiq alangadan foydalanish taqiqlanadi.
116. Yong‘inga qarshi yer osti gidrantlari va boshqa yong‘inga qarshi suv ta’minoti manbalariga olib boruvchi yo‘llar, shuningdek, yong‘inga qarshi jihozlari va uskunalariga tashqi yong‘in narvonlariga olib boruvchi yo‘laklar va evakuatsiya yo‘llari doim bo‘sh bo‘lishi lozim. Yong‘inga qarshi yer osti gidrantlari va boshqa yong‘inga qarshi suv manbalari, ular joylashgan joyni tezda aniqlab olish imkonini beruvchi yozuv-ko‘rsatgichlarga ega bo‘lishi lozim.
117. Ma’muriy binolar, xizmat ko‘rsatuvchi uchastkalar va omborxonalar telefon aloqasi bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim.
118. Tashkilotlarning tarkibiga kiruvchi alohida xonalar yong‘in va portlash darajasi bo‘yicha toifalarga bo‘lingan bo‘lishi lozim.
119. Yengil alangalanuvchi (past haroratda qaynaydigan moddalarni istisno qilganda) laboratoriya xonalarida tiqini jips yopiladigan devori qalin bankalarda (shisha idishlarda) saqlanishi lozim. Bankalar qopqog‘i jips yopiladigan, devori va tubiga asbest qoplangan maxsus metall yashiklarda saqlanishi lozim.
Yashik tashish uchun qulay, hamda yo‘laklar va isitish asboblaridan uzoqroq polda joylashtirilishi kerak. Yashik qopqog‘ining ichki tomonida yengil alangalanuvchi suyuqliklarning nomlari va saqlashning umumiy me’yorlari ko‘rsatilgan aniq yozuv tushirilgan bo‘lishi kerak.
Yengil alangalanuvchi suyuqliklar uchun shisha idishning sig‘imi 1 l dan oshmasligi, sig‘imi kattaroq bo‘lganda esa germetik yopiladigan metall g‘ilofga ega bo‘lishi kerak.
120. Laboratoriya xonalarida dietil efiri, atseton va konsentratsiyasi yuqori kislota va ishqorlarni saqlash qat’iyan man qilinadi. Ishlar yakunlangandan so‘ng ushbu moddalar saqlash uchun maxsus xonaga (omborga) chiqarilishi lozim.
121. Dietil (oltingugurt) efiri boshqa moddalardan ajratilib sovuq va qorong‘i xonada saqlanishi lozim, chunki uni yorug‘da saqlaganda portlovchi modda — etil perekisi hosil bo‘ladi.
122. Yengil alangalanuvchi moddalarni ombordan laboratoriyaga yopiq, sinmaydigan idishda yoki g‘ilofga solingan shisha idishda tashib keltirish zarur.
123. Laboratoriyaning har bir xonasida bir paytda saqlanadigan yong‘indan xavfli suyuqliklarning umumiy miqdori bir sutkalik ehtiyojdan ortmasligi lozim.
124. Yengil alangalanuvchi moddalar va suyuqliklar bilan bog‘liq barcha ishlar ventilyatsiya mavjud, gaz yondirgich va elektr asboblari qat’iyan o‘chirilgan holatda o‘tkazilishi lozim.
125. Yengil alangalanuvchi moddalar bilan bog‘liq ishlarni bir joyda to‘plash, shuningdek ishlarni amalga oshirishni laboratoriyaning tajribasiz xodimiga topshirish qat’iyan taqiqlanadi.
126. Past qaynovchi yonuvchi moddalarni (atseton, benzol, efirlar, spirt va hokazo) haydash va qizdirish qiyin eruvchi shishadan qilingan aylana tubli kolbalar, mazkur moddaning qaynash haroratiga bog‘liq (suv, moy) tegishli issiqlik tashuvchilar bilan to‘ldirilgan idishlarda amalga oshirilishi kerak.
127. Ichida past qaynovchi mahsulotli va yonuvchan idishlarni ochiq olovda, shuningdek barcha elektr qizdiruv jihozlarida qizdirish qat’iyan taqiqlanadi.
Yuqoriroq qizish haroratiga ega bo‘lgan suyuqliklar yopiq turdagi elektr kolba qizdirgichlarda qizdirilishi lozim.
128. Tez yonuvchan moddalarni qizdirish uchun qo‘llaniladigan barcha apparaturalar soz holda bo‘lishi, kontaktlardan uchqun chiqishining oldini olish lozim.
129. Benzol, nitrobenzol, xloroform, dietil efiri, spirt, organik kislotalar efirlari, oltingugurt uglerodi va shu kabi kuchli hidlanuvchi zaharli moddalarning hatto ozroq bug‘lanishi bilan bog‘liq barcha ishlar faqatgina havo tortuvchi shkafda amalga oshirilishi lozim.
130. Portlashning oldini olish uchun dietil efirini quriguncha bug‘lantirish taqiqlanadi. Bug‘lantirish paytida ozgina qismi kolbada qolishi kerak.
131. 0,5 l dan ko‘p miqdordagi tez yonuvchan moddalarni qizdirishda asbob ostiga avariya holatida suyuqlikning to‘kilishini oldini olish maqsadida yetarlicha hajmli kyuvet (vannacha) qo‘yilishi kerak.
132. Yoqilg‘i suyuqliklari bilan ishlar amalga oshirilgan idishlar ishlar tugagandan so‘ng darhol yuvib tashlanishi kerak.
133. Ishlatib bo‘lingan yoqilg‘i suyuqliklarini kun yakunida laboratoriyadan generatsiya yoki bu suyuqliklarni saqlash joylariga olib ketilishi lozim bo‘lgan maxsus germetik berkitiluvchi idishga yig‘ish lozim. Yoqilg‘i suyuqliklarini kanalizatsiyaga to‘kish taqiqlanadi.
134. Yong‘in va portlash xavfli suyuqliklar tasodifan to‘kilganda gaz gorelkalari, qizdirish asboblari darhol o‘chirilishi, tashqaridagi umumiy elektr o‘chiruvchi bilan xona uzib qo‘yilishi, to‘kilgan moddalar ko‘p miqdorda bo‘lganda qo‘shni xonalardagi barcha qizdirish asboblari ham o‘chirilishi, to‘kilgan joyga qum sepilishi lozim.
135. Yoqilg‘i moddalarining alanga olgan holatida (yong‘in paydo bo‘lganda) maxsus yo‘riqnomaga muvofiq yong‘inni o‘chirish choralari ko‘rilishi zarur.
4-§. Elektr qurilmalariga qo‘yiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
136. Tashkilotlarda elektr qurilmalarini o‘rnatish va ulardan foydalanishda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 712-son qarori bilan tasdiqlangan Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari va mazkur qoidalar talablariga rioya qilinishi kerak.
(136-band O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining 2021-yil 14-dekabrdagi 25/YUB-14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2213-4, 24.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.12.2021-y., 10/21/2213-4/1192-son)
137. Elektr qurilmalar bilan ishlaydigan barcha xodimlardan mazkur Qoidalarni mukammal bilishlari va ularga qat’iy rioya etishlari talab etilishi kerak.
138. Ushbu Qoidalarga asosan elektr xavfsizligi bo‘yicha IV-V guruhga ega bo‘lgan muhandis-texnik xodimlardan alohida buyruq bilan elektr xo‘jalik bo‘yicha mas’ul shaxs tayinlanishi lozim. U muassasada elektr xo‘jaligining umumiy holati bo‘yicha javobgar bo‘lib hisoblanadi.
139. Tashkilotda energetik lavozimi bo‘lgan taqdirda, elektr xo‘jalik bo‘yicha javobgarlik uning zimmasiga yuklatiladi.
140. Shtatlar jadvalida energetik lavozimi mavjud bo‘lmagan tashkilotlarda elektr jihozlaridan foydalanish ixtisoslashgan tashkilotlarga shartnoma asosida topshirish yoki boshqa tashkilotlarda ishlovchi energetikni o‘rindoshlik asosida ishga qabul qilish orqali amalga oshiriladi.
141. Tashkilotlarda elektr xo‘jaligi bo‘yicha javobgar shaxs quyidagilarni ta’minlashi shart:
elektr qurilmalarining ishonchli, tejamli va xavfsiz ishlashini;
elektr qurilma, apparatura va tarmoqlarda rejaviy ta’mirlash ishlari va profilaktik sinovlar belgilangan muddatlarda o‘tkazilishini tashkil etishni;
elektr energiya sarfining hisobini olib borishni;
himoya vositalari va yong‘inga qarshi jihozlar mavjudligi va ularning o‘z vaqtida sinovdan o‘tkazib turilishini.
142. Barcha tok o‘tkazuvchi qismlar, taqsimlovchi qurilmalar, apparatlar va o‘lchash asboblari, shuningdek turli saqlovchi qurilmalar, rubilniklar va boshqa ishga tushiruvchi apparatlar va moslamalar faqat yonmaydigan asoslarda montaj qilinishi lozim.
143. Yoritish va elektr tarmoqlarining tuzilishi xonalardagi muhit sharoitlariga va ulardagi ishlab chiqarishning xususiyatiga mos bo‘lishi shart.
144. Yuqori namlik va issiqlik ajralib chiquvchi xonalarda elektr yoritqichlar namlikdan, elektr dvigatellari esa suyuqlik sachrashidan himoyalangan yoki yopiq ijroda bo‘lishi shart.
145. Yong‘in xavfi mavjud xonalar, binolar va omborxonalardagi yoritqichlar yopiq chang o‘tkazmaydigan bo‘lishi lozim.
146. Xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan xonalarda kuchlanishi 220 V dan yuqori bo‘lmagan elektr asbobi, o‘ta xavfli xonalarda va xonalardan tashqarida kuchlanish 42 V dan yuqori bo‘lmagan elektr asbobi qo‘llanishi lozim.
147. Elektr tarmog‘idagi va elektr qurilmalaridagi uchqun, qisqa tutashuv, kabellar va elektr o‘tkazgichlar izolyatsiyasining haddan tashqari qizishiga olib keluvchi nosozliklar bartaraf etilishi yoki o‘chirib qo‘yilishi lozim.
148. Kabellar va elektr o‘tkazgichlarning izolyatsiyasi, tashqi birikmalar, elektr dvigatellarning ishlash rejimi tashkilot elektr xo‘jalik bo‘yicha mas’ul shaxs tomonidan tashqi ko‘rikdan o‘tkazish va asboblar bilan o‘lchash orqali tekshirib turilishi lozim.
149. Yangi elektr apparatlari va agregatlarini mavjud elektr tarmog‘iga ulash tashkilot elektr xo‘jalik bo‘yicha mas’ul shaxs ruxsati bilan amalga oshirilishi lozim.
150. Energota’minot korxonasi tomonidan berilgan texnikaviy shartlar talablariga zid bo‘lgan elektr qurilma va jihozlari hamda shikastlangan elektr kabellar va simlardan foydalanish taqiqlanadi.
151. Qisqa tutashuv toklaridan himoyalash uchun qo‘lbola saqlagichlardan foydalanish va nostandart (qo‘lbola) elektr isitgichlaridan foydalanish taqiqlanadi.
152. Tashkilotning barcha turdagi bino va inshootlari yashin qaytargichlar o‘rnatilgan holda to‘g‘ridan-to‘g‘ri yashin urishidan himoyalangan bo‘lishi lozim.
5-§. Uskunalarning boshqarish tizimiga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
153. Boshqarish organlari sovutish va isitish uskunalarining ishini boshqarilishini to‘g‘ri tartibini ko‘rsatuvchi, operatsiyalarning noto‘g‘ri tartibda bajarilishini, uskunaning o‘z holicha ishlab ketishi va o‘chib qolishining oldini oluvchi tizimlarga ega bo‘lishi lozim.
154. Uskunani avariya holatida o‘chirish tizimi qizil rangda bo‘lishi va shakli bo‘yicha boshqa boshqarish elementlaridan farq qilishi, ularning joylashgan joyi ko‘rsatkichlarga, vazifasi to‘g‘risidagi yozuvlarga ega bo‘lishi, boshqarish uchun qulay joylashgan va uskunani avariya bartaraf etib bo‘lingunga qadar ishga tushirishga imkon bermasligi lozim.
155. Uskunani ishga tushirishni amalga oshiruvchi boshqarish organi qizil rangdan boshqa (qora, kulrang, oq yoki yashil) rangda bo‘lishi lozim.
156. Avariyaning oldini oluvchi boshqarish organi sariq rangda bo‘lishi lozim.
157. Avariya holatida o‘chirish tugmasi boshqa tugmalardan kattaroq o‘lchamda bajarilishi lozim.
158. Bir necha shaxslar tomonidan boshqariluvchi uskunaning boshqarish organlari bajarilishi lozim harakatlarning zarur bo‘lgan tartibini ta’minlovchi tizimga ega bo‘lishi lozim.
159. Xabardor qiluvchi elektr lampalari va boshqa xabar beruvchi qurilmalar berilayotgan xabarlarning mazmunini (“Yoqilgan”, “O‘chirilgan” va boshqalar) bildiruvchi belgi va yozuvlarga ega bo‘lishi lozim.
160. Uskuna avtomatik rejimda ishlayotganda sozlash tugmalari va qo‘lda boshqarish organlari (avariyaviy o‘chirish organidan tashqari) o‘chirib qo‘yilishi lozim (texnologik zarurat bilan bog‘liq holatlar bundan mustasno).
161. Avariya, nosozliklar va boshqa holatlardan xabar berish uchun uskunaning konstruksiyasida signalizatsiya, shuningdek uskunani avtomatik ravishda to‘xtatuvchi va energiya manbaidan uzib qo‘yuvchi vositalar nazarda tutilgan bo‘lishi lozim.
162. Uskunaning boshqarish tizimi operator tomonidan xatoga yo‘l qo‘yilgan va boshqarish tizimida nosozliklar yuzaga kelgan hollarda xavf tug‘dirmasligi lozim.
163. Ishlab chiqarish uskunasi, uning ishlash rejimi buzilganligi haqida xabar beruvchi signalizatsiyaga, zarur hollarda esa xavfli nosozliklar, avariyalar va xavfli holatlarga yaqin bo‘lgan rejimlar yuzaga kelgan taqdirda, uskunani avtomatik ravishda to‘xtatuvchi va energiya manbaidan uzib qo‘yuvchi vositalarga ega bo‘lishi lozim.
164. Ishlab chiqarish uskunasining ishchi organlari yoki ularning uzatmalari energiya uzatish butunlay yoki qisman uzilib qolgan hollarda xavf tug‘ilishining oldini oluvchi, shuningdek energiya uzatish tiklangach, ishchi organlarining uzatmalari o‘z-o‘zidan ishlab ketishining oldini oluvchi moslamalarga ega bo‘lishi lozim.
165. Uskunalarning xavf-xatardan ogohlantiruvchi xabar beradigan (signal) elementlari sifatida tovushli, nurlanuvchan va rangli ogohlantirgichlar qo‘llanishi, ular xizmat ko‘rsatayotgan xodimlarning ko‘rish va eshitish zonasida o‘rnatilishi va ularning signallari ishlab chiqarish sharoitlarida farqlanuvchan bo‘lishi lozim.
166. Uskunalarni qo‘lda boshqarish va sozlash organlarida belgilab qo‘yilganidan boshqa tartibda foydalanish xavfli holatlarga olib kelmasligi yoki blokirovka yordamida bunga yo‘l qo‘yilmasligi lozim.
167. Uzun o‘lchamli yoki ko‘zdan kechirish zonasi cheklangan uskunalarda bir nechta avariyaviy o‘chirish tugmalari bo‘lishi lozim.
6-§. Omborxonalarga qo‘yiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
168. Omborxonalar SHNQ 2.09.03-23 “Omborxonalar. Loyihalash me’yorlari” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga javob berishi lozim.
(168-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining 2025-yil 18-iyundagi 12-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2213-5, 07.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.07.2025-y., 10/25/2213-5/0571-son)
169. Yong‘in chiqish xavfi bo‘lgan omborxonalarda elektr isitish moslamalaridan foydalanish taqiqlanadi.
170. Omborlar, ayvonlar, estakadalar qurilish me’yorlari va qoidalari, mahsulotlar va materiallarni ochiq saqlash omborlari uchun yong‘in xavfsizligi qoidalari talablariga javob berishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
171. Yangi tashkilotlarni loyihalash va qurishda hamda rekonstruksiya qilishda omborxonalar SHNQ 2.09.03-23 “Omborxonalar. Loyihalash me’yorlari” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga javob berishi lozim.
(171-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining 2025-yil 18-iyundagi 12-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2213-5, 07.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.07.2025-y., 10/25/2213-5/0571-son)
172. Pestitsidlar, kimyoviy preparatlar, mineral o‘g‘itlar va boshqa portlovchi moddalarni, yonilg‘ilarni saqlash uchun xonalar va maydonchalar qurilish me’yorlari va qoidalari talablariga javob berishi lozim.
173. Omborlardagi odamlar o‘tishi uchun mo‘ljallangan eshiklarning eni va bo‘yi 2 m dan kam bo‘lmasligi lozim. Tayyor mahsulot omborlari kamida ikkita eshikka ega bo‘lishi lozim.
174. Omborxonalar transporti (telejka, shtabel taxlagichlar, elektr yuk ortgichlar, elektr mashinalar va boshqalar) harakatlanadigan omborlardagi o‘tish yo‘llarining eni yuk ortilgan transport vositalarining o‘lchami hisobga olingan holda qo‘shimcha bir tomonlama harakatlanishda yana 0,8 m, ikki tomonlama harakatlanishda devordan kolonnagacha har ikki tomondan 1,0 m masofa bo‘lishi lozim.
175. Ikkinchi va undan yuqori qavatlarda joylashgan omborlarda polning 1 m2 ga ruxsat etilgan yuk og‘irligi ko‘rsatilgan yozuvlar osib qo‘yilishi lozim.
176. Bo‘sh qutilar to‘g‘ri burchakli shtabellarga ikki metrdan ortiq bo‘lmagan balandlikda taxlanishi lozim, so‘ngra qutilar ushbu shtabelga piramida ko‘rinishida taxlanadi. Piramidaning gorizontga nisbatan qiyaligi 450 dan oshmasligi lozim. Shtabelning umumiy uzunligi 6 m dan ortiq bo‘lmasligi lozim. Qutilar “bog‘lanish” usulida taxlanishi zarur.
177. Omborxona binolari va inshootlarini joylashtirishda uchastkalarda ularga avtomobil transportining kelishi ko‘zda tutilishi lozim. Temir yo‘l transporti tegishli iqtisodiy asos mavjud bo‘lganda ko‘zda tutiladi.
178. Ombor binolari asosan binolarning birinchi qavatida joylashtirilishi lozim.
Turli maqsadlarga mo‘ljallangan omborxonalarni bitta binoda yoki xizmat ko‘rsatish bo‘limlari binolari yoki boshqa binolar bilan blokirovka qilish, bu texnologik jarayon shartlariga, sanitariya va yong‘in xavfsizligi qoidalari talablariga zid bo‘lmagan va texnik-iqtisodiy mulohazalarga ko‘ra maqsadga muvofiq bo‘lgan barcha holatlarda amalga oshirilishi mumkin.
179. Umumiy maqsadlarga mo‘ljallangan omborxonalarni yerto‘la va yarim yerto‘la qavatlarda joylashtirishga faqat tegishli asos mavjud bo‘lgan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Omborxonalar sovutish tizimiga ega bo‘lishi va mahsulotlar saqlashda omborxona bo‘limlarini harorati shu mahsulotni standartlarida belgilangan haroratda saqlash imkonini berishi lozim.
180. Zaharli gaz (sulfidli angidrid va boshqalar) solingan ballonlar tegishli me’yorlar va qoidalar bilan tartibga solinadigan maxsus yopiq xonalarda saqlanishi lozim.
Boshqa gazlar solingan ballonlar maxsus xonalarda, shuningdek yog‘ingarchiliklar va quyosh nuri ta’siridan himoya qilingan holda ochiq havoda saqlanishi mumkin.
181. Gaz solingan ballonlar saqlanadigan yopiq omborxonalardagi harorat +35 0S dan oshmasligi lozim va ushbu darajadan oshib ketgan holda omborxonalarni sovutish choralari ko‘rilishi lozim.
182. Meva-sabzavot mahsulotlari saqlanadigan omborda pestitsidlar, kimyoviy preparatlar, mineral o‘g‘itlar va mahsulotlar xavfsizligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qiladigan boshqa moddalarni saqlash man etiladi.
183. Meva-sabzavot mahsulotlari omborxonada mahsulotni saqlash bo‘yicha amaldagi me’yoriy hujjatlarda belgilangan talablarga muvofiq saqlanishi shart.
7-§. Laboratoriya. O‘yuvchi, zaharli, yong‘in va portlash jihatidan xavfli moddalarning qo‘llanilishi
1. Laboratoriyada ishlashga qo‘yiladigan umumiy talablar
184. Laboratoriya xonalari amaldagi qurilish va sanitariya me’yorlari va qoidalari talablariga javob berishi lozim.
Umumiy oqma-tortma ventilyatsiyadan tashqari, laboratoriya xonalari havo tortuvchi moslamalar (shkaflar) yoki havoni so‘rib olish uchun ventilyatsiya qurilmalari bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
185. Laboratoriya xodimlari qo‘llanilayotgan kimyoviy moddalar, materiallarning yong‘in jihatidan xavflilik darajasini bilishlari va ular bilan ishlaganda xavfsizlik choralariga rioya qilishlari shart. Moddalar va materiallar laboratoriyada qat’iy turlari bo‘yicha saqlanishi kerak. O‘zaro kimyoviy ta’siri yong‘in yoki portlashni yuzaga keltirishi mumkin bo‘lgan moddalarni birgalikda saqlashga yo‘l qo‘yilmaydi.
Laboratoriyadagi mebel va uskunalar odamlarning chiqishiga to‘sqinlik qilmaydigan tarzda o‘rnatilishi kerak. Uskunalar oralig‘idagi eng kam yo‘l qo‘yiladigan masofa 1 m dan kam bo‘lmasligi lozim.
186. Zaharli moddalar bilan ishlashga mo‘ljallangan xonalar laboratoriyaning boshqa xonalaridan ajratilgan, tegishli tarzda jihozlangan va boshqa xonalarning ventilyatsiyasiga bog‘liq bo‘lmagan havo tortuvchi moslamalarga ega bo‘lishi lozim.
187. Zararli va yonuvchi bug‘ va gazlar ajralishi bilan kechadigan ishlar olib borilayotgan tortuvchi shkaflar yuqori va quyi so‘rmalar, shuningdek, suyuqlikning polga oqib tushishini oldini oluvchi yon devorlar bilan jihozlanishi kerak.
Shkafning 15—20 sm ga ochib qo‘yilgan tabaqalari ko‘ndalang kesimida havoning tezligi 0,5 dan 0,7 m/sek atrofida bo‘lishi lozim.
O‘ta zararli moddalar (sariq qonsimon tuz) bilan ishlaganda havoning tezligi 1 dan 1,2 m/sek oralig‘ida bo‘lishi kerak.
188. Tortuvchi shkaflar germetik gaz o‘tkazmaydigan armatura ichiga joylashtirilgan elektr lampochkalar bilan jihozlanishi, ularning ulagichlari tortuvchi shkafdan tashqarida, shtepsel rozetkalari esa ish stolining qisqa yon tomoni bo‘ylab tortuvchi shkafdan tashqarida joylashishi kerak.
189. Olov hamda yonish va portlash xavfi mavjud moddalar bilan ishlashga mo‘ljallangan ish stollari va shkaflar yonmaydigan material bilan to‘liq qoplangan bo‘lishi, kislota va ishqorlar bilan ishlashga mo‘ljallangani esa zanglamaydigan material bilan qoplanib, yon devori yonmaydigan materialdan bo‘lishi kerak.
190. Ish stollari va shkaflardagi gaz va suv kranlari ularning old devorlari tomonida joylashtirilishi va kranni tasodifan ochib yuborishning imkoni bo‘lmaydigan tarzda o‘rnatilishi kerak. Katta miqdordagi kimyoviy laboratoriya idishlarini yuvish uchun alohida ajratilgan yuvish xonasi mavjud bo‘lib, imkon qadar laboratoriyaning markazida joylashishi kerak.
191. Yuvish xonasi yuvish stollari bilan jihozlanishi kerak. Ulardan biri zararli va hidi kuchli moddalarni yo‘qotish hamda xromli aralashma bilan yuvish uchun tortuvchi shkafli, ikkitasi esa sodali va toza suv bilan yuvish uchun moslangan bo‘lishi lozim.
192. Laboratoriyadagi havo almashinuvi shunday hisob-kitob qilinishi lozimki, ishchi xonalarning havosidagi zaharli portlovchi gazlar, bug‘lar va changning amaldagi konsentratsiyasi amaldagi SanQvaM da belgilangan eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan konsentratsiyadan ortib ketmasligi kerak.
2. Kislotalar va ishqorlar
193. Kislota va ishqorlar kimyoviy moddalar omborida joylashtirilishi kerak. Kislota va ishqorlarni maydonchalarda saqlaganda ularga havo yog‘inlari va quyosh nurlari tushishining oldini olish uchun soyabon qilinishi kerak.
194. Kislota va ishqorlarni podval xonalarda saqlash taqiqlanadi.
195. Kislota va ishqorlar to‘ldirilgan shisha idishlar qo‘yiladigan pollar kislotaga chidamli materialdan ishlanib, to‘kilgan kislotani maxsus idishga yo‘naltiradigan tarnovlar tomon qiyaligi bo‘lishi lozim.
196. Kimyoviy moddalar alohida ventilyatsiyaga ega bo‘lgan xonada saqlanib, ro‘yxatga olingan bo‘lishi shart va kimyoviy moddalarning amal qilish muddatlariga alohida e’tibor berilib, muddati o‘tgan moddalar o‘rnatilgan tartibda utilizatsiya qilinishi shart.
197. Kimyoviy moddalar omborlari to‘kilgan ishqor yoki kislotani neytrallash uchun yetarli darajada vositalar bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim.
198. Kislota va ishqorlar to‘ldirilgan shisha idishlar dastali mustahkam to‘qilgan savatlarga yoki maxsus yashiklarga joylanishi lozim, ularsiz mazkur suyuqliklarni tashish taqiqlanadi.
199. Kislota va ishqorlar to‘ldirilgan shisha idishlarni qo‘lda ikki kishi uzog‘i bilan 25 m masofaga tekis yuza bo‘ylab tashishga yo‘l qo‘yiladi, bunda suyuqlik sachrashiga qarshi zarur ehtiyot choralari ko‘rilishi lozim.
Kislota va ishqorlar to‘ldirilgan shishalarni faqat ichiga asbest to‘shalgan maxsus (taxtadan yoki metalldan yasalgan) yashiklarda tashishga ruxsat etiladi.
200. Kislota va ishqorlar bilan ishlaydigan barcha xodimlar saqlagich ko‘zoynaklar (gardishi teridan yoki rezinadan ishlangan) va rezina qo‘lqoplardan, ayrim paytlarda esa rezinali (yoki rezina qoplangan) fartuk va rezina etiklardan foydalanishlari lozim.
Kislota va ishqorlar bilan saqlagich ko‘zoynaklarsiz ishlash taqiqlanadi.
201. Kislota va ishqorlarni shisha idishlardan kichik idishlarga sifon yoki qo‘l nasoslari vositasida quyish zarur.
202. Oltingugurt kislotasini tayyorlash uchun uni suvga tizillagan oqim bilan quyib, tinmay aralashtirib turish kerak. Oltingugurt kislotasiga suv quyish taqiqlanadi.
203. Qattiq holatdagi o‘yuvchi natriyli barabanlar (bochkalar) maxsus keskichlar yordamida, yo‘riq olgan tajribali ishchilar tomonidan ochilishi kerak. Shu maqsadda temir iskana va bolg‘a ishlatish taqiqlanadi.
204. Bo‘shagan baraban kristalli qattiq natriyning qoldiqlaridan, soxta tubli alohida bakka ochilgan qopqoqli tomoni pastga qaratib joylashtirilib, erish yo‘li bilan tozalanishi lozim.
Barabanni bakka joylash va uni soxta tubga o‘rnatish ko‘tarma mexanizmlar (telfer, tal va shu kabi) yordamida bajarilishi lozim.
Bo‘shagan barabanlarni bakdan, ularni faqat suv bilan yuvgandan keyin chiqarishga ruxsat etiladi.
205. Ishqor eritishda tinmay aralashtirilayotgan suvga moddaning kichik bo‘laklarini sekin-asta qo‘shib borish zarur, bunda ishqor bo‘laklarini faqat qisqich bilan ushlash darkor. O‘yuvchi ishqorlarning katta bo‘laklarini maxsus ajratilgan joyda, ustini zich mato (belting) bo‘lagi bilan yopib, mayda bo‘laklarga maydalash zarur.
206. To‘kilgan kislota va ishqorlar ustiga darhol qum to‘kilishi, neytrallanishi va shundan so‘nggina yig‘ishtirilishi lozim. Shisha siniqlarini cho‘tka va xokandoz yordamida yig‘ib olish zarur.
207. Ishlatilgan kislota va ishqorlar maxsus idishlarga alohida to‘planishi va neytrallanganidan so‘ng kanalizatsiyaga, loyli o‘raga yoki mahalliy sharoitdan kelib chiqib, shu maqsadga mo‘ljallangan boshqa joyga to‘kilishi kerak.
208. Kislota va ishqorlardan bo‘shagan idishlar zararsizlantirilib, puxta yuvilishi lozim.
8-§. Yuk ortish va tushirishda xavfsizlik talablari
209. Yuk ortish va tushirish ishlari hamda yuklarni joylashtirish Yuk ortish va tushirish ishlaridagi yukchilar uchun ishlarning xavfsizligi qoidalari (ro‘yxat raqami 1582, 2006-yil 13-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 24-son, 221-modda) talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
210. Yuk ortish va tushirish ishlari qoidaga ko‘ra mexanizatsiyalangan bo‘lishi lozim.
211. Yuk ortish va tushirish ishlarining mexanik usuli vazni 50 kg dan oshiq va shuningdek, kam vaznli yuklarni 3 m dan yuqoriga ko‘targanda maqsadga muvofiq hisoblanadi. Faqatgina yagona yuklar tashilganda bu talablardan chekinishga yo‘l qo‘yiladi.
212. Og‘ir va ulkan yagona yuklarni tashish, yuk ortish va tushirishning xavfsiz usullari ustidan kuzatish lozim bo‘lgan ma’muriy-texnik xodimlardan maxsus ajratilgan shaxs rahbarligi ostida amalga oshirilishi lozim.
213. Bochkalarni yuk ortish va tushirish ishlari mexanik usulda (telferlar, yuklagichlar va hokazo) va faqatgina istisno hollarida xodachalar va boshqa usul bilan amalga oshirilishi lozim. Bu kabi ishlarni bajarishda ishchilar ko‘tarilayotgan yoki tushirilayotgan yuk ostida turmasliklari kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
214. Yuk ortish va tushirish ishlarini amalga oshirishda mazkur Qoidalardan tashqari yuk ortish va tushirish ishlari va turli yuklarni avtomobil transportida tashishda xavfsizlik texnikasining qoidalariga amal qilinishi lozim, yuk ko‘taruvchi kranlar va liftlarni saqlash va ishlatish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi qoidalariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
(214-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
215. Korxonalar quyidagi talablarga javob beradigan yuk ortish va tushirish maydonchalari bilan jihozlanishi kerak:
a) maydoncha atmosfera yog‘inlaridan xalos etish uchun 5% dan oshmagan qiyalikka ega bo‘lib, tekis, qattiq qoplamaga ega bo‘lishi (asfalt, beton va boshqalar) va toza saqlanishi kerak. Qish paytida u qor, muzdan tozalanishi va qum yotqizilishi kerak va hokazo;
b) maydoncha yuk ortish va tushirish ishlarining me’yordagi maydoni hajmini ta’minlaydigan hududga ega bo‘lishi kerak;
v) transport-tashish vositalari orasidagi masofa ular maydoncha atrofida bir-biri ortidan qo‘yilganda (tubga) 1 m dan kam bo‘lmasligi, ular qator qilib qo‘yilganda (front bo‘ylab) 1,5 m dan kam bo‘lmasligi lozim;
g) maydonchada zaruriy soz inventarlar va yoritqich bo‘lishi kerak.
216. Barcha turdagi pol usti qo‘l telejkalari, ular harakatlanish joylarida, ustunlar, kolonnalar yonlarida va eshiklar orasidan harakat qilinganda himoyalovchi uskunalar bilan jihozlanishi kerak.
217. Avtoelektryuklagich qo‘llanishiga faqat qattiq qoplamaga (asfalt, beton va hokazo) ega bo‘lgan tekis maydonchalarda ruxsat beriladi. Chuqurlar paydo bo‘lganda uni to‘ldiradigan shoshilinch ta’mir o‘tkazilishi kerak.
218. Omborxonalar ichki transporti sifatida elektroyuklagichlar, elektrokarlar va hokazolar qo‘llanilishi mumkin. Ichki yonuv dvigatelli avtoyuklagichlar va avtokaralarni ishlab chiqarish binolari va omborlarga kirishi taqiqlanadi.
219. Elektryuklagichlarning vilkali ushlagichlari bitta tekislikda turishi lozim.
220. Yuklagichga yo‘l qo‘yiladigan yuk og‘irligi va og‘irlik markazi bilan yuklagichning pasport ma’lumotlari muvofiqligida belgilanadi.
221. Elektryuklagich bilan 0,5 m dan ortiq yuqoriga ko‘tarilgan yukni tashish taqiqlanadi.
Odamlarni elektryuklagichlar va elektrokaralarda tashish, shuningdek ko‘tarilayotgan va tashilayotgan yuk (konteynerlar va hokazolar) ustida turishi taqiqlanadi.
222. Temir yo‘l tarmog‘ining izchil yuk operatsiyalarida korxona hududida kerakli mexanizm va inventarlar bilan (taxta zina, ko‘prikchalar, xodachalar, richag-tirkagichlar) ta’minlanishi lozim.
223. Tashkilotning yoki stansiyaning temir yo‘l tarmog‘ida yuk ortish va tushirish ishlarini olib borishda, bu ishlarga rahbarlik qilish, mazkur Qoidalarni biladigan va temir yo‘l transportida yuk ortish va tushirish ishlari paytida xavfsizlik texnikasining amaldagi qoidalari asosida ishni tashkil qiladigan shaxsga yuklatilishi lozim.
9-§. Xom ashyo, materiallar, yarim tayyor va tayyor mahsulotlarni omborlarga tashish, joylashtirish
224. Omborlar va yuk saqlash uchun maydonchalar qurilma va uskunalari, ularning qurilishi, sanitariya va yong‘inga qarshi me’yorlar va qoidalar belgilangan tartibda tasdiqlangan, texnologik loyiha me’yorlari talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
225. Ombor va yuk saqlash uchun maydonchalarda barcha yuklash, tushirish va og‘ir mehnat kategoriyasiga tegishli yukni harakatlantirish jarayoni mexanizatsiyalashgan bo‘lishi lozim.
226. Yuk saqlash uchun maydonchalar sathi tekis bo‘lib, chuqurchalarsiz va 5º dan oshmaydigan nishabi bo‘lishi kerak. Yuk saqlash uchun maydonchalar qoplamasi unga keluvchi yo‘llar qoplamasiga teng bo‘lishi lozim. Yilning qish oylarida yuk saqlash uchun maydonchalar doimo qor va muzdan tozalanib, qum, kul yoki shlak sepilishi kerak.
227. Ombor yoki yuk saqlash uchun maydonchalar hududiga kiraverishda harakat yo‘nalishi, yuklash-tushirish joyi yoki transport vositalarining to‘xtab turish joyini ko‘rsatuvchi chizma osilgan bo‘lishi kerak.
228. Yuklash-tushirish ishlariga o‘n sakkiz yoshdan yosh bo‘lmagan, xavfsiz mehnat usullari bo‘yicha o‘qitilgan, mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi bo‘yicha yo‘riqdan o‘tgan shaxslar qo‘yiladi.
229. Yuklash-tushirish ishlari xavfsiz joylash qoidalarini, xavfsizlik texnikasi, yong‘in xavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariyasi qoidalarini yaxshi biluvchi tayinlangan javobgar shaxsning rahbarligi ostida bajarilishi lozim.
230. Omborxonalarda mahsulotlar turlari va navlari bo‘yicha saqlanishi lozim.
231. Omborxonalarda mahsulotlarni saqlash harorati va omborxonadagi namlik darajasi mahsulotlar standartlarida belgilangan me’yorlarda bo‘lishi lozim.
232. Mahsulotlarni joylash va yuklash-tushirish ishlarining bajarilishi uchun javobgar shaxs ishlar boshlanishidan avval yuk ko‘taruvchi va tashuvchi mexanizmlar, takelaj va boshqa yuklash-tushirish jihozlarining sozligini tekshirishi lozim.
233. Vazni yo‘l qo‘yilgan me’yordan (erkaklar uchun 30 kg) ortiq bo‘lgan yukni boshqa yukchilarning yoki mexanizmlarning yordamida tashishga ruxsat etiladi.
234. G‘aramlash ishlari kamida ikki kishi tomonidan bajarilishi lozim.
235. Omborxonalar ozoda tutilishi lozim.
236. Meva-sabzavot mahsulotlari omborxonalarida javobgar shaxsning nazorati ostida joylashtirilishi lozim.
237. Dalada yig‘ilgan mahsulotlar omborxonaga jo‘natilguncha salqin, usti yopiq joylarda yoki maxsus idishlarda saqlanishi lozim.
238. Yuk bilan devor, kolonna, va xona shipi orasidagi masofa kamida 1 m, yuk va yoritqich orasidagi masofa kamida 0,5 m bo‘lishi lozim.
239. Omborxonalar va yuklarni vaqtincha saqlash maydonchalarida g‘aramlar orasidagi kenglik kamida 1 m bo‘lgan yo‘laklar va kengligi transport vositalarining, tashilayotgan yuklarning va ortish-tushirish mexanizmlarning o‘lchamlarini hisobga olingan holda yo‘llar bilan ta’minlanishi lozim.
240. Qo‘lda ortish chog‘ida g‘aramning balandligi 3 m dan, yuk ko‘tarish mexanizmlari qo‘llanilganda esa, 6 m dan ortmasligi lozim.
241. Transport vositasiga yuk ortish paytida yukning balandligi yo‘lning harakatlanish qismida 3,8 m dan, kengligi esa 2,5 m dan ortmasligi shart.
242. Transport vositasining bortlarini ochish va yopishni faqat ikki xodim tomonidan bajarishga ruxsat etiladi. Bunda yukning xavfsiz joylashganiga ishonch hosil qilish lozim.
243. Mahsulotlar solingan qutilarni javonlar yordamida joylashtirish usuli afzal hisoblanadi.
244. Qutilarni ustma-ust taxlashda gidravlik qisqichli avto yuklagichdan foydalanish lozim.
245. Mahsulotlar joylangan yashiklar transport vositasiga pastki qatordagi yashiklar deformatsiyalanmaydigan qilib taxlanishi lozim.
246. Mahsulotlar saqlanuvchi xonalar quruq, toza va yaxshi shamollatiladigan bo‘lishi, havosining nisbiy namligi 50+/–10 % bo‘lishi lozim.
247. Xonaning poli qattiq qoplamga ega bo‘lishi va yer sathidan kamida 50 sm baland bo‘lishi lozim. Mahsulot joylangan yashiklar poldan kamida 10 sm baland va havo aylanishi uchun oraliqlarga ega bo‘lgan yog‘och tagliklarga taxlanishi lozim.
248. Mahsulot joylangan yashiklar pastki yashikka putur yetkazmaydigan balandlikda taxlanishi lozim.
249. Mahsulotlar taxlangan yashiklardan issiqlik manbai va devorlargacha bo‘lgan masofa 1 m dan kam bo‘lmasligi lozim.
250. Meva-sabzavotlar usti yopiq transport vositasida, tashish qoidalariga rioya qilgan holda tashiladi. Qisqa joylarga usti ochiq transport vositasida tashishga ruxsat etiladi.
10-§. Fumigatsiyalash
251. Fumigatsiyalash — bu gaz yoki tez bug‘lanib ketuvchi uchuvchan birikmalar ko‘rinishidagi, zararkunandalarni nobud qiluvchi kimyoviy moddalarni (fumigantlarni) ishlatish jarayoni. Ularning muhim xususiyati shuki, ular ishlov berilayotgan materiallarga osonlik bilan singib oladi, ishlov berish tugagach materialga ta’sir ko‘rsatmaydi va iz qoldirmaydi. Ular zaharli bo‘lib, hayot uchun xavfli, shu sababli xavfsizlikni ta’minlash uchun ulardan qattiq nazorat ostida foydalanish lozim.
252. Fumigatsiyalash maxsus o‘qitilgan, yo‘riqdan o‘tgan, malakali xodimlar tomonidan o‘tkazilishi lozim.
253. Sertifikatga ega bo‘lgan fosfin (fosforli vodorod) ajratib chiqaruvchi preparatlardan foydalanish lozim. Fosfinning to‘g‘ri miqdorini aniqlash Dreger nayini qo‘llagan holda test sinovi jarayonida o‘tkazilishi lozim.
254. Faqat meva-sabzavotlarni fumigatsiyalash uchun tasdiqlangan reagentlaridan foydalanish lozim.
255. Fumigatsiya qilish boshlanishidan oldin ishlarning o‘tkazilishi uchun javobgar shaxs naryad-ruxsatnoma rasmiylashtiradi.
256. Fumigatsiya o‘tkaziluvchi joy aniqlanadi, bu joy ochiq, odamlar istiqomat qiladigan joydan, ofislar va oziq-ovqat mahsulotlari bor xonalardan uzoqda joylashgan bo‘lishi shart.
257. Fumigatsiya o‘tkaziladigan joy har qanday obod qilingan joydan kamida 100 m masofada joylashgan bo‘lishi shart.
258. Nafas olish organlarini himoyalash vositalari fumigatsiyalash uchun javobgar shaxs tomonidan ish boshlanishidan oldin tekshirilishi va bu maxsus kitobda qayd qilinishi lozim.
259. Nafas olish organlarini himoyalash vositalarida qo‘llanuvchi mahkamlovchi moslamalar, nafas chiqarish klapanlari, protivogaz qutilari doimiy ravishda tekshirilib turilishi lozim.
260. Barcha mavjud fumigantlar tashkilotda qayd etilgan bo‘lishi va ularning ishlatilishi qattiq nazorat qilinishi lozim.
261. Tashkilot rahbari va barcha xodimlar o‘tkazilgan har bir fumigatsiyalash haqida xabardor qilinishi lozim.
262. Materiallarning xavfsizligi to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlar olinishi va barcha yo‘riqnomalarga rioya qilinishi lozim.
263. Kutilmagan avariya vaziyatlarida harakat qilish tartibi ishlab chiqilgan bo‘lishi lozim.
264. Fumigantlarni transport vositalarida tashish xavfli moddalarni tashish bo‘yicha qoida va me’yorlarga rioya qilingan holda amalga oshirilishi lozim.
265. Fosfin ajratib chiqaruvchi moddalarning barcha zaxirasi yopiq va plomba bilan tamg‘alangan konteynerlarda, boshqa omborxonalardan uzoq masofada joylashgan xonalarda, saqlash xavfsizligi qoidalariga rioya qilingan holda saqlanishi lozim. Fumigantlarni quruq va yaxshi yoritilgan xonalarda (yoki konteynerlarda) saqlashga ruxsat etiladi.
266. Fumigantlar saqlanadigan va fumigatsiyalash o‘tkaziladigan joylarda ogohlantiruvchi belgilar, saqlash va xavfsizlik bo‘yicha eslatmalar osib qo‘yilgan bo‘lishi lozim.
267. Fumigantlarni oziq-ovqat mahsulotlari, qimyoviy faol va oson alangalanib ketuvchi moddalarning yaqinida saqlash taqiqlanadi.
268. Ish paytida foydalanilgan shaxsiy himoya vositalari (qo‘lqoplar, filtrlar), chiqindilar belgilangan tartibda ko‘milishi yoki utilizatsiya qilinishi lozim.
269. Qo‘llanilayotgan ipli maxsus kiyim va poyabzal 24 soat davomida yaxshilab shamollatilishi, so‘ng zarurati bo‘lsa yuvilishi lozim.
270. Barcha ishlatilgan yordamchi materiallar va uskunalar yig‘ib olinishi, tozalanishi va maxsus ajratilgan joyga qo‘yilishi lozim.
11-§. Ishlab chiqarish chiqindilarini zararsizlantirish bo‘yicha talablar
271. Tashkilotlarni chiqindisiz va kam chiqindili texnologiyalarni joriy qilishi, ishlab chiqarish va maishiy chiqindilarning hosil bo‘lishini qisqartirishi, ularni zararsizlantirishni, qayta ishlashni amalga oshirishi, saralash, saqlash, ko‘mib tashlash va qayta ishlashda belgilangan tartiblarga rioya qilishi majburiydir.
272. Tashkilotlarda majburiy ravishda barcha turdagi chiqindilarning xatlovini o‘tkazishni tashkil etilishi, chiqindilarning inson hayoti va atrof-muhit uchun xavflilik darajasi aniqlanishi lozim.
273. Tashkilotda chiqindilar alohida tashkil etilgan joylarda, yopiq konteynerlarda, yog‘ingarchilik tushmaydigan holda saqlanishi lozim.
274. Chiqindilarning xavfli turlari begona shaxslarning kirishi cheklangan joylarda, identifikatsiya belgilari va yozuvlari bilan ta’minlangan holda saqlanishi lozim.
275. Chiqindilarni ruxsat etilmagan joylarda saqlash taqiqlanadi.
276. Tashkilotda barcha turdagi chiqindilar bilan muomala yuritish bo‘yicha yo‘riqnoma ishlab chiqilgan bo‘lishi lozim. Chiqindilarni yig‘ish, joylashtirish va tashishni ta’minlayotgan xodimlar chiqindilar bilan muomala yuritishning bexatar usullari bo‘yicha o‘qitilgan bo‘lishi shart.
12-§. Xavfli materiallarni saqlash, ishlatish va tashishda xavfsizlik qoidalari
277. Tashkilotlar xavfli kimyoviy moddalarni, ularning xavflilik sinfidan va boshqa materiallar bilan reaksiyaga kirishish qobiliyatidan kelib chiqib, alohida joylashtirilishini va saqlanishini tashkillashtirishi lozim.
278. Xavfli kimyoviy moddalar saqlanuvchi omborxonalar to‘kilib, sochilib ketgan materiallarni tutib qoluvchi va shu bilan tuproqni va yer osti suvlarini ifloslanishdan saqlovchi moslamalarga ega bo‘lishi lozim.
279. Barcha xavfli kimyoviy moddalar va materiallar identifikatsiyalangan bo‘lishi lozim.
280. Barcha kimyoviy moddalar omborxonada, ularning changlanib va to‘kilib ketishiga yo‘l qo‘ymaydigan zich yopiq idishlarda saqlanishi lozim. Sochiluvchan moddalarni idishsiz saqlash qat’iyan taqiqlanadi.
281. Xavfli moddalar va materiallar saqlanuvchi joylarda zarur neytrallovchi materiallar, to‘kilib ketgan moddalarni yig‘ishtirib olish uchun jihozlar va yakka himoya vositalari bo‘lishi shart.
282. Barcha xavfli moddalar uchun, ulardan xavfsiz foydalanish bo‘yicha yo‘riqnomalar ishlab chiqilgan bo‘lishi shart.
283. Xavfli materiallardan foydalanuvchi xodimlar o‘qitilgan bo‘lishi shart.
284. Xavfli materiallarni transport vositasida tashish “Kimyoviy moddalar va agressiv suyuqliklarni saqlash, hisobga olish, transport vositasida tashish paytidagi xavfsizlik texnika qoidalari”ga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
13-§. Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish
285. Elektr toki urganda, kislotalar va ishqorlar hamda issiqlik bilan kuyganda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar mazkur Qoidalarning 1, 2, 3-ilovalarida keltirilgan.
IV bob. Ishlab chiqarish asbob-uskunalariga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
1-§. Ishlab chiqarish uskunalariga qo‘yiladigan umumiy talablar
286. Uskunalarni montaj qilish, foydalanish va ta’mirlash paytida ishlarning xavfsizligini ta’minlashi, yong‘in va portlash xavfidan holi bo‘lishi, ulardan foydalanish jarayonida atrof muhitni zararli moddalar bilan sanitariya me’yorlaridan ortiq miqdorda ifloslantirmasligi va namlik, quyosh radiatsiyasi, mexanik tebranishlar, bosim va haroratning o‘zgarishlari natijasida xavf-xatar yuzaga keltirmasligi lozim.
287. Uskunalarning texnik holati va ulardan xavfsiz foydalanish uchun javobgarlik, ushbu uskunalar tasarrufida bo‘lgan bo‘limlar, hamda tashkilotning bosh mutaxassislari va ta’mirlash xizmatlari rahbarlariga yuklatiladi.
288. Uskunalarning elementlari (elektr o‘tkazgichlari, o‘tkazish quvurlari, kabellari va boshqalar), ularning shikastlanishiga imkon bermaydigan ijroda tayyorlangan bo‘lishi lozim.
289. Uskunalarning gaz, bug‘ pnevmatik, gidravlik va elektr tizimlari, ularning ushbu uskuna tarkibida ishlash sharoitlarini hisobga olgan holda, ushbu tizimlarga tegishli bo‘lgan standartlarning talablariga mos bo‘lishi lozim.
2-§. Himoya to‘siqlariga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
290. Uskunalarning harakatlanuvchi qismlari to‘silgan yoki GOST 12.2.062-81 talablariga muvofiq blokirovkalash, to‘xtatish, xabardor qilish tizimlari bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
291. Uskuna tarkibiga kiruvchi himoya vositalari:
a) uskuna ishga tushirilishidan oldin shunday tayyor holatga keltirilishi kerakki, ular o‘chirib qo‘yilgan yoki nosoz bo‘lsa, uskunaning ishlashi mumkin bo‘lmasligi lozim;
b) o‘z vazifalarini uzluksiz bajarishi yoki xavf tug‘ilgan yoki odam xavfli zonaga yaqinlashgan holatlarda ishlab ketishi;
v) faqat xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining ta’siri tugagandan so‘nggina o‘zining himoya vazifasini tugatishni ta’minlashi;
g) himoya vositalarining ayrim elementlari ishdan chiqqan taqdirda, qo‘shimcha xavf-xatarni yuzaga keltirmagan holda boshqa himoya vositalarining himoyalash vazifasini ta’minlashi;
d) xizmat ko‘rsatish va nazorat qilish uchun qulay bo‘lgan joyda o‘rnatilgan bo‘lishi, ayrim hollarda ularning ishlashini avtomatik ravishda nazorat qiluvchi qurilmalar bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim.
292. Uskunaning, u ishlayotgan paytda xavf-xatarning oldini olishga mo‘ljallangan, ko‘tarib qo‘yiluvchi va ikki tomonga suriluvchi to‘siqlari, shuningdek ulardagi yoki uskunaning korpusidagi ochiluvchi eshikchalar, qopqoqlar, qalqonchalar, ularning tasodifan ochilib yoki yechilib ketishidan saqlovchi moslamalarga (maxsus asbob bilan ochiladigan qulflar va shu kabilarga), zarur hollarda esa to‘siq yechib olingan yoki ochilganda ish jarayonini to‘xtatib qo‘yilishini ta’minlovchi blokirovkalarga ega bo‘lishi lozim.
293. Uskunalar o‘tkir uchli, qirrali va boshqa jarohatlashi mumkin bo‘lgan elementlarga, shuningdek to‘silmagan issiq yoki juda ham sovutilgan qism va detallarga ega bo‘lmasligi lozim.
294. Uskunalarning konstruksiyasida quyidagi asosiy talablarga javob beruvchi xodimning elektr tokidan zararlanishidan (shu jumladan xodimning xato harakatlari natijasida) himoyalash nazarda tutilgan bo‘lishi shart:
a) uskunaning xavf-xatar manbai bo‘lgan tok o‘tkazuvchi qismi ishonchli izolyatsiyalangan yoki to‘silgan, yoxud xodimlar tega olmaydigan joylarda o‘rnatilgan bo‘lishi lozim.
b) ochiq tok o‘tkazuvchi qismlari bo‘lgan elektr uskunalari qulflanuvchi eshikchalari bo‘lgan korpuslarning (shkaflarning, bloklarning) ichiga joylangan yoki himoyalovchi g‘ilof bilan yopilgan bo‘lishi lozim;
v) uskunaning izolyatsiya shikastlanishi natijasida xavfli kuchlanish ostida qolishi mumkin bo‘lgan metall qismlari yerga (nolga) ulangan bo‘lishi lozim. Shu bilan birga xavfsizlikni ta’minlovchi boshqa choralarni qo‘llashga ruxsat etiladi;
g) uskunaning elektr zanjirlarining sxemasida uni ta’minlayotgan tarmoqdan o‘chirib qo‘yuvchi qurilma nazarda tutilgan bo‘lishi lozim. Uskuna o‘zining avtonom elektr energiyasi manbaidan ta’minlangan hollarda kuchlanishni elektr zanjirini uzmasdan ta’minlash manbaini o‘chirib olib tashlashga ruxsat etiladi.
3-§. Pichoq bilan ishlashda xavfsizlik talablari
295. Tig‘i yopiladigan xavfsiz pichoqdan foydalanish lozim. Tokzorlarda toklarni kesishda maxsus tok qaychilarda amalga oshiriladi.
296. Pichoqdan foydalanib ishlayotgan xodimning bevosita yaqinida boshqa xodimlar bo‘lmasligi lozim.
297. Pichoq bilan kesayotgan paytda uning holati va harakatlanishiga e’tibor qaratish lozim. Kesish xodimning ro‘parasi tomondagi yo‘nalishda amalga oshirilishi va bu paytda ushbu yo‘nalishda boshqa xodimlar bo‘lmasligi lozim.
298. Xodimning tanasi tomon yo‘nalishda kesish taqiqlanadi.
299. Pichoq qo‘llanmaydigan ishlar bajarilayotgan paytda pichoq qiniga joylanib, u uchun ajratilgan joyga qo‘yilishi lozim.
4-§. Rolikli transportyorda ishlashda xavfsizlik talablari
300. Transportlanayotgan ashyolarni transportyorga shunday joylash kerakki, ular transportyor tasmasidan chiqib turmasligi va tushib ketmasligi lozim.
301. Harakatlanayotgan transportyorning roliklariga tegish taqiqlanadi.
302. Transportyorga o‘tirish taqiqlanadi.
303. Transportyorning ustida yurish, undan sakrab o‘tish taqiqlanadi.
304. Transportyor harakatlanayotgan paytda chalg‘imaslik va boshqalarni chalg‘itmaslik lozim.
305. Ish joyini orasta tutish, uni tashilayotgan yuklar, chiqindilar bilan to‘ldirib yubormaslik lozim.
306. Boshqarish pultidagi barcha ishga tushiruvchi tugmalar soz holatda bo‘lishi lozim.
307. Bug‘ tizimlari izolyatsiyalangan va to‘siqlar bilan himoyalangan bo‘lishi lozim.
308. Uskuna ishlayotgan paytda yig‘ishtirish ishlarini olib borish taqiqlanadi.
309. Barabanning ichidagi yig‘ishtirish ishlari naryad-ruxsatnomasi bo‘yicha olib borilishi lozim.
310. Silindrning ichiga u sovugandan so‘ng kirishga ruxsat etiladi.
311. Barabanni tozalashni boshlashdan oldin “Yoqilmasin, odamlar ishlamoqda!” taqiqlovchi xavfsizlik belgisini osib qo‘yish lozim.
312. Silindrning ichi ho‘l va sirpanchiq bo‘lgani sababli yig‘ishtirish ishlarini rezina poyabzal kiygan holda bajarish lozim.
313. Silindrning ichiga kirishdan avval uning uzatmasi, uzatma dvigatellari elektr ta’minoti manbaidan o‘chirilgan va qulflab qo‘yilgan bo‘lishi shart.
5-§. Konveyerlarga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
314. Konveyerlarning tuzilishi, konveyerlar orasidagi, shuningdek, galereyadan qurilish konstruksiyalari orasidagi o‘tish joylarining kengligi amaldagi me’yorlarga mos bo‘lishi lozim.
315. Konveyerlar o‘tish joylari va uskunalar ustida joylashgan taqdirda ularning pastki qismi sochilib ketgan materialning tushib ketishining oldini oluvchi yaxlit to‘siq bilan to‘silgan bo‘lishi lozim.
316. Konveyerdagi zanjirli, tasmali va tishli uzatgichlar, birlashtiruvchi muftalar, uzatma mexanizmlarining barabanlari, tarang tortib turuvchi qurilmalarning troslari va yuklarining elementlari himoya to‘siqlari bilan to‘silgan bo‘lishi shart. To‘siqning konstruksiyasi, uni yechib olmasdan turib qismlarini moylash va podshipniklarining qiziganligini tekshirib turish imkonini berishi lozim.
317. Tasmaning tasmali konveyer barabani bilan tutashuv joyi konveyerning uskunasi bo‘ylab yon tomonidan kamida 1 m hamda baraban radiusining yig‘indisiga teng bo‘lgan masofada to‘silgan bo‘lishi lozim.
318. Konveyerning tasmasi harakatlanayotgan paytida yon tomonga siljimasligi, baraban va tayanch roliklarining chekkasidan chiqib ketmasligi lozim. Tasmaning yon tomonga chiqib ketishining oldini olish uchun konveyerlar tasmaning siljishiga yo‘l qo‘ymaydigan qurilmalar bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
319. Tasmali konveyerlar tasma yoki taranglovchi qurilmalar uzilib ketgan, shuningdek, bo‘shatuvchi voronka tarnovlari to‘lib, tiqilib qolgan taqdirda konveyerning uzatmasini to‘xtatib qo‘yuvchi qurilmalar bilan jihozlanishi lozim.
320. Ko‘chmas konveyerlar, ularning uzunligidan qat’i nazar, avariya vaziyatlarida ularning uzunasi bo‘ylab istalgan joydan turib konveyerning uzatmasini to‘xtatish imkonini beruvchi qurilmalar bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
321. 6° dan ortiq qiyalikka ega bo‘lgan tasmali va plastinali konveyerlar, ular to‘xtaganda yuk ortilgan tasmaning teskari tomonga qarab harakatlanishiga yo‘l qo‘ymaydigan stopor qurilmalar bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
322. Tasmali konveyerlar tasma va barabanni yopishib qolgan materialdan mexanik ravishda tozalovchi moslamaga ega bo‘lishi lozim.
323. Ko‘chib yuruvchi konveyerlarning, ularni ta’minlovchi elektr kabellari foydalanishga qulay va o‘tish joylarini to‘sib qo‘ymaydigan qilib joylashtirilgan bo‘lishi lozim.
324. Tasmali konveyerlar bilan quruq va changlanuvchan materiallar tashilayotgan paytda, ularni ortish va tushirib olish joylari germetizatsiyalangan bo‘lishi va ish zonasi havosidagi changning miqdori chegaraviy yo‘l qo‘yiladigan miqdorlardan ortmasligini ta’minlovchi boshqa choralar ko‘rilishi lozim.
Bir nechta ketma-ket o‘rnatilgan konveyerlar yoki texnologik liniyaning boshqa uskunalari bilan bog‘langan konveyerlar bir vaqtda ishlaydigan bo‘lsa, ularning elektr dvigatellari blokirovkalangan bo‘lishi lozim.
325. Metall parchalarini olib tashlash uchun konveyerda magnitli metall ajratgichlar o‘rnatilgan bo‘lishi lozim.
326. Tasmali konveyerlar ostidan to‘kilgan materialni yig‘ishtirib olish mexanizatsiyalashtirilgan bo‘lishi lozim. Materiallarni qo‘lda yig‘ishtirib olishga faqat konveyer to‘xtatib qo‘yilgandagina ruxsat etiladi.
327. Konveyerni ishga tushirishdan oldin kamida 5 s davomida konveyerning butun uzunligi bo‘yicha eshitiluvchi ogohlantiruvchi tovushli signal berilishi shart.
328. Konveyerlarning ustidan o‘tish uchun galereyalarda har 100 m dan, ishlab chiqarish xonalarida har 30 — 60 m dan so‘ng qo‘zg‘almaydigan ko‘prikchalar o‘rnatilgan bo‘lishi lozim. O‘tish ko‘prikchalari yaxlit to‘shamali, yoritilgan va ularning balandligi kamida 1,8 m bo‘lishi lozim.
329. Konveyer ishlayotgan paytda uning har qanday qismini qo‘lda ta’mirlash va tozalash, shuningdek tasmasining ustiga chiqish taqiqlanadi.
330. Tasmaning kengligi 0,8 m dan ortiq bo‘lsa, konveyerning uzatma va taranglovchi qurilmalarining ustida ta’mirlash ishlarini bajarish uchun yuk ko‘taruvchi vositalar nazarda tutilgan bo‘lishi lozim.
331. Quruq changlanuvchan materiallarni tashuvchi elevatorlar, shneklar va kurakli konveyerlar butun uzunligi bo‘yicha g‘iloflar bilan yopilgan, ularning ortish va tushirish joylari germetizatsiyalangan bo‘lishi lozim.
332. Elevatorlarning ishlashini kuzatish uchun uning qobig‘ida zich yopiluvchi eshikchali oynalar o‘rnatilgan bo‘lishi lozim.
V bob. Ta’mirlash (tuzatish) ishlarini bajarishda xavfsizlik talablari
1-§. Ta’mirlash ishlarini amalga oshirishda xavfsizlikning umumiy talablari
333. Tashkilotning ta’mirlash xizmati uskunalarning mehnat xavfsizligi standartlari tizimi, ularning pasportlari, texnik yo‘riqnomalari va ishlab chiqaruvchi zavodning boshqa hujjatlarining talablariga mosligini ta’minlashi lozim.
334. Uskunalarni zarur texnik holatda tutib turish uchun tashkilotda unga xizmat ko‘rsatishni yaxshilash, rejaviy-oldini oluvchi ta’mirlashni qat’iy bajarilishi va ta’mirlash ishlarining sifatini yaxshilash bo‘yicha choralar ko‘rilishi lozim.
335. Ishlayotgan sexlarda pudratchi tashkilotlar tomonidan bajariluvchi ta’mirlash, qurilish va montaj ishlari naryad-ruxsatnoma bilan rasmiylashtirilishi lozim.
336. Barcha hollarda ta’mirlash ishlarining bajarilish tartibi va usullari bosh muhandis yoki uning o‘rinbosari bilan kelishilishi lozim.
337. Ta’mirlash ishlari bajariluvchi zona to‘silishi, xavfsizlik belgilari o‘rnatilishi lozim.
338. Ta’mirlash ishlari boshlanishidan avval, ta’mirlashda band bo‘lgan barcha xodimlar ishlarni tashkil etish loyihasi bilan tanishtirilishi va ta’mirlash ishlarini bajarish paytida xavfsizlik choralariga rioya qilish bo‘yicha yo‘riqdan o‘tkazilishi lozim.
339. Ta’mirlashda band bo‘lgan barcha xodimlar belgilangan me’yorlar bo‘yicha maxsus kiyim, poyabzal va himoya vositalari bilan ta’minlanishi lozim.
340. Og‘ir yuklarni joyidan ko‘chirish ishlari yuk ortish va tushirish ishlari uchun javobgar shaxslarning ruxsati bilan bajarilishi shart.
341. Nosoz yuk ko‘taruvchi mexanizm va moslamalarda, shuningdek shahodatlangan muddati tugagan mexanizmlarda ishlash taqiqlanadi.
342. Yechib olingan agregatlar, detallar va metall konstruksiyalar yig‘ishtirib qo‘yilishi lozim.
343. Ta’mirlash paytida ish joylarini, yo‘llarni, yo‘laklarni va zinapoyalarni turli narsalar bilan to‘sib qo‘yish taqiqlanadi.
344. Ta’mirlash ishlari balandlikda bajarilayotganda havoza va taxta to‘shamalarning o‘rnatilishi amaldagi qoidalarning talablariga javob berishi hamda xodimlar balandlikda ishlash uchun ehtiyot kamarlari va arqonlaridan foydalanishlari shart.
345. Xodimlarning qizigan uskunaning ichiga kirgan holda ta’mirlash ishlarini olib borishiga uskunani shamollatib, ichidagi gazlar butunlay chiqarib yuborilgandan va havoning harorati ko‘pi bilan 40° S gacha pasaytirilgandan so‘ng ruxsat etiladi.
346. Barcha ta’mirlash ishlari bo‘lim, tashkilot rahbari tomonidan tayinlangan shaxslarning rahbarligi va nazorati ostida bajarilishi lozim.
347. Materiallarning uskunaning ish maydonchasiga uzatish mexanizatsiyalangan bo‘lishi va ular tushib ketmaydigan usulda bajarilishi lozim.
348. Ta’mirlash ishlari olib borilayotgan joy va barcha o‘tish joylari belgilangan me’yorlarga muvofiq yoritilishi lozim.
349. Ta’mirlash ishlari tugagach, barcha keraksiz konstruksiyalar, uskunalar, materiallar, asboblar va chiqindilar sexdan olib ketilishi, to‘siqlar, saqlovchi moslamalar, blokirovkalar o‘z joyiga o‘rnatilishi lozim.
2-§. Uskunalarni ta’mirlashga topshirish va ularni foydalanishga qabul qilishda xavfsizlik talablari
350. Uskunalarni davriy ko‘rikdan o‘tkazish ishlari sexning ta’mirlash xizmati tomonidan muhandis-texnik xodimning rahbarligi ostida o‘tkazilishi lozim.
351. Ko‘rikdan o‘tkazish paytida uskunani normal ishlashiga imkon bermaydigan nuqsonlar topilsa, ularning sababini aniqlash va bartaraf qilish uchun darhol to‘xtatilishi lozim.
352. Yangi ishga tushirilayotgan uskunaning xavfsizlik talablariga mosligini quyidagi tartibda tekshirish lozim:
a) ishga tushirish-sozlash ishlaridan so‘ng bo‘lim boshlig‘i (boshliqning o‘rinbosari), mehnat muhofazasi xizmati vakili, bosh mutaxassislardan iborat komissiya tomonidan uskunaning mehnat xavfsizligi standartlari va ushbu uskunaga taalluqli boshqa normativ-texnik hujjatlarning talablariga mosligini tekshirishi;
b) aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgach, uskuna takroran komissiyaga qabul qilish uchun taqdim etilishi;
v) qabul qilish tugagach, uskunani foydalanishga topshirish dalolatnomasi tuzilishi lozim.
VI bob. Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik
Oldingi tahrirga qarang.
353. Mansabdor shaxslar va xodimlar mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilmaganliklari uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
(353-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
VII bob. Yakuniy qoida
354. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi, O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi va “O‘zvinosanoat-xolding” xolding kompaniyasi bilan kelishilgan:
Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisi B. XODJAYEV
2011-yil 24-fevral
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
2011-yil 24-fevral
Sog‘liqni saqlash vaziri A. IKRAMOV
2011-yil 24-fevral
Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Z. RO‘ZIYEV
2011-yil 24-fevral
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. XAITOV
2011-yil 24-fevral
O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi T. NARBAYEVA
2011-yil 24-fevral
“O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi boshlig‘i A. NIMATULLAYEV
2011-yil 24-fevral
O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktori A. ABDUVALIYEV
2011-yil 24-fevral
“O‘zvinosanoat-xolding” xolding kompaniyasining raisi S. SAIDJALOLOV
2011-yil 24-fevral
Meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish xodimlari uchun ishlar xavfsizligi qoidalariga
1-ILOVA
1-ILOVA
Elektr toki urganida birinchi tibbiy yordamni ko‘rsatish
Elektr toki urganida zarar ko‘rgan shaxsda nafas olish va yurak faoliyati to‘xtashi mumkin, bu darhol (bir necha daqiqa) organizmning hayotiy muhim funksiyalarini boshqaruvchi bosh miya nerv hujayralarida qaytarib bo‘lmaydigan holatlarning boshlanishiga olib keladi. Shuning uchun voqea sodir bo‘lgan joyda zudlik bilan yordam ko‘rsatish o‘ta muhimdir.
Birinchi yordam ko‘rsatishdagi muvaffaqiyatning asosiy sharti — topqirlik va zarar ko‘rgan shaxsni elektr tokidan tezda xalos etish.
Hech qachon zarar ko‘rgan shaxsga yordam ko‘rsatishdan bosh tortish va unda nafas olish, yurak urishi, puls singari hayot belgilari mavjudligi asosida uni o‘lgan deb hisoblash mumkin emas. Elektr toki urganda o‘lim ko‘pincha shunchaki tuyuladi, faqat vrach zarar ko‘rgan shaxsni jonlantirish bo‘yicha keyingi sa’y-harakatlarning foydasizligi haqidagi masalani hal etishi va uning o‘limi haqida xulosa berishi mumkin.
Kuchlanish ostida bo‘lgan elektr toki o‘tkazuvchi qismlarga tegish ko‘p holatlarda muskullarning beixtiyor torayishini keltirib chiqaradi. Buning oqibatida, agar jabrlanuvchi simni qo‘llarida ushlab turgan bo‘lsa, barmoqlar shunchalik qattiq siqiladiki, simni qo‘ldan tortib olish mumkin bo‘lmay qoladi.
Agar jabrlanuvchi elektr tok o‘tkazuvchi qismlarga tekkanicha qolsa, u holda uni tezda elektr toki ta’siridan xalos etish choralari ko‘rilishi lozim. Bunda shuni esda tutish lozimki, ehtiyotkorlik choralarini ko‘rmasdan turib elektr toki ostida bo‘lgan insonga tegish hayot uchun xavfli.
Birinchi harakat qurilmaning jabrlanuvchi tegib turgan qismini tezda elektr tokidan ajratish kerak.
Agar qurilmani tezda ajratish mumkin bo‘lmasa, u holda jabrlanuvchini u tegib turgan elektr tok o‘tkazuvchi qismlardan ajratish choralarini ko‘rish lozim.
Jabrlanuvchini elektr tok o‘tkazuvchi qismlardan yoki simdan ajratishda quruq kiyimdan, quruq taxtadan yoki qandaydir elektr tokini o‘tkazmaydigan buyumdan foydalanish lozim. Ushbu maqsadda metall yoki ho‘l buyumdan foydalanish mumkin emas. Jabrlanuvchi simni qo‘li bilan siqqanda va elektr toki uning tanasi orqali yerga o‘tganda, jabrlanuvchini yerdan ajratgan holda elektr tokini uzish oson.
Buning uchun jabrlanuvchining ostiga quruq taxtani, yog‘och stul suyanchig‘ini yoki boshqa elektr toki o‘tkazmaydigan buyumlarni tashlash kerak. Jabrlanuvchini elektr tok o‘tkazuvchi qismlardan ajratib olish uchun jabrlanuvchining kiyimidan, agar u ho‘l bo‘lmasa, bir qo‘l bilan tutish zarur.
Sun’iy nafas oldirish va yurakni tashqaridan uqalashni jabrlanuvchining mustaqil nafas olishi va yuragi ishlay boshlashidan oldin o‘tkazish kerak.
Jabrlanuvchida o‘zining (uqalashsiz) muntazam pulsi paydo bo‘lganligiga qarab uning yurak faoliyati tiklanganligi haqida fikr yuritiladi. Buning uchun uqalash 2-3 soniyaga uzib qo‘yiladi va agar puls saqlanib qolsa, u holda bu yurakning mustaqil ishlay boshlaganligini bildiradi. Tanaffus vaqtida puls mavjud bo‘lmagan taqdirda zudlik bilan uqalashni davom ettirish lozim.
Jabrlanuvchi jonlanishining boshqa belgilari mustaqil nafas olish, ko‘z qorachig‘ining torayishi, ba’zan jabrlanuvchining qo‘l va oyoqlarni qimirlatishga urinishlari hisoblanadi.
Meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish xodimlari uchun ishlar xavfsizligi qoidalariga
2-ILOVA
2-ILOVA
Kislotalar va ishqorlar bilan kuyganda birinchi yordam ko‘rsatish
Kislotalar (sulfat, azot, fosfor) bilan kuyganda kuygan joy katta miqdordagi suv bilan, so‘ngra 5 foizli natriy bikarbonat eritmasi yoki 10 foizli ammoniy karbonat angidrid eritmasi bilan, so‘ngra yana suv bilan yuvib tashlanadi.
Ishqorlar bilan kuyganda, kuygan joy katta miqdordagi suv bilan, so‘ngra 3 — 6 foizli sirka kislotasi eritmasi yoki 1-2 foizli tuz kislotasi eritmasi bilan, so‘ngra yana suv bilan yuvib tashlanadi.
Ko‘zlar ishqor bilan kuyganda, ko‘zlarni katta miqdorda suv oqizib yuvib tashlash kerak. Bunda ko‘zlar (yoki ko‘z) mumkin qadar ochiq bo‘lishi lozim. So‘ngra ko‘zlarni 2 foizli bor kislotasi eritmasi bilan yoki 3 foizli sirka kislotasi eritmasi bilan yuvish zarur. Ko‘zlar kislotalar bilan zararlanganda 3 — 6 foizli natriy bikarbonat eritmasi bilan yuvib tashlanadi.
Og‘iz bo‘shlig‘i ishqor bilan kuyganda 3 foizli sirka kislotasi eritmasi bilan yoki 2 foizli bor kislotasi eritmasi bilan chayib tashlash lozim. Og‘iz bo‘shlig‘i kislota bilan kuyganda 50 foizli natriy bikarbonat eritmasi bilan chayib tashlanadi.
Kislota nafas yo‘llariga tushganida pulverizator yordamida changitilgan 10 foizli natriy bikarbonat eritmasidan, ishqorlar tushganida esa purkalgan 3 foizli sirka kislotasi eritmasidan nafas olish zarur.
Meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish xodimlari uchun ishlar xavfsizligi qoidalariga
3-ILOVA
3-ILOVA
Issiqlik bilan kuyganda birinchi yordam ko‘rsatish
Olov, bug‘, issiq buyumlar bilan kuyganda kuygan joyni suv bilan namlash mumkin emas, hosil bo‘lgan pufakchalarni hech qachon yorib yubormaslik va kuygan joyni bint bilan bog‘lamaslik kerak.
Kuygan joyni un sepish yoki o‘simlik yog‘i bilan moylash lozim. Kuygan joyni yangi tayyorlangan 5 foizli tanin eritmasi bilan yaxshilab namlash kerak, buning uchun bir necha qavat qilib taxlangan bint, doka yoki ro‘mol qo‘llaniladi. Tanin eritmasi bilan bunday ishlov berishni terining zararlangan uchastkasi jigarrang tusga kirgunga qadar davom ettirish zarur.
Kuyish uchta darajaga ajratiladi:
1 daraja — qizarish. Kuygan joyga etil spirt bilan ho‘llangan momiq bilan ishlov beriladi.
2 daraja — pufaklar. Kuygan joyga birinchi darajali quyishdagi kabi spirt bilan ishlov beriladi. Shuningdek, 5 foizli tanin eritmasi bilan ham ishlov berish mumkin.
3 daraja — teri to‘qimalarining buzilishi. Jarohatni sterilizatsiya qilingan bint bilan bog‘lab, vrach chaqiriladi.
Kuchsiz kuyish hollarida kuyishga qarshi maxsus malham qo‘llaniladi.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 14-son, 144-modda; 2014-y., 33-son, 428-modda; 2017-y., 28-son, 676-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2019-y., 10/19/2213-3/4236-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son, 24.12.2021-y., 10/21/2213-4/1192-son; 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son; 07.07.2025-y., 10/25/2213-5/0571-son)