Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
BUYRUGʻI
Oldingi tahrirga qarang.
DAVLAT NOTARIAL IDORALARI va xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar TOMONIDAN BERILADIGAN GERBLI BLANKALARNI HISOBGA OLISH, SAQLASH, SARFLASH VA ULAR BOʻYICHA HISOBOT BERISH QOIDALARINI TASDIQLASH HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 19-iyunda 1584-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 7-martdagi 38-son “Avtomototransport vositalarini sotib olish, ulardan foydalanish va ularni boshqa shaxsga berishni tartibga solishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” hamda 2018-yil 22-noyabrdagi 941-son “Koʻchmas mulk bilan bogʻliq bitimlarni notarial tasdiqlashni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq buyuraman:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 7-dekabrdagi 543-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1584-2, 07.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2018-y., 10/18/1584-2/2280-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
1. Davlat notarial idoralari va xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar tomonidan beriladigan gerbli blankalarni hisobga olish, saqlash, sarflash va ular boʻyicha hisobot berish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 22-iyundagi 144-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1584-3, 22.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.06.2020-y., 10/20/1584-3/0788-son)
2. Idoraviy meʼyoriy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi (S. Sattorov):
mazkur buyruqni davlat roʻyxatidan oʻtkazsin va vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar normativ hujjatlarining Davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin;
ushbu buyruqni barcha manfaatdor shaxslar eʼtiboriga yetkazilishi va amalda qoʻllanilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan keyin oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
4. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (U. Ayubov) mazkur normativ-huquqiy hujjatni “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etishni taʼminlasin.
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshliqlari:
Oldingi tahrirga qarang.
davlat notarial idoralari va xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslarni gerbli blankalar bilan bir yillik ehtiyoji miqdorida taʼminlasinlar;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 22-iyundagi 144-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1584-3, 22.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.06.2020-y., 10/20/1584-3/0788-son)
Oldingi tahrirga qarang.
davlat notarial idoralari va xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar tomonidan gerbli blankalarni hisobga olinishi, saqlanishi va sarflanishi ustidan doimiy qattiq nazorat olib borsinlar;
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 22-iyundagi 144-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1584-3, 22.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.06.2020-y., 10/20/1584-3/0788-son)
joriy yilning iyun oyida mazkur Qoidalarni amaliyotga tatbiq etish yuzasidan davlat notariuslari va xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar bilan seminar mashgʻulotlari tashkil etsinlar.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi bosma fabrikasidan gerbli blankalarni qabul qilishi, hisobga olish, saqlash va topshirish (joʻnatish)ga masʼul etib Ishlar boshqarmasining boshligʻi N. Shirinov tayinlansin.
7. Mazkur buyruqning bajarilishini nazorat qilish vazir oʻrinbosari E.S. Kanyazov zimmasiga yuklansin.
Adliya vaziri B. MUSTAFAYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 19-iyun,
95-mh-son
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat notarial idoralari va xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar tomonidan beriladigan gerbli blankalarni hisobga olish, saqlash, sarflash va ular boʻyicha hisobot berish
QOIDALARI
(Qoidalar nomi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 22-iyundagi 144-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1584-3, 22.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.06.2020-y., 10/20/1584-3/0788-son)
Oldingi tahrirga qarang.
1. Gerbli (maxsus) blankalar qatʼiy hisobda turuvchi blanklar hisoblanadi va maʼlum seriya, tartib raqami, hududiy kodiga ega boʻlib, ularning shakli Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi va uning buyurtmasiga koʻra faqat Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi bosma fabrikasida (bundan buyon matnda “Davlat belgisi” bosma fabrikasi deb yuritiladi) muhofazalangan qogʻozlarda tayyorlanadi.
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 22-iyundagi 144-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1584-3, 22.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.06.2020-y., 10/20/1584-3/0788-son)
Gerbli blankalarni “Davlat belgisi” bosma fabrikasidan qabul qilish, hisobga olish, saqlash va topshirish (joʻnatish) Adliya vazirligining buyrugʻi bilan tayinlangan masʼul xodim zimmasiga yuklatiladi.
Gerbli blankalarni Adliya vazirligidan qabul qilib olish, hisobga olish, saqlash va topshirish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari (bundan buyon matnda “adliya boshqarmasi” deb yuritiladi) boshliqlarining buyrugʻi bilan tayinlangan masʼul xodimlar tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Adliya boshqarmasi boshligʻining buyrugʻi bilan uch kishidan (boshqarma boshligʻining notariat ishlari boʻyicha masʼul oʻrinbosari, bosh hisobchi va notariat ishlari boʻyicha masʼul xodim) iborat tarkibda tuzilgan maxsus komissiya gerbli blankalarni qabul qilayotganida oʻramlar sonini, oʻram yorligʻining butunligini, agar buzilgan boʻlsa oʻram yorligʻida koʻrsatilgan blankalar raqamlari va soni toʻgʻriligini, blankalar soni yukxat bilan toʻgʻri kelish kelmasligini tekshirishi va bu haqda uch nusxada dalolatnoma tuzishi zarur.
Maxsus komissiya davlat notarial idoralari va xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar (bundan buyon matnda notarial idoralar deb yuritiladi) tomonidan toʻldirilishi chogʻida buzilgan blankalarni dalolatnoma asosida qabul qilib oladi va ikki nusxada tuzilgan dalolatnoma boʻyicha har yili bir marta yoqish yoʻli bilan yoʻq qiladi hamda mazkur dalolatnomaning bir nusxasini yillik hisobot bilan Adliya vazirligiga taqdim qiladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 22-iyundagi 144-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1584-3, 22.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.06.2020-y., 10/20/1584-3/0788-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. “Davlat belgisi” bosma fabrikasidan qabul qilingan gerbli blankalar Adliya vazirligida shu kuniyoq zudlik bilan saqlanishi uchun masʼul shaxs tomonidan, yukxat asosida gerbli blankalar hisobini yuritish daftariga ularning hisobi, blankaning turi, seriyasi, raqami, hududiy kodi, soni va qabul qilingan vaqti koʻrsatilgan holda kirim qilinadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 22-iyundagi 144-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1584-3, 22.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.06.2020-y., 10/20/1584-3/0788-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Adliya vazirligidan qabul qilingan gerbli blankalar adliya boshqarmasida, shu kuniyoq zudlik bilan saqlanishi uchun masʼul shaxs tomonidan yukxat asosida gerbli blankalar hisobini yuritish daftariga ularning hisobi, blankaning turi, seriyasi, raqami, soni va qabul qilingan vaqti koʻrsatilgan holda kirim qilinadi (1-ilova).
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 22-iyundagi 144-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1584-3, 22.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.06.2020-y., 10/20/1584-3/0788-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 7-dekabrdagi 543-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1584-2, 07.12.2018-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2018-y., 10/18/1584-2/2280-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Xuddi shu tartibda gerbli blankalarni hisobga olish va tarqatish daftari Adliya vazirligining Ishlar boshqarmasi tomonidan yuritiladi.
Tashqi ishlar vazirligi konsullik muassasalari gerbli blankalar bilan, ehtiyojiga qarab, Toshkent shahri uchun tayyorlatilgan seriyadagi gerbli blankalar hisobidan taʼminlanadi. Konsullik muassasalari tomonidan gerbli blankalar boʻyicha hisobot Tashqi ishlar vazirligiga belgilangan tartibda topshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Adliya boshqarmasida gerbli blankalarni notarial idoralarga tarqatish daftarlari davlat notarial idoralari va xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar uchun alohida-alohida yuritiladi. Ular raqamlanib, tikilib, adliya boshqarmasining rahbariyati tomonidan imzolanib, muhrlanadi (2-ilova).
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 22-iyundagi 144-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1584-3, 22.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.06.2020-y., 10/20/1584-3/0788-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 7-dekabrdagi 543-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1584-2, 07.12.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2018-y., 10/18/1584-2/2280-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Adliya boshqarmasi notarial idoralarni gerbli blankalar bilan bir yillik ehtiyoji miqdorida taʼminlaydi va sarflanishi ustidan “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimi (bundan buyon matnda Tizim deb yuritiladi) orqali nazorat qiladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 7-dekabrdagi 543-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1584-2, 07.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2018-y., 10/18/1584-2/2280-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Adliya boshqarmasidan gerbli blankalar notariuslarga gerbli blankalarni tarqatish daftarida ularning familiyasi, ismi va otasining ismi yozilib, imzosi qoʻydirilgan holda beriladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 7-dekabrdagi 543-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1584-2, 07.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2018-y., 10/18/1584-2/2280-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Gerbli blankalar bilan ishlashda ushbu Qoidalarda belgilangan tartibga rioya qilinishi uchun notariuslar, shaxsan masʼuldir.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 7-dekabrdagi 543-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1584-2, 07.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2018-y., 10/18/1584-2/2280-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
10. Gerbli blankalarning yoʻqolganligi yoki noqonuniy sarflanganligi holatlari aniqlangan holda 24 soat ichida Adliya vazirligiga maxsus xabar berilishi va besh kun ichida xizmat tekshiruvi oʻtkazilishi, zarur hollarda, tegishli huquqni muhofaza qilish organlariga xabar berilishi lozim.
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 22-iyundagi 144-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1584-3, 22.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.06.2020-y., 10/20/1584-3/0788-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Yoʻqolgan va buzilgan gerbli blankalar haqidagi maʼlumotlar (blankaning turi, seriyasi, raqami, hududiy kodi) notariuslar tomonidan Tizimga kiritiladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 7-dekabrdagi 543-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1584-2, 07.12.2018-y.) asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2018-y., 10/18/1584-2/2280-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
11. Adliya boshqarmasida gerbli blankalarning hisobga olinishi, saqlanishi va sarfi boʻyicha masʼuliyat boshqarma boshligʻining notariat ishlari boʻyicha masʼul oʻrinbosariga yuklatiladi. Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan masʼul shaxs uzrli sabablarga koʻra ishda vaqtincha boʻlmaganida (taʼtil, xizmat safari, kasallik sababli va h. k.), javobgarlik tegishli buyruq bilan tayinlangan shaxsga yuklatiladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 22-iyundagi 144-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1584-3, 22.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.06.2020-y., 10/20/1584-3/0788-son)
Oldingi tahrirga qarang.
12. Davlat notarial idorasi notariusi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinganda undagi gerbli blankalar dalolatnoma orqali adliya boshqarmasiga topshiriladi.
Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariusning litsenziyasi bekor qilinganda yoki amal qilishi tugatilganda undagi gerbli blankalar dalolatnoma orqali adliya boshqarmasiga topshiriladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 22-iyundagi 144-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1584-3, 22.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.06.2020-y., 10/20/1584-3/0788-son)
Oldingi tahrirga qarang.
13. Notariuslar adliya boshqarmasidan gerbli blankalarni qabul qilib olayotganida, maxsus komissiya aʼzolari ishtirokida har bir blanka oʻrami alohida ochilgan holda tekshirib koʻriladi. Blankalarning yetishmasligi yoki nuqsoni borlari (himoya kataklarining, bosma matnning yoʻqligi yoki buzilganligi, tartib raqamlarining takroriyligi yoxud boshqa seriyalar, hududiy kodi yoki tartib raqamlari boʻlgan, qiyshaygan shriftli, notoʻgʻri kesilgan va notoʻgʻri shaklli, seriya va tartib raqamlari yoʻq boʻlgan yoki oʻram yorligʻiga boshqacha tarzda nomuvofiq boʻlgan blankalar) aniqlangan taqdirda maxsus komissiya tomonidan uch nusxada dalolatnoma tuziladi va shu kuniyoq Adliya vazirligiga faks orqali maxsus xabar qilinadi. Dalolatnomaning birinchi va ikkinchi nusxalari nuqsonli blankalar chiqqan oʻram yorligʻi va nuqsoni bor blankalar hamda ilova xat bilan uch kun ichida Adliya vazirligiga joʻnatiladi. Bu holda dalolatnomaning ikkinchi nusxasi Adliya vazirligida qoldirilib, birinchi nusxasi oʻram yorligʻi va nuqsoni bor blankalar bilan tegishli xat orqali “Davlat belgisi” bosma fabrikasiga joʻnatiladi. Dalolatnomaning uchinchi nusxasi oʻram yorligʻi kseronusxasi bilan bevosita adliya boshqarmasida qoldiriladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 7-dekabrdagi 543-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1584-2, 07.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2018-y., 10/18/1584-2/2280-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 7-dekabrdagi 543-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1584-2, 07.12.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2018-y., 10/18/1584-2/2280-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 7-dekabrdagi 543-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1584-2, 07.12.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2018-y., 10/18/1584-2/2280-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
16. Qatʼiy hisobdagi gerbli blankalar adliya boshqarmasida maxsus jihozlangan, begona shaxslar kirishi taqiqlangan alohida xonalarda, notarial idoralarda poʻlat seyflarda yoxud maxsus temir shkaflarda saqlanishi zarur.
Gerbli blankalar bilan ishlash huquqiga, ularning hisobga olinishi, saqlanishi va sarfi uchun masʼul boʻlgan shaxslargina egadir. Gerbli blankalar saqlanayotgan xonaga kirish va gerbli blankalarning saqlanish ahvolini koʻrib chiqishga, ular uchun masʼul shaxslardan tashqari, ularning ishtirokida adliya boshqarmasi va Adliya vazirligining masʼul xodimlari haqlidirlar.
17. Ishdan tashqari vaqtlarda gerbli blankalar saqlanayotgan temir shkaflar, seyflar va xonalar belgilangan tartibda muhrlangan boʻlishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
18. Notarial idoralarining faoliyati Adliya vazirligi va adliya boshqarmasi tomonidan oʻrganilganda gerbli blankalarning saqlanishi va sarflanishi holatlari albatta tekshiriladi va natijasi haqida oʻrganish yuzasidan tuzilgan maʼlumotnomada koʻrsatiladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 7-dekabrdagi 543-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1584-2, 07.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2018-y., 10/18/1584-2/2280-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
19. Notariuslar tomonidan sarflangan gerbli blankalari haqidagi maʼlumotlar Tizimga kiritiladi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 7-dekabrdagi 543-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1584-2, 07.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2018-y., 10/18/1584-2/2280-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 7-dekabrdagi 543-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1584-2, 07.12.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2018-y., 10/18/1584-2/2280-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 7-dekabrdagi 543-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1584-2, 07.12.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2018-y., 10/18/1584-2/2280-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 7-dekabrdagi 543-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1584-2, 07.12.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2018-y., 10/18/1584-2/2280-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 7-dekabrdagi 543-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1584-2, 07.12.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2018-y., 10/18/1584-2/2280-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
24. Notarial idoralarida toʻldirish vaqtida buzilgan gerbli blankalar tegishli dalolatnoma tuzilib, har oyda gerbli blankalar hisoboti bilan birga adliya boshqarmasiga topshiriladi.
Adliya boshqarmasining gerbli blankalar uchun masʼul xodimi ishtirokida ularning seriya, tartib raqamlari qirqib olinib dalolatnomaning 1-nusxasiga ilova qilingandan keyin, maxsus komissiya ishtirokida yoqish yoʻli bilan yoʻq qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
25. Adliya boshqarmalari sarflangan va qoldiq gerbli blankalar toʻgʻrisida hisobotlarni har chorakda Adliya vazirligiga topshiradi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 7-dekabrdagi 543-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1584-2, 07.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2018-y., 10/18/1584-2/2280-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat notarial idoralari va xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar tomonidan beriladigan gerbli blankalarni hisobga olish, saqlash, sarflash va ular boʻyicha hisobot berish qoidalariga
1-ILOVA
1-ILOVA
Koʻchmas mulk bilan bogʻliq bitimlarni notarial tasdiqlashda foydalaniladigan gerbli blankalarni kirim qilish
DAFTARI
DAFTARI
|
Yukxat raqami va sanasi |
Blanka nomi |
Blanka seriyasi va raqami |
Kirim qilingan sana |
Soni |
Imzo |
|
|
|||||
|
|
|||||
|
|
Avtomototransport vositalar bilan bogʻliq bitimlarni notarial tasdiqlashda foydalaniladigan gerbli blankalarni kirim qilish
DAFTARI
DAFTARI
|
Yukxat raqami va sanasi |
Blanka nomi |
Blanka seriyasi va raqami |
Kirim qilingan sana |
Soni |
Imzo |
|
|
|||||
|
|
|||||
|
|
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 22-iyundagi 144-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1584-3, 22.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.06.2020-y., 10/20/1584-3/0788-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat notarial idoralari va xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar tomonidan beriladigan gerbli blankalarni hisobga olish, saqlash, sarflash va ular boʻyicha hisobot berish qoidalariga
2-ILOVA
2-ILOVA
Koʻchmas mulk bilan bogʻliq bitimlarni notarial tasdiqlashda foydalaniladigan gerbli blankalarni tarqatish
DAFTARI
DAFTARI
|
Notarial idora nomi |
Notariusning F.I.O. |
Blanka nomi |
Blanka seriyasi va raqami |
Tarqatilgan sana |
Soni |
Imzo |
|
|
||||||
|
|
||||||
|
|
Avtomototransport vositalar bilan bogʻliq bitimlarni notarial tasdiqlashda foydalaniladigan gerbli blankalarni tarqatish
DAFTARI
DAFTARI
|
Notarial idora nomi |
Notariusning F.I.O. |
Blanka nomi |
Blanka seriyasi va raqami |
Tarqatilgan sana |
Soni |
Imzo |
|
|
|
|||||||
|
|
|||||||
|
|
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 22-iyundagi 144-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1584-3, 22.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.06.2020-y., 10/20/1584-3/0788-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 7-dekabrdagi 543-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1584-2, 07.12.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2018-y., 10/18/1584-2/2280-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 7-dekabrdagi 543-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1584-2, 07.12.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2018-y., 10/18/1584-2/2280-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
(buyruq nomi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 22-iyundagi 144-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1584-3, 22.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.06.2020-y., 10/20/1584-3/0788-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 25-26-son, 239-modda; 2010-y., 38-son, 334-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2018-y., 10/18/1584-2/2280-son; 22.06.2020-y., 10/20/1584-3/0788-son)