06.12.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2161
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISH VAZIRINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrug‘i
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TAMAKI ISHLAB CHIQARISH XODIMLARI UCHUN MEHNATNI MUHOFAZA QILISH QOIDALARINI TASDIQLASH HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 6-dekabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2161]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son “Mehnatni muhofaza qilishga doir me’yoriy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish va ishlab chiqish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari to‘plami, 2000-y., 7-son, 39-modda) va 2010-yil 20-iyuldagi 153-son “Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 28-29-son, 234-modda) qarorlariga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tamaki ishlab chiqarish xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir A. XAITOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 23-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
191-B-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2010-yil 23-noyabrdagi 191-B-son buyrug‘iga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tamaki ishlab chiqarish xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Qoidalar tamaki ishlab chiqarish xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish tartibini belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 19-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3692, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3692/0929-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Qoidalar tamaki ishlab chiqaruvchi tashkilotlarga (bundan keyingi o‘rinlarda tashkilotlar deb yuritiladi) taalluqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Qoidalar ishlab chiqarish binolari va inshootlarini loyihalash, qurish va qayta qurishda, sexlarni texnik jihozlash va qayta jihozlashda, texnologik jarayonlar hamda uskunalardan foydalanishda hisobga olinishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, shaharsozlik normalari va qoidalari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablari bajarilishi shart ekanligini istisno etmaydi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 19-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3692, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3692/0929-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa normativ hujjatlarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati bunga maxsus vakolat berilgan davlat organlari tomonidan, jamoatchilik nazorati esa mehnat jamoalari va kasaba uyushmasi tashkilotlari tomonidan saylanadigan mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakillar tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Xavfsizlik bo‘yicha umumiy talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 19-2025/B-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3692, 13.10.2025-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3692/0929-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 19-2025/B-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3692, 13.10.2025-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3692/0929-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tashkilotlarda quyidagi asosiy hujjatlar ishlab chiqiladi (tasdiqlanadi) va yuritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish ishlarini yaxshilash, sanitariya-sog‘lomlashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha bo‘limni o‘z ichiga olgan jamoaviy shartnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqlangan mehnat sharoitlarini baholash va ish o‘rinlarini attestatsiya qilish uslubiga muvofiq ish o‘rinlarini attestatsiya qilish kartalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilish xizmatining choraklik ish rejalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishchilar va muhandis-texnik xodimlarni o‘qitish, yo‘l-yo‘riq berish va bilimlarini sinovdan o‘tkazish dasturlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha ma’muriy-jamoatchilik nazoratini yuritish jurnali (uch bosqichli nazorat);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlar bilan yong‘inga qarshi yo‘l-yo‘riq berish va yong‘in-texnikaviy minimum mashg‘ulotlarini o‘tkazish dasturi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir kasb va ish turlari bo‘yicha mehnatni muhofaza qilish yo‘riqnomalari.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 12-moddasiga muvofiq, ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi, xodimlarining soni ellik kishi va undan ortiq bo‘lgan har bir tashkilotda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini ta’minlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha tegishli tayyorgarlikka ega bo‘lgan mutaxassis lavozimi joriy etiladi. Ellikta va undan ortiq transport vositasi mavjud bo‘lgan tashkilotda yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ham tashkil etiladi yoki yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimlarining soni ellik nafardan kam bo‘lgan tashkilotda mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassis lavozimini joriy etish to‘g‘risidagi qaror ish beruvchi tomonidan mazkur tashkilot faoliyatining o‘ziga xos xususiyati hisobga olingan holda qabul qilinadi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 19-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3692, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3692/0929-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mehnatni muhofaza qilish xizmati va yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tashkilotning mustaqil tarkibiy bo‘linmalari bo‘lib, ular bevosita tashkilot rahbariga bo‘ysunadi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 19-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3692, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3692/0929-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mehnatni muhofaza qilish xizmatining mutaxassislari lavozim yo‘riqnomasiga binoan ularning majburiyatlariga kiritilmagan boshqa ishlarni bajarishga jalb qilinishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Tashkilotlarda mehnat faoliyati bilan bog‘liq ravishda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-son qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 19-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3692, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3692/0929-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Xodimlarni o‘qitish, ularning bilimlarini sinovdan o‘tkazish va ularga yo‘l-yo‘riq berishni tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Tashkilot xodimlari o‘z kasblari va ish turlari bo‘yicha belgilangan tartibda o‘qishlari, ularning bilimlarini sinovdan o‘tkazilishi va ularga yo‘l-yo‘riq berilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 19-2025/B-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3692, 13.10.2025-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3692/0929-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ishlarni texnologik reglament bo‘yicha xavfsiz yuritish yo‘riqnomalari ishlab chiqiladi va xodimlar hamda ish joylarini shu yo‘riqnomalar bilan ta’minlash tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 19-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3692, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3692/0929-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Tashkilotlar GOST 17.2.3.02-78 bo‘yicha xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari, ularning tavsifi, yuzaga kelish manbalari, xodimlarga ta’sir qilish xususiyatlari va salomatlik uchun xavflilik darajasi va kelgusidagi oqibatlari to‘g‘risida to‘liq va xolisona ma’lumotga ega bo‘lishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ish joylaridagi ishlab chiqarish muhiti hamda mehnat jarayonining xavfli va zararli omillari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ishlab chiqarish muhitining fizik, kimyoviy, radiologik, mikrobiologik va mikroiqlim o‘lchovi natijalari, shuningdek mehnatning og‘ir sharoitlari attestatsiya qilish orqali belgilanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Yangi zararli moddalar paydo bo‘lishiga yoki xavfli va zararli omillar yo‘qolishiga olib keladigan texnologik jarayonlar o‘zgarishlarida yoki yangi ishlab chiqarish uskunalarini joriy qilishda xavfli va zararli omillar to‘g‘risidagi ma’lumotlarga tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-§. Jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalarini qo‘llash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Xodimlarni xavfli va zararli ishlab chiqarish muhiti omillaridan himoya qilish belgilangan standartlar va me’yorlar talablariga mos jamoaviy va shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish orqali ta’minlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Jamoaviy himoya qilish vositalariga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining havo muhitini me’yorlashtirish vositalari (shamollatish va havo tozalash, isitish, havo haroratini, namligini bir xil me’yorda saqlash va boshqalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining yorug‘ligini normallashtirish vositalari (yoritish asboblari, yorug‘likdan himoya qilish moslamalari va boshqalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shovqindan, tebranishdan, elektr va statik toklar urishidan hamda uskunalar yuzasini yuqori darajadagi haroratdan himoya qilish vositalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mexanik va kimyoviy omillarning ta’siridan himoya qilish vositalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari xonadagi barcha xodimlarga ta’sir qilganda qo‘llanishi shart va tashkilotni qurish yoki rekonstruksiya qilish loyihalariga kiritilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarini ruxsat etilgan miqdorgacha kamaytirish imkonini bermagan hollarda shaxsiy himoya vositalari qo‘llanishi lozim. Bunday hollarda shaxsiy himoya vositalarisiz xodimlarning ishga jalb qilinishi taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Shaxsiy himoya vositalaridan foydalanadigan xodimlar ularni qo‘llashi, himoya xususiyatlari va amal qilish muddati to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Tashkilotda quyidagilar ta’minlanishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy himoya vositalarining zarur miqdori va nomenklaturasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
himoya vositalarini qo‘llash va to‘g‘ri foydalanish ustidan doimiy nazorat amalga oshirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
himoya vositalarining samaradorligi va sozligi tekshirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy himoya vositalaridan xavfli va zaharli moddalar muhitida foydalanilganda ularni degazatsiya va dezinfeksiya qilinishi (bir marta qo‘llaniladigan himoya vositalari bundan mustasno).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Xodimlar Yog‘-moy va tamaki ishlab chiqarish xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalarini bepul berishning namunaviy me’yorlariga (ro‘yxat raqami 2113, 2010-yil 23-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 24-25-son, 205-modda) muvofiq shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-§. O‘ta xavfli kasblar va ishlar ro‘yxati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Tashkilot o‘ta xavfli sharoitda bajariladigan ishlar ro‘yxatiga ega bo‘lishi lozim. Ro‘yxatga xavfli moddalar bilan bajariladigan ishlar, balandlikda, ifloslangan havo va suv muhitida, yuqori harorat va namlik sharoitida bajariladigan ishlar, bug‘ va suv isitish qozonlari, yuk ko‘tarish mexanizmlari, bosim ostida ishlaydigan sig‘imlar, elektr uskunalarga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq ishlar va amaldagi tarmoq ro‘yxatlariga muvofiq boshqa ishlar kiritilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Barcha xodimlar o‘ta xavfli ishlarni bajarish topshirig‘ini olishdan oldin, mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘l-yo‘riq olishi va ishlarni bajarish usullarini o‘zlashtirib olishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. O‘ta xavfli ishlarni bajarish, faqat belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan naryad-ruxsatnomaga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Tashkilot rahbariyati o‘ta xavfli ishlarni rejalashtirishda, tashkillashtirishda va xavfsiz bajarishda belgilangan talablarga muvofiq amalga oshirilishiga to‘la javobgardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-§. Kasbiy tanlov
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Tashkilotlarda tanlov o‘tkazilishi lozim bo‘lgan kasblar va mutaxassisliklar ro‘yxati bo‘lishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Xodimlar, ishlab chiqarish uchastkalarining rahbarlari tegishli ma’lumotga va ish tajribasiga ega bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Bosim ostida ishlovchi uskunalar va xavfi yuqori bo‘lgan ishlarda xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar maxsus kurslarda tayyorgarlikdan o‘tgan va tegishli guvohnomaga ega bo‘lishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-iyuldagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarning mehnatidan foydalanilishi taqiqlangan og‘ir ishlarning hamda zararli yoki xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarning ro‘yxatiga muvofiq o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar og‘ir ishlarga hamda zararli va xavfli mehnat sharoiti mavjud ishlarga qabul qilinmasligi lozim.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 29-noyabrdagi 81-2023/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3484, 18.12.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 29-noyabrdagi 81-2023/B-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3484, 18.12.2023-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-§. Xodimlarning salomatligini nazorat qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Tashkilotlarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) asosida amalga oshirilishi lozim.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 19-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3692, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3692/0929-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Tashkilot ma’muriyati (yoki ish beruvchi) kasaba uyushmasi qo‘mitasi va sog‘liqni saqlash organlari bilan birgalikda har yili dastlabki (mehnat shartnomasini tuzayotganda) va davriy (mehnat faoliyati davomida) majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tishi lozim bo‘lgan xodimlarning ro‘yxatini tuzishi hamda xodimlarning ko‘rikka kelishini ta’minlashi lozim.
(35-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 19-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3692, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3692/0929-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Majburiy tibbiy ko‘riklar korxonalarga tibbiy xizmatlar ko‘rsatuvchi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan, ular bo‘lmagan taqdirda esa korxona joylashgan yerdagi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan o‘tkaziladi. Majburiy tibbiy ko‘riklar davolash-sog‘lomlashtirish tadbirlari belgilangan tekshirish dalolatnomasi bilan yakunlanishi lozim.
(36-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 19-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3692, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3692/0929-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Ish beruvchi majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan yoxud majburiy tibbiy ko‘rik natijalariga ko‘ra tibbiy komissiyalar tomonidan berilgan tavsiyalarni bajarishdan bo‘yin tovlagan shaxslarni ishdan chetlashtirishi shart.
(37-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 19-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3692, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3692/0929-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Davriy majburiy tibbiy ko‘riklar o‘z vaqtida, sifatli o‘tkazilishi va ularning natijalariga ko‘ra tavsiyalar bajarilishi uchun javobgarlik tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklanadi.
(38-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 19-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3692, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3692/0929-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Xodimlarni sog‘lig‘i tufayli ularga ruxsat etilmagan ishlarda ishlatish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-§. Tashkilot maydonlariga bo‘lgan xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Tashkilot maydonlari va binolarining joylashuvi SHNQ 2.09.17-21 “Sanoat korxonalarining bosh rejalarini loyihalash” talabiga mos bo‘lishi kerak.
(40-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 19-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3692, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3692/0929-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Tashkilotda transport vositalarini va piyodalarni tashkilot hududida harakatlanish chizmasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Transport vositalari va tashkilot hududida piyodalarning harakati chizmasi tashkilotga kirish va chiqish hamda ish uchastkalari va sexlarning ko‘rinarli joylariga osib qo‘yilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Tashkilot maydonlari ko‘kalamzorlashtirilgan va suv quyish quvurlari tarmoqlari bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Tashkilot maydonidagi o‘tish joylari mustahkam yopqichlar, suvlar oqib ketadigan inshootlar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Yilning yoz vaqtida yo‘laklar va o‘tish joylariga suv sepilgan, qishda qordan tozalanib, qum sepilgan bo‘lishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-§. Bino va inshootlarga bo‘lgan xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Ishlab chiqarish binolari va inshootlari SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda ma’muriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari”ga muvofiq bo‘lishi lozim.
(46-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 19-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3692, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3692/0929-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Yordamchi binolar va xonalar SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda ma’muriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari”ga mos kelishi lozim.
(47-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 19-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3692, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3692/0929-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Ishlab chiqarish va yordamchi xonalarning (harorati, nisbiy namligi, havoni harakatlanish tezligi va boshqalar) mikroiqlimi GOST 12.1.005-88 talabiga javob berishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Nam xonalarda hamda issiq o‘tkazuvchi pollarda (betonli, g‘ishtli, plitali va boshqalar) muntazam ishlashga mo‘ljallangan ish joylarida yog‘och to‘shamalar va panjaralar yotqizilgan bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Pol to‘shamalari zararli moddalar, ishlab chiqarishdagi kirlar va changlardan yengil tozalangan bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Binoga transport vositalarini kirish joylari darvozalar va signal asbob-uskunalari bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Darvoza tavaqalari yopiq va ochiq holatida maxsus moslamalar mustahkam o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Transport vositalarini binoga kirishi uchun darvoza eni foydalanilayotgan transport vositalari eni miqdoridan oshiq bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Darvozalar balandligi transport vositasining balandligidan kamida 0,2 m dan oshiq bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Tashkilotlarda binolar va inshootlardan foydalanish holatini muntazam kuzatish tashkil etilgan bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Barcha ishlab chiqarish binolari va inshootlari bir yilda ikki martadan (bahor va kuzda) kam bo‘lmagan holda tashkilot rahbari tomonidan tayinlangan komissiya tomonidan texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi lozim. Texnik ko‘rik xulosalari, ularda topilgan nuqsonlarni bartaraf etish bo‘yicha tadbirlar va muddati ko‘rsatilgan dalolatnomalar orqali rasmiylashtirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Xodimlar uchun xavf tug‘diruvchi halokat tusidagi buzilishlar tezda bartaraf etilishi kerak. Xavfli hududlarda ishlab chiqarish jarayonlari halokat bartaraf etilgunga qadar to‘xtatib turilishi lozim, shuningdek xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar xavfsiz joyga ko‘chirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-§. Yoritishga qo‘yiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Ishlab chiqarish xonalarini tabiiy va sun’iy yoritish SHNQ 2.01.05-24 “Tabiiy va sun’iy yoritish” talablariga mos bo‘lishi lozim.
(58-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 19-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3692, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3692/0929-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Avariya yoritish tarmoqlariga elektr energiya iste’molchilarini ulanishi taqiqlanadi. Avariya yoritishlarni sozligi har chorakda kamida bir marta tekshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Yoritish vositalari toza va soz holatda bo‘lishi kerak. Yorug‘ tushuvchi oynalarni yilda kamida ikki marotaba tozalash lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Yorug‘lik tushadigan deraza va eshiklarni turli predmetlar (uskuna, tayyor mahsulot va boshqalar) to‘sib qo‘yishiga ruxsat etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Sun’iy yoritish umumiy va birlashgan tizimda ishlatiladi (umumiy mahalliy bilan birgalikda). Birgina mahalliy yoritishni qo‘llash taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Uchastka va xonalarda portlash bo‘yicha xavfli gaz va changlar konsentratsiyasi yig‘ilib qolish ehtimoli bo‘lsa, elektr yoritish tizimi portlashdan alohida bajarilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64. Xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan xonalarda kuchlanishi 36 V dan yuqori bo‘lmagan ko‘chma elektr yoritqichlar ishlatilishi kerak. Uskunalar va inshootlar (bunkerlar, silososlar, quduqlar, bug‘lantirish kameralari, tunnellar va boshqalar)ni ichki sirtini yoritish uchun ko‘chma elektr yoritqichlarning kuchlanishi 12 V dan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-§. Shamollatish va isitish tizimiga qo‘yiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65. Shamollatish va isitish SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” talabiga muvofiq bo‘lishi lozim.
(65-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 19-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3692, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3692/0929-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66. Oqimli shamollatishlarni tashqi havo tizimidan olish yerdan kamida 2 m balandlikda bajarilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67. O‘tish joylarida joylashgan isitish jihozlari ruxsat etilgan o‘tish yo‘laklarining enini kamaytirmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68. Ish joylarida havo harorati yengil jismoniy ishda 21°S, o‘rtacha og‘ir ishda 17°S, og‘ir ishda 16°S dan past bo‘lmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
69. Xodimlarning isinishi uchun xonalarda havo harorati 22°S dan kam bo‘lmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70. Isinish xonalarigacha bo‘lgan masofa binolarda joylashgan ish joylaridan 75 m dan, bino tashqarisidagi ish joylaridan esa 150 m dan ko‘p bo‘lmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-§. Suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga qo‘yiladigan talablar
(12-paragrafning nomi O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71. Suv bilan ta’minlash va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi SHNQ 2.04.01-22 “Binolarning ichki suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish” talabiga mos kelishi kerak.
(71-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
72. Ichimlik suvidan foydalanish uchun suv quvuriga ulangan favvorachalar bo‘lishi kerak. Suv quvurlari yo‘q bo‘lganda baklarda qaynatilgan suv bo‘lishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
73. Ichimlik suvining harorati 8°S dan 20°S gacha bo‘lishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
74. Tashkilot hududidagi hojatxonalar issiq va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga ulangan bo‘lishi lozim.
(74-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
75. Tashkilotda oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi yo‘q bo‘lganda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining hududiy boshqarmalari yoki tuman (shahar) bo‘limlari bilan kelishilgan holda korxonada yer qatlamini ifloslantirmaslikka va ishlab chiqarish oqova suvlariga dushxonalardan va yuz-qo‘l yuvgichlardan suv oqmaydigan qurilmali axlat o‘ralariga ruxsat etiladi.
(75-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-§. Elektr qurilmalariga qo‘yiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
76. Elektr qurilmalarini va tarmoqlarini montaj qilish va ishlatish vaqtida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 712-son qarori bilan tasdiqlangan Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari talablariga rioya qilish kerak.
(76-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 19-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3692, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3692/0929-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
77. Elektr tok o‘tkazuvchi qismlar, taqsimlovchi qurilmalar, apparatlar va o‘lchash asboblari, shuningdek turli saqlovchi qurilmalar, rubilniklar va boshqa ishga tushiruvchi apparatlar va moslamalar faqat yonmaydigan asoslar (marmar, tekstolit, getinaks va boshqalar)da montaj qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
78. Yoritish va quvvatli uskunalar hamda elektr tarmoqlarining tuzilishi xonalardagi sharoitlarga va ulardagi ishlab chiqarishning xususiyatiga mos bo‘lishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
79. Yuqori namlik va issiqlik ajralib chiquvchi xonalarda elektr yoritqichlar namlikdan, elektr dvigatellari esa suyuqlik sachrashidan himoyalangan yoki yopiq ijroda bo‘lishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
80. Taqsimlovchi qurilmalar izolyatsiyasining qarshiligi va chidamliligi tekshirib turilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
81. Ishlab chiqarish binolari va maishiy xonalarda qo‘llanuvchi lyuminessent yoritqichlar yopiq holda, namlik va chang o‘tkazmaydigan maxsus armaturada bajarilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
82. Ko‘chirib yuriluvchi yoritqichlar shishali himoya qalpoqlari va metall to‘r bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. Ushbu yoritqichlar va boshqa ko‘chirib yuriluvchi apparatlar uchun mis tolali egiluvchan kabel va elektr o‘tkazgichlar qo‘llanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
83. Evakuatsiya yo‘laklari va zinapoyalarda avariya yoritqichlari bo‘lishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
84. Avariya yoritqichlari boshqa yoritqichlardan turi, o‘lchamlari va maxsus tushirilgan belgilari bilan ajralib turishi va vaqti-vaqti bilan changdan tozalanib turilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
85. Kabellar va elektr o‘tkazgichlarning izolyatsiyasi, tashqi birikmalar, himoyalovchi yerga ulagichlar, elektr dvigatellarning ishlash rejimi ko‘rikdan o‘tkazilishi va asboblar bilan o‘lchash orqali tekshirilib turilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
86. Elektr apparatlari va agregatlarini nolga va yerga ulash simlarining butunligi tashkilot bosh energetigi boshchiligidagi komissiya tomonidan kamida 6 oyda bir marta tekshirilishi lozim. Tekshirish natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
87. Kam quvvatli elektr lampalari va asboblarini kattaroq quvvatlilariga almashtirish tarmoq uchun yo‘l qo‘yiluvchi yuklanishni hisobga olgan holda elektr xo‘jaligi uchun javobgar xodimning ruxsati bilan amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
88. Bitta elektr shtepseliga bir nechta iste’molchilarni ulash taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
89. Changlarning statik elektr razryadlaridan alangalanib ketmasligi uchun mashinalarning g‘iloflari, uning asosiy vallari va havo quvurlari yerga ulangan bo‘lishi lozim. Havo quvurlarining filtrlari mayda katakli metall to‘rlar bilan o‘ralgan va to‘r yer bilan ulangan bo‘lishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
90. Tashkilotning barcha turdagi bino va inshootlari yashin qaytargichlar o‘rnatilgan holda to‘g‘ridan-to‘g‘ri yashin urishidan himoyalangan bo‘lishi lozim. Yashin qaytargichlar har yili bahorda tekshirilib turilishi va nosozliklari bartaraf etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Ishlab chiqarish jarayonlariga qo‘yiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Texnologik jarayonlarga qo‘yiladigan umumiy xavfsizlik talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
91. Tamaki ishlab chiqarish texnologik jarayonlari GOST 12.3.002-75 “Ishlab chiqarish jarayonlari. Umumiy xavfsizlik talablari”ga muvofiq bo‘lishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
92. Ishlab chiqarish jarayonlarining xavfsizligi quyidagi talablarni amalga oshirish orqali ta’minlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish uskunalariga xizmat ko‘rsatish tartibidagi texnologik jarayonlarni (ish turlarini), ish usullari va rejimlarini qo‘llash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlovchilarga zararli ta’sir ko‘rsatmaydigan xom ashyo va yarim tayyor mahsulotlarni, butlovchi mahsulotlarni qo‘llash (ushbu talabni bajarishning imkoni bo‘lmagan taqdirda ishlab chiqarish jarayonining xavfsizligini va xodimlarning himoyasini ta’minlovchi choralar ko‘rish orqali);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shikastlanish va kasb kasalliklari manbai bo‘lmagan ishlab chiqarish uskunalarini qo‘llash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining tarqalishini cheklovchi vositalarni qo‘llash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish uskunalarini to‘g‘ri joylashtirish va ish joylarini to‘g‘ri tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xom ashyo va yarim tayyor mahsulotlarni, tayyor mahsulotlarni va ishlab chiqarish chiqindilarini saqlash va transport vositalarida tashishning xavfsiz usullarini qo‘llash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining xususiyatiga mos keluvchi himoyalash vositalarini qo‘llash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish bajarilayotgan paytdagi xavfli hududlarni belgilash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
93. Ishlab chiqarish jarayonlari atrof muhitning (havo, tuproq, suv havzalari) ifloslanishiga va zararli omillarining tegishli normativlaridan ortiq darajada tarqalishiga olib kelmasligi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
94. Ishlab chiqarish texnologik jarayonlari soz uskunalarda, soz nazorat-o‘lchash asboblari, himoya to‘siqlari, blokirovkalar, ishga tushiruvchi apparatlar, texnologik asbob va uskunalar mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
95. Texnologik jarayon qat’iy ravishda texnologik hujjatga muvofiq olib borilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
96. Texnologik jarayonda yangi xom ashyo va yarim tayyor mahsulotlar qo‘llanilsa, shuningdek xavfli va zararli ishlab chiqarish omillariga ega bo‘lgan oraliq moddalar hosil bo‘lsa xodimlarga oldindan o‘zini bexatar tutish qoidalari haqida ma’lum qilinishi va ular tegishli tartibda o‘qitilishi va himoya vositalari bilan ta’minlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
97. Yangi xom ashyo va yarim tayyor mahsulotlarni qo‘llashga faqat belgilangan tartibda tegishli gigiyenik me’yorlar tasdiqlangandan so‘ng ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Yong‘in va portlash xavfsizligi talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
98. Ishlab chiqarish jarayonlari yong‘in va portlash xavfsizligi, ularni rejalashtirishda, tashkillashtirishda va olib borishda GOST 12.1.004-91 “Yong‘in xavfsizligi. Umumiy talablari” va GOST 12.1.010-90 “Portlash xavfi. Umumiy talablari”ga va ushbu Qoidalarga muvofiq ta’minlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
99. Ishlab chiqarishda sinalmagan yong‘in va portlash xavfi mavjud hamda toksik xususiyatlarga ega bo‘lgan moddalar va materiallarni qo‘llash taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
100. Ishlab chiqarish binolari va xonalarining portlash jihatidan xavflilik toifalari loyiha tashkiloti tomonidan TLTM 24-86 “Texnologik loyihalashtirish tarmoq me’yorlari”ga muvofiq har bir holat uchun alohida aniqlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
101. Ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirishda yong‘inlar, portlashlar, avariyalar, zaharlanishlar sodir bo‘lishi hamda atrof muhit uning chiqindilari (oqova suvlari, ventilyatsiya chiqindilari va boshqalar) bilan ifloslanishi ehtimolini istisno etadigan sharoitlar ta’minlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
102. Ishlab chiqarish binolari va xonalari dastlabki yong‘inni o‘chirish vositalari bilan ta’minlangan bo‘lishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
103. Ventilyatsiya tizimi yong‘indan darak beruvchi signalizatsiya bilan birlashtirilgan bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
104. Ishlab chiqarish binolari va xonalari uchun hududiy yong‘in xavfsizligi xizmati bilan kelishilgan yong‘in xavfsizligi bo‘yicha yo‘riqnoma ishlab chiqilishi va ko‘rinadigan joyga osib qo‘yilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
105. Xodimlar bilan yong‘in xavfsizligi bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazilishi va yong‘inni oldini olish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar berilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
106. Bino va yong‘in suv manbai yo‘laklari hamda yong‘in vositalari va uskunalariga boradigan yo‘laklar doimo bo‘sh bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Tamakini tayyorlashda xavfsizlik talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
107. Tamaki bargini qo‘lda titish ish joylari mahalliy havo so‘rg‘ichlar bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
108. Vakuumli namlash qurilmasi va xo‘llash silindri bug‘ keluvchi quvurda bug‘ uzatishni avtomatik ravishda berkituvchi jo‘mrak, ehtiyot klapani, manometrlar va termometrlar bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
109. Tamakini namlash qurilmalari (ko‘chmas asosli, tunneli, shpritslovchi, baraban turidagi) yopiq havo so‘rish moslamasi bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
110. Ish hududi ishga tushiruvchi moslamalarni aniq ko‘rishni ta’minlovchi yetarli darajada yoritilgan bo‘lishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
111. Baraban va barcha transportyorlarning sozligi tekshirib turilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
112. Uskunada nosozlik aniqlangan taqdirda, nosozlik bartaraf etilmaguncha uskunani ishga tushirish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
113. Tamakini namlash uskunasini ishga tushirish vaqtida o‘lchash asboblarining ko‘rsatishi, suv va bug‘ning bosimi hamda harorati nazorat qilib turilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
114. Bug‘ tizimlari izolyatsiyalangan va to‘siqlar bilan himoyalangan bo‘lishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
115. Uskuna ishlayotgan paytda yig‘ishtirish ishlarini olib borish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
116. Barabanning ichidagi yig‘ishtirish ishlari naryad-ruxsatnomasi bo‘yicha olib borilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
117. Silindrning ichiga u sovigandan so‘ng kirishga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
118. Barabanni tozalashni boshlashdan oldin “Yoqilmasin, odamlar ishlamoqda!” taqiqlovchi xavfsizlik belgisini osib qo‘yish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
119. Silindrning ichi ho‘l va sirpanchiq bo‘lgani sababli yig‘ishtirish ishlarini rezina poyabzal kiygan holda bajarish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
120. Silindrning ichiga kirishdan avval uning uzatmasi, uzatma dvigatellari elektr ta’minoti manbaidan o‘chirilgan va qulflab qo‘yilgan bo‘lishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-§. Xom ashyo, yarim tayyor va tayyor mahsulotlarni saqlash va transport vositalarida tashish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
121. Omborlar va yuk saqlash uchun maydonchalardagi qurilma va uskunalar ularning qurilishi, sanitariya va yong‘inga qarshi me’yorlar va qoidalar talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
122. Yuk ortish va tushirish ishlari hamda yuklarni joylashtirish Yuk ortish va tushirish ishlaridagi yukchilar uchun ishlarning xavfsizligi qoidalari (ro‘yxat raqami 1582, 2006-yil 13-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 24-son, 221-modda) talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
123. Ombor va yuk saqlash maydonchalarida yuklarni ortish-tushirish va og‘ir mehnat kategoriyasiga tegishli yukni harakatlantirish jarayoni mexanizatsiyalashgan bo‘lishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
124. Ombor yoki yuk saqlash uchun maydonchalar hududiga kiraverishda harakat yo‘nalishi, yuk ortish-tushirish joyi va transport vositalarining to‘xtab turish joyini ko‘rsatuvchi chizma osilgan bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
125. Yuk ortish va tushirish ishlari tamaki to‘plarini xavfsiz joylash qoidalarini, xavfsizlik texnikasi, yong‘in xavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariyasi qoidalarini yaxshi biluvchi xodimning rahbarligi ostida bajarilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
126. Tamaki to‘plarini joylash, ortish va tushirish ishlarining bajarilishi uchun javobgar xodim ishlar boshlanishidan avval yuk ko‘taruvchi va tashuvchi mexanizmlar hamda boshqa ortish va tushirish jihozlarining sozligini tekshirishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
127. G‘aramlash ishlari kamida ikki kishi tomonidan bajarilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
128. Omborxonalar ozoda tutilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
129. Tamaki to‘plari juda aniqlik bilan qulab ketishi va siljishining oldini olgan holda o‘rnatilib, mahkamlanishi lozim. Tamaki to‘plarini ortish va tushirishda ustunli tagliklardan foydalanib o‘rab bog‘lash qo‘llaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
130. Tamaki to‘plarini joylashtirish, yuk ortish va tushirish ishlari uchun javobgar xodim muntazam ravishda tamaki g‘aramlarining turg‘unligini tekshiradi. Har qanday turg‘unsizlik aniqlangan taqdirda, zudlik bilan uni bartaraf etish choralarini ko‘rishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
131. Omborxonalarning poli yog‘ochli yoki asfaltli bo‘lishi lozim. Agar pol boshqa materiallardan iborat bo‘lsa, to‘plar panjarali yog‘och taglikka taxlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
132. Taxlamning kengligi omborxonaning kengligi bilan aniqlanadi. Taxlamning kengligi 7 m dan ortmasligi lozim, taxlamlar orasida 0,5 m kenglikda o‘tish yo‘li, old tomonidan esa 1 m dan 1,5 m gacha kenglikda o‘tish yo‘li qoldiriladi. Taxlamdan orqa devorgacha bo‘lgan masofa 0,5 m dan kam bo‘lmasligi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
133. Taxlamlarning ustida ishlovchi xodimlar tushib ketishdan himoyalovchi vositalar bilan to‘liq ta’minlangan, himoya kamari bilan trosga mahkamlab qo‘yilgan bo‘lishi lozim. Tros sinovdan o‘tkazilgan bo‘lishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
134. Yuk bilan devor, kolonna va xona shipi orasidagi masofa kamida 1 m, yuk va yoritqich orasidagi masofa kamida 0,5 m bo‘lishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
135. Qo‘lda ortish chog‘ida g‘aramning balandligi 3 m dan, yuk ko‘tarish mexanizmlari qo‘llanilganda esa 6 m dan ortmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
136. Transport vositasiga yuk ortish paytida yukning balandligi yo‘lning harakatlanish qismida 3,8 m dan, kengligi esa 2,5 m dan ortmasligi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
137. Transport vositasining bortlarini ochish va yopishni faqat ikki xodim tomonidan bajarishga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
138. Qutilarni ustma-ust taxlashda gidravlik qisqichli avto yuklagichdan foydalanish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
139. Sigaretli yashiklar transport vositasiga pastki qatordagi yashiklar deformatsiyalanmaydigan qilib taxlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
140. Xonaning poli qattiq qoplamga ega bo‘lishi va yer sathidan kamida 50 sm baland bo‘lishi lozim. Sigaretli yashiklar poldan kamida 10 sm baland va havo aylanishi uchun oraliqlarga ega bo‘lgan yog‘och tagliklarga taxlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
141. Sigaretli yashiklar pastki yashikka putur yetkazmaydigan balandlikda taxlanishi lozim. Taxlangan yashiklardan issiqlik manbai va devorlargacha bo‘lgan masofa 1 m dan kam bo‘lmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
142. Transportlash tamg‘asi “Namlikdan qo‘rqadi”, “Qizishdan qo‘rqadi”, “Oson yonuvchan” manipulyatsiya belgilari va mahsulotning xususiyatini belgilovchi belgi tushirilgan holda GOST 14192-77 talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-§. Fumigatsiyalash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
143. Fumigatsiyalash maxsus o‘qitilgan, yo‘riqdan o‘tgan, malakali xodimlar tomonidan o‘tkazilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
144. Sertifikatga ega bo‘lgan fosfin ajratib chiqaruvchi preparatlardan foydalanish lozim. Fosfinning (fosforli vodorod) to‘g‘ri miqdori test sinovi jarayonida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
145. Faqat tamakida foydalanish uchun tasdiqlangan fosfinning reagentlaridan foydalanish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
146. Magniy fosfidi 5°S va undan yuqori haroratda plastina yoki tasma shaklida ishlatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
147. Aluminiy fosfidi 10°S dan past haroratda qo‘llanilmasligi lozim. Havoning namligi 15% dan past bo‘lmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
148. Tamakini fumigatsiya qilish uchun fosfin tabletkalarining yumaloq donalaridan, shuningdek joylash idishining shikastlangan tasmachalaridan foydalanishga ruxsat etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
149. Fumigatsiya qilish boshlanishidan oldin ishlarning o‘tkazilishi uchun javobgar xodimga ruxsatnoma rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
150. Fumigatsiya o‘tkaziluvchi joy odamlar istiqomat qiladigan joydan va omborxonalardan uzoqda, shuningdek har qanday obod qilingan joydan kamida 100 m masofada joylashgan bo‘lishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
151. Nafas olish organlarini himoyalash vositalari fumigatsiyalash uchun javobgar xodim tomonidan ish boshlanishidan oldin tekshirilishi va bu maxsus jurnalda qayd qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
152. Fosfin bilan ishlash uchun ma’qul topilgan filtr turidan foydalanish lozim. Niqob yuzni to‘liq berkitishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
153. Protivogazdan fosfinning miqdori filtrda ko‘rsatilgan miqdordan ortiq bo‘lmagan hollarda foydalanish lozim. Bu miqdor filtrda ko‘rsatilgan miqdordan ortiq bo‘lsa yoki u noma’lum bo‘lsa, avtonom nafas olish apparati qo‘llanishi lozim. Kutilmagan hodisalar uchun ushbu vositalarning komplekti doim mavjud bo‘lishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
154. Ish jarayonida yengil yuviluvchan ip gazlamadan tayyorlangan maxsus kiyim, rezina yoki polixlorin qo‘lqop va rezina botinka kiyilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
155. Barcha mavjud fumigantlar tashkilotda qayd etilgan bo‘lishi va ularning ishlatilishi qattiq nazorat qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
156. Tashkilotning rahbari barcha xodimlarni o‘tkazilgan har bir fumigatsiyalash haqida xabardor qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
157. Kutilmagan avariya vaziyatlarda harakat qilish tartibi ishlab chiqilgan bo‘lishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
158. Fumigantlarni transport vositalarida tashish xavfli moddalarni tashish bo‘yicha qoida va me’yorlarga rioya qilingan holda amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
159. Fosfin ajratib chiqaruvchi moddalarning barcha zaxirasi yopiq va plomba bilan tamg‘alangan konteynerlarda, boshqa omborxonalardan uzoq masofada joylashgan xonalarda hamda saqlash xavfsizligi qoidalariga rioya qilingan holda saqlanishi lozim. Fumigantlarni quruq va yaxshi yoritilgan xonalarda saqlashga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
160. Fumigantlar saqlanadigan va fumigatsiyalash o‘tkaziladigan joylarda ogohlantiruvchi belgilar, saqlash va xavfsizlik bo‘yicha eslatmalar osib qo‘yilgan bo‘lishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
161. Fumigantlarni oziq-ovqat mahsulotlari, kimyoviy faol va oson alangalanib ketuvchi moddalarning yaqinida saqlash taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
162. Ish paytida foydalanilgan shaxsiy himoya vositalari (qo‘lqoplar, filtrlar) chiqindilarni ko‘mish qoidalariga muvofiq utillashtirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
163. Qo‘llanilayotgan ipli maxsus kiyim va poyabzal 24 soat davomida yaxshilab shamollatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
164. Barcha ishlatilgan yordamchi materiallar va uskunalar yig‘ib olinishi, tozalanishi va maxsus ajratilgan joyga qo‘yilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-§. Ishlab chiqarish chiqindilarini zararsizlantirish bo‘yicha talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
165. Tashkilotlarni chiqindisiz va kam chiqindili texnologiyalarni joriy qilishi, ishlab chiqarish va maishiy chiqindilarning hosil bo‘lishini qisqartirishi, ularni zararsizlantirishni, qayta ishlashni amalga oshirishi, saralash, saqlash, ko‘mib tashlash va utillashtirishda belgilangan tartiblarga rioya qilishi majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
166. Tashkilotlarda majburiy ravishda barcha turdagi chiqindilarning inventarizatsiyasini o‘tkazish tashkil etilishi, chiqindilarning har bir turiga pasportlar ishlab chiqilishi va chiqindilarning insonlarning hayoti va atrof muhit uchun xavflilik darajasi aniqlanishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
167. Tashkilotda chiqindilar tashkil etilgan joylarda yopiq konteynerlarda, yog‘ingarchilik tushmaydigan holda saqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
168. Chiqindilarning xavfli turlari begona shaxslarning kirishi cheklangan joylarda, identifikatsiya belgilari va yozuvlari bilan ta’minlangan holda saqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
169. Chiqindilarni ruxsat etilmagan joylarda saqlash, qayta ishlash va ko‘mib tashlash taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
170. Tashkilotda barcha turdagi chiqindilar bilan muomala yuritish bo‘yicha yo‘riqnoma ishlab chiqilgan bo‘lishi lozim. Chiqindilarni yig‘ish, joylashtirish va tashishni ta’minlayotgan xodimlar chiqindilar bilan muomala yuritishning bexatar usullari bo‘yicha o‘qitilgan bo‘lishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Ishlab chiqarish asbob-uskunalariga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Ishlab chiqarish asbob-uskunalariga qo‘yiladigan xavfsizlikning umumiy talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
171. Ishlab chiqarish uskunalari montaj qilish, foydalanish va ta’mirlash paytida ishlarning xavfsizligini ta’minlashi, yong‘in va portlash xavfidan xoli bo‘lishi, ulardan foydalanish jarayonida atrof muhitni zararli moddalar bilan sanitariya me’yorlaridan ortiq miqdorda ifloslantirmasligi va namlik, quyosh radiatsiyasi, mexanik tebranishlar, bosim va haroratning o‘zgarishlari natijasida xavf-xatar yuzaga keltirmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
172. Ishlab chiqarish uskunalarining harakatlanuvchi qismlari to‘silgan yoki GOST 12.2.062-81 talablariga muvofiq blokirovkalash, to‘xtatish, xabardor qilish tizimlari bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
173. Ishlab chiqarish uskunalarining elementlari (elektr o‘tkazgichlari, o‘tkazish quvurlari, kabellari va boshqalar) ularning shikastlanishiga imkon bermaydigan holatda tayyorlangan bo‘lishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
174. Barcha nazorat moslamalari (termometr, monometr, hisoblagich va boshqalar), shuningdek signal beruvchi chiroqlarning joylashuvi ishlab chiqarish uskunalarini ishlatish va sozlash paytida qulay kuzatish imkoniyatini ta’minlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
175. Katta o‘lchamli (gabaritli) ishlab chiqarish uskunalari va ularning qismlariga xizmat ko‘rsatish, tekshirish, ta’mirlash va sozlash uchun qulay hamda yerdan 2 m va undan balandda joylashganda to‘siqlari va zinalari bor maydonlar bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
176. Uskunalarni boshqarish organlarida ularning vazifasi ko‘rsatilgan aniq yozuvlar yoki shartli belgilari bo‘lishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
177. Ishlab chiqarish uskunalari tarkibiga kiruvchi himoya vositalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘chirib qo‘yilgan yoki nosoz ishlab chiqarish uskunasining ishlashini cheklab qo‘yishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavf tug‘ilgan yoki odam xavfli hududga yaqinlashgan holatlarda ishlab ketishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faqat xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining ta’siri tugagandan so‘nggina o‘zining himoya vazifasini tugatishini ta’minlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
himoya vositalarining ayrim elementlari ishdan chiqqan taqdirda, qo‘shimcha xavf-xatarni yuzaga keltirmagan holda boshqa himoya vositalarining himoyalash vazifasini ta’minlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat ko‘rsatish va nazorat qilish uchun qulay bo‘lgan joyda o‘rnatilgan bo‘lishi, ayrim hollarda ularning ishlashini avtomatik ravishda nazorat qiluvchi qurilmalar bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
178. Ishlab chiqaruvchi uskunalar o‘tkir uchli, qirrali va boshqa jarohatlashi mumkin bo‘lgan elementlarga, shuningdek to‘silmagan issiq yoki juda ham sovutilgan qism va detallarga ega bo‘lmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
179. Ishlab chiqaruvchi uskunalarning tuzilishi va joylashishi montaj qilish, xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashda qulaylik va xavfsizlikni ta’minlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
180. Ishlab chiqaruvchi uskunalarning barcha aylanuvchi va harakatlanuvchi qismlari butunlay yoki to‘r parda bilan to‘silgan bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
181. Tez-tez tekshirilib turiladigan to‘siqlar tez yoki oson yechiladigan bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Vakuum kameralariga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
182. Vakuum kameralarining elektr asboblari yerga ulangan bo‘lishi, shuningdek kameralarning ishga tushirilganligi to‘g‘risida ogohlantiruvchi nurlanuvchan va tovushli signalizatsiyaga ega bo‘lishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
183. Vakuum kameraning eshigini ochayotganda va yopayotganda bug‘dan kuyishdan ehtiyot bo‘lish lozim. Rolikli transportyorni ishga tushirishdan avval kameraning ichida va transportyorning ustida odamlar yo‘qligiga ishonch hosil qilish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
184. Uskunalarda bug‘, suv va havo ochib qo‘yilganda hech qanday ta’mirlash ishlari olib borilmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
185. Ishlayotgan paytda shisha rezervuardagi suvning sathi kuzatib turilishi, uning ko‘rsatilgan chegaralardan chiqib ketishiga yo‘l qo‘yilmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Pichoq bilan ishlashda xavfsizlik talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
186. Tig‘i yopiladigan xavfsiz pichoqdan foydalanish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
187. Pichoqdan foydalanib ishlayotgan xodimning yaqinida boshqa xodimlar bo‘lmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
188. Pichoq bilan kesish xodimning ro‘parasi tomondagi yo‘nalishda amalga oshirilishi lozim. Xodimning tanasi tomon yo‘nalishda kesish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
189. Pichoq qo‘llanmaydigan ishlar bajarilayotgan paytda pichoq qiniga joylanib, u uchun ajratilgan joyga qo‘yilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-§. Rolikli transportyorda ishlashda xavfsizlik talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
190. Transportlanayotgan ashyolar transportyor tasmasidan chiqib turmasligi va tushib ketmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
191. Harakatlanayotgan transportyorning roliklariga tegish, transportyorga o‘tirish, ustida yurish, undan sakrash taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
192. Ish joyini orasta tutish, uni tashilayotgan yuklar, chiqindilar bilan to‘ldirib yubormaslik lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-§. Farmaturani tozalashda xavfsizlik talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
193. Farmaturani fraksiyalarga ajratish uskunasi havoni uzatuvchi va tortuvchi ventilyatsiya va avtomatik o‘t o‘chirish tizimi bilan jihozlangan alohida xonada joylashtirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
194. Farmaturadan bo‘shagan idishlar o‘z vaqtida xonadan maxsus ajratilgan joyga olib ketilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
195. Farmatura tozalagichi mahalliy havo so‘rg‘ich bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-§. Tamaki kesuvchi dastgohlarga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
196. Dastgohni ishga tushirishdan avval himoyalovchi moslamalarning mustahkamligi, blokirovka va xabardor qiluvchi tizimlarining sozligi tekshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
197. Tamaki kesuvchi mashinalarni yuklash mexanizatsiyalashtirilgan bo‘lishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
198. Qo‘zg‘aladigan orqa devorning, sepgich va shiberning uzatmalari tamaki kesuvchi mashinalarning uzatmasi bilan blokirovkalangan va g‘ilof bilan yopilgan bo‘lishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
199. Gilotin pichog‘ining harakatlanish hududi ishga tushiruvchi qurilma bilan blokirovkalangan va g‘ilof bilan yopilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
200. Mashinalar tamaki, abraziv va metall changlarni so‘rib oluvchi aspiratsiya tizimi bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
201. Blokirovka sxemasi alohida mexanizmlarning belgilangan tartibda avval pichoqli baraban va abraziv doiralar, shundan so‘ng plastinasimon transportyorlar ishga tushishini ta’minlashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
202. Quyidagilar taqiqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘siqlarni yechish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
blokirovkalash tizimini o‘chirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
blokirovkalash tizimini yoqmay turib ta’mirlash va detallarni almashtirish ishlarini bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pichoq bilan ishlayotganda uni o‘z gavdasi tomonga yo‘naltirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-§. Sigaretlar, filtralar tayyorlovchi va qutichalarni joylovchi uskunalarga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
203. Sigaretlarni ishlab chiqaruvchi va joylovchi uskunalar rezina yostiqlarga o‘rnatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
204. Har bir mashina avariya vaziyati yuzaga kelgan hollarda butun ishlab chiqarish liniyasini to‘xtatib qo‘yuvchi “avariyaviy to‘xtatish” tugmasiga ega bo‘lishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
205. Tamakini uzatish va joylash pnevmatik transportyor yoki mexanik yuklagich bilan bajarilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
206. Vakuum kameralari, ularni ravon ko‘tarish va tushirishni ta’minlovchi ko‘tarish mexanizmi bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
207. Sigaret sterjenlari pichoqli kallaklarining uzellari elektr mexanik blokirovka, qulf va to‘siq bilan jihozlangan bo‘lishi, u ochib qo‘yilgan vaqtda kesuvchi kallaklarning inersion harakati to‘xtab turishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
208. Tez-tez ko‘zdan kechirib turiladigan joylarning to‘siqlari tezda yechiluvchi (qopqoqlar, shitoklar) yoki oson ochiluvchi (sharnirli, oshiq-moshiqli) bo‘lishi lozim. To‘siqlar, ular yechib olinganda yoki ochilganda uskunaning uzatmasini avtomatik ravishda o‘chirib qo‘yish uchun blokirovka bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
209. Ishga tushiruvchi qurilmalar, boshqarish organlari (tugmalar, dastaklar, pedallar, tutqichlar) “STOP” avariya tugmasi va xabardor qiluvchi ranglarga bo‘yalgan bo‘lishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
210. Tutqichlar va dastaklar, ularning harakatlanib ketishining oldini oluvchi fiksatorlar, shuningdek mos kelmaydigan harakatlanishiga yo‘l qo‘ymaydigan blokirovkalar bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
211. Uskunalarni boshqarish tizimi xodimlar jarohatlanishining oldini olish maqsadida shoshilinch tormozlanish va to‘xtatish vositalarini hamda uskuna ishidagi buzilishlardan xabardor qiluvchi signalizatsiya tizimlarini o‘z ichiga olishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
212. Sigaret mashinalarining distributorlari begona metall qo‘shimchalarni tutib qolish uchun elektr magnit bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
213. Elektr isitkich himoya to‘sig‘i (planka) bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
214. Filtr yig‘uvchi mashinaning himoya to‘sig‘i mashinaning uzatmasi bilan blokirovkalangan bo‘lishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
215. Sellofan bilan o‘rovchi va joylash mashinalarining elektr gorelkalari mashina to‘xtagach ularni o‘chirib qo‘yuvchi elektr blokirovka bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-§. Avtokara va elektrokaralarga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
216. O‘n sakkiz yoshga to‘lgan, tegishli dastur bo‘yicha o‘qitilgan va tashkilot bo‘yicha buyruq bilan tayinlangan xodimlar avtokara va elektrokaraning mashinistlari bo‘lishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
217. Elektrokaraning boshqarish dastaklarida ularning joriy tezlikdagi holatini ko‘rsatuvchi fiksatorlar bo‘lishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
218. Elektr va avtokaralar tez ishlovchi tormozlar, tovushli signallar, yoritish asboblari va ulardan begona shaxslar foydalanishiga imkoniyat bermaydigan qulflar bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
219. Tashilayotgan yuk o‘zi yurar aravachaning yuk platformasiga mos bo‘lishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
220. Elektr va avtokaralardan foydalanish va ularni ta’mirlash tashkilot bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan yo‘riqnomalarga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
221. Avtokaralardan havo almashtirish qurilmalariga ega bo‘lmagan sexlarda foydalanish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
222. Elektr va avtokaralarning ko‘rinib turadigan joyida uning nomeri va u ko‘tara oladigan yukning vazni ko‘rsatilgan bo‘lishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
223. Maxsus jihozlanmagan elektrokaralarda odamlarni olib yurish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
224. Tashkilot hududida transport vositalarining harakatlanish tezligi 5 km/soat dan ortmasligi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-§. Konveyerlarga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
225. Konveyerlar o‘tish joylari va uskunalar ustida joylashgan taqdirda ularning pastki qismi sochilib ketgan materialning tushib ketishining oldini oluvchi yaxlit to‘siq bilan to‘silgan bo‘lishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
226. Konveyerdagi zanjirli, tasmali va tishli uzatgichlar, birlashtiruvchi muftalar, uzatma mexanizmlarining barabanlari, tarang tortib turuvchi qurilmalarning troslari va yuklarining elementlari himoya to‘siqlari bilan to‘silgan bo‘lishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
227. To‘siqning konstruksiyasi uni yechib olmasdan turib qismlarini moylash va podshipniklari qiziganligini tekshirib turish imkonini berishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
228. Tasmaning tasmali konveyer barabani bilan tutashuv joyi konveyerning uskunasi bo‘ylab yon tomonidan kamida 1 m hamda baraban radiusining yig‘indisiga teng bo‘lgan masofada to‘silgan bo‘lishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
229. Konveyerning tasmasi harakatlanayotgan paytida yon tomonga siljimasligi va baraban hamda tayanch roliklarining chekkasidan chiqib ketmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
230. Tasmali konveyerlar tasma yoki taranglovchi qurilmalar uzilib ketgan, shuningdek bo‘shatuvchi voronka tarnovlari to‘lib tiqilib qolgan taqdirda konveyerning uzatmasini to‘xtatib qo‘yuvchi qurilmalar bilan jihozlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
231. Ko‘chmas konveyerlar, ularning uzunligidan qat’i nazar, avariya vaziyatlarida ularning uzunasi bo‘ylab istalgan joydan turib konveyerning uzatmasini to‘xtatish imkonini beruvchi qurilmalar bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
232. 6° dan ortiq qiyalikka ega bo‘lgan tasmali va plastinli konveyerlar, ular to‘xtaganda yuk ortilgan tasmaning teskari tomonga qarab harakatlanishiga yo‘l qo‘ymaydigan stopor qurilmalar bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
233. Tasmali konveyerlar tasma va barabanni yopishib qolgan materialdan mexanik ravishda tozalovchi moslamaga ega bo‘lishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
234. Konveyerlarni ta’minlovchi elektr kabellari foydalanishga qulay va o‘tish joylarini to‘sib qo‘ymaydigan qilib joylashtirilgan bo‘lishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
235. Metall parchalarini olib tashlash uchun konveyerda magnitli metall ajratgichlar o‘rnatilgan bo‘lishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
236. Tasmali konveyerlar ostidan to‘kilgan materialni yig‘ishtirib olish mexanizatsiyalashtirilgan bo‘lishi lozim. Materiallarni qo‘lda yig‘ishtirib olishga faqat konveyer to‘xtatib qo‘yilgandagina ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
237. Konveyerni ishga tushirishdan oldin kamida 5 sekund davomida konveyerning butun uzunligi bo‘yicha eshitiluvchi ogohlantiruvchi tovushli signal berilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
238. Konveyerlarning ustidan o‘tish uchun galereyalarda har 100 m dan, ishlab chiqarish xonalarida har 30 — 60 m dan so‘ng qo‘zg‘almaydigan ko‘prikchalar o‘rnatilgan bo‘lishi lozim. O‘tish ko‘prikchalari yaxlit to‘shamali, yoritilgan va ularning balandligi kamida 1,8 m bo‘lishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
239. Konveyer ishlayotgan paytda uning har qanday qismini qo‘lda ta’mirlash va tozalash, shuningdek tasmasining ustiga chiqish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
240. Tasmaning kengligi 0,8 m dan ortiq bo‘lsa konveyerning uzatma va taranglovchi qurilmalarining ustida ta’mirlash ishlarini bajarish uchun yuk ko‘taruvchi vositalar nazarda tutilgan bo‘lishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Ta’mirlash ishlarini amalga oshirishda xavfsizlik talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
241. Tashkilotning ta’mirlash xizmati uskunalarning mehnat xavfsizligi standartlari tizimi, ularning pasportlari, texnik yo‘riqnomalari va ishlab chiqaruvchi zavodning boshqa hujjatlarining talablariga mosligini ta’minlashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
242. Uskunalarni zarur texnik holatda tutib turish uchun tashkilotda unga xizmat ko‘rsatishni yaxshilash, rejaviy-oldini oluvchi ta’mirlashni qat’iy bajarilishi va ta’mirlash ishlarining sifatini yaxshilash bo‘yicha choralar ko‘rilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
243. Asosiy uskunalarni kapital va joriy ta’mirlash ishlab chiqilgan va tasdiqlangan ishlarni tashkil etish loyihasiga muvofiq amalga oshirilishi lozim. Ishlarni tashkil etish loyihalarida ta’mirlashni o‘tkazishga javobgar shaxslar, shuningdek ta’mirlash ishlarining tartibi va xodimlarning xavfsizligini ta’minlovchi choralar ko‘rsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
244. Ishlayotgan sexlarda pudratchi tashkilotlar tomonidan bajariluvchi ta’mirlash, qurilish va montaj ishlari naryad-ruxsatnoma bilan rasmiylashtirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
245. Barcha hollarda ta’mirlash ishlarining bajarilish tartibi va usullari bosh muhandis yoki uning o‘rinbosari bilan kelishilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
246. Ta’mirlash ishlari bajariladigan hudud to‘silgan holatda bo‘lishi va u yerda xavfsizlik plakati va belgilari o‘rnatilgan bo‘lishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
247. Ta’mirlash ishlari boshlanishidan avval, ta’mirlashda band bo‘lgan barcha xodimlar ishlarni tashkil etish loyihasi bilan tanishtirilishi va ta’mirlash ishlarini bajarish paytida xavfsizlik choralariga rioya qilish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqdan o‘tkazilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
248. Ta’mirlashda band bo‘lgan barcha xodimlar belgilangan me’yorlar bo‘yicha maxsus kiyim, poyabzal va saqlovchi moslamalar bilan ta’minlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
249. Og‘ir yuklarni joyidan ko‘chirish ishlari yuk ortish va tushirish ishlari uchun javobgar shaxslarning ruxsati bilan bajarilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
250. Nosoz yuk ko‘taruvchi mexanizm va moslamalarda, shuningdek shahodatlangan muddati tugagan mexanizmlarda ishlash taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
251. Yechib olingan agregatlar, detallar va metall konstruksiyalar yig‘ishtirib qo‘yilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
252. Ta’mirlash paytida ish joylarini, yo‘llarni, yo‘laklarni va zinapoyalarni turli narsalar bilan to‘sib qo‘yish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
253 Ta’mirlash ishlari balandlikda bajarilayotganda havoza va taxta to‘shamalarning o‘rnatilishi amaldagi qoidalarning talabiga javob berishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
254. Havoza va to‘shamalarida ishlash uchun ehtiyot kamarlari va arqonlaridan foydalanishlari shart. Ehtiyot kamarlari arqonining mahkamlanish joyi konstruksiyalarda avvaldan belgilab qo‘yilgan bo‘lishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
255. Ta’mirlash ishlari bajarilayotgan hududdagi elektr o‘tkazgichlari yoki uskunalarning kuchlanish ostida bo‘lgan ochiq qismlari oldindan elektr tokidan o‘chirib qo‘yilgan yoki maxsus izolyatsiyalovchi vositalar bilan ishonchli himoyalangan bo‘lishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
256. Xodimlarning qizigan uskunaning ichiga kirgan holda ta’mirlash ishlarini olib borilishiga uskunani shamollatib, ichidagi gazlar butunlay chiqarib yuborilgandan va havoning harorati ko‘pi bilan 40°S gacha pasaytirilgandan so‘ng ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
257. Barcha ta’mirlash ishlari sex, tashkilot rahbari tomonidan tayinlangan shaxslarning rahbarligi va nazorati ostida bajarilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
258. Materiallarni uskunaning ish maydonchasiga uzatish mexanizatsiyalashgan bo‘lishi va ular tushib ketmaydigan usulda bajarilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
259. Ta’mirlash olib borilayotgan joy va barcha o‘tish joylari belgilangan me’yorlarga muvofiq yoritilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
260. Ta’mirlash tugagach, barcha keraksiz konstruksiyalar, uskunalar, materiallar, asboblar va chiqindilar sexdan olib ketilishi, to‘siqlar, saqlovchi moslamalar, blokirovkalar o‘z joyiga o‘rnatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
261. Mazkur Qoidalarga amal qilish uchun javobgarlik tegishli ishlarni bajaruvchi tashkilotlar zimmasiga yuklatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
262. Mansabdor shaxslar va xodimlar mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilmaganliklari uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
(262-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Yakuniy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
263. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi, O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi va “Yog‘-moy va oziq-ovqat sanoati” uyushmasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisi B. XODJAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 19-noyabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 19-noyabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sog‘liqni saqlash vaziri A. IKRAMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 19-noyabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi D. JAHONGIROVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 19-noyabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi boshlig‘i A. NIMATULLAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 19-noyabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi direktori A. ABDUVALIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 19-noyabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshlig‘i B. GULYAMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 19-noyabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yog‘-moy va oziq-ovqat sanoati” uyushmasi raisi R. BO‘RIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 19-noyabr
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 49-son, 462-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son; 14.10.2025-y., 10/25/3692/0929-son; 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)