Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.04.2024 28.10.2010 yildagi 239-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.04.2024
Hujjat 21.08.2017 02 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 722-sonli “Narxlari davlat tomonidan tartibga solinishi lozim boʻlgan tovarlar narxlarining (tariflarining) shakllanishi hamda qoʻllanilishini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2024-yil 4-apreldan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raqobat toʻgʻrisida”, “Tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini, Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomni hamda Raqobatni himoya qilish va tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash, isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama faoliyatiga doir qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish hamda ishlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari rejasini tasdiqlash haqida” 2010-yil 2-iyundagi 105-son qarorini bajarish yuzasidan, tovar bozorlarida ustun mavqega ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar hamda tabiiy monopoliyalar subyektlari faoliyatini davlat tomonidan narx orqali tartibga solishni yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilansinki, quyidagilar davlat tomonidan tartibga solinishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar bozorlarida ustun mavqega ega boʻlgan Xoʻjalik yurituvchi subyektlar davlat reyestriga va Tabiiy monopoliyalar subyektlari davlat reyestriga kiritilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan ishlab chiqariladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga (keyingi oʻrinlarda tovarlar deb ataladi) narxlar (tariflar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan oʻz vakolatlari doirasida narxlarni tartibga soluvchi organ bilan kelishgan holda belgilanadigan ayrim tovarlarga narxlar (tariflar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari bilan narxlarni tartibga soluvchi organ tomonidan tartibga solinishi nazarda tutilgan ayrim tovarlarga narxlar (tariflar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari bilan belgilanadigan ayrim tovarlarga narxlar (tariflar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalar yoki Oʻzbekiston Respublikasi kafolati ostidagi kreditlar hisobiga moliyalashtiriladigan qurilish obyektlari qiymati.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni shakllantirish, deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash hamda ularning qoʻllanilishini davlat tomonidan nazorat qilish tartibi toʻgʻrisida nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlar, xomashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish toʻgʻrisida” 2004-yil 5-fevraldagi 57-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 2-son, 10-modda) 2-ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 28-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
239-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-oktabrdagi 239-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni shakllantirish, deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash hamda ularning qoʻllanilishini davlat tomonidan nazorat qilish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom monopolist korxonalar va tabiiy monopoliyalar subyektlari tovarlari (ishlari, xizmatlari)ga (keyingi oʻrinlarda tovarlar deb ataladi) narxlar (tariflar)ni shakllantirish, deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan narxlar (tariflar)ni belgilash, Hukumat qarorlarida nazarda tutilgan ayrim xoʻjalik yurituvchi subyektlar tovarlariga narxlar (tariflar)ni deklaratsiya qilish va ularning qoʻllanilishini davlat tomonidan nazorat qilish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari bilan muayyan tovarlarga nisbatan narxlar (tariflar)ni shakllantirish va belgilashning alohida tartibi belgilanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Nizomni qoʻllash maqsadida quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustama — xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan joriy xarajatlarni qoplash va muayyan summada sof foyda olish uchun tovarni sotishda ularning xarid narxi (tarifi) ustiga qoʻyilgan qoʻshimcha (nisbiy yoki mutlaq miqdor);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
narxlarni tartibga soluvchi organ — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va uning topshirigʻi boʻyicha — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari moliya boshqarmalari;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
monopolist korxona — tovar bozorlarida ustun mavqega ega boʻlgan va Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning davlat reyestriga kiritilgan xoʻjalik yurituvchi subyekt;
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 23-oktabrdagi 287-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 43-son, 573-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy monopoliya subyekti — tabiiy monopoliya sharoitlarida tovarlar ishlab chiqarish (sotish) bilan band boʻlgan, Tabiiy monopoliyalar subyektlari davlat reyestriga kiritilgan xoʻjalik yurituvchi subyekt (yuridik shaxs);
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rentabellik — zaruriy foyda miqdorini (davr xarajatlari, moliyaviy faoliyat boʻyicha xarajatlar va sof foyda summasi) ishlab chiqariladigan tovarga toʻgʻri keladigan ishlab chiqarish xarajatlari summasiga boʻlish yoʻli bilan hisoblab chiqiladigan korxona faoliyatining foydalilik nisbiy koʻrsatkichi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tartibga soluvchi koeffitsiyent (pasaytiruvchi yoki oshiruvchi) — narx (tarif) darajasini aniqlash uchun belgilanadigan nisbiy miqdor;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarif smetasi — daromadlar va xarajatlar, ishlab chiqarilgan tovarlar hajmi koʻrsatkichi va xoʻjalik yurituvchi subyekt faoliyatini aks ettiradigan va tartibga soluvchi koeffitsiyentni aniqlashda asos qilib olinadigan boshqa iqtisodiy koʻrsatkichlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
narx (tarif) — tovar birligi qiymatining pul ifodasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Nizom quyidagi tovarlar narxlari (tariflari)ni shakllantirish va deklaratsiya qilishda qoʻllaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
monopolist korxonalar va tabiiy monopoliyalar subyektlari tomonidan ishlab chiqariladigan va sotiladigan tovarlar (moliyaviy xizmatlardan tashqari);
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 23-oktabrdagi 287-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 43-son, 573-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
narxlarni tartibga soluvchi organ bilan kelishgan holda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan oʻz vakolatlari doirasida belgilanadigan ayrim tovarlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari bilan narxlarni tartibga soluvchi organda tartibga solish nazarda tutilgan ayrim tovarlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Narxlarni davlat tomonidan tartibga solish quyidagi yoʻllar orqali amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
monopolist korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan va sotiladigan tovarlarga narxlar (tariflar)ni yoki ularning cheklangan darajalarini, tartibga soluvchi koeffitsiyentni, ustamalar yoki cheklangan rentabellikni deklaratsiya qilish (keyingi oʻrinlarda narxlar (tariflar)ni deklaratsiya qilish deb ataladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy monopoliyalar subyektlari tomonidan ishlab chiqariladigan va sotiladigan tovarlarga narxlar (tariflar)ni yoki ularning cheklangan darajalarini, tartibga soluvchi koeffitsiyentni, ustamalar yoki cheklangan rentabellikni tasdiqlash (keyingi oʻrinlarda narxlar (tariflar)ni tasdiqlash deb ataladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan narxlarni tartibga soluvchi organ bilan kelishgan holda tovarlarning muayyan turlariga qatʼiy yoki cheklangan narxlar (tariflar) va ustamalar belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari bilan narxlarni tartibga soluvchi organda tartibga solish nazarda tutilgan ayrim tovarlarga narxlar (tariflar)ni deklaratsiya qilish (kelishish);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari bilan ayrim tovarlarga qatʼiy yoki cheklangan narxlar (tariflar) va ustamalar belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalar yoki Oʻzbekiston Respublikasi kafolati ostidagi kreditlar hisobiga moliyalashtiriladigan obyektlar qurilishi qiymatini shakllantirish tartibini belgilash. Koʻrsatib oʻtilgan tartib Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarori bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq narxlar (tariflar)ni davlat tomonidan tartibga solishning boshqa usullari ham qoʻllanilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qolgan tovarlarga shartnomaviy (erkin) narxlar (tariflar) qoʻllanadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Monopolist korxona yoki tabiiy monopoliya subyekti deklaratsiya qilingan (tasdiqlangan) narxni (tarifni) mustaqil ravishda pasaytirish huquqiga ega. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
monopol past narxlar belgilash maqsadida narxni (tarifni) pasaytirishga yoʻl qoʻyilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
narxlarni (tariflarni) pasaytirish, keyinchalik narxlarni tartibga soluvchi organni xabardor qilgan holda, barcha isteʼmolchilar uchun bir vaqtda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlariga narxlar davlat tomonidan tartibga solinadigan xoʻjalik yurituvchi subyekt, shuningdek tasdiqlangan (kelishilgan) narxni (tarifni) barcha isteʼmolchilar uchun bir vaqtda mustaqil ravishda pasaytirish huquqiga ega.
(51-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qaroriga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Monopolist korxonalar va tabiiy monopoliyalar subyektlari tovarlariga narxlar (tariflar)ni davlat tomonidan tartibga solish
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Monopolist korxonalar va tabiiy monopoliyalar subyektlari tomonidan ishlab chiqariladigan va sotiladigan tovarlarga narxlar (tariflar) yoki ularning cheklangan darajalari, tartibga soluvchi koeffitsiyent, ustama yoki cheklangan rentabellik (pochta aloqasining universal xizmatlariga tariflar bundan mustasno) narxlarni tartibga soluvchi organ tomonidan deklaratsiya qilinadi (tasdiqlanadi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pochta aloqasining universal xizmatlariga tariflar narxlarni tartibga soluvchi organ bilan kelishgan holda pochta aloqasi sohasidagi maxsus vakolatli organ tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Monopolist korxona va tabiiy monopoliya subyekti narxlarni tartibga soluvchi organda quyidagi hollarda narx (tarif)ni deklaratsiya qilishi (tasdiqlashi) shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
monopolist korxona yoki tabiiy monopoliya subyekti sifatida tan olingan tovarga — tegishli Davlat reyestriga kiritilganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma olingan kundan boshlab bir oy muddat ichida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
narx (tarif), ustama, cheklangan rentabellik oshganda va tartibga soluvchi koeffitsiyent oʻzgarganda.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Respublika tashqarisiga tovarlar yetkazib beradigan monopolist korxona yoki tabiiy monopoliya subyekti tovarlar boʻyicha hisob-kitobni shartnomaviy (erkin) narxlar boʻyicha, biroq deklaratsiya qilingan (tasdiqlangan) narxlar (tariflar)dan past boʻlmagan narxlar boʻyicha amalga oshiradi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Monopolist korxonalar va tabiiy monopoliyalar subyektlari tovarlariga narxlar (tariflar)ni shakllantirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Narxlar (tariflar)ni asoslash uchun qabul qilinadigan tovarni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarini aniqlashda monopolist korxona va tabiiy monopoliya subyekti Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopolist korxona yoxud tabiiy monopoliya subyekti tomonidan ishlab chiqariladigan tovarga narx (tarif) ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlardan, davr sarf-xarajatlaridan, moliyaviy faoliyat boʻyicha xarajatlardan, soliqlar va foydadan boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha xarajatlardan, shuningdek sof foyda summasidan shakllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 147-moddasida nazarda tutilgan xarajatlar, monopolist korxona va tabiiy monopoliya subyekti tovariga deklaratsiya qilinadigan (tasdiqlanadigan) narxni (tarifni) shakllantirishda xarajatlarda hisobga olinmaydi, yuqori organlar va xoʻjalik yurituvchi subyekt birlashmasi taʼminotiga ajratmalar boʻyicha xarajatlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Aniq bir tovarga narx (tarif)ni deklaratsiya qilish (tasdiqlash) standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlarga muvofiq (DS, TS, TSh, TB va hokazolar) tovarning markasi, turi, navi boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Tovarlarning turlari (markalari, tiplari, oʻlchamlari va hokazolar)ning ancha soni mavjud boʻlgan taqdirda tovar birligiga xarajatni belgilash murakkab boʻlganda narxlarni tartibga soluvchi organ tovar rentabelligining cheklangan darajasini yoki amaldagi narxlar (tariflar)ga nisbatan qoʻllaniladigan tartibga soluvchi koeffitsiyentni deklaratsiya qilishi (tasdiqlashi) mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tartibga soluvchi koeffitsiyent loyihalashtirilayotgan tarif smetasini, ilgari narxni tartibga soluvchi organ tomonidan tasdiqlangan tarif smetasiga nisbati orqali, tovarlar ishlab chiqarish hajmining oʻzgarishini hisobga olgan holda aniqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Narx (tarif) hisob-kitobi tovarga toʻgʻri keladigan xarajatlar va sof foyda koʻrsatkichlari negizida amalga oshiriladi hamda quyidagilar boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normalanadigan xarajatlar boʻyicha — normativ-texnik hujjatlarni (retseptura, xomashyo va materiallar, issiqlik va elektr energiyasi, mehnat va shu kabilarni sarflash normalarini) hamda tegishli vakolatli organlar tomonidan tasdiqlangan standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlarni (DS, TS, TSh, TB va shu kabilarni) hisobga olgan holda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normalanmaydigan xarajatlar boʻyicha — oldingi toʻrt chorakning hisobot koʻrsatkichlari tahlili asosida va narxlarning prognoz boʻyicha oʻzgarishini hisobga olgan holda shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xom ashyo, materiallar, yoqilgʻi, energiya va boshqa resurslarning texnik va texnologik normalari tegishli vakolatli organlar tomonidan ushbu resurslarni eng kam va eng koʻp sarflash diapazonlarida tasdiqlangan taqdirda, narxni (tarifni) hisob-kitob qilish maqsadida narxlarni tartibga soluvchi organ tomonidan ularning oʻrtacha koʻrsatkichidan normalarning ushbu diapazoni doirasida foydalaniladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Tovarga (issiqlik taʼminoti, suv taʼminoti, kanalizatsiya va sanitariya boʻyicha tozalash tashkilotlari tomonidan ishlab chiqariladigan tovardan tashqari) deklaratsiya qilinadigan (tasdiqlanadigan) narxni (tarifni) shakllantirishda hisobga olinadigan sof foyda miqdori, quyidagilar uchun zarur boʻlgan mablagʻlar hajmidan kelib chiqib, aniqlanadi:
(14-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa manbalar mavjudligini hisobga olgan holda kreditlar, qarzlar va lizing boʻyicha asosiy qarzni qaytarish uchun. Bunda keyingi hisobot davrlarida muayyan kredit toʻliq qaytarilgandan keyin sof foyda miqdoriga tuzatish kiritilishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqlangan manzilli roʻyxatlarga (loyiha-smeta hujjatlariga) muvofiq kapital qoʻyilmalarni, kreditlar, amortizatsiya ajratmalari va ushbu kapital qoʻyilmalarni moliyalashtirish uchun boshqa manbalardan foydalanishni hisobga olgan holda moliyalashtirish uchun;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dividendlar toʻlovi uchun. Ushbu tovarga toʻgʻri keladigan dividendlarning yillik summasi korxona ustav fondi (kapitali) summasining yigirma besh foizidan oshmaydigan miqdorda belgilanadi;
(14-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomning 17-bandida nazarda tutilgan shartlarni bajarish uchun.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning davlat reyestriga kiritilgan ulgurji va vositachi tashkilotlar tomonidan qoʻllaniladigan ustama miqdori tovarlarni yetkazib berish turlari boʻyicha deklaratsiya qilinishi lozim.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 23-oktabrdagi 287-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 43-son, 573-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Tovarlariga narxlar (tarif) davlat tomonidan tartibga solinadigan xoʻjalik yurituvchi subyekt bunday har bir tovar boʻyicha daromadlar, xarajatlar va jalb etilgan aktivlarning alohida hisobini yuritishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarga narx (tarif)ni shakllantirishda bilvosita moddiy xarajatlarni, mehnatga haq toʻlashga bilvosita xarajatlarni, ishlab chiqarish xususiyatiga ega boʻlgan boshqa xarajatlarni, davr xarajatlarini va moliyaviy faoliyat boʻyicha xarajatlarni taqsimlash tovarning solishtirma mehnat sigʻimi (tovarning muayyan turiga toʻgʻri keladigan asosiy ishlab chiqaruvchi xodimlarning mehnatiga haq toʻlash xarajatlari) boʻyicha amalga oshiriladi. Bunda aniq bir tovarni ishlab chiqarish xususiyatlaridan kelib chiqib, xarajatlarni taqsimlash uchun xoʻjalik yurituvchi subyekt, narxlarni tartibga soluvchi organ bilan kelishgan holda, buxgalteriya hisobiga oid qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa mezonlardan foydalanish huquqiga ega.
(16-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tannarxni hisoblash yoki davr xarajatlarini, moliyaviy faoliyat boʻyicha xarajatlarni, soliqlar va boshqa foydadan majburiy toʻlovlar boʻyicha xarajatlarni, monopolist korxona yoxud davlat yoki xoʻjalik boshqaruvi organi tarkibiga kiruvchi tabiiy monopoliya subyekti tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot birligi hisobiga sof foyda summasini taqsimlash tarmoq xususiyatiga ega boʻlgan taqdirda narxni (tarifni) deklaratsiya qilish (tasdiqlash) narxlarni tartibga soluvchi organ tomonidan belgilangan tartibda aniqlanadi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Agar oldingi hisobot davrida xoʻjalik yurituvchi subyekt (issiqlik taʼminoti, suv taʼminoti va kanalizatsiya korxonalaridan tashqari) tasdiqlangan normativ-texnik hujjatlar doirasida xomashyo, materiallar va energiya resurslari xarajatlari sarfi meʼyorlarining oʻzgarishi (koʻpayishi yoki kamayishi)ga olib keladigan resurslarni tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va texnologiya jarayonlarini oqilona tashkil etish, quvvatlardan foydalanish darajasini koʻpaytirish va mehnat unumdorligini oʻstirish, foydalanish xarajatlarini va qoʻshimcha xarajatlarni qisqartirish, xarid qilinadigan xomashyo, materiallar va butlovchi qismlar qiymatini kamaytirish, xodimlar sonini maqbullashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish hisobiga mablagʻlarni tejashga erishgan boʻlsa, tartibga solinadigan narxlarni (tariflarni) navbatdagi qayta koʻrib chiqishda tejalgan mablagʻlarning 50 foizgacha boʻlgan summasi sof foyda tarkibida hisobga olinadi, yuqorida koʻrsatilgan xarajatlar esa aniqlashtirilgan parametrlar hisobga olingan holda qabul qilinadi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Tartibga solinadigan narxlar (tariflar) hisob-kitobida hisobga olinadigan monopolist korxona va tabiiy monopoliya subyekti xodimlari mehnatiga haq toʻlash xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining navbatdagi yil uchun asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlar prognozi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining parametrlari toʻgʻrisidagi qarorida nazarda tutilgan isteʼmol narxlari indeksi koʻrsatkichidan kam boʻlmagan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining kalendar yil mobaynidagi oʻsish koʻrsatkichidan yuqori boʻlmagan tuzatishni hisobga olgan holda, xodimlarning amaldagi, biroq shtatdagi cheklangan sonidan ortiq boʻlmagan xodimlar sonidan hamda amaldagi narx (tarif)da qabul qilingan oʻrtacha oylik ish haqidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Monopolist korxona va tabiiy monopoliya subyekti tovariga narxlar (tariflar)ni shakllantirishda yuqori organlar va xoʻjalik yurituvchi subyekt birlashmalarini saqlash uchun ajratmalar boʻyicha xarajatlar yuqori organ yuqori boshqaruv organining yoki xoʻjalik yurituvchi subyekt birlashmasining qarori bilan belgilangan miqdorda hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Monopolist korxonalar va tabiiy monopoliyalar subyektlari tovarlariga narxlar (tariflar)ni deklaratsiya qilish (tasdiqlash) tartibi
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Monopolist korxona va tabiiy monopoliya subyekti narx (tarif) loyihasini narxlarni tartibga soluvchi organga koʻrib chiqish uchun bevosita taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar davlat yoki xoʻjalik boshqaruvi organi tarkibiga kirgan monopolist korxona yoki tabiiy monopoliya subyekti tomonidan ishlab chiqariladigan tovardan ushbu davlat yoki xoʻjalik boshqaruvi organi tarkibiga kirgan boshqa monopolist korxona yoki tabiiy monopoliya subyekti tomonidan tovar ishlab chiqarish uchun foydalanilgan taqdirda, narx (tarif) loyihasini koʻrib chiqish uchun narxlarni tartibga soluvchi organga davlat yoki xoʻjalik boshqaruvining tegishli organi taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Tovarga narx (tarif)ni deklaratsiya qilish (tasdiqlash) uchun monopolist korxona va tabiiy monopoliya subyekti narxlarni tartibga soluvchi organga ariza bilan va unga quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda murojaat qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) mazkur Nizomga 1-ilovaga* muvofiq shakl boʻyicha deklaratsiya qilinadigan (tasdiqlanadigan) narx (tarif) hisob-kitobi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) moliyaviy hisobot nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) mehnat boʻyicha statistika hisoboti nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) umuman xoʻjalik yurituvchi subyekt va har bir aniq tovar boʻyicha alohida xarajatlar moddalari mazmuni, quyidagilar ilova qilinadigan daromadlar va xarajatlar toʻgʻrisidagi yigʻma maʼlumotlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomga 2-ilovaga* muvofiq shakl boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri ishlab chiqarish moddiy xarajatlarining mazmuni (xomashyo va materiallardan, yoqilgʻi, elektr energiyasidan foydalanishning tasdiqlangan normalari koʻrsatilgan holda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomga 3 yoki 3a-ilovalarga* muvofiq shakl boʻyicha ishlab chiqarish xususiyatiga ega boʻlgan mehnatga haq toʻlashga toʻgʻridan-toʻgʻri xarajatlar va ishlab chiqarishga tegishli boʻlgan ijtimoiy sugʻurtaga ajratmalar mazmuni (mehnatga xarajatlarning tasdiqlangan normalarini koʻrsatgan holda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 3 va 3a-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomga 4-ilovaga* muvofiq shakl boʻyicha asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar boʻyicha amortizatsiya ajratmalari summasi hisob-kitobi (dastlabki va qoldiq qiymat, asosiy vositalar va nomoddiy aktivlardan foydalanish muddatlari, foydalanishga topshirish sanasi koʻrsatilgan holda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 4-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomga 5-ilovaga* muvofiq shakl boʻyicha ishlab chiqarish maqsadidagi ustama xarajatlar, materiallarga bilvosita xarajatlar va mehnatga bilvosita xarajatlar mazmuni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 5-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mukammal va joriy taʼmirlash xarajatlari mazmuni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomga 6-ilovaga* muvofiq shakl boʻyicha davr xarajatlari, moliyaviy faoliyat boʻyicha xarajatlar va sof foyda mazmuni (shu jumladan asosiy qarz va foizni qaytarishning tasdiqlangan jadvallari taqdim etilgan holda jalb etilgan kreditlarga xizmat koʻrsatish uchun zarur boʻlgan mablagʻlar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 6-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomga 7-ilovaga* muvofiq shakl boʻyicha faoliyatning asosiy moliyaviy koʻrsatkichlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 7-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) ushbu Nizomga 8-ilovaga* muvofiq shakl boʻyicha natura ifodasida tovarlar ishlab chiqarish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (ishlab chiqarish (yetkazib berish) hajmi pasaygan taqdirda pasayish sabablari yozma ravishda asoslanishi zarur);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 8-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) investitsiya dasturlarini amalga oshirish uchun mablagʻlarga boʻlgan ehtiyoj hisob-kitobi koʻrsatilgan holda (mavjud boʻlgan taqdirda) investitsiya dasturining asosiy koʻrsatkichlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) oldingi hisobot davri uchun amalga oshirilgan (yoki amalga oshiriladigan) investitsiya dasturlari natijasida ishlab chiqariladigan tovarlarning material sigʻimi, energiya sigʻimi va mehnat sigʻimi darajasi oʻzgarishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) davlat dotatsiyalariga yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning boshqa choralariga boʻlgan ehtiyoj (zaruriyat boʻlganda) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(21-bandning oʻn yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 377-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2015-y., 1-son, 9-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar bilan birgalikda barcha hisob-kitob materiallarining elektron variantlari ham taqdim etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Narxlarni tartibga soluvchi organ tovarga narxni (tarifni) deklaratsiya qilish (tasdiqlash) uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud boʻlgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda oʻzaro axborot hamkorligi yoʻli bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 377-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 1-son, 9-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Ushbu Nizomning 21-bandida koʻrsatilgan va narxlarni tartibga soluvchi organning soʻrovi boʻyicha qoʻshimcha ravishda taqdim etilgan hujjatlar quyidagi talablar hisobga olingan holda rasmiylashtiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) taqdim etilgan materiallar tikilgan, tartib raqami qoʻyilgan, xoʻjalik yurituvchi subyektning muhri va rahbarning imzosi bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak, moliyaviy hujjatlar esa xoʻjalik yurituvchi subyektning rahbari va bosh buxgalteri tomonidan birgalikda imzolangan boʻlishi kerak;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) hujjatlar oldingi toʻrt chorak va oldingi kalendar yil uchun taqdim etiladi (yangidan tashkil etilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlardan tashqari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) asoslashda maʼlumotlar bir yil hisobiga koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Monopolist korxona va tabiiy monopoliya subyekti tomonidan ishlab chiqariladigan tovarning narxi (tarifi) darajasiga taʼsir koʻrsatadigan omillar keskin oʻzgargan taqdirda narxlarni tartibga soluvchi organ narxlar (tariflar)ni qayta koʻrib chiqish tashabbusi bilan chiqish huquqiga egadir. Bunda narxlarni tartibga soluvchi organ monopolist korxona va tabiiy monopoliya subyektiga ushbu Nizomning 21-bandida koʻrsatilgan hujjatlarni taqdim etish toʻgʻrisida yozma koʻrsatma yuboradi. Narxlarni tartibga soluvchi organning yozma koʻrsatmasida narxlar (tariflar)ni qayta koʻrib chiqish tashabbusining sabablari koʻrsatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopolist korxona yoki tabiiy monopoliya subyekti narxlarni tartibga soluvchi organning yozma koʻrsatmasi olingan kundan boshlab 15 kun mobaynida ushbu Nizomning 21-bandida koʻrsatilgan hujjatlarni taqdim etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Monopolist korxona va tabiiy monopoliya subyekti tomonidan narxlar (tariflar)ni asoslash boʻyicha hujjatlar toʻliq boʻlmagan hajmda yoki iqtisodiy asoslanmagan hisob-kitoblar bilan taqdim etilgan taqdirda, narxlarni tartibga soluvchi organ hujjatlar olingan kundan boshlab besh kun muddatda taqdim etilgan hujjatlarni mavjud kamchiliklar yozma ravishda bayon qilingan (tushuntirilgan) holda qayta ishlash uchun qaytaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatlarni takroran koʻrib chiqishda narxlarni tartibga soluvchi organ tomonidan oldin ariza beruvchiga yozma shaklda bayon qilinmagan yangi mulohazalar bildirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Monopolist korxona va tabiiy monopoliya subyekti tomonidan taqdim etilgan ushbu Nizomning 21-bandida koʻrsatilgan hujjatlarni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha barcha zarur hujjatlar toʻliq hajmda olingan kundan boshlab bir oy muddatda (tabiiy monopoliyalar subyektlari bundan mustasno) narxlarni tartibga soluvchi organ quyidagi qarorlardan birini qabul qilishi kerak:
(25-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
narx (tarif) oshirilishini rad etish toʻgʻrisida (narx yoki tarifni amaldagi darajada saqlash toʻgʻrisida);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
narx (tarif)ni deklaratsiya qilish (tasdiqlash) toʻgʻrisida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Narx (tarif)ni deklaratsiya qilish (tasdiqlash) yoxud amaldagi narx (tarif)ni yoki monopolist korxona va tabiiy monopoliya subyekti tomonidan taklif etilayotgan narx (tarif)ni ushbu Nizom talablariga muvofiq asoslangan narx (tarif) darajasigacha oʻzgartirish yoʻli bilan, yoxud monopolist korxona yoki tabiiy monopoliya subyekti tomonidan taqdim etilgan darajada qoldirilgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Narxni tartibga soluvchi organ oʻz qarori toʻgʻrisida monopolist korxona yoki tabiiy monopoliya subyektini yozma ravishda xabardor qiladi. Narx (tarif) oshirilishi rad etilgan taqdirda yozma bildirishnomada rad etishning asosi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Narxni tartibga soluvchi organ tomonidan narx (tarif)ning deklaratsiya qilinishi (tasdiqlanishi)da (mazkur Nizomga 9-ilova*) koʻrsatilgan sana monopolist korxona yoki tabiiy monopoliya subyekti tovariga deklaratsiya qilingan (tasdiqlangan) narx (tarif)ning amalga kiritish sanasi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 9-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Narxlarni tartibga soluvchi organning narxni (tarifni) deklaratsiya qilish (tasdiqlash) toʻgʻrisidagi qarori tabiiy monopoliya subyekti tomonidan ular kuchga kirishidan kamida 15 kun oldin ommaviy axborot vositalarida majburiy tartibda eʼlon qilinadi.
(26-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Narxlar (tariflar)ni deklaratsiya qilish (tasdiqlash)ning bir asl nusxasi va deklaratsiya qilinadigan (tasdiqlanadigan) narx (tarif) hisob-kitobi (ushbu Nizomga 1-ilova*) yoki tarif smetasi (ushbu Nizomga 10-ilova*) narxlar (tariflar) deklaratsiya qilingan (tasdiqlangan) sanadan boshlab uch kun muddatda xoʻjalik yurituvchi subyektga, ikkinchi nusxasi — Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasiga va uning hududiy organlariga (keyingi oʻrinlarda monopoliyaga qarshi davlat organi deb ataladi) yuboriladi, uchinchi nusxasi esa narxlarni tartibga soluvchi organda qoladi.
(27-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 33-son, 863-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deklaratsiya qilingan (tasdiqlangan) narx darajasi saqlab qolingan taqdirda, deklaratsiya qilinayotgan (tasdiqlanayotgan) narxni (tarifni) hisob-kitob qilish tarkibidagi sarflar (xarajatlar)ning bitta satri summasi sarflar (xarajatlar)ning boshqa turi satri summasi oʻzgarishi hisobiga oʻzgarganda monopolist korxona yoki tabiiy monopoliya subyekti ushbu oʻzgarish toʻgʻrisida, tuzatish kiritilgan hisob-kitobni (ushbu Nizomga 1-ilova*) taqdim etgan holda, narxlarni tartibga soluvchi organni yozma ravishda xabardor qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1 va 10-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qatʼiy belgilangan yoki cheklangan narxlar (tariflar) va ustamalar belgilash, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari bilan narxlarni tartibga soluvchi organlarda tartibga solish nazarda tutilgan ayrim tovarlarga narxlar (tariflar)ni deklaratsiya qilish (kelishish) tartibi
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Tovarlarning ayrim turlariga davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan oʻz vakolatlari doirasida, narxlarni tartibga soluvchi organ bilan kelishgan holda qatʼiy belgilangan yoki cheklangan narxlar (tariflar) va ustamalar belgilanishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Ushbu Nizomning 28-bandida koʻrsatilgan tovarlarga qatʼiy belgilangan yoki cheklangan narxlar (tariflar)ni va ustamalarni shakllantirish ushbu Nizomning III boʻlimida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Ushbu Nizomning 28-bandida koʻrsatib oʻtilgan tovarlarni ishlab chiqaruvchilar davlat boshqaruvi tegishli organiga yoki mahalliy davlat hokimiyati organiga ushbu Nizomning 21-bandiga muvofiq roʻyxat boʻyicha hujjatlarni taqdim etadi. Davlat boshqaruvi organi yoki mahalliy davlat hokimiyati organi ushbu Nizomning 21-bandida nazarda tutilgan barcha hujjatlar toʻliq hajmda olingandan keyin bir hafta muddatda quyidagi xatti-harakatlardan birini amalga oshirishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hujjatlar iqtisodiy asoslanmagan hisob-kitoblar bilan taqdim etilgan taqdirda, taqdim etilgan hujjatlarni mavjud kamchiliklar yozma bayon qilingan (tushuntirilgan) holda qaytaradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqdim etilgan hujjatlarni narxlarni tartibga soluvchi organga kelishish uchun yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Taqdim etilgan hujjatlar ushbu Nizomga 11-ilovaga* muvofiq shakl boʻyicha qatʼiy belgilangan yoki cheklangan narxlar (tariflar) yoki ustamalar loyihasi bilan birgalikda quyidagi tartibda narxlarni tartibga soluvchi organga yuboriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 11-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organi tomonidan — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy davlat hokimiyati organi tomonidan — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligiga, hududiy joylashishi boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari moliya boshqarmalariga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat boshqaruvi organlari yoki mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilanadigan alohida tovarlarga qatʼiy belgilangan yoki cheklangan narxlar (tariflar) yoki ustamalar loyihasini narxlarni tartibga soluvchi organ tomonidan koʻrib chiqish va kelishish ushbu Nizomning IV boʻlimida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari bilan narxlarni tartibga soluvchi organda tartibga solish nazarda tutilgan ayrim tovarlarga narxlar (tariflar)ni shakllantirish va deklaratsiya qilish (kelishish) tartibi ushbu Nizomning III va IV boʻlimlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Narxlari (tariflari) Hukumat qarorlariga muvofiq tartibga solinadigan tovarlarni ishlab chiqaruvchi va sotuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar narxlarni tartibga soluvchi organda narxlar (tariflar)ni:
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normativ hujjat yoki Hukumat topshirigʻi chiqqan kundan boshlab bir oy muddatda (agar ularda boshqacha muddat nazarda tutilmagan boʻlsa);
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
narx (tarif), ustama narx, cheklangan rentabellik oshganda va tartibga soluvchi koeffitsiyent oʻzgarganda deklaratsiya qilishi (tasdiqlashi, kelishib olishi) shart.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Tovarlarga narxlar (tariflar) shakllantirilishi va qoʻllanilishini davlat tomonidan nazorat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Tartibga solinadigan narxlar (tariflar) toʻgʻri shakllantirilishi va qoʻllanilishini davlat tomonidan nazorat qilish monopoliyaga qarshi davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi davlat organi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ushbu Nizom talablariga rioya qilish boʻyicha tekshirishlar oʻtkazadi va oʻrganadi (tahlil qiladi).
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Nazoratni amalga oshirish uchun monopoliyaga qarshi davlat organi davlat va xoʻjalik boshqaruvi organidan, monopolist korxona va tabiiy monopoliya subyektidan narxlarni tartibga soluvchi organga taqdim etilgan, tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ning hisob-kitobini asoslaydigan materiallarni soʻrashga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birja (auksion) savdolarida shakllanayotgan narxlarni nazorat qilish uchun monopoliyaga qarshi davlat organi har kuni birja (auksion) savdolar tashkilotchilari tomonidan birja (auksion) savdolariga qoʻyilishi kerak boʻlgan tovarning tegishli nomenklaturasi boʻyicha taqdim etiladigan maʼlumotlardan, shuningdek sotilgan tovar narxlarining oʻrtacha birja narxlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan va birja (auksion) savdolarida shakllangan narxlardan foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Monopoliyaga qarshi davlat organi belgilangan tartibda nazorat funksiyalarini bajarish, shuningdek tahlil qilish davomida mazkur Nizom talablari buzilishi holatlari boʻyicha qonun hujjatlariga muvofiq ish qoʻzgʻaydi va tegishli qaror qabul qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Ushbu Nizom talablari buzilishiga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
deklaratsiya qilingan (tasdiqlangan), kelishilgan va belgilangan tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni oshirish, birja (auksion) savdolari natijasida shakllangan xoʻjalik yurituvchi subyektlar tovarlariga narxlar bundan mustasno;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tartibga solinadigan narxlar (tariflar) ularni deklaratsiya qilmasdan (tasdiqlamasdan) yoki kelishib olmasdan xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan qoʻllanish;
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tartibga solinadigan narxlar boʻyicha yoki birja savdolarida sotib olingan qonun hujjatlariga muvofiq qaytadan sotilishi taqiqlangan resurslarni qaytadan sotishdan daromadlar olish;
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni deklaratsiya qilish (tasdiqlash), kelishish va belgilash uchun narxlarni tartibga soluvchi organlarga, davlat boshqaruvi organlariga va mahalliy davlat hokimiyati organlariga ishonchsiz maʼlumotlar taqdim etilishi natijasida narx (tarif)ning oshirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarning narxiga (tarifga) xomashyo va materiallarga, yoqilgʻi-energetika resurslariga va haqiqatda amalga oshirilmagan xarajatlarni, amalda yuz bermagan mehnat xarajatlarini va boshqa xarajatlar yoki bajarilmagan ishlarni kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan davlat tomonidan tartibga solinadigan narxlar boʻyicha tovarlarni ishlab chiqarish uchun bevosita haqiqatda foydalaniladigan xomashyo, materiallar, yoqilgʻi, energiya sarfining texnik va texnologik normalarini oshirish, bundan texnologik buzilishlarning oldini olishga yoki davlat organlarining koʻrsatmalarini bajarishga yoʻnaltirilgan yengib boʻlmaydigan kuch, shuningdek tabiiy va texnogen xususiyatga ega boʻlgan favqulodda vaziyatlar oqibatida xomashyo, materiallar, yoqilgʻi, energiya sarfining texnik va texnologik normalari oshirilishi hollari mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalar yoki Oʻzbekiston Respublikasi kafolati ostidagi kreditlar hisobiga moliyalashtiriladigan obyektlar qurilishi qiymati shakllantirilishi tartibi buzilgan holda obyektlarning kapital qurilishi smeta qiymatini aniqlash;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalar yoki Oʻzbekiston Respublikasi kafolati ostidagi kreditlar hisobiga moliyalashtiriladigan obyektlarda bajarilgan ishlar hajmini sunʼiy ravishda oshirish (qoʻshib yozish);
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarning qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadigan yuqori likvidli va monopol turlarini birja savdolariga tegishli jadvallarda nazarda tutilgan muddatlarda va hajmlarda qoʻymaslik — bu birja narxlarining oʻsishiga olib kelishi mumkin;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarni qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadigan tovarlarning yuqori likvidli va monopol turlari hajmini birja savdolariga qoʻyish uchun jadvallarda nazarda tutilgan hajmdan chetlatish yoʻli bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha sotish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan alkogolli mahsulotlarni (pivodan tashqari) qonun hujjatlarida belgilangan minimal ulgurji-sotish narxlaridan past narxlarda sotish.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni yetkazib beruvchilar (ishlarni bajaruvchilar, xizmatlar koʻrsatuvchilar) bilan hisob-kitoblarni amalga oshirishda tasdiqlangan yoki belgilangan xarid narxlari (tariflar)ning isteʼmolchi tomonidan pasaytirilishi;
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 23-oktabrdagi 287-sonli qaroriga asosan oʻn uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2013-y., 43-son, 573-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tasdiqlangan normativ-texnik hujjatlar doirasida xomashyo, materiallar va energiya resurslari xarajatlari sarfi meʼyorlarining oʻzgarishi (koʻpayishi yoki kamayishi)ga olib keladigan resurslarni tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va texnologiya jarayonlarini oqilona tashkil etish, quvvatlardan foydalanish darajasini koʻpaytirish va mehnat unumdorligini oʻstirish, foydalanish xarajatlarini va qoʻshimcha xarajatlarni qisqartirish, xarid qilinadigan xomashyo, materiallar va butlovchi qismlar qiymatini kamaytirish, xodimlar sonini maqbullashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish natijasida xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan qoʻshimcha foyda olinishi ushbu Nizomning buzilishi hisoblanmaydi va koʻrsatib oʻtilgan foyda olib qoʻyilmaydi.
(36-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 7-martdagi 64-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y.,10-son, 106-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan narxni (tarifni) qoʻllash tartibi buzilishi natijasida olingan mablagʻlar tovarlarni asossiz oshirilgan narx (tarif) boʻyicha sotishdan olingan haqiqatdagi tushum bilan (unga qoʻshimcha haq, chegirmalar va hokazolar hisobga olingan holda) ushbu tovarning belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan (tasdiqlangan, kelishilgan) narxi (tarifi) qiymati (unga qoʻshimcha haq, chegirmalar va hokazolar hisobga olingan holda) oʻrtasidagi tafovut sifatida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan narx (tarif) shakllanishi tartibi buzilishi natijasida olingan mablagʻlar tovarlarni oshirilgan narx (tarif) boʻyicha sotishdan olingan amaldagi tushum bilan (ularga qoʻshimcha haq, chegirmalar va hokazolar hisobga olingan holda) ushbu Nizomga muvofiq shakllantirilgan narx (tarif) boʻyicha ushbu tovarning qiymati (unga qoʻshimcha haq, chegirmalar va hokazolar hisobga olingan holda) oʻrtasidagi tafovut sifatida belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Etkazib berilgan mahsulot (bajarilgan ishlar, koʻrsatilgan xizmatlar) uchun tasdiqlangan va belgilangan xarid narxlari (tariflar) pasaytirilishi natijasida xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan olingan mablagʻlar tasdiqlangan yoki belgilangan xarid narxi (tarif) bilan hisob-kitob amalga oshirilgan amaldagi narx (tarif) oʻrtasidagi tafovut sifatida aniqlanadi.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 23-oktabrdagi 287-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2013-y., 43-son, 573-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sotish narxlariga ustamalar qoʻshilgan holda tovarlarga sotish narxlarini shakllantiradigan va qoʻllaydigan savdo, umumiy ovqatlanish, taʼminot-sotish, vositachilik korxonalari va boshqa tashkilotlar uchun olib qoʻyilishi lozim boʻlgan mablagʻlar quyidagicha aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asossiz oshirilgan ustamalar qoʻllanilgan hollarda — tovarlarni sotishdan olingan haqiqatdagi ustama summasi bilan deklaratsiya qilingan (tasdiqlangan) yoki belgilangan ustama summasi oʻrtasidagi tafovut sifatida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
narx belgilashning amaldagi tartibi buzilgan holda aniqlangan belgilangan ustamalar qoʻllanilgan hollarda — asossiz oshirilgan narxlar boʻyicha sotilgan tovarning butun hajmiga hisoblab chiqilgan ustama summasi bilan qonun hujjatlariga muvofiq hisoblab chiqilgan sotilgan tovarning ayni oʻsha hajmiga ustama summasi oʻrtasidagi tafovut sifatida belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlariga nisbatan cheklangan rentabellik belgilangan korxonalar uchun umuman tovarlar guruhlari (turlari) boʻyicha cheklangan rentabellik oshirilishi hisobiga olingan mablagʻlar yillik hisob-kitoblar asosida olib qoʻyilishi kerak.
(37-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalar yoki Oʻzbekiston Respublikasi kafolati ostidagi kreditlar hisobiga moliyalashtiriladigan obyektlar qurilishi qiymatini shakllantirish tartibi buzilishi natijasida olingan mablagʻlar uni shakllantirishning toʻgʻriligini tekshirish davomida buyurtmachi tomonidan belgilangan qurilish obyekti qiymati bilan amaldagi meʼyoriy-huquqiy hujjatlarga muvofiq shakllantirilgan obyekt qiymati oʻrtasidagi farq sifatida aniqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bajarilgan ishlar hajmini sunʼiy ravishda oshirish (qoʻshib yozish) natijasida olingan mablagʻlar buyurtmachi tomonidan loyiha-smeta hujjatlarida nazarda tutilgan hajmlar bilan pudratchi tomonidan haq toʻlash uchun taqdim etilgan amaldagi hajmlar oʻrtasidagi tafovut sifatida aniqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Tovarlarning yuqori likvidli va monopol turlari birja savdolariga tegishli jadvallarda nazarda tutilgan muddatlar va hajmlarda qoʻyilmagan taqdirda xoʻjalik yurituvchi subyektdan tovarni birja savdosiga qoʻyishning oxirgi sanasida shakllangan birja narxi bilan uning ishtirokidagi oldingi savdolar birja narxi oʻrtasidagi tafovut, xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan oxirgi savdolarga qoʻyilgan tovarning hajmiga koʻpaytirilgan mablagʻlar olib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birja savdolaridan chetlatilgan hajmlarda tovarlarni toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha, shu jumladan eksportga sotish faktlari aniqlanganda, toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha sotilgan hajmni sotish narxi bilan birja savdolarining boshlangʻich narxi oʻrtasidagi tafovutga koʻpaytirish orqali hisoblangan mablagʻlar olib qoʻyiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tartibga solinadigan narxlar boʻyicha yoki birja savdolarida isteʼmolchilar tomonidan sotib olingan, qonun hujjatlariga muvofiq qaytadan sotish taqiqlangan resurslarni qaytadan sotish holatlari aniqlangan taqdirda qaytadan sotishdan sotib olish narxi va qaytadan sotish narxi oʻrtasidagi tafovut tarzida olingan daromad davlat monopoliyaga qarshi organida ochiladigan maxsus tranzit hisob raqamiga (keyingi oʻrinlarda maxsus tranzit hisob raqami deb ataladi) olib qoʻyiladi.
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Monopolist korxona yoki tabiiy monopoliya subyekti tomonidan yangi narxlar (tariflar)ni yoki ularning cheklangan darajalarini amalga kiritish muddatlariga rioya qilinmaganligi holatlari aniqlanganda asossiz olingan mablagʻlar (daromadlar) yangi joriy etilgan narxlar (tariflar) bilan avval amal qilgan narxlar (tariflar) oʻrtasidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganiga zid ravishda yangi narxlar (tariflar) muddatidan oldin amalga kiritilgan davr uchun tovarni sotish hajmiga koʻpaytirilgan tafovut sifatida aniqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Monopolist korxona yoki tabiiy monopoliya subyekti tomonidan narxlar (tariflar) deklaratsiya qilinmasdan (tasdiqlanmasdan) qoʻllanilishi holatlari aniqlanganda asossiz olingan mablagʻlar (daromadlar) korxona tegishli Davlat reyestriga kiritilgan sanada amal qilgan narx (tarif) bilan uning navbatdagi oshirilishi natijasida shakllantirilgan narx oʻrtasidagi tafovutni korxona tegishli Davlat reyestriga kiritilgan davrdan boshlab sotilgan tovarning hajmiga koʻpaytirish orqali hisoblangan summa sifatida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan narxlar (tariflar) deklaratsiya qilinmasdan (kelishilmasdan) qoʻllanishi hollari aniqlanganda, ularni tartibga solish Hukumat qarorlari bilan nazarda tutilgan taqdirda, asossiz olingan mablagʻlar (daromadlar) Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarori bilan nazarda tutilgan narxlarni tartibga soluvchi organda deklaratsiya qilish (kelishish) sanasida amal qilgan narx (tarif) bilan uning keyinchalik oshirilishi natijasida shakllangan narx (tarif) oʻrtasidagi tafovutni koʻrsatib oʻtilgan sana davridan boshlab tovarni sotish hajmiga koʻpaytirish orqali hisoblangan summa sifatida aniqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Jarima solish sud tartibida, xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan huquq buzilishi sodir etilishi aybi tan olingan va jarima ixtiyoriy toʻlangan hollarda esa — monopoliyaga qarshi davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizom buzilishi natijasida olingan mablagʻlar bir oy muddatda ixtiyoriy tartibda toʻlanmaganda, monopoliyaga qarshi davlat organi isteʼmolchilarga qaytarish va/yoki olib qoʻyilishi kerak boʻlgan mablagʻlar undirilishi toʻgʻrisida sudga murojaat qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Ushbu Nizomning 37 — 41-bandlarida koʻrsatilgan mablagʻlar isteʼmolchilarga qaytariladi, yoxud isteʼmolchilarni aniqlash mumkin boʻlmagan taqdirda, maxsus tranzit hisob raqamiga olib qoʻyiladi, ushbu Nizomning 48-bandi ikkinchi xatboshida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizomning 36-bandi beshinchi xatboshida koʻrsatilgan xomashyo, materiallar, yoqilgʻi va energiyaning texnik va texnologik normalari oshirilishi hisobiga aniqlangan summa maxsus tranzit hisob raqamiga olib qoʻyiladi. Bunda ushbu summa xomashyo, materiallar, yoqilgʻi va energiyaning texnik hamda texnologik normalarining amaldagi oshgan hajmini tegishli xomashyo, materiallar, yoqilgʻi yoki energiya narxiga koʻpaytirish yoʻli bilan aniqlanadi.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Jarima qoida buzilishining butun davri uchun qoʻllaniladi va undirish, xoʻjalik yurituvchi subyektning moliyaviy holati va budjet bilan oʻzaro munosabatlaridan qatʼi nazar, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar toʻlangandan keyin uning tasarrufida qoladigan foyda hisobidan amalga oshiriladi, ushbu Nizomning 48-bandi ikkinchi xatboshida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Noqonuniy olingan mablagʻlar olib qoʻyilishi va xoʻjalik yurituvchi subyektlarga jarima solinishi ularning ushbu Nizom buzilishida aybdor boʻlgan mansabdor shaxslarini qonun hujjatlarida nazarda tutilgan javobgarlikdan ozod qilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Maxsus tranzit hisob raqamiga olib qoʻyilishi kerak boʻlgan mablagʻlarni hisoblab chiqishda ushbu Nizom talablari buzilishiga yoʻl qoʻygan xoʻjalik yurituvchi subyektda soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar oshirilishiga olib kelgan ortiqcha toʻlangan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar summasi xoʻjalik yurituvchi subyektdan olib qoʻyiladigan mablagʻ kamaytirilishiga hisoblanmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Monopoliyaga qarshi davlat organi noqonuniy olingan mablagʻlarni olib qoʻyish va ushbu Nizom talablari buzilganligi uchun jarima solish toʻgʻrisida sud qarorini olib, sudning mazkur qarori kuchga kirgandan keyin ushbu mablagʻlarni maxsus tranzit hisob raqamiga undirish choralarini koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus tranzit hisob raqamiga tushadigan mablagʻlar va jarimalar bir oyda ikki marta (oyning 15-kunigacha va hisobot oyidan keyingi oyning 5-kunigacha) quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mablagʻlarning 80 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti daromadiga;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mablagʻlarning 20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining budjetdan tashqari fondiga.
(47-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 33-son, 863-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Nazorat qiluvchi organlar ushbu Nizom talablari buzilishi aniqlanganda tekshirish va oʻrganish materiallarini tegishli choralar koʻrish uchun monopoliyaga qarshi davlat organiga yuboradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizom talablari buzilishini mustaqil aniqlagan va buning natijasida ortiqcha mablagʻlar olgan xoʻjalik yurituvchi subyekt ularni isteʼmolchilarga qaytaradi yoxud, isteʼmolchilarni aniqlash mumkin boʻlmagan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetiga kiritadi. Ushbu holda jarima qoʻllanilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Monopoliyaga qarshi davlat organi tomonidan, shuningdek nazorat organlari tomonidan taqdim etilgan tekshirish va oʻrganish materiallari asosida ushbu Nizom talablari buzilishi aniqlangan taqdirda, ushbu Nizomning 37 — 41-bandlariga muvofiq qaytarilishi, olib qoʻyilishi kerak boʻlgan mablagʻlarning 10 foizidan 20 foizigacha miqdorda jarima qoʻllaniladi, aynan oʻsha qoida buzish jarima qoʻllanilgandan keyin ikki yil mobaynida takroran aniqlanganda esa — 20 foizidan 50 foizigacha miqdorida jarima qoʻllaniladi, alkogolli mahsulotlarni qonun hujjatlarida belgilangan minimal ulgurji-belgilangan narxlardan past narxlarda sotish hollari bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alkogolli mahsulotlar (pivodan tashqari) qonun hujjatlarida belgilangan minimal ulgurji-sotish narxlaridan past narxlarda sotilishi holatlari aniqlangan taqdirda, alkogolli mahsulotlarni (pivodan tashqari) tayyorlovchi korxonaga nisbatan quyidagicha jarima qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alkogolli mahsulotlarni (pivodan tashqari) ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan minimal ulgurji-sotish narxlaridan past narxlarda sotilgan qiymatning 20 foizi miqdorida, biroq belgilangan eng kam oylik ish haqining kamida 200 baravar miqdorda;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jarima qoʻllanilgandan keyin bir yil mobaynida aynan oʻsha qoida buzish takroran aniqlanganda — alkogolli mahsulotlarni (pivodan tashqari) ishlab chiqargan korxona tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan minimal ulgurji-sotish narxlaridan past narxlarda sotilgan qiymatning 50 foizi miqdorida, biroq belgilangan eng kam oylik ish haqining kamida 300 baravari miqdorida.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshida nazarda tutilgan jarima summasini aniqlashda sotilgan alkogolli mahsulotlar (pivodan tashqari) qiymati qonun hujjatlarida belgilangan minimal ulgurji-sotish narxi boʻyicha hisoblab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oxirgi hisobot sanasiga xoʻjalik yurituvchi subyekt joriy aktivlari summasining 20 foizidan oshadigan jarimani undirish unga undirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan boshlab 6 oy mobaynida undiriladigan summani har oylik toʻlovlar bilan boʻlib-boʻlib toʻlash imkonini bergan holda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Ushbu Nizom talablari davlat boshqaruvi organi yoki mahalliy davlat hokimiyati organining yozma topshirigʻi boʻyicha xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan buzilgan taqdirda mablagʻlar ushbu qarorni qabul qilgan organning hisob-kitob raqamidan olib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Monopoliyaga qarshi davlat organining qarori yuzasidan qonun hujjatlariga muvofiq shikoyat qilinishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Maxsus tranzit hisob raqamiga notoʻgʻri undirilgan mablagʻlar va jarimalarni qaytarish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi boʻyicha foizlar hisoblangan holda monopoliyaga qarshi davlat organi yoxud sud qarori bilan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-oktabrdagi 239-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlar, xomashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish toʻgʻrisida” 2004-yil 5-fevraldagi 57-son qaroriga kiritilayotgan qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi yettinchi — oʻninchi xatboshilar qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mahsulotlarning yuqori likvidli va monopol turlarini birja savdolariga qoʻyish muddatlari va hajmlari boʻyicha jadvallar buzilgan taqdirda quyidagilar olib qoʻyiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha, shu jumladan eksportga moʻljallangan mahsulotlarning birja savdolariga qoʻyilmagan hajmini sotishda boshlangʻich narxdan ortiqcha olingan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotlarni birja savdolariga qoʻymaslik sababli birja narxlarining oshishi hisobiga olingan mablagʻlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatib oʻtilgan mablagʻlarni olib qoʻyish narxlar (tariflar)ni shakllantirish va qoʻllashning belgilangan tartibi buzilgan taqdirda monopolist korxonalar uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yettinchi xatboshi oʻn birinchi xatboshi deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Moddiy-texnika resurslarining strategik turlarini sotishning maxsus tartibi toʻgʻrisidagi nizomning (3-ilova) 7-bandiga quyidagi mazmundagi xatboshilar qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mahsulotlarning yuqori likvidli va monopol turlarini birja savdolariga qoʻyish muddatlari va hajmlari boʻyicha jadvallar buzilgan taqdirda quyidagilar olib qoʻyiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha, shu jumladan eksportga moʻljallangan mahsulotlarning birja savdolariga qoʻyilmagan hajmini sotishda boshlangʻich narxdan ortiqcha olingan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotlarni birja savdolariga qoʻymaslik sababli birja narxlarining oshishi hisobiga olingan mablagʻlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatib oʻtilgan mablagʻlarni olib qoʻyish narxlar (tariflar)ni shakllantirish va qoʻllashning belgilangan tartibi buzilgan taqdirda monopolist korxonalar uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-oktabrdagi 239-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 1997-yil 31-martdagi 165-son qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2000-yil 21-sentabrdagi 364-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 9-son, 61-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2000-yil 24-oktabrdagi 412-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 10-son, 69-modda) ilovaning 3-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2002-yil 19-iyundagi 216-son qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2004-yil 11-avgustdagi 384-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 8-son, 79-modda) ilovaning 1-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash hamda baʼzilariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2004-yil 16-sentabrdagi 430-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 9-son, 92-modda) 2-ilovaning 3 va 8-bandlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2005-yil 29-iyuldagi 179-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 6-7-son, 38-modda) 1-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2005-yil 12-avgustdagi 196-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 8-son, 43-modda) 2-ilovaning 2 va 14-bandlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1997-yil 31-martdagi 165-son va “Tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 21-sentabrdagi 364-son qarorlariga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2006-yil 12-apreldagi 63-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 4-son, 25-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” (“Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimi takomillashtirilganligi hamda ularning moliyaviy javobgarligi erkinlashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi OʻRQ–59-son Qonuni) 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qaroriga 1-ilovaning 14 va 28-bandlari (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 11-son, 86-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat budjetining gʻazna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 28-fevraldagi PQ–594-son qarori)” 2007-yil 26-iyundagi 129-son qaroriga ilovaning 2-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 6-son, 35-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Vazirlar Mahkamasining “Tabiiy monopoliya subyektlarining tovarlari (ishlari, xizmatlari)ga narxlar (tariflar) belgilash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida” 2007-yil 12-dekabrdagi 256-son qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Vazirlar Mahkamasining “Alkogolli mahsulotlar uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlarni joriy etish toʻgʻrisida” 2009-yil 23-dekabrdagi 327-son qaroriga 2-ilovaning 1-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomni hamda Raqobatni himoya qilish va tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash, isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama faoliyatiga doir qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish hamda ishlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari rejasini tasdiqlash haqida” 2010-yil 2-iyundagi 105-son qaroriga 3-ilovaning 2-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish hamda baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga mablagʻlar ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 2-apreldagi 62-son qarori)” 2010-yil 2-avgustdagi 165-son qaroriga 1-ilovaning 2 va 4-bandlari.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 42-43-son, 364-modda; 2011-y., 7-8-son, 63-modda; 2012-y., 6-son, 60-modda, 10-son, 106-modda, 21-son, 232-modda; 2013-y., 37-son, 485-modda, 43-son, 573-modda; 2015-y., 1-son, 9-modda; 2017-y., 33-son, 863-modda, 38-son, 1049-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2018-y., 09/18/197/0892-son, 31.03.2018-y., 09/18/249/0998-son, 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son; 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 19.03.2020-y., 09/20/170/0336-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 20.10.2023-y., 09/23/549/0791-son)