Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
BUDJETDAN TAShQARI TAʼLIM VA TIBBIYOT MUASSASALARINI REKONSTRUKSIYA QILISh, MUKAMMAL TAʼMIRLASh VA JIHOZLASh JAMGʻARMASI FAOLIYATINI TAShKIL ETISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 3-fevraldagi 30-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 60-modda)
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-sentabrdagi 740-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Taʼlim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash boʻyicha budjetdan tashqari jamgʻarmani tashkil etish toʻgʻrisida” 2010-yil 10-noyabrdagi PQ-1432-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
Budjetdan tashqari Taʼlim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 3-fevraldagi 30-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 60-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Taʼlim va tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlashning har yilgi dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash tartibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 3-fevraldagi 30-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 60-modda)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Maktab taʼlimi jamgʻarmasi tugatilishi munosabati bilan qonun hujjatlariga kiritiladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 10-dekabr,
291-son
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 10-dekabrdagi 291-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Budjetdan tashqari Taʼlim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasi toʻgʻrisida
NIZOM
(ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 3-fevraldagi 30-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 60-modda)
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Nizom budjetdan tashqari Taʼlim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) faoliyatining maqsadi va asosiy vazifalarini, Jamgʻarmani boshqarish tartibini, uning mablagʻlarini shakllantirish manbalarini va ulardan foydalanish yoʻnalishlarini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 3-fevraldagi 30-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 60-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Jamgʻarma respublika taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini zamonaviy talablarni va xalqaro standartlarni hisobga olgan holda tizimli asosda rivojlantirish va mustahkamlash, ularni eng ilgʻor oʻquv, tashxis va davolash asbob-uskunalari, axborot-kompyuter texnikasi bilan jihozlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Taʼlim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash boʻyicha budjetdan tashqari jamgʻarmani tashkil etish toʻgʻrisida” 2010-yil 10-noyabrdagi PQ-1432-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Taʼlim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasini Taʼlim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasi etib qayta tashkil etish toʻgʻrisida” 2011-yil 21-noyabrdagi PQ-1645-son qaroriga muvofiq qayta tashkil etilgan.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 3-fevraldagi 30-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 60-modda)
3. Jamgʻarma oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, shuningdek Jamgʻarmani boshqarish kengashi qarorlariga amal qiladi.
II. Jamgʻarmaning asosiy vazifalari va mablagʻlaridan foydalanish yoʻnalishlari
4. Quyidagilar Jamgʻarmaning asosiy vazifalari va mablagʻlaridan foydalanish yoʻnalishlari hisoblanadi:
Jamgʻarmaga tushayotgan mablagʻlarni keyinchalik ulardan taʼlim muassasalarini — umumtaʼlim maktablarini, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini jihozlash (toʻliq jihozlash)da maqsadli foydalanish uchun jamlash;
taʼlim muassasalarini rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash, shu jumladan zarurat boʻlganda, oʻquv binolarini oʻquv ustaxonalari va laboratoriyalari bilan kengaytirish, sport zallari va maydonchalarini, boshqa infratuzilma obyektlarini barpo etish ishlarini moliyalashtirish;
zamonaviy talablarni hisobga olgan holda va tasdiqlangan normativlardan kelib chiqib taʼlim muassasalarini eng yangi oʻquv-laboratoriya va ishlab chiqarish uskunalari, kompyuter texnikasi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining oʻqitishga koʻmaklashuvchi boshqa elementlari, shuningdek oʻquv mebeli va anjomlari bilan tizimli jihozlash va toʻliq jihozlashni moliyalashtirish.
Oldingi tahrirga qarang.
tasdiqlangan aniq manzilli dasturlarga muvofiq sogʻliqni saqlash muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash ishlarini moliyalashtirish;
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 3-fevraldagi 30-sonli qaroriga muvofiq beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 60-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
zamonaviy talablar va belgilangan normativlardan kelib chiqqan holda sogʻliqni saqlash muassasalarini eng yangi laboratoriya, tashxis va davolash asbob-uskunalari, kompyuter texnikasi hamda boshqa tibbiyot apparatlari, maxsus mebel va anjomlar bilan jihozlash hamda doimiy asosda tizimli qayta jihozlashni moliyalashtirish.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 3-fevraldagi 30-sonli qaroriga muvofiq oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 60-modda)
III. Jamgʻarma daromadlarini shakllantirish manbalari va tartibi
5. Jamgʻarma daromadlari quyidagi manbalar hisobiga shakllantiriladi:
xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan Jamgʻarmaga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda majburiy ajratmalarni toʻlashdan tushadigan mablagʻlar;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining budjetdan tashqari mablagʻlari;
xalqaro moliya institutlari hamda boshqa xorijiy donorlarning grantlari va imtiyozli kreditlari (qarzlari);
Oldingi tahrirga qarang.
sogʻliqni saqlashga xarajatlar hisobiga alohida satr bilan ajratiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari va markazlashtirilgan investitsiyalar;
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 3-fevraldagi 30-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 60-modda)
xayriya qiluvchilar — yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining mablagʻlari;
Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh mablagʻlarini joylashtirishdan olinadigan daromadlar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar.
6. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar (toʻlovchilar) tomonidan Jamgʻarmaga majburiy ajratmalar summasi har yili Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qaroriga koʻra belgilanadigan toʻlov obyekti va stavkasidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
7. Xalqaro moliyaviy tashkilotlar va institutlarning grantlari va imtiyozli kreditlari (qarzlari), xayriya qiluvchilar mablagʻlari, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining mablagʻlari Jamgʻarma hisobiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tushadi.
IV. Jamgʻarmani boshqarish
8. Tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan Jamgʻarmani boshqarish kengashi Jamgʻarmani boshqarishning yuqori organi hisoblanadi.
9. Jamgʻarmani boshqarish kengashi:
umumiy rahbarlikni amalga oshiradi va Jamgʻarmaga yuklangan vazifalarning bajarilishini tashkil qiladi;
Jamgʻarma daromadlari barqaror shakllantirilishi, oʻz vaqtida moliyalashtirilishi va Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi taʼminlanishini doimiy nazorat qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi tomonidan taʼlim va tibbiyot muassasalari moddiy-texnika bazasining holati muntazam ravishda oʻrganilishini va ularning Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi va Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda taʼlim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash (toʻliq jihozlash)ning har yillik dasturlari shakllantirilishini tashkil etadi;
(9-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 3-fevraldagi 30-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 60-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
taʼlim va tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash (toʻliq jihozlash)ning har yillik dasturlarini tasdiqlaydi;
(9-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 3-fevraldagi 30-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 60-modda)
umumiy tasdiqlangan parametrlar doirasida, zarurat boʻlganda, Jamgʻarma daromadlari (manbalar boʻyicha) va xarajatlarining prognoz parametrlariga oʻzgartirish va aniqliklar kiritadi;
Jamgʻarma Ijro etuvchi direksiyasi faoliyatini nazorat qiladi;
Jamgʻarma oldiga qoʻyilgan vazifalarni hal etish uchun manfaatdor vazirliklar, idoralar, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni va notijorat tashkilotlarni jalb qiladi, shuningdek xayriya qiluvchilar, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining mablagʻlarini jalb etishda Jamgʻarmaga koʻmaklashadi.
10. Jamgʻarmani boshqarish kengashi majlislari zaruratga koʻra, biroq har chorakda kamida bir marta oʻtkaziladi.
Jamgʻarmani boshqarish kengashi qarorlari majlisda qatnashayotgan Jamgʻarmani boshqarish kengashi aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlib qolganda Jamgʻarmani boshqarish kengashi raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
11. Jamgʻarmani boshqarish kengashining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari Oʻzbekiston Respublikasining vazirliklari, idoralari va boshqa tashkilotlari tomonidan bajarilishi majburiydir.
12. Jamgʻarmani joriy boshqarish Jamgʻarmaning Ijro etuvchi direksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Quyidagilar Jamgʻarma ijro etuvchi direksiyasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Jamgʻarma daromadlari va xarajatlari prognozini hamda ularning bajarilishi toʻgʻrisidagi hisobotni tayyorlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Jamgʻarmani boshqarish kengashiga daromadlar manbalari bilan bogʻlagan holda Jamgʻarma mablagʻlaridan asosiy yoʻnalishlar (taʼlim va tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash (toʻliq jihozlash) boʻyicha foydalanish yuzasidan takliflar kiritish;
(12-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 3-fevraldagi 30-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 60-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
taʼlim va tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash (toʻliq jihozlash)ning aniq manzilli roʻyxatlarining bajarilishini tahlil qilish va monitoring olib borish hamda tegishli materiallarni Jamgʻarmani boshqarish kengashiga kiritish;
(12-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 3-fevraldagi 30-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 60-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
zarurat boʻlganda, joylarga chiqqan holda, taʼlim va tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash (toʻliq jihozlash)ning har yillik dasturlarini shakllantirishda ishtirok etish;
(12-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 3-fevraldagi 30-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 60-modda)
Jamgʻarma daromadlari va xarajatlarini oyma-oy tasdiqlash, shuningdek daromadlar parametrlarini mintaqalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining tegishli boʻlinmalariga hamda xarajatlar parametrlarini Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish yoʻnalishlari boʻyicha Moliya vazirligining tegishli boʻlinmalariga va hududiy moliya organlariga yetkazish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladigan shakllar boʻyicha ularning oʻz vaqtida va toʻliq bajarilishi monitoringini olib borish;
Oldingi tahrirga qarang.
taʼlim va tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash (toʻliq jihozlash) uchun Jamgʻarma tomonidan jalb etiladigan imtiyozli xorijiy kreditlar va qarzlar hisobga olinishini va ulardan maqsadli foydalanilishini taʼminlash, shuningdek ularni oʻz vaqtida qaytarish va qarz bitimlari shartlariga muvofiq ularga xizmat koʻrsatish;
(12-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 3-fevraldagi 30-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 60-modda)
Jamgʻarmaning ijro etuvchi direktori vazifalari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining mutasaddi oʻrinbosariga yuklanadi.
V. Jamgʻarma daromadlari va xarajatlari prognozini tayyorlash, koʻrib chiqish va tasdiqlash
13. Jamgʻarma daromadlari va xarajatlari prognozini tayyorlash, koʻrib chiqish va tasdiqlash “Budjet tizimi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga va ushbu Nizomga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetini tayyorlash bilan bogʻliq holda amalga oshiriladi.
14. Jamgʻarmaning ijro etuvchi direksiyasi har yili navbatdagi yil uchun:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda — Jamgʻarmaga majburiy ajratmalar tushumlari prognozini tayyorlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda — budjetdan tashqari manbalardan, shu jumladan xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining grantlari va kreditlarini, xayriya qiluvchilarning ehsonlarini jalb etishdan tushumlar prognozlarini tayyorlaydi.
(14-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 3-fevraldagi 30-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 60-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi va Moliya vazirligi bilan birgalikda 1-avgustgacha keyingi yil uchun Jamgʻarmaning Ijro etuvchi direksiyasiga barcha yoʻnalishlar boʻyicha Jamgʻarma xarajatlari prognozlarini hamda keyingi yil uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va tumanlar (shaharlar) boʻyicha taʼlim va tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash (toʻliq jihozlash)ning har yilgi dasturlarini taqdim etadilar.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 3-fevraldagi 30-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 60-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
16. Jamgʻarmaning Ijro etuvchi direksiyasi Jamgʻarmaga tushayotgan mablagʻlar doirasida, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda Taʼlim va tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash (toʻliq jihozlash) dasturining uzil-kesil parametrlarini shakllantiradi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti loyihasi kiritilishi bilan bogʻlangan muddatlarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga koʻrib chiqish va tasdiqlash uchun kiritadi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 3-fevraldagi 30-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 60-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
17. Jamgʻarma daromadlari va xarajatlarining yillik parametrlari tasdiqlangandan keyin Jamgʻarmaning ijro etuvchi direksiyasi 5 kun mobaynida Jamgʻarma mablagʻlarini oluvchilarni (Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi yagona buyurtmachi xizmati, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Qurilish boʻyicha birlashgan direksiyasi) ular uchun belgilangan xarajatlar hajmi toʻgʻrisida xabardor qiladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 3-fevraldagi 30-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 60-modda)
VI. Jamgʻarma mablagʻlarini sarflash tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
18. Jamgʻarma mablagʻlari:
mahalliy budjetlar mablagʻlari hisobiga taʼminlanadigan taʼlim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash (toʻliq jihozlash)ga, shuningdek tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash (toʻliq jihozlash)ga xarajatlar boʻyicha — Gʻaznachilikning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha boshqarmalaridagi (keyingi oʻrinlarda Gʻaznachilikning hududiy boshqarmalari deb ataladi) xizmat koʻrsatiladigan gʻaznachilik shaxsiy hisob raqamlari orqali sarflanadi;
respublika budjeti mablagʻlari hisobiga taʼminlanadigan tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash (toʻliq jihozlash)ga xarajatlar boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligida xizmat koʻrsatiladigan gʻaznachilik shaxsiy hisob raqamlari orqali sarflanadi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 3-fevraldagi 30-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 60-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
19. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligida:
respublika budjeti mablagʻlari hisobiga taʼminlanadigan tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash boʻyicha — tender (tanlov) savdolari asosida va kapital qurilish sohasidagi qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Qurilish boʻyicha birlashgan direksiyasi tomonidan;
respublika budjeti mablagʻlari hisobiga taʼminlanadigan tibbiyot muassasalarini jihozlash (toʻliq jihozlash) boʻyicha — qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oʻtkazilgan tender (tanlov) savdolari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilgan xarajatlar smetalari asosida amalga oshiriladi;
b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligida, viloyatlar va Toshkent shahar moliya boshqarmalarida:
mahalliy budjetlar mablagʻlari hisobiga taʼminlanadigan taʼlim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash, shuningdek tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash boʻyicha — tender (tanlov) savdolari asosida va kapital qurilish sohasida qonun hujjatlarida belgilangan tartibga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi yagona buyurtmachi xizmatlari tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilgan xarajatlar smetalari asosida amalga oshiriladi;
mahalliy budjetlar mablagʻlari hisobiga taʼminlanadigan taʼlim muassasalari va tibbiyot muassasalarini jihozlash (toʻliq jihozlash) boʻyicha — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq taʼlimi boshqarmalari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi hududiy boshqarmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sogʻliqni saqlash boshqarmalari tomonidan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oʻtkazilgan tender (tanlov) savdolari asosida roʻyxatdan oʻtkazilgan xarajatlar smetalari asosida amalga oshiriladi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 3-fevraldagi 30-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 60-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
19-1. Taʼlim va tibbiyot muassasalarini jihozlash (toʻliq jihozlash)ning maqsadga muvofiqligi, shuningdek miqdor, sifat va yetkazib berish muddatlari boʻyicha shartnoma majburiyatlari bajarilishi monitoringi yuzasidan javobgarlik tender (tanlov) savdolari buyurtmachilari — Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markaziga, shuningdek ularning hududiy boʻlinmalariga yuklanadi.
(19-1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 3-fevraldagi 30-sonli qaroriga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 60-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
20. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi va uning hududiy boshqarmalari taʼlim va tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash (toʻliq jihozlash) boʻyicha shartnomalarni belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazishni hamda ular boʻyicha qatʼiyan xarajatlar smetalarida nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida hamda taʼlim va tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlashning belgilangan tartibda tasdiqlangan aniq manzilli roʻyxatlariga muvofiq xarajatlar toʻlovini amalga oshiradilar.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 3-fevraldagi 30-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 60-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
21. Xarajatlarni toʻlash:
mahalliy budjetlar mablagʻlari hisobiga taʼminlanadigan taʼlim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash, shuningdek tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash boʻyicha — viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi yagona buyurtmachi xizmatlarining toʻlov topshiriqnomalari asosida Gʻaznachilikning hududiy boshqarmalari tomonidan;
respublika budjeti mablagʻlari hisobiga taʼminlanadigan tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash boʻyicha — taʼlim va tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlashning aniq manzilli roʻyxatlari boʻyicha belgilangan limitlar doirasida hamda tender (tanlov) savdolari natijalarini hisobga olgan holda tuzilgan shartnomalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Qurilish boʻyicha birlashgan direksiyasining toʻlov topshiriqnomalari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligi tomonidan amalga oshiriladi.
Shartnomalarda:
rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlashning dastlabki ikki oyi mobaynida teng ulushlar bilan, qurilishning prognoz qilinayotgan yili uchun tender (tanlov) savdolari natijalari boʻyicha aniqlangan ishlar qiymatining 30 foizigacha miqdorda avans toʻlovlarini amalga oshirish;
har oyda, ajratilgan avansni mutanosib ravishda ushlab qolishni hisobga olgan holda, bajarilgan ishlar qiymatining 95 foizi miqdorida joriy moliyalashtirishni amalga oshirish;
shartnomada koʻrsatilgan kafolat muddati tugagach qolgan 5 foizni pudratchiga toʻlash nazarda tutiladi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 3-fevraldagi 30-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 60-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
22. Taʼlim muassasalarini jihozlash (toʻliq jihozlash) boʻyicha xarajatlarni toʻlash:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq taʼlimi boshqarmalarining, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi hududiy boshqarmalarining toʻlov topshiriqnomalari asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha Gʻaznachilik hududiy boshqarmalari tomonidan;
mahalliy budjet mablagʻlari hisobiga taʼminlanadigan tibbiyot muassasalarini jihozlash (toʻliq jihozlash) boʻyicha xarajatlarni toʻlash — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sogʻliqni saqlash boshqarmalarining toʻlov topshiriqnomalari asosida Gʻaznachilikning hududiy boshqarmalari tomonidan;
respublika budjeti mablagʻlari hisobiga taʼminlanadigan tibbiyot muassasalarini jihozlash (toʻliq jihozlash) boʻyicha xarajatlarni toʻlash — Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining toʻlov topshiriqlari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligi tomonidan amalga oshiriladi.
Shartnomalarda:
shartnoma umumiy summasining kamida 30 foizi miqdorida avans toʻlovini amalga oshirish;
har oyda, ajratilgan avans toʻlovlarini ushlab qolgan holda, yetkazib berilgan tovarlarning amaldagi hajmidan kelib chiqib joriy moliyalashtirishni amalga oshirish nazarda tutiladi”;
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 3-fevraldagi 30-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 60-modda)
23. Mablagʻlarni (shu jumladan tovarlarni yetkazib beruvchilar, ishlar va xizmatlarni bajaruvchilar tomonidan shartnoma majburiyatlarining bajarilmaganligi uchun jarima sanksiyalarini qoʻllashdan olingan mablagʻlarni) xarajatlarning tasdiqlanmagan smetasisiz, shuningdek Jamgʻarma xarajatlari prognozida nazarda tutilmagan tadbirlarga yoki ham umuman xarajatlar smetalari boʻyicha va ham xarajatlarning alohida turlari boʻyicha smetalarda belgilanganidan ortiqcha sarflash taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
24. Joriy moliya yili yakunlari boʻyicha qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlashning aniq manzilli roʻyxatlarida hamda taʼlim va tibbiyot muassasalarini jihozlash (toʻliq jihozlash) boʻyicha xarajatlar smetalarida nazarda tutilgan toʻliq moliyalashtirilmagan mablagʻlar Jamgʻarmaning daromadlari va xarajatlari balanslanganligi taʼminlanishini hisobga olgan holda kelgusi moliya yilida toʻlanadi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 3-fevraldagi 30-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 60-modda)
25. Jamgʻarmaning hisob raqamlaridan mablagʻlarni ushbu Nizomda nazarda tutilmagan maqsadlarga oʻtkazish va vaqtinchalik olib qoʻyish taqiqlanadi.
VII. Jamgʻarmaga majburiy ajratmalarning oʻtkazilishi va tushishini hamda Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanilishini hisobga olish, hisobot va nazorat qilish
26. Jamgʻarmaning ijro etuvchi direksiyasi Jamgʻarmaning buxgalteriya hisobi, daromadlari va xarajatlari ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarning tuzilishi va taqdim etilishi uchun javob beradi.
Jamgʻarmaning ijro etuvchi direksiyasi har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 10-kunidan kechikmay Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan shakl boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga Jamgʻarma daromadlari va xarajatlari ijrosi toʻgʻrisida hisobot taqdim etadi.
27. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va davlat soliq xizmatining hududiy organlari:
Jamgʻarmaga majburiy ajratmalarning toʻgʻri hisoblanishi, toʻliq va oʻz vaqtida toʻlanishi yuzasidan nazoratni;
toʻlovchilar boʻyicha Jamgʻarmaga majburiy ajratmalar hisobi yuritilishini;
xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan Jamgʻarmaga majburiy ajratmalarning toʻgʻri hisoblanishi va toʻlanishi boʻyicha tekshirishlarning amalga oshirilishini taʼminlaydilar.
28. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 10-kunidan kechikmay Jamgʻarmaning ijro etuvchi direksiyasiga hisobot davridan keyingi oyning 1-kunidagi holati boʻyicha Jamgʻarmaga majburiy ajratmalarning hisoblangan va tushgan summalari, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, shuningdek vazirliklar va idoralar boʻyicha mazkur ajratmalar yuzasidan qarzlar toʻgʻrisida tezkor hisobot taqdim etadi.
Jamgʻarmaning ijro etuvchi direksiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasidan Jamgʻarmaga majburiy ajratmalar toʻlovlaridan mablagʻlar tushishiga taalluqli qoʻshimcha maʼlumotlarni soʻrab olish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
29. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi yagona buyurtmachi xizmatlari tomonidan taʼlim va tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlashga ajratilgan Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanilishi boʻyicha hisobotlar har oyda, hisobot davridan keyingi oyning 5-kunidan kechikmay Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahar moliya boshqarmalariga taqdim etiladi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 3-fevraldagi 30-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 60-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
29-1. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Qurilish boʻyicha birlashgan direksiyasi tomonidan respublika budjeti mablagʻlari hisobiga taʼminlanadigan tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash uchun ajratiladigan Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish boʻyicha hisobotlar har oyda, hisobot davridan keyingi oyning 5-kunidan kechikmay Jamgʻarmaning Ijro etuvchi direksiyasiga taqdim etiladi.
(29-1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 3-fevraldagi 30-sonli qaroriga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 60-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
30. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq taʼlimi boshqarmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sogʻliqni saqlash boshqarmalari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi hududiy boshqarmalari tomonidan taʼlim va tibbiyot muassasalarini jihozlashga (toʻliq jihozlashga) ajratilgan Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanilishi boʻyicha hisobotlar har oyda, hisobot davridan keyingi oyning 5-kunidan kechikmay Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahar moliya boshqarmalariga taqdim etiladi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 3-fevraldagi 30-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 60-modda)
31. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya boshqarmalari — amalga oshirilgan xarajatlar yuzasidan har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 8-kunidan kechikmay Jamgʻarmaning ijro etuvchi direksiyasiga Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan shakl boʻyicha hisobot taqdim etadilar.
32. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda respublika mintaqalari boʻyicha Jamgʻarmaga majburiy ajratmalar tushumlaridan Jamgʻarma daromadlar prognozining bajarilishi holatini tahlil qiladi hamda daromadlarning oʻz vaqtida va toʻliq tushishiga salbiy taʼsir koʻrsatgan aniqlangan omillar asosida ularni bartaraf etishga doir qoʻshma chora-tadbirlar koʻradi.
33. Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi yuzasidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi.
34. Jamgʻarmaning ijro etuvchi direksiyasi:
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi yagona buyurtmachi xizmatlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Qurilish boʻyicha birlashgan direksiyasining — taʼlim va tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash boʻyicha bajarilgan ishlar hamda toʻlangan mablagʻlar toʻgʻrisidagi hisobot maʼlumotlari asosida;
(34-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 3-fevraldagi 30-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 60-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq taʼlimi boshqarmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sogʻliqni saqlash boshqarmalarining, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi hududiy boshqarmalarining — taʼlim va tibbiyot muassasalariga oʻquv-laboratoriya asbob-uskunalari, kompyuter texnikasi, mebellar va boshqa anjomlarning amalda yetkazib berilganligi hamda toʻlangan mablagʻlar, shuningdek ularning boshlangʻich hujjatlarga (schyot-fakturalarga) va amalda bajarilgan ishlarga (xizmatlarga) muvofiqligi toʻgʻrisidagi hisobot maʼlumotlari asosida Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli va oqilona foydalanilishi boʻyicha doimiy monitoring olib boradi.
(34-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 3-fevraldagi 30-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 60-modda)
35. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi tuzilmalaridagi taʼlim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash (toʻliq jihozlash)ning aniq manzilli roʻyxatlarini shakllantirish va monitoring guruhlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq taʼlimi boshqarmalaridagi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi hududiy boshqarmalaridagi tegishli shuʼbalar ishlab chiqiladigan baholash mezonlari asosida, taʼlim standartlari talablarini hisobga olgan holda, oʻquv jarayonida zamonaviy oʻquv-laboratoriya asbob-uskunalari, kompyuter texnikasi, mebellar va anjomlardan foydalanish samaradorligi monitoringi qatʼiyan taʼminlanishi yuzasidan shaxsan javob beradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tuzilmasidagi tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash (toʻliq jihozlash)ning aniq manzilli roʻyxatlarini shakllantirish va monitoringni olib borish guruhi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sogʻliqni saqlash boshqarmalaridagi tegishli sektorlar ishlab chiqilgan baholash mezonlari asosida sogʻliqni saqlash tizimida laboratoriya, tashxis va davolash uskunalari, maxsus mebel va anjomlar, kompyuter texnikasi hamda boshqa tibbiyot apparatlaridan foydalanish samaradorligi monitoringi qatʼiy amalga oshirilishi yuzasidan shaxsan javob beradi.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 3-fevraldagi 30-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 60-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
36. Jamgʻarma mablagʻlaridan tasdiqlangan xarajatlar smetalariga muvofiq qatʼiyan maqsadli va samarali foydalanilishi yuzasidan javobgarlik Jamgʻarma mablagʻlarini oluvchilar — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi tegishli yagona buyurtmachi xizmatlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq taʼlimi boshqarmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda viloyatlar va Toshkent shahar sogʻliqni saqlash boshqarmalari, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Qurilish boʻyicha birlashgan direksiyasi shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi hududiy boshqarmalari rahbarlari zimmasiga yuklanadi.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 3-fevraldagi 30-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 60-modda)
VIII. Jamgʻarmani qayta tashkil etish va tugatish
37. Jamgʻarmani qayta tashkil etish va tugatish Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 10-dekabrdagi 291-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Taʼlim va tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlashning har yilgi dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash
tartibi
(2-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 3-fevraldagi 30-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 60-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Tartib Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy boʻlinmalarining, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) mablagʻlari hisobiga taʼlim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlashning har yilgi dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash borasidagi asosiy vazifalarini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 3-fevraldagi 30-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 60-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Tumanlar (shaharlar) xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimlari:
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 20-iyundagi 183-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 25-son, 260-modda)
taʼlim muassasalari binolari, infratuzilma obyektlarining texnik holati va jihozlanganligini muntazam ravishda doimiy oʻrganib boradilar;
Oldingi tahrirga qarang.
kelgusi yilda rekonstruksiya qilinishi, mukammal taʼmirlanishi va jihozlanishi (toʻliq jihozlanishi) kerak boʻlgan taʼlim muassasalari roʻyxatini har yili 1-martgacha aniqlaydilar va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq taʼlimi boshqarmalariga kiritadilar.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 3-fevraldagi 30-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 60-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq taʼlimi boshqarmalari (tumanlar (shaharlar) xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimlari tomonidan taqdim etilgan obyektlar roʻyxati asosida), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sogʻliqni saqlash boshqarmalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi hududiy boshqarmalari kelgusi yilda qurilishi, rekonstruksiya qilinishi, mukammal taʼmirlanishi va jihozlanishi (toʻliq jihozlanishi) kerak boʻlgan taʼlim va tibbiyot muassasalarining dastlabki roʻyxatini har yili 1-aprelgacha aniqlaydilar hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga kiritadilar.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 3-fevraldagi 30-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 60-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari qarorlari bilan har yili 5-aprelgacha, taʼlim va tibbiyot muassasalarining taqdim etilgan dastlabki roʻyxati asosida taʼlim va tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash (toʻliq jihozlash) dasturlarini shakllantirish boʻyicha ishchi guruhlar tuziladi.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 3-fevraldagi 30-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 60-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ishchi guruhlar tarkibiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining, viloyatlar va Toshkent shahar xalq taʼlimi boshqarmalarining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sogʻliqni saqlash boshqarmalarining, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi hududiy boshqarmalarining, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi Davlat arxitektura-qurilish nazorati inspeksiyalarining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi yagona buyurtmachi xizmatlarining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi hamda viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot boshqarmalarining, shuningdek moliya organlarining rahbarlari va masʼul xodimlari kiritiladi.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 3-fevraldagi 30-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 60-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Ishchi guruhlar taʼlim va tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash (toʻliq jihozlash)ning har yilgi dasturlarini shakllantirishda har bir taʼlim va tibbiyot muassasasi binolarining amaldagi texnik holatini va ularning moddiy-texnika jihatidan taʼminlanganligini, shuningdek oʻquv korpuslarining oʻquv ustaxonalari va laboratoriyalari tashkil etish bilan kengaytirishga boʻlgan ehtiyojini, sport zallari va maydonchalari, boshqa infratuzilma obyektlari tashkil etilishini hamda ularning tegishli asbob-uskunalar va anjomlar, shuningdek laboratoriya, tashxis, davolash uskunalari va boshqa tibbiy apparatlar, mebel va anjomlar bilan jihozlanishini hisobga oladilar.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 3-fevraldagi 30-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 6-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari har yili 1-iyungacha Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markaziga taʼlim va tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash (toʻliq jihozlash)ning dastlabki dasturlarini taqdim etadilar.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 3-fevraldagi 30-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 60-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, Moliya vazirligi bilan birgalikda taʼlim va tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash (toʻliq jihozlash)ning taqdim etilgan dastlabki dasturlarini oʻrganadilar, zarurat boʻlganda, joyning oʻziga borgan holda ularni aniqlashtiradilar hamda har yili 1-iyulgacha Jamgʻarmaning ijro etuvchi direksiyasiga viloyatlar va tumanlar (shaharlar) boʻyicha taʼlim va tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash (toʻliq jihozlash)ning keyingi yil uchun dasturini taqdim etadilar.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 3-fevraldagi 30-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 60-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Taʼlim va tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash (toʻliq jihozlash)ning har yilgi dasturlarini shakllantirishda har bir taʼlim va tibbiyot muassasasining texnik holati, moddiy-texnika jihatidan amalda taʼminlanganligi, smenaliligi va oʻquvchilari soni hisobga olinadi hamda oʻquv-laboratoriya va ishlab chiqarish asbob-uskunalari, mebellar, sport anjomlari, oʻqitishning multimediy vositalari, kompyuter texnikasi, shuningdek tibbiyot uskunalari va boshqa asbob-uskunalarning asossiz ravishda hisobdan chiqarilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 3-fevraldagi 30-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 60-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Jamgʻarmaning ijro etuvchi direksiyasi Jamgʻarmaga tushayotgan mablagʻlar doirasida, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda Taʼlim va tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash dasturining yakuniy parametrlarini shakllantiradi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturi loyihasi kiritilishi bilan bogʻlangan muddatlarda koʻrib chiqish va tasdiqlash uchun Jamgʻarmani boshqarish kengashiga kiritadi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 3-fevraldagi 30-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 60-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 50-son, 473-modda; 2011-y., 25-son, 260-modda; 2012-y., 6-son, 60-modda)