24.03.2003 yildagi PF-3226-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 24.03.2003 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QISHLOQ XOʻJALIGIDA ISLOHOTLARNI CHUQURLASHTIRISHNING ENG MUHIM YOʻNALISHLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligida iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, qishloqda ishlab chiqarish munosabatlarini takomillashtirish, qishloq xoʻjalik ishlab chiqarishini boshqarishning bozor tamoyillariga mos keladigan tashkiliy tuzilmasini tadbiq etish, qishloq xoʻjalik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining mustaqilligini kengaytirish hamda ularning ishonchli huquqiy muhofazasini taʼminlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar qishloq xoʻjaligida mulkchilik shakllarini oʻzgartirish va ishlab chiqarish munosabatlarini takomillashtirishning eng muhim yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻorma dehqonchilik hamda sugʻoriladigan ekin maydonlari cheklanganligi sharoitida mulkchilikning ijara shakllari va shartnomaviy munosabatlarga asoslangan xoʻjalik yuritish tizimini rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloqda asosiy ishlab chiqarish boʻgʻini hisoblangan qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining manfaatlarini puxta taʼminlashga qaratilgan iqtisodiy va huquqiy shart-sharoit yaratish, tayyorlov, qayta ishlash korxonalari, moddiy-texnika resurslari yetkazib beruvchilar, moliya-bank muassasalar hamda boshqa xizmat koʻrsatish tashkilotlari faoliyatini ushbu maqsadga boʻysundirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik yuritishning shirkat, fermer va dehqon xoʻjaliklari tashkiliy-huquqiy shakllarini saqlab qolish, istiqbolda asosiy qishloq xoʻjalik mahsuloti ishlab chiqaruvchi subyekt boʻlib qoladigan fermer xoʻjaliklarini rivojlantirishni ustuvor yoʻnalish sifatida belgilash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklarining takliflariga muvofiq qishloq xoʻjalik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar bilan tayyorlov tashkilotlari oʻrtasida tuzilgan kontraktatsiya shartnomalarini umumlashtirish asosida joriy yilga paxta va don yetishtirish prognoz koʻrsatkichlari respublika va mintaqalar darajasida belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) qishloq xoʻjalik tovar ishlab chiqaruvchilari xoʻjaliklarning ixtisoslashuvini hisobga olgan holda va tuzilgan kontraktatsiya shartnomalariga asosan qishloq xoʻjalik ekinlarini mustaqil ravishda joylashtiradilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) xoʻjaliklar oʻz mehnati natijalarini, shu jumladan yetishtirilgan mahsulotni, oʻzlariga tegishli mol-mulk, moliyaviy va moddiy resurslarni oʻz xohishiga koʻra tasarruf etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi bir oy muddatda Farmonning mazkur bandidan kelib chiqqan holda amaldagi barcha nizom va meʼyorlarni qayta koʻrib chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Yer resurslari davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat hokimliklari qishloq xoʻjaligida ishlab chiqarish munosabatlarining asosiy shakli sifatida ijara munosabatlari keng rivojlanishini taʼminlasinlar. Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda 2004-yildan boshlab barcha shirkat va fermer xoʻjaliklarini qishloq xoʻjalik ekinzorlaridan foydalanishning ijara shakliga oʻtkazish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan takliflar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Yer resurslari davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat hokimliklari fermer xoʻjaliklari tuzish hamda ular faoliyatini tashkil qilish jarayonida quyidagi prinsipial qoidalarga amal qilsinlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fermer xoʻjaliklari, qoida tariqasida, tugatiladigan zarar bilan ishlayotgan, past rentabelli va istiqbolsiz shirkatlar negizida barpo etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fermer xoʻjaligi yuridik shaxs sifatida, asosan xususiy korxona shaklida, keyinchalik ular turli shakldagi kooperatsiyalarga birlashish huquqi bilan barpo qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer maydonlari fermerlarga tanlov asosida ellik yilgacha uzoq muddatli asosda, ijara muddati davomida meros qilib qoldirish huquqi bilan ijaraga foydalanish uchun beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fermer xoʻjaliklariga berilgan yer maydonlari shirkat xoʻjaliklarining balansidan chiqariladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fermer xoʻjaliklarini shakllantirish uchun yer maydonlari berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan alohida Nizom bilan belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetishtiriladigan qishloq xoʻjalik mahsulotlarini yetkazib berish hamda moddiy-texnika resurslari va xizmatlarni olish uchun shartnomalarni faqat fermer xoʻjaliklarining oʻzlari tayyorlov, qayta ishlash hamda xizmat koʻrsatish korxonalari va tashkilotlari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri tuzadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fermer bilan yollanma xodimlar, shu jumladan oila aʼzolari oʻrtasidagi mehnat munosabatlari amaldagi mehnat qonunchiligiga muvofiq mehnat shartnomalariga asoslandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari bilan birga ikki oy muddatda quyidagilarni ishlab chiqib, tasdiqlasin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy sharoitlarni, qishloq xoʻjalik yerlari, mehnat resurslari mavjudligini hamda shirkatlarni qayta tashkil etish natijasida boʻshab qoladigan xodimlarni ish bilan taʼminlash istiqbollarini chuqur tahlil etish asosida viloyat va tumanlar boʻyicha yaqin yillarda fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish Konsepsiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2003—2005-yillarda qishloqda zamonaviy bozor infratuzilmasini kompleks rivojlantirish Dasturi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qishloq xoʻjalik ishlab chiqarishini boshqarish tizimini tubdan qayta koʻrib chiqish zarur deb hisoblansin, bunda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligini taqsimotchilik vazifalaridan ozod qilish hamda qishloq xoʻjaligi tarmoqlariga rahbarlik qilishning maʼmuriy-buyruqbozlik usullaridan voz kechish nazarda tutilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligini zamonaviylashtirish va barqaror rivojlantirishga qaratilgan yagona agrotexnika siyosatini oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy agrotexnologiyalarni takomillashtirish va ularni qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi tarmoqlariga joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjalik tovar ishlab chiqaruvchilariga bozor tamoyillari va mexanizmlari asosida xizmat koʻrsatuvchi tarmoqlar, boʻgʻinlar va tuzilmalar faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
irrigatsiya tizimlarini boshqarishning maʼmuriy-hududiy prinsipidan havza prinsipiga oʻtishni koʻzda tutuvchi suv resurslarini boshqarish, shuningdek sugʻorma suvdan foydalanishda bozor tamoyillarini barcha darajada tadbiq qilish.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi boshqaruvi markaziy apparatining tuzilmasida quyidagi muammolarni hal etish boʻyicha Kengashlar tuzish maqsadga muvofiq deb hisoblansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— paxtachilikni rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— gʻallachilikni rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— sabzavot-poliz ekinlari, meva va uzumchilikni rivojlantirish hamda ularni kompleks qayta ishlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— chorvachilikni rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— yer-suv resurslaridan oqilona foydalanish, irrigatsiyani rivojlantirish va yer unumdorligini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash va kimyolashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli tarmoqlarni isloh qilish va rivojlantirish, qishloq xoʻjaligi salohiyatidan samarali foydalanish boʻyicha aniq tavsiyalar ishlab chiqish Kengashlarning eng muhim vazifalari etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Kengashlar tarkibiga jamoatchilik asosida yetakchi mutaxassislar aʼzo boʻlib kiradilar. Kengashlarning raislari Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hayʼatining aʼzolari hisoblanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengashlarning barcha tavsiyalari qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hayʼatining majlislarida muhokama etilishi lozim, uning qarorlari ijro etish uchun majburiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Kengashlar ishchi organlarining vazifalari Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining tegishli boshqarma va boʻlimlari zimmasiga yuklatilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Adliya vazirligi hamda Iqtisodiyot vazirligi bir oy muddatda tegishli tashkilotlar bilan birga quyidagilarni ishlab chiqib, tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, uning viloyat va tuman boʻlinmalari toʻgʻrisidagi yangi nizomlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fermer xoʻjaligi va qishloq xoʻjalik kooperativ (shirkat)ning yangi namunaviy ustavlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu nizomlarni tayyorlash chogʻida qishloq xoʻjalik korxonalarining mustaqilligini kengaytirish, har bir boshqaruv va xoʻjalik yuritish subyektining vazifa hamda majburiyatlari aniq chegaralab qoʻyilishi, shirkat xoʻjaliklarida kadrlar masalalarini hal etishning demokratik shakllari, qishloq xoʻjalik tovar ishlab chiqaruvchilarining joriy faoliyatiga maʼmuriy aralashuvga barham berish koʻzda tutilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi bir oy muddatda manfaatdor idoralar bilan birgalikda qishloq xoʻjalik mahsulotlari, moddiy-texnika resurslarini yetkazib berish va xizmatlar koʻrsatish boʻyicha shartnomalarni qayta ishlab chiqsin hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda yangi namunaviy shartnomalarni belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur shartnomalarda quyidagilar koʻzda tutilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy qishloq xoʻjalik mahsuloti yetishtiruvchining tayyorlov, qayta ishlash va xizmat koʻrsatish tashkilotlari bilan ishlab chiqarish munosabatlarida ustuvor mavqeyi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tomonlarning huquq va oʻzaro majburiyatlarini aniq belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulot yetkazib berish, ishlar bajarish, xizmat koʻrsatish hamda shartnomalar boʻyicha oʻzaro hisob-kitoblarning tartibi va aniq muddatlarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnomaviy munosabatlar mazmuni va mohiyatini bosh vazifa — asosiy mahsulot hisoblangan paxta tolasi, don va boshqa mahsulotlarni eng kam sarf-xarajat bilan yetishtirish vazifasiga erishishga boʻysundirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma majburiyatlarining ijrosi uchun tomonlarning javobgarligini aniq belgilab qoʻyish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur shartnomalar agrotexnika tadbirlari amalga oshirila boshlashidan kechi bilan 1 oy oldin tuzilishi lozimligi belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligida shartnomalar tuzish va ularni bajarish chogʻida belgilangan norma hamda talablarga xoʻjalik yurituvchi subyektlarning rioya etishlari ustidan muntazam nazorat oʻrnatsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda, Oliy sud va Oliy xoʻjalik sudi bilan birgalikda respublika mintaqalarida qishloq xoʻjalik tovar ishlab chiqaruvchilarining shartnomaviy oʻzaro munosabatlardan kelib chiqadigan manfaatlari ishonchli himoya etilishini taʼminlaydigan huquqiy institutlarning rivojlangan tizimini shakllantirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi bir oy muddatda qishloq xoʻjalik korxonalari faoliyatini baholashda statistik va moliyaviy koʻrsatkichlarning amaldagi tizimini oʻrgansinlar hamda ana shu asosda ularni tubdan qayta koʻrib chiqish boʻyicha takliflar kiritsinlar va bunda bozor iqtisodiyoti talablariga muvofiq ularni qisqartirish hamda yagona hisobot tizimini yaratishni koʻzda tutsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayni chogʻda vazirliklar va idoralar tomonidan barcha boshqaruv pogʻonalarida qoʻshimcha hisobot shakllari joriy etilishiga yoʻl qoʻyilmasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi qonunchilikka ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi I.H. Joʻrabekov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Azimov va N.S. Yusupov zimmalariga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2003-yil 24-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-3226-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-y., 3-4-son, 55-modda; 2017-y., 32-son, 793-modda)