Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 08.06.2007 yildagi 114-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010 YILGAChA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA MIKROMOLIYALAShTIRIShNI RIVOJLANTIRISh DASTURI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholining faol qismi oʻz biznesini tashkil etishi va boshlashi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ayniqsa qishloq joylarda aholi bandligini oshirishga koʻmaklashuvchi kichik va mikrobiznes subyektlari faoliyatini rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2010-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasida mikromoliyalashtirishni rivojlantirish dasturi (keyingi oʻrinlarda Dastur deb ataladi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagi vazifalarni bosqichma-bosqich amalga oshirish Dasturning asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mikromoliyaviy xizmatlarga muhtoj boʻlgan aholi toʻliq qamrab olinishini taʼminlagan holda mamlakatning barcha mintaqalarida kredit uyushmalari va mikrokredit tashkilotlari tarmogʻini kengaytirish uchun iqtisodiy va tashkiliy shart-sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normativ-huquqiy bazani takomillashtirish hamda kredit uyushmalari va mikrokredit tashkilotlarining barqaror rivojlanishini taʼminlovchi ular faoliyatini tartibga solishning samarali tizimini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyalashtirishning tijorat manbalari, xususan xalqaro moliya institutlari, tijorat banklari va davlat maqsadli jamgʻarmalarining kredit liniyalari hisobiga kredit uyushmalari va mikrokredit tashkilotlarining resurs bazasini shakllantirishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mikromoliyalashtirish xizmatlarini kengaytirish, xususan mikrolizing xizmatlarini rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit uyushmalari va mikrokredit tashkilotlari professional xizmatlarga va zarur kredit axborotlariga kirib borishini taʼminlovchi yordamchi xizmatlarni va infratuzilmani rivojlantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga yilning har choragida Vazirlar Mahkamasiga tegishli tahliliy axborotni taqdim etgan holda Dasturni amalga oshirishning samaradorligi ustidan monitoring oʻrnatish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 8-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
114-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2007-yil 8-iyundagi 114-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasida mikromoliyalashtirishni rivojlantirish dasturi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Dastur Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning 2007-yil 12-fevralda Vazirlar Mahkamasi majlisidagi maʼruzasida belgilab berilgan mamlakatni iqtisodiy rivojlantirishning asosiy ustuvorliklari amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Mikromoliyaviy xizmatlar sohasining joriy holati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hozirgi vaqtda respublikada mikromoliyalashtirishni rivojlantirish uchun zarur normativ-huquqiy baza yaratilgan. Jumladan, “Mikromoliyalashtirish toʻgʻrisida”, “Kredit uyushmalari toʻgʻrisida”, “Mikrokredit tashkilotlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Vazirlar Mahkamasining “Mikromoliyaviy xizmatlar bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 19-fevraldagi 37-son qarori qabul qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qabul qilingan qonun hujjatlarini amalga oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan mikromoliyaviy muassasalarni litsenziyalash tartib-qoidalarini boshqaradigan normativ hujjatlar, ular tomonidan moliya operatsiyalari amalga oshirilishi qoidalari, buxgalteriya hisobi hisob raqamlari rejasi ishlab chiqilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 1-maydagi holatiga koʻra Markaziy bank tomonidan 38 ta kredit uyushmasi roʻyxatga olingan. Faoliyat koʻrsatayotgan kredit uyushmalari aʼzolari soni 50 ming kishidan oshdi (2006-yil boshida — 33 ming kishi). Kredit uyushmalarining asosiy qismi Buxoro viloyatida (4), Fargʻona viloyatida (6), Andijon viloyatida (6) va Toshkent shahrida (10) joylashgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kredit uyushmalarining jami aktivlari 2007-yil 1-maydagi holatiga koʻra 26,0 mlrd. soʻmni tashkil etdi (2006-yilning tegishli davridagiga taqqoslaganda oʻsish 160%). Bunda kredit uyushmalari aktivlarining 85 foizidan ortigʻini kredit qoʻyilmalari tashkil etadi, bu ushbu moliyaviy institutlar tomonidan oʻz aʼzolarini kredit bilan qoʻllab-quvvatlash uchun pul resurslaridan faol foydalanilishini aks ettiradi. Kredit uyushmalari tomonidan beriladigan kreditlar asosan oʻzida kasanachilikni rivojlantirishga, ixcham ishlab chiqarishlarni tashkil etishga, dehqon va fermer xoʻjaliklarini kengaytirishga hamda uzoq muddat foydalaniladigan tovarlarni sotib olish uchun isteʼmol kreditlariga yoʻnaltiriladigan uncha koʻp boʻlmagan summani ifodalaydi (oʻrtacha 700-800 ming soʻm).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mikromoliyalashtirishni rivojlantirish dasturining maqsadlari va yoʻnalishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayniqsa qishloq joylarda mikromoliyalashtirishni rivojlantirish yoʻli bilan quyidagilarni taʼminlash ushbu Dasturning asosiy maqsadi hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining faol qismi oʻz biznesini tashkil etishi va boshlashi uchun shart-sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining ish bilan bandligini oshirishiga koʻmaklashadigan kichik va mikrobiznes subyektlari faoliyatini rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mikromoliyalashtirish xizmatlariga muhtoj boʻlgan aholini mikromoliyalashtirish xizmatlari bilan toʻliq qamrab olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umuman mamlakatda moliya tizimini yanada rivojlantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatib oʻtilgan maqsadlarga erishish uchun quyidagilar ushbu dasturning asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mikromoliyaviy xizmatlarga muhtoj boʻlgan aholi toʻliq qamrab olinishini taʼminlagan holda mamlakatning barcha mintaqalarida kredit uyushmalari va mikrokredit tashkilotlari tarmogʻini kengaytirish uchun iqtisodiy va tashkiliy shart-sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normativ-huquqiy bazani takomillashtirish hamda kredit uyushmalari va mikrokredit tashkilotlarining barqaror rivojlanishini taʼminlovchi ular faoliyatini tartibga solishning samarali tizimini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyalashtirishning tijorat manbalari, xususan xalqaro moliya institutlari, tijorat banklari va davlat maqsadli jamgʻarmalarining kredit liniyalari hisobiga kredit uyushmalari va mikrokredit tashkilotlarining resurs bazasini shakllantirishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mikromoliyalashtirish xizmatlarini kengaytirish, xususan mikrolizing xizmatlarini rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit uyushmalari va mikrokredit tashkilotlari professional xizmatlarga va zarur kredit axborotlariga kirib borishini taʼminlovchi yordamchi xizmatlarni va infratuzilmani rivojlantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Dasturni amalga oshirish mexanizmi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturni samarali amalga oshirish uchun turli darajalardagi manfaatdor tomonlar — Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, moliyaviy muassasalarning saʼy-harakatlarini birlashtirish zarur. Respublika manfaatlaridan kelib chiqib xalqaro institutlar tomonidan texnik koʻmaklashish, shuningdek maqsadli grantlar va kreditlar shaklida taqdim etiladigan qoʻllab-quvvatlashdan samarali va maqsadli foydalanish muhim yoʻnalish hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturning asosiy maqsadlarini amalga oshirish yoʻllari mazkur Dasturga 1-ilovaga muvofiq chora-tadbirlarda aks ettirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda mikromoliyaviy muassasalar uchun tegishli huquqiy va tartibga soluvchi muhitni taʼminlaydi, shuningdek ular faoliyati ustidan nazorat qilishning samarali tizimini yaratish yuzasidan zarur chora-tadbirlar koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kredit uyushmalari va mikrokredit tashkilotlari uyushmasi mikromoliyaviy muassasalarda mikromoliyalashtirishning ilgʻor xalqaro amaliyotini joriy etish, maslahat xizmatlari koʻrsatish, taʼlim beradigan kurslar va seminarlar tashkil etish, institutsional salohiyatni kuchaytirish, ayniqsa boshqaruv tizimida qatʼiyroq standartlarni joriy etish va faoliyatning ochiq-oshkoraligi vositasida barqarorlikka ega boʻlish va kasb mahoratining oʻsishi boʻyicha chora-tadbirlar koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro tashkilotlarning grantlari va kreditlarini jalb etish va taqsimlashning samarali, ochiq-oshkora mexanizmini yaratish Dasturning muhim qismi hisoblanadi. Ushbu maqsadlarda “Mikrokreditbank”ni mikromoliyalashtirish uchun manbalar sifatida respublikaga tushayotgan moliyaviy mablagʻlarning asosiy oluvchisi va taqsimlovchisi etib belgilash taklif qilinadi. Bunda “Mikrokreditbank” xalqaro tashkilotlarning jalb etilgan mablagʻlarini bir ish oʻrni yoki yangi biznes birlik yaratishga kredit mablagʻlaridan foydalanishning samaradorligidan kelib chiqib tanlov asosida mikromoliyaviy muassasalar oʻrtasida taqsimlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika mintaqalarida kredit uyushmalari va mikrokredit tashkilotlarining faoliyatini ragʻbatlantirish ishida va mazkur Dasturning aniq vazifalarini hal etishda mahalliy davlat hokimiyati organlarining faol ishtirok etishi nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Kutilayotgan natijalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Dastur amalga oshirilishi quyidagilarni taʼminlaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Dasturga 2-ilovaga muvofiq respublikaning barcha mintaqalaridagi va mikromoliyaviy xizmatlarga muhtoj boʻlgan aholini (hisoblangan 350 — 400 ming kishi) toʻliq qamrab oladigan mikromoliyalashtirishning samarali va raqobatga bardoshli tizimini yaratish (97 mikrokredit tashkiloti va 67 kredit uyushmasi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit uyushmalari va mikrokredit tashkilotlarining kredit qoʻyilmalari jami hajmini 2007-yil 1-maydagi holati boʻyicha 22,9 mlrd. soʻmdan 2010-yil boshida 127 mlrd. soʻmgacha koʻpaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
samarali nazorat qilishni taʼminlaydigan yaxlit qonunchilik va tartibga solish bazasini yaratish hamda tegishli ravishda mikromoliyaviy xizmatlar bozorida ochiq-oshkora faoliyat koʻrsatish tizimiga ega boʻlgan sogʻlom mikromoliyaviy muassasalarning hozir boʻlishi hisobiga mikromoliyaviy sektorni va uning infratuzilmasini barqaror rivojlantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasida mikromoliyalashtirishni rivojlantirish dasturiga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasida mikromoliyalashtirishni rivojlantirish dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r Dasturni amalga oshirish chora-tadbirlari Amalga oshirish shakli Bajarish muddatlari Masʼul bajaruvchilar
1. Normativ-Huquqiy bazani takomillashtirish hamda kredit uyushmalari va mikrokredit tashkilotlari faoliyatini tartibga solishning samarali tizimini yaratish
1.1.‎ Mikrokredit tashkilotlarida buxgalteriya hisobining soddalashtirilgan tizimini joriy etish. Normativ bazadagi oʻzgarishlar 2007-yil
‎III chorak
Markaziy bank
1.2.‎ Pul mablagʻlari saqlanishini va mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatish maqsadida pul mablagʻlarini bank hisob raqamlaridan toʻsiqsiz olishni nazarda tutadigan kredit uyushmalari va mikrokredit tashkilotlari tomonidan kassa operatsiyalari oʻtkazish qoidalarini takomillashtirish. Normativ bazadagi oʻzgarishlar 2007-yil
‎III chorak
Markaziy bank, tijorat banklari
1.3.‎ Quyidagilarni oʻz ichiga oladigan kredit uyushmalari va mikrokredit tashkilotlari faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishning samarali tizimini yaratish:
‎— kredit uyushmalari va mikrokredit tashkilotlari hisobot berishi va moliyaviy faoliyati koʻrsatkichlarining soddalashtirilgan tizimi;
‎— kredit uyushmalari va mikrokredit tashkilotlari faoliyatining moliyaviy tahlili natijalariga asoslangan ular faoliyati ustidan masofadan turib nazorat qilish tizimi.
Kompleks chora-tadbirlar 2007-yil
‎IV chorak
Markaziy bank
1.4.‎ Kredit uyushmalari va mikrokredit tashkilotlarini qayta tashkil etish va tugatishning ochiq-oshkora mexanizmini joriy etish. Normativ-huquqiy hujjat qabul qilish 2007-yil
‎II yarim yillik
Markaziy bank, Adliya vazirligi
1.5.‎ Kredit uyushmalari va mikrokredit tashkilotlarini tashkil etishni ragʻbatlantirish, shu jumladan preferensiyalar va imtiyozlar berish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish. Kompleks chora-tadbirlar 2007-yil
‎II yarim yillik
Moliya vazirligi, Markaziy bank, Davlat soliq qoʻmitasi
2. Moliyalashtirishning tijorat manbalari hisobiga kredit uyushmalari va mikrokredit tashkilotlarining resurs bazasini shakllantirishga koʻmaklashish
2.1.‎ “Mikrokreditbank” orqali mikromoliyalashtirish uchun tanlov asosida grantlar va kreditlar jalb etish va taqsimlashning yagona mexanizmini yaratish. Tegishli nizomni ishlab chiqish 2007-yil
‎II yarim yillik
Markaziy bank, tijorat banklari, Adliya vazirligi
2.2.‎ Kredit uyushmalari va mikrokredit tashkilotlariga tanlov asosida Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi huzuridagi Bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasi resurslarini berish. Tanlash va Bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasining resurslari hisobiga kredit liniyalari ajratish toʻgʻrisida bosh bitimlar tuzish Doimo Mehnat v� aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Kredit uyushmalari assotsiatsiyasi, mikrokredit tashkilotlari
3. Mamlakatning barcha mintaqalarida kredit uyushmalari va mikrokredit tashkilotlarining tarmogʻini kengaytirish uchun iqtisodiy va tashkiliy shart-sharoitlar yaratish
3.1.‎ Roʻyxatdan oʻtkazilgan kredit uyushmalari va mikrokredit tashkilotlarining infratuzilmasini kengaytirish uchun ularga belgilangan tartibda binolar va joylar sotilishiga koʻmaklashish. Kompleks chora-tadbirlar Doimo Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
3.2.‎ Respublika mintaqalarida belgilangan tartibda mikrokredit tashkilotlari va kredit uyushmalari tashkil etish va ularni roʻyxatdan oʻtkazishda tashabbuskor guruhlarga amaliy yordam koʻrsatish. Maslahatlar berish va amaliy seminarlar tashkil etish chora-tadbirlari jadvali Doimo Savdo-sanoat palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
4. Mikromoliyalashtirish xizmatlarini kengaytirish va kredit uyushmalari va mikrokredit tashkilotlari salohiyatini kuchaytirish
4.1.‎ Quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish yoʻli bilan (xalqaro tashkilotlarning qoʻllab-quvvatlashi ostida) kredit uyushmalari va mikrokredit tashkilotlarining moliyaviy oʻzini oʻzi qoplashini oshirish:
‎— mikrokredit tashkilotlari va kredit uyushmalari mikromoliyalashtirishning ilgʻor xalqaro amaliyotiga kirishini taʼminlash;
‎— tavakkalchiliklarni boshqarish usullarini va kredit portfeli monitoringi tizimini takomillashtirish;
‎— ayniqsa qishloq joylarda aholining ehtiyojlarini qondirishga yoʻnaltirilgan yangi mikromoliyaviy mahsulotlarni ishlab chiqish.
Kompleks chora-tadbirlar Doimo Markaziy bank, Kredit uyushmalari assotsiatsiyasi, mikrokredit tashkilotlari
4.2.‎ Moliyaviy texnologiyalarni ayirboshlash, tijorat banklaridan kredit resurslari jalb etish maqsadida tijorat banklari va mikromoliyaviy muassasalar oʻrtasidagi professional va amaliy aloqalarga koʻmaklashish. Kompleks chora-tadbirlar Doimo Markaziy bank, Kredit uyushmalari mikrokredit tashkilotlari assotsiatsiyasi, tijorat banklari
4.3.‎ Kredit uyushmalari assotsiatsiya va mikrokredit tashkilotlarining internet-saytlarini yaratish va doimiy ravishda yangilab turish. Kompleks chora-tadbirlar Doimo Kredit uyushmalari assotsiatsiyasi, mikrokredit tashkilotlari
5. Kredit uyushmalari va mikrokredit tashkilotlarining professional xizmatlarga va axborotga kirishini taʼminlaydigan yordamchi xizmatlar va infratuzilmani rivojlantirish
5.1.‎ Koʻrsatkichlar va moliyaviy ochiq-oshkoralik standartlari boʻyicha maxsus treninglar tashkil etish. Chora-tadbirlar jadvali Doimo Markaziy bank, Kredit uyushmalari assotsiatsiyasi, mikrokredit tashkilotlari
5.2.‎ Xodimlarni oʻquv va konsalting markazlarida doimiy ravishda oʻqitishni tashkil etish orqali mikrokredit tashkilotlari va kredit uyushmalarining institutsional salohiyatini kuchaytirishga koʻmaklashish. Oʻqitishni tashkil etish Doimo Bank-moliya akademiyasi, Mintaqaviy bank oʻquv markazi, Kredit uyushmalari assotsiatsiyasi, mikrokredit tashkilotlari
5.3.‎ Mikromoliyaviy sektorning yordamchi xizmatlari va infratuzilmasini rivojlantirish, shu jumladan Mikrokredit tashkilotlari assotsiatsiyasini taʼsis etish orqali rivojlantirish. Kompleks chora-tadbirlar 2007-2008-yy. davomida Markaziy bank, Kredit uyushmalari assotsiatsiyasi, mikrokredit tashkilotlari
5.4.‎ Quyidagilarni:
‎— buxgalteriya, auditorlik, maslahat berish, oʻqitish xizmatlari koʻrsatish uchun konsalting markazini;
‎— mikrokredit tashkilotlari va kredit uyushmalari oʻrtasida axborot ayirboshlash, eng yaxshi mikromoliyaviy tashkilotlar toʻgʻrisidagi axborotni mamlakat ichida va chet elda tarqatish, texnik yordam koʻrsatish maqsadida mikromoliyaviy resurs markazini tashkil etish.
Kompleks chora-tadbirlar 2008-yil I yarim yillik Markaziy bank, Kredit uyushmalari assotsiatsiyasi, Mikrokredit tashkilotlari assotsiatsiyasi
5.5.‎ “Kredit byurolari faoliyati va kredit axborotini ayirboshlash toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish. Qonun loyihasini ishlab chiqish 2008-yil I yarim yillik Kredit axboroti milliy instituti, Banklar uyushmasi, Kredit uyushmalari assotsiatsiyasi
5.6.‎ Mikrokredit tashkilotlari va kredit uyushmalari tomonidan kreditlar boʻyicha amaldagi foiz stavkalari toʻgʻrisidagi axborot va mijozlar uchun foydali boʻlgan boshqa axborot muntazam eʼlon qilinishi. Kompleks chora-tadbirlar Doimo Markaziy bank, Kredit uyushmalari assotsiatsiyasi, mikrokredit tashkilotlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasida mikromoliyalashtirishni rivojlantirish dasturiga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi mintaqalari boʻyicha mikromoliyalashtirish tashkilotlari va kredit uyushmalari tarmogʻini yaratish va kengaytirishning prognoz parametrlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mintaqalar‎‏ 2007-yil 1-maydagi holatiga koʻra mikromoliyaviy muassasalar (kredit uyushmalari) soni ‎‏ 2007-yil 1-maydagi holatiga koʻra kredit qoʻyilmalari (mlrd. soʻm) ‎‏ 2010-yil 1-yanvargacha mikromoliyaviy muassasalarning prognozlashtirilayotgan soni*‎‏ shu jumladan:‎‎‎ 2010-yil 1-yanvardagi‎‏
mikrokredit tashkilotlari‎ kredit uyushmalari‎
Qoraqalpogʻiston Respublikasi‎ -‎ 0,0‎ 9‎ 6‎ 3‎ 7,2‎
Andijon viloyati‎ 6‎ 4,0‎ 15‎ 8‎ 7‎ 12,0‎
Buxoro viloyati‎ 4‎ 1,8‎ 10‎ 5‎ 5‎ 8,0‎
Jizzax viloyati‎ 2‎ 1,2‎ 5‎ 2‎ 3‎ 4,0‎
Qashqadaryo viloyati‎ 1‎ 0,1‎ 13‎ 11‎ 2‎ 10,4‎
Navoiy viloyati‎ 1‎ 1,7‎ 6‎ 4‎ 2‎ 4,8‎
Namangan viloyati‎ 3‎ 0,5‎ 11‎ 7‎ 4‎ 8,8‎
Samarqand viloyati‎ 3‎ 1,6‎ 16‎ 11‎ 5‎ 12,8‎
Surxondaryo viloyati‎ 1‎ 0,2‎ 10‎ 7‎ 3‎ 8,0‎
Sirdaryo viloyati‎ 1‎ 0,2‎ 6‎ 4‎ 2‎ 4,8‎
Toshkent viloyati‎ -‎ 0,0‎ 15‎ 10‎ 5‎ 12,0‎
Fargʻona viloyati‎ 6‎ 3,0‎ 18‎ 11‎ 7‎ 14,4‎
Xorazm viloyati‎ -‎ 0,0‎ 8‎ 6‎ 2‎ 6,4‎
Toshkent shaxri‎ 10‎ 8,6‎ 17‎ 5‎ 12‎ 13,6‎
Respublika boʻyicha hammasi‎ 38‎ 22,9‎ 159‎ 97‎ 62‎ 127,2‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Prognoz parametrlar xalqaro tajribadan kelib chiqqan holda hisoblab chiqilgan, unga koʻra iqtisodiy faol aholining 3 foizi mikromoliyaviy muassasalarning faol qarz oluvchilari hisoblanadi. Bunda bitta mikromoliyaviy muassasaga taxminan 2 ming qarz oluvchi toʻgʻri keladi, qarzning oʻrtacha summasi 400—500 ming soʻmdan ortiq boʻlmaydi
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 23-son, 239-modda)