19.02.2011 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2198
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, “Oʻzkommunxizmat” agentligining qarori, 19.02.2011 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2198
Кучга кириш санаси
01.03.2011
Hujjat 01.03.2011 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI
“OʻZKOMMUNXIZMAT” AGENTLIGINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kommunal xizmatlarga tariflarni shakllantirish va rentabellikning cheklangan darajasini joriy etish boʻyicha nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 17-apreldagi PF-2832-sonli “Kommunal xizmatlar koʻrsatish sohasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning yangi bosqichi toʻgʻrisida”gi Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 8-son, 39-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 11-fevraldagi PQ-5-sonli “Kommunal xizmatlar tariflarining asossiz ravishda oʻsib ketishiga yoʻl qoʻymaslik hamda ular uchun oʻz vaqtida va toʻliq hisob-kitob qilinishi uchun isteʼmolchilarning masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 5-6-son, 31-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-iyuldagi 271-sonli “Uy-joy-kommunal xizmatlarning oʻz xarajatlarini oʻzi qoplashga bosqichma-bosqich oʻtish munosabati bilan normativ hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi, 1999-yil 5-fevraldagi 54-sonli “Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1999-y., 2-son, 9-modda), 2001-yil 18-apreldagi 178-sonli “Aholiga kommunal xizmatlar koʻrsatishni takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 8-son, 40-modda) va 2010-yil 28-oktabrdagi 239-sonli “Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va “Oʻzkommunxizmat” agentligi qaror qiladilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Kommunal xizmatlarga tariflarini shakllantirish va rentabellikning cheklangan darajasini joriy etish boʻyicha nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, Iqtisodiyot vazirligining va “Oʻzkommunxizmat” agentligining 2006-yil 14-martdagi 31, 1, 02-317-sonli “Kommunal xizmatlarga tariflarni shakllantirishda xarajatlar tarkibini aniqlash va rentabellikning cheklangan darajasini joriy etish boʻyicha nizomini tasdiqlash haqida”gi qarori (2006-yil 1-may, roʻyxat raqami 1566) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-yil, 18-son, 154-modda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, Iqtisodiyot vazirligining va “Oʻzkommunxizmat” agentligining 2006-yil 2-oktabrdagi 86, 11, 1072-sonli “Kommunal xizmatlarga tariflarni shakllantirishda xarajatlar tarkibini aniqlash va rentabellikning cheklangan darajasini joriy etish boʻyicha nizomiga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (2006-yil 3-noyabr, roʻyxat raqami 1566-1) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-yil, 43-44-son, 438-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kundan soʻng kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vaziri R. AZIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 19-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot vaziri R. GULYAMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 19-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzkommunxizmat” agentligi bosh direktori U. XOLMUHAMEDOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 19-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
01-88-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va “Oʻzkommunxizmat” agentligining 2011-yil 19-yanvardagi 1, 2 va 01-88-con qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kommunal xizmatlarga tariflarni shakllantirish va rentabellikning cheklangan darajasini joriy etish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 17-apreldagi PF-2832-son “Kommunal xizmatlar koʻrsatish sohasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning yangi bosqichi toʻgʻrisida”gi Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 8-son, 39-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 11-fevraldagi PQ-5-son “Kommunal xizmatlar tariflarining asossiz ravishda oʻsib ketishiga yoʻl qoʻymaslik hamda ular uchun oʻz vaqtida va toʻliq hisob-kitob qilinishi uchun isteʼmolchilarning masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 5-6-son, 31-modda) qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-iyuldagi 271-son “Uy-joy-kommunal xizmatlarning oʻz xarajatlarini oʻzi qoplashga bosqichma-bosqich oʻtish munosabati bilan normativ hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi, 1999-yil 5-fevraldagi 54-son “Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1999-y., 2-son, 9-modda), 2001-yil 18-apreldagi 178-son “Aholiga kommunal xizmatlar koʻrsatishni takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 8-son, 40-modda) va 2010-yil 28-oktabrdagi 239-son “Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq tashkilotlar — tabiiy monopol subyektlari (keyingi oʻrinlarda tashkilotlar deb yuritiladi) tomonidan kommunal xizmatlar (suv taʼminoti, kanalizatsiya, issiq suv taʼminoti va markazlashgan isitish xizmati)ga tariflarni shakllantirishda xarajatlar tarkibini aniqlash va rentabellikning cheklangan darajasini joriy etish tartibini tartibga soladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tabiiy monopol subyektlari Davlat reyestriga kiritilgan tashkilotlar koʻrsatayotgan kommunal xizmatlar tariflarini Davlat tomonidan tartibga solish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-oktabrdagi 239-son qarori bilan tasdiqlangan “Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni shakllantirish, deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash hamda ularning qoʻllanilishini davlat tomonidan nazorat qilish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom va mazkur Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tashkilotlar koʻrsatayotgan kommunal xizmatlar tariflarini tasdiqlatish uchun narxlarni tartibga soluvchi organga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-oktabrdagi 239-son qarori bilan tasdiqlangan Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni shakllantirish, deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash hamda ularning qoʻllanilishini davlat tomonidan nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomining 21-bandida koʻrsatilgan hujjatlarni ilova qilib ariza bilan murojaat qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tariflarni asoslash uchun qabul qilinadigan kommunal xizmatlarning ishlab chiqarish va sotish xarajatlarini aniqlashda tashkilot Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom va boshqa meʼyoriy-huquqiy hujjatlariga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tashkilotlar koʻrsatayotgan kommunal xizmatlar tarifi ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan, davr xarajatlari, moliyaviy faoliyat boʻyicha xarajatlar, soliqlar va foydadan boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha xarajatlardan, shuningdek sof foyda summasidan shakllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 147-moddasida (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 52(I)-son, ) nazarda tutilgan xarajatlar kommunal xizmatiga tasdiqlanadigan tarifni shakllantirishda xarajatlar hisobiga olinmaydi, yuqori organlar va tashkilotning birlashmasi taʼminotiga ajratmalar boʻyicha xarajatlar bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Aholiga koʻrsatilayotgan suv taʼminoti, kanalizatsiya, issiq suv taʼminoti va markaziy isitish xizmatlari, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari tomonidan aholi nomidan sotib oladigan xizmatlarni hisobga olgan holda, nol darajali stavka boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻi solinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Kommunal xizmatlarni (suv taʼminoti, kanalizatsiya, issiq suv taʼminoti va markaziy isitish xizmati) yetkazib beruvchi tashkilotlar xarajatlarini kamaytirishni ragʻbatlantirish maqsadida ushbu xizmatlarga tariflarni shakllantirishda 10 foizdan koʻp boʻlmagan miqdorda cheklangan rentabellik darajasi (sof foydaning ishlab chiqarish tannarxiga nisbati) belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, 10 foiz rentabellik darajasidan oshmaydigan sof foyda miqdorining hisob-kitobi, quyidagilar uchun zarur boʻlgan mablagʻlar hajmidan kelib chiqib, aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa manbalar mavjudligini hisobga olgan holda kreditlar, qarzlar va lizing boʻyicha asosiy qarzni qaytarish uchun. Bunda keyingi hisobot davrlarida muayyan kredit toʻliq qaytarilgandan keyin sof foyda miqdoriga tuzatish kiritilishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqlangan manzilli roʻyxatlarga (loyiha-smeta hujjatlariga) muvofiq kapital qoʻyilmalarni, kreditlar, amortizatsiya ajratmalari va ushbu kapital qoʻyilmalarni moliyalashtirish uchun boshqa manbalardan foydalanishni hisobga olgan holda moliyalashtirish uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dividendlar toʻlovi uchun. Bunda tashkilotning muassislari (qatnashchilari, aksiyadorlari, aʼzolari)ga toʻlanadigan va ushbu tovarga toʻgʻri keladigan dividendlarning yillik summasi tashkilot ustav fondi (kapitali) summasini Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasiga koʻpaytmasidan ortiq boʻlmagan miqdorda qabul qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan shartlarni bajarish uchun.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Agar oldingi hisobot davrida tashkilot texnologiya jarayonlarini takomillashtirish va zamonaviy resurslarni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish hisobiga yoqilgʻi-energetika resurslari, xom ashyo va materiallarni tejashga erishgan boʻlsa, tartibga solinadigan narxlarni (tariflarni) navbatdagi qayta koʻrib chiqishda tejalgan mablagʻlarning 50 foizgacha boʻlgan summasi sof foyda tarkibida hisobga olinadi, yoqilgʻi-energetika resurslari, xom ashyo va materiallarga xarajatlar esa zamonaviy resurslarni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish natijasida qoʻllaniladigan aniqlashtirilgan xarajatlar normasi hisobga olingan holda qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Kommunal xizmatlarga narxlar va tariflarni tasdiqlash yoki keyinchalik qayta koʻrib chiqishda narxlar va tariflar oʻsishining 10 foizi, ushbu kommunal xizmatlar yetkazib beruvchi tashkilotlarning oʻz daromadlari hisobidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 313 va 317-moddalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 24-dekabrdagi PQ-1449-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qarorining 22 va 24-ilovalariga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 52-son, 513-modda) muvofiq kommunal xoʻjalik tizimining issiqlik, suv taʼminoti tashkilotlarini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasiga, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi taʼlim muassasalarini rekonstruksiya va mukammal taʼmirlash jamgʻarmasiga majburiy ajratmalari soliq solinadigan bazasi etib, qoʻshimcha qiymat va xarid qiymati tegishlicha issiqlik taʼminoti tashkilotlari uchun —issiqlik energiyasi va suv taʼminoti tashkilotlari uchun — suv xarajatlarini hisobga olmagan holda sotish hajmi hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Vodoprovod-kanalizatsiya va issiqlik taʼminoti tashkilotlari koʻrsatayotgan kommunal xizmatlariga tariflarning hisob-kitobi
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Suv taʼminoti va kanalizatsiya xizmati
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Kommunal xizmatlar xarajatlarini kalkulyatsiyalashda ishlab chiqarish va xizmatlarni bevosita isteʼmolchiga sotishdan iborat boʻlgan ishlarning butun texnologik sikli hisobga olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, suv taʼminoti xizmatlari tannarxiga suv olish inshootlari, nasos stansiyalari, tozalash inshootlari, muhandislik tarmoqlariga xizmat koʻrsatish va ularni taʼmirlash boʻyicha xarajatlar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Vodoprovod-kanalizatsiya xoʻjaligi boʻyicha tariflarning hisob-kitoblari vodoprovod xizmati va kanalizatsiya xizmati boʻyicha alohida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Xarajatlarni prognoz kalkulyatsiyalashda yoʻqotishlardan xarajatlar qonunchilik bilan belgilangan meʼyorlar chegarasida nazarda tutiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv taʼminoti tashkilotining moddiy xarajatlari koʻtarilgan suv hajmi hamda 1 kub. m suvni tozalash uchun tasdiqlangan meʼyoriy reagentlar (xlor, kogulyant va boshqa materiallar) xarajatidan kelib chiqib aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quvvatli va yoritish energiyasi xarajatlari artezian va daryo vodoprovodi boʻyicha chiqarilgan suv hajmiga muvofiq elektr energiyasining taqqoslama meʼyorlari, energiya uskunasining belgilangan quvvati va belgilangan quvvatning 1 kVt/soat va 1 kVt uchun amaldagi tariflar bilan hisoblab chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Kanalizatsiya tashkilotlarida moddiy xarajatlar (xlor, xlorli ohak va suv havzalariga oqizib yuborishdan oldin zararsizlantirish uchun ishlatiladigan boshqa materiallar) oqindi suvning chiqarilgan va tozalangan hajmidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Ushbu xarajatlar miqdori tozalangan oqova suv miqdorini materiallar xarajatining qabul qilingan taqqoslama meʼyorlariga va materiallar qiymatiga koʻpaytirish yoʻli bilan aniqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Bir tashkilot tomonidan suv taʼminoti va kanalizatsiya xizmati koʻrsatilganda suv taʼminoti va kanalizatsiya xizmatlari kalkulyatsiyasi alohida tuziladi, bunda bilvosita moddiy xarajatlar, ishlab chiqarish xususiyatiga ega ustama xarajatlar, bilvosita mehnat xarajatlari, davr xarajatlari va moliyaviy faoliyat boʻyicha xarajatlar ushbu xizmatlar turlari boʻyicha ishlab chiqarish xodimlarining asosiy ish haqiga mutanosib taqsimlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oʻrtacha iqtisodiy asoslangan tarifning miqdorini hisoblash uchun, xizmatlarning barcha isteʼmolchilarini hisobga olgan holda berilgan suv (ajratilgan oqim suyuqlik) hajmlari boʻyicha vodoprovod kanalizatsiya tashkilotining daromadlarini aniqlash zarur, mazkur tarmoqni yaqin davr (yil)da rivojlantirish istiqbolini hisobga olgan holda aniq hisobot davri (yil) uchun xizmatlarning ishlab chiqarish tannarxi va tashqi omillar (energiya resurslari, materiallar narxlari, tashish tariflari, tarif stavkalari va lavozim maoshlarining oʻzgarishi)ning taxminiy taʼsiri hamda zaruriy foyda summasidan hosil boʻladi. Oʻrtacha iqtisodiy asoslangan tarif miqdori quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻr. tarif = S + Fz (soʻm), bu yerda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻr. tarif — 1 kub. m suv (1 kub. m oqindi) ga oʻrtacha iqtisodiy asoslangan tarif;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
S — 1 kub. m suv (1 kub. m oqindi) ning ishlab chiqarish tannarxi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fz — vodoprovod-kanalizatsiya tashkilotlarining rentabelli ishini taʼminlovchi 1 kub. m suv (1 kub. m oqova suv) hisob-kitobiga zaruriy foyda (davr xarajatlari, moliyaviy faoliyat boʻyicha xarajatlar, foydadan soliq va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha xarajatlar hamda sof foyda summasi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarifni shakllantirishda sof foyda summasi va rentabellik darajasini hisoblash mazkur Nizomning 6-bandiga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Tarif loyihasida sof foyda boʻyicha rentabellikning hisob-kitob qiymati nazarda tutiladi. Agarda rentabellikning hisob-kitob qiymati 10 foizdan oshsa, unda tarif hisob-kitobiga 10 foiz miqdoridagi rentabellik kiritiladi hamda prognozlashtirilayotgan xarajatlar va foydaga tuzatishlar kiritiladi
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Suv taʼminoti va kanalizatsiya xizmatlari tariflarini tasdiqlash yoki keyinchalik qayta koʻrib chiqishda oshishining 10 foizi vodoprovod-kanalizatsiya xoʻjaligining daromadlari hisobidan qoplanadi. Ushbu maqsadlarda tashkilotlar tomonidan yoʻqotish va xarajatlarni qisqartirishga, resurslarni tejovchi texnologiyalar joriy qilishga, boshqaruv tuzilmasi va maʼmuriy-boshqaruv xodimlari sonini takomillashtirish va boshqa choralarga yoʻnaltirilgan aniq chora-tadbirlarni tashkil etish yoʻli bilan qoʻshimcha daromadlar olish yoki xarajatlarni kamaytirishning ichki zaxiralari qidirib topiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, texnologiya jarayonlarini takomillashtirish va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish yoʻli bilan yoqilgʻi-energetika resurslari, xom ashyo va materiallarni tejash natijasida tashkilot tomonidan olingan qoʻshimcha foyda olib qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tariflarni qayta koʻrib chiqishda resurslarni tejovchi zamonaviy texnologiyani joriy qilish natijasida olinadigan 50 foizgacha tejalgan mablagʻlar sof foyda tarkibida hisobga olinadi, yoqilgʻi-energetika resurslari, xom ashyo va materiallar xarajatlari aniqlangan meʼyoriy xarajatlarni hisobga olgan holda qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Suv taʼminoti va kanalizatsiya xizmatlariga haq toʻlash summasi uy-joy fondining obodonlashtirilganligi darajasiga qarab Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilangan suv (kanalizatsiya) isteʼmoli meʼyorlari hamda aholi uchun tariflardan kelib chiqqan holda bir oyda 1 kishiga hisoblab chiqariladi, hisoblagich asbob-uskunalari boʻlganda esa, toʻlov ularning koʻrsatkichlari boʻyicha amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Issiqlik taʼminoti xizmati (ishlab chiqarish va transportirovka qilish)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Issiqlik energiyasini ishlab chiqarish va transportirovka qilish xarajatlari tarkibiga issiqlik energiyasini ishlab chiqish hamda issiqlik tarmoqlariga xizmat koʻrsatish boʻyicha xarajatlar, abonentlarning ulanish joylari, harorat, bosimni va suv sarfini muvofiqlashtiruvchi avtomat qurilmalar ishlashini nazorat qilish xarajatlari kiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Ulgurji isteʼmolchilar uchun issiqlik taʼminoti xizmatlari uchun tariflarni hisoblash uchun, issiqlik taʼminoti tashkilotlarning yetkazib berilgan issiqlik energiyasi hajmi xizmatning barcha isteʼmolchilarini hisobga olgan holda daromadlarini aniqlash zarur. Bunda daromadlar aniq davr (yil) ushbu tarmoqni yaqin davrlar (yil) da rivojlanish istiqboli hamda koʻzda tutilayotgan tashqi omillar (energiya resurslari, materiallar narxlari, tashish tariflari, tarif stavkalari va lavozim maoshlarining oʻzgarishi) ning taʼsiri isitish mavsumining meʼyoriy davomiylik muddatini (S), zaruriy foydani (Fz) hisobga olgan holda amalga oshiriladi (mazkur Nizomning 15-bandidagi formulaga muvofiq).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Issiqlik taʼminoti xizmatlariga tariflarni shakllantirishda qozonxona uskunalari va issiqlik tarmoqlarini mukammal taʼmirlashni oʻtkazishga davlat budjeti (davlat subsidiyalari) hisobidan ajratilgan mablagʻlar issiqlik taʼminoti tashkilotlari xarajatlaridan chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 129-moddasiga muvofiq Davlat subsidiyasidan daromadlar soliq solishda jami daromadga kiritilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qozonxona uskunalari va issiqlik tarmoqlarini mukammal taʼmirlashni oʻtkazish xarajatlar, amortizatsiya ajratmalari, budjet hisobidan ajratiladigan mablagʻlar va moliyalashtirishning boshqa manbalarini hisobga olgan holda, manzilli roʻyxatlarga muvofiq belgilangan moliyaviy mablagʻlarning yetishmaydigan qismiga tariflarni shakllantirishda xarajatlar tarkibida hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Issiqlik taʼminoti xizmatlari birligiga tariflarni shakllantirishda bilvosita moddiy xarajatlar, ishlab chiqarish xususiyatiga ega ustama xarajatlar, bilvosita mehnat xarajatlari, davr xarajatlari va moliyaviy faoliyat boʻyicha xarajatlar ishlab chiqarish, xodimlarining asosiy ish haqiga nisbati bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Tarifni shakllantirishda sof foyda summasi va rentabellik darajasi mazkur Nizomning 6-bandiga muvofiq hisoblab chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarif loyihasida sof foyda boʻyicha rentabellik darajasining taxminiy qiymati nazarda tutiladi. Agar rentabellikning taxminiy qiymati 10 foizdan oshsa, tarif hisob-kitobiga 10 foiz miqdoridagi rentabellik kiritiladi hamda prognozlashtirilayotgan xarajatlar va foydaga tuzatishlar kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Issiqlik taʼminoti xizmatlari tariflarini tasdiqlash yoki keyinchalik qayta koʻrib chiqishda oshishining 10 foizi issiqlik taʼminoti tashkilotning daromadlari hisobidan qoplanadi. Ushbu maqsadlarda tashkilotlar tomonidan yoʻqotish va chiqimlarni qisqartirishga, resurslarni tejovchi zamonaviy texnologiyalar joriy qilishga, boshqaruv tuzilmasi va maʼmuriy-boshqaruv xodimlari sonini takomillashtirish va boshqa choralarga yoʻnaltirilgan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish yoʻli bilan qoʻshimcha daromadlar olish yoki xarajatlarni kamaytirishning ichki zaxiralari qidirib topiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, texnologiya jarayonlarini takomillashtirish va resurslarni tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni joriy etish yoʻli bilan yoqilgʻi-energetika resurslari, xom ashyo va materiallarni tejash natijasida tashkilot tomonidan olingan qoʻshimcha foyda olinishi ushbu Nizomning buzilishi hisoblanmaydi va koʻrsatib oʻtilgan foyda olib qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tariflarni qayta koʻrib chiqishda resurslarni tejovchi zamonaviy texnologiyani joriy qilish natijasida olinadigan 50 foizgacha tejalgan mablagʻlar sof foyda tarkibida hisobga olinadi, yoqilgʻi-energetika resurslari, xom ashyo va materiallar xarajatlari aniqlangan meʼyoriy xarajatlarni hisobga olgan holda qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Aholi uchun tariflar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
markaziy isitish xizmatlari boʻyicha bir oyda 1 kv. m isitish maydoniga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiq suv taʼminoti boʻyicha hisoblash asbobi boʻlmaganda bir oyda 1 kishiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faqat issiq suv sarfini hisoblash asbobi boʻlganda 1 kub. m issiq suv uchun;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Aholi uchun markaziy isitish va issiq suv taʼminotiga belgilangan tariflar quyidagilardan kelib chiqqan holda hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1 Gkal issiqlik tannarxi xarajat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ulgurji isteʼmolchilar uchun belgilangan tarif;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilot tomonidan oʻrnatilgan issiqlik energiyasini ishlab chiqish, uzatish uchun yoqilgʻi, elektr energiyasi, issiqlik energiyasi va suv sarflarining meʼyorlarini hamda issiqlik yuklamalarini, shuningdek texnologik yoʻqotishlarni aniqlash tartibi asosida 1 kv. m isitish maydonini isitish va 1 kub. m suvni qizdirish uchun sarflangan taxminiy issiqlik energiyasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-iyuldagi 271-son “Uy-joy-kommunal xizmatlarning oʻz xarajatlarini oʻzi qoplashiga bosqichma-bosqich oʻtish munosabati bilan meʼyoriy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” gi qaroriga binoan aholiga markaziy isitish va issiq suv taʼminoti uchun issiqlik energiyasi meʼyorlari miqdori Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Tariflarni shakllantirishda quyidagilar tannarxni hisobga olishning oʻziga xos xususiyatlari boʻlib hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiqlik taʼminoti tashkilotlari xizmatlarining tannarxi issiqlik tarmoqlarini kuzatish, nazorat qilish, xizmat koʻrsatish va profilaktik taʼmirlash boʻyicha rejalashtirilayotgan tashkiliy va texnik tadbirlariga muvofiq, qozonxona uskunalari va issiqlik tarmoqlarini profilaktik xizmati va taʼmirlashni hisobga olgan holda aniqlanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xarajatlar prognoz kalkulyatsiyalashda issiqlik energiyasidan yoʻqotishlar qonunchilikda belgilangan meʼyorlar chegarasida nazarda tutiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiqlik energiyasi bir vaqtning oʻzida markaziy isitish va issiq suv taʼminotida sotilgan taqdirda, xarajatlar kalkulyatsiya moddalari boʻyicha issiqlik energiyasining markaziy isitish va issiq suv taʼminotidagi mutanosib miqdoriga muvofiq hisoblanishi lozim;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiqlik taʼminoti xizmatlariga moddiy xarajatlar texnik tuzi va uning oʻrnini bosuvchi boshqa materiallar xarajati meʼyorlaridan kelib chiqqan holda 1 kub. issiq suv (issiqlik eltuvchi) va unga belgilangan narx hisob-kitobi boʻyicha belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kuchlanishli tok va yoritish energiyasi xarajatlari elektr energiyasi xarajatining taqqoslama meʼyorlari, energiya uskunasining belgilangan quvvati va belgilangan quvvatning 1 kVt/soat va 1 kVt uchun amaldagi tariflarga muvofiq hisoblab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Aholi uchun issiqlik taʼminoti xizmatlari tariflarni aniqlashning namunaviy hisob-kitobi mazkur Nizomga ilovada keltirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Yakuniy qoida
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi J. ISMAILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 19-yanvar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kommunal xizmatlarga tariflarni shakllantirish va rentabellikning cheklangan darajasini joriy etish boʻyicha nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholi uchun issiqlik taʼminoti xizmatlari tariflarini aniqlashning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY HISOB-KITOBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Markaziy isitishdagi 1 kv. m isitish maydoni uchun bir oyda hisob-kitob boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir oyga 1 kv. m isitish maydoniga markaziy isitishdagi issiqlik energiyasining taqqoslama isteʼmoli — 0,019 Gkal*.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ulgurji tarif (QQS hisobga olinmagan holda) — 18 000 soʻm.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir oyga markaziy isitishdagi 1 kv. m isitish maydoni uchun tarif oʻrtacha 342 soʻmni tashkil qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18 000 soʻm. x 0,019 = 342 soʻm.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Issiq suv taʼminoti uchun hisoblash asbobi boʻlmaganda bir oyda 1 kishiga
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir oyda 1 kishiga issiq suv taʼminotidagi issiqlik energiyasining taqqoslama isteʼmoli — 0,191 Gkal.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ulgurji tarif (QQS hisobga olinmagan holda) — 18 000 soʻm.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir oyda 1 kishiga issiq suv uchun tarif 3 438 soʻmni tashkil qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18 000 soʻm. x 0,191 = 3 438 soʻm.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Hisoblash asbobi boʻlganda aholi uchun 1 kub. m issiq suv uchun
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Barcha isteʼmolchilar uchun 1 Gkal issiqlik energiyasi 18 000 soʻm/Gkal ni (QQS hisobga olinmagan holda) tashkil qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshimcha maʼlumotlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uzatuvchi truboprovoddagi issiq suv harorati — 72,8 gradus S;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uzatuvchi truboprovod izolyatsiyasi orqali issiqlikning meʼyoriy yillik oʻrtacha yoʻqotilishi — 73,94 Gkal/s;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uzatuvchi truboprovoddagi suvning yillik oʻrtacha soatlik xarajati — 33 560,0 kub. m/s (issiqlik manbaidagi xarajat oʻlchagichi maʼlumoti boʻyicha);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiq suv tayyorlash uchun ishlatiladigan chiqarilgan suvning yillik oʻrtacha harorati — 10,8 gradus S.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Atrof-muhitga yoʻqolishi sababli uzatuvchi truboprovoddagi suv haroratining yillik oʻrtacha pasaytirilishi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
106 — Gkal ni Kkal ga oʻtkazish koeffitsiyenti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
103 — kg ga oʻtkazish koeffitsiyenti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholiga beriladigan issiq suvning oʻrtacha harorati:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tgv = 72,8° – 2,2 = 70,6°S.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Issiq suvning tarkibidagi issiqlik quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i = 0,001 (70,6° – 10,8°) = 0,0598 (Gkal/kub. m)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1 kub.m issiq suv uchun tarif:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tgv = 18 000 x 0,0598 = 1 076,4 soʻm/kub. m.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*Markaziy isitish va issiq suv taʼminotidagi issiqlikning taqqoslama isteʼmoli har bir hudud (alohida aholi punkti) uchun Issiqlik energiyasini ishlab chiqish, uzatish uchun yoqilgʻi, elektr energiyasi, issiqlik energiyasi va suv sarflarining meʼyorlarini hamda issiqlik yuklamalarini, shuningdek texnologik yoʻqotishlarni aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 1687, 2007-yil 7-iyun) asosida ishlab chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.