O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BOSh PROKURATURASI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY SUDI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY XAVFSIZLIK XIZMATI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI IChKI IShLAR VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUDOFAA VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QO‘MITASINING
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY SUDI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY XAVFSIZLIK XIZMATI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI IChKI IShLAR VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUDOFAA VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QO‘MITASINING
Qarori
TERGOV, SURIShTIRISh VA SUD DAVOMIDA JINOIY IShLAR VA MATERIALLAR BO‘YIChA AShYoVIY DALILLAR VA MODDIY BOYLIKLARNI OLIB QO‘YISh, HISOBGA OLISh, SAQLASh, BERISh, SOTISh, QAYTARISh, YO‘Q QILIB TAShLASh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI YO‘RIQNOMANI TASDIQLASh HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 23-avgustda 1616-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Oliy sudi, Milliy xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasining 2010-yil 22-oktabrdagi 14-q/q, Q-87, 100, 17, 16, 7, 01-02/22-22, 2010-41-sonli “Surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasi davomida ashyoviy dalillar, moddiy qimmatliklar va boshqa mol-mulkni olib qo‘yish (qabul qilish), hisobga olish, saqlash, berish, sotish, qaytarish, yo‘q qilib tashlash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 2174, 29.12.2010-y.) muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 18-iyuldagi “Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni olib qo‘yish, sotish yoki yo‘q qilib tashlash tartibi to‘g‘risida”gi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish” haqidagi 139-sonli qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Oliy sudi, Milliy xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi qaror qiladi:
1. Tergov, surishtirish va sud davomida jinoiy ishlar va materiallar bo‘yicha ashyoviy dalillar va moddiy boyliklarni olib qo‘yish, hisobga olish, saqlash, berish, sotish, qaytarish, yo‘q qilib tashlash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma* tasdiqlansin.
* Yo‘riqnoma rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror kuchga kirgan kundan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Oliy sudi, Milliy xavfsizlik xizmati, Mudofaa vazirligi tomonidan 1995-yil 23-martda 14/1-3-son bilan tasdiqlangan “Jinoyat ishlari bo‘yicha olingan ashyoviy dalillar, o‘q otar qurollar, moddiy boyliklar va boshqa mulklarni olib qo‘yish, hisobga olish, saqlash, berish, yo‘q qilib tashlash tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnoma o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tgan kundan boshlab o‘n kundan so‘ng kuchga kiradi.
Bosh prokuror R. QODIROV
Toshkent sh.,
2006-yil 8-avgust,
63-son
Oliy sudi raisi v.b. N. TAShMATOV
Toshkent sh.,
2006-yil 8-avgust,
KTB-176-06-son
Milliy xavfsizlik xizmati raisi R. INOYaTOV
Toshkent sh.,
2006-yil 8-avgust,
3/2161-son
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
Toshkent sh.,
2006-yil 8-avgust,
9-son
Adliya vaziri B. MUSTAFOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 8-avgust,
19-son
Mudofaa vaziri R. MIRZAYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 8-avgust,
12-son
Davlat bojxona qo‘mitasi raisi S. NOSIROV
Toshkent sh.,
2006-yil 8-avgust,
01-02/22-19-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 34-35-son, 350-modda)