OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRINING
buyrugʻi
OLIY TAʼLIM MUASSASALARIDA TALABALAR BILIMINI NAZORAT QILISh VA BAHOLAShNING REYTING TIZIMI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 26-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1981-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 225-modda) va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 11-12-son, 295-modda) qonunlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 20-iyuldagi 341-son “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 29-son, 332-modda) muvofiq, shuningdek oliy taʼlim muassasalari talabalarining bilim saviyasi, koʻnikma va malakalarini nazorat qilish hamda baholash jarayonlarini takomillashtirish maqsadida buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2009-yil 11-iyundagi 204-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1981, 2009-yil 10-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 28-son, 330-modda) bilan tasdiqlangan Oliy taʼlim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Vazir B. XODIYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 25-avgust,
333-son
Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2010-yil 25-avgustdagi 333-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Oliy taʼlim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 6-band uchinchi xatboshisining ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oraliq nazoratining soni (bir semestrda ikki martadan koʻp oʻtkazilmasligi lozim) va shakli (yozma, ogʻzaki, test va hokazo) oʻquv faniga ajratilgan umumiy soatlar hajmidan kelib chiqqan holda belgilanadi”.
2. 11-bandda:
uchinchi xatboshisidagi “15” raqami “30” raqamiga almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshisidagi “85” raqami “70” raqamiga almashtirilsin.
3. 12-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. 14-bandda:
“v” kichik bandidagi “56” raqami “55” raqami bilan almashtirilsin;
“g” kichik bandidagi “55” raqami “54” raqami bilan almashtirilsin.
5. 16-banddan “va topshiriqlari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
6. 18-bandning birinchi xatboshisi “fan boʻyicha” degan soʻzlardan keyin “bir semestrdagi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
7. 19-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“19. Fan boʻyicha joriy va oraliq nazoratlarga ajratilgan umumiy ballning 55 foizi saralash ball hisoblanib, ushbu foizdan kam ball toʻplagan talabalar yakuniy nazoratga kiritilmaydi.
Joriy va oraliq nazorat turlari boʻyicha 55 va undan yuqori ballni toʻplagan talaba fanni oʻzlashtirgan deb hisoblanadi va ushbu fan boʻyicha yakuniy nazoratga kirmasligiga yoʻl qoʻyiladi.
Tibbiyot oliy taʼlim muassasalarida fan boʻyicha joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarning har biriga ajratilgan ballning 55 foizi saralash ball etib belgilanadi va bunda joriy va oraliq nazoratlarning har biriga ajratilgan ballning 55 va undan yuqori foizidagi ballni toʻplagan talabalar ushbu fan boʻyicha yakuniy nazoratga kiritiladi”.
8. 23-bandning ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
9. 24-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“24. Talabaning semestrda joriy va oraliq nazorat turlari boʻyicha toʻplangan ballari ushbu nazorat turlari umumiy ballining 55 foizidan kam boʻlsa yoki semestr yakunida joriy, oraliq va yakuniy nazorat turlari boʻyicha toʻplangan ballari yigʻindisi 55 balldan kam boʻlsa, u akademik qarzdor deb hisoblanadi.
Tibbiyot oliy taʼlim muassasalarida semestr yakunida fan boʻyicha joriy, oraliq yoki yakuniy nazorat turlarining har biri boʻyicha saralash ballidan kam ball toʻplagan talaba akademik qarzdor hisoblanadi.
Akademik qarzdor talabalarga semestr tugaganidan keyin qayta oʻzlashtirish uchun bir oy muddat beriladi. Shu muddat davomida fanni oʻzlashtira olmagan talaba fakultet dekani tavsiyasiga koʻra belgilangan tartibda rektorning buyrugʻi bilan talabalar safidan chetlashtiriladi”.
10. 28-banddagi “va professor-oʻqituvchi jurnallari” degan soʻzlar “jurnali” degan soʻz bilan almashtirilsin.
11. 29-banddagi “dekanat” degan soʻz “fan oʻqituvchisi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
12. 32-band quyidagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Talabaga imtiyozli diplom belgilashda uning har bir semestr yakunidagi fanlar boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichi hisobga olinadi”.
13. 33-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“33. Talabalarning nazorat turlari boʻyicha erishgan natijalari kafedralar, dekanatlar va oʻquv-metodik boʻlinmalarda kompyuter xotirasiga kiritilib, muntazam ravishda tahlil qilib boriladi”.
14. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, Davlat soliq qoʻmitasi va Navoiy kon-metallurgiya kombinati bilan kelishilgan.
Davlat test markazi direktori B. ISMAILOV
2010-yil 20-avgust
Xalq taʼlimi vaziri A. MARAXIMOV
2010-yil 20-avgust
Sogʻliqni saqlash vaziri A. IKROMOV
2010-yil 20-avgust
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Z. RUZIYEV
2010-yil 20-avgust
Madaniyat va sport ishlari vaziri A. JABBOROV
2010-yil 20-avgust
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi T. QOʻZIYEV
2010-yil 20-avgust
Tashqi ishlar vaziri V. NOROV
2010-yil 20-avgust
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Bosh direktori X. MUHITDINOV
2010-yil 20-avgust
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” DAK raisi O. RAMATOV
2010-yil 20-avgust
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
2010-yil 20-avgust
Navoiy kon-metallurgiya kombinati bosh direktori Q. SANAQULOV
2010-yil 20-avgust
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 34-son, 297-modda)