OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BOSh PROKURATURASI HUZURIDAGI SOLIQ, VALYUTAGA OID JINOYATLARGA VA JINOIY DAROMADLARNI LEGALLAShTIRIShGA QARShI KURAShISh DEPARTAMENTINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BOSh PROKURATURASI HUZURIDAGI SOLIQ, VALYUTAGA OID JINOYATLARGA VA JINOIY DAROMADLARNI LEGALLAShTIRIShGA QARShI KURAShISh DEPARTAMENTINING
Qarori
NOBANK KREDIT TAShKILOTLARIDA JINOIY FAOLIYATDAN OLINGAN DAROMADLARNI LEGALLAShTIRIShGA VA TERRORIZMNI MOLIYALAShTIRIShGA QARShI KURAShISh BOʻYIChA IChKI NAZORAT QOIDALARIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 19-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2027-2]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish Departamentining 2017-yil 9-avgustdagi 313-V-4, 25-sonli “Nobank kredit tashkilotlarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalarini tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2027-4, 04.09.2017-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda), “Kredit uyushmalari toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 4-5-son, 65-modda), “Mikrokredit tashkilotlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 37-38-son, 372-modda) hamda “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 43-son, 451-modda) qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2009-yil 13-oktabrdagi 23/5-sonli va 31-sonli qarori (roʻyxat raqami 2027, 2009-yil 28-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 44-son, 476-modda) bilan tasdiqlangan “Nobank kredit tashkilotlarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalari”ga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2010-yil 23-oktabr,
34/18-son
Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshligʻi Z. DOʻSANOV
Toshkent sh.,
2010-yil 2-noyabr,
30-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2010-yil 23-oktabrdagi 34/18-son hamda Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2010-yil 2-noyabrdagi 30-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Nobank kredit tashkilotlarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga kiritiladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 23-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Olingan axborotlarning (hujjatlarning) ishonchliligiga shubhalar mavjud boʻlsa, nobank kredit tashkilotlari ushbu axborotlarni (hujjatlarni) tekshirish (verifikatsiyalash) boʻyicha choralarni koʻrishlari lozim. Bunday holatlarda, nobank kredit tashkilotlari mijozlar haqidagi axborotlarning (hujjatlarning) ishonchliligini (haqiqiyligini) aniqlashtirish uchun tegishli tashkilotlarga murojaat qilishga haqli”.
2. 33-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mijozni lozim darajada tekshirishni amalga oshirishning imkoni mavjud boʻlmagan taqdirda nobank kredit tashkiloti Departamentga xabar berish masalasini koʻrib chiqishi va ish munosabatlariga kirishishni yoki bunday mijozning pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarini amalga oshirishni rad etishga yoxud u bilan har qanday ish munosabatlarini toʻxtatishga majbur”.
3. 61-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“61. Soʻrovnomalar maxsus dasturlar yordamida barcha mijozlar boʻyicha elektron shaklda toʻldiriladi. Shubhali operatsiyalarni amalga oshiruvchi va yuqori darajadagi xatar toifasiga kiritilgan mijozlar boʻyicha soʻrovnomalar qogʻoz shaklida ham toʻldiriladi.
Elektron shaklda toʻldirilgan mijoz soʻrovnomasi qogʻoz shaklida chiqarilganda nobank kredit tashkilotining bosh buxgalteri yoki u boʻlmagan taqdirda, uning muovini tomonidan tasdiqlanadi”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 47-son, 430-modda)