Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrugʻi
“NOTARIAL IDORALARI TOMONIDAN BERILADIGAN GERBLI BLANKALARNI HISOBGA OLISh, SAQLASh, SARFLASh VA ULAR BOʻYIChA HISOBOT BERISh QOIDALARINI TASDIQLASh HAQIDA”GI BUYRUQQA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 20-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1584-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Adliya organlari va muassasalari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 2010-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-255-son Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 5-maydagi PF-4216-son “Oʻzbekiston Respublikasida notariat institutini yanada takomillashtirish choralari toʻgʻrisida”gi Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 18-19-son, 137-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 27-avgustdagi 370-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 15-16-son, 138-modda) muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2006-yil 19-iyundagi 95-mh-son “Notarial idoralari tomonidan beriladigan gerbli blankalarni hisobga olish, saqlash, sarflash va ular boʻyicha hisobot berish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1584, 2006-yil 19-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 25-26-son, 239-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.
3. Notariat, FHDY va advokatura boshqarmasi (D.Yakubova) va Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (S.Nuriyev) ushbu normativ-huquqiy hujjatni oʻn kun muddat ichida barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi va “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini taʼminlasin.
4. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
5. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari E. Kanyazov zimmasiga yuklansin.
Vazir R. MUHITDINOV
Toshkent sh.,
2010-yil 20-sentabr,
197-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-sentabrdagi 197-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
“Notarial idoralari tomonidan beriladigan gerbli blankalarni hisobga olish, saqlash, sarflash va ular boʻyicha hisobot berish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Buyruqning oʻzbek va rus tillaridagi matnida:
nomi va 1-banddagi “Notarial idoralari” va “notarialnimi kontorami” degan soʻzlar tegishlicha “Davlat notarial idoralari” va “gosudarstvennimi notarialnimi kontorami” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi “va xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslarni”, “va xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar”, “i notariusov, zanimayuщixsya chastnoy praktikoy” va “i notariusami, zanimayuщimisya chastnoy praktikoy” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
2. Qoidalarda:
nomi va 1—4-ilovalarning grifidagi “Notarial idoralari” degan soʻzlar “Davlat notarial idoralari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2-banddagi “notarial idoralarga” degan soʻzlar “davlat notarial idoralariga (bundan keyingi oʻrinlarda notarial idoralar deb yuritiladi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5-banddagi “davlat notarial idoralari va xususiy notariuslarga” degan soʻzlar “notarial idoralarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6-banddagi “Davlat notarial idoralari va xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar” degan soʻzlar “Notarial idoralar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
7-banddagi “davlat notarial idoralari va xususiy notariuslarni” degan soʻzlar “notarial idoralarni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
8-banddagi “davlat notarial idoralaridan” va “davlat notarial idoralarida davlat notariusi va xususiy notariusga” degan soʻzlar tegishlicha “notarial idoralarda” va “notarial idoralarda esa notariusga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9. Gerbli blankalar bilan ishlashda ushbu Qoidalarda belgilangan tartibga rioya qilinishi uchun notariuslar, ikki yoki undan ortiq notarius ishlaydigan notarial idoralarda esa katta notariuslar shaxsan masʼuldir”;
12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12. Notarius bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinganda undagi gerbli blankalar dalolatnoma orqali Adliya boshqarmasiga topshiriladi”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 38-son, 334-modda)