O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining
Qarori
ERKIN ALMAShTIRILADIGAN VALYuTAGA EKSPORT QILIShDA IMTIYOZLAR VA PREFERENSIYALARNI QO‘LLASh MAQSADIDA O‘ZI IShLAB ChIQARGAN TOVARLARNI (IShLARNI, XIZMATLARNI) ANIQLASh QOIDALARINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 16-fevralda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2195]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2018-yil 2-fevraldagi 17 va 2018-07-sonli “Erkin almashtiriladigan valyutaga eksport qilishda imtiyozlar va preferensiyalarni qo‘llash maqsadida o‘zi ishlab chiqargan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) aniqlash qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaror, shuningdek unga o‘zgartirishlar va qo‘shimchani o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 2195-3, 08.02.2018-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 52 (I)-son ), O‘zbekiston Respublikasi “Chet el investitsiyalari to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 91-modda), O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 26-avgustdagi PF-1831-son “Xorijiy sarmoyalari bo‘lgan korxonalar ishlab chiqaradigan mahsulot eksportini rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi, 1997-yil 10-oktabrdagi PF-1871-son “Tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportini rag‘batlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2000-yil 5-iyundagi PF-2613-son “Eksport mahsuloti ishlab chiqaruvchilarni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 174-modda) farmonlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2010-yilgi asosiy Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-1245-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-yil, 52-son, 560-modda), O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 29-iyundagi “Birjadan tashqari valyuta bozorini yanada rivojlantirish va mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 245-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari to‘plami, 2000-y., № 6, 33-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladilar:
1. Erkin almashtiriladigan valyutaga eksport qilishda imtiyozlar va preferensiyalarni qo‘llash maqsadida o‘zi ishlab chiqargan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) aniqlash qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R.S. AZIMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 23-yanvar,
113-son
Davlat soliq qo‘mitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 23-yanvar,
2010-51-son
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2011-yil 23-yanvardagi 113, 2010-51-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Erkin almashtiriladigan valyutaga eksport qilishda imtiyozlar va preferensiyalarni qo‘llash maqsadida o‘zi ishlab chiqargan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) aniqlash
QOIDALARI
Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 32-moddasiga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 52 (I)-son ), O‘zbekiston Respublikasi “Chet el investitsiyalari to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 91-modda) 12-moddasiga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 26-avgustdagi PF-1831-son “Xorijiy sarmoyalari bo‘lgan korxonalar ishlab chiqaradigan mahsulot eksportini rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi, 1997-yil 10-oktabrdagi PF-1871-son “Tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportini rag‘batlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2000-yil 5-iyundagi PF-2613-son “Eksport mahsuloti ishlab chiqaruvchilarni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 174-modda) farmonlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2010-yilgi asosiy Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-1245-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-yil, 52-son, 560-modda), O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 29-iyundagi “Birjadan tashqari valyuta bozorini yanada rivojlantirish va mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 245-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari to‘plami, 2000-y., № 6, 33-modda) muvofiq, o‘zi ishlab chiqargan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) erkin almashtiriladigan valyutaga eksport qilishda qonun hujjatlarida belgilangan imtiyozlar va preferensiyalarni qo‘llash uchun o‘zi ishlab chiqargan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) aniqlash qoidalarini belgilaydi.
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
tovarlarni eksport qilish — O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududidan tovarlarni, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, qayta olib kirish majburiyatisiz olib chiqish;
ishlarni (xizmatlarni) eksport qilish — ishlarni bajarish (xizmatlar ko‘rsatish) joyidan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasining yuridik yoki jismoniy shaxsi tomonidan chet davlatning yuridik yoki jismoniy shaxsi uchun ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish.
2. Tovarlarning eksport qilinganligini tasdiqlovchi hujjatlar quyidagilardir:
kontrakt (kontraktning belgilangan tartibda tasdiqlangan ko‘chirma nusxasi);
tovarlarni eksport qilish rejimiga chiqarishni amalga oshiruvchi bojxona organining belgi qo‘yilgan bojxona yuk deklaratsiyasi;
O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududidan o‘tkazish punktida joylashgan bojxona organining tovarlar tayin etilgan mamlakatga jo‘natilganligini tasdiqlovchi qayd belgisi qo‘yilgan tovarga ilova qilinadigan hujjatlar.
3. Ishlar va xizmatlar eksport qilinganligi fakti hisobvaraq-faktura yoxud belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan bajarilgan ishlar dalolatnomasi bilan tasdiqlanadi.
4. Tovarlar eksportga vositachi (ishonchli vakil) orqali vositachilik (topshiriq) shartnomasi bo‘yicha realizatsiya qilinganda eksportni tasdiqlash uchun komitent (topshiriq beruvchi) tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
soliq to‘lovchi bilan vositachi yoki ishonchli vakil o‘rtasidagi vositachilik shartnomasi yoki topshiriq shartnomasi (shartnomaning ko‘chirma nusxasi);
soliq to‘lovchining topshirig‘iga ko‘ra (vositachilik shartnomasi yoki topshiriq shartnomasiga muvofiq) eksportga tovarlar yetkazib berishni amalga oshirayotgan shaxsning tovarlarni O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga yetkazib berish uchun chet ellik shaxs bilan tuzilgan kontrakti (kontraktning belgilangan tartibda tasdiqlangan ko‘chirma nusxasi);
tovarlarni eksport rejimiga chiqarishni amalga oshiruvchi bojxona organining belgisi qo‘yilgan bojxona yuk deklaratsiyasining ko‘chirma nusxasi.
5. O‘zi ishlab chiqargan tovar deganda, agar ushbu bandning ikkinchi—to‘rtinchi xatboshilarida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, korxona o‘zi tomonidan ishlab chiqarish texnologik jarayonini hisobga olgan holda, o‘ziga tegishli bo‘lgan yoki jalb etilgan ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanib ishlab chiqarilgan yoki qayta ishlangan mahsulot (jumladan yarim tayyor mahsulot) tushuniladi.
Mahsulot, korxonaning o‘zi ishlab chiqargan tovar hisoblanadigan va ushbu korxona tomonidan qayta ishlash uchun berilgan xomashyodan ishlab chiqarilgan hollarda, o‘zi ishlab chiqargan tovar deb:
xomashyo mulkdori uchun — qayta ishlash natijasidan keyin olingan mahsulot, qayta ishlash xizmatlari uchun qayta ishlangan mahsulotning bir qismi bilan haq to‘lash hollarida esa, mahsulotning qayta ishlaganlik uchun haq sifatida qayta ishlovchi korxona tasarrufida qoladigan qismi chegirib tashlangan holdagi mahsulot;
qayta ishlovchi korxona uchun — qayta ishlash xizmatlari uchun haq sifatida uning tasarrufida qoladigan mahsulot hisoblanadi.
O‘zi ishlab chiqargan ish (xizmat) deganda korxona tomonidan o‘z kuchi bilan bajarilgan (ko‘rsatilgan) ish (xizmat) tushuniladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2011-yil 28-dekabrdagi 86, 2011-44-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2195-1, 26.01.2012-y.) tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 3-4-son, 38-modda)
Turistik tashkilotlar uchun o‘zi ishlab chiqargan xizmat deganda, tur doirasida transport xizmati ko‘rsatish, yashash, ovqatlantirish, ekskursiya xizmati ko‘rsatish, madaniy, sport dasturlarini tashkil etish va boshqa xizmatlarni ko‘rsatishni o‘z ichiga oluvchi turistik xizmatlar majmui (yoki uning qismi) tushuniladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2016-yil 16-martdagi 14, 2016-07-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2195-2, 07.04.2016-y.) asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2016-y., 14-son, 137-modda)
6. Quyidagilar ishlab chiqarish texnologik jarayoni bo‘lib hisoblanmaydi:
saqlash yoki transportda tashish vaqtida tovarlarning saqlanishini ta’minlash bo‘yicha operatsiyalar;
tovarlarni sotish va transportda tashishga tayyorlash bo‘yicha operatsiyalar (tovar turkumini maydalash, tovarlarni jo‘natishni tashkil qilish, saralash, qaytadan o‘rash, qadoqlash).
II. Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) o‘zi ishlab chiqargan mahsulot toifasiga mansubligi faktini tasdiqlash
7. Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) o‘zi ishlab chiqargan mahsulot toifasiga mansubligi faktini tasdig‘i bo‘lib, korxona tomonidan Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimida elektron raqamli imzodan foydalangan holda qo‘yilgan belgi hisoblanadi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2016-yil 16-martdagi 14, 2016-07-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2195-2, 07.04.2016-y.) tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 14-son, 137-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2016-yil 16-martdagi 14, 2016-07-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2195-2, 07.04.2016-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2016-y., 14-son, 137-modda)
III. Yakunlovchi qoidalar
9. Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga kiritilgan ma’lumotlarning ishonchliligi uchun korxona javobgardir.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2016-yil 16-martdagi 14, 2016-07-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2195-2, 07.04.2016-y.) tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 14-son, 137-modda)
10. Ushbu Qoidalarning 2, 3 va 4-bandlarida ko‘rsatilgan hujjatlar belgilangan tartibda o‘tkazilayotgan tekshiruv paytida davlat soliq xizmati organlarining talablariga ko‘ra taqdim etiladi.
11. Ushbu Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan kelishilgan.
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri E. G‘ANIYEV
2010-yil 25-dekabr
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2016-yil 16-martdagi 14, 2016-07-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2195-2, 07.04.2016-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2016-y., 14-son, 137-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 7-8-son, 72-modda; 2012-y., 3-4-son, 38-modda; 2016-y., 14-son, 137-modda)