29.12.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2174
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizligi xizmatining, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining qarori, 29.12.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2174
Кучга кириш санаси
08.01.2011
Hujjat 08.01.2011 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy Xavfsizligi xizmati
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SURISHTIRUV, DASTLABKI TERGOV VA SUD MUHOKAMASI DAVOMIDA ASHYOVIY DALILLAR, MODDIY QIMMATLIKLAR VA BOSHQA MOL-MULKNI OLIB QOʻYISH (QABUL QILISH), HISOBGA OLISH, SAQLASH, BERISH, SOTISH, QAYTARISH, YOʻQ QILIB TASHLASH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI YOʻRIQNOMANI TASDIQLASH HAQIDA
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 29-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2174]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 15-iyuldagi 200-sonli “Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni olib qoʻyish, sotish yoki yoʻq qilib tashlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Oliy sudi, Milliy xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasi davomida ashyoviy dalillar, moddiy qimmatliklar va boshqa mol-mulkni olib qoʻyish (qabul qilish), hisobga olish, saqlash, berish, sotish, qaytarish, yoʻq qilib tashlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Oliy sudi, Milliy xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Mudofaa vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2006-yil 8-avgustdagi 63, KGB-176-06, 3/2161, 9, 19, 12, 01-02/22-19-son “Tergov, surishtiruv va sud davomida jinoyat ishlari va materiallari boʻyicha olib qoʻyilayotgan ashyoviy dalillar va moddiy boyliklarni olib qoʻyish, hisobga olish, saqlash, berish va yoʻq qilib tashlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1616, 2006-yil 23-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 34-35-son, 350-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtgan kundan boshlab 10 kundan soʻng kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh prokuror R. QODIROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 22-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-q/q-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy sud raisi B. MUSTAFOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 22-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Q-87-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy xavfsizlik xizmati raisi R. INOYATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 22-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
100-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 22-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Adliya vaziri R. MUHITDINOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 22-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mudofaa vaziri K. BERDIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 22-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi S. NOSIROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 22-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
01-02/22-22-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 22-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-41-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Oliy sudi, Milliy xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasining 2010-yil 22-oktabrdagi 14-q/q, Q-87, 100, 17, 16, 7, 01-02/22-22, 2010-41-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasi davomida ashyoviy dalillar, moddiy qimmatliklar va boshqa mol-mulkni olib qoʻyish (qabul qilish), hisobga olish, saqlash, berish, sotish, qaytarish, yoʻq qilib tashlash tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YOʻRIQNOMA
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi (keyingi oʻrinlarda JPK deb yuritiladi), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 15-iyuldagi 200-sonli “Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni olib qoʻyish, sotish yoki yoʻq qilib tashlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori bilan tasdiqlangan Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni olib qoʻyish, sotish yoki yoʻq qilib tashlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 29-son, 335-modda) (keyingi oʻrinlarda Nizom deb yuritiladi) va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasi davomida ashyoviy dalillar, moddiy qimmatliklar va boshqa mol-mulkni olib qoʻyish (qabul qilish), hisobga olish, saqlash, berish, sotish, qaytarish va yoʻq qilib tashlash tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Jinoiy ishlar boʻyicha surishtiruv, dastlabki va sud tergovi davomida surishtiruvchi, tergovchi va sud quyidagilarni olib qoʻyishga haqli:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ashyoviy dalil sifatida ahamiyatga ega boʻlgan, muayyan xususiyatlari, belgilari, izlari mavjud narsa, hujjat va boshqa yozuvlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud tomonidan fuqaroviy daʼvoni taʼminlash maqsadida undiruv qaratilishi mumkin boʻlgan milliy va chet el valyuta hamda boshqa qimmatliklar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muomaladan chiqarilgan yoki muomalasi cheklangan narsalar (keyingi oʻrinlarda “muomaladan chiqarilgan” deb yuritiladi) — agarda egasida ularni sotib olish, saqlash, foydalanish uchun tegishli ruxsatnoma boʻlmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar — agar unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi yoki ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq jazo qoʻllanilgan holda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat mukofotlari va ularga tegishli hujjatlar — ularning kimga tegishliligi aniqlanmagan boʻlsa yoki ularning egasiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi yoki ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq jazo qoʻllanilganligi sababli ularning saqlanishini taʼminlash imkoniyati boʻlmasa, shuningdek sud tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga mahkumni davlat mukofotlaridan mahrum qilish toʻgʻrisida taqdimnoma bilan murojaat etilgan hollarda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Surishtiruvchi, tergovchi va sud mazkur Yoʻriqnomaning 1-bandida koʻrsatilgan narsa va hujjatlarni JPK 198, 200 va 201-moddalariga muvofiq ularning talabiga asosan yoki ushbu narsa va hujjatlarning egasi boʻlmish shaxslar tashabbusi bilan taqdim etilgan holda, agarda ular ish uchun ahamiyatli boʻlsa yoki kelgusida ahamiyatga ega boʻlishi mumkin boʻlsa, ularni qabul qilishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surishtiruvchi, tergovchi va sud gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi yoki ularni vakilining arizasiga asosan fuqaroviy daʼvoni taʼminlash maqsadida yoxud garov tariqasida pul mablagʻlari va tovar-moddiy qimmatliklarni ham qabul qilib oladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Narsalar, hujjatlar, moddiy qimmatliklar va boshqa mol-mulkni olib qoʻyish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Narsa, hujjat, moddiy qimmatliklar va boshqa mol-mulkni (keyingi oʻrinlarda “narsalar” deb yuritiladi) olib qoʻyish, taqdim qilish JPK 16, 20 va 24-boblarida nazarda tutilgan qoidalarga rioya qilgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. JPKning 206-moddasiga muvofiq, olib qoʻyilayotgan yoki taqdim qilinayotgan narsalar ishga taalluqliligi toʻgʻrisida xulosa chiqarishga asos boʻladigan, shuningdek ularni boshqa narsalardan farqlovchi belgilarini aniqlash maqsadida JPK 135 — 137, 139 va 140-moddalarida belgilangan qoidalar asosida darhol koʻzdan kechiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzi bilan muomala qilish uchun muayyan mahoratga ega boʻlishini, oʻz sifat tavsiflari, individual xususiyatlarining aniq qayd etilishini va qiymatining aniqlanishini talab etuvchi narsalarni olib qoʻyish yoxud qabul qilish tegishli mutaxassislar ishtirokida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ashyoviy dalil sifatida ahamiyatga ega boʻlgan yoki muomaladan chiqarilgan narsalar olib qoʻyilganida yoxud taqdim qilinganida, surishtiruvchi, tergovchi, sud narsalar olib qoʻyilayotgan yoki qabul qilinayotgan shaxsni, ularning topilishi, qoʻlga kiritilishi va saqlanish vaqti, joyi va boshqa holatlari toʻgʻrisida soʻroq qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish holatlaridan kelib chiqqan holda, agarda narsani butunligicha olib qoʻyish imkoni boʻlmasa, surishtiruvchi, tergovchi, sud, ushbu narsaning ishga bogʻliq boʻlgan izlar (mikroizlar) joylashgan yoki joylashishi mumkin boʻlgan qismini olib qoʻyish yoki qabul qilishga haqli. Bunda, narsaning shikastlanishiga yoʻl qoʻymaslik, agarda buning imkoni boʻlmasa — narsaning yaxlitligini buzish asosi batafsil bayon etilishi zarur.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish uchun ahamiyatli boʻlmagan yoki muomaladan chiqarilmagan narsalar taqdim qilingan hollarda, surishtiruvchi, tergovchi, sud, ularni koʻzdan kechirib boʻlganidan keyin egalariga darhol qaytarib beradi. Narsani qabul qilib olgan shaxsdan bu haqda tilxat olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. JPK 90 — 92, 141, 163, 202-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq narsalarning olib qoʻyilganligi, taqdim etilganligi toʻgʻrisida surishtiruvchi, tergovchi bayonnoma tuzadi, sud esa sud majlisining bayonnomasiga yozib qoʻyadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻp sonli narsalarni olib qoʻyish yoki taqdim qilishda ular toʻgʻrisidagi barcha maʼlumotlarni bayonnomada aks ettirish imkoniyati boʻlmasa, majburiy tarzda ularning roʻyxati tuzilib, bayonnomaga ilova qilinadi va uning ajralmas qismi hisoblanadi. Bayonnomada yoki unga ilova qilinayotgan roʻyxatda olib qoʻyilgan, taqdim qilingan hujjatlarning turi va rekvizitlari, narsalarning turi, miqdori, tipi, markasi, modeli, kalibri, seriyasi, raqami va boshqa identifikatsion xususiyatlari toʻgʻrisidagi aniq maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar olib qoʻyilayotgan yoki taqdim qilinayotgan narsalar roʻyxatini, ularning miqdori koʻpligi sababli, shu joyning oʻzidayoq tuzish imkoniyati boʻlmasa, ular oʻramga solinib muhrlanadi va narsalari olib qoʻyilgan yoki qabul qilingan shaxs, xolislar, surishtiruvchi, tergovchi, sudya tomonidan yozuvlar va imzolar bilan tasdiqlangan yorliqlar bilan taʼminlanadi. Bunday holatlarda, olib qoʻyilayotgan, taqdim etilayotgan narsalarning roʻyxati surishtiruv, tergov yoki sud muhokamasi oʻtkazilayotgan joyda xolislar ishtirokida tuziladi va bu haqda bayonnomada narsalar solingan oʻramdagi muhrlar va imzolar butunligi koʻrsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Zarur hollarda narsalarni olib qoʻyish, taqdim qilish chogʻida fotosuratga yoki videoyozuvga tushiriladi. Bunda, fotosuratlar, videoyozuv bayonnomaga ilova qilinadi va tergov yoki sud harakatining nomlanishi, sanasi, joyini izohlovchi yozuvlar bilan rasmiylashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Basharti, olib qoʻyilayotgan, taqdim etilayotgan narsaning qiymati eng kam oylik ish haqining ikki yuz baravariga teng yoki undan koʻp boʻlsa, olib qoʻyilayotgan yoki taqdim etilayotgan narsalarning har biri alohida fotosuratga (imkoni boʻlsa, video suratga ham) olinishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Har bir olib qoʻyilgan, taqdim etilgan narsa xolislarga va tergov yoki sud harakatining amalga oshirilishida ishtirok etayotgan shaxslarga taqdim etiladi, uning shikastlanishiga yoʻl qoʻymaydigan va undagi izlarning (mikroizlar) butunligini taʼminlaydigan oʻramga joylashtiriladi (fuqaroviy daʼvoni taʼminlash uchun yoki garov tariqasida taqdim etilayotgan pul yoki boshqa mol-mulk, katta hajmli narsalar, katta ogʻirlikdagi yoki hajmdagi moddalardan tashqari) va narsasi olib qoʻyilgan yoxud qabul qilingan shaxs, xolislar, tergovchi, sudyaning imzolari va tasdiqlovchi yozuvlari boʻlgan yorliq bilan taʼminlanadi, tegishli organ muhri bilan muhrlanib, bu haqda bayonnomaga tegishli yozuv kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Bayonnoma narsani olib qoʻygan yoxud qabul qilgan shaxs, xolislar, mutaxassislar (agar ular tergov yoki sud harakati amalga oshirilishida qatnashgan boʻlsalar), shuningdek narsasi olib qoʻyilgan yoki qabul qilingan shaxs, agarda u yoʻq boʻlsa, uning voyaga yetgan oila aʼzosi yoki tegishli mahalliy davlat hokimiyati organi yoxud fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi vakili tomonidan imzolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bayonnoma nusxasi (sud majlisi bayonnomasidan koʻchirma) quyidagilarga beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tilxat orqali narsasi olib qoʻyilgan yoki qabul qilingan shaxsga, agar u yoʻq boʻlsa — uning voyaga yetgan oila aʼzosiga yoxud tegishli mahalliy davlat hokimiyati organi yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi vakiliga;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olib qoʻyilgan, taqdim etilgan narsalar saqlanishi uchun javobgar shaxsga (narsa saqlash uchun surishtiruv, dastlabki tergov, sud organida maxsus ajratilgan xonaga yoxud korxona, muassasa, tashkilotga topshirilganda);
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
surishtiruv yoki dastlabki tergov olib borayotgan organ, sudning buxgalteriya hisobi boʻlimiga (depozit hisobiga pul topshirilganda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ishga aloqador olib qoʻyilgan, taqdim etilgan narsalar JPK 207-moddasida belgilangan tartibda ashyoviy dalil deb eʼtirof etilishi va ishga qoʻshib qoʻyilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Davlat daromadiga oʻtkazilishi yoxud yoʻq qilib tashlanishi lozim boʻlgan olib qoʻyilgan yoki taqdim etilgan narsalarni isteʼmol, foydalanish, qayta ishlash uchun yaroqliligini ekspertizadan oʻtkazish va baholash Nizomning II boʻlimi talablariga asosan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Ashyoviy dalillar va boshqa narsalarni saqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. JPK 207-moddasiga muvofiq ashyoviy dalilni ishda qoldirish yoki uni saqlash uchun topshirish masalasi narsani ashyoviy dalil deb eʼtirof etish va jinoyat ishiga qoʻshish toʻgʻrisidagi surishtiruvchi, tergovchining qarori, sudning ajrimiga asosan hal etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaroviy daʼvoni taʼminlash uchun yoxud garov tariqasida olib qoʻyilgan yoki qabul qilingan pullarni surishtiruv, dastlabki tergov organi yoki sudning depozit hisob raqamiga topshirish masalasi, pullar olib qoʻyilishi, qabul qilinishi bilanoq alohida qaror (ajrim) chiqarish orqali hal etilishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaroviy daʼvoni taʼminlash uchun yoki garov tariqasida olib qoʻyilgan, qabul qilingan narsalarni saqlash uchun topshirish masalasi ham shunday tartibda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ashyoviy dalillar jinoyat ishi bilan saqlanadi, agar buning imkoniyati boʻlmasa (juda katta boʻlsa yoki boshqa sabablarga koʻra) saqlashga topshiriladi va bu haqda ikki nusxada bayonnoma tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ashyoviy dalillarni saqlash uchun surishtiruv, dastlabki tergov organlari va sudlarda stellajlari, metall eshigi, panjara qilingan derazalari, qoʻriqlash va yongʻinga qarshi signalizatsiyasi boʻlgan maxsus xonalar jihozlanadi yoki yetarli kattalikdagi maxsus seyf ajratiladi (keyingi oʻrinlarda “saqlash xonasi” deb yuritiladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agarda, narsa oʻzining alohida xususiyatlari yoki sifatlari sababli maxsus saqlash sharoitlarida saqlanishi lozim boʻlsa (maʼlum harorat, namlik va h. k.), surishtiruvchi, tergovchi, sud uni shu sharoitlariga ega muassasa yoki tashkilotga saqlash uchun topshiradi. Olingan (qabul qilingan) narsalar Nizomning 5-bandi ikkinchi xatboshida nazarda tutilgan tartibda (olib qoʻyilgan mol-mulk saqlash uchun savdo tashkilotlariga beriladi) ham saqlanishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ashyoviy dalillar saqlash uchun, qoida tariqasida, oʻramga solingan, muhrlangan koʻrinishda, oʻram ichidagi narsalar roʻyxati bilan birgalikda qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ashyoviy dalillar va boshqa narsalarni saqlashda olib qoʻyilgan, qabul qilingan obyektlar, ularning belgilari va xususiyatlari, shuningdek ulardagi mavjud izlarning butligini taʼminlovchi chora-tadbirlar koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Jinoyat ishi bilan saqlanayotgan ashyoviy dalillarning butligi uchun jinoyat ishi ish yurituvida boʻlgan shaxs, sudda esa — ish boʻyicha raislik etuvchi yoki sud raisi javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saqlash xonasiga topshirilgan ashyoviy dalillar va boshqa narsalarning butligi uchun surishtiruv, dastlabki tergov organi rahbarining yoki sud raisining buyrugʻiga asosan masʼul etib tayinlangan shaxs javobgar hisoblanadi. Bunda, qoida tariqasida, saqlash uchun masʼul boʻlgan shaxs surishtiruvchi, tergovchi yoki sudya boʻlmasligi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muassasa yoki tashkilotga saqlash uchun topshirilgan ashyoviy dalil va boshqa narsalarning butligi uchun mazkur muassasa yoki tashkilotning rahbari javobgar hisoblanadi, bu haqda unga maʼlum qilinib, tilxat olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Saqlash xonasiga faqat ashyoviy dalillar va boshqa narsalarning saqlanishi uchun javobgar shaxs (keyingi oʻrinlarda javobgar shaxs deb yuritiladi) ishtirokida kirish mumkin. Agar u yoki uning oʻrnini bosuvchi shaxs boʻlmasa, saqlash xonasiga kirish prokurorning, surishtiruv, dastlabki tergov organi rahbarining, prokuratura, Milliy xavfsizlik xizmati (keyingi oʻrinlarda MXX deb yuritiladi), Ichki ishlar vazirligi (keyingi oʻrinlarda IIV deb yuritiladi) organi tergov tarmogʻi boshligʻining, sud raisining (sudyaning) yozma ruxsati va ularning bevosita ishtirokida amalga oshiriladi, ushbu shaxslarda saqlash xonasiga kirish eshigining dublikat kaliti boʻlishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ashyoviy dalillar va boshqa narsalarning saqlanishi uchun javobgar shaxsning ishtirokisiz saqlash xonasi ochilishining har bir holati boʻyicha ochilish sabablari koʻrsatilgan dalolatnoma tuziladi. Dalolatnomada nima munosabati bilan va qaysi ashyoviy dalillar yoki boshqa narsalar saqlash xonasidan olinganligi yoki unga qoʻyilganligi ham koʻrsatiladi. Dalolatnoma, ashyoviy dalillar va boshqa narsalarni hisobga olish kitobiga tegishli yozuvlar kiritilishi uchun, ashyoviy dalillar va boshqa narsalarning saqlanishi uchun javobgar shaxsga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Surishtiruv, dastlabki tergov yoki sud muhokamasi davomida olib qoʻyilgan yoxud taqdim qilingan oʻq otar qurollar, oʻq-dorilar, ekspert-kriminalistika boʻlinmalarida tekshiruvdan oʻtkazilganidan keyin, faqat IIV, MXX organlarida yoki Mudofaa vazirligining harbiy muassasalarida saqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Portlovchi moddalar va portlatish vositalari saqlash uchun harbiy qismlar omborxonalariga yoki tegishli davlat korxonalariga (tashkilotlariga) topshiriladi, zaharlar va kuchli taʼsir qiluvchi moddalar ularni saqlash uchun yetarli shart-sharoitlari boʻlgan tashkilotlar omborxonalariga, ularning rahbariyati (qoʻmondonligi) bilan kelishgan holda va roziligi asosida topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli organ yoki idoraga qarashli qurol-yarogʻlar, oʻq-dorilar, harbiy anjomlar olib qoʻyilgan, taqdim etilgan holatlarda, ular tegishliligi boʻyicha saqlash uchun berilishi lozim, agar bu tergov harakatlari yoki sud muhokamasi oʻtkazilishini qiyinlashtirmasa.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandda koʻrsatilgan narsalar saqlash uchun topshirilgan har bir holatda bayonnoma tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Kesma stvolli oʻq otar qurollarni qoʻllash bilan bogʻliq barcha jinoyatlar boʻyicha surishtiruv, dastlabki tergov organlari va sudlar olib qoʻyish (qabul qilish), koʻzdan kechirish va tegishli tekshirishlar oʻtkazilganidan soʻng, qurol izi boʻlgan oʻqlar, gilzalar va patronlarni, shuningdek kesma stvolli oʻq otar qurolni IIVning pulegilzotekasiga yuborishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kesma stvolli oʻq otar qurolni pulegilzotekada tekshiruvdan oʻtkazish bilan bir vaqtda, u Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV, Toshkent shahar IIBB, viloyatlar IIB va IIV axborot markazlarining yoʻqolgan va aniqlangan qurollarning operativ hisobi boʻyicha ham tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kesma stvolli oʻq otar qurollarni qoʻllash bilan bogʻliq ishlar tamomlangach, koʻrsatilgan qurollar Oʻzbekiston Respublikasi hududida yoʻqolgan va aniqlangan kesma stvolli oʻq otar qurollar boʻyicha yagona maʼlumotlar bankiga hisobga qoʻyilishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Tegishliligi aniqlanmagan va qidiruvi ichki ishlar organlarining tegishli operativ-qidiruv va kriminalistik hisoblari boʻyicha amalga oshirilishi mumkin boʻlgan narsalar aniqlanganida va olib qoʻyilganida (taqdim etilganida), darhol ushbu obyektlarni mazkur hisoblar boʻyicha tekshiruvdan oʻtkazish choralari koʻriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Olib qoʻyilgan (taqdim etilgan) davlat mukofotlari va ularga taalluqli hujjatlar ikki nusxada tuzilgan olib qoʻyish bayonnomasi va narsalar roʻyxati bilan birga olib qoʻyilganidan (taqdim etilganidan) keyin bir sutka muddat ichida surishtiruv yoki tergov oʻtkazayotgan organ buxgalteriyasining kassasiga topshiriladi yoki maxsus aloqa orqali yuboriladi (ularni oʻrganish zarur boʻlgan hollar bundan mustasno). Bayonnomaning ikkinchi nusxasiga kassir mukofotlar va ularga taalluqli hujjatlarni qabul qilganligi haqida imzo qoʻyib beradi va u ishga qoʻshib qoʻyiladi. Ayblov xulosasiga ilova qilinadigan maʼlumotnomada olib qoʻyilgan, taqdim etilgan davlat mukofotlari, ularga taalluqli hujjatlar va ularning saqlanish joyi haqidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar davlat mukofotlari va ularga taalluqli hujjatlar ashyoviy dalil hisoblansa yoki ular boʻyicha ekspertiza tayinlansa, ular zarur tergov va sud harakatlarini amalga oshirish uchun surishtiruv, dastlabki tergov organida, sudda qolishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Jinoyat sodir etish quroli sifatida foydalanilgan va ashyoviy dalil deb eʼtirof etilgan avtomashinalar, mototsikllar va boshqa transport, shu jumladan, suzuvchi vositalarni, shuningdek xatlangan transport vositalari, dastlabki tergov va sud muhokamasi davomida olib qoʻyilgan transport vositalarini almashtirish yoki ekspluatatsiya qilishga imkon bermaslik uchun transport vositasining spidometri, dvigateli, rul boshqaruvi, boshqa qismlari va detallari oldindan muhrlangan va plombalangan holda (agarda ular egasiga, uning qarindoshlariga yoki boshqa shaxslarga, shuningdek tashkilotlarga saqlashga topshirilishi mumkin boʻlmasa) saqlash uchun IIV Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati (keyingi oʻrinlarda DYHXX deb yuritiladi), Bosh prokuratura, IIV va MXXning xoʻjalik boshqarmalariga (boʻlimlariga) topshiriladi va ushbu boshqarma (boʻlim) rahbarlaridan saqlash haqida tilxat olinib, ishga qoʻshib qoʻyiladi. Tilxatda saqlash uchun qabul qilingan transport vositasi butligi uchun shaxsan kim javobgar ekanligi koʻrsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport vositasini olib qoʻyishda, taqdim etishda, shuningdek saqlash uchun topshirishda DYHXX organlari mutaxassislari tomonidan hududiy moliya organi va ixtisoslashtirilgan avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish korxonalari vakillarini jalb qilgan holda hamda imkoni boʻlsa, transport vositasining egasi ishtirokida ushbu transport vositasining texnik holati toʻgʻrisida dalolatnoma tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni olib qoʻyish, taqdim etish, ekspertizadan oʻtkazish, saqlash va boshqa harakatlar qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Surishtiruv yoki dastlabki tergov davomida (ishni tugatish haqida qaror qabul qilingunga qadar) va sud hukmi qonuniy kuchga kirgunga qadar, shu bilan birga tergovoldi tekshiruv oʻtkazilishi davomida (jinoyat ishi qoʻzgʻatishni rad qilish toʻgʻrisida qaror chiqarilgunga qadar) giyohvandlik vositalari muhrlangan holda IIV, MXX organining saqlash xonasida yoki jazoni ijro etish muassasasida yashash va ishlab chiqarish zonalaridan tashqarida joylashgan operativ qismning seyfida saqlanishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Qamoqda saqlanayotgan ayblanuvchilarning (sudlanuvchilarning) pasportlari, tugʻilganlik haqidagi guvohnomalari, ofitser shaxsini tasdiqlovchi guvohnomalari, kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchi guvohnomalari, harbiy guvohnomalar, qayd etish guvohnomalari jinoyat ishiga qoʻshib qoʻyiladi va ishga navbatdagi varagʻi sifatida tikilgan va raqamlangan alohida muhrlangan paketda saqlanadi. Boshqa shaxsiy hujjatlar, shuningdek belgilangan tartibda ashyoviy dalil deb eʼtirof etilmagan narsa va ashyolar, agar ular ish uchun ahamiyatga ega boʻlmasa, egalariga, ularning qarindoshlariga yoki egasi koʻrsatgan boshqa shaxslarga qaytarib beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ozodlikdan mahrum etilgan mahkumlarning shaxsiy hujjatlari jazoni oʻtash joyiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Qimmatbaho metallar (bunday buyumlarning parchalari), qimmatbaho toshlar va durdan yasalgan buyumlar, shuningdek qimmatbaho toshlar, qoʻlda yasalgan zargarlik buyumlari, qimmatbaho metallardan yasalgan tangalar tegishli ekspertizalar oʻtkazilganidan soʻng hamda baholanganidan keyin oʻralgan holatda, roʻyxat asosida saqlash xonasiga yoxud xizmat koʻrsatuvchi bankka yoki Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligiga (keyingi oʻrinlarda Qimmatbaho metallar agentligi deb yuritiladi) saqlash uchun topshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Muomaladan chiqarilgan qimmatbaho metallarning (oltin, kumush, platina va platina guruhiga kiruvchi boshqa metallar) quymalari, choʻkindilari (shlix), yombi, xomaki mahsulot shaklidagi, ishlab chiqarish yoki laboratoriyada foydalanishga moʻljallangan, shuningdek olmoslar yoki boshqa tabiiy qimmatbaho toshlar tegishli oʻrganishlardan soʻng, agarda ular ashyoviy dalil hisoblanmasa va keyinchalik maxsus oʻrganilishi lozim boʻlmasa, Qimmatbaho metallar agentligiga topshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Fuqarolardan olib qoʻyilgan (qabul qilingan) milliy va chet el valyutasidagi pul summalari, davlat zayom obligatsiyalari, pul-buyum lotereya biletlari, omonat daftarchalari, depozit sertifikatlari, akkreditivlari, cheklari va chek daftarchalari, depo hisobvaragʻidan koʻchirmalar (depozitariy tomonidan beriladigan deponentning qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarini tasdiqlaydigan hujjat) hukm qonuniy kuchga kirgunga qadar quyidagi tartibda saqlanadi (agarda ular ashyoviy dalil deb hisoblanmasa va maxsus tekshiruvdan oʻtkazish lozim boʻlmasa):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy yoki chet el valyutasidagi naqd pul mablagʻlari tegishli organga xizmat koʻrsatuvchi bankda milliy yoki chet el valyutasida ochilgan ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻiga kiritib qoʻyiladi yoki Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, inkassatsiya va qimmatliklarni tashishga doir Yoʻriqnomada (roʻyxat raqami 1831, 2008-yil 27-iyun) belgilangan tartibda saqlash uchun bank kassasiga topshiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat zayom obligatsiyalari, omonat daftarchalari, sertifikatlar, akkreditivlar, cheklar va chek daftarchalari, pul-buyum lotereyasi biletlari, shuningdek depo hisobvaragʻidan koʻchirmalar ularni olib qoʻygan (qabul qilgan) organda saqlanadi, bunda ularning but saqlanishiga rioya etilishi lozim, yoki oʻramga solingan holda banklar yoki ularning filiallariga saqlash uchun topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatliklarni saqlash uchun qabul qilishda bank ularni topshirgan organga saqlash uchun qabul qilingan qimmatliklar turi, ularning baholanishi va raqami koʻrsatilgan 004-shakldagi kvitansiyani beradi. Ushbu kvitansiya topshiruvchida saqlanadi. Topshirilgan qimmatliklarni qaytarib olish uchun ushbu qimmatliklarni topshirgan organ rahbari imzolagan xat va unga ilova qilingan 004-shakldagi kvitansiya taqdim etiladi. Bankka saqlash uchun qabul qilingan qimmatliklarning qisman qaytarilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Qimmatliklarning bir qismini olish zarur boʻlsa, bank qimmatliklar solingan joʻnatmani toʻligʻicha ularni topshirgan organga qaytarib beradi. Qimmatliklarning tegishli qismi olingach, qolgan qismi belgilangan tartibda bankka qayta topshirilishi mumkin. Banklar qabul qilgan qimmatliklarning saqlanishi uchun baholash summasidan oshmagan holda, haqiqiy zarar summasida javobgar boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Omonat daftarchalarini olib qoʻyish bilan bir vaqtda, tegishli banklarga banklarda ochilgan depozit hisobvaraqlardagi mablagʻlarni xatlash toʻgʻrisidagi qaror nusxasi ham yuboriladi. Xatlash toʻgʻrisidagi qarorning matnida ish yurituvdagi jinoyat ishining raqami, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa — jinoyat ishidan kelib chiqadigan fuqarolik ishining raqami koʻrsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Fuqaroviy daʼvoni taʼminlash uchun va garov tariqasida olib qoʻyilgan, qabul qilingan milliy yoki chet el valyutasidagi pul mablagʻlari (ashyoviy dalil deb eʼtirof etilgan va individual xususiyatlarga ega boʻlgan pul mablagʻlaridan tashqari) dastlab dalillarni qayd etish kitobiga tegishli yozuvlar kiritilib, surishtiruv, tergov organining qarori, bayonnomasi yoki sud ajrimi nusxasiga muvofiq tergov yoki surishtiruv oʻtkazayotgan organning moliya-xoʻjalik boʻlimiga bir sutka muddat davomida topshiriladi. Buning oʻrniga kassir surishtiruvchi, tergovchi yoki sud organining masʼul shaxsiga raqami koʻrsatilgan kirim orderi kvitansiyasini beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassir qabul qilingan pullarni ikki sutka davomida olib qoʻyishni (qabul qilishni) amalga oshirgan organning milliy yoki chet el valyutasidagi talab qilib olinguncha hisobvaragʻiga kiritish uchun bankka topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pullarni bankka yetkazishda har bir holatda qoʻriqlanishi taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Mazkur Yoʻriqnomaning 25 — 27-bandlarida qayd etib oʻtilgan narsalar yoki boshqa qimmatliklar ashyoviy dalil boʻlib hisoblangan hollarda, ular zarur tekshiruvlar oʻtkazilgandan soʻng uch kunlik muddatdan kechiktirmasdan, alohida muhrlangan va roʻyxati ilova qilingan paketlarda javobgar shaxsga saqlash uchun saqlash xonasiga yoki banklar yoki ularning filiallariga topshiriladi. Bunday hollarda yoʻnaltiruvchi xatda joʻnatilayotgan qimmatliklar ashyoviy dalil ekanligi va ular olib qoʻyilishi (qabul qilinishi) uchun asos boʻlgan jinoyat ishini koʻrib chiqayotgan yoki hukmni ijro etuvchi organning alohida farmoyishi berilmagunga qadar saqlanishi haqida alohida koʻrsatib oʻtiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Ishga ashyoviy dalil tariqasida qoʻshilgan hujjatlar, xatlar va boshqa yozuvlar toza qogʻoz varaqlari orasiga solingan holda konvertlarda saqlanadi, bunda ularga qandaydir belgilar, yozuvlar kiritish yoki ularni buklash man etiladi. Konvertlar muhrlanadi, ishga tikiladi va ishning navbatdagi varagʻi sifatida raqamlanadi. Ishga qoʻshilayotgan xatlar va hujjatlar koʻp miqdorda boʻlsa, ular ishga ilova qilinadigan alohida konvertga solinadi. Konvertda yoki paketda unga solib qoʻyilgan hujjatlarning roʻyxati koʻrsatilgan yozuv boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sudya ishga qoʻshilgan korrespondensiyaning mazkur ish boʻyicha surishtiruv, tergov, sud muhokamasini yuritishga daxldor boʻlmagan shaxslardan sir saqlanishini taʼminlashi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Olib qoʻyilgan maxfiy xarakterli, lekin ashyoviy dalil boʻlmagan hujjatlar, chizmalar, fotosuratlar maxsus qismlar va 1-boʻlimlar orqali ularning egasi boʻlgan tashkilotlar va muassasalarga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Ashyoviy dalillar va boshqa narsalarni ularning shikastlanishiga va kelgusida tekshiruvlar oʻtkazish hamda dalil sifatida foydalanish imkonini bermaydigan holatga tushishiga olib keluvchi holatda saqlashga topshirish man qilinadi. Zarur hollarda olib qoʻyilgan, qabul qilingan ashyoviy dalillar va boshqa narsalarni kelgusida saqlash imkonini beruvchi holatga olib kelishga qaratilgan kechiktirib boʻlmas choralar koʻrilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzgaruvchan xususiyatga ega, shuningdek bir marta ishlatiladigan yoki vaqtinchalik xususiyatlarga ega boʻlgan narsalar olib qoʻyilgan, taqdim etilgan holda, olib qoʻyish, qabul qilishni amalga oshirgan organ uning koʻzdan kechirilishi va koʻzdan kechirish natijalari JPK 141-moddasi talablariga muvofiq mustahkamlanishini taʼminlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Biologik kelib chiqishga ega, shu jumladan, mikroskopik yoki kimyoviy tekshiruv oʻtkazilishi lozim boʻlgan, tez buziladigan obyektlar germetik zich yopiladigan idishga joylashtirilishi kerak. Bunday idishga joylashtirish sud-tibbiyot muassasalari xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert tekshiruvi tamomlangach, biologik obyektlar dastlabki tergov yoki sud muhokamasi oʻtkazilgan joyda saqlanadi. Agar biologik obyektlarni saqlash uchun maxsus shart-sharoitlar talab qilinsa, ular rahbariyat bilan kelishilgan holda sud-tibbiyot muassasasida saqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Saqlash muddati 72 soatgachani tashkil qiladigan tez buziladigan tovarlar, shuningdek yaroqlilik muddati bir oy mobaynida tugaydigan tovarlar, ularning davlat daromadiga oʻtkazilishi toʻgʻrisida qaror qabul qilinganidan qatʼi nazar, isteʼmolga (foydalanishga, qayta ishlashga) yaroqliligi boʻyicha ekspertiza xulosasi va uni baholash vaqtidan boshlab bir sutka mobaynida olib qoʻygan organning mansabdor shaxsi tomonidan sud ijrochisi ishtirokida sotish uchun berish dalolatnomasi bilan savdo tashkilotlariga sotish uchun beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda tovarlarni sotishdan tushgan mablagʻlar tovarni davlat daromadiga oʻtkazish yoxud uni qaytarish toʻgʻrisida ijro hujjati olingunga qadar sud ijrochilarining tegishli boʻlimlaridagi depozit hisob raqamlariga oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandning birinchi xatboshida koʻrsatilgan tovarlarning isteʼmolga, foydalanishga yoki qayta ishlashga yaroqsizligi toʻgʻrisida ekspertiza tomonidan xulosa chiqarilgan taqdirda uni olib qoʻygan vakolatli organning mansabdor shaxsi sud ijrochisi, sanitariya-epidemiologiya stansiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi vakillari va xolis guvohlar ishtirokida isteʼmol qilish, foydalanish yoki qayta ishlash uchun yaroqsiz deb topilgan mol-mulkni Nizomda nazarda tutilgan barcha talablar bajarilgan holda yoʻq qilib tashlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Jinoiy harakatlar obyekti boʻlib xizmat qilgan yoki oʻzida jinoyat izlarini saqlab qolgan oziq-ovqatlar yoki sanoat tovarlari ekspert tekshiruvi uchun butunligicha yoki zarur boʻlgan qismi (namuna, proba) topshiriladi. Imkoni boʻlsa, tekshiruvga yuborilayotgan proba yoki namunadan tashqari, qayta tekshiruv oʻtkazish imkoniyatini taʼminlash uchun namuna yoki proba ajratib olinadi va muhrlangan koʻrinishda ishga qoʻshib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Ashyoviy dalil tariqasida eʼtirof etilgan ish va uy hayvonlari, surishtiruv, tergov organlari, sud tomonidan qaror chiqarilgunga qadar, tegishli dalolatnoma rasmiylashtirilgan holda, saqlash uchun jabrlanuvchi shaxslar yoki tashkilotlarga, ular boʻlmaganda esa, hududiylik boʻyicha mahalliy davlat hokimiyati organi, shirkat yoki fermer xoʻjaliklariga topshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Ayblov xulosasiga ilova qilinadigan maʼlumotnomada ish boʻyicha olib qoʻyilgan, taqdim etilgan narsalar qayerda saqlanayotganligi va ular topshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar tikilgan ish varagʻi koʻrsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Xatlangan narsalar surishtiruvchi, tergovchining qarori yoki sudning ajrimi boʻyicha, aniq holatlar va ish manfaatlaridan kelib chiqqan holda, saqlash uchun mahalliy davlat hokimiyati organi yoki xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatiga, IIV huzuridagi “Qoʻriqlash” Respublika birlashmasining tarmoqlariga, shuningdek zarar yetkazilgan taraf yoki ushbu mol-mulk egasi yoxud uning qarindoshiga topshiriladi va ular qabul qilingan narsaning saqlanishi uchun javobgar ekanligi tushuntiriladi hamda bu haqda tilxat olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xatlangan sanʼat asarlari va antikvar buyumlar saqlash uchun muzeylarga topshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Muayyan jinoiy ishlar boʻyicha ashyoviy dalillar boshqa ishlar boʻyicha ashyoviy dalillardan alohida holda saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ochilmagan jinoyatlar boʻyicha harakatdan toʻxtatilgan ishlar yuzasidan ashyoviy dalillar tergov oʻtkazilgan joyda, harakatdagi ishlar boʻyicha ashyoviy dalillardan alohida holda, oʻramga solingan va muhrlangan koʻrinishda saqlanadi, ularning saqlanishi va keyinchalik foydalanish imkoniyati taʼminlanadi. Bunday obyektlar solingan har bir paket ish raqami, uning qisqacha mazmuni (fabulasi) va qoʻzgʻatish sanasi, oʻramga solingan obyekt nomi koʻrsatilgan izohli yozuv bilan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saqlash sharoiti mazkur Yoʻriqnoma bilan belgilangan obyektlarning toifalariga tatbiqan tanlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻxtatilgan ishlar boʻyicha maxsus saqlash sharoitlarini talab etadigan biologik obyektlar sud-tibbiyot muassasalarning arxivlarida saqlanadi. Biologik obyektlarni sud-tibbiyot muassasasining arxiviga joylashtirish uchun prokuror, tergovchi, sudning tegishli muassasa rahbariga yuboriladigan xati asos boʻlib hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Ashyoviy dalillar va boshqa narsalarni hisobga olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Ashyoviy dalillarni, shu jumladan oʻq otar qurol va jinoyat ishlari boʻyicha olib qoʻyilgan, ashyoviy dalil boʻlib hisoblanmagan boshqa narsalarni qayd etish uchun har bir surishtiruv (olis safarda boʻlgan dengiz kemalarining kapitanlari bundan mustasno), dastlabki tergov organlari va sudlarda mazkur Yoʻriqnomaning 1, 2-ilovalarida keltirilgan shakllarga muvofiq hisobga olish kitoblari yuritilib, ular ashyoviy dalillar va boshqa narsalarni saqlash va hisobga olish uchun javobgar shaxsda turadi. Ushbu kitoblarni yuritish qatʼiy hisobdagi hujjatlarni yuritish qoidalari boʻyicha amalga oshiriladi. Kitobning har bir varagʻi raqamlanadi, ip bilan tikiladi va muhrlanadi hamda tegishlicha surishtiruv organining boshligʻi, tergov tarmogʻining rahbari, prokuror, sud raisining imzosi bilan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Ashyoviy dalillar va boshqa ashyoviy dalil hisoblanmagan narsalarni hisobga olish kitoblariga yozuvlar narsalarni olib qoʻyish yoki taqdim etish haqidagi bayonnomalar asosida ularning saqlanishi uchun javobgar shaxslar tomonidan kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Ashyoviy dalillar va boshqa narsalarning saqlanishi uchun javobgar shaxs hisobga olish kitobida roʻyxatga olish vaqtida qabul qilinayotgan narsalarning ularni ishga qoʻshib qoʻyish toʻgʻrisidagi qaror bilan muvofiqligini tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Kitobga qayd etishda yozuvlar xronologik tartibda amalga oshiriladi, har bir narsa alohida yoziladi. Bir turdagi bir nechta narsa qayddan oʻtkazilayotganda ularning miqdori, kelib tushish sanasi, nomi yoziladi (agar ashyoviy dalillar oʻramga solingan boʻlsa, ularning miqdori va nomlari oʻramni ochish orqali tekshiruvdan oʻtkazilishi mumkin, bu haqda dalolatnoma tuziladi). Bunda har bir narsaga tartib raqami beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ashyoviy dalillar jinoyat ishi bilan boʻlsa va saqlashga topshirilmasa, shuningdek mazkur Yoʻriqnoma 12-bandining uchinchi xatboshida koʻrsatilgan hollarda hisobga olish kitobida bu haqda belgi qoʻyilib, ashyoviy dalillarni oʻzida saqlayotgan mansabdor shaxsning familiyasi koʻrsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ashyoviy dalillar va boshqa narsalarni hisobga olish kitobidan tashqari, surishtiruv, dastlabki tergovni amalga oshirayotgan organlar rahbarlarining va sudlarning oʻz xohishiga koʻra mazkur obyektlarni hisobga olishning boshqa shakllari (qaydnomalar, kvitansiyalar va hokazo) belgilanishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Ashyoviy dalillar va boshqa narsalarni topshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Jinoyat ishi bilan saqlanayotgan ashyoviy dalillar ish surishtiruv organidan tergovchiga, yoki bir surishtiruv organidan boshqa surishtiruv organiga, yoki bir tergovchidan boshqa tergovchiga, shuningdek prokuror yoki sudga yuborilganda yoxud bir suddan boshqa sudga oʻtkazilganda ish bilan birga topshiriladi. Bu haqda har bir topshirilayotgan narsa boʻyicha ashyoviy dalillarni hisobga olish kitobida tegishli yozuv kiritiladi. Belgilangan tartibda ashyoviy dalil deb eʼtirof etilmagan narsalar jinoyat ishi bilan birga topshirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Ashyoviy dalillarni ish bilan birga qabul qilayotgan masʼul xodim hisobga olish kitobida oʻz lavozimi va familiyasini koʻrsatgan holda tushunarli tarzda imzo chekadi, oʻz imzosini tegishli muassasaning shtampi bilan tasdiqlaydi. Barcha ashyoviy dalillar kelib tushish kunida roʻyxatdan oʻtkaziladi. Sud tomonidan ishga qoʻshilgan ashyoviy dalillarni roʻyxatdan oʻtkazish ajrim chiqarilgan kuni amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Saqlash xonalariga joylashtirilgan, shuningdek ish bilan birga boʻlmagan ashyoviy dalillar va fuqaroviy daʼvoni taʼminlash maqsadida xatlangan narsalar jinoyat ishi topshirilayotgan organ hisobida turadi, bu haqda ashyoviy dalillar saqlanayotgan joyga xabarnoma yuboriladi hamda hisobga olish daftari va jinoyat ishi boʻyicha maʼlumot varagʻida ular kimda saqlanayotganligi toʻgʻrisida belgi qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishini oʻtkazishda, u bilan birga yoʻllanadigan ashyoviy dalillar ilova xatda yoki unga ilova qilinayotgan roʻyxatda birma-bir sanab oʻtiladi. Ayblov xulosasiga ilova qilingan maʼlumotnomada ishga doir barcha ashyoviy dalillar, har birining saqlanayotgan joyi koʻrsatilib, birma-bir sanab oʻtilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ashyoviy dalillar pochta yoki chopar orqali yetkazib berilganda, surishtiruvchi, tergovchi yoki sudya xolislar ishtirokida, zarur boʻlganda esa, shuningdek ekspert yoxud mutaxassislar ishtirokida olingan dalillarni koʻzdan kechirib, ularni aloqa xati yoki roʻyxat bilan solishtiradi. Koʻzdan kechirish jarayoni va natijasi haqida bayonnoma tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Ashyoviy dalillar bilan birga jinoyat ishi yuborilayotgan organning devonxona xodimi, sudning masʼul xodimi, ushbu narsalarni qabul qilayotganda oʻramning va undagi muhrlarning butunligi (saqlanganligi)ni tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻram va muhr buzilgan holda sud kotibi sud raisi (sudya, sudning masʼul xodimi) hozirligida, tergov yoki surishtiruv organining devonxona xodimi uning rahbari yoki oʻrinbosari, shuningdek ish va ashyoviy dalillarni yetkazib bergan shaxs hozirligida oʻramni ochadi hamda unda mavjud boʻlgan narsalarni ayblov xulosasining maʼlumotnomasidagi ashyoviy dalillar toʻgʻrisidagi yozuv va ashyoviy dalillarni ishga qoʻshib qoʻyish toʻgʻrisidagi qaror bilan solishtiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Agar mavjud ashyoviy dalillar ayblov xulosasining maʼlumotnomasidagi va ashyoviy dalillarni ishga qoʻshib qoʻyish toʻgʻrisidagi qarorning maʼlumotlari bilan toʻgʻri kelsa, ular yana oʻramga joylanadi va muhrlanadi. Oʻramning ochilganligi haqida dalolatnoma tuzilib, ishga tikib qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻram yoki muhr buzilgan hollarda oʻram ochilganda, haqiqatda mavjud ashyoviy dalillar ayblov xulosasining maʼlumotnomasidagi va ashyoviy dalillarni ishga qoʻshib qoʻyish toʻgʻrisidagi qarorda bu haqda keltirilgan maʼlumotlar bilan toʻgʻri kelmasligi aniqlansa, shuningdek oʻramdagi yozuv (oʻramda mavjud ashyolar roʻyxati) ushbu yozuvlarga toʻgʻri kelmagan hollarda, manfaatdor idoralarning mansabdor shaxslari tomonidan ushbu nomuvofiqlik sabablari aniqlamagunga qadar, ish qabul qilinmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aniqlangan nomuvofiqliklar toʻgʻrisida dalolatnoma tuzilib, tegishlicha sudning raisi (sudya), prokuror, surishtiruv, tergov organi boshligʻi (ushbu organlar tergov tarmoqlarining boshligʻi) va devonxona xodimi, shuningdek ishni olib kelgan shaxs tomonidan imzolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dalolatnoma nusxasi ishni yuborgan organga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Ashyoviy dalil sudda roʻyxatdan oʻtkazilayotganida unga raqam (kitob boʻyicha tartib raqami) beriladi, ashyoviy dalilning kelib tushgan sanasi, nomi, miqdori, u qoʻshib qoʻyilgan ishning raqami, ayblanuvchining familiyasi, ismi va otasining ismi koʻrsatiladi. Ashyoviy dalil roʻyxatdan oʻtkazilgach, uning oʻramiga jinoyat ishi sudda roʻyxatdan oʻtkazilgan raqam qoʻyiladi, shuningdek ashyoviy dalilning raqami koʻrsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Jinoyat ishi va ashyoviy dalillar boshqa sud yoki prokuraturaga topshirilganida har bir topshirilayotgan ashyoviy dalil boʻyicha ashyoviy dalillarni roʻyxatga olish kitobiga tegishli yozuv kiritilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ashyoviy dalillar sudga yuborilmasdan, surishtiruv, dastlabki tergov organi yoki boshqa muassasada saqlanayotgan boʻlsa, sud kotibi ashyoviy dalillarni roʻyxatga olish kitobiga ular saqlanayotgan joy toʻgʻrisida yozuv kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Jinoyat ishi bir tergovchidan aynan shu prokuraturada, IIV, MXX organida ishlovchi boshqa tergovchiga topshirilganida, birinchisi topshirishi, ikkinchisi esa ish boʻyicha olib qoʻyilgan barcha narsalarning borligini tekshirib qabul qilib olishi, ashyoviy dalillarni saqlashga javobgar shaxs ishtirokida ashyoviy dalillarni hisobga olish kitobiga ularni qabul qilganligi toʻgʻrisida imzo qoʻyishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Jinoyat ishini tugatish toʻgʻrisidagi dastlabki tergov organining qarori, sudning hukmi yoki ajrimida ashyoviy dalillar taqdiri masalasi hal etilishi kerak, bunda:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyat qurollari, kimga tegishliligidan qatʼi nazar, musodara qilinishi kerak va tegishli muassasalarga topshiriladi yoki yoʻq qilib yuboriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muomaladan chiqarilgan narsalar tegishli muassasalarga berilishi lozim yoki yoʻq qilib yuboriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hech qanday qimmatga ega boʻlmagan narsalar yoʻq qilib yuboriladi, manfaatdor shaxslar yoki muassasalar iltimos qilgan hollarda esa ularga berilishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyat yoki boshqa gʻayriqonuniy harakatlar sodir qilinishi natijasida qonuniy egasi va mulkdoridan mahrum boʻlib qolgan pullar yoki boshqa boyliklar qonuniy egalariga, mulkdorlariga yoki ularning huquqiy vorislariga, shuningdek merosxoʻrlariga qaytarib berilishi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoiy yoʻl bilan orttirilgan pullar va boshqa boyliklar sudning hukmiga binoan jinoyat natijasida yetkazilgan mulkiy zararni qoplashga oʻtkaziladi, mulkiy zarar koʻrgan shaxs aniqlanmagan taqdirda, davlat foydasiga oʻtkaziladi. Ushbu buyumlarning tegishliligi haqidagi nizolar fuqaroviy sud ish yurituvi tartibida hal etilishi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ashyoviy dalil hisoblanuvchi hujjatlar ularni saqlash zarurati tugagunga qadar ishda saqlab turiladi yoki manfaatdor shaxslarga yoxud muassasalarga beriladi. Ishdagi hujjatlarni qaytarish masalasi ularning xarakteri va ish uchun ahamiyatiga qarab hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Ashyoviy dalil tariqasida mazkur Yoʻriqnomaning 25 — 27-bandlarida qayd etib oʻtilgan narsalar qoʻshilgan jinoyat ishini qabul qilish vaqtida sud kotibi ishda dastlabki tergov organi tomonidan ushbu ashyoviy dalillar saqlash uchun topshirilganligini tasdiqlovchi kvitansiyaning mavjudligini tekshiradi. Ashyoviy dalillarni hisobga olish kitobiga ular haqida saqlanayotgan joyi koʻrsatilgan holda yozuv kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Mazkur Yoʻriqnomaning 25 — 27-bandlarida sanab oʻtilgan va ishga sud tomonidan ashyoviy dalillar sifatida qoʻshilgan narsalar ashyoviy dalillarni hisobga olish kitobida roʻyxatdan oʻtkazilishi, oʻramga solinishi, muhrlanishi va bir sutka muddat davomida xizmat koʻrsatuvchi bankka yoki javobgar shaxsga saqlash xonasida saqlash uchun topshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Dastlabki tergovni toʻxtatish toʻgʻrisida qaror chiqarilayotganida unda toʻxtatilayotgan ish boʻyicha olib qoʻyilgan ashyoviy dalillar va boshqa narsalarning saqlanayotgan joyi belgilanadi. Ushbu obyektlar, maxsus saqlashga topshirilishi lozim boʻlmasa, toʻxtatilgan jinoyat ishi tergov organida saqlab turilgan vaqt davomida tergov yuritilgan joyda saqlanadi va ish boshqa tergov organiga topshirilayotgan vaqtda ish bilan birga topshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayerdaligi aniqlanmagan ayblanuvchilarga nisbatan toʻxtatilgan jinoyat ishlari boʻyicha moddiy zararni qoplash maqsadida xatlangan ayblanuvchilarning shaxsiy mol-mulki, ekspertlar tomonidan baholangach, mazkur Yoʻriqnomaning 62-bandiga muvofiq sotilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Ashyoviy dalillar va boshqa narsalarni davlat daromadiga oʻtkazish, yoʻq qilib tashlash va qaytarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Qonuniy kuchga kirgan hukm boʻyicha sud ijro varaqasini yozadi va keyingi kundan kechiktirmasdan uni ijro etish uchun tegishli organga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Agar ashyoviy dalillar va boshqa narsalar maxsus saqlashda boʻlsa, ularni saqlash joyiga ushbu obyektlarning keyingi taqdiri koʻrsatilgan hukm, ajrim, qarordan nusxa yoki koʻchirma yuboriladi. Qabul qilingan qaror ashyoviy dalillar saqlanayotgan muassasalarning rahbarlari uchun majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Muomaladan chiqarilgan narsalar (qurol-yarogʻ, oʻq-dorilar, giyohvandlik, psixotrop moddalar va shu kabilar) IIV va MXX organlari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yoʻq qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Egalariga qaytarilishi lozim boʻlgan ashyoviy dalillar va boshqa narsalar ularga tilxat asosida natura shaklida beriladi, tilxat jinoyat ishiga tikib qoʻyiladi va uning navbatdagi varagʻi sifatida raqamlanadi. Bir vaqtning oʻzida tergov yoki surishtiruvni olib borayotgan organning buxgalteriya hisobi boʻlimi ashyoviy dalillar va boshqa narsalar qaytarilganligi haqida yozma shaklda xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Manfaatdor shaxslar ulardan olib qoʻyilgan narsalarni qaytarib olishlari mumkinligi toʻgʻrisida yozma ravishda xabardor qilinadi, xabarnomaning nusxasi jinoyat ishiga tikib qoʻyiladi. Tilxatda oluvchi oʻz pasporti yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatdagi maʼlumotlarni va yashash joyini koʻrsatadi. Narsalarning egasi shaxsan kela olmaydigan holatda, ularni uning ishonchnomasi boʻyicha boshqa shaxs olishi mumkin, uning tilxati ham ishga tikib qoʻyiladi. Agar narsalarning egasi muassasa, tashkilot boʻlsa, narsalar ularning vakillariga ishonchnoma va shaxsini tasdiqlovchi hujjati boʻlganida tilxat orqali topshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Jinoyat ishi noreabilitatsiya asoslari boʻyicha tugatilgan holda, zararni qoplash, olib qoʻyilgan yoki qabul qilingan pul yoxud boshqa narsalarni davlat daromadiga oʻtkazish masalasi jinoyat-protsessual va fuqarolik protsessual qonunchiligida belgilangan tartibda hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Ashyoviy dalillar, narsalar va jinoyat qurollarini davlat daromadiga oʻtkazish va ularni yoʻq qilib tashlash Nizomning IV — VII boʻlimlari talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Orden va medallar mahalliy davlat hokimiyati organiga yoki egalariga beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Ashyoviy dalillar va boshqa narsalarni qaytarish yuzasidan ijro ish yurituvini qoʻzgʻatish haqidagi qaror, shuningdek ularni olish tartibi toʻgʻrisida yozma xabarnoma bir sutka muddat davomida ijro varaqasida koʻrsatilgan shaxsga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijro ishi yuritilishi qoʻzgʻatilganidan soʻng, sud ijrochisi tegishli dalolatnoma tuzadi va uning oʻzi, jinoyat ishi boʻyicha dastlabki tergovni oʻtkazgan mansabdor shaxs, ushbu narsalarni bergan sudya, shuningdek narsalarni saqlash uchun javobgar shaxs imzo qoʻyadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijro varaqasida oluvchi sifatida koʻrsatilgan shaxs sud ijrochisiga murojaat qilganida, qabul qilish-topshirish dalolatnomasi tuzilib, unda narsani topshirish joyi va vaqti, topshirilayotgan narsa nomi, shuningdek topshirishda ishtirok etayotgan shaxslar koʻrsatiladi. Narsani olgan shaxsdan tilxat olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Narsa topshirilayotganida kamida 2 nafar xolis ishtirok etishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ijro varaqasida oluvchi sifatida koʻrsatilgan shaxs 3 yil davomida sud ijrochisiga narsani berish toʻgʻrisida murojaat etmagan boʻlsa, sud ijrochisi bu haqda dalolatnoma tuzadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud ijrochisi narsa talab qilib olinmaganligi toʻgʻrisida dalolatnoma tuzganidan soʻng, narsani egasiz deb topish boʻyicha qonun hujjatlariga muvofiq zarur hujjatlarni rasmiylashtiradi va ularni hududiyligi boʻyicha fuqarolik ishlari boʻyicha sudga yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64. Ijro ishi yuritilishini tamomlashda sud ijrochisi bu haqda qaror chiqaradi. Sud ijrochisining qaror nusxalari u chiqarilgan kuning ertasidan kechiktirmasdan ijro varaqasini bergan sud yoki boshqa organga yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijro ishi yuritilishi tamomlanganida, ijro hujjatining asl nusxasi ijro ishi materiallarida qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65. Ashyoviy dalillar yuzasidan qaror, hukm (ajrim) qonuniy kuchga kirgandan soʻng yoki ishni tugatish toʻgʻrisida ajrim, qaror ustidan shikoyat qilish muddati tugagach, ijroga qaratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66. Alohida hollarda surishtiruv, dastlabki tergov organi, sud ish boʻyicha yakuniy qaror qabul qilinmasdan ham olib qoʻyilgan narsalarni egalariga qaytarishi mumkin, agar bu ishni toʻgʻri hal etishga toʻsqinlik qilmaydi deb topilsa.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67. Surishtiruv yoki dastlabki tergov bosqichida ishi tugatilgan shaxslarga ulardan olib qoʻyilgan narsalarni qaytarish mazkur Yoʻriqnomaning 60-bandiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qabul qilingan qaror haqida ishini tugatish toʻgʻrisida qaror chiqarilgan shaxsga darhol yozma xabarnoma yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68. Jinoyat ishini tugatish haqida qaror, hukm (ajrim) chiqarilganidan keyin ashyoviy dalillarni hisobga olish kitobida ashyoviy dalillarga nisbatan qabul qilingan qaror haqida uning mazmuni va sanasi koʻrsatilgan holda belgi qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
69. Jinoyat tarkibi yoʻqligi yoki jinoiy hodisa yuz bermaganligi sababli jinoyat ishi tugatilgan holda, ish boʻyicha ashyoviy dalil deb eʼtirof etilgan hujjatlar (adabiy asarlar, arizalar, murojaatlar va boshqalar, shu jumladan mualliflar tomonidan tayyorlanganlari ham) egalariga qaytarilishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70. Qimmatbaho metallar agentligiga topshirilgan narsalar belgilangan hollarda egalariga natura shaklida qaytarib beriladi, naturada qaytarish yoʻl qoʻyilmaydigan holatlarda esa qonun hujjatlariga muvofiq ularning qiymati qoplanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71. Olib qoʻyilgan narsalar (pullar) tilxat orqali reabilitatsiya qilinganlarga yoki JPK 304-moddasining uchinchi qismida koʻrsatilgan shaxslarga ular mulkiy zararni qoplash uchun pul toʻlovlarini amalga oshirish haqidagi qaror yoki ajrimni olgan kundan boshlab ikki yil davomida qaytarib berilishi mumkin. Zararni qoplash hisobiga toʻlangan mablagʻlar JPK 304 — 313-moddalarida nazarda tutilgan tartibda qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida koʻrsatilgan muddat tugagach, pullar, shuningdek narsalarni sotishdan olingan mablagʻlar respublika budjeti daromadiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Hujjatlarning garov summalarini egalariga qaytarishga oid qismini ijro etish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
72. Dastlabki tergov organi yoki sudning depozit hisob raqamiga garov tariqasida qoʻyilgan pul mablagʻlari yoki qimmatliklarni (keyingi oʻrinlarda garov summasi deb yuritiladi) qaytarish haqida hujjat chiqargan sud ijro varaqasini yozib beradi va 3 sutkadan kechiktirmasdan uni qonuniy kuchga kirgan sud hujjatining gerbli muhr bilan tasdiqlangan nusxasi va garov summasi qabul qilinganligi haqidagi bank kvitansiyasi nusxasi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamentining hududiy organiga (keyingi oʻrinlarda Sud departamentining hududiy organi deb yuritiladi) yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastlabki tergov organi 3 sutkadan kechiktirmasdan, dastlabki tergov organining depozit hisob raqamiga garov tariqasida qoʻyilgan garov summasining qaytarilishi koʻrsatilgan, garov tariqasida ehtiyot chorasini bekor qilish yoki oʻzgartirish (agar bekor qilish yoki oʻzgartirish uni tanlash shart-sharoitlarini buzish bilan bogʻliq boʻlmasa) yoxud jinoyat ishini tugatish haqidagi qarorning (keyingi oʻrinlarda dastlabki tergov organining qarori deb yuritiladi) gerbli muhr bilan tasdiqlangan nusxasini, garov summasi qabul qilinganligi haqidagi bank kvitansiyasi nusxasi bilan birga Sud departamentining hududiy organiga yuboradi. Agar garov summasi uni qaytarish toʻgʻrisida bevosita qaror qabul qilgan dastlabki tergov organining depozit hisob raqamida saqlanayotgan boʻlsa, mazkur Yoʻriqnomaning 75-bandida koʻrsatilgan qoidalar qoʻllaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
73. Sud ijrochisi ijro hujjatini olgach, 3 sutkadan kechiktirmasdan ijro ishi yuritishni qoʻzgʻatish haqida qaror chiqaradi va bir nusxasini ijro ishi yuritilishi qoʻzgʻatilganidan soʻng bir sutka davomida ijro hujjatini bergan sud yoki boshqa organga jinoyat ishi materiallariga qoʻshib qoʻyish uchun yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud ijrochisi garov summasi vaqtincha saqlanayotgan organga garov summasini uch kunlik muddat ichida keyingi ijro harakatlarini davom ettirish uchun Sud departamentining hududiy organi depozit hisob raqamiga oʻtkazish toʻgʻrisida talabnoma yuboradi. Talabnoma belgilangan muddatda bajarilmagan taqdirda, sud ijrochisi garov saqlanayotgan organ hisob raqamiga inkasso topshiriqnomasi qoʻyish orqali nizosiz tartibda garov summasini hisobdan chiqarishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
74. Sud departamentining hududiy organi hisob raqamiga garov summasi kelib tushgach, sud ijrochisi bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunining 221-moddasiga asosan garov summasini oluvchi shaxsni xabardor qiladi. Ijro hujjatida garov summasini oluvchi sifatida koʻrsatilgan shaxs yoki uning qonuniy vakili sud ijrochisiga garov summasini qaytarish toʻgʻrisida talab qoʻygan kuni sud ijrochisi tomonidan unga bank cheki yozib beriladi. Bank cheki olinganligi haqida uni olgan shaxsdan tilxat olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank cheki berilgandan soʻng, davlat ijrochisi tomonidan ijro ishini yuritishni tamomlash toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi va uning nusxasi ijro hujjatini bergan sudga yoki boshqa organga jinoyat ishiga qoʻshib qoʻyish uchun yuboriladi. Ijro hujjati va tilxat ijro ishi materiallariga tikiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ijro hujjatida garov oluvchi sifatida koʻrsatilgan shaxsdan yoki uning qonuniy vakilidan u xabardor qilingan paytdan boshlab uch yil davomida garovni berish haqida talabnoma kelib tushmagan boʻlsa, garov summasi talab qilib olinmaganligi haqida dalolatnoma tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday holatda, sud ijrochisi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda garov summasi talab qilib olinmaganligi haqidagi dalolatnoma, ijro hujjati va boshqa zarur hujjatlarni ilova qilgan holda garov summasini egasiz deb topish toʻgʻrisida ariza bilan sudga murojaat qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
75. Garov tariqasidagi ehtiyot chorasi oʻzgartirilgan yoki bekor qilingan taqdirda, agar uning oʻzgartirilishi yoki bekor qilinishi uni tanlash shart-sharoitlari buzilganligi tufayli roʻy bermagan boʻlsa (shu jumladan, jinoyat ishi tugatilishi yoxud sud qarorining kuchga kirishi munosabati bilan), garov summasi depozit hisob raqamida turgan organ tomonidan ijro hujjati berilmaydi, dastlabki tergov organining garov summasini qaytarish toʻgʻrisidagi qarori esa ijro qilish uchun mazkur organning moliya tarmogʻiga yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan bir vaqtda dastlabki tergov organi qarorda garov summasini oluvchi sifatida koʻrsatilgan shaxsni uni olish joyi va vaqti haqida xabardor qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastlabki tergov organining qarorida garov summasini oluvchi sifatida koʻrsatilgan shaxs yoki uning qonuniy vakili garov summasini qaytarish toʻgʻrisida talab qoʻygan kuni moliya tarmogʻining masʼul xodimi tomonidan unga bank cheki yozib beriladi. Bank chekini olgan shaxsdan uni olganligi haqida tilxat olinadi va jinoyat ishiga qoʻshib qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar dastlabki tergov organining qarorida garov oluvchi sifatida koʻrsatilgan shaxsdan yoki uning qonuniy vakilidan u xabardor qilingan paytdan boshlab uch yil davomida garovni berish haqida talabnoma kelib tushmagan boʻlsa, garov summasi talab qilib olinmaganligi haqida dalolatnoma tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday holatda, dastlabki tergov organi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda garov summasi talab qilib olinmaganligi haqidagi dalolatnoma va boshqa zarur hujjatlar ilova qilingan holda garov summasini egasiz deb topish toʻgʻrisida ariza bilan sudga murojaat qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. Ashyoviy dalillar va boshqa narsalarni hisobga olish va saqlash ahvolini nazorat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
76. Ayblov xulosasi, tomonlarning yarashganligi munosabati bilan jinoyat ishini sudga yuborish haqidagi qaror, tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash uchun ishni sudga yuborish toʻgʻrisidagi qaror, jinoyat ishini tugatish haqidagi qaror tasdiqlanganida, amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad qilish toʻgʻrisidagi yoki jinoyat ishini tugatish haqidagi iltimosnoma bilan tergovoldi tekshiruv hujjatlari va jinoyat ishi sudga yuborilganida, shuningdek ish boshqa tergov yoki surishtiruv organiga yuborilganida, prokuror, surishtiruv, tergov organining boshligʻi, sud raisi (sudning masʼul xodimi) ish boʻyicha olib qoʻyilgan ashyoviy dalillar va boshqa narsalarni joylashgan joyi koʻrsatilgan hujjatlarning ishda mavjudligini tekshirishi, ularni ashyoviy dalillarni hisobga olish kitobidagi yozuvlar bilan solishtirishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
77. Surishtiruv organi boshligʻi, tergov tarmogʻining boshligʻi, prokuror, sud raisi (sudning masʼul xodimi) 6 oyda kamida bir marta ashyoviy dalillar va boshqa narsalarning saqlanish holati va sharoitlari, mazkur Yoʻriqnomaga muvofiq ularni qabul qilish, hisobga olish va oʻtkazish boʻyicha hujjatlar yuritilishi toʻgʻriligini tekshirishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
78. Tekshirish natijalari haqida ashyoviy dalillar va boshqa narsalar uchun maxsus saqlash joylarini jihozlash, ularni saqlash uchun lozim darajadagi sharoitlarni taʼminlash choralarini koʻrishga majbur boʻlgan yuqori turuvchi rahbariyatga yuboriladigan dalolatnoma tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
79. Javobgar shaxs boshqa ishga oʻtganida, ishdan boʻshatilganida tegishli prokuror, surishtiruv, dastlabki tergov organi boshligʻi, sud raisi ushbu shaxsga saqlash uchun berilgan, haqiqatda mavjud ashyoviy dalillar va boshqa narsalarning mazkur obyektlarni olib qoʻyish aks ettirilgan hujjatlardagi yozuvlarga muvofiqligini tekshirish uchun komissiya tayinlaydi. Tekshirish natijalari ashyoviy dalillar va boshqa narsalarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasida aks ettiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
80. Qoʻyi organlarda oʻtkaziladigan taftishlar va rejali tekshirishlarda ashyoviy dalillar va boshqa narsalarni hisobga olish hamda saqlash ahvoli majburiy tartibda tekshiriladi, tekshirish natijalari tegishli maʼlumotnomalar va dalolatnomalarda qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻxtatib qoʻyilgan jinoyat ishlari boʻyicha ashyoviy dalillarni saqlash holati alohida qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
81. Olib qoʻyilgan ashyoviy dalillar va boshqa narsalar shikastlangan, yoʻqolgan hollarda ularning egalariga yetkazilgan zarar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ashyoviy dalillar va boshqa narsalarni lozim darajada hisobga olish va saqlash shart-sharoitlari taʼminlanmaganligi, ularning yoʻqolishi, shikastlanishiga olib kelgan boʻlsa, koʻrsatib oʻtilgan oqibatlar kelib chiqishida aybdor boʻlgan shaxslarni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan javobgarlikka tortish uchun asos boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IX. Yakuniy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
82. Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 24-sentabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻliqni saqlash vaziri A. IKRAMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 24-sentabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasi davomida ashyoviy dalillar, moddiy qimmatliklar va boshqa mol-mulkni olib qoʻyish (qabul qilish), hisobga olish, saqlash, berish, sotish, qaytarish, yoʻq qilib tashlash tartibi toʻgʻrisida yoʻriqnomaga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ashyoviy dalil va boshqa narsalarni hisobga olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KITOBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r‎ Saqlashga kelib tushgan sana‎ Jinoyat ishi raqami, ayblanuvchining F.I.O. ‎ Olib qoʻyilgan,taqdim etilgan narsalarning nomlanishi, alohida belgilari, raqamlari‎ Miqdori, summasi‎ Kelib tushgan narsalar qachon, qayerda kim tomonidan olib qoʻyilgan( qabul qilingan)‎ Saqlash joyi. Saqlash uchun masʼulning lavozimi va familiyasi ‎ Ashyoviy dalillar, boshqa narsalar qayerga va qanday asoslarga koʻra yuborilgan‎ Ashyoviy dalillar, boshqa narsalar qabul qilib olgan shaxsning lavozimi va familiyasi ‎ Qabul qilish sanasi va imzo, muassasa shtampi‎ Narsalari qaytarilgan shaxsning F.I.O, pasport raqami, sana va imzo‎
1‎ 2‎ 3‎ 4‎ 5‎ 6‎ 7‎ 8‎ 9‎ 10‎ 11‎
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasi davomida ashyoviy dalillar, moddiy qimmatliklar va boshqa mol-mulkni olib qoʻyish (qabul qilish), hisobga olish, saqlash, berish, sotish, qaytarish, yoʻq qilib tashlash tartibi toʻgʻrisida yoʻriqnomaga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ashyoviy dalil va boshqa narsalarni kelib tushishini va berilishini hisobga olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KITOBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r‎ Saqlash uchun kelib tushgan sana Ashyoviy dalillar,boshqa narsalarning nomlanishi Miqdori, summasi Jinoyat ishi raqami, gumonlanuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining F.I.O. Saqlanishi Sudning ashyoviy dalillar yuzasidan qarori Ijrosi Izoh
Masʼul shaxsning familiyasi koʻrsatilgan haqiqiy saqlash joyi‎ Qachon,kimga koʻzdan kechirish uchun berilgan va qachon qaytarilgan‎ Hujjatlar ijro qilish uchun kimga yuborilgan ( berilgan)‎ Ashyoviy dalillar ijro qilish uchun kimga yuborilgan (berilgan) ‎ Sana koʻrsatilgan holda ijro etilganligi toʻgʻrisidagi qayd yozuv ‎
1‎ 2‎ 3‎ 4‎ 5‎ 6‎ 7‎ 8‎ 9‎ 10‎ 11‎ 12‎
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 52-son, 529-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.11.2017-y., 10/17/2174-1/0229-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son, 21.10.2021-y., 10/21/2174-2/0988-son; 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son; 16.03.2026-y., 10/26/3788/0242-son; 05.08.2026-y., 10/26/3916/0819-son)