10.12.2010 yildagi 291-son
Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.09.2017
 LexUZ sharhi
2. Jamg‘arma respublika ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini zamonaviy talablarni va xalqaro standartlarni hisobga olgan holda tizimli asosda rivojlantirish va mustahkamlash, ularni eng ilg‘or o‘quv, tashxis va davolash asbob-uskunalari, axborot-kompyuter texnikasi bilan jihozlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash bo‘yicha budjetdan tashqari jamg‘armani tashkil etish to‘g‘risida” 2010-yil 10-noyabrdagi PQ-1432-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasini Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi etib qayta tashkil etish to‘g‘risida” 2011-yil 21-noyabrdagi PQ-1645-son qaroriga muvofiq qayta tashkil etilgan.
3. Jamg‘arma o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, shuningdek Jamg‘armani boshqarish kengashi qarorlariga amal qiladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 3-fevraldagi 30-sonli qaroriga muvofiq beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 6-son, 60-modda)
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 3-fevraldagi 30-sonli qaroriga muvofiq oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 6-son, 60-modda)
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 3-fevraldagi 30-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 6-son, 60-modda)
13. Jamg‘arma daromadlari va xarajatlari prognozini tayyorlash, ko‘rib chiqish va tasdiqlash “Budjet tizimi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va ushbu Nizomga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetini tayyorlash bilan bog‘liq holda amalga oshiriladi.
(35-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 3-fevraldagi 30-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 6-son, 60-modda)