Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
ANDIJON ShAHRIDAGI FUTBOL BOʻYIChA IXTISOSLAShTIRILGAN MAKTAB-INTERNAT OʻQUVChI-FUTBOLChILARI TAʼMINOTI NORMATIVLARINI HAMDA UNI JIHOZLASh UChUN MOL-MULK ROʻYXATINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-iyundagi 410-sonli “Sport turlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlari faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Andijon shahrida futbol boʻyicha Ixtisoslashtirilgan maktab-internat tashkil etish toʻgʻrisida” 2010-yil 12-avgustdagi PQ-1388-son qarorining 6-bandini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Andijon shahridagi futbol boʻyicha Ixtisoslashtirilgan maktab-internat oʻquvchi-futbolchilarini yotoqxona anjomlari, oziq-ovqat bilan, shuningdek oʻquvchi-futbolchilarni va murabbiylarni sport ekipirovkasi va formasi bilan taʼminlash normativlari 1 va 2-ilovalarga muvofiq;
Andijon shahridagi futbol boʻyicha Ixtisoslashtirilgan maktab-internat uchun zarur boʻlgan oʻquv-mashq, sport va xoʻjalik uskunalari, anjomlar, zamonaviy kompyuter texnikasi, texnika va transport vositalari, shuningdek boshqa mol-mulk roʻyxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 16-avgust,
179-son
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 16-avgustdagi 179-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Futbol boʻyicha Ixtisoslashtirilgan maktab-internat oʻquvchi-futbolchilarini yotoqxona buyumlari va oziq-ovqat bilan taʼminlash
NORMATIVLARI
1. Futbol boʻyicha Ixtisoslashtirilgan maktab-internat oʻquvchi-futbolchilarining yotoqxonada yashashi uchun zarur buyumlar
| | | | |
1 ta oʻrin uchun |
| T/r | Buyumlar nomi | Oʻlchov birligi | 1 nafar futbolchi uchun ehtiyoj | Foydalanish muddati |
| 1. | Toʻshak | ta | 1 | 2 yil |
| 2. | Pahmoq adyol | ta | 1 | 1 yil |
| 3. | Yostiq | ta | 1 | 1 yil |
| 4. | Choyshab | ta | 1 | 1 yil |
| 5. | Jun adyol | ta | 1 | 1 yil |
| 6. | Sochiq | ta | 3 | 1 yil |
| 7. | Yostiq jildi | ta | 3 | 1 yil |
| 8. | Oq choyshab | ta | 3 | 1 yil |
| 9. | Koʻrpa choyshabi | ta | 3 | 1 yil |
| 10. | Kiyim shkafi | ta | 1 | 5 yil |
| 11. | Javoncha | ta | 1 | 5 yil |
| 12. | Stol | ta | 1 | 5 yil |
| 13. | Stul | ta | 1 | 5 yil |
| 14. | Grafin va stakan | toʻplam | 1 | 2 yil |
2. Futbol boʻyicha Ixtisoslashtirilgan maktab-internat oʻquvchi-futbolchilari uchun zarur oziq-ovqat ratsioni
| | |
gramm/kun |
| T/r | Mahsulotlar nomi | gramm |
| 1. | Bugʻdoy non, 1-nav | 500 |
| 2. | Bugʻdoy uni, 1-nav | 20 |
| 3. | Kartoshka uni | 2 |
| 4. | Yorma, makaron mahsulotlari | 100 |
| 5. | Qand-shakar | 100 |
| 6. | Asal | 30 |
| 7. | Qandolatchilik mahsulotlari | 50 |
| 8. | Sariyogʻ | 60 |
| 9. | Oʻsimlik yogʻi | 15 |
| 10. | Sut | 500 |
| 11. | Qaymoq | 20 |
| 12. | Suzma | 60 |
| 13. | Pishloq | 45 |
| 14. | Goʻsht, parranda goʻshti | 300 |
| 15. | Kolbasa mahsulotlari | 150 |
| 16. | Baliq | 70 |
| 17. | Tuxum (ta) | 1 |
| 18. | Kartoshka | 300 |
| 19. | Sabzavotlar, shu jumladan pomidor pastasi | 450 |
| 20. | Meva-rezavorlar, sharbatlar, vitaminli ichimliklar | 700 |
| 21. | Quruq mevalar, shu jumladan naʼmatak, bargak | 20 |
| 22. | Choy | 0,5 |
| 23. | Qahva | 2 |
| 24. | Yodli tuz | 8 |
| 25. | Xamirturush | 1 |
| 26. | Mineral suv | 500 |
Izoh: oziq-ovqat mahsulotlari oʻrnini ularning oziqlik qimmati va toʻyimliligiga koʻra almashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 16-avgustdagi 179-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Futbol boʻyicha Ixtisoslashtirilgan maktab-internat oʻquvchi-futbolchilarini sport anjomlari va formasi bilan taʼminlash
NORMATIVLARI
I. Futbol boʻyicha Ixtisoslashtirilgan maktab-internat oʻquvchilarini sport anjomlari va formasi bilan taʼminlash
| T/r | Nomi | Oʻlchov birligi | Soni | Foydalanishning cheklangan muddatlari |
| 1. | 2 rangdagi oʻyin formasi | toʻplam | 2 | 6 oy |
| 2. | 2 rangdagi getrlar | ta | 2 | 6 oy |
| 3. | 2 rangdagi maxsus jilet | juft | 2 | 2 yil |
| 4. | Maxsus poyabzal (butsilar) | juft | 2 | 1 yil |
| 5. | Himoya qalqonchalari | juft | 2 | 1 yil |
| 6. | Darvozabon qoʻlqoplari | juft | 2 | 1 yil |
| 7. | Sport kostyumi: | | | |
| suv oʻtkazmaydigan gazlamadan — issiq | toʻplam | 1 | 1 yil | |
| suv oʻtkazmaydigan gazlamadan — oddiy | toʻplam | 1 | 1 yil | |
| jun gazlamadan | toʻplam | 2 | 1 yil | |
| ip gazlama yoki boshqa gazlamalardan | toʻplam | 2 | 1 yil | |
| 8. | Bosh kiyim: | | | |
| suv oʻtkazmaydigan gazlamadan — issiq | ta | 1 | 1 yil | |
| suv oʻtkazmaydigan gazlamadan — oddiy | ta | 1 | 1 yil | |
| jun gazlamadan | ta | 1 | 1 yil | |
| ip gazlama yoki boshqa gazlamalardan | ta | 1 | 1 yil | |
| 9. | Sport kurtkasi: | | | |
| suv oʻtkazmaydigan gazlamadan — issiq | toʻplam | 1 | 2 yil | |
| suv oʻtkazmaydigan gazlamadan — oddiy | toʻplam | 1 | 1 yil | |
| ip gazlama yoki boshqa gazlamalardan | toʻplam | 2 | 1 yil | |
| 10. | Sviter: | | | |
| jundan | ta | 1 | ||
| ip gazlama yoki boshqa gazlamalardan | ta | 2 | 1 yil | |
| 11. | Sport shimlari: | | | |
| suv oʻtkazmaydigan gazlamadan — issiq | ta | 1 | 1 yil | |
| suv oʻtkazmaydigan gazlamadan — oddiy | ta | 1 | 1 yil | |
| ip gazlama yoki boshqa gazlamalardan | ta | 2 | 1 yil | |
| 12. | Shortiklar: | | | |
| ip gazlama yoki boshqa gazlamalardan | ta | 1 | 1 yil | |
| 13. | Maykalar: | | | |
| uzun yengli maykalar: | | | ||
| jun gazlamadan | ta | 2 | 1 yil | |
| ip gazlamadan | ta | 2 | 6 oy | |
| kalta yengli maykalar: | | | | |
| jun gazlamadan | ta | 2 | 1 yil | |
| ip gazlamadan | ta | 2 | 6 oy | |
| engsiz maykalar: | | | | |
| jun gazlamadan | ta | 2 | 1 yil | |
| ip gazlamadan | ta | 2 | 6 oy | |
| 14. | Trusiklar: | | | |
| standart trusiklar: | | | | |
| jun gazlamadan | ta | 2 | 1 yil | |
| ip gazlama yoki boshqa gazlamalardan | ta | 2 | 6 oy | |
| 15. | Paypoqlar: | | | |
| jun gazlamadan | ta | 2 | 6 oy | |
| ip gazlamadan | ta | 2 | 1 yil | |
| 16. | Poyabzallar: | | | |
| yugurish tuflilari | juft | 2 | 1 yil | |
| kedalar | juft | 2 | 6 oy | |
| slanslar | juft | 2 | 1 yil | |
| 17. | Sport sumkasi | ta | 1 | 5 yil |
II. Futbol boʻyicha Ixtisoslashtirilgan maktab-internat murabbiylarini sport anjomlari va formasi bilan taʼminlash
| T/r | Nomi | Oʻlchov birligi | Soni | Foydalanishning cheklangan muddatlari |
| 1. | Sport kostyumlari: | | | |
| suv oʻtkazmaydigan gazlamadan — issiq | toʻplam | 1 | 1 yil | |
| suv oʻtkazmaydigan gazlamadan — oddiy | toʻplam | 1 | 1 yil | |
| jun gazlamadan | toʻplam | 2 | 1 yil | |
| 2. | Bosh kiyim: | | | |
| suv oʻtkazmaydigan gazlamadan — issiq | ta | 1 | 1 yil | |
| suv oʻtkazmaydigan gazlamadan — oddiy | ta | 1 | 1 yil | |
| jun gazlamadan | ta | 1 | 1 yil | |
| 3. | Sport kurtkasi: | | | |
| suv oʻtkazmaydigan gazlamadan — issiq | toʻplam | 1 | 2 yil | |
| suv oʻtkazmaydigan gazlamadan — oddiy | toʻplam | 1 | 1 yil | |
| ip gazlamadan yoki boshqa gazlamalardan | toʻplam | 2 | 1 yil | |
| 4. | Sviter: | | | |
| jundan | ta | 1 | 1 yil | |
| ip gazlama yoki boshqa gazlamalardan | ta | 2 | 6 oy | |
| 5. | Sport shimlari: | | | |
| suv oʻtkazmaydigan gazlamadan — issiq | ta | 1 | 1 yil | |
| suv oʻtkazmaydigan gazlamadan — oddiy | ta | 1 | 1 yil | |
| ip gazlama yoki boshqa gazlamalardan | ta | 2 | 6 oy | |
| 6. | Shortiklar: | | | |
| suv oʻtkazmaydigan gazlamadan | ta | 1 | 1 yil | |
| ip gazlama yoki boshqa gazlamalardan | ta | 1 | 6 oy | |
| 7. | Maykalar: | | | |
| uzun yengli maykalar: | | | | |
| jun gazlamadan | ta | 2 | 1 yil | |
| ip gazlamadan | ta | 2 | 3 oy | |
| kalta yengli maykalar: | | | | |
| jun gazlamadan | ta | 2 | 1 yil | |
| ip gazlamadan | ta | 2 | 3 oy | |
| engsiz maykalar: | | | | |
| jun gazlamadan | ta | 2 | 1 yil | |
| ip gazlamadan | ta | 2 | 3 oy | |
| 8. | Trusiklar: | | | |
| standart trusiklar: | | | | |
| suv oʻtkazmaydigan gazlamadan | ta | 1 | 1 yil | |
| jun gazlamadan | ta | 2 | 1 yil | |
| ip gazlama yoki boshqa gazlamalardan | ta | 2 | 3 oy | |
| 9. | Paypoqlar: | | | |
| jun gazlamadan | ta | 2 | 3 oy | |
| ip gazlamadan | ta | 2 | 1 oy | |
| 10. | Poyabzallar: | | | |
| yugurish tuflilari | juft | 2 | 6 oy | |
| maxsus tuflilar (botinkalar) | juft | 2 | 6 oy | |
| kedalar | juft | 2 | 3 oy | |
| slanslar | juft | 2 | 1 oy | |
| 11. | Sport sumkasi | ta | 1 | 1 yil |
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 16-avgustdagi 179-son qaroriga
3-ILOVA
3-ILOVA
Futbol boʻyicha Ixtisoslashtirilgan maktab-internat uchun zarur oʻquv-mashq, sport va xoʻjalik uskunalari, anjomlar, zamonaviy kompyuter texnikasi, texnika va transport vositalari, shuningdek boshqa mol-mulk
ROʻYXATI
| T/r | Buyumlar nomi | Oʻlchov birligi | Soni |
| Asosiy asbob-uskunalar va anjomlar | |||
| 1. | Futbol darvozalari | ta | 6 |
| 2. | Futbol darvozalari uchun toʻrlar | ta | 12 |
| 3. | Futbol toʻpi | ta | 120 |
| 4. | 1 dan 16 gacha raqamli trafaretlar | toʻplam | 6 |
| 5. | Futbol maydonini belgilash uchun bayroqchalar | ta | 18 |
| Nazorat-oʻlchov, hakamlik va axborot vositalari | |||
| 1. | 1 kg.gacha boʻlgan tarozilar | ta | 2 |
| 2. | Namoyish qilish taxtasi | ta | 6 |
| 3. | Toʻplar ichidagi bosimni oʻlchash pribori | ta | 6 |
| 4. | 50 metrli ruletka | ta | 6 |
| 5. | Hakam hushtaklari | ta | 36 |
| 6. | Ikkita milli yoki elektron sekundomer | ta | 24 |
| 7. | Oʻyin hisobi yoziladigan ixtisoslashtirilgan tablo | toʻplam | 1 |
| 8. | Hakam stoli | ta | 6 |
| 9. | Hakam stuli | ta | 6 |
| 10. | Futbol uchun traplarni almashtirish tablosi | ta | 6 |
| 11. | Sport oʻyinlari uchun elektron universal tablo | toʻplam | 1 |
| 12. | Hakam bayroqchalari | toʻplam | 6 |
| 13. | Milli axborot sport soatlari | ta | 1 |
| 14. | Videokamera | toʻplam | 3 |
| 15. | Monitorli yoki televizorli videomagnitofon | toʻplam | 3 |
| Qoʻshimcha asbob-uskunalar va anjomlar | |||
| 1. | Qiya batut | ta | 6 |
| 2. | Trenirovka uchun futbol darvozalari | ta | 6 |
| 3. | Kichraytirilgan (2x3 m) koʻchma futbol darvozalari | ta | 6 |
| 4. | Moʻljallash halqasi | ta | 6 |
| 5. | Futbol maydonini kvadratlar bilan belgilash uchun lentalar | p/m | 1000 |
| 6. | Magnit fishkali futbol maydoni maketi | toʻplam | 6 |
| 7. | 12 x 3,5 m hajmli trenirovka narvon devorlari | ta | 3 |
| 8. | Oʻrash uchun tirgovuchlar | ta | 60 |
| 9. | Qoʻl, oyoq, yelka muskullarini chiniqtirish uchun trenajyor | toʻplam | 3 |
| 10. | Sportchilarning sakrash qobiliyatini rivojlantirish uchun trenajyor | toʻplam | 3 |
| 11. | Universal trenajyor | toʻplam | 3 |
| 12. | Tovonlarni rivojlantirish uchun qurilma | ta | 6 |
| 13. | Koʻchma qiya qalqonlar | ta | 6 |
| 14. | Rezina espander | ta | 120 |
| Yordamchi asbob-uskunalar va anjomlar | |||
| 1. | Turli vaznli gantellar | toʻplam | 20 |
| 2. | Yomgʻir va quyoshdan toʻsuvchi zontlar | ta | 6 |
| 3. | Oʻrmalash kanatlari | ta | 20 |
| 4. | Metall korzinalar | ta | 6 |
| 5. | Gimnastika toʻshamalari | ta | 20 |
| 6. | Turli vazndagi meditsinbollar | toʻplam | 20 |
| 7. | Toʻplarni damlash uchun kompressor | ta | 6 |
| 8. | Ogʻir atletika uchun taxtasupa | toʻplam | 6 |
| 9. | Toʻplarni olib yurish uchun toʻrlar | ta | 6 |
| 10. | Gimnastika arqo�i | ta | 120 |
| 11. | Gimnastika skameykasi | ta | 12 |
| 12. | Gimnastika narvon devorlari | ta | 6 |
| 13. | Ogʻir atletika shtangasi | ta | 6 |
| Mashgʻulotlar oʻtkaziladigan joyni tartibga solish uchun texnik vositalar | |||
| 1. | Aerator (futbol maydonlarining maysa qoplamlarini mustahkamlash uchun moslama) | ta | 3 |
| 2. | Qoʻlda ishlatiladigan rotatsion maysa oʻrgich | ta | 6 |
| 3. | Maysali maydonlarni belgilash uchun mashina | ta | 1 |
| 4. | Qoʻlda ishlatiladigan oʻt toʻplagich | ta | 6 |
| 5. | Anjomlarni tashish uchun pnevmatik shinali aravacha | ta | 3 |
| Avtotransport | |||
| 1. | “ISUZI MP-21” mikroavtobusi (21 oʻrinli) | ta | 1 |
| 2. | “Damas” rusumli avtomobil | ta | 1 |
| 3. | “Neksiya” rusumli avtomobil | ta | 1 |
| Kompyuter texnikasi | |||
| 1. | Markaziy apparat: | ta | |
| kompyuter | ta | 16 | |
| printer | ta | 12 | |
| 2. | 120 nafar shugʻullanuvchiga moʻljallangan oʻquv jarayoni uchun kompyuterlar | ta | 20 |
| 3. | Nusxa koʻchirish apparati (A3) | ta | 2 |
| 4. | Noutbuk | ta | 2 |
| 5. | Faks | ta | 2 |
| 6. | LCD-proyektor | ta | 2 |
| 7. | 18 ta nuqtali tarmoq uskunasi: | ta | |
| Switch (C-Net) | 1 | ||
| HUB (TP-link) | 2 | ||
| kabel-buxta (UTP) | 1 | ||
| 8. | Raqamli videokamera | ta | 3 |
| 9. | Raqamli fotoapparat | ta | 2 |
| 10. | Rangdor lazerli printer (A 4) | ta | 1 |
| 11. | DVD videoproigrivatel | ta | 5 |
| 12. | Musiqali markaz | ta | 1 |
| 13. | Televizor | ta | 10 |
| 14. | Keng formatli monitor | ta | 1 |
| 15. | Yoʻldoshli antenna, tyuner | toʻplam | 1 |
| Suzish boʻyicha asosiy asbob-uskunalar va anjomlar | |||
| 1. | Yoʻlakchalarni oʻrash uchun baraban | ta | 3 |
| 2. | Yoʻlakchalar uchun (havza uzunligi boʻyicha) suzuvchi belgilar. Toʻlqin pasaytirgichlar va qalqigichlar |
ta | 8 |
| 3. | Suzish uchun taxtalar | ta | 25 |
| 4. | Suzish uchun lopatkalar: | ta | |
| katta | ta | 40 | |
| oʻrtacha | ta | 40 | |
| 5. | Sintetik vaterpol toʻpi | ta | 10 |
| 6. | Suzuvchilarni maxsus tayyorlash uchun trenajyor | ta | 6 |
| 7. | Maxsus qoʻl kuchini rivojlantirish uchun trenajyor | ta | 4 |
| 8. | Kichik hajmli universal trenajyor | ta | 4 |
| Yordamchi asbob-uskunalar va anjomlar | |||
| 1. | Suv tozalash uchun filtr | ta | 1 |
| 2. | Suv soʻrgʻichlar | ta | 1 |
| 3. | Yomgʻir va quyoshdan toʻsuvchi yer zontlari | ta | 6 |
| 4. | Kiyim-boshlar uchun korzinalar | ta | 16 |
| 5. | Boshlovchi suzuvchilarga yordam koʻrsatish uchun polietilen langarchoʻplar (uzunligi 3-4 m) | ta | 3 |
| 6. | Probkali doiralar | ta | 4 |
| 7. | Plastmassa stollar | ta | 3 |
| 8. | Plastmassa stullar | ta | 12 |
| 9. | Suv uchun termometr | ta | 1 |
Izoh: sport asbob-uskunalari va anjomlari roʻyxatini tuzishda quyidagi boshlangʻich maʼlumotlardan foydalanildi: 15 x 10 m hajmli 1 ta sport maydonchasi, 105 x 68 m hajmli 1 ta standart futbol maydoni, 90 x 50 m hajmli 2 ta nostandart futbol maydoni, 25 x 12 m hajmli yopiq suzish havzasi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 33-son, 277-modda)