OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Qarori
KREDIT UYuShMALARINI QAYTA TAShKIL ETISh VA TUGATISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 6-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1815-1]
Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 2-songa ilova), Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda), “Kredit uyushmalari toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 4-5-son, 65-modda) va “Baholash faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 37-son, 315-modda) qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 8-iyundagi 114-son “2010-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasida mikromoliyalashtirishni rivojlantirish dasturi toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 23-son, 239-modda) qaroriga muvofiq Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2008-yil 19-apreldagi 10/3-sonli qarori (roʻyxat raqami 1815, 2008-yil 22-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-yil, 20-21-son, 195-modda) bilan tasdiqlangan Kredit uyushmalarini qayta tashkil etish va tugatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Rais F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2010-yil 6-noyabr,
36/3-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2010-yil 6-noyabrdagi 36/3-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
Kredit uyushmalarini qayta tashkil etish va tugatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 7, 21 va 28-bandlardagi “(2006-yil 23-iyun, roʻyxat raqami 1586)” degan soʻzlar “(roʻyxat raqami 2084, 2010-yil 1-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 9-son, 71-modda)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 38-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Kredit uyushmasini ixtiyoriy ravishda tugatish toʻgʻrisidagi qarori qabul qilingan yoki Markaziy bank Boshqaruvining kredit uyushmasi faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani bekor qilish yoki amal qilishini tugatish toʻgʻrisidagi qarori kredit uyushmasi rahbariyatiga topshirilgan kundan boshlab kredit uyushmasini tugatish jarayoni yakunlanguncha:
uyushma aʼzolarining umumiy yigʻilishi, boshqa boshqaruv organlari va mansabdor shaxslarining vakolatlari toʻxtatiladi, shu jumladan ularning mulkni tasarruf etish va majburiyatlarni bajarish huquqlari bekor qilinadi, kredit uyushmasini tugatish va tugatuvchi tarkibini tasdiqlash maqsadlarida aʼzolarining umumiy yigʻilishini oʻtkazish bilan bogʻliq kengash vakolatlari bundan mustasno;”.
3. 41-bandidagi “bir yoki bir nechta” degan soʻzlar “kamida ikkita” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 48-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. 55-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“55. Nomoliyaviy aktivlarni (binolar va inshootlar, transport vositalari, sanʼat asarlari, orgtexnika, mebel, jihozlar hamda kredit uyushmasining boshqa mulki) baholash baholovchi tashkilot tomonidan oʻtkaziladi. Tugatuvchi nomoliyaviy aktivlar baholanganidan keyin potensial xaridorlarga aktivlar sotilishi koʻzda tutilayotganligi haqida xabar beradi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kredit uyushmasi mulkini sotadi.”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 49-son, 458-modda)